1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-fevraldagi 98-sonli “Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarining bir qismini qoplab berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xomashyosini yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 27-dekabrdagi PQ-4087-son qarori ijrosini taʼminlash, suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirishda, ayniqsa paxta yetishtirishda suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish orqali ularning hosildorligini yanada oshirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda har yili 1-aprelga qadar kelgusi yilda paxta xomashyosi yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish boʻyicha aniq roʻyxatni shakllantirib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan paxta xomashyosi yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish parametrlariga asosan tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun zarur mablagʻlarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilda — hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mablagʻlari hisobidan ajratib bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusi yillarda — subsidiya ajratish uchun budjet parametrlarini shakllantirishda koʻzda tutib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019-yilda tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish tajribasi yakunlarini oʻrganib chiqib zarur hollarda 2020-yil 1-aprelga qadar paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplash tartibini takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev va Qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 6-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 103-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarning umumiy summasidan qatʼi nazar, paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sugʻorish tizimi joriy etilgan maydonning har bir gektari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan bir martalik 8 mln. soʻm subsidiya ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplashga, shu jumladan ushbu maqsadga jalb etilgan kredit boʻyicha qarzdorliklarini qoplashga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning murojaatlarini oʻrganib har yili 1-aprelga qadar kelgusi yilda paxta xomashyosi yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish boʻyicha aniq roʻyxatni shakllantirib kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kalendar yilning 1-mayiga qadar kelgusi yilda tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish parametrlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar kesimida tasdiqlaydi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi xamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga ijro uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi yil budjet parametrlarini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan paxta xomashyosi yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish parametrlariga asosan tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratishni koʻzda tutib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun Davlat budjetidan subsidiya oluvchi paxta xomashyosi yetishtiruvchilar roʻyxatini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Har bir tumanda tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish boʻyicha yakunlangan ishlarni foydalanishga qabul qilish uchun tuman hokimining tegishli qarori bilan quyidagi tarkibda qabul komissiyasi tuziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — komissiya raisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman Qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi — komissiya raisining oʻrinbosari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman Moliya boʻlim boshligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman Suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman Elektr tarmoqlari boʻlimi boshligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining tuman uchastkasi boshligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi meliorativ ekspeditsiya tuman uchastkasi boshligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatuvchi suv isteʼmolchilari uyushmasi rahbari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish boʻyicha pudrat tashkiloti rahbari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilgan paxta xomashyosini yetishtiruvchi tashkilot rahbari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda qabul komissiya talabiga koʻra boshqa ekspertlar jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga subsidiya oluvchi paxta xomashyosi yetishtiruvchilari roʻyxatiga kirish uchun paxta xomashyosi yetishtiruvchilar Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etishga koʻmaklashuvchi ishchi guruhning (keyingi oʻrinlarda ishchi guruh deb ataladi) ishchi organiga — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi yoki viloyat Qishloq xoʻjaligi boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb ataladi) quyidagi hujjatlarni oʻrnatilgan tartibda taqdim qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish boʻyicha loyiha va “Biznes-reja”ning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish boʻyicha tijorat banki bilan tuzilgan kredit shartnomasi hamda kredit ajratilganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomchilatib sugʻorish texnologiyasining butlovchi qismlarini xarid qilish va qurish boʻyicha pudrat tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarning nusxasi (agar tomchilatib sugʻorish texnologiyasini paxta xomashyosi yetishtiruvchi oʻz imkoniyatlari bilan qurgan boʻlsa boshqa