Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻining funksional vazifalari hamda IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 12-maydagi PQ-4710-son qarori ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi oʻn kun muddatda IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi 403-f-son farmoyishiga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 4-iyun,
349-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-iyundagi 349-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻining funksional vazifalari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 12-maydagi PQ-4710-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻining (keyingi oʻrinlarda — Bosh vazir maslahatchisi) funksional vazifalarini belgilaydi.
2. Bosh vazir maslahatchisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.
3. Bosh vazir maslahatchisi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi) qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Bosh vazir maslahatchisining faoliyati IT-texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati shakllantirilishini tashkil etish, axborot texnologiyalari va milliy dasturiy mahsulotlarning zamonaviy bozorini hamda telekommunikatsiya infratuzilmasi va pochta aloqasi xizmatlarini rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash, innovatsion faoliyat va ilm-fan, arxiv ishi, gidrometeorologiya va iqlim oʻzgarishi, kosmik faoliyat masalalari boʻyicha takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishini tashkil etishga yoʻnaltirilgan.
5. Bosh vazir maslahatchisi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining aʼzosi hisoblanadi.
Bosh vazir maslahatchisi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.
6. Bosh vazir maslahatchisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
7. Bosh vazir maslahatchisi IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentiga (keyingi oʻrinlarda — Departament) bevosita rahbarlik qiladi va Departament boshligʻi oʻrinbosari va mutaxassislarining ishini tashkil qiladi.
8. Bosh vazir maslahatchisi Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar faoliyatini ushbu Nizomga muvofiq oʻziga yuklangan vazifalar va majburiyatlar doirasida umumiy muvofiqlashtiradi.
9. Bosh vazir maslahatchisining mehnatiga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan shtat jadvaliga muvofiq haq toʻlanadi.
2-bob. Bosh vazir maslahatchisi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksional majburiyatlari
10. Quyidagilar Bosh vazir maslahatchisi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosi monitoringini olib borish, shuningdek, joylarda ishlarning real holatini doimiy ravishda oʻrganish, IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar hamda innovatsion faoliyat va ilm-fanni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash, gidrometeorologiya va iqlim oʻzgarishi, kosmik faoliyat muammolarni har tomonlama tahlil qilish asosida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasini hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida samarali amalga oshirilishini taʼminlash chora-tadbirlarini tashkil etish;
Hukumat aʼzolarining, barcha darajalardagi vazirliklar va idoralarga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun ularning rahbarlarining shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirishda ishtirok etish;
keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisobotlar tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasining asosiy xalqaro reytinglar va indekslarda pozitsiyasini yaxshilash boʻyicha Hukumatning, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyat sohasini yanada rivojlantirishni kafolatlaydigan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan tizimini joriy etish, yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda tarmoqlar va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi sifati va samaradorligini taʼminlash;
ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini yuzaga keladigan muammolarning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etishga, ishni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida davlatning ayrim funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha maʼmuriy tartibga solishni pasaytirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan, ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuviga asos boʻluvchi amaldagi xalqaro hujjatlarga milliy qonunchilikni moslashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish, tayyorlangan hujjatlar loyihalari ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi yuzasidan tizimli monitoring olib borish hamda tegishli maʼlumotlar toʻplanishi, umumlashtirilishi va tahlil qilinishini tashkil etish;
biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishda, shu jumladan, idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar mustaqilligini kuchaytirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ilm-fan, axborot xavfsizligini taʼminlash, gidrometeorologiya va iqlim oʻzgarishi, kosmik faoliyat masalalari boʻyicha amalga oshirilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga hisobot berishi uchun har chorakda tahliliy materiallar tayyorlash;
Hukumatning, Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda Oʻzbekiston Respublikasi pozitsiyalarini yaxshilash boʻyicha ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
Bosh vazir maslahatchisi vakolatiga kiritilgan yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishini taʼminlash;
xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”, yirik loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, biriktirilgan sohalar hamda tarmoqlarda muhim ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil qilish hamda Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda ularni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilish;
Departamentga biriktirilgan sohalarda islohotlarning doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini taʼminlash, aniqlangan kamchiliklarning oʻz vaqtida bartaraf etilishi boʻyicha asoslangan takliflar ishlab chiqish;
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar hamda ularning rahbarlari faoliyatini aniq koʻrsatkichlar va maqsadli indikatorlarga erishish, tarmoqlarni yaqin va uzoq muddatli istiqbolda strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligini taʼminlashga asoslangan mutlaqo yangi baholash tizimini joriy etish;
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida davlat organlarining ayrim funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha maʼmuriy tartibga solishni kamaytirish chora-tadbirlarini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni taʼminlash;
Vazirlar Mahkamasi apparatida, Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va barcha darajadagi boshqa tashkilotlarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash;
Departament kadrlar zaxirasi shakllantirilishini va uni tizimli asosda yangilab borishni taʼminlash.
