Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.02.2021 19.02.2020 yildagi 98-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplab berish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-sonli “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 25-oktabrdagi PQ-4499-son qarori ijrosini ta’minlash hamda suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi intensiv bog‘, uzumzor va issiqxonalarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha hududiy manzilli ro‘yxatlarni shakllantirishga ko‘maklashish, ularni tahlil qilish va manzilli dasturni shakllantirish hamda belgilangan tartibda tasdiqlanishini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv tejovchi sug‘orish texnologiyalaridan samarali foydalanish yuzasidan tizimli monitoring olib borish hamda manzilli dasturning joylarda ijrosini ta’minlashda, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf qilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosi yetishtirish uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplashga subsidiyalarni o‘z vaqtida joylarga o‘tkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi intensiv bog‘, uzumzor va issiqxona xo‘jaliklarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplab berishga subsidiya ajratish bo‘yicha takliflarning Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish hamda Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari Kengashlarida o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda subsidiya ajratish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi intensiv bog‘, uzumzor va issiqxona xo‘jaliklarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplab berishga subsidiya ajratish to‘g‘risida tegishli shartnomalarni rasmiylashtirish hamda ijrosi bo‘yicha monitoring yuritishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalarni o‘z vaqtida joylarga o‘tkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlangandan so‘ng suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplashga ajratilgan mablag‘larni belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, shuningdek, uning huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga hamda Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosi yetishtirish maqsadida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun esa O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tumanlar va hududiy manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish hamda ularning ijrosini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy qilingan suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini puxta o‘rganib, tegishli dalolatnomalarni, subsidiya berish to‘g‘risida xulosalar va talabgorlar ro‘yxatlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish hamda subsidiya ajratish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, paxta xomashyosi yetishtirish uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha esa Suv xo‘jaligi vazirligiga taqdim qilib borish bo‘yicha mas’uldir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) mazkur qarorga asosan joriy etilayotgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari o‘rmon xo‘jaliklari va o‘rmon fondi yerlari ijarachilariga ham to‘liq tatbiq etiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-sonli qaroriga asosan “d” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2020-y., 07/20/4850/1358-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yildan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish manzilli dasturiga muvofiq suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishga ko‘maklashish bo‘yicha tumanlar ishchi komissiyalarining namunaviy tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 481-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 6-son, 125-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 19-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-fevraldagi 98-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga paxta xomashyosi, donli ekinlar, sabzavot ekinlari va kartoshka, poliz ekinlari va ozuqabop ekinlar (keyingi o‘rinlarda qishloq xo‘jaligi ekinlari deb ataladi) yetishtirish uchun suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini, shuningdek, ularni xarid qilish va qurishga ajratiladigan bank kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv tejovchi sug‘orish texnologiyasi joriy etilgan maydonlar uchun subsidiya davlat budjetidan faqat bir marotaba ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kalendar yil budjeti parametrlarida suv tejovchi sug‘orish texnologiyasi joriy etilgan maydonlarga subsidiya ajratish uchun ko‘zda tutilgan mablag‘larni o‘tgan yillarda suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan maydonlarga subsidiya sifatida ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom talablari 2020-yil 1-yanvardan boshlab suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan maydonlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlar — suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etuvchi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomchilatib sug‘orish — qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishning o‘simliklar ildizi yonidagi zonaga kam miqdorda (tomchilatib) suv yetkazib beradigan usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yomg‘irlatib sug‘orish — qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishning tuproq va o‘simliklar yuza qismiga suv tabiy yomg‘ir suvi bilan sug‘orishga imkon qadar yaqinlashtirilgan yomg‘irlatib sug‘orish orqali yetkazib beriladigan usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keng qamrovli yomg‘irlatib sug‘orish tizimi (keyingi o‘rinlarda keng qamrovli sug‘orish tizimi deb ataladi) — keng maydonni qamrab oluvchi o‘zi yuruvchi agregatning aylanma yoki frontal harakatida suv yetkazib beriladigan yomg‘irlatib sug‘orish tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“sprinkler” tizimi — statsionar kalta purkovchi uskunalar yordamida suv yetkazib beriladigan yomg‘irlatib sug‘orish tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlarni lazer yordamida tekislagan holda diskret sug‘orish usuli (keyingi o‘rinlarda diskret sug‘orish deb ataladi) — qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishning yerlarni dastlab lazer qurilmali tekislagich agregat yordamida tekislab suv egiluvchan sug‘orish quvurlari orqali tanafus bilan yetkazib beradigan usuli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Subsidiyalarning bazaviy hisoblash miqdorlari ekin maydonining har bir gektari uchun quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomchilatib sug‘orish tizimlari uchun — 8 mln so‘m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yomg‘irlatib sug‘orish tizimlari uchun — 4 mln so‘m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diskret sug‘orish uchun — 1 mln so‘m.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan subsidiyalar miqdori uning bazaviy hisoblash miqdoriga qishloq xo‘jaligi ekin turi va yerlarning bonitet ballaridan kelib chiqadigan koeffitsiyentni ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qishloq xo‘jaligi ekin turlari va yerlarning bonitet ballaridan kelib chiqadigan koeffitsiyentlar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Talabgorlarning suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash har yili O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadigan qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish manzilli dasturi (keyingi o‘rinlarda manzilli dastur deb ataladi) doirasida amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Manzilli dasturni shaklantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Har bir tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga ko‘maklashish bo‘yicha tuman ishchi komissiyasi (keyingi o‘rinlarda tuman ishchi komissiyasi deb ataladi) Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan namunaviy tarkibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman irrigatsiya bo‘limi tuman ishchi komissiyasining ishchi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Talabgorlar kelgusi yilda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha har kalendar yilining 1-fevraliga qadar tuman ishchi komissiyasiga ushbu Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq ariza bilan yozma yoki belgilangan tartibda elektron shaklda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizadagi ma’lumotlar va taqdim qilingan hujjatlarning to‘g‘riligiga talabgorlar javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tuman ishchi komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlarning arizalarini qabul qiladi hamda uch ish kunida joyiga chiqib o‘rganadi, suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari joriy etiladigan yer uchastkalarining maydonlari, shart-sharoitlari, yer bonitet balli va sho‘rlanish darajasi, uning yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlariga mosligi, suv va elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik darajasi va boshqa tomonlarini ko‘rib chiqadi, shuningdek, talabgorlarning moliyaviy holatini o‘rganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rganish natijasi bo‘yicha kelgusi yilda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tuman manzilli ro‘yxatlarini (keyingi o‘rinlarda tuman manzilli ro‘yxatlari deb ataladi) qishloq xo‘jaligi ekinlari va sug‘orish texnologiyalari turlari, hududlar hamda talabgorlar kesimida yer uchastkalarining maydonlari, yer bonitet balli, suv manbai, xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari nomi ko‘rsatilgan holda shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman manzilli ro‘yxatlari tuman ishchi komissiyasining barcha a’zolari tomonidan imzolanadi va tuman ishchi komissiyasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan tuman manzilli ro‘yxatlari har kalendar yilning 15-fevraliga qadar ko‘rib chiqish va umumlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xomashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 27-dekabrdagi PQ-4087-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga ko‘maklashuvchi ishchi guruhiga (keyingi o‘rinlarda hududiy ishchi guruhi deb ataladi) belgilangan tartibda taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman manzilli ro‘yxatlarining to‘g‘riligiga tuman ishchi komissiyasi rahbari va a’zolari mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hududiy ishchi guruh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlarning manzilli ro‘yxatlarini tahlil qiladi va qishloq xo‘jaligi ekinlari va sug‘orish texnologiyalari turlari, tumanlar, hududlar hamda talabgorlar kesimida yer uchastkalarining maydonlari, yer bonitet balli, suv manbai, xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari nomi ko‘rsatilgan holda hududiy manzilli ro‘yxatlarni (keyingi o‘rinlarda hududiy manzilli ro‘yxatlar deb ataladi) shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruratga ko‘ra, talabgorlarning takliflarini joyiga chiqib qo‘shimcha ravishda o‘rganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy manzilli ro‘yxatlar hududiy ishchi guruhining barcha a’zolari tomonidan imzolanadi va hududiy ishchi guruhi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan hududiy manzilli ro‘yxatlar har kalendar yilning 1-martiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga belgilangan tartibda taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy manzilli ro‘yxatlarining to‘g‘riligiga hududiy ishchi guruh rahbari va a’zolari mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy manzilli ro‘yxatlarni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manzilli dastur loyihasini Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar kesimida qishloq xo‘jaligi ekinlari va sug‘orish texnologiyalari turlari, yer maydonlarining prognoz parametrlari ko‘rsatilgan holda shakllantiradi hamda ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan tashkilotlar bilan kelishilgan holda har kalendar yilning 1-apreliga qadar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari har kalendar yilning 15-apreliga qadar manzilli dasturni tasdiqlaydi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan manzilli dastur O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga ijro uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etishning amaldagi holatidan kelib chiqib hamda talabgorlar roziligi asosida tasdiqlangan hududiy manzilli ro‘yxatlardagi asosiy parametrlar doirasida o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismi ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlangandan so‘ng suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplashga ajratilgan mablag‘larni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, paxta xomashyosi yetishtirish maqsadida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun esa O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Suv xo‘jaligi vazirligida ochiladigan maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilgan talabgorlar ularni foydalanishga qabul qilishni tashkil qilish va subsidiya ajratish uchun tuman ishchi komissiyasiga yozma yoki belgilangan tartibda elektron shaklda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tuman ishchi komissiyasi murojaat kelib tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat qilgan talabgorning tasdiqlangan hududiy manzilli ro‘yxatda borligini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy manzilli ro‘yxatda bor talabgor tomonidan joriy qilingan suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joyiga chiqib talabgor va pudrat tashkiloti vakili ishtirokida har tomonlama puxta o‘rganadi va ishlatib ko‘radi. Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari sifatli qurilib, foydalanishga to‘liq tayyor holda bo‘lsa tegishli dalolatnomani rasmiylashtiradi, aks holda dalolatnoma rasmiylashtirilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dalolatnoma rasmiylashtirilgan talabgorga ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda subsidiya ajratish to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman ishchi komissiyasi rahbari va a’zolari talabgorga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosasining haqqoniyligi uchun mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tuman ishchi komissiyasining talabgorlarga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalari umumlashtirilib, ularning ro‘yxatlari har o‘n kunda hududiy ishchi guruhiga ko‘rib chiqish va umumlashtirish uchun belgilangan tartibda taqdim etiladi. Ro‘yxatlarga dalolatnomalar va talabgorlarga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Hududiy ishchi guruhi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman ishchi komissiyasining subsidiya oladigan talabgorlarning ro‘yxatlari kelib tushgan kundan e’tiboran ikki ish kuni ichida ularni tahlil qiladi, zaruratga ko‘ra, joyiga borib o‘rganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har o‘n kunda taqdim etilgan ro‘yxatlarni umumlashtiradi va subsidiya oladigan talabgorlarning ro‘yxatlarini shakllantirib, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, paxta xomashyosi yetishtirish uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha subsidiya oluvchilar ro‘yxatlarini esa Suv xo‘jaligi vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etadi. Ushbu ro‘yxatlarga dalolatnomalar va talabgorlarga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy ishchi guruhlar tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatlarni ular kelib tushgan kundan boshlab o‘n kun ichida Suv xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda ko‘rib chiqib umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy umumlashtirilgan ro‘yxatlarga muvofiq talabgorlarning suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplab berish maqsadida ularning tijorat banklaridagi hisobraqamlariga subsidiyalarni o‘tkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy ishchi guruhlar tomonidan taqdim etilgan paxta xomashyosi yetishtirish uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha subsidiya oluvchilar ro‘yxatlarini ular kelib tushgan kundan boshlab o‘n kun ichida Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda ko‘rib chiqib umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy umumlashtirilgan ro‘yxatlarga muvofiq talabgorlarning paxta xomashyosini yetishtirish uchun suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplab berish maqsadida ularning tijorat banklaridagi hisobraqamlariga subsidiyalarni o‘tkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish uchun ajratiladigan bank kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qisman qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Suv tejovchi sug‘orish texnologiyasini joriy qilgan talabgorlarning sug‘orish texnologiyasi butlovchi qismlarini xarid qilish va qurishga ajratiladigan bank kreditlari bo‘yicha har bir gektarga 20 mln. so‘mdan oshmaydigan qismiga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha belgilangan foiz xarajatlarini qoplash ushbu Nizomga 5-ilovada ko‘rsatilgan foizlar va shartlarda hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 28-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Suv tejovchi sug‘orish texnologiyasini joriy qilgan talabgorlarga suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish va ularning butlovchi qismlarini sotib olish uchun ajratiladigan kreditlar bo‘yicha bir gektarga 20 mln so‘mdan oshgan qismi (kompensatsiya qilinmaydigan qismi) alohida tijorat krediti bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan ikki ish kunida talabgorlarning kredit majburiyatlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash yuzasidan Davlat budjetidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi talabnomalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining talabnomalarini ko‘rib chiqadi va ikki ish kunida tegishli mablag‘larni ilgari ajratilgan budjet mablag‘laridan foydalanish holatini inobatga olgan holda ajratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qo‘shimcha asoslantiruvchi hisob-kitob ma’lumotlari (tijorat banklari tomonidan kreditning qancha muddatga ajratilganligi, o‘tgan moliya yilida ajratilgan mablag‘lar bilan qancha qismi qoplab berilganligi va rejalashtirilayotgan moliya yilida qolgan qismi uchun qancha mablag‘ talab qilinishi hamda olinadigan kredit bo‘yicha prognoz) talab qilib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan talabgorlarning suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq loyihalari amalga oshirilgan yer maydonlari bo‘yicha keyingi yillarda amalga oshiriladigan loyihalari uchun kredit majburiyatlarining bir qismini qoplashga yo‘l qo‘yilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tasdiqlangan manzilli dastur hamda hududiy manzilli ro‘yxatlar O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamda hududiy ishchi guruhlar bilan birgalikda talabgorlar tomonidan joriy qilingan suv tejovchi sug‘orish texnologiyalaridan samarali foydalanish yuzasidan tizimli monitoring olib boradi hamda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf qilishda ularga har tomonlama ko‘maklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Talabgorlarning suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlari hamda tegishli kredit foizlarining bir qismini qoplash bo‘yicha Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi ekinlari turlari va yerlarning bonitet ballaridan kelib chiqadigan koeffitsiyentlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MIQDORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Sug‘orish turi

