Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 18-yanvardagi KQ-178-IV-sonli qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil birinchi yarmiga moʻljallangan
|
Tadbir nomi |
Ijro muddati |
Masʼul | |
|
1. |
2020 — 2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi holatini oʻrganib borish.* |
2021-yil har oyda |
Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi, Senat qoʻmitalari (biriktirilgan tumanlar boʻyicha) |
|
2. |
Turkiya va Yaponiya davlatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha amaliy harakatlar rejalari va tegishli “Yoʻl xaritalari”ning soʻzsiz ijrosini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan koʻrilgan choralar natijalarini koʻrib chiqish. |
2021-yil fevral |
Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi |
|
3. |
Andijon, Buxoro, Samarqand va Fargʻona viloyatlarida 2020-yil yakuni bilan viloyat budjetlarining, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan shakllantirilgan mablagʻlarning maqsadli va samarali sarflanishi holatini oʻrganish. |
2021-yil fevral |
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, Davlat budjeti va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish boshqarmasi |
|
4. |
Qonunlarni amalga oshirishga qaratilgan qonun osti hujjatlari qabul qilinishi hamda amalda qoʻllanilishi holatini monitoring qilish. (qoʻmitalar tomonidan tanlab olingan tegishli qonunlar yuzasidan) |
2021-yil fevral |
Senat qoʻmitalari, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti |
|
5. |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Davlat test markazi huzuridagi budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlarining shakllantirilishi va ulardan foydalanish samaradorligini oʻrganish. |
2021-yil mart, aprel |
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, Davlat budjeti va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish boshqarmasi |
|
6. |
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksiga muvofiq Toshkent viloyatida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning kafolatlari taʼminlanishi holatini oʻrganish va mutasaddi vazirlik va idoralar hamda hudud rahbarlari ishtirokida muhokama qilish. |
2021-yil mart |
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi |
|
7. |
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasi doirasida 2021-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri hamda Samarqand viloyati hokimining hisobotini eshitish. |
2021-yil aprel |
Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi |
|
8. |
Aholini, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga keng jalb etishga doir muammolarni bartaraf etish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosini muhokama qilish. |
2021-yil may |
Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi |
|
9. |
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan birgalikda Qashqadaryo viloyatida raqobat muhiti va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun mavjud zaxiralar hamda isteʼmolchilar uchun tanlov imkoniyatlarini oshirish dasturining ishlab chiqilishiga doir masalani oʻrganish. (oʻrganish natijalari xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi bilan birgalikda oʻtkaziladigan sayyor majlisda muhokama qilinadi) |
2021-yil iyun |
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi |
|
10. |
“Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining avtomobil yoʻllarini taʼmirlash va saqlashga oid qismi mamlakatimiz avtomobil yoʻllarida mavjud sunʼiy inshootlar (koʻpriklar) kesimida ijro etilishi holatini Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan hamkorlikda oʻrganish va natijalarini muhokama qilish.* |
2021-yil iyun |
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi |
|
11. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 13-iyuldagi “Erta turmush va erta tugʻruq holatlari hamda oilaviy ajralishlar bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi KQ-105-IV-sonli Qarori ijrosini muhokama qilish. |
2021-yil iyun |
Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 18-yanvardagi KQ-178-IV-sonli qaroriga
2-ILOVA
|
Tadbir nomi |
Ijro muddati | |
|
I. Qonunchilik faoliyati | ||
|
1. |
Senatga kelib tushgan qonunlarni mutasaddi vazirlik, idora va jamoat tashkilotlari hamda qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi vakillari ishtirokida ishchi guruhlar tuzgan holda dastlabki tarzda koʻrib chiqish va mazkur jarayonni OAV, jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish. |
Qonun kelib tushishi bilan |
|
2. |
Senatga k�lib tushgan qonunlar yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida muhokamalar tashkil etish. |
Qonun kelib tushishi bilan |
|
3. |
Senatga kelib tushgan qonunlar yuzasidan qoʻmita xulosalarini tayyorlash. |
Qonun kelib tushishi bilan |
|
II. Nazorat-tahlil faoliyati | ||
|
4. |
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻz faoliyati haqidagi axborotini dastlabki tarzda koʻrib chiqish va Senat yalpi majlisi muhokamasiga kiritish. |
2021-yil fevral |
|
5. |
Turkiya va Yaponiya davlatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha amaliy harakatlar rejalari va tegishli “Yoʻl xaritalari”ning soʻzsiz ijrosini taʼminlash boʻyicha koʻrilgan choralar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hisobotini eshitish. |
2021-yil fevral |
|
6. |
Mehnat migranti sifatida xorijiy mamlakatlarda ishlab kelgan xotin-qizlarni “Labor migration” tizimi orqali hisobga olish va qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlar holatini oʻrganish. |
2021-yil mart |
|
7. |
Qashqadaryo viloyatining tashqi iqtisodiy salohiyatini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining axborotini eshitish.* (axborot xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi bilan birgalikda oʻtkaziladigan sayyor majlisda eshitiladi) |
