04.08.2020 yildagi PQ-4797-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va yordamning manzilliligini yanada oshirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, aholini ijtimoiy himoya qilish tartib-taomillari bosqichma-bosqich raqamlashtirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, jahonda bo‘lib o‘tayotgan koronavirus pandemiyasi aholining ehtiyojmand qismini qisqa muddatlarda aniqlash va ularni davlat tomonidan manzilli qo‘llab-quvvatlashning shaffof va samarali instrumentlari bo‘lishini taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ushbu sohada zarur idoraviy axborot tizimlari, elektron resurs va ma’lumotlar bazalari mavjud emasligi qog‘ozda ish yuritishdan voz kechish, davlat ijtimoiy xizmati yoki yordamini taqdim etish vaqtini qisqartirish imkoniyatini bermayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, aholining ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlariga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etishning yagona tizimini yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilning 1-oktabridan Sirdaryo viloyatida tajriba loyihasi doirasida bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa, 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam (keyingi o‘rinlarda — ijtimoiy nafaqalar) tayinlashni ko‘rib chiqish va belgilash tartib-taomillari “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali amalga oshirilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish YUNISEFning O‘zbekistondagi Vakolatxonasining granti asosida beriladigan moliyaviy, texnik va ekspert ko‘magi asosida amalga oshirilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini respublika bo‘ylab joriy etish uchun kompyuter uskunalari va periferiya qurilmalarini sotib olish Jahon banki imtiyozli krediti hisobiga amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi foydalanuvchisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisoblanadi.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 07/21/5144/0548-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilning 1-sentabridan boshlab, ijtimoiy nafaqalarni tayinlash to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish va ularni tayinlash tartib-taomillari 1-ilovaga muvofiq bosqichma-bosqich “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi vositasida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi “Elektron hukumat” tizimining tarkibiy qismidir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — shaxsiy identifikatsiya raqami) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida jismoniy shaxsning identifikatori hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy xizmatlari yoki yordamini taqdim etish doirasida davlat organlari va tashkilotlarining idoralararo elektron hamkorligi “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsion platformasi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini joriy etishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llash vositasida o‘zaro hujjat almashish jarayonini avtomatlashtirish orqali davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotnoma va tasdiqlovchi hujjatlar sonini tubdan qisqartirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan mezonlarga muvofiq kam ta’minlangan oilalarning ehtiyojmandlik darajasini, shuningdek, ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolar tomonidan taqdim etilgan tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi loyihalarni obyektiv baholash, davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etish jarayonlarini avtomatlashtirish orqali qarorlarni qabul qilishda subyektiv yondashuvni bartaraf etish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyundagi PQ-299-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 07/22/299/0572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ehtiyojmand toifasi tarkibi o‘zgarishi dinamikasi monitoringi va tahlilini yuritish, ularni baholash mezonlarini respublika va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini hisobga olgan holda takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy xizmatlari va ijtimoiy yordam oluvchilarning doimiy yangilanib turadigan yagona ma’lumot bazasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik, idoralar va tashkilotlarning o‘zlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda xizmatlarni bepul yoki imtiyozli asosda taqdim etishi uchun ma’lumot bilan ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etishda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan 2-ilovada nazarda tutilgan hujjatlar va ma’lumotlar fuqarolardan talab etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan shaxslar yoki oilalar qo‘shimcha hujjatlar va ma’lumotnomalarni taqdim etmasdan 3-ilovaga muvofiq xizmatlar va imtiyozlardan ham foydalanishga haqlidir;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi va o‘n ikki oy davomida amal qiladi.