11. Quyidagilar Bosh vazir maslahatchisining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) IT-texnologiyalarni rivojlantirish sohasida:
IT-texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati shakllantirilishida ishtirok etish, axborot texnologiyalari va milliy dasturiy mahsulotlarning zamonaviy bozorini rivojlantirishni muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga raqamli iqtisodiyot va “elektron hukumat” tizimini jadal surʼatlarda rivojlantirish, ishlab chiqarishni boshqarishda axborot tizimlari kompleksini joriy qilish boʻyicha takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishini taʼminlash;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga va zamonaviy xalqaro tendensiyalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash va amalga oshirish;
“Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ijro etishda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qaroriga muvofiq elektron hukumatni va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlash;
IT-texnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha kompleks dasturlar amalga oshirilishi xalqaro standartlar va talablarga muvofiq ularning oʻzaro bogʻliq muvozanatli rivojlanishi monitoringini olib borish, tahlil qilish va amalga oshirilishi samaradorligini baholash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida IT-texnologiyalarni rivojlantirish masalalarida maʼmuriy tartibotlar, funksional va operatsion jarayonlar tizimli qayta tashkil etilishi va axborotlashtirilishi, shuningdek, raqobatga bardoshli milliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqilishini ragʻbatlantirish, istiqbolli loyihalarni yaratish bilan band boʻlgan yosh iqtidorli dasturchilarni qoʻllab-quvvatlash va elektron tijoratni rivojlantirishni tahlil qilish va uning natijalari asosida takliflar tayyorlash;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga va zamonaviy xalqaro tendensiyalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha qonunchilikni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
IT-texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni tashkil etish, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro foydali hamkorlikni kengaytirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;
davlat-xususiy sheriklik asosida texnoparklar faoliyatini tashkil etish yoʻli bilan zamonaviy raqobatbardoshli dasturiy mahsulotlarni, shuningdek, eksportga yoʻnaltirilgan xizmatlarni mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun ragʻbatlantirishning samarali mexanizmini va shart-sharoitlarini yaratish va investitsiyalarni jalb etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
b) telekommunikatsiya infratuzilmasini, pochta aloqasi xizmatlarini va arxiv ishini rivojlantirish sohasida:
telekommunikatsiya infratuzilmasi faoliyat koʻrsatishi va uni rivojlantirish, pochta aloqasi xizmatlari, arxiv ishi va ish yuritish masalalarida davlat siyosati shakllantirilishi va amalga oshirilishini taʼminlash;
iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish, telekommunikatsiya infratuzilmasini, pochta aloqasi xizmatlarini, arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirishning sifat oʻzgarishlari va tendensiyalarini baholash;
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini yanada chuqurlashtirishni, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirishni, mahalliy xomashyo resurslari negizida telekommunikatsiyalar sohasida importning oʻrnini va ichki bozorni zarur isteʼmol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan toʻldirishni taʼminlaydigan zamonaviy, yuqori texnologik raqobatbardosh ishlab chiqarishlar tashkil etilishini taʼminlash;
telekommunikatsiya infratuzilmasi, pochta aloqasi xizmatlari, arxiv ishi va ish yuritish, shuningdek, “yoʻl xaritalari” masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish;
telekommunikatsiya infratuzilmasi, pochta aloqasi xizmatlari, arxiv ishi va ish yuritish masalalari boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
umumiy qabul qilingan xalqaro normalar va standartlarga muvofiq telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi va radiochastota spektri sohasida qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
telekommunikatsiyalar, pochta, arxiv ishi tarmoqlari va vositalarini modernizatsiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash hamda ushbu sohalarga xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish masalalari boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
telekommunikatsiyalar, pochta, arxiv ishi va ish yuritish sohalarida xalqaro hamkorlik monitoringini olib borish va tahlil qilish, ushbu sohalarda xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va uning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
v) innovatsion rivojlanish sohasida:
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati barqaror oʻsishi, shuningdek, aholining hayot darajasi va farovonligi oshishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlashga qodir boʻlgan ustuvor sohalar va tarmoqlarning innovatsion rivojlanishining boʻlajak modellarini, ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish jarayonini tizimli oʻrganish;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik dasturlariga, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ilm-fanni koʻplab talab qiladigan texnologiyalarga real ehtiyojlariga muvofiq ilmiy hajmdor texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati, davlat ilmiy-texnik dasturi amalga oshirilishini taʼminlash, iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishini, shuningdek, mahalliy ilm-fan natijalarining raqobatbardoshligini oshirishni taʼminlashda intellektual salohiyatdan samarali foydalanish;
ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining ilmiy-laboratoriya bazasi jihozlanishi darajasini oshirish, ularni zarur butlovchi va sarflash materiallari bilan uzluksiz taʼminlash, jamoaviy foydalaniladigan ilmiy laboratoriyalar, tajriba-eksperimental va konstruktorlik-texnologik infratuzilmani yaratish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 21-sentabrdagi PF-5544-son Farmoniga muvofiq ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatning istiqbolli yutuqlarini ilgari surish va joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratishga, shu jumladan, ilmiy-eksperimental ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar, yuksak texnologiyalar markazlari, texnoparklar va boshqa innovatsion yoʻnaltirilgan tuzilmalarning moddiy-texnika bazasini tashkil etish va mustahkamlashga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalarining ilmiy-texnik salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, ilgʻor xorijiy tajribani va ilmiy-tadqiqot ishlari sohasidagi vazifalarni hisobga olgan holda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