2021-yil aprel |
|
8. |
Oliy darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha qabul qilingan “Yoʻl xarita”lari ijrosi hamda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi (AQSh, XXR, Koreya Respublikasi va Yaponiya) diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish. |
2021-yil I, II chorak (alohida reja-jadval asosida) |
|
III. Konferensiyalar, forumlar, davra suhbatlari va seminarlar oʻtkazish | ||
|
9. |
“Mamlakatimizda eksportni yanada rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash: mavjud muammolar va ularni bartaraf etishda qonunchilikni takomillashtirish” mavzusida davra suhbati oʻtkazish. |
2021-yil mart |
|
10. |
“Koronavirus pandemiyasi sharoitida ziyorat turizmini rivojlantirish masalalari” mavzusida davra suhbati oʻtkazish. |
2021-yil aprel |
|
IV. Xalq bilan muloqot hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash | ||
|
11. |
Jismoniy va yuridik shaxslarning yozma murojaatlarini bevosita hamda mutasaddi vazirlik va idoralarni jalb qilgan holda koʻrib chiqish va qonuniy hal etish choralarini koʻrish. |
Doimiy |
|
12. |
Fuqarolarni qabul qilish, jumladan hududlarda sayyor qabullar tashkil etish, aholi tomonidan koʻtarilgan muammolarni mahalliy ijro organlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari, shuningdek hududlardagi mahalliy Kengashlar deputatlarini jalb qilgan holda oʻrganish va joyida hal qilish choralarini koʻrib borish. |
Doimiy |
|
13. |
OAV va ijtimoiy tarmoqlarda koʻtarilgan muammolarga munosabat bildirib borish, zarur hollarda qoʻmita, Senat Kengashi yoki Senat yalpi majlisida muammo yechimiga bevosita masʼul boʻlgan mutasaddi vazirlik va idora rahbarlarining axborotini eshitish. |
Har chorakda |
|
14. |
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tizimli tahlil qilish orqali tegishli sohalardagi dolzarb muammolarni bartaraf etish, jumladan qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, parlament va senator soʻrovlari tayyorlash. |
Har chorakda |
|
V. Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik | ||
|
15. |
Qoʻmita faoliyati yoʻnalishlariga taalluqli qonunlarning mazmun-mohiyatini televideniye, matbuot va ijtimoiy tarmoqlar orqali aholiga keng tushuntirib borish. |
Doimiy |
|
16. |
Qoʻmita faoliyatining asosiy yoʻnalishlari (qonunchilik, nazorat-tahlil, tadbirlar va h.k.), shuningdek, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy sohalaridagi dolzarb masalalar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalarni televideniye, matbuot va ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritib borish. |
Har hafta |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 18-yanvardagi KQ-178-IV-sonli qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasining 2021-yil birinchi yarmiga moʻljallangan
|
Tadbir nomi |
Ijro muddati | |
|
I. Qonunchilik faoliyati | ||
|
1. |
Senatga kelib tushgan qonunlarni mutasaddi vazirlik, idora va jamoat tashkilotlari hamda qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi vakillari ishtirokida ishchi guruhlar tuzgan holda dastlabki tarzda koʻrib chiqish va mazkur jarayonni OAV, jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish. |
Qonun kelib tushishi bilan |
|
2. |
Senatga kelib tushgan qonunlar yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida muhokamalar tashkil etish. |
Qonun kelib tushishi bilan |
|
3. |
Senatga kelib tushgan qonunlar yuzasidan qoʻmita xulosalarini tayyorlash. |
Qonun kelib tushishi bilan |
|
II. Nazorat-tahlil faoliyati | ||
|
4. |
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2020-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini dastlabki tarzda koʻrib chiqish va Senat yalpi majlisi muhokamasiga kiritish.* |
2021-yil mart |
|
5. |
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatini tahlil qilish, maqsadli dasturlarning amalga oshirilishini baholash, davlat budjeti va maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlarining samarali sarflanganligi yuzasidan kompleks oʻrganish oʻtkazish.* (oʻrganish natijalari qoʻmitaning xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi bilan birgalikda oʻtkaziladigan sayyor majlisida muhokama qilinadi) |
2021-yil aprel |
|
6. |
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining 2020-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini dastlabki tarzda koʻrib chiqish va Senat yalpi majlisi muhokamasiga kiritish.* |
2021-yil may |
|
7. |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2020-yildagi va 2021-yilning birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining axborotini dastlabki tarzda koʻrib chiqish va Senat yalpi majlisi muhokamasiga kiritish.* |
2021-yil may |
|
8. |
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan hamkorlikda Fargʻona viloyatida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatini tahlil qilish, maqsadli dasturlarning amalga oshirilishini baholash, davlat budjeti va maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlarining samarali sarflanganligi yuzasidan kompleks oʻrganish oʻtkazish. (oʻrganish natijalari xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashi bilan birgalikda oʻtkaziladigan sayyor majlisida muhokama qilinadi)* |
2021-yil iyun |
|
III. Konferensiyalar, forumlar, davra suhbatlari va seminarlar oʻtkazish | ||
|
9. |
“Pandemiya va undan keyingi davrda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash” mavzusida davra suhbati oʻtkazish. (Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda) |
2021-yil fevral |
|
10. |
“Demonopolizatsiya va davlat mulkini xususiylashtirish masalalari” mavzusida davra suhbati oʻtkazish. (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda) |
