15.10.2019 yildagi 869-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoniga muvofiq, radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyat monitoringining avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish hamda radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish yagona davlat tizimi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanksiyalanmagan (egasiz) ionlashtiruvchi nurlanishning manbalari aniqlanganda nazorat qiluvchi organlar va harbiylashgan tuzilmalarning o‘zaro hamkorlik qilish tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sanoat xavfsiziligi davlat qo‘mitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda 2020 — 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasida radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan yagona davlat tizimini tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yishga doir kompleks dastur loyihasini ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili joylarda O‘zbekiston Respublikasida radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish hamda radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish yagona davlat tizimi kuchlari va vositalarining o‘zaro hamkorlik masalalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari va mavzuga oid maxsus-taktik o‘quv mashqlarini o‘tkazib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasida radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish hamda radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish yagona davlat tizimining hududiy va funksional quyi tizimlari to‘g‘risidagi nizomni uch oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 15-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
869-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-oktabrdagi 869-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish hamda radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish bo‘yicha yagona davlat tizimi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasida radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish hamda radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish yagona davlat tizimining (keyingi o‘rinlarda Yagona davlat tizimi deb ataladi) maqsadi va asosiy vazifalari, tarkibi va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yagona davlat tizimi o‘zida aholini va atrof-muhitni radiatsiyaviy avariyalardan muhofaza qilish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish vakolatiga ega bo‘lgan davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning kuchlari va vositalarini birlashtirgan tashkiliy-texnik tizimni ifoda etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yagona davlat tizimi O‘zbekiston Respublikasida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimining ajralmas qismi hisoblanadi hamda O‘zbekistan Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi tizimi bilan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yagona davlat tizimi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariya — uskuna nosozligi, xodimlar (personal)ning xatti-harakatlari (harakatsizligi), tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar tufayli kelib chiqqan, fuqarolarning belgilangan normalardan ko‘proq nurlanish olishiga yoki atrof-muhitning radioaktiv ifloslanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoxud olib kelgan ionlashtiruvchi nurlanish manbai ustidan boshqaruvning izdan chiqishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli tashkilotlar — aholini va atrof-muhitni radiatsiyaviy avariyalardan muhofaza qilish hamda radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish vakolatiga ega bo‘lgan davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy xavfli obyekt — radioaktiv moddalar saqlanadigan, qayta ishlanadigan, foydalaniladigan yoki transportda tashiladigan obyekt bo‘lib, unda halokat yuz berganda yoki vayron bo‘lganda odamlar, hayvonlar va o‘simliklar radiatsiyadan ommaviy zararlanishi hamda atrof-muhit radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy vaziyat monitoringi — atrof-muhit obyektlarining radionuklidlar bilan ifloslanish holatini uskunalar yordamida diskret yoki uzluksiz ravishda nazorat qilish, undagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, shuningdek, radiatsiyaviy ta’sirning aholi va atrof-muhitga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarini baholash, prognoz qilish va ularning oldini olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yagona davlat tizimining maqsadi va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yagona davlat tizimining maqsadi radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish, radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish va ularning oldini olish, shuningdek, ularning oqibatlarini kamaytirish hamda bartaraf etish tadbirlarini tashkil etish va o‘z vaqtida amalga oshirish orqali aholining hayotini va salomatligini hamda atrof-muhitni radiatsiyaviy avariyalar tufayli yuzaga kelgan radiatsiyaviy ta’sirdan himoya qilishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Yagona davlat tizimining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida yagona davlat siyosati ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarni, shuningdek, ularga olib keladigan tashqi va ichki tahdidlarni prognoz qilish, ularning oldini olish, ularni barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etish chora-tadbirlarini rejalashtirish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy vaziyatni monitoringini tashkil etish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona davlat tizimining normativ-huquqiy bazasini yaratish va takomillashtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy xavfsizlik masalalari va radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yagona davlat tizimining tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yagona davlat tizimi vakolatli tashkilotlarning atom energiyasidan foydalanish obyektlarida, radiatsiyaviy xavfli obyektlarda, ularga yaqin hududlarda va umuman respublika hududida radiatsiyaviy vaziyatning doimiy monitoringini olib borish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatning barqarorligiga tahdid soluvchi manbalar va jarayonlarni barvaqt aniqlash, ularni baholash va tahlil qilish asosida (zarur hollarda) ushbu manba va jarayonlarni tezkor ravishda bartaraf etishga qaratilgan kuch va vositalarini birlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona davlat tizimining tashkiliy tuzilmasi mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yagona davlat tizimi hududiy va funksional quyi tizimlardan hamda O‘zbekiston Respublikasida radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan yagona davlat tizimidan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy quyi tizimlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, shuningdek, vakolatiga radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, ularning oldini olish, kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni bartaraf etish, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish kiradigan vakolatli tashkilotlarning hududiy tuzilmalari kuch va vositalarini birlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Funksional quyi tizimlar mazkur Nizomning 16 — 25-bandlarida qayd etilgan vakolatli tashkilotlarda, shuningdek, ularning hududiy tuzilmalarida ularga yuklangan funksiyalarni bajarishga mo‘ljallangan kuch va vositalarining shayligini ta’minlash maqsadida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yagona davlat tizimi uchta — respublika, mahalliy va obyekt — darajasiga ega bo‘lib, ularning har biri:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbarlik qiluvchi organ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kundalik boshqaruv organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash, oldini olish, ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish kuch va vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy va moliyaviy resurslar zahirlaridan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Rahbarlik qiluvchi organlar — vakolatiga aholi va hududlarni radiatsiyaviy tusdagi xavflardan himoya qilish masalalarini hal etish kiradigan organlar. Ular:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika darajasida — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy darajada — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt darajasida — atom energiyasidan foydalanish obyekti yoki radiatsiyaviy xavfli obyekt rahbariyatidir (ma’muriyatidir).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kundalik boshqaruv organlari — vakolatiga radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish kuch va vositalariga bevosita rahbarlikni amalga oshirish kiradigan vakolatli tashkilotlar hamda ularning hududiy bo‘linmalari:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika darajasida — Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV), Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV), Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi (“O‘zatom” agentligi), Gidrometeorologiya xizmati markazi (“O‘zgidromet”), Davlat bojxona qo‘mitasi (DBQ), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Davlat ekologiya qo‘mitasi), Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi (Davlat geologiya qo‘mitasi), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Davlat veterinariya qo‘mitasi);
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy darajada — Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, Davlat veterinariya qo‘mitasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va “O‘zgidromet”ning hududiy bo‘linmalari;