Yerlarning bonitet ballari hisob-kitobi bo‘yicha koeffitsiyentlar

0 — 20

21 — 40

41 — 60

61 — 80

81 — 100

Paxta

Tomchilatib sug‘orish

1,2

1,1

1,0

0,9

0,8

Keng qamrovli yomg‘irlatib sug‘orish tizimi

0,95

0,85

0,75

0,65

0,55

Diskret sug‘orish

1,2

1,1

1,0

0,9

0,8

Donli ekinlar

Keng qamrovli yomg‘irlatib sug‘orish tizimi

1,2

1,1

1,0

0,9

0,8

Sprinkler tizimi

1,7

1,6

1,5

1,4

1,3

Sabzavot ekinlari va kartoshka

Tomchilatib sug‘orish

0,15

0,14

0,13

0,12

0,11

Keng qamrovli yomg‘irlatib sug‘orish tizimi

0,35

0,3

0,25

0,2

0,15

Sprinkler tizimi

0,6

0,5

0,4

0,3

0,2

Poliz ekinlari

Tomchilatib sug‘orish

0,15

0,14

0,13

0,12

0,11

Ozuqabop ekinlar

Keng qamrovli yomg‘irlatib sug‘orish tizimi

0,7

0,6

0,5

0,4

0,3

Sprinkler tizimi

0,7

0,6

0,5

0,4

0,3

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga ko‘maklashish bo‘yicha tuman ishchi komissiyasiga ‎‎‎

‎‎_______________________________________________ tomonidan‎‎‎
‎‎(qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchi nomi va rahbarning F.I.O.)‎‎‎

ARIZA‎‎

‎‎________________________________________ hududida faoliyat ko‘rsatayotgan

‎‎(hudud nomi)

_______________________________________ tumanda 20__ yilda suv tejovchi

(qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchi nomi)

sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish manzilli ro‘yxatiga bizga ajratilgan jami ______ gektar yer uchastkasida, jumladan _______ raqamli konturdagi _____ gektar, ____ raqamli konturdagi ______ gektar, ______ raqamli konturdagi _______ gektar maydonda _______________________________________________________________ yetishtirish‎‎‎

‎‎(qishloq xo‘jaligi ekin turining nomi)

‎‎uchun __________________________________________ sug‘orish texnologiyasini joriy‎‎‎‎‎‎
(suv tejovchi sug‘orish texnologiyasining nomi)
‎‎qilish loyihasini kiritishingizni so‘rayman.‎
‎‎Yer uchastkasi ____________________________________________________ orqali suv ‎‎‎‎

(suv manbai nomi)

‎‎Yer uchastkasi elektr tarmog‘i bilan ____________________________________________.‎‎
‎‎(ta’minlangan, ta’minlanmagan)
Xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki ______________________‎‎_______________________‎‎
‎‎Ilova: Yer uchastkasining qishloq xo‘jaligi xaritasidan ko‘chirma.
‎‎_____________________________________ rahbari _________ __________________
‎‎(qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchi nomi)

(imzo)

(F.I.O.)‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Talabgorlar

Kelgusi yilda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tuman ishchi komissiyasiga ariza bilan yozma yoki belgilangan tartibda elektron shaklda murojaat qiladi.