2021-yil iyun |
|
IV. Xalq bilan muloqot hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash | ||
|
11. |
Jismoniy va yuridik shaxslarning yozma murojaatlarini bevosita hamda mutasaddi vazirlik va idoralarni jalb qilgan holda koʻrib chiqish va qonuniy hal etish choralarini koʻrish. |
Doimiy |
|
12. |
Fuqarolarni qabul qilish, jumladan hududlarda sayyor qabullar tashkil etish, aholi tomonidan koʻtarilgan muammolarni mahalliy ijro organlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari, shuningdek hududlardagi mahalliy Kengashlar deputatlarini jalb qilgan holda oʻrganish va joyida hal qilish choralarini koʻrib borish. |
Doimiy |
|
13. |
OAV va ijtimoiy tarmoqlarda koʻtarilgan muammolarga munosabat bildirib borish, zarur hollarda qoʻmita, Senat Kengashi yoki Senat yalpi majlisida muammo yechimiga bevosita masʼul boʻlgan mutasaddi vazirlik va idora rahbarlarining axborotini eshitish. |
Har chorakda |
|
14. |
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tizimli tahlil qilish orqali tegishli sohalardagi dolzarb muammolarni bartaraf etish, jumladan qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, parlament va senator soʻrovlari tayyorlash. |
Har chorakda |
|
V. Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik | ||
|
15. |
Qoʻmita faoliyati yoʻnalishlariga taalluqli qonunlarning mazmun-mohiyatini televideniye, matbuot va ijtimoiy tarmoqlar orqali aholiga keng tushuntirib borish. |
Doimiy |
|
16. |
Qoʻmita faoliyatining asosiy yoʻnalishlari (qonunchilik, nazorat-tahlil, tadbirlar va h.k.), shuningdek, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy sohalaridagi dolzarb masalalar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalarni televideniye, matbuot va ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritib borish. |
Har hafta |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 18-yanvardagi KQ-178-IV-sonli qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 2021-yil birinchi yarmiga moʻljallangan
|
Tadbir nomi |
Ijro muddati | |
|
I. Qonunchilik faoliyati | ||
|
1. |
Senatga kelib tushgan qonunlarni mutasaddi vazirlik, idora va jamoat tashkilotlari hamda qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi vakillari ishtirokida ishchi guruhlar tuzgan holda dastlabki tarzda koʻrib chiqish va mazkur jarayonni OAV, jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish. |
Qonun kelib tushishi bilan |
|
2. |
Senatga kelib tushgan qonunlar yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida muhokamalar tashkil etish. |
Qonun kelib tushishi bilan |
|
3. |
Senatga kelib tushgan qonunlar yuzasidan qoʻmita xulosalarini tayyorlash. |
Qonun kelib tushishi bilan |
|
II. Nazorat-tahlil faoliyati | ||
|
4. |
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yilda huquqiy targʻibot va maʼrifatning holati haqidagi axborotini dastlabki tarzda koʻrib chiqish hamda Senat yalpi majlisi muhokamasiga kiritish. |
2021-yil fevral |
|
5. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2020-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini dastlabki tarzda koʻrib chiqish hamda Senat yalpi majlisi muhokamasiga kiritish. |
2021-yil mart |
|
6. |
Ozodlikdan mahrum etish joylaridan qaytgan xotin-qizlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularning bandligini taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash. |
2021-yil mart |
|
7. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2020-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini dastlabki tarzda koʻrib chiqish hamda Senat yalpi majlisi muhokamasiga kiritish. |
2021-yil aprel |
|
8. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda davlat xaridlarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish borasidagi ishlar holatini qoʻmita majlisida muhokama qilish. |
2021-yil may |
|
9. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari rahbarlarining joylarda korrupsiya holatlari, jumladan Davlat budjeti mablagʻlarining maqsadli sarflanishiga doir axborotlarini eshitish. (axborotlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining tegishli qoʻmitasi bilan birgalikda oʻtkaziladigan sayyor majlisda eshitiladi) |
2021-yil iyun |
|
III. Konferensiyalar, forumlar, davra suhbatlari va seminarlar oʻtkazish | ||
|
10. |
“Oʻzbekistonda huquq fanini rivojlantirish va qonun ijodkorligini takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida konferensiya oʻtkazish. |
2021-yil aprel |
|
11. |
“Korrupsiyaga qarshi kurashish: erishilgan natijalar va ustuvor vazifalar” mavzusida konferensiya oʻtkazish. |
2021-yil may |
|
IV. Xalq bilan muloqot hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash | ||
|
12. |
Jismoniy va yuridik shaxslarning yozma murojaatlarini bevosita hamda mutasaddi vazirlik va idoralarni jalb qilgan holda koʻrib chiqish va qonuniy hal etish choralarini koʻrish. |
Doimiy |
|
13. |
Fuqarolarni qabul qilish, jumladan hududlarda sayyor qabullar tashkil etish, aholi tomonidan koʻtarilgan muammolarni mahalliy ijro organlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari, shuningdek hududlardagi mahalliy Kengashlar deputatlarini jalb qilgan holda oʻrganish va joyida hal qilish choralarini koʻrib borish. |
Doimiy |
|
14. |
OAV va ijtimoiy tarmoqlarda koʻtarilgan muammolarga munosabat bildirib borish, zarur hollarda qoʻmita, Senat Kengashi yoki Senat yalpi majlisida muammo yechimiga bevosita masʼul boʻlgan mutasaddi vazirlik va idora rahbarlarining axborotini eshitish. |
Har chorakda |
|
15. |
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tizimli tahlil qilish orqali tegishli sohalardagi dolzarb muammolarni bartaraf etish, jumladan qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, parlament va senator soʻrovlari tayyorlash. |