g) axborot xavfsizligi sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlarida davlat siriga tegishli boʻlgan maʼlumotlar mavjud boʻlgan axborotlar almashishning milliy himoyalangan avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-iyundagi PQ-3061-son qaroriga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot resurslari va tizimlari kiberxavfsizligini taʼminlash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini tashkil etish, shuningdek, milliy axborot makonining yaxlitligini saqlash chora-tadbirlarini koʻrish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyihalarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3245-son qaroriga muvofiq jamoat xavfsizligining yagona tizimini tashkil etishda telekommunikatsiyalar sohasida normativ-huquqiy hujjatlar davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ijro etilishini tahlil qilish, maqsadli oʻrganishlarni tashkil etish va nazorat qilish, axborotlashtirish va elektron hukumat tizimi, shaxsiy maʼlumotlar, shuningdek, ularni tashqi/ichki axborot tahdidlaridan himoya qilishni tashkil etish;
milliy axborot makonini tizimli tahlil qilish, shuningdek, axborot xavfsizligi sohasida monitoring olib borish, prognozlashtirish va tahdidlarni baholash tizimini tashkil etishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
d) gidrometeorologiya va iqlim oʻzgarishi hamda kosmik faoliyat sohasida:
gidrometeorologik kuzatuvlar davlat tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, gidrometeorologik tarmoqni modernizatsiyalash va texnik jihatdan yangilash, aholi, iqtisodiyot tarmoqlarini oʻz vaqtida va sifatli gidrometeorologik taʼminlashni tashkil etish;
mavjud va kutilayotgan gidrometeorologik sharoitlar, iqlim oʻzgarishi, tabiiy muhitning ifloslanish darajasi toʻgʻrisida maʼlumotlar olish, toʻplash va qayta ishlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
gidrometeorologiya, iqlim oʻzgarishi, atrof tabiiy muhit ifloslanishi sohasida fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazishni muvofiqlashtirish;
kosmik faoliyat sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasida kosmik tarmoqni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishni va amalga oshirishni tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida kosmik tizimlar avariyasi sabablarini tekshirish va oqibatlarini bartaraf qilish boʻyicha tegishli organlarning harakatlarini muvofiqlashtirish;
e) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari” ijrosi ustidan nazorat qilish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari” ijrosini maqsadli oʻrganish va shu asosda strategik vazifalarni amalga oshirish yuzasidan aniq takliflarni ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari” amalga oshirilishini, Departament faoliyati sohasida ishlarning holati va dolzarb muammolarni tahlil qilish va shu asosda ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha kompleks takliflarni ishlab chiqish;
amalga oshirilayotgan islohotlarni oʻrganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida hududlarda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislari uchun axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash;
aniq holatlar boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun Departament faoliyati sohasiga kiradigan muammoli masalalar boʻyicha ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joylarga chiqib jamoatchilik fikrini oʻrganish;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, maqsadli va kompleks dasturlar ijrosi yakunlarini, shu jumladan, joylarga chiqib tanqidiy muhokama qilish.
12. Bosh vazir maslahatchisi oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hukumatning muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida hududlarda mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishda ishtirok etadi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejalashtirilgan masalalar tayyorlanishi va kiritilishini taʼminlaydi;
IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar, ilm-fan va innovatsion faoliyat, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yoʻl xaritalari” loyihalarining tayyorlanishida qatnashadi va Bosh vazir, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini taʼminlaydi;
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish choralarini koʻradi;
Bosh vazir maslahatchisi va Departament yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
Departamentga biriktirilgan sohalarda islohotlarning holati hamda natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini va maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini, ularni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan Departamentga biriktirilgan vazifalar va dasturlar bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;
IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar, ilm-fan va innovatsion faoliyat, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
vazirliklar va idoralar biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirilishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflar kiritadi;
Bosh vazir maslahatchisi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasiga kelgan va Hukumatning qarori talab qilinmaydigan hujjatlarni davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi;
Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda Departament boshligʻining oʻrinbosari va mutaxassislari lavozimlariga kadrlarni tanlaydi;
Departament boshligʻi oʻrinbosari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ragʻbatlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Departamentda kadrlar zaxirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil etadi;
Departament boshligʻining oʻrinbosarlari va bosh mutaxassislarining vazifalari taqsimotini tasdiqlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida Ish yuritish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga muvofiq ishlar yuritilishini taʼminlaydi, chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Bosh vazir maslahatchisining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi.
3-bob. Bosh vazir maslahatchisining huquqlari va javobgarligi
13. Bosh vazir maslahatchisi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga koʻra — boshqa davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga oid masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida ishtirok etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.
Bosh vazir maslahatchisining zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari va topshiriqlari ularda belgilangan muddatlarda bajarilishi shart.
Bosh vazir maslahatchisining oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga beriladigan topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.