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt darajasida — atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha bo‘limlari (mutaxassislari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vakolatli tashkilotlarning radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish, shuningdek, aholi hayoti va salomatligi hamda atrof-muhitni radiatsiyaviy avariyalar ta’siridan himoya qilish tadbirlarini amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari va tuzilmalari Yagona davlat tizimining kuch va vositalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar va tuzilmalar idoraviy va obyektlar bo‘linmalari hamda tuzilmalariga bo‘linadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli tashkilotlarning radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish, shuningdek, aholi hayoti va salomatligi hamda atrof-muhitni radiatsiyaviy avariyalar ta’siridan himoya qilish maqsadida tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari va tuzilmalari idoraviy bo‘linmalar va tuzilmalarga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat veterinariya qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, “O‘zgidromet” va Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutining bo‘linmalari hamda tuzilmalari idoraviy ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar va tuzilmalarning asosini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlar ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari va tuzilmalari atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarda tashkil etiladigan avariya-texnik komandalar (guruhlar), radiatsiyaviy razvedka, maxsus ishlov berish guruhlaridan va boshqa tuzilmalardan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiatsiyaviy avariyalar xavfi yuzaga kelganda yoki sodir bo‘lganda o‘z vaqtida va samarali harakat qilish, ularning oqibatlarini kamaytirish va bartaraf etish maqsadida mahalliy va obyekt darajalarida radiatsiyaviy avariyalarda harakat qilishning tashqi va ichki rejalari ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir darajadagi radiatsiyaviy avariyalarda harakat qilish rejalarining o‘z vaqtida ishlab chiqilishi uchun tegishli darajadagi rahbar organlari mas’uldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasarrufida atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlar bo‘lgan tashkilotlar ularda radiatsiyaviy avariyalarda harakat qilish ichki rejasining ishlab chiqilishini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, shuningdek, ularning hududiy tuzilmalari radiatsiyaviy avariyalarda harakat qilishning tashqi va ichki rejalari ishlab chiqilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Radiatsiyaviy avariyalarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga, zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining qo‘shilmalari, qismlari va muassasalari jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Davlat organlarining Yagona davlat tizimi faoliyatini ta’minlash borasidagi funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona davlat tizimi tashkil etilishi, faoliyat ko‘rsatishi hamda faoliyati takomillashtirilishiga umumiy rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vakolatli tashkilotlar va ularning hududiy bo‘linmalarining radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish hamda bartaraf etish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish bo‘yicha faoliyatini maxsus organ — Radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik bo‘yicha komissiya orqali muvofiqlashtiradi va ularning samarali o‘zaro hamkorligini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona davlat tizimining kuch va vositalarini moliyaviy va resurslar bilan ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi:
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarni hamda ularni keltirib chiqaruvchi ichki va tashqi tahdidlarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash, ularning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini rejalashtirish hamda amalga oshirilishini ta’minlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona davlat tizimining normativ-huquqiy bazasini ishlab chiqish va takomillashtirishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarda radiatsiyaviy, yadroviy va sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik, radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish sohasida ilg‘or xorijiy tajribani joriy qilish masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlikni tashkil etadi va amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona davlat tizimining kundalik boshqaruv organlari, kuch va vositalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli tashkilotlarni radiatsiyaviy avariyalar xavfi tug‘ilganligi yoki sodir bo‘lganligi haqida o‘rnatilgan tartibda xabardor qiladi, shuningdek, ushbu holatlarga birinchi bo‘lib munosabat bildirish tashabbusi bilan chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariya kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining barcha qatlamlarini radiatsiyaviy avariyalar sharoitlarida harakat qilishga o‘rgatishni tashkil etadi va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy ixtisoslashtirilgan tuzilmalarning ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini aniqlash, birlamchi identifikatsiyadan o‘tkazish, zararsizlantirish hamda radiatsiyaviy avariya o‘chog‘i chegaralarini belgilash, shuningdek, shaxsiy tarkib (xodimlar) va joyga maxsus ishlov berish bo‘yicha harakat qilishga doimiy tayyor turishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalar holatlari uchun zaxiraga qo‘yiladigan moddiy-texnik resurslarning miqdori va tarkibi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariya holatida harakat qilish tashqi rejalarining ishlab chiqilishi, kelishilishi va tasdiqlanishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli tashkilotlar boshqaruv organlari, kuch va vositalarining radiatsiyaviy avariyalar kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakat qilishga tayyorligini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash, ularning oldini olish, kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish bo‘yicha normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish sohasida xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganadi va amaliyotga tatbiq etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. “O‘zatom” agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub tashkilotlarga tegishli bo‘lgan energetik atom reaktorlari, yadro-fizik qurilmalar, yadroviy materiallar va radiatsiyaviy manbalarni saqlash punktlari, shuningdek, radioaktiv chiqindilarni ko‘mish punktlarini rivojlantirish va xavfsiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarning obyekt darajasidagi o‘lchov vositalari va tarmoqlari samarali faoliyat yuritishini, shuningdek, ularni mahalliy va respublika darajasidagi radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi bilan uyg‘unlashuvini tashkil etadi va ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarda avariya holatida harakat qilish ichki rejasining ishlab chiqilishiga rahbarlik va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub obyektlarda kuch va vositalarni radiatsiyaviy avariya holatlarida harakat qilishga tayyorlash tashkil etilishini, shuningdek, ularning oldini olish bo‘yicha tadbirlar bajarilishi yuzasidan idoraviy nazoratni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish obyektlarini xavfsiz ekspluatatsiya qilish, shu jumladan, avariya holatiga tayyorlik va harakat qilish sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyaning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik, oqibatlarini kamaytirish va bartaraf etish tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub obyektlardagi yadroviy materiallar, ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘i, faoliyat yuritish jarayonida hosil bo‘lgan radioaktiv chiqindilarning hisob-kitobini, shuningdek, yadroviy materiallar va texnologiyalar, radioaktiv materiallar tarqalmasligini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish bo‘yicha normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish obyektlarini xavfsiz ekspluatatsiya qilishni ta’minlash sohasida xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita radiatsiyaviy xavfli obyektlarda hamda ularga yaqin hududlardagi radiatsiyaviy fon ko‘rsatkichlarining o‘lchovlarini muntazam ravishda amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, suvning (ochiq va yopiq manbalarda) radionuklidlar bilan ifloslanish holatini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilishga jalb etilgan idoraviy mansub bo‘linmalarning samarali faoliyatini, shuningdek, ularni mahalliy va respublika darajasidagi radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi bilan uyg‘unlashuvini tashkil qiladi va ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini dozimetrik o‘lchash va birlamchi identifikatsiyalash orqali radiatsiyaviy zararlangan zonaning chegaralarini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ionlashtiruvchi nurlanish manbalari (keyingi o‘rinlarda INM deb ataladi), radiatsiyaviy xavfli materiallarni (ularni uzoq muddatli saqlashga topshirgunga qadar) vaqtincha saqlash tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarda birinchi bo‘lib harakat qiluvchi tuzilmalar xodimlarini himoya qilish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyaning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini bartaraf etish ishlariga jalb qilinadigan xodimlar (shaxsiy tarkib) uchun radiatsiyaviy xavfsizlik rejimini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub ixtisoslashtirilgan tuzilmalarning radioaktiv ifloslanish zonalari chegaralarini aniqlash, joyning radiometriyasini o‘tkazish hamda INMni birlamchi identifikatsiyalash bo‘yicha ishlarni bajarishga doimiy tayyorgarligini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi va jamoaviy dozimetrik nazoratni, shuningdek, radiatsiyaviy avariyalarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini bartaraf etish ishlarini bajarishga jalb etilgan xodimlarning (shaxsiy tarkibning) tibbiy himoya qilinishini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini bartaraf etish ishlarini amalga oshirgan hamda yo‘l qo‘yiladigan cheklangan miqdorlardan ortiqcha nurlangan shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda, shuningdek, ularga imtiyozlar berilishi va ularni tibbiy-psixologik reabilitatsiya qilishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish bo‘yicha normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli tashkilotlar xodimlarini radiatsiyaviy avariyalar yuz bergan sharoitlarda harakat qilishga o‘qitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash va radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish sohasida xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganadi va amaliyotga tatbiq etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Davlat bojxona qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv materiallarni respublika hududiga olib kirish, hududidan olib chiqish va hududi orqali tranzit qilish bo‘yicha radiatsiyaviy nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona davlat tizimining kundalik boshqaruv organlarini tarkibida belgilangan normalardan ortiq radionuklidlar bo‘lgan materiallarni respublika hududiga ruxsatsiz olib kirish/olib chiqishga urinish holatlari aniqlanganligi haqida xabardor qiladi hamda ularning olib kirilishi/ olib chiqilishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, ularni jo‘natuvchiga qaytarish tartibotlarini belgilangan tartibda amalga oshirilishi bo‘yicha tashabbus ko‘rsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan ruxsatsiz INMlarni dastlabki radiometriyasini va identifikatsiyasini o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan ruxsatsiz INMlarni birlamchi identifikatsiyadan o‘tkazish va olib chiqish ishlari yakunlanguniga qadar ularning saqlanishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub obyektlarda aniqlangan ruxsatsiz INMlarni identifikatsiyadan o‘tkazish va zararsizlantirish tadbirlariga har tomonlama ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning radiatsiyaviy va yadroviy materiallarni noqonuniy aylanmasini hamda u bilan bog‘liq turli radiatsiyaviy avariyalar va insidentlarning oldini olish sohasidagi ilg‘or tajribalarini o‘rganadi va amaliyotga tatbiq etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘simlikchilik va chorvachilik mahsulotlari, ozuqa, o‘tloqlar va yaylovlar tuprog‘i va o‘simliklari radionuklidlar bilan ifloslanishi holatini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilishga jalb etilgan idoraviy mansub bo‘linmalarning samarali faoliyatini, shuningdek, ularni mahalliy va respublika darajasidagi radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi bilan uyg‘unlashuvini tashkil qiladi va ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy fon belgilangan normalardan ortiqcha ekanligi aniqlangan taqdirda, qishloq xo‘jaligi yerlari, ekinzorlari va mahsulotlari, nazorat ostidagi obyektlar radionuklidlar bilan ifloslanishining oldini olish hamda radionuklidlar bilan ifloslanish darajasini pasaytirish chora-tadbirlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar va tuzilmalarning nazorat ostidagi obyektlarda radiatsiyaviy avariyalarni barvaqt aniqlashga va ular sodir bo‘lganda harakat qilishga doimiy tayyorligini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat ostidagi obyektlar va hududlarning radioaktiv ifloslanish bilan kechadigan radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash, ularning kegayishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etishga oid normativ-huquqiy hamda uslubiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, ozuqalarni, qishloq xo‘jaligi ekinzorlari va dalalarni radionuklidlar bilan ruxsat etilgan normalardan oshiq miqdorda ifloslanishining oldini olish, barvaqt aniqlash va bartaraf etish sohasida xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganadi va amaliyotga tatbiq etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat ostidagi obyektlar tomonidan atrof-muhitni radionuklidlar bilan ifloslanishining oldini olish va kamaytirish tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhitning antropogen manbalardan radionuklidlar bilan ifloslanishi hamda ushbu manbalar ta’siriga tushadigan obyektlar holati bo‘yicha monitoringni tashkil etadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhitning radiatsiyaviy ifloslanishi holati haqidagi ma’lumotlarni to‘playdi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimining davlat axborot-tahlil markazini tashkil etish hamda uning faoliyatini yuritish orqali Yagona davlat tizimining rahbar organlari va kundalik boshqaruv organlarini ushbu ma’lumotlar bilan ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilishga jalb etilgan idoraviy mansub bo‘linmalarning samarali faoliyatini, shuningdek, ularni mahalliy va respublika darajasidagi radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi bilan uyg‘unlashuvini tashkil qiladi va ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarning atrof-muhitga ta’sirini mustaqil baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar va tuzilmalarning radiatsiyaviy avariyalar o‘choqlaridan olingan suv, havo, o‘simliklar va tuproq namunalarini radionuklidlar mavjudligi bo‘yicha tahlil qilish ishlarini amalga oshirishga doimiy tayyorligini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish bo‘yicha normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ionlashtiruvchi nurlanishning atrof-muhitga salbiy ta’sirini oldini olish borasida xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganadi va amaliyotga tatbiq etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlarida o‘tkaziladigan radioekologik monitoringda, shuningdek, ishlatib bo‘lingan uran konlari hududlaridagi suv va tuproqlarda tabiiy radionuklidlar taqsimlanishining monitoringida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni to‘playdi, tahlil qiladi va umumlashtirib, davlat axborot-tahlil markaziga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilishga jalb etilgan idoraviy mansub bo‘linmalarning samarali faoliyatini, shuningdek, ularni mahalliy va respublika darajasidagi radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi bilan uyg‘unlashuvini tashkil qiladi va ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalanishda bo‘lgan joylar va hududlarda radioaktiv moddalar bilan ifloslangan o‘choqlarni aniqlash va bartaraf etishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalar va ruxsatsiz INM o‘chog‘i aniqlanganda, vakolatli tashkilotlarni tezkor ravishda xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlarida va ishlatib bo‘lingan uran konlari, shuningdek, chiqindixonalar va balansdan tashqari rudalar hududlarida radioekologik monitoringni amalga oshirish borasida xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganadi va amaliyotga tatbiq etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Gidrometeorologiya xizmati markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhit obyektlarining radionuklidlar bilan ifloslanishini monitoring qilishga jalb etilgan idoraviy mansub bo‘linmalarning samarali faoliyatini, shuningdek, ularni mahalliy va respublika darajasidagi radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi bilan uyg‘unlashuvini tashkil qiladi va ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududidagi tabiiy gamma-fon monitoringini amalga oshiradi hamda uning natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni davlat axborot-tahlil markaziga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar va tuzilmalarni tashkil etadi hamda ularning radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga qo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etishga doimiy tayyorligini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joyning radioaktiv ifloslanishi bilan bog‘liq jarayonlarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va bartaraf etishga oid normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atmosfera havosi, tuproq va suv radionuklidlar bilan belgilangan normalardan ortiqcha ifloslanishi holatlarini prognoz qilish va barvaqt aniqlash sohasida xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganadi va amaliyotga tatbiq etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarning obyekt darajasidagi o‘lchov vositalari va tarmoqlari samarali faoliyat yuritishini, shuningdek, ularni mahalliy va respublika darajasidagi radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi bilan uyg‘unlashuvini tashkil etadi va ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona davlat tizimining radiatsiyaviy avariya oqibatida yuzaga keladigan radiatsiyaviy vaziyatni prognoz qilish hamda radiatsiyaviy avariya oqibatlarining kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni bartaraf etish qarorlarini qabul qilish bo‘yicha faoliyatini ilmiy va ekspert jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv va yadroviy materiallarning turi, tarkibi va faolligini yakuniy identifikatsiyadan o‘tkazish ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INMlarni vaqtincha va uzoq muddatga saqlash ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub yadroviy tadqiqot reaktorlari, yadro-fizik qurilmalar, yadroviy va radiatsiyaviy materiallarni saqlash punktlari faoliyatining xavfsizligini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalar sodir bo‘lishi tahdidlarini prognoz qilish va barvaqt aniqlashning zamonaviy uslublarini ishlab chiqadi va amaliyotga tatbiq etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portal monitoring tizimi talab darajasida faoliyat yuritishini qo‘llab-quvvatlash uchun ilmiy va texnik jihatdan ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarda birinchi bo‘lib harakat qiluvchi tuzilmalar shaxsiy tarkibini himoya qilish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar va tuzilmalarning radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, kengayishiga qo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etishga doimiy tayyorligini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarning oqibatlarini bartaraf etish ishlarini amalga oshirishda o‘z xodimlarning yakka tartibdagi va jamoaviy dozimetrik nazoratini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etish, shuningdek, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish bo‘yicha normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik sohasida vakolatli