Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2023 27.12.2018 yildagi PQ-4087-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta xomashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-apreldagi PQ-107-sonli “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘nggi yillarda mamlakatimizda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008 — 2017-yillar mobaynida Davlat budjetidan 2 172,8 km irrigatsiya tizimlari, 368,8 km lotokli sug‘orish tarmoqlari, 347 dona gidrotexnik inshootlar, shuningdek, 83,7 kub m/sek umumiy suv uzatish hajmiga ega bo‘lgan nasos stansiyalari, umumiy hajmi 1 581,3 mln kub/m bo‘lgan suv omborlari va boshqa obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun 3,2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi, buning natijasida 1,7 mln gektardan ortiq sug‘oriladigan maydonlarning suv ta’minotini yaxshilashga erishildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, ushbu davr ichida melioratsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlariga 2,5 trln so‘m ajratilib, 2,5 mln gektar sug‘oriladigan maydonlarning meliorativ holati yaxshilanishiga, yer osti suvlarining barqarorligi ta’minlanishiga va me’yorda ushlab turilishiga erishildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ishlarning haqiqiy holati tahlili qishloq xo‘jaligida, ayniqsa, paxta xomashyosini yetishtirishda ilmiy asoslangan agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish va sug‘orishning suvni tejaydigan texnologiyalarini joriy etishda jiddiy qoloqliklarga yo‘l qo‘yilayotganligidan dalolat bermoqda, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, mazkur texnologiyalarni qo‘llayotgan paxta xomashyosining ishlab chiqaruvchilarini, shuningdek, tomchilatib sug‘orish tizimlari va ushbu tizimlarni butlovchi qismlar bilan ta’minlovchi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlari mavjud emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, yuqori hosildorlikka, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga erishishni ta’minlaydigan, respublikaning tuproq-iqlim va boshqa sharoitlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilishning ilmiy asoslangan agrotexnika qoidalari mavjud emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, zamonaviy tomchilatib sug‘orish tizimlari va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarish, loyihalash va qurish, paxta xomashyosini yetishtirishda mahsulot sifatini nazorat qilish masalalari e’tibordan chetda qolmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchidan, tomchilatib sug‘orish tizimidan foydalangan holda yetishtirishga mo‘ljallangan navlarni yaratish maqsadida qishloq xo‘jaligi ekinlarining, ayniqsa g‘o‘zaning mahalliy navlari seleksiyasi sohasida ilmiy izlanishlarni jadallashtirishga kuchli zarurat mavjud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnikasi, mashina va mexanizmlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, sug‘orishning suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish va ilmiy asoslangan agrotexnika qoidalarini, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajriba va nou-xaularni amaliyotga joriy qilish bo‘yicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimlari zamonaviy talablarga javob bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv resurslaridan oqilona va tejamli foydalanish, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, qishloq xo‘jaligi ekinlarining, ayniqsa g‘o‘za hosildorligini oshirish, shu asosda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar g‘o‘za yetishtirishda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilishni yanada kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g‘o‘za yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirayotgan paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning ta’sirchan tizimini joriy etish, tomchilatib sug‘orish tizimlari va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish, tomchilatib sug‘orish yo‘li bilan g‘o‘za yetishtirish sohasidagi innovatsion g‘oyalar, ilmiy-tadqiqot ishlanmalari, zamonaviy texnologiyalar va ilmiy yutuqlarni keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududlarining tuproq-iqlim va boshqa sharoitlarini hisobga olgan holda tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini qo‘llash uchun ilmiy-amaliy va uslubiy asoslarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini qo‘llagan holda paxta yetishtirishda foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi texnikasi, mashina va mexanizmlarni, shuningdek, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘orishning suvni tejaydigan texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish bo‘yicha mutaxassis kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2018-yilda “Ishtixon Nurli Davr” (Ishtixon tumani) va “Maroqand Klaster” (Narpay tumani) fermer xo‘jaliklari hamda “PengSheng” o‘zbek-xitoy qo‘shma korxonasi (Sirdaryo tumani) tomonidan 200 gektardan ortiq maydonda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilgan bo‘lib, bu usul ushbu maydonlarda suvni ikki barobar tejash bilan birga, har gektardan 40 — 45 sentnergacha, respublika bo‘yicha o‘rtacha hosildorlikdan 1,5 — 1,7-marta yuqori ko‘rsatkichga erishish imkonini berganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilgan paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, tomchilatib sug‘orish tizimlari va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning shunday tartibi belgilansinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-oktabrdagi PQ-4499-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2019-y., 07/19/4499/3960-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-oktabrdagi PQ-4499-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2019-y., 07/19/4499/3960-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-oktabrdagi PQ-4499-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2019-y., 07/19/4499/3960-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) paxta xomashyosining mahalliy ishlab chiqaruvchilari, shuningdek tomchilatib sug‘orish tizimi ishlab chiqaruvchilari tomonidan olib kiriladigan, tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish uchun zarur bo‘lgan butlovchi qismlar va xomashyo 2021-yilning 1-yanvariga qadar 1-ilovadagi ro‘yxatga muvofiq bojxona bojini to‘lashdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga ko‘maklashuvchi ishchi guruhlarni (keyingi o‘rinlarda — ishchi guruhlar) 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ishchi guruhlarning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni tejaydigan sug‘orish tizimlarini jadal va to‘liq joriy etishda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga huquqiy va tashkiliy-texnik yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etadigan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga servis tashkilotlari hamda suvni tejaydigan sug‘orish tizimlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan sifatli servis xizmat ko‘rsatilishini tashkil etishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga, shu jumladan suvni tejaydigan sug‘orish tizimlarini qurish bo‘yicha namunaviy loyihalarni taqdim etish orqali sug‘orishning suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish uslublarini o‘zlashtirishda amaliy yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga suvni tejaydigan