Har kalendar yilining 1-fevraliga qadar

2-bosqich

Tumanlar ishchi komissiyalari

1. Talabgorlarning arizalarini qabul qiladi va joyiga chiqib o‘rganadi hamda uning natijasi bilan kelgusi yilda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tuman manzilli ro‘yxatlarini shakllantiradi.

Uch ish kuni

2. Tuman manzilli ro‘yxatlari tuman ishchi komissiyasi barcha a’zolari tomonidan imzolanadi va tuman ishchi komissiyasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi hamda ko‘rib chiqish uchun hududiy ishchi guruhiga taqdim qilinadi.

Har kalendar yilning 15-fevraliga qadar

3-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududiy ishchi guruhlari

1. Tumanlarning manzilli ro‘yxatlarini tahlil qiladi, zaruratga ko‘ra, talabgorlarning takliflarini joyiga chiqib qo‘shimcha ravishda o‘rganadi.

2. Hududiy manzilli ro‘yxatlarni shakllantiradi. Hududiy manzilli ro‘yxatlar hududiy ishchi guruhining barcha a’zolari tomonidan imzolanadi va hududiy ishchi guruhi rahbari tomonidan tasdiqlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga taqdim qilinadi.

Har kalendar yilning 1-martiga qadar

4-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi

1. Hududiy manzilli ro‘yxatlarni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda tahlil qiladi.

2. Kelgusi yilda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha manzilli dastur loyihasini shakllantiradi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan kelishilgan holda tasdiq�ash uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga tasdiqlash uchun taqdim etadi.

Har kalendar yilning 1-apreliga qadar

5-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

1. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan taqdim qilingan manzilli dasturni tasdiqlaydi.

2. Tasdiqlangan manzilli dasturni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga ijro uchun yuboradi.

Har kalendar yilning 15-apreliga qadar

6-bosqich

Talabgorlar

Cuv tejovchi sug‘orish texnologiyalari to‘liq joriy qilingandan so‘ng ularni foydalanishga qabul qilish va subsidiya ajratish uchun tuman ishchi komissiyasiga yozma yoki belgilangan tartibda elektron shaklda murojaat qiladi.

Cuv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish yakunlangandan so‘ng

7-bosqich

Tumanlar ishchi komissiyalari

Talabgorlarning murojaatlarini tasdiqlangan hududiy manzilli ro‘yxatda borligini tekshiradi. Tasdiqlangan hududiy manzilli ro‘yxatda bor talabgor tomonidan joriy qilingan suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joyiga chiqib talabgor va puratchi tashkilot vakili ishtirokida har tomonlama puxta o‘rganadi va ishlatib ko‘radi hamda tegishli dalolatnomani rasmiylashtiradi.

Uch ish kuni

Dalolatnoma rasmiylashtirilgan talabgorga subsidiya ajratish to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi. Dalolatnoma va xulosa tuman ishchi komissiyasi barcha a’zolari tomonidan imzolanadi va tuman ishchi komissiyasi rahbari tomonidan tasd�qlanadi.

Xulosalar umumlashtirilib, ularning ro‘yxatlarini hududiy ishchi guruhiga belgilangan tartibda taqdim qiladi. Ushbu ro‘yxatlarga dalolatnomalarni va talabgorlarga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalarni ilova qiladi.

Har 10 kunda

8-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududiy ishchi guruhlari

Tuman ishchi komissiyasining subsidiya oladigan talabgorlarning ro‘yxatlarini tahlil qiladi, zaruratga ko‘ra joyiga chiqib o‘rganadi.

Ro‘yxatlar kelib tushgan kundan ikki ish kuni

Ro‘yxatlarni umumlashtiradi va subsidiya oladigan talabgorlarning ro‘yxatlarini shakllantirib, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, paxta xomashyosi yetishtirish uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha subsidiya oluvchilar ro‘yxatlarini esa Suv xo‘jaligi vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etadi. Ushbu ro‘yxatlarga dalolatnomalarni va talabgorlarga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalarni ilova qiladi.

Har 10 kunda

9-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Hududiy ishchi guruhlar tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatlarni ular kelib tushgan kundan boshlab o‘n kun ichida Suv xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda ko‘rib chiqib umumlashtiradi.

Yakuniy umumlashtirilgan ro‘yxatlarga muvofiq talabgorlarning suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplab berish maqsadida ularning tijorat banklaridagi hisobraqamlariga subsidiyalarni o‘tkazib beradi.

Ro‘yxatlar kelib tushgan kundan boshlab o‘n kun ichida

10-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi

Paxta xomashyosi yetishtirish uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha subsi�iya oluvchilar ro‘yxatlarini ular kelib tushgan kundan boshlab o‘n kun ichida Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda ko‘rib chiqib umumlashtiradi.

Yakuniy umumlashtirilgan ro‘yxatlarga muvofiq talabgorlarning paxta xomashyosini yetishtrish uchun suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplab berish maqsadida ularning tijorat banklaridagi hisobraqamlariga subsidiyalarni o‘tkazib beradi.

Ro‘yxatlar kelib tushgan kundan boshlab o‘n kun ichida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamda hududiy ishchi guruhlar bilan birgalikda talabgorlar tomonidan joriy qilingan suv tejovchi sug‘orish texnologiyalaridan samarali foydalanish yuzasidan tizimli monitoring olib boradi hamda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf qilishda ularga har tomonlama ko‘maklashadi.

Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalaridan foydalanish Davrida

Jami 140 kun*

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*- bunda talabgorlar tomonidan suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish uchun ketadigan vaqt hisobga olinmagan.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎“Tasdiqlayman”
___________ Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga ko‘maklashish bo‘yicha tuman ishchi komissiyasi rahbari

__________________ ________ ‎‎

(imzo)

(F.I.O.)‎

‎‎20___ yil “____”_________

‎‎__________ tumanida suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi komissiyasining ‎‎

‎‎XULOSASI

‎‎____________________ tumanida suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga‎

(tuman nomi)‎‎

‎‎ko‘maklashish bo‘yicha tuman ishchi komissiya __________________ ekinini yetishtirishda
_________________________________ sug‘orish texnologiyasini joriy qilgan _______‎‎
(suv tejovchi sug‘orish texnologiyasi turi)‎‎
‎‎________________________________________________ning 20___yil ________dagi
(qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchi nomi)
‎‎murojaatini joyida o‘rganib chiqdi va quyidagilarni aniqladi:‎
‎‎‎‎1. __________________________________________________ 20____ yilda _______ ga‎
‎‎(qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchi nomi)‎‎
‎‎maydonda, jumladan, _______raqamli konturda_____ ga, _____raqamli konturda____ ga,
____raqamli konturda____ ga, ... __________________ ekinini yetishtirishda ________

(ekin turi)

_‎‎______________________________ cug‘orish texnologiyasini joriy qilish uchun jami‎
(suv tejovchi sug‘orish texnologiyasi turi)
‎‎qiymati __________________ so‘m bo‘lgan loyiha ishlab chiqqan hamda uni joriy qilish
‎‎uchun ______________________________________ bilan jami qiymati ________ so‘m ‎

‎‎‎‎(pudrat, xizmat ko‘rsatish tashkiloti nomi‎‎)

bo‘lgan shartnoma tuzgan;
‎‎‎‎2. _________________ tijorat banki bilan ___________________________________
‎‎‎‎(suv tejovchi sug‘orish texnologiyasi turi)
‎‎cug‘orish texnologiyasini joriy qilish uchun jami _________________________ so‘mga
‎‎_______ foizli kredit sharnomasini tuzgan hamda amalda ____________________ co‘m ‎
‎‎kredit olgan (mavjud bo‘lsa);
‎‎3. 20_____ yilda jami _____________ ga maydonda, jumladan, _____________raqamli
‎‎konturda______ ga, ____raqamli konturda____ ga, ______raqamli konturda_____ ga, ...
_________ ekinini yetishtirish uchun __________________________________ sug‘orish‎

‎‎(ekin turi)

‎‎‎‎(suv tejovchi sug‘orish texnologiyasi turi)

‎‎texnologiyasini joriy qilgan va ishga tushirgan.

‎‎XULOSA:‎

________________________________________ ga jami __________________ so‘m‎

‎‎(qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchi nomi)

‎‎miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya hamda tijorat
bankining kreditlari bo‘yicha __________________foiz xarajatlarini qoplash uchun
‎‎______________________so‘m to‘lash maqsadga muvofiq.‎

‎‎Tuman ishchi komissiya a’zolari:

T/r‎

‎‎F.I.O.

Imzo

‎‎Lavozimi

1.‎

‎‎
‎‎
‎‎tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, tuman ishchi komissiyasi rahbarining o‘rinbosari‎

2.‎

‎‎
‎‎
‎‎Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining tuman bo‘limi boshlig‘i‎

3.‎

‎‎
‎‎
‎‎tuman qishloq xo‘jaligi bo‘lim boshlig‘i

4.‎

‎‎
‎‎
tuman irrigatsiya bo‘lim boshlig‘i — tuman ishchi komissiyasi ishchi organi rahbari‎‎‎

5.‎

‎‎
‎‎
‎‎tuman moliya bo‘lim boshlig‘i‎

6.‎

‎‎
‎‎
‎‎tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘lim boshlig‘i‎

7.‎

tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘lim boshlig‘i

8.‎

tuman elektr ta’minoti korxonasi direktori‎

9.‎

tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi‎

10.‎

xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bank rahbari‎

11.‎

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Cuv xo‘jaligi vazirligi, “______” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining tuman uchastkasi boshlig‘i‎

12.‎

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Cuv xo‘jaligi vazirligi, “______” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi meliorativ ekspeditsiya tuman uchastkasi boshlig‘i

13.‎

xizmat ko‘rsatuvchi suv iste’molchilari uyushmasi rahbari‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini xarid qilish va qurishga ajratiladigan bank kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MIQDORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Sug‘orish turi

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bank kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash

Paxta

Tomchilatib sug‘orish

1 gektar ekin maydoni uchun 20 million so‘mdan oshmaydigan qismi bo‘yicha valyuta turidan qat’i nazar, tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida, biroq milliy valyutadagi kreditlar uchun — 10 foizlik punktdan oshmagan miqdorda, xorijiy valyutadagi kreditlar uchun — 3 foizlik punktdan oshmagan miqdorda