Har chorakda |
|
V. Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik | ||
|
16. |
Qoʻm�ta faoliyati yoʻnalishlariga taalluqli qonunlarning mazmun-mohiyatini televideniye, matbuot va ijtimoiy tarmoqlar orqali aholiga keng tushuntirib borish. |
Doimiy |
|
17. |
Qoʻmita faoliyatining asosiy yoʻnalishlari (qonunchilik, nazorat-tahlil, tadbirlar va h.k.), shuningdek, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy sohalaridagi dolzarb masalalar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalarni televideniye, matbuot va ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritib borish. |
Har hafta |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 18-yanvardagi KQ-178-IV-sonli qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining 2021-yil birinchi yarmiga moʻljallangan
|
Tadbir nomi |
Ijro muddati | |
|
I. Qonunchilik faoliyati | ||
|
1. |
Senatga kelib tushgan qonunlarni mutasaddi vazirlik, idora va jamoat tashkilotlari hamda qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi vakillari ishtirokida ishchi guruhlar tuzgan holda dastlabki tarzda koʻrib chiqish va mazkur jarayonni OAV, jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish. |
Qonun kelib tushishi bilan |
|
2. |
Senatga kelib tushgan qonunlar yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida muhokamalar tashkil etish. |
Qonun kelib tushishi bilan |
|
3. |
Senatga kelib tushgan qonunlar yuzasidan qoʻmita xulosalarini tayyorlash. |
Qonun kelib tushishi bilan |
|
II. Nazorat-tahlil faoliyati | ||
|
4. |
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yilda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi axborotini dastlabki tarzda koʻrib chiqish hamda Senat yalpi majlisi muhokamasiga kiritish. |
2021-yil fevral |
|
5. |
“Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Namangan va Jizzax viloyatlarida ijro etilishi holatini oʻrganish hamda natijasini qoʻmitaning sayyor majlislarida muhokama qilish. |
2021-yil aprel |
|
6. |
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksining mahkumlar huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini taʼminlashga oid qismining Navoiy viloyatida joylashgan jazoni ijro etish muassasalarida ijro etilishi holatini oʻrganish. |
2021-yil may |
|
III. Konfere�tsiyalar, forumlar, davra suhbatlari va seminarlar oʻtkazish | ||
|
7. |
“Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini va front ortida fidokorona mehnat qilganlarni eʼzozlash — Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri” mavzusidagi seminar oʻtkazish. (tadbir doirasida hududlarda keng jamoatchilik, jumladan yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkaziladi, urush va front orti qatnashchilari holidan xabar olinib, ularga eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatilishi tashkil etiladi) |
2021-yil aprel |
|
IV. Xalq bilan muloqot hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash | ||
|
8. |
Jismoniy va yuridik shaxslarning yozma murojaatlarini bevosita hamda mutasaddi vazirlik va idoralarni jalb qilgan holda koʻrib chiqish va qonuniy hal etish choralarini koʻrish. |
Doimiy |
|
9. |
Fuqarolarni qabul qilish, jumladan hududlarda sayyor qabullar tashkil etish, aholi tomonidan koʻtarilgan muammolarni mahalliy ijro organlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari, shuningdek hududlardagi mahalliy Kengashlar deputatlarini jalb qilgan holda oʻrganish va joyida hal qilish choralarini koʻrib borish. |
Doimiy |
|
10. |
OAV va ijtimoiy tarmoqlarda koʻtarilgan muammolarga munosabat bildirib borish, zarur hollarda qoʻmita, Senat Kengashi yoki Senat yalpi majlisida muammo yechimiga bevosita masʼul boʻlgan mutasaddi vazirlik va idora rahbarlarining axborotini eshitish. |
Har chorakda |
|
11. |
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tizimli tahlil qilish orqali tegishli sohalardagi dolzarb muammolarni bartaraf etish, jumladan qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, parlament va senator soʻrovlari tayyorlash. |
Har chorakda |
|
V. Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik | ||
|
12. |
Qoʻmita faoliyati yoʻnalishlariga taalluqli qonunlarning mazmun-mohiyatini televideniye, matbuot va ijtimoiy tarmoqlar orqali aholiga keng tushuntirib borish. |
Doimiy |
|
13. |
Qoʻmita faoliyatining asosiy yoʻnalishlari (qonunchilik, nazorat-tahlil, tadbirlar va h.k.), shuningdek, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy sohalaridagi dolzarb masalalar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalarni televideniye, matbuot va ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritib borish. |
Har hafta |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 18-yanvardagi KQ-178-IV-sonli qaroriga
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasining 2021-yil birinchi yarmiga moʻljallangan
|
Tadbir nomi |
Ijro muddati | |
|
I. Qonunchilik faoliyati | ||
|
1. |
Senatga kelib tushgan qonunlarni mutasaddi vazirlik, idora va jamoat tashkilotlari hamda qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi vakillari ishtirokida ishchi guruhlar tuzgan holda dastlabki tarzda koʻrib chiqish va mazkur jarayonni OAV, jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish. |
Qonun kelib tushishi bilan |
|
2. |
Senatga kelib tushgan qonunlar yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida muhokamalar tashkil etish. |
Qonun kelib tushishi bilan |
|
3. |
Senatga kelib tushgan qonunlar yuzasidan qoʻmita xulosalarini tayyorlash. |
Qonun kelib tushishi bilan |
|
II. Nazorat-tahlil faoliyati | ||
|
4. |
“Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlim qamrovini oshirish yuzasidan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida olib borilayotgan ishlar holatini oʻrganish va Qoʻmita yigʻilishida muhokama qilish.* |
2021-yil fevral |
|
5. |
Oʻz joniga qasd qilish holatlarining oldini olish hamda suitsidga moyil boʻlgan shaxslar bilan kompleks ishlash boʻyicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida oʻrganish. (Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda) |
2021-yil mart |
|
6. |
Taʼlim sifatini oshirish, uning inklyuzivligini hamda barcha uchun teng foydalanish imkoniyatini taʼminlash, oʻquv muassasalarining shart-sharoitlarini yaxshilash holatini oʻrganish. |
2021-yil mart |
|
7. |
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining umumiy oʻrta taʼlimga oid qismi ijrosini Toshkent shahrida ijro etilishi holatini oʻrganish va natijalarini qoʻmitaning xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi bilan birgalikda oʻtkaziladigan sayyor majlisida muhokama qilish.* |
2021-yil aprel |
|
8. |
“Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi, shuningdek tibbiyotning birlamchi boʻgʻinini kuchaytirish, ayniqsa, qishloq va mahallalarda tibbiy xizmatni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish borasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida olib borilayotgan ishlar holatini oʻrganish va Qoʻmita yigʻilishida muhokama qilish.* |
2021-yil may |
|
III. Konferensiyalar, forumlar, davra suhbatlari va seminarlar oʻtkazish | ||
|
9. |
“Voyaga yetmagan shaxslarning reproduktiv salomatligini saqlashga oid dolzarb masalalar” mavzusida davra suhbati oʻtkazish. |
2021-yil aprel |
|
10. |
“Oʻzbekistonda innovatsion rivojlanishni taʼminlashning ustuvor yoʻnalishlari” mavzusida davra suhbati oʻtkazish. |
2021-yil iyun |
|
IV Xalq bilan muloqot hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash | ||
|
11. |
Jismoniy va yuridik shaxslarning yozma murojaatlarini bevosita hamda mutasaddi vazirlik va idoralarni jalb qilgan holda koʻrib chiqish va qonuniy hal etish choralarini koʻrish. |
Doimiy |
|
12. |
Fuqarolarni qabul qilish, jumladan hududlarda sayyor qabullar tashkil etish, aholi tomonidan koʻtarilgan muammolarni mahalliy ijro organlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari, shuningdek hududlardagi mahalliy Kengashlar deputatlarini jalb qilgan holda oʻrganish va joyida hal qilish choralarini koʻrib borish. |
Doimiy |
|
13. |
OAV va ijtimoiy tarmoqlarda koʻtarilgan muammolarga munosabat bildirib borish, zarur hollarda qoʻmita, Senat Kengashi yoki Senat yalpi majlisida muammo yechimiga bevosita masʼul boʻlgan mutasaddi vazirlik va idora rahbarlarining axborotini eshitish. |
Har chorakda |
|
14. |
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tizimli tahlil qilish orqali tegishli sohalardagi dolzarb muammolarni bartaraf etish, jumladan qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, parlament va senator soʻrovlari tayyorlash. |
Har chorakda |
|
V. Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik | ||
|
15. |
Qoʻmita faoliyati yoʻnalishlariga taalluqli qonunlarning mazmun-mohiyatini televideniye, matbuot va ijtimoiy tarmoqlar orqali aholiga keng tushuntirib borish. |
Doimiy |
|
16. |
Qoʻmita faoliyatining asosiy yoʻnalishlari (qonunchilik, nazorat-tahlil, tadbirlar va h.k.), shuningdek, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy sohalaridagi dolzarb masalalar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalarni televideniye, matbuot va ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritib borish. |
Har hafta |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 18-yanvardagi KQ-178-IV-sonli qaroriga
7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasining 2021-yil birinchi yarmiga moʻljallangan
|
Tadbir nomi |
Ijro muddati | |
|
I. Qonunchilik faoliyati | ||
|
1. |
Senatga kelib tushgan qonunlarni mutasaddi vazirlik, idora va jamoat tashkilotlari hamda qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi vakillari ishtirokida ishchi guruhlar tuzgan holda dastlabki tarzda koʻrib chiqish va mazkur jarayonni OAV, jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish. |
Qonun kelib tushishi bilan |
|
2. |
Senatga kelib tushgan qonunlar yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida muhokamalar tashkil etish. |
Qonun kelib tushishi bilan |
|
3. |
Senatga kelib tushgan qonunlar yuzasidan qoʻmita xulosalarini tayyorlash. |
Qonun kelib tushishi bilan |
|
II. Nazorat-tahlil faoliyati | ||
|
4. |
Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotining 2021-yilga belgilangan tadbirlar rejasi ijrosini taʼminlashda ishtirok etish. |
Tadbirlar rejasida belgilangan muddatlarda |
|
5. |
Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish tizimini takomillashtirish boʻyicha amaliy tadbirlar rejasi ijrosini taʼminlashda ishtirok etish. |
Tadbirlar rejasida belgilangan muddatlarda |
|
6. |
Ayollarning global rivojlanishi va farovonligi doirasida AQSh tashabbusini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”) ijrosini taʼminlashda ishtirok etish. |
Chora-tadbirlar rejasida belgilangan muddatlarda |
|
7. |
Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish sohasidagi xalqaro hamkorlik boʻyicha chora-tadbirlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”) ijrosini taʼminlashda ishtirok etish. |
Chora-tadbirlar rejasida belgilangan muddatlarda |
|
8. |
Qiz bolani barvaqt turmushga berish va qarindosh-urugʻlar oʻrtasida nikoh qurilishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining axborotini eshitish. |
2021-yil fevral |
|
9. |
Oʻz joniga qasd qilish holatlarining oldini olish hamda suitsidga moyil boʻlgan shaxslar bilan kompleks ishlash boʻyicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida oʻrganish. (Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda) |