14. Bosh vazir maslahatchisi:
ushbu Nizomning 11 va 12-bandlarida koʻrsatilgan vazifalar va funksiyalarning zarur darajada va sifatli bajarilishi;
uning vakolatiga kiritilgan tegishli yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Departament vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Bosh vazir maslahatchisi oldiga bevosita qoʻyilgan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi, rahbarlik qilinayotgan Departamentdagi ishlarning holati, tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;
yuqori darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament soʻrovlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolarini soʻrovlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari soʻzsiz bajarilishining monitoringi olib borilishi;
joylardagi real ahvolni doimiy oʻrganish, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarining davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻliq holda puxta ekspertizadan oʻtkazilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy taʼminlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash uchun javob beradi.
4-bob. Bosh vazir maslahatchisi faoliyatini tashkil etish
15. Bosh vazir maslahatchisi faoliyati “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Departamentning ish rejasi asosida tashkil etiladi.
Departamentning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlar Mahkamasining ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Departament ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Bosh vazir maslahatchisi tomonidan tasdiqlanadi.
Departament boshligʻi oʻrinbosari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Bosh vazir maslahatchisi tomonidan tasdiqlanadi.
Bosh vazir maslahatchisi vaqtincha boʻlmaganda, uning vazifalarini Departament boshligʻining oʻrinbosari bajaradi.
16. Bosh vazir maslahatchisining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari biriktirilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda amalga oshirilishining tizimli monitoringini taʼminlash boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks oʻrganishlarni amalga oshirish, Vazirlar Mahkamasi hamda uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish yoʻli bilan tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-iyundagi 349-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Departamentning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi) va uning Rayosati, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini IT-texnologiyalar va telekommunikatsiya infratuzilmasini, pochta aloqasi xizmatlari va arxiv ishini rivojlantirish va innovatsion faoliyat, axborot xavfsizligini taʼminlash, gidrometeorologiya va iqlim oʻzgarishi, kosmik faoliyat masalalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Departament oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻiga (keyingi oʻrinlarda Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻi) boʻysunadi, bir vaqtning oʻzida Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
5. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
2-bob. Departament faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Departament faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi vazifalarini, Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash;
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosi monitoringini olib borish, shuningdek, joylarda ishlarning real holatini doimiy ravishda oʻrganish, IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyat sohasida axborot xavfsizligini taʼminlash, gidrometeorologiya va iqlim oʻzgarishi, kosmik faoliyat va shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflarni ishlab chiqish;
Hukumat aʼzolarining, barcha darajalardagi vazirliklar va idoralarga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun ularning rahbarlarining shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirishda ishtirok etish;
keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisobotlar tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasining asosiy xalqaro reytinglar va indekslarda pozitsiyasini yaxshilash boʻyicha Hukumatning, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
biriktirilgan sohada davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan, idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish yoʻli bilan moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida vazirliklar, idoralarning mustaqilligini kuchaytirish;
joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion sohani yanada rivojlantirishni kafolatlaydigan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan tizimini joriy etish, yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda tarmoqlar va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi sifati va samaradorligini taʼminlash;
ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini yuzaga keladigan muammolarning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etishga, ishni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida davlatning ayrim funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha maʼmuriy tartibga solishni pasaytirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni taʼminlash;
Departamentda, shuningdek, Departamentga biriktirilgan vazirliklar va idoralarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash;
Departamentda, shuningdek, Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish va kadrlarning amaldagi zaxirasini tayyorlash.
7. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) IT-texnologiyalarni rivojlantirish sohasida:
IT-texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati shakllantirilishida ishtirok etish, axborot texnologiyalari va milliy dasturiy mahsulotlarning zamonaviy bozorini rivojlantirish;
Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga va zamonaviy xalqaro tendensiyalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
davlat organlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatlarini yanada rivojlantirishda va sifatini yaxshilashda ishtirok etish, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli axborot resurslaridan, shu jumladan, faol tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashga koʻmaklashish uchun keng foydalanishini taʼminlash, biznes-subyektlarning dinamik va barqaror rivojlanishi yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish, ushbu tartibotlarni optimallashtirish va soddalashtirish;
IT-texnologiyalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik subyektlarining mustahkam oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
IT-texnologiyalarni rivojlantirish, shuningdek, “yoʻl xaritalari” masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijrosini tashkil etish va nazorat qilish;
“Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ijro etishda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qaroriga muvofiq elektron hukumatni va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlash;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashni, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni muvofiqlashtirish, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini ishlab chiqish va joriy etish;
iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy dasturiy mahsulotlar joriy etilishini, axborot tizimlari, ularning komplekslari, axborot resurslari reyestrlari shakllantirilishi va yuritilishini muvofiqlashtirish;
IT-texnologiyalarni rivojlantirish masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
IT-texnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha kompleks dasturlar amalga oshirilishi xalqaro standartlar va talablarga muvofiq ularning oʻzaro bogʻliq muvozanatli rivojlanishi monitoringini olib borish, tahlil qilish va amalga oshirilishi samaradorligini baholash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining maʼmuriy tartibotlari, funksional va operatsion jarayonlari tizimli qayta tashkil etilishi va axborotlashtirilishi, shuningdek, raqobatga bardoshli milliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqilishini ragʻbatlantirish, istiqbolli loyihalarni yaratish bilan band boʻlgan yosh iqtidorli dasturchilarni qoʻllab-quvvatlash va elektron tijoratni rivojlantirishni tahlil qilish va uning natijalari asosida takliflar tayyorlash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarining kompyuter savodxonligining minimal darajasi talablariga muvofiqligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish natijalarini tahlil qilish;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga va zamonaviy xalqaro tendensiyalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha qonunchilikni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat portalini rivojlantirish va takomillashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali yuridik va jismoniy shaxslarga elektron davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida axborot tizimlari va resurslarini, axborot texnologiyalari va xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish, boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, axborot tizimlarini modernizatsiyalash va texnik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
qishloq joylarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishni maqsadli va manzilli ragʻbatlantirish mexanizmlarini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
hududlar oʻrtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va ularni rivojlantirishdagi tengsizlikni bartaraf etishning amaliy va samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
IT-texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni tashkil etish, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro foydali hamkorlikni kengaytirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;
shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida texnoparklar faoliyatini tashkil etish yoʻli bilan zamonaviy raqobatbardoshli dasturiy mahsulotlarni, shuningdek, eksportga yoʻnaltirilgan xizmatlarni mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun ragʻbatlantirishning samarali mexanizmini va shart-sharoitlarini yaratish va investitsiyalarni jalb etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan iqtisodiyotning yuqori texnologik tarmoqlarini shakllantirish va faol rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ushbu tarmoqda axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiquvchilar va buyurtmachilarga qoʻshimcha imtiyozlar va preferensiyalar berish hisobiga ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishning integratsiyasini yanada chuqurlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mahsulotlari eksportini koʻpaytirish, shuningdek, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb etishni jalb etishni ragʻbatlantirish ishlarini tashkil etish;
b) telekommunikatsiya infratuzilmasini, pochta aloqasi xizmatlarini va arxiv ishini rivojlantirish sohasida:
telekommunikatsiya infratuzilmasi faoliyat koʻrsatishi va uni rivojlantirish, pochta aloqasi xizmatlari, arxiv ishi va ish yuritish masalalarida davlat siyosati shakllantirilishi va amalga oshirilishi taʼminlanishida qatnashish;
iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish, telekommunikatsiya infratuzilmasini, pochta aloqasi xizmatlarini, arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirishning sifat oʻzgarishlari va tendensiyalarini baholash;
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini yanada chuqurlashtirishni, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirishni, mahalliy xomashyo resurslari negizida telekommunikatsiyalar sohasida importning oʻrnini va ichki bozorni zarur isteʼmol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan toʻldirishni taʼminlaydigan zamonaviy, yuqori texnologik raqobatbardosh ishlab chiqarishlar tashkil etilishini taʼminlash;
telekommunikatsiyalar va pochta sohasidagi tashkilotlarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
telekommunikatsiya infratuzilmasi, pochta aloqasi xizmatlari, arxiv ishi va ish yuritish, shuningdek, “yoʻl xaritalari” masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish;
telekommunikatsiya infratuzilmasi, pochta aloqasi xizmatlari, arxiv ishi va ish yuritish masalalari boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
“oxirgi mil” tamoyili, aloqaning multiservis tarmoqlari texnologiyalari, mobil aloqa bozori, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari, shuningdek, pochta aloqasi logistikasi va xizmatlari boʻyicha Internet tarmogʻidan keng polosali foydalanishni kengaytirish yoʻli bilan telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish;
umumiy qabul qilingan xalqaro normalar va standartlarga muvofiq telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi va radiochastota spektri sohasida qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
telekommunikatsiyalar va pochta korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish;
telekommunikatsiyalar, pochta sohalarida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ushbu sohalarda boshqaruv shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida va boshqa tashkilotlarda arxiv ishi va ish yuritishning ahvoli monitoringini olib borish va ularni tahlil qilish, arxiv ishi tizimi ishlarining samaradorligini oshirish va takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlari saqlanishini taʼminlash, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida va boshqa davlat tashkilotlarida ish yuritishning, shu jumladan, elektron hujjatlar aylanishi tizimini qoʻllagan holda ish yuritishning samaradorligi va funksionalligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
telekommunikatsiyalar va pochta tashkilotlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha monitoring olib borilishini tashkil etish va uni tahlil qilish va takliflar tayyorlash;
