1-ILOVA
|
Chora-tadbirlarning nomlanishi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddatlari |
Mas’ul ijrochilar | |
|
I. “XAVFSIZ SHAHAR” YAGONA APPARAT-DASTURIY KOMPLEKSINI BOSQICHMA-BOSQICH JORIY ETISH BO‘YICHA TASHKILIY CHORA-TADBIRLAR | ||||
|
1. |
Avtomatlashtirish obyektlari, binolar va inshootlarning mavjud axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini loyihaoldi o‘rganish, shoshilinch-operativ xizmatlar, chaqiruvlarni qayta ishlash yagona navbatchi-dispetcherlik markazlari, foydalanilayotgan axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalari faoliyatini tahlil qilish. |
Tahliliy ma’lumot |
2017-yil 20-oktabrga qadar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov) |
|
2. |
“Xavfsiz shahar” kompleksi konsepsiyasini yaratish uchun huquqbuzarlik va favqulodda vaziyatlarning oldini olish monitoringi tizimlarida foydalaniladigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish va tahlil qilish. |
Tahliliy ma’lumot |
2017-yil 20-oktabrga qadar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov) TIF (A. Komilov) |
|
3. |
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi faoliyatini tashkil etish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2017-yil 20-sentabrga qadar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov), Moliya vazirligi (B. Xodjayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
4. |
“Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksini yaratish va yanada rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash, bunda quyidagilar orqali loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish nazarda tutiladi: birinchi bosqich (2017 — 2019-yillar) sinov asosida — Toshkent shahri bo‘yicha jinoyatlar va favqulodda hodisalar to‘g‘risida xabarlarni qabul qilib olish va ro‘yxatdan o‘tkazish avtomatlashtirilgan axborot tizimining video tahlil qilish va video kuzatish tizimlari bilan “Xavfsiz shahar” kompleksini yaratish; ikkinchi bosqich (2019 — 2021-yillar) — “Xavfsiz shahar” kompleksini viloyat markazlari va respublikaning yirik shaharlarida joriy etish; uchinchi bosqich (2021 — 2023-yillar) — “Xavfsiz shahar” kompleksini O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida joriy etish. |
Komissiya qarori |
2017-yil 1-oktabrga qadar |
Komissiya (A. Aripov) |
|
5. |
“Xavfsiz shahar” kompleksini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha texnik topshiriqlarni qo‘shimcha ravishda ishlab chiqish. |
Texnik topshiriq |
2017-yil 15-noyabrga qadar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov), vazirliklar va idoralar |
|
6. |
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazining ichki ishlar organlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi bo‘yicha reglamentlarni ishlab chiqish. |
Komissiya qarori |
2017-yil 1-dekabrga qadar |
Komissiya (A. Aripov), vazirliklar va idoralar |
|
7. |
Jamoat transportida yo‘lovchilar oqimini kuzatish va profilaktika ishlarini olib borish uchun intellektual-tahliliy videokuzatuv tizimini joriy etishni nazarda tutgan holda jamoat transportida yo‘lkira haqini to‘lashni avtomatlashtirish loyihasini amalga oshirish doirasida “Xavfsiz shahar” kompleksidan foydalangan holda Toshkent shahridagi jamoat transportida xavfsizlikni boshqarish va aholiga xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha loyihani tayyorlash va amalga oshirish. |
Komissiya qarori |
2017-yil 1-dekabrga qadar |
Komissiya (A. Aripov), vazirliklar va idoralar |
|
8. |
“Xavfsiz shahar” kompleksini yaratishga texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
2017-yil 1-dekabrga qadar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov), FVV (R. Jo‘rayev), SSV (A. Shodmonov), XTV (U. Inoyatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), vazirliklar va idoralar |
|
9. |
Xorijiy mamlakatlarning tajribasidan kelib chiqqan holda “Xavfsiz shahar” kompleksining texnik vositalari va boshqa elementlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlarini o‘rganish, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan zarur texnik vositalar va apparat-dasturiy kompleksi boshqa elementlarning muayyan ro‘yxatini taqdim etish. |