2021-yil mart |
|
10. |
“Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Surxondaryo viloyatida ijro etilishi holatini oʻrganish hamda natijalarini qoʻmitaning xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi bilan birgalikda oʻtkaziladigan sayyor majlisida muhokama qilish. |
2021-yil aprel |
|
11. |
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularga huquqiy yordam koʻrsatish. |
2021-yil aprel |
|
12. |
Xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish, ularning bandligini taʼminlash, shuningdek vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash byurolari faoliyati oʻrganish hamda ushbu masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining axborotini eshitish. |
2021-yil may |
|
III. Konferensiyalar, forumlar, davra suhbatlari va seminarlar oʻtkazish | ||
|
13. |
“Bank tizimida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha Maslahat-kengashlari faoliyati samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati oʻtkazish. (Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda) |
2021-yil iyun |
|
IV. Xalq bilan muloqot hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash | ||
|
14. |
Jismoniy va yuridik shaxslarning yozma murojaatlarini bevosita hamda mutasaddi vazirlik va idoralarni jalb qilgan holda koʻrib chiqish va qonuniy hal etish choralarini koʻrish. |
Doimiy |
|
15. |
Fuqarolarni qabul qilish, jumladan hududlarda sayyor qabullar tashkil etish, aholi tomonidan koʻtarilgan muammolarni mahalliy ijro organlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari, shuningdek hududlardagi mahalliy Kengashlar deputatlarini jalb qilgan holda oʻrganish va joyida hal qilish choralarini koʻrib borish. |
Doimiy |
|
16. |
OAV va ijtimoiy tarmoqlarda koʻtarilgan muammolarga munosabat bildi�ib borish, zarur hollarda qoʻmita, Senat Kengashi yoki Senat yalpi majlisida muammo yechimiga bevosita masʼul boʻlgan mutasaddi vazirlik va idora rahbarlarining axborotini eshitish. |
Har chorakda |
|
17. |
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tizimli tahlil qilish orqali tegishli sohalardagi dolzarb muammolarni bartaraf etish, jumladan qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, parlament va senator soʻrovlari tayyorlash. |
Har chorakda |
|
V. Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik | ||
|
18. |
Qoʻmita faoliyati yoʻnalishlariga taalluqli qonunlarning mazmun-mohiyatini televideniye, matbuot va ijtimoiy tarmoqlar orqali aholiga keng tushuntirib borish. |
Doimiy |
|
19. |
Qoʻmita faoliyatining asosiy yoʻnalishlari (qonunchilik, nazorat-tahlil, tadbirlar va h.k.), shuningdek, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy sohalaridagi dolzarb masalalar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalarni televideniye, matbuot va ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritib borish. |
Har hafta |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 18-yanvardagi KQ-178-IV-sonli qaroriga
8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining 2021-yil birinchi yarmiga moʻljallangan
| Tadbir nomi | Ijro muddati | |
| I. Qonunchilik faoliyati | ||
| 1. | Senatga kelib tushgan qonunlarni mutasaddi vazirlik, idora va jamoat tashkilotlari hamda qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi vakillari ishtirokida ishchi guruhlar tuzgan holda dastlabki tarzda koʻrib chiqish va mazkur jarayonni OAV, jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish. | Qonun kelib tushishi bilan |
| 2. | Senatga kelib tushgan qonunlar yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida muhokamalar tashkil etish. | Qonun kelib tushishi bilan |
| 3. | Senatga kelib tushgan qonunlar yuzasidan qoʻmita xulosalarini tayyorlash. | Qonun kelib tushishi bilan |
| II. Nazorat-tahlil faoliyati | ||
| 4. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus doirasida Sirdaryo viloyatida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sektor rahbarlarining axborotlarini eshitish.* (axborot xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda oʻtkaziladigan sayyor majlisda eshitiladi) | 2021-yil fevral |
| 5. | Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonunining Jizzax viloyatidagi ijrosini oʻrganish.* (oʻrganish natijalarini xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi bilan birgalikda oʻtkaziladigan sayyor majlisda muhokama qilinadi) | 2021-yil mart |
| 6. | “Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Andijon va Namangan viloyatlaridagi ijrosini oʻrganish.* (oʻrganish natijalari xalq deputatlari Andijon va Namangan viloyatlari Kengashlari bilan birgalikda oʻtkaziladigan sayyor majlislarda muhokama qilinadi) | 2021-yil aprel |
| 7. | Yoshlar bandligini taʼminlash va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha belgilangan vazifalarning Fargʻona viloyati chegaraoldi tumanlarida amalga oshirilishi holatini oʻrganish hamda natijalarini xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda sayyor majlisda muhokama qilish. | 2021-yil may |
| 8. | Xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ularning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asosla�gan dasturiy ishlanmalarini, innovatsion gʻoyalarini, ixtirochilik, ratsionalizatorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining axborotini eshitish. | 2021-yil may |
| 9. | Hududlardagi 900 nafar chin yetim yoshlarni uy-joy bilan taʼminlash maqsadida budjetdan ajratilgan 50 mlrd soʻm mablagʻning maqsadli sarflanishini monitoring qilib borish.* | Har oyda |
| III. Konferensiyalar, forumlar, davra suhbatlari va seminarlar oʻtkazish | ||
