02.06.2017 yildagi 347-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 28-iyundagi PQ-1990-son va “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 28-apreldagi PQ-2932-son qarorlariga muvofiq, shuningdek Toshkent davlat yuridik universitetida modul tizimiga asoslangan o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910-son qaroriga muvofiq akademik litseylarga iqtidorli yoshlarni test sinovlari asosida saralab olish uchun test sinovlari ikki bo‘limlardan tashkil topganligi hamda I bo‘lim — tanlangan yo‘nalishga mos 2 ta fan bo‘yicha test sinovlaridan iborat bo‘lishi belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son Farmoniga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi o‘rinlarda — TDYU) huzuridagi akademik litseyning (keyingi o‘rinlarda — akademik litsey) barcha fanlar bo‘yicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari TDYUga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali, to‘lov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari kirish huquqiga egaligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik litseyda I bo‘lim — tanlangan yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlari topshiriladigan mos fanlar TDYU tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseyda kamida uch yil ishlagan, bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega pedagog va rahbar xodimlarga TDYU magistratura mutaxassisligiga test sinovlarisiz, to‘lov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari kirish huquqi beriladi. Bunda ushbu xodimlarga o‘qishni tugatgandan so‘ng taqsimot bo‘yicha adliya organlari va muassasalarida, birinchi navbatda, akademik litseyda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyati yuklanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseyga xodimlar adliya organlari va muassasalari uchun belgilangan tartibda ishga qabul qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litsey o‘quvchilarining bilimlarini baholash, yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish, shuningdek, akademik litseyning barcha fanlar bo‘yicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari TDYUga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali, to‘lov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda, yakka tartibdagi suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish adliya vazirining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
(12-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy ichida mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 2-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
347-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 347-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 28-apreldagi PQ-2932-son qaroriga muvofiq xorijiy davlatlar fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek xorijiy davlat hududida doimiy ravishda istiqomat qiladigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (keyingi o‘rinlarda xorijiy fuqarolar deb yuritiladi)ni Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi o‘rinda TDYU deb ataladi) bakalavriatiga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xorijiy fuqarolarni qabul qilish TDYU bakalavriatiga qabul kvotalaridan tashqari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasi (keyingi o‘rinda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan belgilanadigan joylarga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabalar o‘qishi qonunchilikda xorijiy fuqarolar uchun nazarda tutilgan to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki “IT-visa” yoxud investitsiya vizasiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar hamda ularning oila a’zolari (turmush o‘rtog‘i, ota-onasi va farzandlari) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda o‘qishga kirishga va ta’lim olishga haqlidir.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-apreldagi 191-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 09/22/191/0315-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. TDYU bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish test sinovlarisiz, TDYUda o‘tkaziladigan suhbat natijalariga ko‘ra va reyting tizimiga muvofiq to‘plangan ballarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. TDYU bakalavriatida o‘qish uchun hujjatlarni topshirgan xorijiy fuqarolar, ularning dunyoqarashi, kasbiy layoqati va motivatsiyasi, umumiy intellektual va ma’naviy-axloqiy darajasini aniqlash nuqtai nazaridan suhbatdan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. TDYU bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Hujjatlarni qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. TDYU bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish tegishli o‘quv yili uchun tuzilgan TDYU qabul komissiyasi (keyingi o‘rinda qabul komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy fuqarolarni qabul qilish to‘g‘risidagi arizalar Adliya vazirligi bilan kelishgan holda TDYU tomonidan belgilangan muddatlarda qabul qilinadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. TDYU bakalavriatiga qabul qilish uchun hujjatlar Internet jahon axborot tarmog‘i orqali topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy fuqarolar aniq vaqt rejimida elektron shakldagi qabul qilish to‘g‘risidagi arizani to‘ldirib, unda: ta’lim yo‘nalishi, ta’lim tili va shakli; xorijiy fuqaro tomonidan oliy ta’lim muassasasini tugatganligi yoki unda oliy ma’lumoti mavjud emasligi; xorijiy fuqaro suhbat o‘tkazish qoidalari bilan tanishganligi xususida belgi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qabul qilish to‘g‘risidagi elektron arizaga quyidagilar elektron shaklda ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy fuqaroning pasporti yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qo‘yilgan xorijiy davlatning vakolatli organlari tomonidan berilgan, o‘rganilgan fanlar va ular bo‘yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) ko‘rsatilgan ta’lim haqidagi hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga ilova qilinayotgan har bir hujjat haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi (har bir duymga 200 nuqtadan kam bo‘lmagan) alohida fayl ko‘rinishida bo‘lishi kerak. Har bir fayl o‘lchami 10 Mbdan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani hujjatlar “PDF” (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalari ko‘rinishida ilova qilingan holda jo‘natishga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilish to‘g‘risidagi arizaning shakli O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va TDYU bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Nizomning 7 va 8-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq barcha hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, 72 soat ichida noyob raqam berish orqali ariza ro‘yxatga olinadi va xorijiy fuqaroga belgilangan muddatda hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etish haqida xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul komissiyasi tomonidan hujjatlarni qabul qilish vaqti etib arizaga noyob raqam berish payti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Taqdim qilingan hujjatlar mazkur Nizomning 7 va 8-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, 72 soat ichida arizada ko‘rsatilgan elektron pochta manzil bo‘yicha xorijiy fuqaroga tegishli xabarnoma yuboriladi. Bunda xorijiy fuqaroga ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni tuzatish va hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagunga qadar ularni takroran taqdim etish imkoni beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagandan so‘ng ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish qat’iyan man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ro‘yxatga olingan qabul qilish to‘g‘risidagi arizalar soni har kuni TDYU saytida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xorijiy fuqarolar hujjatlarning asl nusxalarini suhbat o‘tkazilishidan 3 kun oldin taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda chop etilgan va imzolangan ariza xorijiy fuqaro tomonidan taqdim etiladi, bu hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlar haqiqiyligini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarning soxta yoki qalbakiligi aniqlangan taqdirda, xorijiy fuqaro suhbatdan (talaba TDYU talabalari safidan) chetlashtiriladi hamda hujjatlar esa o‘rnatilgan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Suhbat o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xorijiy fuqarolarni qabul qilish joylarining soni haqidagi ma’lumot TDYU veb-saytida, qoida tariqasida, hujjatlarni qabul qilish muddatidan bir oy oldin joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. TDYU bakalavriatiga qabul qilinishi uchun xorijiy fuqarolar TDYUda ta’lim beriladigan tillarni bilishi kerak. Ta’lim beriladigan tillarni bilmaydigan xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadigan tegishli muassasalarda o‘qiydi va til o‘rganish bo‘yicha tayyorgarlikni muvaffaqiyatli tugatish natijalariga ko‘ra, belgilangan namunadagi guvohnoma (sertifikat) va o‘qishga yo‘llanma beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Suhbat Adliya vazirligi bilan kelishgan holda TDYU tomonidan belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat o‘tkazish muddatlari to‘g‘risida ma’lumot TDYU tomonidan uning rasmiy veb-saytida suhbat o‘tkazilishidan kamida 1 oy oldin e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy fuqarolar bilan suhbat bevosita yoki zaruratga ko‘ra masofaviy (onlayn) tarzda amalga oshiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Suhbat o‘tkazilishiga qadar maslahatlar tashkil etiladi, maslahatlar jadvali qabul komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va TDYU rektori tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Suhbat o‘tkazish jadvallari TDYU rektori tomonidan tasdiqlanadi va TDYU veb-saytida, qoida tariqasida, suhbat boshlanishidan bir oy oldin joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Suhbat TDYU rektori buyrug‘i bilan tashkil etiladigan maxsus komissiya tomonidan o‘tkaziladi. Komissiya tarkibiga TDYU xodimlari bilan bir qatorda boshqa tashkilotlar vakillari ham ularning rahbarlari bilan kelishilgan holda kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat natijalari xorijiy fuqaroga ballarni qo‘yishni (0 dan 100 gacha) nazarda tutadigan reyting tizimi bo‘yicha aniqlanadi hamda maxsus komissiya majlisining TDYU rektori tomonidan tasdiqlanadigan bayonida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat o‘tkazish va uning natijalarini belgilash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va TDYU bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masofaviy (onlayn) suhbat kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda real vaqt rejimida amalga oshiriladi. Bunda, ushbu kommunikatsiya texnologiyalari abituriyentning shaxsini tasdiqlash imkonini beradigan texnik talablarga javob berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masofaviy (onlayn) suhbat natijalarini baholash umumiy tartibda amalga oshiriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xorijiy fuqarolarni qabul qilish quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jadval bo‘yicha suhbatga kelmaganda (0 ball qo‘yiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suhbatda belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball to‘plaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. TDYU bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish uchun suhbatni qayta o‘tkazish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Suhbat natijalari shikoyat qilinishi va apellyatsiya tartibida ko‘rilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Suhbat natijalariga ko‘ra TDYU bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish haqida TDYU rektori tomonidan buyruq qabul qilinadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Qabul qilishni rasmiylashtirish, o‘qish uchun to‘lov
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. TDYU bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish to‘g‘risidagi TDYU rektorining buyrug‘i, qoida tariqasida, 2-sentabrdan kechiktirmasdan qabul qilinadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. TDYU rektori tomonidan xorijiy fuqarolarni qabul qilish to‘g‘risida buyruq qabul qilingandan keyin TDYU bilan jismoniy yoki yuridik shaxslar o‘rtasida belgilangan tartibda kontraktlar tuziladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Belgilangan namunadagi kontrakt blankalari qabul komissiyasi tomonidan TDYU rektori buyrug‘i qabul qilingan kundan boshlab beriladi va TDYU rektori va bosh buxgalter tomonidan imzolangan holda (yuridik shaxslar uchun 3 nusxada, jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada) rasmiylashtiriladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Xorijiy fuqarolar o‘qish uchun to‘lovni har yili kontrakt shartlarida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. TDYU rektorining o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyrug‘i qabul qilinganidan boshlab xorijiy fuqarolarga darslarga qatnashishga ruxsat etiladi.