sug‘orish tizimlarini joriy etish uchun kredit olishda amaliy ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni tejaydigan sug‘orish tizimlarining joriy qilinishini va undan foydalanish samaradorligini, jumladan, sug‘orish suvi, mineral o‘g‘itlar va boshqa moddiy-texnik resurslarni ishlatish hajmlarini qisqartirish ko‘rsatkichlarining tizimli monitoring qilinishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har oyda ma’lumot taqdim etib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi) hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Muvofiqlashtiruvchining ishchi organi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari ishchi guruhlarning ishchi organlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, ishchi guruhlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-sentabrdagi “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3939-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha hududiy guruhlar bilan yaqin hamkorlikda faoliyat yuritadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-oktabrdagi PQ-4499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2019-y., 07/19/4499/3960-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2019-2020-yillarda paxta xomashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Muvofiqlashtiruvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir hafta muddatda ishchi guruhlar tarkibini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bilan bog‘liq tashkiliy-texnik masalalarni hal etishda har tomonlama yordam ko‘rsatish bo‘yicha vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimiyat organlarining muvofiqlashtirilgan holda faoliyat yuritishini ta’minlasin;
(6-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-oktabrdagi PQ-4499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2019-y., 07/19/4499/3960-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ishchi guruhlar rahbarlarining hisobotlarini har oyda eshitib borilishini ta’minlasin;
(6-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-oktabrdagi PQ-4499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2019-y., 07/19/4499/3960-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi axborotni har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etib borsin;
(6-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-oktabrdagi PQ-4499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2019-y., 07/19/4499/3960-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 2019-yil 1-noyabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorda nazarda tutilgan tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etishni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini qishloq xo‘jaligi ekinlarining boshqa turlarini ishlab chiqaruvchilarga ham tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil va kelgusi yillarda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish tavsiya etiladigan maydonlar, shuningdek, ularning aniq ro‘yxati bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilarining tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilda paxta xomashyosini ishlab chiqaruvchilarning tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bilan bog‘liq, shuningdek, tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foizlarini qoplash xarajatlari uchun 120 mlrd. so‘m ajratilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilarining tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda 2019-2020-yillarda mazkur qarorda nazarda tutilgan shartlarda paxta xomashyosi ishlab chiqarishda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish istagini bildirgan paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilarining aniq ro‘yxatini shakllantirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qashqadaryo viloyati hokimligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ va “O‘zkimyosanoat” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda “Oltin Yo‘l GTL” qo‘shma korxonasi va “Sho‘rtan GKK” MChJ tomonidan ishlab chiqariladigan polimer xomashyosi bazasida tomchilatib sug‘orish tizimlarini (trubalar, shlanglar, fitinglar, suv saqlash sig‘imlari, suv yetkazib berish uskunalari va boshqalar) ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud quvvatlarni tahlil qilish asosida iqtisodiy samaradorlikdan kelib chiqib, Qashqadaryo viloyatida tomchilatib sug‘orish tizimlari va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi yangi korxona tashkil etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga aniq takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Suv xo‘jaligi vazirligi mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim yo‘nalishlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarning tegishli amaliyot davrida suvni tejaydigan tizimlarni qurish va foydalanish jarayoni bilan bevosita tanishtirib borishni nazarda tutuvchi sug‘orishda suvni tejaydigan texnologiyalarni chuqur o‘rganishlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professor-o‘qituvchilar tarkibining yetakchi mahalliy hamda chet el ta’lim va ilmiy-tadqiqot institutlarida sug‘orishda suvni tejaydigan texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha stajirovka o‘tashini tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2019-yil 1-martga qadar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini joylarga chiqqan holda qisqa muddatli kurslar shaklida sug‘orishning suvni tejaydigan tizimlaridan foydalanishga o‘qitish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Suv xo‘jaligi vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda mahalliy va jahon ilm-fani va amaliyotining eng yaxshi yutuqlaridan samarali foydalangan holda 2019-2020-yillarda tomchilatib sug‘orish uchun moslashtirilgan ildiz tizimiga ega paxta navlarini yetishtirish agrotexnologiyasini yaratish sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga — hududlarning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda, tomchilatib sug‘orish tizimlarini qurish bo‘yicha namunaviy loyihalarni ishlab chiqish, shuningdek, tomchilatib sug‘orish tizimlarini qurish va servis xizmat ko‘rsatish bo‘yicha pudrat guruhlari tashkil etilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri B.T. Yusupov zimmasiga — hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, tomchilatib sug‘orish tizimlaridan foydalangan holda paxta xomashyosini ishlab chiqarish va mashinalar yordamida yig‘ib olish texnologik xaritalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari zimmasiga — xolislik va shaffoflik tamoyillariga asoslangan holda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning samaradorligi yuzasidan javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligiga ushbu qarorning mazmun-mohiyatini, shuningdek, 2019-yilda paxta xomashyosini ishlab chiqarishda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish jarayoni va natijalarini keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Suv xo‘jaligi vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 27-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4087-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-dekabrdagi PQ-4087-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilning 1-yanvariga qadar bojxona bojlarini to‘lashdan ozod etiladigan ayrim turdagi butlovchi qismlar va xomashyolar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tovarlar nomi