tashkilotlarini ilmiy va ekspert jihatdan qo‘llab-quvvatlashga oid ilg‘or tajribasini o‘rganadi va amaliyotga tatbiq etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy darajadagi Yagona davlat tizimiga radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik bo‘yicha o‘z huzurida tashkil etiladigan hududiy komissiyalar orqali rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub hududlarda barqaror radiatsiyaviy vaziyatni saqlash va mustahkamlash bo‘yicha tadbirlarning amalga oshirilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barqaror radiatsiyaviy vaziyatni saqlash va mustahkamlashga yo‘naltirilgan kompleks tadbirlar samaradorligini oshirishga doir takliflarni ishlab chiqadi va ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli tashkilotlar hududiy bo‘linmalarining faoliyatini va o‘zaro hamkorligini, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlik masalalarini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub hududda tashkil etilgan va (yoki) joylashtirilgan obyektlar ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari va tuzilmalarining kuch va vositalarini tayyorlashni hamda ularni doimiy tayyor holatda saqlashni nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining barcha qatlamlarini radiatsiyaviy avariyalar sharoitlarida harakat qilishga o‘qitishni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub hududdagi radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini bartaraf etish uchun mo‘ljallangan moddiy va moliyaviy resurslar zaxirasini tashkil etadi, ularning o‘z vaqtida to‘ldirilishi va yangilanishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yagona davlat tizimining faoliyat yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yagona davlat tizimi respublika hududida, shuningdek, joylarda yuzaga keladigan radiatsiyaviy vaziyatga qarab, quyidagi uch rejimdan birida faoliyat yuritadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) kundalik rejim barqaror radiatsiyaviy vaziyatda, ya’ni aholining radioaktiv nurlanish va hududlarning radionuklidlar bilan belgilangan normalardan ortiqcha ifloslanish xavfi yuzaga kelishi mavjud bo‘lmaganda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu rejimda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona davlat tizimi boshqaruv organlari, kuch va vositalarining belgilangan vazifalarni bajarishga tayyorgarligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimini texnik rivojlantirish va takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy-texnik va moliyaviy resurslar zaxiralarini to‘ldirish va yangilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarning barqaror faoliyat yuritishini oshirish, shuningdek, radiatsiyaviy jihatdan nomaqbul hududlarda ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona davlat tizimining barcha elementlari faoliyatini normativ-huquqiy va tashkiliy ta’minlash tadbirlari amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) yuqori tayyorgarlik rejimi hududlarni radionuklidlar ifloslantirish bilan birga kechadigan va aholining belgilangan normalardan ortiqcha radioaktiv nurlanishiga olib keluvchi turli xususiyatga ega bo‘lgan favqulodda vaziyat yuzaga kelish xavfi bo‘lgan taqdirda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu rejimda atom energiyasidan foydalanish obyektlari hamda radiatsiyaviy xavfli obyektlar va hududlarda radiatsiyaviy avariyalarda harakat qilishning tashqi va ichki rejalari kuchga kiritiladi. Ularga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbarlik qiluvchi organlar va kundalik boshqaruv organlarining doimiy joylashgan joylarda kecha-kunduz navbatchiligi tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
potensial xavfli obyektlar va hududlarda radiatsiyaviy vaziyat yuzasidan monitoring olib borish kuchaytiriladi, ularda radiatsiyaviy fonni o‘lchash soni ko‘paytiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan tuzilmalar va bo‘linmalar harakatlanishga tayyor holatga keltiriladi, moddiy va moliyaviy resurslar zaxiralari belgilangan maqsadlarda foydalanishga tayyorlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarning kelib chiqish extimoli yuqori bo‘lgan yoki ular yuzaga kelgan hududlarga radiatsiyaviy vaziyat bo‘yicha nazoratni kuchaytirish maqsadida mobil radiatsiyaviy nazorat guruhlari yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan radiatsiyaviy avariyaning ko‘lami va oqibatlari prognozi asosida avariya holatida harakat qilish rejasiga aholini va hududlarni muhofaza qilish usullari hamda uslublariga, shuningdek, ularni ta’minlash tadbirlari bo‘yicha zarur o‘zgartirishlar va aniqliklar kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) favqulodda vaziyat rejimi ruxsat etilgan me’yorlardan ortiqcha miqdorda hududlarning radionuklidlar bilan ifloslanishiga va aholining radioaktiv nurlanishiga olib kelgan radiatsiyaviy avariya sodir bo‘lganda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu rejim undan oldingi yuqori tayyorgarlik rejimini chetlab o‘tgan holda joriy etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyat rejimida avariya holatida harakat qilishning tashqi va ichki rejalari kuchga kiritiladi. Ularga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbarlik qiluvchi organlar va kundalik boshqaruv organlarining doimiy joylashgan joylarda kecha-kunduz navbatchiligi tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaziyatni baholash va qaror qabul qilish uchun radiatsiyaviy ifloslanish o‘choqlariga birinchi bo‘lib harakat qiluvchi guruhlar yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy resurslar zaxiralari kundalik ehtiyojga o‘tkazilib, maqsadli ravishda foydalanishga to‘liq shay holatga keltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilishni kuchaytirish maqsadida yuzaga kelgan radiatsiyaviy ifloslanish o‘choqlari va ularga tutash bo‘lgan hududlarga mobil radiatsiyaviy nazorat guruhlari yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuzaga kelgan radiatsiyaviy avariyaning ko‘lamlari va oqibatlaridan kelib chiqqan xolda, uning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini bartaraf etishga, shuningdek, uning zararli ta’siridan aholini muhofaza qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tashkil etiladi va amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbarlik qiluvchi organlar va kundalik boshqaruv organlarini radiatsiyaviy ifloslanish o‘chog‘ining kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va uni bartaraf etish tadbirlarining amalga oshirilishi haqida muntazam ravishda xabardor qilish tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Favqulodda vaziyatlar vazirligi radiatsiyaviy avariyalar xavfi yuzaga kelganda va sodir bo‘lganda avariya holatida harakat qilishning tashqi rejalari bo‘yicha harakat qilishni rejalashtirish va muvofiqlashtirish borasida tashkiliy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Radiatsiyaviy vaziyat monitoringi Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringining tarkibiy qismi bo‘lib, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni prognoz qilish va oldini olishga, shuningdek, aholiga va hududlarga salbiy radiatsiyaviy ta’sirlarning oldini olish va kamaytirishga qaratilgan zarur choralarni ko‘rish uchun vakolatli tashkilotlarga tegishli tezkor ma’lumotlarni muntazam ravishda yetkazib berishga qodir bo‘lgan axborot-o‘lchov nazorat tizimi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ekologiya qo‘mitasi radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimining faoliyatini umumiy muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Quyidagilar radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimining maqsadlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati organlari, vakolatli tashkilotlar va aholini radiatsiyaviy vaziyatning haqiqiy va kutilayotgan holati, uning yomonlashuvi, ko‘lamlari va oqibatlari haqidagi ishonchli axborot bilan tezkor ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona davlat tizimini radiatsiyaviy vaziyat monitoringiga oid ma’lumotlar bilan ta’minlash, aholini va atrof-muhitning radiatsiyaviy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qaror qabul qilish uchun tavsiyalar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Quyidagilar radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimining vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radionuklidlarning atrof-muhitga tarqatuvchi texnogen manbalarini hamda atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlardagi radiatsiyaviy vaziyat parametrlarini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhit obyektlarining radiatsiyaviy ifloslanish parametrlarini o‘lchash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy vaziyatning keskinlashuvini aniqlash va ularning xususiyati va ko‘lamini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy vaziyat parametrlarini o‘lchash bo‘yicha vaziyat yomonlashuvi holatini tezkor aniqlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash, birlamchi qayta ishlash va berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy uslub va aks ettirish vositalaridan foydalangan holda, respublikada yoki uning ayrim hududlaridagi radiatsiyaviy vaziyatni xolis tahlil qilish va prognoz ma’lumotlarini tezkor taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, kengayishiga qo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun vakolatli tashkilotlar va mahalliy ijroiya hokimiyati organlariga tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizim ichida hamda hamkorlik qiluvchi davlat va xalqaro tashkilotlar bilan axborot almashinuvini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi uch darajaga — obyekt darajasi, mahalliy daraja va respublika darajasiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyekt darajasi atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarda, ushbu obyektlarning sanitariya- muhofaza zonalarida radiatsiyaviy vaziyat parametrlarini, shuningdek, atrof-muhit obyektlarini fonli o‘lchashni amalga oshiruvchi obyektlarga tegishli o‘lchov vositalari va tarmoqlarini axborot-tahlil