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi va manfaatdor vazirlik va idoralar axborot tizimlari o‘rtasida o‘zaro elektron hamkorlikni yanada yaxshilash va kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Dastur ijrosi ustidan doimiy monitoring o‘rnatsin va chora-tadbirlarni bajarish muddatlarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik choralarini ko‘rish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2021-yilning 1-yanvariga qadar “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (keyingi o‘rinlarda — FHDY organlari) arxivlarida qog‘oz tashuvchilarda saqlanayotgan hujjatlarning elektron bazalari shakllantirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi 2020-yil 1-sentabrga qadar FHDY organlari arxivlarida qog‘oz tashuvchilarda saqlanadigan hujjatlarning elektron ma’lumotlar bazalarini shakllantirish uchun zarur bo‘ladigan qo‘shimcha xodimlarni vaqtincha ishga jalb etish va ularni joylashtirish choralarini ko‘rsin, ularga zarur bo‘lgan kompyuter va boshqa orgtexnika vositalari, ofis jihozlari, kanselyariya tovarlari, telefon va internet aloqasi bilan ta’minlasin, shuningdek, arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibiga qat’iy rioya qilinishini nazorat qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq FHDY bo‘limlari arxivlarida qog‘oz tashuvchilarda saqlanadigan hujjatlarning elektron ma’lumotlar bazalarini shakllantirish, shuningdek, shartnoma asosida xodimlarni vaqtinchalik jalb etish hamda zarur kompyuter va boshqa orgtexnika vositalarini xarid qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan 30 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi tomonidan mazkur qaror doirasida kompyuter va boshqa orgtexnika vositalari, istisno tariqasida, eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali xarid qilinishi mumkin;
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida FHDY organlarining arxivlarida qog‘oz tashuvchilarda saqlanadigan hujjatlarning elektron ma’lumotlar bazalarini shakllantirish bo‘yicha tadbirlar to‘liq yakunlangandan keyin, ushbu qaror doirasida xarid qilingan kompyuter va boshqa orgtexnika vositalari, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining taqsimotiga muvofiq tegishli tumanlar (shaharlar) umumta’lim muassasalariga belgilangan tartibda beg‘araz o‘tkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashgan platformasi orqali “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi bilan idoraviy axborot tizimlari va resurslari o‘rtasida sifatli va to‘laqonli axborot almashinuvini ta’minlasin, bunda Moliya vazirligiga har tomonlama, shu jumladan zarur texnik ko‘mak bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2020-yil yakuniga qadar Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish” loyihasi doirasida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi to‘laqonli va sifatli ishlashi uchun zarur bo‘lgan serverlar, kompyuter va boshqa texnika vositalar, asbob-uskunalarni sotib olishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bosqichma-bosqich “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi funksional imkoniyatlarini kengaytirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida ariza beruvchining oila a’zolari tarkibini aniqlash funksiyasi joriy etilganidan so‘ng “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi tomonidan ijtimoiy nafaqalarni tayinlash uchun arizalar elektron tarzda onlayn rejimida qabul qilinishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tijorat banklari bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar ma’lumotlar taqdim etish maxfiyligi va yopiqligini ta’minlash asosida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga ariza beruvchi va uning oila a’zolari nomiga olingan pul o‘tkazmalari va ochilgan depozit hisobvaraqlaridagi qoldiqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olinganda ariza beruvchilar va ularning muomalaga layoqatli oila a’zolari roziligi bilan taqdim etish imkoniyatini yaratish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi o‘zlarining hamda tarkibidagi tashkilotlarning xizmatchilari va xodimlari, ularning oila a’zolari (turmush o‘rtog‘i va bolalari) shuningdek, pensionerlari tomonidan ijtimoiy nafaqalar va kam ta’minlangan oilalar uchun nazarda tutilgan boshqa davlat ijtimoiy xizmatlarini olish uchun “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali arizalar taqdim etishini cheklash va ularning ko‘rib chiqilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2023-y., 06/23/117/0530-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu talablar ish haqi to‘g‘risida ma’lumotlari Soliq qo‘mitasining fuqarolar ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestrida mavjud bo‘lgan hamda mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalari “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobga qo‘yilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi 2021-yil 1-yanvarga qadar “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimidagi fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga fuqarolarga tegishli bo‘lgan shaxsiy identifikatsiya raqamini biriktirish orqali ariza beruvchining oila a’zolari tarkibini aniqlash funksiyasi joriy etilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda, ijtimoiy nafaqalarni tayinlashda ustuvorlik daromadi nisbatan pastroq bo‘lgan oilalarga berilishi nazarda tutilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etishning yagona tizimini joriy etish, ijtimoiy nafaqalarni, xizmatlarni va yordamni tayinlashda asos qilib olinadigan muhtojlikni aniqlash mezonlarini takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilingunga qadar Sirdaryo viloyatining kam ta’minlangan oilalariga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi boshqa hududlarga ham tatbiq etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ushbu qaror maqsadi va vazifalari ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmog‘ida keng yoritilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 4-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4797-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgustdagi PQ-4797-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaning barcha hududlarida ijtimoiy nafaqalarni tayinlash to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish va ularni tayinlash jarayoniga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini bosqichma-bosqich joriy etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar nomi

