Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga jismoniy shaxslar nomiga xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali kelayotgan tovarlar nazoratini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5414-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga jismoniy shaxslar nomiga xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali kelayotgan tovarlarni bojxona nazoratidan oʻtkazish samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
1. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan davlat bojxona xizmati organlariga jismoniy shaxslar nomiga xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali kelayotgan tovarlar haqida majburiy ravishda xabardor etish belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan jismoniy shaxslar nomiga xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali kelayotgan tovarlar haqida davlat bojxona xizmati organlariga oldindan elektron tarzda xabar berish tizimini tatbiq etilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2018-yil 1-sentabrga qadar boʻlgan muddatda xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali kelayotgan tovarlarni qabul qiluvchining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami yoki pasport maʼlumoti orqali identifikatsiyalash imkonini beruvchi elektron bazalarni idoralararo integratsiyasini amalga oshirilishini taʼminlasin.
4. Quyidagilar:
pochta aloqasi operatori va provayderlari tomonidan xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar toʻgʻrisida oldindan elektron tarzda xabar berishda davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan maʼlumotlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar toʻgʻrisida davlat bojxona xizmati organlarini oldindan elektron tarzda xabardor qilish jarayonlarini amalga oshirish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Kirib kelayotgan xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi:
temir yoʻl va avtomobil transporti orqali yetkazishda — maxsus belgilangan bojxona postlarida;
havo transporti orqali yetkazishda — xalqaro aeroportlar yoki unga yaqin hududlarda joylashgan bojxona postlarida amalga oshiriladi.
6. Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali Oʻzbekiston Respublikasi hududiga yuridik shaxslar nomiga kelayotgan qiymati 100 (yuz) AQSH dollariga teng boʻlgan tovarlardan bojxona toʻlovlari undirilmaydi.
8. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-iyul,
PQ-3873-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3873-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Pochta aloqasi operatori va provayderlari tomonidan xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar toʻgʻrisida oldindan elektron tarzda xabar berishda davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan maʼlumotlar
roʻyxati*
1. Qabul qiluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi.
2. Qabul qiluvchining manzili.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Qabul qiluvchining pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta seriyasi va raqami yoki soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
4. Pochta aloqasi operatori yoki provayderining nomi.
5. Joʻnatuvchi davlat.
6. Joʻnatmaning tavsifi.
7. Joʻnatmaning qiymati.
* Yozma xat-xabarlar (mayda paketlardan tashqari), diplomatik pochta va konsullik pochta qoplariga tatbiq etilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3873-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar toʻgʻrisida davlat bojxona xizmati organlarini oldindan elektron tarzda xabardor qilish jarayonlarini amalga oshirish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PF-5-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2026-y., 06/26/5/0051-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2018-y., 07/18/3873/1578-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son; 19.01.2026-y., 06/26/5/0051-son)