TIF TN kodi

1.

Tomchilatib sug‘orish tizimi uchun quvur va shlanglar ishlab chiqarish uchun pigment va preparatlar

3206 19 000 0

2.

Tomchilatib sug‘orish tizimi uchun PVX quvurlar

3917 23 900 0

3.

Sug‘orish uchun tomchilatish trubkasi, tomchilatib sug‘orish tizimi uchun egiluvchan quvurlar

3917 32 000 9

4.

Tomchilatib sug‘orish tizimini ulash uchun furnitura va fitinglar

3917 40 000 0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-dekabrdagi PQ-4087-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga ko‘maklashuvchi ishchi guruhlarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat hokimi, ishchi guruh rahbari

2.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, ishchi guruh rahbarining o‘rinbosari

3.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmasi boshlig‘i

4.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i

5.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i

6.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi moliya vaziri, viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i

7.

Yer resurslari va davlat kadastri hududiy boshqarma boshlig‘i

8.

Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi direktori

9.

“O‘zkimyosanoat” AJ vakili

10.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi vakili

11.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari hududiy kengashi vakili

12.

Viloyat “Agrobank” ATB boshqaruvchisi

13.

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining hududiy “Agropilla” MChJ rahbari

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-yanvardagi PQ-4567-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2020-y., 07/20/4567/0063-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-dekabrdagi PQ-4087 qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-2020-yillarda paxta xomashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yo‘l xaritasi”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Loyiha nomi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi

Vazirlik va idoralar

1.

Xalqaro moliyaviy institutlarning kredit va grant mablag‘larini quyidagilar uchun jalb qilish:

sug‘orishning suvni tejaydigan texnologiyalarini joriy qilishda, shu jumladan tomchilatib sug‘orish texnologiyasi asosida paxta yetishtirish uchun texnologik uskunalar, maxsus qishloq xo‘jaligi texnikalari, mashina va mexanizmlarini xarid qilish;

mahalliy va xorijiy ilmiy-tadqiqot muassa�alari, xalqaro konsultantlarni jalb qilgan holda paxta xomashyosini ishlab chiqaruvchi tashkilot rahbarlari va mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish ishlarini tashkillashtirish.

T. Butunbayev — Prezident Administratsiyasidan

Sh. Abidov — Vazirlar Mahkamasidan

Davlat investitsiya qo‘mitasi

(S. Xolmuradov),

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi

(Sh. Shoaxmedov),

Suv xo‘jaligi vazirligi
(Sh. Xamrayev),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(B. Yusupov)

2019-2020-yy.