telekommunikatsiyalar, pochta, arxiv ishi tarmoqlari va vositalarini modernizatsiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash hamda ushbu sohalarga xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish masalalari boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga jismoniy shaxslar nomiga xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali kelayotgan tovarlar nazoratini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3873-son qaroriga muvofiq telekommunikatsiya va pochta xizmatlari sifatini oshirish masalalarini oʻrganish, tahlil qilish takliflarini ishlab chiqish, ularning xalqaro standartlarga muvofiqligini taʼminlash, telekommunikatsiyalar va pochta xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish;
telekommunikatsiyalar, pochta va arxiv ishi sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashning holati monitoringini olib borish, ularning zarur ixtisosdagi kadrlarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
arxiv ishi va ish yuritish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilishini tashkil etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda arxiv ishi va ish yuritish samaradorligi va rivojlanishini oshirish boʻyicha vazifalar kompleks hal etilishini tashkil etish;
telekommunikatsiyalar, pochta, arxiv ishi va ish yuritish sohalarida xalqaro hamkorlik monitoringini olib borish va tahlil qilish, ushbu sohalarda xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va uning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
v) innovatsion rivojlanish sohasida:
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati barqaror oʻsishi, shuningdek, aholining hayot darajasi va farovonligi oshishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlashga qodir boʻlgan ustuvor sohalar va tarmoqlarning innovatsion rivojlanishining boʻlajak modellarini, ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish jarayonini tizimli oʻrganish;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik dasturlariga, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ilm-fanni koʻplab talab qiladigan texnologiyalarga real ehtiyojlariga muvofiq ilmiy xajmdor texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati, davlat ilmiy-texnik dasturi amalga oshirilishini taʼminlash, iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishini, shuningdek, mahalliy ilm-fan natijalarining raqobatbardoshligini oshirishni taʼminlashda intellektual salohiyatdan samarali foydalanish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 5-maydagi PQ-3697-son qaroriga muvofiq ilmiy-tadqiqot muassasalari samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, ijodiy gʻoyalar va yosh avlodning ishlanmalarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, ushbu faoliyatda yoshlarning faol ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining ilmiy-laboratoriya bazasi jihozlanishi darajasini oshirish, ularni zarur butlovchi va sarflash materiallari bilan uzluksiz taʼminlash, jamoaviy foydalaniladigan ilmiy laboratoriyalar, tajriba-eksperimental va konstruktorlik-texnologik infratuzilmani yaratish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 21-sentabrdagi PF-5544-son Farmoniga muvofiq ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatning istiqbolli yutuqlarini ilgari surish va joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratishga, shu jumladan, ilmiy-eksperimental ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar, yuksak texnologiyalar markazlari, texnoparklar va boshqa innovatsion yoʻnaltirilgan tuzilmalarning moddiy-texnika bazasini tashkil etish va mustahkamlashga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalarining ilmiy-texnik salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, ilgʻor xorijiy tajribani va ilmiy-tadqiqot ishlari sohasidagi vazifalarni hisobga olgan holda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari tijoratlashtirilishi samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3855-son qaroriga muvofiq akademik fan va oliy taʼlim integratsiyasini yanada mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy xodimlarining oliy taʼlim muassasalari ishida ishtiroki faolligini oshirish, ilmiy yutuqlarni oʻquv jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etish, professor-oʻqituvchilar tarkibini, izlanuvchilar va talabalarni ilmiy-tadqiqot muassasalarida amalga oshiriladigan ilmiy loyihalarga jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
g) axborot xavfsizligi sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlarida davlat siriga tegishli boʻlgan maʼlumotlar mavjud boʻlgan axborotlar almashishning milliy himoyalangan avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-iyundagi PQ-3061-son qaroriga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot resurslari va tizimlari kiberxavfsizligini taʼminlash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini tashkil etish, shuningdek, milliy axborot makonining yaxlitligini saqlash chora-tadbirlarini koʻrish;
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga va zamonaviy xalqaro tendensiyalarga muvofiq axborot xavfsizligini taʼminlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga oʻz vaqtida va muqobil qarshi kurashish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyihalarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3245-son qaroriga muvofiq jamoat xavfsizligining yagona tizimini tashkil etishda telekommunikatsiyalar sohasida normativ-huquqiy hujjatlar davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ijro etilishini tahlil qilish, maqsadli oʻrganishlarni tashkil etish va nazorat qilish, axborotlashtirish va elektron hukumat tizimi, shaxsiy maʼlumotlar, shuningdek, ularni tashqi/ichki axborot tahdidlaridan himoya qilishni tashkil etish;
milliy axborot makonini tizimli tahlil qilish, shuningdek, axborot xavfsizligi sohasida monitoring olib borish, prognozlashtirish va tahdidlarni baholash tizimini tashkil etishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash samaradorligini tizimli tahlil qilish, shuningdek, ularni axborot xavfsizligi, kiberxavfsizlik va jamoat xavfsizligi sohasida oʻqitish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
axborot va kiberxavfsizlik sohasida xalqaro hamkorlikni tashkil etish, jamoat tartibini taʼminlash va shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro foydali hamkorlikni kengaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
d) gidrometeorologiya va iqlim oʻzgarishi sohasida:
gidrometeorologik kuzatuvlar davlat tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, gidrometeorologik tarmoqni modernizatsiyalash va texnik jihatdan yangilash, aholi, iqtisodiyot tarmoqlarini oʻz vaqtida va sifatli gidrometeorologik taʼminlashni tashkil etish;
mavjud va kutilayotgan gidrometeorologik sharoitlar, iqlim oʻzgarishi, tabiiy muhitning ifloslanish darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar olish, toʻplash va qayta ishlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
gidrometeorologiya, iqlim oʻzgarishi, atrof tabiiy muhit ifloslanishi sohasida fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazishni muvofiqlashtirish;