markazlari bilan birgalikda birlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu darajada tegishli atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarga taalluqli ma’lumotlar qayta ishlanib tahlil qilinadi va Yagona davlat tizimining obyekt darajasidagi rahbar organlari uchun qarorlar qabul qilish bo‘yicha prognozlar va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy daraja Yagona davlat tizimining radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish sohasida radiatsiyaviy vaziyat to‘g‘risida ixtisoslashtirilgan axborotni to‘plab, tahlil qilib umumlashtiradigan vakolatli hududiy organlariga idoraviy tegishli bo‘lgan o‘lchov vositalari va tarmoqlarini birlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu darajada tegishli hududga taalluqli ixtisoslashtirilgan axborot qayta ishlanib tahlil qilinadi, shuningdek, Yagona davlat tizimining mahalliy darajadagi rahbar organlari uchun qarorlar qabul qilish bo‘yicha prognozlar va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika darajasi Yagona davlat tizimi kundalik boshqaruvining radiatsiyaviy vaziyat to‘g‘risida ixtisoslashtirilgan axborotni to‘plab, tahlil qilib umumlashtiradigan va Davlat ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat markaziga (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) taqdim etadigan radiatsiyaviy vaziyat monitoringi sohasidagi vakolatli organlariga idoraviy tegishli bo‘lgan o‘lchov vositalari va tarmoqlarini birlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi mazkur Nizomga 2-ilova muvofiq sxema asosida ishlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Radiatsiyaviy vaziyat monitoringi, shuningdek, uning natijalari to‘g‘risidagi axborot Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 5-sentabrdagi 737-son qarori bilan belgilangan tartibda beriladi va umumlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilishni amalga oshirishda vakolatli tashkilotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida radiatsiyaviy vaziyatni muntazam ravishda kuzatib boradi va nazorat o‘lchovlari o‘tkazilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni to‘playdi, saqlaydi, qayta ishlaydi va Markazga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy vaziyatning tabiiy va (yoki) antropogen omillar ta’sirida o‘zgarishlarini aniqlash maqsadida radiatsiyaviy vaziyat to‘g‘risidagi axborotni tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning tegishli hududlarida radiatsiyaviy vaziyatning o‘zgarishlarini prognoz qiladi va baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy ijroiya hokimiyati organlariga, boshqa tashkilotlarga, tadbirkorlik subyektlariga va aholiga radiatsiyaviy vaziyat hamda uning prognoz qilinayotgan va amaldagi o‘zgarishlariga oid ma’lumotlarni belgilangan tartibda taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy, texnogen va ekologik hususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 28-dekabrdagi 1027-son qarori talablariga muvofiq Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimining rahbar organlariga favqulodda vaziyatning sodir bo‘lishi yoki tahdidi mavjudligidan dalolat beruvchi radiatsiyaviy vaziyat to‘g‘risidagi monitoring va prognoz ma’lumotlarni zudlik bilan taqdim etilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organga atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlardan foydalanish oqibatida radiatsiyaviy vaziyat va uning o‘zgarishidan dalolat beruvchi ma’lumotlar taqdim etilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitar-epidemiologik nazoratni amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan organlarga respublika hududidagi radiatsiyaviy vaziyat haqidagi ma’lumotlar taqdim etilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar bo‘yicha radiatsiyaviy vaziyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish yoki bunday ma’lumotlar bilan almashishni nazarda tutuvchi majburiyatlarini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Radiatsiyaviy vaziyat to‘g‘risidagi ma’luomtlarni to‘plash, qayta ishlash, saqlash, taqdim etish va almashish tartibiga bo‘lgan talablar Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan “O‘zatom” agentligi hamda boshqa vakolatli tashkilotlar va davlat organlari bilan kelishilgan xolda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy ijroiya hokimiyati organlariga, boshqa davlat organlari va vakolatli tashkilotlarga radiatsiyaviy vaziyat to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron hujjat aylanishning yagona himoyalangan tizimi orqali bepul taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiatsiyaviy vaziyat to‘g‘risida monitoring tizimidagi mavjud ma’lumotlar boshqa tashkilotlarga, tadbirkorlik subyektlariga va fuqarolarga Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda, shu jumladan ularni qo‘mitaning Internet tarmog‘idagi rasmiy saytiga joylashtirish orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Yagona davlat tizimi tegishli rejimlarda faoliyat ko‘rsatganda, radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi quyidagilarni ta’minlashi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kundalik faoliyat rejimida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish obyektlarida va radiatsiyaviy xavfli obyektlarda, shuningdek, ularga tutash hududlardagi radiatsiyaviy vaziyat monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof tabiiy muhit obyektlarining radioaktiv ifloslanish darajasini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan “O‘zatom” agentligi bilan kelishilgan holda qo‘yilgan talablarga muvofiq davriyligi oldindan belgilangan radiatsiyaviy vaziyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish va tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori tayyorgarlik rejimida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish obyektlarida va radiatsiyaviy xavfli obyektlarda, shuningdek, ularga tutash hududlardagi radiatsiyaviy vaziyat monitoringini kuchaytirilgan tartibda olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona davlat tizimining rahbar organlari va kundalik boshqaruv organlarini yuqori tayyorgarlik rejimiga o‘tilganligi to‘g‘risida tezkor xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiyatsiyaviy avariya yuzaga kelishi ehtimolini prognoz qilish, avariyaning kechishi mumkin bo‘lgan jarayonini va ko‘lamini modellashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli tashkilotlarning boshqaruv organlari, kuch va vositalarini radiatsiyaviy avariyalarda harakat qilishga tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy vaziyatning keskinlashuv sabablarini aniqlash hamda uni barqarorlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyat rejimida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariya sodir bo‘lgan hududga jalb qilingan barcha quyi tizimlarning barqaror faoliyat yuritishi va o‘zaro xamkorlik qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariyaviy obyektlarda va ularning atrofidagi hududlarda radiatsiyaviy vaziyat bo‘yicha uzluksiz monitoringni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariya sodir bo‘lgan hududda yuzaga kelgan radiatsiyaviy vaziyat va uning o‘zgarib borishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida yoki avariyaviy reglament asosida to‘plash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariyaning rivojlanishiga qarab, radiatsiyaviy vaziyatning o‘zgarishlarini prognoz qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining salomatligiga va tabiiy muhitga radiatsiyaviy avariya oqibatlarining ta’sirini tezkor ravishda baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’lumotlarni aks ettirishning zamovaniy usullari va vositalaridan foydalangan holda, radiatsiyaviy vaziyat o‘zgarishlarining tahlili va prognozi natijalarini tezkor taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariya oqibatlarini bartaraf etish va ularning aholiga va tabiiy muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha qarorlar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yagona davlat tizimining faoliyat yuritishiga qo‘yiladigan alohida talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Radiatsiyaviy avariyalarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni bartaraf etish tabdirlarini ta’minlash uchun moddiy va moliyaviy resurslar zaxiralari mahalliy xususiyatlar inobatga olingan holda, zarur darajada yetarlilik prinsipi bo‘yicha mahalliy hamda obyekt darajasida belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Mahalliy va obyekt darajalaridagi moddiy resurslar zaxiralarining turlari hamda hajmlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari (atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarda — obyektlar ma’muriyati) tomonidan hududiy favqulodda vaziyatlar va sog‘liqni saqlash boshqarmalarining tavsiyalari asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Moddiy va moliyaviy resurslar zaxiralarining hisobini yuritish, ularni saqlash va yangilash, shuningdek, hisobdan chiqarish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Radiatsiyaviy avariyalar xavflari va oqibatlarining oldini olish, kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etish tadbirlari atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarni ishlatadigan tashkilotlarning, tegishli vazirliklar va idoralar, sug‘urta jamg‘armalari mablag‘lari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Atom energiyasidan foydalanish obyektlarida radiatsiyaviy avariya, avariyali radiatsiyaviy vaziyat xavflarini yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun resurslar yetishmagan hollarda, ular belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan ajratilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish hamda radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish yagona davlat tizimi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish hamda radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish yagona davlat tizimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASHKILIY TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Rahbar organlar