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini joriy etish muddatlari

1.

Namangan viloyati

2020 yil sentabr oyidan

2.

Andijon viloyati

3.

Farg‘ona viloyati

4.

Xorazm viloyati

2020 yil oktabr oyidan

5.

Qashqadaryo viloyati

6.

Surxondaryo viloyati

7.

Buxoro viloyati

2020 yil noyabr oyidan

8.

Navoiy viloyati

9.

Jizzax viloyati

10.

Samarqand viloyati

11.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

2020 yil dekabr oyidan

12.

Toshkent viloyati

13.

Toshkent shahri

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini joriy etish bo‘yicha tashkiliy ishlar jadallashtirilganda, ushbu axborot tizimi mazkur jadvalda ko‘rsatilgan muddatlardan oldin joriy etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgustdagi PQ-4797-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etishda fuqarolardan talab etilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan hujjatlar va ma’lumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Doimiy yashash uchun ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oila tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, bolalar soni va ularning yoshi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, turmush qurganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, ajrashganlik to‘g‘risidagi guvohnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Avtotransport vositasi mavjudligi va uning texnik holati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oilaning (oila a’zolarning) rasmiy daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ko‘chmas mulkning mavjudligi, ko‘chmas mulk hajmi, foydalanuvda bo‘lgan yerning boniteti to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ish qidiruvchi, ishsiz, jamoat ishlari bilan bandlik maqomi berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Pensiya va nafaqa ko‘rinishidagi daromadlari, 1 va 2 guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mehnat faoliyati bilan vaqtincha shug‘ullanish imkoniyatini bermaydigan kasallikning mavjudligi, nogironlik guruhining mavjudligi, doimiy parvarishga muhtoj oila a’zosining mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bank plastik kartasining mavjudligi, to‘lovlar va vedomostlarni yuborish, to‘langan mablag‘lar to‘g‘risidagi hisobotlar, oila a’zolariga kelib tushgan pul o‘tkazmalari, bank plastik kartasi qoldiqlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oila a’zolarining qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirgan operatsiyalari, dividendlar olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Talabalar safida mavjudligi, stipendiya miqdori, o‘qish shakli (kunduzgi, sirtqi), o‘qish turi (davlat granti, to‘lov kontrakt) to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgustdagi PQ-4797-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bepul yoki imtiyozli shartlarda ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
(3-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar to‘lovidan ozod etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘rnatilgan miqdorlarda ota-onalar to‘lovini to‘lash.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ayrim fanlarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta maktablar o‘quvchilarini ovqatlanish xarajatlaridan ozod etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. San’at maktablari, musiqa maktablari, “Barkamol avlod” markazlari va boshqa maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘qish xarajatlaridan ozod etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning nogironligi bo‘lgan a’zolarini protez — ortopediya moslamalari bilan ta’minlash.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E’tibor bering. 7-bandga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni bilan 2026-yil 1-fevraldan kuchga kirishi belgilangan o‘zgartirish mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida bepul maxsus (ambulator yoki kunduzgi) tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘llanma (order) olish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ijtimoiy reyestr orqali mazkur ilovada ko‘rsatilmagan boshqa ijtimoiy xizmatlar va imtiyozlar ham joriy etilishi mumkin.
(izoh O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgustdagi PQ-4797-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi va manfaatdor vazirlik va idoralar axborot tizimlari o‘rtasida o‘zaro elektron hamkorlikni yanada yaxshilash va kengaytirish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlari va e’lon qilingan daromadlari, jismoniy shaxslarning pasport ma’lumotlari bo‘yicha, birinchi navbatda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va yashash guvohnomasi bo‘lgan chet el fuqarolari bo‘yicha ma’lumotlarning avtomatik tarzda to‘laqonli va uzluksiz taqdim qilinishini ta’minlash.