e) kosmik faoliyat sohasida:
kosmik faoliyat sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasida kosmik tarmoqni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishni va amalga oshirishni tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida kosmik tizimlar avariyasi sabablarini tekshirish va oqibatlarini bartaraf qilish boʻyicha tegishli organlarning harakatlarini muvofiqlashtirish;
kosmik faoliyat sohasidagi vakolatli organ taqdimoti boʻyicha kosmik tizimlarning operatorlarini, shuningdek, ularning vazifa va funksiyalarini belgilashni amalga oshirish;
j) konsepsiyalar, dasturlar va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning eng muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha konsepsiyalar, dasturlar va “yoʻl xaritalari” loyihalari tayyorlanishi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari huzurida himoya qilinishi mexanizmini joriy etish, yaqin, oʻrtacha va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan axborot xavfsizligini taʼminlash;
Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat rahbariyatining tashriflari natijalari boʻyicha va respublika hududlariga tashriflar vaqtida tasdiqlangan “yoʻl xaritalari” bajarilishi tizimli nazorat qilinishini taʼminlash;
“yoʻl xaritalari” amalga oshirilishi toʻgʻrisida vazirliklar va idoralar rahbarlarining batafsil axboroti, materiallari va hisobotlari taqdim etilishini taʼminlash va Vazirlar Mahkamasi majlisida muhokama qilish uchun kiritish;
taqdim etilayotgan axborot va materiallarni “yoʻl xaritalari” amalga oshirilishining samaradorligi yuzasidan har tomonlama tanqidiy tahlil qilish va umumlashtirish;
z) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari” ijrosi ustidan nazorat qilish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari” ijrosini maqsadli oʻrganish va shu asosda strategik vazifalarni amalga oshirish yuzasidan aniq takliflarni ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari” amalga oshirilishini, Departament faoliyati sohasida ishlarning holati va dolzarb muammolarni tahlil qilish va shu asosda ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha kompleks takliflarni ishlab chiqish;
amalga oshirilayotgan islohotlarni oʻrganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida hududlarda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislari uchun axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash;
aniq holatlar boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun Departament faoliyati sohasiga kiradigan muammoli masalalar boʻyicha ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joylarga chiqib jamoatchilik fikrini oʻrganish;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, maqsadli va kompleks dasturlar ijrosi yakunlarini, shu jumladan, joylarga chiqib tanqidiy muhokama qilish.
8. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;
mutasaddilik qilinadigan tarmoqlar va sohalarda ishlarning holatini oʻrganadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining oʻrinbosarlari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;
IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyat, axborot xavfsizligini taʼminlash sohasida rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi, shuningdek, tegishli tarmoqlarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishi monitoringini olib boradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining oʻrinbosarlari Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
tegishli tarmoqlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazalari yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini taʼminlaydi;
telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyat, axborot xavfsizligini taʼminlash, gidrometeorologiya va iqlim oʻzgarishi, kosmik faoliyat sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni oʻrganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida hududlarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda oʻtkazishi uchun tegishli tahliliy materiallarni tayyorlashda ishtirok etadi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida hisobot berish uchun har choraklik tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosatining majlislarida va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir maslahatchisi huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejali masalalarni tayyorlaydi va kiritadi;
yaqin, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha dasturlar va “yoʻl xaritalari” tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari huzurida himoya qilinishini taʼminlaydi;
ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun ularning rahbarlarining shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi har choraklik hisobotlar tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali ijro etilishini tashkil etadi hamda ularning ijrosi ustidan nazorat qiladi;
Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun tahliliy, maʼlumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchisi topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchisi tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
materiallar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalari kompleks va sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi manfaatdor organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini taʼminlaydi;
Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini va himoya qilinishini tashkil etadi;
Departamentga biriktirilgan sohalar vazirlari lavozimlariga nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqilishi va maʼqullanishini tashkil etadi;
yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvining biriktirilgan organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
yuklangan vazifalarga muvofiq jamoat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Departamentga biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyati sohalarining aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga, strategik rivojlantirish dasturlarining sifati va amalga oshirish samaradorligiga asoslangan faoliyatini baholashda ishtirok etadi;
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar ishlari samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni amalga oshiradi.
Departament oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.
3-bob. Departamentning huquqlari va javobgarligi
9. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlarning xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda axborot-tahliliy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun ekspert guruhlari tashkil etish;
Departamentga biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari, Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻining topshirigʻiga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida va yigʻilishlarida qatnashish;
zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
zarurat boʻlganda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushayotgan hujjatlarni puxta ishlab chiqish uchun qaytarib yuborish.