Keng qamrovli yomg‘irlatib sug‘orish tizimi

Diskret sug‘orish

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan shartlarda

“Sprinkler” tizimi

Sabzavot ekinlari va kartoshka

Tomchilatib sug‘orish

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan shartlarda

Keng qamrovli yomg‘irlatib sug‘orish tizimi

“Sprinkler” tizimi

Poliz ekinlari

Tomchilatib sug‘orish

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan shartlarda

Ozuqabop ekinlar

Keng qamrovli yomg‘irlatib sug‘orish tizimi

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan shartlarda

“Sprinkler” tizimi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-fevraldagi 98-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi intensiv bog‘, uzumzor va issiqxona xo‘jaliklarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga tashkil etiladigan yangi intensiv bog‘, uzumzor va issiqxona xo‘jaliklarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Subsidiyalar 2019-yilda va undan keyingi yillarda tashkil etilgan yangi intensiv bog‘, uzumzor va issiqxona xo‘jaliklarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilgan loyihalar tashabbuskorlariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishuv shartnomasi — suvdan umumiy foydalanish maqsadida tutash hududlarda joylashgan har birining umumiy maydoni 35 gektardan oshmaydigan bir necha fermer xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi korxonalarining o‘zaro kelishuvi;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 787-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2020-y., 09/20/787/1631-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha — yangi intensiv bog‘, uzumzor va issiqxona xo‘jaliklarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha tashabbuskori — 2019-yilda va undan keyingi yillarda tashkil etilgan yangi bog‘, uzumzor va issiqxona xo‘jaliklarida suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish yuzasidan murojaat qilgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intensiv bog‘ — pakana va yarim pakana payvandtaglarda yetishtirilgan ko‘chatlarni zich sxemada ekib, tomchilatib sug‘orish tizimi asosida tashkil etilgan bog‘;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari — qishloq xo‘jaligi ekinlarini tomchilatib, yomg‘irlatib va yerlarni lazer yordamida tekislagan holda diskret sug‘orish tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomchilatib sug‘orish — qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishning o‘simliklarning ildizi yonidagi zonaga kam miqdorda (tomchilatib) suv yetkazib beradigan usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomchilatib sug‘orish tizimi — suv tindirgich (hovuz), suv nasosi, suv tozalagichlar (filtrlar), mineral o‘g‘itlar eritmasini tayyorlovchi moslama, suvni boshqarish va o‘lchash vositalari, suv yetkazuvchi, suv tarqatuvchi va suv tomizgichli quvurlardan iborat sug‘orish majmuasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er bonitirovkasi — qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘rtacha agrotexnika darajasida tuproq sifati va tabiiy ishlab chiqarish unumdorligining 100 ballik shkala bo‘yicha qiyosiy bahosi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yangi intensiv bog‘, uzumzor va issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplab berish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy etilgan tomchilatib sug‘orish tizimlari uchun subsidiyalarning bazaviy hisoblash miqdori ekin maydonining har bir gektari uchun 8 million so‘m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maydoni 35 gektar dan ziyod bog‘ va uzumzorlarda suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomaga asosan suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurishga har 35 gektar uchun 120 million so‘mdan oshmaydigan mikdorda;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 787-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2020-y., 09/20/787/1631-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvdan foydalanish maqsadida tutash hududlarda joylashgan har birining umumiy maydoni 35 gektardan oshmaydigan bir necha fermer xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi korxonalarining o‘zaro kelishuvi asosida suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduqni, shuningdek daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortishga nasos stansiyasini qurish uchun suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomaga asosan har 35 gektar maydonga 120 million so‘mdan oshmaydigan mikdorda subsidiya ajratiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 787-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2020-y., 09/20/787/1631-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shartnomada suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishga sarflangan xarajatlar belgilangan subsidiya miqdoridan kam bo‘lgan taqdirda, subsidiya shartnomada nazarda tutilgan summaga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun har gektar maydonga subsidiyalar miqdori subsidiyalarning bazaviy hisoblash miqdoriga ekin turi va yerlarning bonitet ballaridan kelib chiqadigan koeffitsiyentni ko‘paytirish yo‘li bilan quyidagicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Sug‘orish