2020-yil
5-avgustgacha

Davlat soliq qo‘mitasi

(Sh. Kudbiyev),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Davlat personallashtirish markazi

(N. To‘raxo‘jayev)

2.

FHDY arxivlarida qog‘oz tashuvchilarda saqlanadigan barcha hujjatlarni (nikoh tuzish, nikohdan ajralish, tug‘ilish va o‘lim to‘g‘risidagi yozuvlarni) raqamlashtirishni tugatish va “FHDY elektron arxivi” axborot tizimiga kiritish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2021-yil
1-yanvargacha

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Davlat xizmatlari agentligi

(N. Muxammadiyev)

3.

“FHDY elektron arxivi” axborot tizimi tomonidan fuqaroning oila a’zolarining tarkibi, jumladan qarindoshlik darajasi va oilaviy holati to‘g‘risida ma’lumotni taqdim etish va tasdiqlash hamda ushbu ma’lumotni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ATga arizachining davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini olish uchun shaxsiy identifikatsiya raqami yordamida taqdim etish orqali funksional imkoniyatlarini kengaytirish.

2021 yil
1-yanvargacha

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Davlat xizmatlari agentligi

(N. Muxammadiyev),

Davlat personallashtirish markazi

(N. To‘raxo‘jayev)

4.

16 yoshga yetmagan va biometrik pasporti bo‘lmagan shaxslarga shaxsiy identifikatsiya raqami berishni ta’minlash.

2020 yil
1 noyabrgacha

Davlat personallashtirish markazi

(N. To‘raxo‘jayev),

Davlat xizmatlari agentligi

(N. Muxammadiyev)

5.

2021-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda “labor-migration” dasturiy majmuasini “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi bilan integratsiya qilish.

2021-yil
1-yanvargacha

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

6.

Axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali FHDY organlari va sudlar o‘rtasida ma’lumotlar almashishning elektron shaklini joriy etish.

2021 yil
1 yanvargacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh.Sadikov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti (B. Teshaboyev)

7.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi tomonidan ijtimoiy nafaqalarni tayinlash to‘g‘risidagi arizalarni elektron ko‘rinishda onlayn rejimida qabul qilishni ta’minlash.

2022-yil
1-aprelgacha

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov)

8.

Ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha, shu jumladan tomorqa yer uchastkasi va/yoki dehqon xo‘jaligining maydoni, mulkning turar maydoni to‘g‘risidagi, idoraviy elektron ma’lumotlar bazasini “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi bilan elektron tarzda o‘zaro ma’lumot almashishni ta’minlash.

2020-yil
1-oktabrgacha

Davergeodezkadastr qo‘mitasi

(X. To‘raxo‘jayev),

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov)

9.

Respublikaning barcha tumanlari (joylari) ball-boniteti (hosildorlik, suv bilan ta’minlanganlik darajasi va h.k.) bo‘yicha muntazam ravishda yangilanadigan idoraviy elektron ma’lumotlar bazasini tashkil qilish.

2020-yil
1-oktabrgacha

Davergeodezkadastr qo‘mitasi
(X. To‘raxo‘jayev)

10.

Undirilgan yoki to‘langan alimentlar bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda uni aliment to‘lovchi va oluvchining shaxsiy identifikatsiya raqami orqali “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi bilan integratsiyalash.

Alohida tuzilgan reja asosida 2021-yil 1-yanvargacha

Majburiy ijro byurosi
(B. Kudratxodjayev), “O‘zbekiston pochtasi” AJ (A. Fayzullayev)

11.

Qimmatli qog‘ozlar bozorida amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi bilan elektron tarzda o‘zaro ma’lumot almashishni ta’minlash.