Departamentning zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, ularda belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
10. Departament:
tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvi boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijrosi monitoringi olib borilishi;
ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning zarur tarzda va samarali bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritiladigan takliflar va hujjatlar loyihalarining asoslanganligi, ushbu topshiriqlar amalga oshirilishi samaradorligi va qabul qilingan qarorlar, shuningdek, ishning tegishli uchastkasida erishilgan natijalar;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Departament vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
Departamentdagi ishlarning holati, tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;
oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalari ulardagi masalalar barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻliqlikda davlat manfaatlarini, iqtisodiy samaradorlikni taʼminlash nuqtai nazaridan puxta ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy taʼminlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
4-bob. Departamentning tuzilmasi
11. Departamentning tuzilmasiga Bosh vazir oʻrinbosari — Departament boshligʻi, shuningdek, quyidagilar kiradi:
Departament boshligʻining oʻrinbosari;
telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
pochta aloqasi xizmatlarini va arxiv ishini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
axborot xavfsizligi va jamoat xavfsizligining yagona tizimini rivojlantirish, milliy axborot makonini va shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida axborot texnologiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
iqtisodiyot tarmoqlarida axborot texnologiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
kosmik faoliyatini va gidrometeorologiya sohasini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
innovatsion faoliyatni rivojlantirish, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish va ilmiy tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
akademik fanni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis.
Departament tuzilmasiga bir nafar inspektor kiradi.
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
12. Departament ishlariga Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻi rahbarlik qiladi.
13. Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Departament boshligʻining oʻrinbosari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
5-bob. Departament faoliyatini tashkil etish
14. Departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati toʻgʻrisidagi nizomga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining, maslahatchilarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament boshligʻi oʻrinbosari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Departamentning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tasdiqlaydigan Vazirlar Mahkamasi ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Departamentning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Departament boshligʻi oʻrinbosari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Departamentga biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini olib borish boʻyicha Departamentning faoliyatini kompleks oʻrganish va Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq rejali masalalarni Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida koʻrib chiqish yoʻli bilan taʼminlanadi.
15. Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻi:
Departamentga bevosita rahbarlik qiladi, Departament boshligʻining oʻrinbosari va mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritilgan Departament yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalarida, respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini taʼminlaydi;
Departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, Departament boshligʻining oʻrinbosari va mutaxassislarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va maʼmuriy jazolash choralari boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda puxta ishlab chiqadi;
Departament boshligʻining oʻrinbosari va mutaxassislari oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini, Departamentning yarim yillik uchun ish rejasini belgilangan tartibda va Departament boshligʻining oʻrinbosari va mutaxassislarining shaxsiy ish rejalarini tasdiqlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga tushgan, Hukumat qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, Departament xodimlari malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish, kadrlar amaldagi zaxirasini tayyorlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish choralarini koʻradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini taʼminlaydi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini taʼminlaydi hamda chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
16. Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻi vaqtinchalik boʻlmaganda uning vazifasini Departament boshligʻining oʻrinbosari bajaradi.
17. Departament boshligʻining oʻrinbosari Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan funksional majburiyatlarga asosan oʻziga yuklangan vazifalar doirasida:
tegishli mutaxassislarga bevosita rahbarlik qiladi va ularga biriktirilgan masalalar boʻyicha Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi va ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalari sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi, topshiriqlar bajarilishi nazorat qilinishini taʼminlaydi;
tegishli masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi tashkil etilishi va yuritilishi, ularning muntazam toʻldirilishi va yangilanishi ustidan nazorat qiladi;
materiallar toʻgʻrisida Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻiga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot beradi;
uning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat va idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi oʻtkazadigan kengashlarda belgilangan tartibda ishtirok etadi;
Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻining topshirigʻiga koʻra chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻiga tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarini taqsimlash boʻyicha takliflarni kiritadi;
Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻiga lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, mutaxassislar malakasini oshirish, ragʻbatlantirish va ularni jazolash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.
18. Departamentning bosh mutaxassisi:
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur tarzda kelishilishini taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Bosh vazir maslahatchisi — Departament boshligʻiga, Departament boshligʻining oʻrinbosariga, shuningdek, belgilangan tartibda — Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha reja-jadvalni yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hamda uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik xizmatlar)ning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari samarali hal etilishi boʻyicha Departamentga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning muvofiqlashtirilgan ishini taʼminlaydi;
mutasaddilik qilinadigan sohada ular faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy qilish yoʻli bilan davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishida Departamentga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning mustaqilligini kuchaytirishga ishtirok etadi;
aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga, yaqin, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolga iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligini taʼminlashga asoslangan Departamentga biriktirilgan vazirliklar va idoralar va ular rahbarlarining faoliyatini baholash tizimini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etadi;
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni zarur darajada tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
19. Inspektor Departamentda ish yuritilishini taʼminlaydi, hujjatlarning Departamentda oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-iyundagi 349-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi 403-f-son farmoyishiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
birinchi xatboshidan “kotibiyat va boshqa” soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi”;
ikkinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi xatboshidagi “Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati” soʻzlar “IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti” soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2020-y., 09/20/349/0717-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 09/21/438/0668-son)