(26 va 27-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. TDYU bakalavriatiga qabul qilingan xorijiy fuqarolarga stipendiya to‘lanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. TDYU bakalavriatiga qabul qilingan xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq va suhbat natijalaridan tegishli ko‘chirmalar ularning shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildlariga tikib qo‘yiladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TDYU bakalavriatiga qabul qilinmagan xorijiy fuqarolarning suhbat natijalari 6 oy davomida saqlanadi va keyinchalik belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 347-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12 avgustdagi 511-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarorining ilovasida (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 6-7-son, 36-mod.):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 10-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent davlat yuridik universitetiga pedagog xodimlar adliya organlari va muassasalari uchun belgilanadigan tartibda o‘tkaziladigan tanlov asosida qabul qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) II bo‘lim quyidagi mazmundagi 111-band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“111. Toshkent davlat yuridik universitetida o‘qituvchi va katta o‘qituvchi lavozimlariga oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs (qoida tariqasida, magistr, diplomli mutaxassis), shuningdek ilmiy daraja (shu jumladan, xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) va ilmiy unvonga ega bo‘lgan hamda bunday daraja va unvonga ega bo‘lmagan, biroq o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot va amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 31-32-son, 302-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-ilovaga izohning ikkinchi xatboshisida “Bakalavriat darajasida fakultet dekanati nazarda tutilmaydigan” so‘zlari “Qonun hujjatlariga muvofiq o‘quv jarayoni modul tizimiga asoslangan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bandning ikkinchi xatboshisida “Bakalavriat darajasida fakultet dekanati nazarda tutilmaydigan” so‘zlari “Qonun hujjatlariga muvofiq o‘quv jarayoni o‘qitishning modul tizimiga asoslangan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qonun hujjatlariga muvofiq o‘quv jarayoni o‘qitishning modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim muassasalarida yillik shaxsiy ish rejasi faqat o‘quv tusdagi tadbirlarni, ularning soatlar miqdorini ko‘rsatgan holda, o‘z ichiga oladi. Ushbu soatlarning eng kam miqdori oliy ta’lim muassasasi Kengashi tomonidan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshlari talablari qonun hujjatlariga muvofiq o‘quv jarayoni o‘qitishning modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2008-yil 4-avgustdagi 169-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 42-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-bandning to‘rtinchi xatboshiga “agar” so‘zidan keyin “qonun hujjatlari yoki” so‘zlari qo‘shilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-banddagi “agar” so‘zidan keyin “qonun hujjatlari yoki” so‘zlari qo‘shilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshiga quyidagi mazmundagi jumla bilan qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlaridan kelgan xorijiy fuqarolar oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadigan tartibda o‘tkaziladigan suhbat natijasida qabul qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshiga “test sinovi” so‘zlaridan keyin “(suhbat)” so‘zi qo‘shilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshiga “Test sinovlari” so‘zlaridan keyin “(suhbat)” so‘zi qo‘shilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qarorining 1-ilovasidagi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 39-son, 453-modda) “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazlari” bo‘limi “Mintaqaviy va tarmoq markazining nomi” ustunining 15-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-dekabrdagi “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent davlat yuridik universitetlarida o‘quv yuklamasining hajmlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 337-son qarori 2-ilovasining rus tilidagi matnida (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 52-son, 691-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-bo‘lim quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Bakalavriat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maksimalniy obyem auditornix zanyatiy pri ochnoy forme obucheniya doljen bit ustanovlen v obyeme 30 chasov v nedelyu.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pri normativnom sroke obucheniya v 4 goda prodoljitelnost uchebnogo protsessa doljna sostavlyat 204 nedeli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obshiy obyem uchebnogo vremeni doljen raspredelyatsya na:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teoreticheskoye obucheniye — 40 — 55%;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyu — 10 — 20%;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kanikuli — 12 — 18%;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samostoyatelnuyu podgotovku — 6 — 14%;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kvalifikatsionnuyu praktiku — 8 — 12%;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vipusknuyu rabotu — 2 — 4%.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyem vremeni teoreticheskogo obucheniya doljen raspredelyatsya po blokam dissiplin sleduyushim obrazom:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neprofilnie dissiplini — 10 — 30%;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilnie dissiplini — 60 — 80%;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dopolnitelnie dissiplini — 5 — 10%.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obshiy obyem kanikulyarnogo vremeni v uchebniy god ustanavlivayetsya 5 — 14 nedel”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maksimalniy obyem auditornix zanyatiy i nauchnoy deyatelnosti pri ochnoy forme obucheniya doljen bit ustanovlen v obyeme 30 chasov v nedelyu”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshidagi “25 — 30” raqamlari “20 — 25” raqamlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshidagi “4 — 7” raqamlari “8 — 12” raqamlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“samostoyatelnuyu podgotovku — 6 — 10%”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi — o‘n oltinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi — o‘n yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 23-son, 472-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2019-y., 09/19/864/3902-son; 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 15.04.2022-y., 09/22/191/0315-son; 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)