Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2021-yil 5-fevral,
SQ-240-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
2021-yil 5-fevraldagi SQ-240-IV-sonli Qaroriga
ILOVA
2021-yil 5-fevraldagi SQ-240-IV-sonli Qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi qarorlarining roʻyxati
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 18-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 13-iyuldagi KQ-105-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Erta turmush va erta tugʻruq holatlari hamda oilaviy ajrimlar bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etish boʻyicha 2020-2021-yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturining ijro etilishi toʻgʻrisida”gi KQ-177-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 18-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va qoʻmitalarining 2021-yil birinchi yarmiga moʻljallangan ish rejalari toʻgʻrisida”gi KQ-178-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 25-yanvardagi “X.X. Bozarovni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi tarkibidan chiqarish toʻgʻrisida”gi KQ-179-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 1-fevraldagi “Adolatli senator”, “Xalqparvar senator”, “Mehnatkash senator” va “Faxriy senator” maqomlarini berish toʻgʻrisida”gi KQ-181-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 4-fevraldagi “B.K. Zaripovni Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi aʼzosi etib saylash toʻgʻrisida”gi KQ-183-IV-sonli qarori.