| 10. | “Yoshlar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari: axborot isteʼmoli madaniyatini yuksaltirish masalalari” mavzusida davra suhbati oʻtkazish. | 2021-yil mart |
| 11. | “Har bir bola oilaviy muhitda tarbiyalanishini taʼminlash maqsadida noinstitutsionallashtirish Milliy strategiyasini yaratishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro davra suhbati oʻtkazish. (YUNISEF bilan hamkorlikda) | 2021-yil iyun |
| IV. Xalq bilan muloqot hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash | ||
| 12. | Jismoniy va yuridik shaxslarning yozma murojaatlarini bevosita hamda mutasaddi vazirlik va idoralarni jalb qilgan holda koʻrib chiqish va qonuniy hal etish choralarini koʻrish. | Doimiy |
| 13. | Fuqarolarni qabul qilish, jumladan hududlarda sayyor qabullar tashkil etish, aholi tomonidan koʻtarilgan muammolarni mahalliy ijro organlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari, shuningdek hududlardagi mahalliy Kengashlar deputatlarini jalb qilgan holda oʻrganish va joyida hal qilish choralarini koʻrib borish. | Doimiy |
| 14. | OAV va ijtimoiy tarmoqlarda koʻtarilgan muammolarga munosabat bildirib borish, zarur hollarda qoʻmita, Senat Kengashi yoki Senat yalpi majlisida muammo yechimiga bevosita masʼul boʻlgan mutasaddi vazirlik va idora rahbarlarining axborotini eshitish. | Har chorakda |
| 15. | Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tizimli tahlil qilish orqali tegishli sohalardagi dolzarb muammolarni bartaraf etish, jumladan qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, parlament va senator soʻrovlari tayyorlash. | Har chorakda |
| V. Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik | ||
| 16. | Qoʻmita faoliyati yoʻnalishlariga taalluqli qonunlarning mazmun-mohiyatini televideniye, matbuot va ijtimoiy tarmoqlar orqali aholiga keng tushuntirib borish. | Doimiy |
| 17. | Qoʻmita faoliyatining asosiy yoʻnalishlari (qonunchilik, nazorat-tahlil, tadbirlar va h.k.), shuningdek, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy sohalaridagi dolzarb masalalar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalarni televideniye, matbuot va ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritib borish. | Har hafta |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 18-yanvardagi KQ-178-IV-sonli qaroriga
9-ILOVA
|
Tadbir nomi |
Ijro muddati | |
|
I. Qonunchilik faoliyati | ||
|
1. |
Senatga kelib tushgan qonunlarni mutasaddi vazirlik, idora va jamoat tashkilotlari hamda qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi vakillari ishtirokida ishchi guruhlar tuzgan holda dastlabki tarzda koʻrib chiqish va mazkur jarayonni OAV, jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish. |
Qonun kelib tushishi bilan |
|
2. |
Senatga kelib tushgan qonunlar yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida muhokamalar tashkil etish. |
Qonun kelib tushishi bilan |
|
3. |
Senatga kelib tushgan qonunlar yuzasidan qoʻmita xulosalarini tayyorlash. |
Qonun kelib tushishi bilan |
|
II. Nazorat-tahlil faoliyati | ||
|
4. |
Dehqon xoʻjaliklarining faoliyati va ular uchun yaratilgan imtiyozlar tizimining Namangan viloyatida joriy etilishi holatini oʻrganish.* (oʻrganish natijalari Namangan viloyatida sayyor majlisda muhokama qilinadi) |
2021-yil fevral |
|
5. |
Mamlakatda agrobiznesning klaster modelini keng joriy etish, klasterlash jarayonining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosini oʻrganish.* |
2021-yil mart |
|
6. |
Qishloq xoʻjaligida resurs tejovchi zamonaviy sugʻorish texnologiyalarni joriy etish boʻyicha belgilangan vazifalarning Qashqadaryo viloyatida ijro etilishi holatini oʻrganish.* (oʻrganish natijalari Qashqadaryo viloyatida sayyor majlisda muhokama qilinadi) |
2021-yil aprel |
|
7. |
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining axborotini eshitish.* |
2021-yil may |
|
8. |
Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasida belgilangan vazifalarning ijro etilishi holatini Surxondaryo viloyati misolida oʻrganish hamda oʻrganish natijalaridan kelib chiqib, qoʻmitaning xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi bilan birgalikda oʻtkaziladigan sayyor majlisida Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining axborotini eshitish.* |
2021-yil iyun |
|
III. Konferensiyalar, forumlar, davra suhbatlari va seminarlar oʻtkazish | ||
|
9. |
“Qishloq xoʻjaligida innovatsion texnologiyalarni qoʻllash, “Aqlli qishloq xoʻjaligi” (Smart agriculture) loyihalarini amalga oshirish hamda sohada kadrlar salohiyatini yuksaltirish istiqbollari” mavzusida seminar oʻtkazish. |
2021-yil fevral |
|
10. |
Toshkent davlat agrar universiteti bilan hamkorlikda “Qishloq xoʻjaligi fanlari: muammolar va yechimlar” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazish. |
2021-yil mart |
|
IV. Xalq bilan muloqot hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash | ||
|
11. |
Jismoniy va yuridik shaxslarning yozma murojaatlarini bevosita hamda mutasaddi vazirlik va idoralarni jalb qilgan holda koʻrib chiqish va qonuniy hal etish choralarini koʻrish. |
Doimiy |
|
12. |
Fuqarolarni qabul qilish, jumladan hududlarda sayyor qabullar tashkil etish, aholi tomonidan koʻtarilgan muammolarni mahalliy ijro organlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari, shuningdek hududlardagi mahalliy Kengashlar deputatlarini jalb qilgan holda oʻrganish va joyida hal qilish choralarini koʻrib borish. |
Doimiy |
|
13. |
OAV va ijtimoiy tarmoqlarda koʻtarilgan muammolarga munosabat bildirib borish, zarur hollarda qoʻmita, Senat Kengashi yoki Senat yalpi majlisida muammo yechimiga bevosita masʼul boʻlgan mutasaddi vazirlik va idora rahbarlarining axborotini eshitish. |
Har chorakda |
|
14. |
