Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qarori
“Adolatli senator”, “Xalqparvar senator”, “Mehnatkash senator” va “Faxriy senator” maqomlarini berish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2017-yil 25-dekabrdagi KQ-278-III-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha komissiyaning 2021-yil 26-yanvardagi tavsiyalarini koʻrib chiqib, quyidagilarga:
Oral Aminovna Ataniyazovaga “Adolatli senator”;
Maxmudjon Toirovga “Xalqparvar senator”;
Farmon Isxakovich Toshevga “Mehnatkash senator”;
Sayyora Raxmatovna Baratovaga “Faxriy senator”;
Baxrom Mamajanovga “Faxriy senator”;
Shukurjon Mamatkulovga “Faxriy senator” maqomlari berilsin.
2. “Adolatli senator”, “Xalqparvar senator”, “Mehnatkash senator” va “Faxriy senator” maqomlariga sazovor boʻlgan Senat aʼzolari hamda sobiq senatorlar sertifikat va belgilangan tartibda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlansin.
3. Mazkur Qaror ijrosini taʼminlash Senat Raisining oʻrinbosari Z. Nizamxodjayev zimmasiga yuklansin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2021-yil 1-fevral,
KQ-181-IV-son