06.04.2021 yildagi 189-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son va “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son farmonlari hamda “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 4-avgustdagi PQ-4797-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, kadrlar tayyorlash tizimini o‘qitishning zamonaviy shakllari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, yuridik ta’lim olishga yanada keng imkoniyat yaratish hamda intellektual mulk huquqi sohasidagi xodimlarni kasbiy malakasini, ilmiy va amaliy salohiyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2030-yil 1-yanvardan boshlab xalq ta’limi, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida yuridik fanlardan faqat oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan yoki O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida pedagogik qayta tayyorlash kurslarini tugatgan va belgilangan namunadagi diplomni olgan oliy ma’lumotli shaxslar dars berish huquqi ega bo‘ladi. Bunda 2030-yil 1-yanvarga qadar xalq ta’limi, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida oliy noyuridik ma’lumotga ega shaxslar tomonidan yuridik fanlardan dars berishda yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxslar ustuvorlikka ega bo‘ladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, belgilangan namunadagi diplomni olgan oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar yuridik xizmatlarda, davlat xizmatlari markazlari, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida barcha lavozimlarda, shuningdek, advokatura va notariat tizimida oliy yuridik ma’lumot talab etmaydigan barcha lavozimlarda ishlash, yuridik maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tijorat tashkilotlarida yuridik maslahat xizmati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlar, davlat organlari va tashkilotlar vakillari, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarini intellektual mulkni yaratish va himoya qilish asoslari, tijoratlashtirish, brending va marketingga o‘qitish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish orqali amalga oshiriladi;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mediatorlarni tayyorlash hamda intellektual mulk huquqi sohasiga oid kasbiy bilim va ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari bevosita yoki masofaviy (ishdan ajralmagan holda) shakllarda tashkil etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar kurslarni tashkil etishning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq ta’limi, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida yuridik fanlardan dars beradigan, oliy noyuridik ma’lumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etishda — tinglovchilar tomonidan qayta tayyorlash kurslaridan o‘tish uchun shartnoma asosida to‘lanadigan mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulk sohasiga oid kurslari, shuningdek, mediatorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini tashkil etishda — vazirlik va idoralar, boshqa tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, tinglovchilar tomonidan o‘quv kurslarida o‘qish uchun shartnoma asosida to‘lanadigan mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 6-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
189-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 10-bandi ikkinchi xatboshisidan “o‘tkaziladigan tanlov asosida” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 31-32-son, 303-modda) bilan tasdiqlangan O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘quv jarayoni o‘qitishning modul (kredit-modul) tizimiga hamda “litsey — universitet” ta’limining uzluksizligini ta’minlashga asoslangan ta’lim muassasalarida shaxsiy ish rejasidagi tadbirlar ro‘yxati va ularning minimal soatlari ushbu ta’lim muassasalarining o‘quv-uslubiy jarayonini muvofiqlashtiradigan oliy ta’lim muassasasining Kengashi tomonidan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi-beshinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi-oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi mazmundagi 20-band qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“20. Mazkur Nizomning 16 — 19-bandlari talablari qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘quv jarayoni o‘qitishning modul (kredit-modul) tizimiga hamda “litsey — universitet” ta’limining uzluksizligini ta’minlashga asoslangan ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 2-iyundagi 347-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 91-modda) quyidagi mazmundagi 11 va 12-bandlar qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“11. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910-son qaroriga muvofiq akademik litseylarga iqtidorli yoshlarni test sinovlari asosida saralab olish uchun test sinovlari ikki bo‘limlardan tashkil topganligi hamda I bo‘lim — tanlangan yo‘nalishga mos 2 ta fan bo‘yicha test sinovlaridan iborat bo‘lishi belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son Farmoniga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi o‘rinlarda — TDYU) huzuridagi akademik litseyning (keyingi o‘rinlarda — akademik litsey) barcha fanlar bo‘yicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari TDYUga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali, to‘lov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari kirish huquqiga egaligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik litseyda I bo‘lim — tanlangan yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlari topshiriladigan mos fanlar TDYU tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseyda kamida uch yil ishlagan, bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega pedagog va rahbar xodimlarga TDYU magistratura mutaxassisligiga test sinovlarisiz, to‘lov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari kirish huquqi beriladi. Bunda ushbu xodimlarga o‘qishni tugatgandan so‘ng taqsimot bo‘yicha adliya organlari va muassasalarida, birinchi navbatda, akademik litseyda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyati yuklanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litseyga xodimlar adliya organlari va muassasalari uchun belgilangan tartibda ishga qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litsey o‘quvchilarining bilimlarini baholash, yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish, shuningdek, akademik litseyning barcha fanlar bo‘yicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari TDYUga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali, to‘lov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/867/1045-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 26-avgustdagi 513-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2020-y., 8-son, 198-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandning “a” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi va 5-bandning birinchi xatboshisidagi “texnikumlarda” so‘zi “texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litseyda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-banddagi “markaziy organlarida (markaziy apparatida)” so‘zlari “markaziy organlari hamda boshqa markaziy davlat organlarining markaziy apparatida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-banddagi “yuridik texnikumlarda” so‘zlari “yuridik texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litseyda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega, yuridik texnikumlarda (TDYU huzuridagi akademik litseyda) kamida uch yil ishlagan pedagog va rahbar xodimlar uchun o‘rnatilgan tartibda imzolangan va yuridik texnikum (akademik litsey) blankida rasmiylashtirilgan, raqami va berilgan vaqti aks ettirilgan hamda elektron mehnat daftarchasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar ilova qilingan yuridik texnikum (akademik litsey) direktorining tavsiyasi (ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan asosga ko‘ra hujjat topshirilganda)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bandning uchinchi xatboshisiga “yuridik texnikumlar” so‘zlaridan keyin “, TDYU huzuridagi akademik litsey” so‘zlari qo‘shilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
izohdagi “yuridik texnikumlarda” so‘zlari “yuridik texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litseyda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2021-yil 22-fevraldagi 87-son qaroriga ilovaning 1298-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son; 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son; 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son; 23.12.2024-y., 09/24/867/1045-son; 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son; 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)