Tahliliy ma’lumot |
2017-yil 1-oktabrga qadar |
“O‘zeltexsanoat” AK (F. Bakiyev), IIV (A. Azizov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Davlat raqobat qo‘mitasi (R. G‘ulomov), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (A. Axmedxodjayev), vazirliklar va idoralar |
|
10. |
“Xavfsiz shahar” kompleksini yaratish bo‘yicha loyihani amalga oshirish uchun yetkazib beruvchilarni belgilash va kontraktlar tuzish. |
Tender savdolari o‘tkazish |
2018-yil 1-martga qadar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov), vazirliklar va idoralar |
|
11. |
Videokuzatuv kameralari, shoshilinch chaqirish moslamalari o‘rnatish, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari va vaziyatni o‘rganish markazlarini tashkil etish uchun obyektlar joylashtiriladigan joylarni tayyorlash. |
Qurilish-montaj ishlari |
jadvalga muvofiq |
Toshkent shahar hokimligi (R. Usmonov), IIV (A. Azizov), “Mahalla” jamg‘armasi (Sh. Javlonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
13. |
Zarur obyektlarni aniqlashning ilg‘or texnologiyalarini qo‘llagan holda avtotransport uchun jamoat intellektual avtomobil turargohlarida apparat-dasturiy yechimlarini joriy etish hamda “Xavfsiz shahar” kompleksini yanada rivojlantirish doirasida onlayn to‘lovlarni tashkil etish. |
Jadval |
2017-yil 1-noyabrga qadar tasdiqlash 2018-2019-yillarda amalga oshirish |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov), Toshkent shahar hokimligi (R. Usmonov), Markaziy bank (M. Nurmuratov) |
|
II. KADRLARNI TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISHNI TASHKIL ETISH | ||||
|
15. |
Jamoat xavfsizligi va huquqbuzarliklarning oldini olishni ta’minlash sohasida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganishni tashkil etish. |
Tahliliy ma’lumot |
2017-yil 15-sentabrga qadar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), TIV (A. Kamilov), IIV (A. Azizov), FVV (R. Jo‘rayev), Toshkent shahar hokimligi (R. Usmonov), vazirliklar va idoralar |
|
16. |
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati va ichki ishlar organlari xodimlarining malakasini oshirish uchun o‘quv kurslari va maxsus ta’lim dasturlarini tashkil etish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
tasdiqlanishi — 2017-yil 1-noyabrga qadar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), IIV (A. Azizov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari |
|
17. |
Kompyuter va axborot texnologiyalari sohasida samaradorlikni oshirish va ta’lim olishni takomillashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalarining o‘quv rejalari va dasturlarini qayta ko‘rib chiqish. |
Komissiya qarori |
2017-yil 1-dekabrga qadar |
Komissiya (A. Aripov), vazirliklar va idoralar |
|
III. AHOLI O‘RTASIDA “XAVFSIZ SHAHAR” KOMPLEKSI KONSEPSIYASINI ILGARI SURISH VA TARG‘IB QILISH BO‘YICHA TADBIRLAR | ||||
|
18. |
Aholi orasida “Xavfsiz shahar” kompleksi konsepsiyasini quyidagilar orqali targ‘ib qilishni tashkil etish: teleradio ko‘rsatuvlar, ijtimoiy videoroliklar; bosma nashrlarda, Internet tarmog‘i va boshqa ommaviy axborot vositalarida tahliliy maqolalar tayyorlash; tegishli materiallarni ko‘cha bannerlarida, ommaviy ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish. |
Komissiya qarori |
2017-yil 1-dekabrga qadar |
Komissiya (A. Aripov), vazirliklar va idoralar |
|
19. |
Jahon hamjamiyatida O‘zbekistonning turistik va investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida respublikaning “World’s Safest Countries”da reytingini qo‘llab-quvvatlash va oshirish uchun tadbirlar tashkil qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2017-2018-yillar |
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Abduhakimov), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (A. Axmedxodjayev), TIV (A. Kamilov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov), MTRK (B. Alixanov), O‘zA (A. Ko‘chimov), vazirliklar va idoralar |