2019-2020-yy.

2.

2020-yil rivojlanish Davlat dasturi doirasida tasdiqlash uchun plastik quvurlar, tomchilatgichlar, fitinglar, suv tozalagichlar va nasos agregatlari hamda boshqa butlovchi buyumlarni ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalarini ishlab chiqish.

01.06.2019-y.

T. Butunbayev — Prezident Administratsiyasidan

Sh. Abidov, R. Gulyamov, I. Maxkamov, M. Rasulov — Vazirlar Mahkamasidan

Davlat investitsiya qo‘mitasi

(S. Xolmuradov),

Iqtisodiyot vazirligi
(B. Xodjayev),

Suv xo‘jaligi vazirligi
(Sh. Xamrayev),

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi

(Sh. Shoaxmedov)

3.

Sug‘orishning suvni tejaydigan texnologiyalari asosida paxta xomashyosini ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan takomillashtirilgan qishloq xo‘jaligi texnikalari, mashina va mexanizmlar, shuningdek, paxta terish mashinalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.

2019-2020-yy.

T. Butunbayev — Prezident Administratsiyasidan

Z. Saidov,

M. Rasulov, — Vazirlar Mahkamasidan

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ

(M. Karimov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(B. Yusupov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev)

4.

Sug‘orishning suvni tejaydigan texnologiyalarini qo‘llagan holda paxta xomashyosini ishlab chiqarishda foydalaniladigan suvda eruvchan mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni tashkil qilish.

2019-2020-yy.

T. Butunbayev — Prezident Administratsiyasidan

B. Sidikov,

M. Rasulov — Vazirlar Mahkamasidan

“O‘zkimyosanoat” AJ
(A. Abdullayev),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(B. Yusupov)

5.

Tomchilatib sug‘orish tizimlarini qurish bo‘yicha namunaviy loyihalarni ishlab chiqish.

Namunaviy loyihalar asosida tomchilatib sug‘orish tizimini qurish uchun shaxsiy loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha amaliy seminarlar tashkil etish.

01.03.2019-y.

grafik bo‘yicha

T. Butunbayev — Prezident Administratsiyasidan

Sh. Abidov,

M. Rasulov — Vazirlar Mahkamasidan

Suv xo‘jaligi vazirligi
(Sh. Xamrayev),

Qurilish vazirligi

(A. Tuxtayev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev)

6.

Fundamental, amaliy hamda innovatsion tadqiqotlarning davlat ilmiy-texnik dasturlarini shakllantirishda mamlakat hududlarining tuproq-iqlim sharoitini inobatga olgan holda, sug‘orishning suvni tejaydigan texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha innovatsion g‘oyalar va zamonaviy texnologiyalar ishlab chiqilishini nazarda tutuvchi ilmiy loyihalarni kiritish.

har yili belgilangan muddatlarda

T. Butunbayev — Prezident Administratsiyasidan

Sh. Abidov,

M. Rasulov — Vazirlar Mahkamasidan

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Majidov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(B. Yusupov),

Suv xo‘jaligi vazirligi
(Sh. Xamrayev)

7.

Hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, tomchilatib sug‘orish tizimini qo‘llab yetishtiriladigan paxta xomashyosini ishlab chiqarish va mashina yordamida terib olishning texnologik xaritasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

01.03.2019-y.

T. Butunbayev — Prezident Administratsiyasidan

M. Rasulov,

R. Gulyamov — Vazirlar Mahkamasidan

Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(B. Yusupov),

Moliya vazirligi
(A. Xaydarov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ

(M. Karimov)

8.

Quyidagi ixtisoslashgan:

suv xo‘jaligi va boshqa qurilish tashkilotlari, shuningdek, tomchilatib sug‘orish tizimlarining butlovchi buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tarkibida tomchilatib sug‘orish tizimini qurish bo‘yicha pudrat guruhlarini;

tomchilatib sug‘orish tizimlariga servis xizmatlarini ko‘rsatuvchi guruhlarni tashkil etish.

01.04.2019-y.

01.05.2019-y.

T. Butunbayev — Prezident Administratsiyasidan

Sh. Abidov,

M. Rasulov — Vazirlar Mahkamasidan

Suv xo‘jaligi vazirligi
(Sh. Xamrayev),

Qurilish vazirligi

(A. Tuxtayev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

9.