Kundalik boshqaruv organlari

Kuch va vositalar

Radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan yagona davlat tizimi

Respublika darajasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik komissiyasi)

FVV, SSV, Davlat veterinariya qo‘mitasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, “O‘zatom” agentligi, Fanlar akademiyasi YAFI, DBQ, “O‘zgidromet”, Davlat geologiya qo‘mitasi

SSV, FVV, “O‘zgidromet”, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, DBQ, Davlat veterinariya qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi YAFIning idoraviy ixtisoslashtirilgan tuzilmalari va bo‘linmalari

Davlat ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat markazi, FVV, SSV, DBQ, “O‘zgidromet”, Davlat geologiya qo‘mitasi, Davlat veterinariya qo‘mitasining idoraviy mansub axborot-tahlil xizmatlari (tuzilmalari)

Mahalliy daraja

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

FVV, SSV, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, Davlat veterinariya qo‘mitasi, “O‘zgidromet”, Davlat geologiya qo‘mitasi hududiy bo‘linmalari

Tegishli vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalarining ixtisoslashtirilgan idoraviy tuzilmalari, ijtimoiy muhofaza bo‘yicha yig‘ma mobil otryadlar

Yadroviy qurilmalar va radiatsiyaviy manbalar joylashtirilgan hududlar, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalar saqlash punktlari hamda alohida hududlarda (sanitariya-muhofaza va kuzatuv zonalari), shuningdek, aholi punktlarida va ularga yaqin joylarda tashkil etilgan vakolatli tashkilotlarning radiatsiyaviy vaziyatni kuzatuvchi harakatdagi va turg‘un postlari