turi

Yerlarning bonitet ballari hisob-kitobi bo‘yicha koeffitsiyentlar

0 — 20

21 — 40

41 — 60

61 — 80

81 — 100

Mevali ekinlar

Tomchilatib sug‘orish tizimi

0,85

0,80

0,75

0,70

0,65

Uzum

Tomchilatib sug‘orish tizimi

1,2

1,1

1,0

0,9

0,8

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Loyihalar tashabbuskorlariga subsidiyalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi Kengashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar berish bo‘yicha Kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengashlar deb ataladi) qarorlariga asosan beriladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Subsidiyalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) hisobidan hamda Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar teng ulushlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) hisobidan ajratiladi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Loyihalar subsidiyalar hisobidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob Loyihalar tashabbuskorlarining suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishga sarflangan xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Loyihalar tashabbuskorlari subsidiya olish uchun tegishliligi bo‘yicha Agentliklarga yozma yoki belgilangan tartibda elektron shaklda quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning nomi, soliq to‘lovchining identifikatsion raqami (STIR) va tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, so‘rayotgan subsidiyaning maqsadi, loyihani amalga oshirish joyi, xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki nomi va bankdagi hisobraqami ko‘rsatilgan holda subsidiya berish to‘g‘risidagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi intensiv bog‘, uzumzor va issiqxona barpo etish uchun yer uchastkasi ajratilganligi to‘g‘risida hujjatlar nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisining yer uchastkasiga tuzilgan uzoq muddatli ijara shartnomasi nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvdan foydalanish maqsadida tutash xududlarda joylashgan har birining umumiy maydoni 35 gektardan oshmaydigan bir necha fermer xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi korxonalarining o‘zaro kelishuv shartnoma nusxasi;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 787-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2020-y., 09/20/787/1631-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda loyiha to‘g‘risida ma’lumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agentliklar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar tashabbuskorlari tomonidan subsidiyalar olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlarning uch ish kunida ushbu Nizom talablariga muvofiqligini o‘rganib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim qilingan hujjatlar ushbu Nizomning 9-bandiga muvofiq bo‘lmagan, 2019-yildan oldin tashkil qilingan, shuningdek, intensiv bo‘lmagan bog‘ va uzumzorlar uchun subsidiyalar so‘ralganda va boshqa kamchiliklar aniqlanganda, loyihalar tashabbuskorlarini bu haqda xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar tashabbuskorlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar Agentliklar tomonidan xabardor qilgandan so‘ng yetti ish kuni mobaynida bartaraf qilinmagan taqdirda, hujjatlarni loyihalar tashabbuskorlariga qaytaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar tashabbuskorlarining subsidiyalar olish bo‘yicha ushbu Nizom talablariga muvofiq bo‘lgan hujjatlarini tegishliligicha Kengashlarga navbatdagi yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kengashlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentliklar tomonidan loyihalar tashabbuskorlarining subsidiyalar ajratish yuzasidan kiritgan hujjatlarini (takliflarini) ko‘rib chiqadi, subsidiyalar ajratish to‘g‘risida yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida tegishli qarorlarni qabul qiladi hamda subsidiyalar ajratiladigan loyihalar tashabbuskorlarining manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan subsidiyalardan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda moliyalashtirishni to‘xtatadi va ajratilgan mablag‘larni undirish choralarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kengashlarning subsidiyalarni ajratish to‘g‘risidagi ijobiy qarorlari subsidiya berish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashlarning yig‘ilishlari bir oyda kamida bir marotaba o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agentliklar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashlar tomonidan qabul qilingan qarorlar to‘g‘risida loyihalar tashabbuskorlarini uch ish kuni mobaynida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashlar tomonidan subsidiyani berish to‘g‘risida qabul qilingan qarorlar asosida loyihalar tashabbuskorlari bilan subsidiyalar ajratish to‘g‘risida tegishli shartnomalarni rasmiylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlangandan so‘ng suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun ajratilgan mablag‘larni belgilangan tartibda tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligiga yetkazadi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobi tegishliligi bo‘yicha Agentliklarda ochiladigan maxsus shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Subsidiyalar loyihalar tashabbuskorlariga ular tomonidan yangi intensiv bog‘, uzumzor va issiqxonalarda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish ishlari yakunlanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan namunaviy tarkibda Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishga ko‘maklashish bo‘yicha tuman ishchi komissiyacining (keyingi o‘rinlarda tuman ishchi komissiyasi deb ataladi) ularni foydalanishga qabul qilish yuzasidan tasdiqlangan dalolatnomalari Agentliklarga taqdim etilgandan so‘ng bir oy muddatda ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Subsidiya miqdori tuman ishchi komissiyasi tomonidan tasdiqlangan dalolatnomalardagi loyiha ko‘rsatkichlari asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman ishchi komissiyasi rahbari va a’zolari tasdiqlangan dalolatnomalarning haqqoniyligiga mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Subsidiyalar loyihalar tashabbuskorlarining xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklarida ochilgan maxsus 22626 hisobvaraqlariga (tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari) o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Subsidiya oluvchining majburiyatlarining bajarilishi bo‘yicha monitoringini olib borish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yangi intensiv bog‘, uzumzor va issiqxona barpo qilish ishlari loyihalar tashabbuskorlari tomonidan subsidiya olingandan so‘ng 12 oydan oshmagan muddatda yakunlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Agentliklar tumanlar (shahar) hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, tumanlar qishloq xo‘jaligi bo‘lim boshliqlari, yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari boshliqlari bilan birgalikda ushbu Nizomning 18-bandida belgilangan muddat o‘tgach ikki oy ichida subsidiya ajratish to‘g‘risida shartnomalarda ko‘rsatilgan parametrlar bajarilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring yakunlari bo‘yicha loyihalar tashabbuskorlari bilan Agentliklar o‘rtasida imzolangan shartnomada ko‘rsatilgan parametrlar loyihalar tashabbuskorlari tomonidan bajarilgani yoki bajarilmagani to‘g‘risida dalolatnomalar rasmiylashtiriladi. Dalolatnomalar tuman (shahar) hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i, yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i va Agentliklar vakillari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agentliklar subsidiya ajratilgandan so‘ng 12 oy davomida subsidiya ajratish to‘g‘risida shartnoma shartlari loyihalar tashabbuskorlari tomonidan bajarilmagan taqdirda, ularga ajratilgan subsidiyalarni Agentlikka qaytarish haqida yozma xabarnoma yuboradi. Loyihalar tashabbuskorlari ushbu xabarnomalarni olgan kundan e’tiboran bir oy mobaynida olingan subsidiyalarni Agentliklarning tegishli maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga qaytarishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda loyihaning bajarilmagan qismiga teng bo‘lgan subsidiya summasi qaytarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Agentliklar, Suv xo‘jaligi vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Loyihalar tashabbuskorlarining suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarining bir qismini qoplash bo‘yicha budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan samarali foydalanilishi yuzasidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi intensiv bog‘, uzumzor va issiqxonalarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi subsidiyalari hisobidan loyihalarni moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Loyiha tashabbuskori

1. Subsidiya mablag‘larini olish uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligiga (keyingi o‘rinlarda Agentliklar deb ataladi) hujjatlarni yozma yoki belgilangan tartibda elektron shaklda taqdim qiladi.

Tashabbus ko‘rsatish tartibida

2-bosqich

Agentliklar

Loyihalar tashabbuskorlari tomonidan subsidiyalar olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlarning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini o‘rganib chiqadi va ularning subsidiyalar olish bo‘yicha ushbu Nizom talablariga muvofiq bo‘lgan hujjatlarini tegishliligicha Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi kengashi yoki Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar berish bo‘yicha Kengashiga (keyingi o‘rinlarda Kengashlar deb ataladi) navbatdagi yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish uchun kiritadi.

Uch ish kuni

3-bosqich

Kengashlar

Agentliklar tomonidan loyihalar tashabbuskorlarining subsidiyalar ajratish yuzasidan kiritilgan hujjatlarini (takliflarini) ko‘rib chiqadi va tegishli qarorlarni qabul qiladi, shuningdek, subsidiyalar ajratiladigan loyihalar tashabbuskorlarining manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlaydi.

Bir oy

4-bosqich

Agentliklar

Loyihalar tashabbuskorlarini Kengashlar tomonidan qabul qilingan qarorlar to‘g‘risida xabardor qiladi va Kengashlar tomonidan subsidiyani berish to‘g‘risida qabul qilingan qarorlar asosida loyihalar tashabbuskorlari bilan subsidiyalar ajratish to‘g‘risida tegishli shartnomalarni rasmiylashtiradi.

Uch ish kuni

5-bosqich

Agentliklar

Subsidiyalarni loyihalar tashabbuskorlariga ular tomonidan yangi intensiv bog‘, uzumzor va issiqxonalarda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish ishlari yakunlanib, tuman ishchi komissiyasi tomonidan tasdiqlangan dalolatnomalar taqdim etilgandan so‘ng ajratadi.

Subsidiya ajratish to‘g‘risida shartnoma shartlari bajarilgandan so‘ng subsidiya mablag‘larini loyiha tashabbuskorining tijorat bankida ochilgan maxsus 22626 hisobvarag‘iga o‘tkazadi.