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tizimli tahlil qilish orqali tegishli sohalardagi dolzarb muammolarni bartaraf etish, jumladan qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, parlament va senator soʻrovlari tayyorlash. |
Har chorakda |
|
V. Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik | ||
|
15. |
Qoʻmita faoliyati yoʻnalishlariga taalluqli qonunlarning mazmun-mohiyatini televideniye, matbuot va ijtimoiy tarmoqlar orqali aholiga keng tushuntirib borish. |
Doimiy |
|
16. |
Qoʻmita faoliyatining asosiy yoʻnalishlari (qonunchilik, nazorat-tahlil, tadbirlar va h.k.), shuningdek, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy sohalaridagi dolzarb masalalar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalarni televideniye, matbuot va ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritib borish. |
Har hafta |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 18-yanvardagi KQ-178-IV-sonli qaroriga
10-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasining 2021-yil birinchi yarmiga moʻljallangan
| Tadbir nomi | Ijro muddati | |
| I. Qonunchilik faoliyati | ||
| 1. | Senatga kelib tushgan qonunlarni mutasaddi vazirlik, idora va jamoat tashkilotlari hamda qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi vakillari ishtirokida ishchi guruhlar tuzgan holda dastlabki tarzda koʻrib chiqish va mazkur jarayonni OAV, jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish. | Qonun kelib tushishi bilan |
| 2. | Senatga kelib tushgan qonunlar yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida muhokamalar tashkil etish. | Qonun kelib tushishi bilan |
| 3. | Senatga kelib tushgan qonunlar yuzasidan qoʻmita xulosalarini tayyorlash. | Qonun kelib tushishi bilan |
| II. Nazorat-tahlil faoliyati | ||
| 4. | 2020-2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarning ijro etilishi holatini oʻrganib borish.* | 2021-yil yanvar — iyun |
| 5. | “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Qoraqalpogʻiston Respublikasida ijro etilishi holatini oʻrganish. | 2021-yil aprel |
| 6. | Orol dengizining qurigan tubida oʻrmonzorlar barpo etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisining axborotini eshitish. | 2021-yil aprel |
| 7. | Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Ayollar daftari”ning yuritilishi holati, jumladan ayollar muammolarini tizimli hal etish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining axborotini eshitish. (axborot Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining tegishli qoʻmitalari bilan birgalikda sayyor majlisda eshitiladi) | 2021-yil may |
| 8. | Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvachilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlarining amalga oshirilishi holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining axborotini eshitish.* (axborot Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining tegishli qoʻmitalari bilan birgalikda sayyor majlisda eshitiladi) | 2021-yil iyun |
| 9. | Qoraqalpogʻiston Respublikasida suv resurslaridan samarali foydalanish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosini oʻrganish va natijalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining axborotini eshitish.* (axborot Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining tegishli qoʻmitalari bilan birgalikda sayyor majlisda eshitiladi) | 2021-yil iyun |
| III. Konferensiyalar, forumlar, davra suhbatlari va seminarlar oʻtkazish | ||
| 10. | Orol dengizning qurigan tubida amalga oshirilayotgan oʻrmonlashtirish ishlarida yoshlar ishtiroki va tashabbuskorligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Orolga madad” aksiyasini tashkil etish. | 2021-yil yanvar |
| 11. | Butunjahon atrof muhitni muhofaza kuniga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazish. | 2021-yil iyun |
| 12. | Butunjahon choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish kuniga bagʻishlangan seminar oʻtkazish. | 2021-yil iyun |
| IV. Xalq bilan muloqot hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash | ||
| 13. | Jismoniy va yuridik shaxslarning yozma murojaatlarini bevosita hamda mutasaddi vazirlik va idoralarni jalb qilgan holda koʻrib chiqish va qonuniy hal etish choralarini koʻrish. | Doimiy |
| 14. | Fuqarolarni qabul qilish, jumladan hududlarda sayyor qabullar tashkil etish, aholi tomonidan koʻtarilgan muammolarni mahalliy ijro organlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari, shuningdek hududlardagi mahalliy Kengashlar deputatlarini jalb qilgan holda oʻrganish va joyida hal qilish choralarini koʻrib borish. | Doimiy |
| 15. | OAV va ijtimoiy tarmoqlarda koʻtarilgan muammolarga munosabat bildirib borish, zarur hollarda qoʻmita, Senat Kengashi yoki Senat yalpi majlisida muammo yechimiga bevosita masʼul boʻlgan mutasaddi vazirlik va idora rahbarlarining axborotini eshitish. | Har chorakda |
| 16. | Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tizimli tahlil qilish orqali tegishli sohalardagi dolzarb muammolarni bartaraf etish, jumladan qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, parlament va senator soʻrovlari tayyorlash. | Har chorakda |
| V. Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik | ||
| 17. | Qoʻmita faoliyati yoʻnalishlariga taalluqli qonunlarning mazmun-mohiyatini televideniye, matbuot va ijtimoiy tarmoqlar orqali aholiga keng tushuntirib borish. | Doimiy |
| 18. | Qoʻmita faoliyatining asosiy yoʻnalishlari (qonunchilik, nazorat-tahlil, tadbirlar va h.k.), shuningdek, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy sohalaridagi dolzarb masalalar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalarni televideniye, matbuot va ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritib borish. | Har hafta |