Tomchilatib sug‘orish tizimlari va ularning butlovchi buyumlarini ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar tomonidan sifat menejmenti tizimini joriy etishda belgilangan tartibda amaliy yordam ko‘rsatish.

doimiy

T. Butunbayev — Prezident Administratsiyasidan

Z. Saidov,

R. Gulyamov,

M. Rasulov — Vazirlar Mahkamasidan

“O‘zstandart” agentligi

(D. Sattarov),

Suv xo‘jaligi vazirligi
(Sh. Xamrayev),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(B. Yusupov)

10.

Tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish bo‘yicha ishchi loyihalarni davlat ekspertizasidan o‘tkazishni ta’minlash.

ekspertizaga berilgandan so‘ng ikki hafta muddatda

T. Butunbayev — Prezident Administratsiyasidan

I. Maxkamov — Vazirlar Mahkamasidan

Qurilish vazirligi
(A. Tuxtayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

11.

Tomchilatib sug‘orish texnologiyasi asosida paxta xomashyosini ishlab chiqaruvchilarni paxtani yetishtirish davrida belgilangan tartibda kafolatli va uzluksiz suv bilan bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

sug‘orish davrida

T. Butunbayev — Prezident Administratsiyasidan

M. Rasulov — Vazirlar Mahkamasidan

Suv xo‘jaligi vazirligi
(Sh. Xamrayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

12.

Tomchilatib sug‘orish texnologiyasi asosida paxta xomashyosini ishlab chiqaruvchilarni paxtani yetishtirish davrida belgilangan tartibda kafolatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

sug‘orish davrida

T. Butunbayev — Prezident Administratsiyasidan

B. Sidikov — Vazirlar Mahkamasidan

“O‘zbekenergo” AJ (R. Raimov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

13.

Tomchilatib sug‘orish texnologiyasiga moslashtirilgan ildiz tizimli g‘o‘za navlarini yetishtirish agrotexnologiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish.

2019-2020-yy.

T. Butunbayev — Prezident Administratsiyasidan

Sh. Abidov,

M. Rasulov — Vazirlar Mahkamasidan

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Suv xo‘jaligi vazirligi
(Sh. Xamrayev),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(B. Yusupov)

14.

Batafsil tahlil va ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarining tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, sug‘orishning suvni tejaydigan texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

15.11.2019-y.

T. Butunbayev — Prezident Administratsiyasidan

M. Rasulov,

Sh. Abidov — Vazirlar Mahkamasidan

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Suv xo‘jaligi vazirligi
(Sh. Xamrayev),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(B. Yusupov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (K. Sariyev),

Xorazm viloyat hokimligi
(F. Ermanov)

15.

Ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlarining tegishli bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida:

sug‘orishning suvni tejaydigan texnologiyalaridan foydalanishni chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitishni;

sug‘orishning suvni tejaydigan tizimlarini qurish va ulardan foydalanish jarayoni bilan talabalarni bevosita tanishtirishni nazarda tutuvchi malakaviy amaliyotlarni tashkillashtirish.

Yetakchi mahalliy va xorijiy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot institutlarida ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilar tarkibi uchun sug‘orishda suvni tejaydigan texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha stajirovka o‘tkazish.

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab

T. Butunbayev — Prezident Administratsiyasidan

K. Rizayev,

Sh. Abidov,

M. Rasulov — Vazirlar Mahkamasidan

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Suv xo‘jaligi vazirligi
(Sh. Xamrayev),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(B. Yusupov)

16.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini sug‘orishning suvni tejaydigan tizimlaridan foydalanish bo‘yicha joylarga chiqqan holda qisqa muddatli kurslar shaklida o‘qitish dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

01.03.2019-y.

T. Butunbayev — Prezident Administratsiyasidan

K. Rizayev,

Sh. Abidov,

M. Rasulov — Vazirlar Mahkamasidan

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Suv xo‘jaligi vazirligi
(Sh. Xamrayev),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(B. Yusupov)

17.

Quyidagilarni ta’minlash:

2019-yilda paxta xomashyosini yetishtirishda sug‘orishning suvni tejaydigan texnologiyalarini joriy etish natijalarini batafsil tahlil qilish;

kelgusi yillarda ushbu texnologiyalarni joriy etishni kengaytirish bo‘yicha asoslangan takliflarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

01.11.2019-y.

T. Butunbayev — Prezident Administratsiyasidan

M. Rasulov,

R. Gulyamov,

Sh. Abidov — Vazirlar Mahkamasidan

Suv xo‘jaligi vazirligi
(Sh. Xamrayev),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(B. Yusupov),

Moliya vazirligi (D. Kuchkarov),

Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 07/18/4087/2386-son, 26.10.2019-y., 07/19/4499/3960-son; 18.01.2020-y., 07/20/4567/0063-son)