tegishli hujjatlar taqdim etiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish boʻyicha yakunlangan ishlarni foydalanishga qabul qilish komissiyasining dalolatnomasi nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ishchi organ 1 kun muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosi yetishtiruvchilarni mazkur Nizom 4-bandiga muvofiq shakllantiriladigan roʻyxatda bor yoki yoʻqligini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosi yetishtiruvchilar mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq shakllantirilgan roʻyxatda bor boʻlgan taqdirda, ular tomonidan taqdim qilingan barcha hujjatlarni birma-bir koʻrib chiqib qabul qilib oladi va alohida daftarda qayd qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim qilingan hujjatlar toʻplamida tegishli maʼlumotlar yetishmagan taqdirda ularni toʻliq holda taqdim qilish uchun paxta xomashyosi yetishtiruvchilarga qaytarib beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish boʻyicha tegishli hujjatlar toʻplamini toʻliq taqdim etgan paxta xomashyosi yetishtiruvchilar boʻyicha ishchi guruh rahbariga axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ishchi guruh rahbari tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilgan paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning murojaati asosida ishchi guruh aʼzolari tomonidan paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning yer maydonlarida joriy etilgan tomchilatib sugʻorish texnologiyasini uch kun muddatda joyida oʻrganib chiqilishini va mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda tegishli xulosa tayyorlanishini tashkil etadi va xulosani tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish yakuni boʻyicha ishchi guruhning ijobiy xulosasini olgan hamda tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun subsidiya olishga daʼvogar paxta xomashyosi yetishtiruvchilar roʻyxati xar oʻn kunda ishchi organ tomonidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ishchi organ tomonidan shakllantirilgan tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya olishga daʼvogar paxta xomashyosi yetishtiruvchilar roʻyxati ishchi guruh rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh rahbari tomonidan tasdiqlangan subsidiya olishga daʼvogar paxta xomashyosi yetishtiruvchilar roʻyxati ishchi organ tomonidan ikki ish kuni davomida subsidiya ajratish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga hamda uning nusxasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyat Moliya Bosh boshqarmalariga rasmiy ravishda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishchi guruh paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun Davlat budjetidan subsidiya ajratish boʻyicha mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq shakllantirilgan roʻyxatga yil davomida haqiqiy holatdan kelib chiqib tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Paxta xomashyosi yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishchi guruhlar tomonidan rasmiy ravishda taqdim etilgan roʻyxat asosida paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish boʻyicha uch kun muddatda tegishli mahalliy budjetlar parametrlariga oʻzgartirishlar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi va viloyatlar Moliya Bosh boshqarmalari bir kun muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalarining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻlariga tegishli budjet mablagʻlarini oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, moliyaviy yil yakuni boʻyicha mazkur shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida foydalanilmay qolgan budjet mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlar ikki ish kuni ichida tegishliligi boʻyicha tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilgan paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tijorat banklaridagi hisob raqamlariga oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilgan paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tijorat banklaridagi hisob raqamiga kelib tushgan subsidiya mablagʻlariga paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning mavjud kreditor qarzlarini qoplash uchun inkasso topshiriqnomalari qoʻyilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilgan paxta xomashyosi yetishtiruvchilar tomonidan tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish boʻyicha mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq shakllantirilgan roʻyxatda koʻrsatilgan yer maydonidan ortiq boʻlgan qismiga qilingan xarajatlar paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha maydonda tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish uchun ketgan xarajatlarni kelgusi yilda qoplash uchun Davlat budjetidan qoplash uchun paxta xomashyosi yetishtiruvchi belgilangan tartibda ishchi guruhga murojaat qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Paxta xomashyosi yetishtiruvchilariga tomchilatib sugʻorish tizimlarini koʻrish, rekonstruksiya qilish va ularning butlovchi qismlarini sotib olish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarini qisman qoplash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilgan paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish va ularning butlovchi qismlarini sotib olish uchun bir gektarga 20 mln. soʻmdan oshmaydigan qismiga ajratiladigan kreditlar boʻyicha belgilangan foiz xarajatlarini qoplash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xomashyosini yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 27-dekabrdagi PQ-4087-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan ikki kun muddatda paxta xomashyosi yetishtiruvchining kredit majburiyatlari boʻyicha foiz xarajatlarining 10 foizli punkt miqdorini qoplash boʻyicha budjet mablagʻlari ajratish toʻgʻrisidagi talabnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining talabnomalarini koʻrib chiqadi va ikki kun muddatda tegishli budjet mablagʻlarini ilgari ajratilgan budjet mablagʻlaridan foydalanish holatini inobatga olgan holda ajratadi. Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qoʻshimcha asoslantiruvchi hisob-kitob maʼlumotlari (tijorat banklari tomonidan kredit resurslarining necha yilga ajratilganligi, oʻtgan moliya yilida ajratilgan mablagʻlar bilan qancha qismi qoplab berilganligi va rejalashtirilayotgan moliya yilida qolgan qismi uchun qancha mablagʻ talab qilinishi hamda olinadigan kredit resurslari boʻyicha prognoz) talab qilib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilgan paxta xomashyosi yetishtiruvchilar tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish va ularning butlovchi qismlarini sotib olish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha bir gektarga 20 mln. soʻmdan oshgan qismi (kompensatsiya qilinmaydigan qismi) alohida tijorat krediti bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilarning tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy etish bilan bogʻliq loyihalari amalga oshirilgan yer maydonlari boʻyicha keyingi yillarda amalga oshiriladigan loyihalari kredit majburiyatlarining bir qismini qoplashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Paxta xomashyosi yetishtiruvchilar tomonidan tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish boʻyicha tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish jarayonida yuzaga keladigan shartnomaviy majburiyatlar boʻyicha nizolar va kelishmovchiliklar muzokaralar oʻtkazish orqali hal qilinadi. Kelishmovchiliklarni muzokaralar oʻtkazish orqali hal qilishning iloji boʻlmaganda, ular sud tartibida hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlari hamda tegishli kredit foizlarining bir qismini qoplash boʻyicha budjetdan ajratiladigan mablagʻlardan samarali foydalanilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi tomonidan doimiy nazorat amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilab sugʻorish texnologiyasini joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sxemasi

Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tasdiqlayman” ___________viloyat hokimi (Qoraqalpogʻiston Respublikasn Vazirlar Kengashi Raisi) ― ishchi guruh rahbari ______________________________ (imzo, muhr)________________ (F.I.O.) 20__ yil “____” ___________
___________ viloyati (Qoraqalpogʻiston Respublikasi)da suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etishga koʻmaklashuvchi ishchi guruh
XULOSASI
______________ viloyati (Qoraqalpogʻiston Rsspublikasi)da suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etishga koʻmaklashuvchi ishchi guruh __________ tumandagi tomchilatib sugʻorish texnolgiyasini joriy qilgan paxta xomashyosini egishtiruvchi _____________ (fermer xoʻjaligi, klaster nomi)ning 20__ yil ________dagi murojaatini joyida oʻrganib chiqdi va quyidagilarni aniqladi:
____tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilgan paxta xomashyosini yetishtiruvchi ____________ (fermer xoʻjaligi, klaster nomi) 20__ yilda _______ ga maydonda (jumladan, _____ kontur boʻyicha ______ ga, ....) paxta xomashyosin� yetishtirish uchun tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish boʻyicha jami qiymati _________ soʻm boʻlgan loyiha va biznes-reja ishlab chiqqan hamda _________ pudrat tashkiloti bilan tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish uchun jami qiymati __________ soʻm boʻlgan shartnoma tuzgan;
_____________ tijorat banki bilan tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish (butlovchi qismlar xarid kilish) uchun _________ soʻmga _____ foizli kredit sharnomasini tuzgan hamda amalda __________ kredit olgan;
____20__ yilda _______ ga maydonda (jumladan, _______ kontur boʻyicha ______ ga, ....) paxta xomashyosini yetishtirish uchun tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilgan va ishga tushirgan.
XULOSA:
_______________ paxta xomashyosini yetipggiruvchi _____________ (fermer xoʻjaligi, klaster nomi)ga jami _________ soʻm miqtsorida davlat budjetidan subsidiya hamda tijorat bankining kreditlari boʻyicha 10 foizli punkt miqdorida ____________ soʻm mablagʻ toʻlash maqsadga muvofiq.
Ishchi guruh aʼzolari:
T/r
f.i.o.
imzo
Lavozimi
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari, viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, ishchi guruh rahbarining oʻr�nbosari
2.
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining viloyat boshqarmasi boshligʻi
3.
Qorahalpogʻiston Respublnkasi Qishloq xoʻjaligi vaziri, viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi
4.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshligʻi
5.
Qoraqalpogiston Respublikasi Moliya vaziri, viloyat moliya boshqarmasi boshligʻi
6.
Yer resurslari va davlat kadastri boʻyicha hududiy boshqarma boshligʻi
7.
hududiy elektr tarmokdari korxonasi direktori
8.
“Oʻzkimyosanoat” AJ vakili
9.
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi vakili
10.
viloyat fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari hududiy kengashi vakili
11.
viloyat “Agrobank”ATB boshqaruvchisi
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 575-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/575/3415-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/103/2585-son, 13.07.2019-y., 09/19/575/3415-son)