25.10.2019 yildagi PQ-4499-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda suv resurslaridan foydalanish mexanizmlarini tubdan isloh qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, shuningdek, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari 2019-yilning o‘zida qo‘shimcha 33,2 ming gektarda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari joriy etilishini ta’minlash imkonini berdi, bu esa shu kabi texnologiyalar qo‘llanilayotgan yerlar umumiy maydonining 44 foizini tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari qo‘llanilayotgan umumiy maydon atigi 75 ming gektarni yoki umumiy sug‘oriladigan yer maydonlarining 1,7 foizini tashkil etayotganligi qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalardan foydalanishni kengaytirishga va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada faollashtirish zaruratini taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligida suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etishni rag‘batlantirish mexanizmlarini yanada kengaytirish va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi yerlari hosildorligi darajasini yaxshilash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5742-son Farmoniga muvofiq 2019 — 2022-yillar davomida 253 381 gektar ekin maydonida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishning prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 27-dekabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4087-son qaroriga muvofiq paxta xom ashyosi ishlab chiqaruvchilariga tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish uchun paxta xom ashyosi ekiladigan maydonning har bir gektari uchun 8 mln so‘m miqdorida subsidiyalar taqdim etilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 5-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4161-son qaroriga muvofiq yangi uzum plantatsiyalarini yaratish maqsadida tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishga uzum ekiladigan maydonning har bir gektari uchun 8 mln so‘m miqdorida subsidiyalar taqdim etilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 20-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4246-son qaroriga muvofiq yangi bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklarini yaratish maqsadida suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishga ekin maydonining har bir gektari uchun 6 mln so‘mdan oshmagan miqdorda subsidiyalar taqdim etilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2020-yilda 43 825 gektarda, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24 859 gektar — paxta ekin maydonlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11 498 gektar — mevali ekin maydonlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4 987 gektar — uzumzorlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 481 gektar — boshqa ekin maydonlarida suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tasdiqlangan prognoz ko‘rsatkichlarining samarali bajarilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2020-yil 1-yanvardan suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi tartibi belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-dekabrdagi PQ-4919-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2020-y., 07/20/4919/1616-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablag‘larini oluvchilar bilan tuziladigan import shartnomalarini majburiy ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish talabi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ishlar doirasida tuziladigan import shartnomalariga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-dekabrdagi PQ-4919-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2020-y., 07/20/4919/1616-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-dekabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4087-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga ko‘maklashuvchi ishchi guruhlarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini ishlab chiqarishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarining barcha turlarini joriy etish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari joriy etilishini ta’minlash uchun suv yetkazib berish nasos stansiyalari va nasos agregatlari yordamida, shu jumladan sug‘orish quduqlari va vertikal drenaj quduqlaridan amalga oshiriladigan ekin maydonlari ustuvor hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2020-yil 1-yanvardan hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibi bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2022-yil 1-yanvardan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirish uchun nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qilgan elektr energiyasi qiymatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar hisobiga qoplash tartibi faqat suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan suv xo‘jaligi tashkilotlarining sug‘orish quduqlari va vertikal drenaj quduqlaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun foydalanishga suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini qo‘llash sharti bilan ruxsat etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mazkur qarorga asosan joriy etilayotgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari o‘rmon xo‘jaliklari va o‘rmon fondi yerlari ijarachilariga ham to‘liq tatbiq etiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2020-y., 07/20/4850/1358-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019-yil 20-noyabrga qadar hududlar va ekin maydonlarini ko‘rsatgan holda qishloq xo‘jaligi ekinlari va suv tejovchi sug‘orish tizimlari turlari kesimida 2020-yil uchun suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish manzilli dasturi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Suv xo‘jaligi vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda o‘n kun muddatda mazkur qarorga muvofiq qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash tartibini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv tejovchi sug‘orish tizimlarining butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish sohasida sanoat tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro kooperatsiyani kengaytirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni o‘rgansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv tejovchi sug‘orish tizimlarining mahalliylashtirilishi lozim bo‘lgan butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlarining aniq ro‘yxatini mavjud xom ashyo resurslarini inobatga olgan holda shakllantirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2022-yillarda suv tejovchi sug‘orish tizimlari hamda ularning butlovchi buyumlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va uning quvvatlarni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining Isroil Davlati, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi, Turkiya Respublikasidagi elchixonalari va mamlakatning xorijdagi boshqa diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etishni kengaytirishda, shuningdek, mamlakat hududlarida suv tejovchi sug‘orish tizimlari hamda ularning butlovchi buyumlarini ishlab chiqarishni tashkil etish uchun chet el investorlarini jalb qilishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga ko‘maklashishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-iyunga qadar ushbu band ijrosi doirasida ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida har oy O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvarga qadar suv xo‘jaligi nasos stansiyalarida Elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga mos keluvchi o‘lchov asboblari joriy etilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi olimlar va ekspertlarni jalb qilgan holda 2019-yilda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish samaradorligi yuzasidan har tomonlama o‘rganish va tahlil o‘tkazsin, ularning natijalari asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 15-dekabrga qadar suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish natijalari va ushbu yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-fevralga qadar hududlar, sug‘oriladigan dalalar va qishloq xo‘jaligi ekinlari hamda ularning navlari xususiyatlaridan kelib chiqib, suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish va qo‘llash bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni, shuningdek, ulardan foydalanish samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2020 — 2030-yillarda suv xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqishda quyidagilarni nazarda tutsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021 — 2025-yillarda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishning asosiy yo‘nalishlari va ustuvor hududlari, shuningdek, 2030-yilgacha maqsadli mo‘ljallarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan maydonlar o‘lchamini inobatga olgan holda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini bosqichma-bosqich oshirish hamda nasos stansiyalarini boshqarishni maqbullashtirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish tadbirlarini xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning grantlari hamda uzoq muddatli imtiyozli kreditlarini jalb qilish hisobidan moliyalashtirish tartibiga o‘tish va xarajatlarining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplash mexanizmlarini joriy etishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilishni bosqichma-bosqich yirik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga, shu jumladan qishloq xo‘jaligi klasterlariga berishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda 2020-yil 1-yanvarga qadar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, ulardan foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qisqa muddatli sayyor o‘qitish kurslarini o‘tkazishni nazarda tutuvchi reja-grafik va o‘quv dasturini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-fevralga qadar mazkur qarorning ijro etilishi holati va natijalari tahlili asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishning suv tejovchi texnologiyalarini joriy etish prognoz ko‘rsatkichlarini oshirish, shuningdek, ushbu tadbirlarni moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-iyulga qadar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan suv xo‘jaligi tashkilotlarining sug‘orish quduqlari va vertikal drenaj quduqlaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun foydalanish tartibini suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini majburiy tartibda qo‘llash bo‘yicha talab kiritilishini inobatga olgan holda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-apreldagi PQ-107-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 07/23/107/0184-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston milliy axborot agentligiga ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning mazmun-mohiyati va vazifalari, shuningdek, joylarda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish jarayonlari hamda natijalarini keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 25-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4499-son
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-dekabrdagi PQ-4919-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2020-y., 07/20/4919/1616-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-apreldagi PQ-107-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 07/23/107/0184-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2019-y., 07/19/4499/3960-son; 07.10.2020-y., 07/20/4850/1358-son; 12.12.2020-y., 07/20/4919/1616-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 03.04.2023-y., 07/23/107/0184-son)