2020-yil
1-sentabrgacha

Kapital bozori agentligi

(A. Nazirov)

12.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi va Maktabgacha ta’lim vazirligining axborot tizimi o‘rtasida ularga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotni taqdim etish bo‘yicha elektron tarzda idoralararo o‘zaro almashishni joriy qilish, jumladan:

kam ta’minlangan oilalarning farzandlari to‘g‘risida;

kam ta’minlangan oilalarning farzandlari qatoridan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ovqatlanish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovidan ozod qilish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik doirasida faoliyatni amalga oshiruvchi xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida imtiyozli ota-onalar to‘lovi to‘g‘risida.

2021-yil
1-sentabrgacha

Maktabgacha ta’lim vazirligi

(A. Shin),

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov)

13.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi va Xalq ta’limi vazirligining axborot tizimi o‘rtasida ularga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotni taqdim etish bo‘yicha elektron tarzda idoralararo o‘zaro almashishni joriy qilish, jumladan:

kam ta’minlangan oilalarning farzandlari to‘g‘risida;

kam ta’minlangan oilalarning farzandlari qatoridan ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining ovqatlanish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovidan ozod qilish to‘g‘risida;

umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining ayrim toifalarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan darsliklar va qishki kiyim-bosh to‘plami bilan bepul ta’minlash to‘g‘risida;

bolalar musiqa va san’at maktablari, “Barkamol avlod” bolalar markazlari, shuningdek, boshqa maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘qiganlik uchun ota-onalar to‘lovidan ozod qilingan bolalar to‘g‘risida;

oilaga tarbiyaga olingan har bir farzand uchun tayinlangan va to‘langan nafaqalar to‘g‘risida;

yetim bolalar va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarga tayinlangan va to‘langan bir martalik pulli nafaqalar hamda uy-joy berilishi to‘g‘risida.

2021-yil
1-sentabrgacha

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov)

14.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining axborot tizimi o‘rtasida talabalar safida mavjudligi, stipendiya miqdori, o‘qish shakli (kunduzgi, sirtqi), o‘qish turi (davlat granti, to‘lov kontrakt) to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni elektron tarzda idoralararo o‘zaro almashishni joriy qilish.

2020 yil
1-sentabrgacha

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov)

15.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi va Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining axborot tizimi o‘rtasida ularga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar bo‘yicha idoralararo elektron o‘zaro axborot almashinuvini joriy qilish, jumladan:

kam ta’minlangan oilalar to‘g‘risida;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga imtiyozli shaxslar kontingentiga berilgan orderlar va ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar to‘g‘risida;

o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni bepul asosda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlari bilan ta’minlash to‘g‘risida.

Alohida tuzilgan reja asosida
2022
yil
31
dekabrgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov)

16.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi va Moliya vazirligining axborot tizimi o‘rtasida ularga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotni taqdim etish bo‘yicha idoralararo elektron axborot almashinuvini joriy qilish, jumladan:

kam ta’minlangan oilalar to‘g‘risida;

yashash sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan ijtimoiy jihatdan zaif va kam ta’minlangan aholi qatlamlaridan fuqarolarni hisobga olish va ularga uy-joy ajratish to‘g‘risida;

amalga oshirilgan har oygi uy-joy kommunal xizmatlar uchun pullik kompensatsiya to‘lovlari to‘g‘risida;

nogironligi (nogironlik darajalari kesimida) bo‘lgan fuqarolar to‘g‘risida.

2021-yil
1-iyulgacha

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov)

17.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi va Transport vazirligining axborot tizimi o‘rtasida ularga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan, jumladan aholining ayrim imtiyozli toifalariga fuqaro transport xizmatlarini bepul yoki imtiyozli asosda taqdim etish to‘g‘risidagi ma’lumotning idoralararo elektron axborot almashinuvini joriy qilish.

2021-yil
1-oktabrgacha

Transport vazirligi (E. Ganiyev),

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov)

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2020-y., 07/20/4797/1138-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 07/21/5144/0548-son, 12.08.2021-y., 06/21/6277/0788-son, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son; 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 30.06.2022-y., 07/22/299/0572-son; 28.07.2023-y., 06/23/117/0530-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)