18.01.2021 yildagi KQ-177-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 13-iyuldagi KQ-105-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Erta turmush va erta tugʻruq holatlari hamda oilaviy ajrimlar bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etish boʻyicha 2020-2021-yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturining ijro etilishi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 13-iyuldagi KQ-105-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Erta turmush va erta tugʻruq holatlari hamda oilaviy ajrimlar bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etish boʻyicha 2020-2021-yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturida (bundan buyon matnda — Dastur deb yuritiladi) belgilangan vazifalarni ijro etish holati oʻrganildi. Oʻrganish natijalari mazkur sohada muayyan ishlar amalga oshirilganini koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Qoʻshma qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi professional taʼlim muassasalari va akademik litseylarning oʻquvchi-yoshlariga birlamchi tibbiy-sanitariya va profilaktik yordam koʻrsatish hamda reabilitatsiya tadbirlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma, shuningdek Sogʻliqni saqlash, Xalq taʼlimi hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirliklarining “Oʻzbekistonda voyaga yetmagan qizlar orasida erta tugʻruq holatlarining oldini olish, tugʻish yoshidagi ayollar reproduktiv salomatligini saqlash yuzasidan tizimli hamkorlikni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumtaʼlim maktab oʻquvchilari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari uchun “Sogʻlom turmush tarzi asoslari” boʻyicha maxsus dastur ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament nazorati doirasida oilaviy ajralishlarning oldini olish, joylarda profilaktika inspektorlari tomonidan voyaga yetmaganlar orasida erta tugʻruq holatlari va tazyiqqa uchragan xotin-qizlarni himoya qilishga qaratilgan ishlar samaradorligi, chaqaloqlar savdosiga qarshi kurashish hamda fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash masalalari boʻyicha Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitalarida hamda Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasida Oliy sud raisining, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash va Ichki ishlar vazirlarining axborotlari eshitilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, umumiy oʻrta taʼlim maktabi, akademik litsey va kasb-hunar kolleji oʻquvchilarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibini buzganlik uchun aybdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy javobgarlikni belgilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha kiritishni nazarda tutgan qonun loyihasi ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugʻruqxonalar, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari va davlat xizmatlari markazlari oʻrtasida “Tugʻilish va oʻlim holatlarini elektron roʻyxatga olish” yagona axborot tizimi joriy etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish davomida amalga oshirilgan ishlar bilan birga Dasturning ijrosini taʼminlashda qator kamchiliklar kuzatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasida 2021 — 2025-yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari tomonidan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari Samarqand va Fargʻona viloyatlari Kengashlaridan tashqari) oilaviy ajralishlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududiy boʻlinmalari hamda sud organlarining axboroti eshitilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erta turmush, erta tugʻruq muammolari va boshqa salbiy demografik tendensiyalar boʻyicha tadqiqotlar olib borish boʻyicha ilmiy mavzular roʻyxati shakllantirilmagan, shuningdek ilmiy tadqiqotlar uchun davlat grantlari ajratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari orasida yaqin qarindoshlar va yoshlar oʻrtasida erta turmushning oldini olishga, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishga qaratilgan davlat granti tanlovlari oʻtkazilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi va Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti erta turmush va erta tugʻruq holatlari hamda oilaviy ajralishlar bilan bogʻliq masalalar yuzasidan keng jamoatchilik fikrini oʻrgangan holda ijtimoiy soʻrov oʻtkazish ishlari boshlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erta turmush va erta tugʻruq holatlari hamda oilaviy ajrimlar bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etish boʻyicha 2020-2021-yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturida bajarilishi lozim boʻlgan bandlarning vazirlik va idoralar tomonidan ijro etilishini taʼminlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qarorda belgilangan vazifalarning ijrosi toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan maʼlumotni 2021-yilning 1-apreliga qadar Oliy Majlis Senati Kengashiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda oilaviy ajralishlarning oldini olish, oilalarning mustahkamligini taʼminlash hamda ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish masalalariga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, er-xotin munosabatlari haqida batafsil maʼlumotlarga ega boʻlishini taʼminlash maqsadida majburiy oʻquv kurslarini bepul asosda tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy nizolarni sudgacha hal qilishda mediatsiya institutini keng jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alimentning minimal miqdorini “bolaning hayot kechirishi minimumi” miqdorida belgilangan holda bolaning yoshi va ota-onalarning daromadidan kelib chiqib, alimentning yakuniy miqdorini aniqlashda individual yondashish tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aliment masalalarini ajrashish haqida sudga murojaat qilgan paytda majburiy ravishda hal qilish tartibini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alimentlarni oʻz vaqtida va toʻliq hajmda toʻlovchilarga nisbatan soliq, kommunal toʻlovlar, davlat xizmatlarini koʻrsatish, maʼmuriy jarimalarni toʻlash va boshqa sohalarda ragʻbatlantirish choralarini belgilovchi tizim joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi 2021-yil 1-aprelga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda idoralararo ishchi guruhi tuzgan holda normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilib, Oʻzbekiston Respublikasida 2021 — 2025-yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ginekologiya tizimini takomillashtirish, xususan, qizlar ginekologiyasi sohasida yuqori texnologiyalarga asoslangan ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish yoʻli bilan davolash va reabilitatsiyani tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida aholining reproduktiv salomatligini muhofaza qilish boʻyicha oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini reproduktiv salomatligini saqlash boʻyicha profilaktika tadbirlarini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oila qurishni rejalashtirish, jinsiy taʼlim-tarbiya tizimini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining reproduktiv salomatligini muhofaza qilish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish kabi masalalar aks ettirilishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 2021-yilda oilaviy ajralishlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududiy boʻlinmalari hisobotlarini muntazam eshitib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Innovatsion rivojlanish vazirligi Sogʻliqni saqlash, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklari hamda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda ikki oy muddatda erta turmush, erta tugʻruq muammolari va boshqa salbiy demografik tendensiyalar boʻyicha tadqiqotlar olib borish boʻyicha ilmiy mavzular roʻyxatini shakllantirish hamda ilmiy tadqiqotlar uchun davlat grantlarini ajratish yuzasidan taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi ikki oy muddatda erta turmush va erta tugʻruq holatlari hamda oilaviy ajrimlar bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etish boʻyicha 2020-2021-yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturida ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari orasida yaqin qarindoshlar va yoshlar oʻrtasida erta turmushning oldini olishga, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishga qaratilgan davlat granti tanlovlarini eʼlon qilish hamda ularni oʻtkazish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markaziga 2021-yil 1-aprelga qadar Dasturda belgilangan muddatlarda erta turmush va erta tugʻruq holatlari hamda oilaviy ajralishlar bilan bogʻliq masalalar yuzasidan keng jamoatchilik fikrini oʻrgangan holda ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish hamda natijasi boʻyicha axborot kiritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari, Eshlar, madaniyat va sport masalalari hamda Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitalari 2021-yil 1-aprelga qadar Xalq taʼlimi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim hamda Sogʻliqni saqlash vazirliklari bilan birgalikda taʼlim muassasalarida umumtaʼlim fanlari tarkibida reproduktiv salomatlik va jinsiy tarbiya masalalarining oʻqitilishini oʻrgansin hamda oʻquv rejalariga reproduktiv salomatlik boʻyicha tegishli oʻquv yuklamalarini kiritish yuzasidan taklif tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi ushbu Qaror va Dasturda belgilangan vazifalarning oʻz muddatida va sifatli ijro etilishini nazoratga olsin hamda har chorak yakunida Senat Kengashiga tegishli axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari Z. Nizamxodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 18-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-177-IV-son