Bir oy muddatda

6-bosqich

Loyihalar tashabbuskorlari

Subsidiyalardan qat’iy ravishda yangi intensiv bog‘, uzumzor va/yoki issiqxona xo‘jaliklarida suv tejovchi sug‘orish texnologiyasini joriy qilish va/yoki s�g‘orish quduqlarini burg‘ilash, shuningdek, nasos stansiyasini qurish uchun belgilangan maqsadlarda foydalanadi.

Shartnoma shartlariga muvofiq

7-bosqich

Agentliklar

Tumanlar (shahar) hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, tumanlar qishloq xo‘jaligi bo‘lim boshliqlari, yer resurslari va davlat kadastri bo‘li�lari boshliqlari bilan birgalikda 12 oy muddat o‘tgach ikki oy ichida subsidiya ajratish to‘g‘risida shartnomalarda ko‘rsatilgan parametrlar bajarilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.

belgilangan muddat o‘tgach ikki oy ichida

Monitoring yakunlari bo‘yicha loyihalar tashabbuskorlari bilan Agentliklar o‘rtasida imzolangan shartnomada ko‘rsatilgan parametrlar loyihalar tashabbuskorlari tomonidan bajarilgani yoki bajarilmagani to‘g‘risida dalolatnomalar rasmiylashtiriladi.

Subsidiya ajratish to‘g‘risida shartnoma shartlari loyihalar tashabbuskorlari tomonidan bajarilmagan taqdirda, ularga ajratilgan subsidiyalarni Agentlikka qaytarish haqida yozma xabarnoma yuboradi. Loyihalar tashabbuskorlari ushbu xabarnomalarni olgan kundan e’tiboran bir oy mobaynida olingan subsidiyalarni Agentliklarning tegishli maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga qaytarishi lozim.

yozma xabarnoma olgan kundan e’tiboran bir oy ichida

Jami 68 kun*

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* bunda loyiha tashabbuskorlari tomonidan suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish uchun ketadigan vaqt hisobga olinmagan.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi intensiv bog‘, uzumzor va issiqxonalarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga sarflangna xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Intensiv bog‘, uzumzor va issiqxona tashkil etish loyihasi to‘g‘risida

MA’LUMOT‎‎

1. Loyiha tashabbuskori ___________________________
2. Yangi intensiv bog‘, uzumzor va issiqxonaning umumiy maydoni ___ ga.
‎‎3. Tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etiladigan maydon ______ ga.
‎‎4. Loyiha amalga oshirilayotgan joyning manzili ___________________.
‎‎5. Mevali daraxt (uzum yoki issiqxonada parvarishlanadigan mahsulot) turi va navi, ko‘chat soni, ekish sxemasi rejasi, ekin maydoni __________ga.
6. Loyihani amalga oshirish muddati _________ .‎‎
‎‎7. Yaratiladigan ish o‘rni ___ kishi.
‎‎8. Loyihaning umumiy qiymati - ____________ mln so‘m yoki _____ AQSh dollari, shundan:

T/r‎‏ ‎‏

‎‎‏Amalga oshiriladigan ishlar‎‎

‎Loyihaning umumiy qiymati, mln so‘m ‎‏

Moliyalashtirish manbalari, mln so‘m‎‎ ‎‎

loyiha tashabbuskor-larining mablag‘lari‎‎‎‎

Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi yoki Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi subsidiyalari ‎‎

tijorat banklari kreditlari, boshqa manbalar hisobiga‎‎

1.‎

Agrotexnik tadbirlar (er haydash, chizellash, yerni tekislash va boshqa ishlar) ‎‎ ‎‎ ‎‎

2.‎

Tuproqqa mineral o‘g‘itlar va boshqa kimyoviy moddalar bilan ishlov berish ‎‎ ‎‎

3.‎

Mevali daraxt (yoki ko‘chat, uzum) nihollarini xarid qilish va ularni ekish‎‎ ‎‎ ‎‎

4.

Suv chiqarish uchun quduqlar va nasos stansiyasi qurish‎‎ ‎‎ ‎‎

5.‎

Tomchilab sug‘orish tizimini joriy qilish‎‎ ‎‎ ‎‎

6.‎

Boshqa xarajatlar ‎‎ ‎‎ ‎‎

JAMI:‎‎

‎‎Keltirilgan ma’lumotlar ishonchli bo‘lib, biz intensiv bog‘, uzumzor (va/yoki issiqxonani) tashkil etish bo‘yicha loyiha to‘liq hajmda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishiga kafolat beramiz.
‎‎Tashkilot rahbari _________________________ ‎‎_____________

‎‎(F.I.O.)

‎‎(imzo)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Loyihalarni moliyalashtirishning aniq manbalari ko‘rsatilmagan loyihalar ko‘rib chiqilmaydi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-fevraldagi 98-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga ko‘maklashish bo‘yicha tumanlar ishchi komissiyalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman hokimi, tuman ishchi komissiyasi rahbari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, tuman ishchi komissiyasi rahbarining o‘rinbosari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining tuman bo‘limi boshlig‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘lim boshlig‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i, tuman ishchi komissiyasining ishchi organi rahbari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman moliya bo‘limi boshlig‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘lim boshlig‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘lim boshlig‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman elektr ta’minoti korxonasi direktori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari hududiy kengash raisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bank rahbari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, “______” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining tuman uchastkasi boshlig‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, “______” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi meliorativ ekspeditsiyaning tuman uchastkasi boshlig‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xizmat ko‘rsatuvchi suv iste’molchilari uyushmasi rahbari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-fevraldagi 98-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 481-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 6-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“bir gektar ekin maydoniga tomchilatib sug‘orish texnologiyacini joriy etish uchun 8 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 7-banddan ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 10, 15 — 24-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-fevraldagi 98-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 6-fevraldagi 103-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 12-iyuldagi 575-son qaroriga 7-ilovaning 24-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish asosidagi suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga ketgan xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 12-avgustdagi 664-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 8-son, 181-modda).
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2020-y., 09/20/98/0191-son, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son, 07.10.2020-y., 07/20/4850/1358-son; 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son, 16.12.2020-y., 09/20/787/1631-son)