Obyekt darajasi

Atom energiyasidan foydalanish obyekt, radiatsiyaviy xavfli obyekt ma’muriyati (rahbariyati)

Atom energiyasidan foydalanish obyektlar, radiatsiyaviy xavfli obyektlarning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha bo‘limlari (mutaxassislari)

Avariya-texnik komandalar (guruhlar), radiatsiyaviy razvedka va maxsus ishlov berish guruhlari, atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarning boshqa tuzilmalari

Atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarning ekologik, radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik laboratoriyalari (xizmatlari)

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish hamda radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish yagona davlat tizimi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimining ishlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Monitoring obyektlari

Monitoring turlari

Natija

Ijrochilar

Atom energiyasidan foydalnish obyektlari

Emissiya nazorati

Emissiyaning me’yoriy holatini baholash

Davlat ekologiya qo‘mitasi, “O‘zatom” agentligi, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar

Flora va fauna

Radionuklidlar bilan ifloslanish holati monitoringi

Aholiga va atrof-muhitga ta’sirni nazorat qilish

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Davlat veterinariya qo‘mitasi,

Atmosferaning yerbo‘yi qatlamlari

Radionuklidlar bilan ifloslanish holati monitoringi

Ifloslanish darajasini prognozlash va baholash

“O‘zgidromet”, SSV

Yer usti suv oqimlari

Radionuklidlar bilan ifloslanish holati monitoringi

Ifloslanish darajasini prognozlash va baholash

“O‘zgidromet”, Davlat geologiya qo‘mitasi, SSV,

Sobiq uran konlari hududlari, maysazorlar, yaylovlar, balansdan tashqari rudalar uyumlari va chiqindixonalar

Radionuklidlar bilan ifloslanish holati monitoringi

Ifloslanish darajasini prognozlash va baholash

O‘zgidromet, Davlat geologiya qo‘mitasi, Davlat veterinariya qo‘mitasi, “O‘zdavergeodez-kadastr”

Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi hududlari, sanoat maydonchalari

Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi hududlari, sanoat maydonchalaridagi ekspozitsion doza quvvatining nazorati

Ifloslanish darajasini prognozlash va baholash, salbiy oqibatlarini bartaraf etish

SSV, Davlat geologiya qo‘mitasi

Meteomaydoncha va meteopostlar

Tabiiy gamma-fon

Ifloslanish darajasini prognozlash va baholash, salbiy oqibatlarini bartaraf etish

“O‘zgidromet”

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-oktabrdagi 869-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanksiyalanmagan (egasiz) ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aniqlanganda nazorat qiluvchi organlar va harbiylashgan tuzilmalarning o‘zaro hamkorlik qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI

1. Mazkur Tartib sanksiyalanmagan (egasiz) ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aniqlanganda o‘tkaziladigan tadbirlarning ketma-ketligini va ularni amalga oshiruvchilarni, shuningdek, aholi va atrof-muhitning radiatsiyaviy xavfsizligini ta’minlash sohasida vakolatli tashkilotlar hamda harbiylashgan tuzilmalarning funksiyalarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Tartibda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanksiyalanmagan (egasiz) ionlashtiruvchi nurlanish manbai — faol harakatlar natijasida topilgan yoki aniqlangan va ionlashtiruvchi nurlanish manbalari (keyingi o‘rinlarda INM deb ataladi) milliy reyestriga kiritilmagan radioaktiv modda yoki yadroviy material;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakat qilish bo‘linmalari — joyning radiatsiyaviy ifloslanish o‘chog‘i hosil bo‘lishining oldini olish va (yoki) aniqlash (radiatsiyaviy razvedka), uning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik (belgilash va cheklash)va bartaraf etish (INMni zararsizlantirish, dezaktivatsiya) ishlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va jihozlangan bo‘linmalar va tuzilmalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanmasi subyektlari — radioaktiv moddalar va chiqindilar aylanmasi sohasida ularni qazib olish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish hamda ularni tashish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining bojxona postlari orqali ko‘chirish, radioaktiv moddalar hamda radioaktiv chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunchilik bilan belgilab qo‘yilgan tartibda utilizatsiya qilish, zararsizlantirish va ko‘mish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Sanksiyalanmagan (egasiz) INM aniqlanganda tadbirlarni o‘tkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar (keyingi o‘rinlarda radioaktiv materiallar deb ataladi) aylanmasi subyektlarida radioaktiv materiallarning yo‘qolishi, shuningdek, topilgan yoki hisobga olinmagan radioaktiv materiallar aniqlangan holatlarda, ular bir soat ichida yuqori turuvchi tashkilotlarni (mavjud bo‘lsa), O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Sanepidqo‘m) hududiy organlarini xabardor qiladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Topilgan va hisobga olinmagan radioaktiv materiallar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar, shuningdek yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2009-yil 13-avgustdagi 231-son qarori bilan belgilangan tartibda hisobga qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radioaktiv materiallar aylanmasi subyektlarining javobgarligi doirasidan tashqari sanksiyalanmagan INMlar topilgan yoki aniqlangan hollarda, o‘zaro xabardor qilish ushbu Tartibga ilovaga muvofiq INM topilganda nazorat qiluvchi organlar va harbiylashgan tuzilmalarning o‘zaro hamkorlik qilish sxemasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sanksiyalanmagan INM aniqlangan taqdirda, o‘tkaziladigan ishlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida hodisa ro‘y bergan joyda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va (yoki) Sanepidqo‘mning harakat qilish bo‘linmalarining kuch va vositalari tegishli hududda radiatsiyaviy razvedkani amalga oshiradi. Radiatsiyaviy razvedka yakunlari bo‘yicha joyning radiatsiyaviy ifloslanish zonasi (o‘chog‘i) aniqlanadi va belgilanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanepidqo‘m hududiy boshqarmasining radiatsiyaviy xavfsizlik bo‘limi mutaxassislari tomonidan radiatsiyaviy rejim belgilangandan keyin harakat qilish bo‘linmalariga radiatsiyaviy ifloslanish o‘chog‘ining kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va uni bartaraf etish ishlariga ruxsat beriladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanksiyalanmangan INM aniqlangan joyda o‘tkaziladigan barcha tadbirlar ishlar rahbarining (qaror qabul qiluvchi shaxs) vakolatli tashkilotlar va harbiylashgan tuzimalarning yetib kelgan ekspertlari (mutaxassislari) taqdim etgan takliflar asosida qabul kilingan qaroriga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Sanksiyalanmagan INM aniqlangan joyda ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qaror Sanepidqo‘m hududiy boshqarmasining radiatsiyaviy xavfsizlik bo‘limi ekspertining (mutaxassisining) taklifisiz qabul kilinishi mumkin emas.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Radiatsiyaviy ifloslanish o‘chog‘ida ishlash uchun harakat qilish bo‘linmalarining shaxsiy tarkibi nafas olish organlari va terini himoyalash, shuningdek, alohida va guruhli radiometrik nazorat vositalari (dozimetrlar) bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiatsiyaviy avariyalar sodir bo‘lgan holatlarda harakat qilish bo‘linmalarining shaxsiy tarkibiga avariya o‘chog‘ida ishlashdan avval spetsifik antidot-yodli profilaktika qo‘llanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiatsiyaviy ifloslanish o‘chog‘idan chiqishda barcha xodimlar va shaxsiy tarkib yakuniy maxsus va sanitariya ishlovidan o‘tishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Sanksiyalanmagan INM aniqlangan hollarda vakolatli tashkilotlar va harbiylashgan tuzilmalarning funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sanksiyalanmagan INM aniqlanganligi to‘g‘risida axborot olingach, vakolatli tashkilotlar va tegishli harbiylashgan tuzimalar o‘zlariga yuklangan funksiyalarga muvofiq tadbirlarni bajarishga kirishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladigan maxsus organ (komissiya) yoki tayinlanadigan vakolatli shaxs orqali sanksiyalanmagan INMni identifikatsiyalash va zararsizlantirish bo‘yicha tadbirlarga jalb etiladigan vakolatli tashkilotlar va harbiylashgan tuzilmalar, boshqa vazirliklar va idoralarning faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining qo‘shilmalari, qismlari va muassasalarini jalb etish to‘g‘risidagi qaror loyihasini ishlab chiqadi va zarurat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tasdiqlash uchun kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanksiyalanmagan INM aniqlanganligi haqida vakolatli tashkilotlar va harbiylashgan tuzilmalarni xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borishni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy razvedkani tashkil etadi va o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy ifloslanish o‘chog‘ining kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va uni bartaraf etish ishlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi qarorni tayyorlash va qabul qilishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanksiyalanmagan INMni zararsizlantirish ishlarini tashkil etadi va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori va o‘zaro hamkorlik qiluvchi boshqaruv organlarini sanksiyalanmagan INMni zararsizlantirish ishlari natijalari to‘g‘risida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanksiyalanmagan INM aniqlangan (topilgan) joyga yetib borishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy razvedkani tashkil etish va materialni birlamchi identifikatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaziyatni (xavfni) baholaydi va radiatsiyaviy xavfsizlik rejimini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariya o‘chog‘ining kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va uni bartaraf etish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun takliflar ishlab chiqilishi va taqdim etilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanksiyalanmagan INMni zararsizlantirish va ko‘mish ishlarini tashkil etishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariya o‘chog‘ining kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va uni bartaraf etish ishlariga jalb etiladigan xodimlar va shaxsiy tarkibning yakka tartibda dozimetrik nazoratdan o‘tishini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariya o‘chog‘ida dezaktivatsiya ishlarining, shuningdek, shaxsiy tarkibni va texnikani maxsus ishlov berish punktlarida maxsus ishlovdan o‘tkazish ishlarining sifati nazorat qilinishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INMni identifikatsiyalash natijalarini hujjatlashtiradi (ekspert xuslosasini tayyorlaydi), shuningdek, yuqori turuvchi va o‘zaro hamkorik qiluvchi boshqaruv organlarini xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy-tezkor guruhning hodisa (aniqlangan) joyiga yetib borishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
begona shaxslarni va avtotransport vositalarini kiritmaslik maqsadida xavfli zona hududini o‘rab olish va qo‘riqlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INMning kelib chiqishini aniqlash maqsadida tezkor-tergov harakatlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli zona hududidan odamlarni va begona avtotransportni evakuatsiya qilishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topilgan (aniqlangan) sanksiyalanmagan INMni olib chiqib ketish yo‘nalishi bo‘yicha kuzatib borishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv organlari va vakolatli tashkilotlarni o‘tkazilgan maxsus ishlarning natijalari to‘g‘risida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy guruhning hodisa (aniqlangan) joyiga yetib borishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
begona shaxslarni va avtotransport vositalarini kiritmaslik maqsadida xavfli zona hududini o‘rab olish va qo‘riqlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariya o‘chog‘idan odamlarni va xodimlarni evakuatsiya qilishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv organlari va vakolatli tashkilotlarni o‘tkazilgan maxsus ishlarning natijalari to‘g‘risida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv materiallarni respublika hududi orqali olib kirish/ olib chiqish/tranziti bo‘yicha radiatsiyaviy nazoratni amalga oshirish davomida sanksiyalanmagan INM aniqlangan (topilgan) holatlarda vakolatli tashkitlotlarni xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INMni dastlabki radiometriyadan o‘tkazish va identifikatsiyalashni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni va aholini INMning zararli ta’siridan muhofaza qilish tadbirlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INMning olib kirilishi yoki tranzitiga (jo‘natuvchiga qaytarilishiga), shuningdek, noqonuniy olib chiqilishiga yo‘l qo‘ymaslik tartibotini belgilangan tartibda o‘tkazishni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INMning identifikatsiyalash va olib ketish tadbirlari yakunlanguniga qadar daxlsizligini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INMni identifikatsiyalash va zararsizlantirish tadbirlarining o‘tkazilishiga har tomonlama ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xavfsizligi xizmati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tezkor-tergov harakatlar natijasida saniksiyalanmagan INM aniqlangan holatlarda harakat qilishni ta’minlaydi va bu haqida o‘zaro hamkorlik va nazorat qiluvchi vazirlik va idoralarning boshqaruv organlarini xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli tashkilotlar va harbiylashgan tuzilmalar, jalb etiladigan boshqa vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorlik qiluvchi bo‘linmalarining ishlari natijalari to‘g‘risida axborot almashish tartibi va doiralari kelishuvini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan sanksiyalanmagan INM kelib chiqishini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan tezkor tadbirlarda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar tomonidan alohida olingan ionlashtiruvchi nurlanish dozasini hisobga olishni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi:
(6-bandning qirq beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Respublika radioaktiv chiqindilarni ko‘mish punkti uchun aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INMni uzoq muddat saqlash bo‘yicha tadbirlar kompleksini tashkil etish va o‘tkazishga doir tegishli xulosa berish va ruxsatnoma tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INMning hisobga olinishini/ hisobdan chiqarilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv organlari va vakolatli tashkilotlarni sanksiyalanmagan INMni zararsizlantirish va ko‘mish ishlarining natijalari to‘g‘risida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanksiyalanmagan INM aniqlangan (topilgan) joyga maxsus avtotransport yetib kelishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan sanksiyalanmagan INMni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Respublika radioaktiv chiqindilarni ko‘mish punktiga belgilangan tartibda topshirish masalasi hal etilganiga qadar uni tashish va vaqtincha saqlashni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sog‘liqni saqlash vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasidan aniqlangan sanksiyalanmagan INMni vaqtincha saqlashga ruxsatnoma olishga ko‘maklashadi;
(6-bandning ellik ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan sanksiyalanmagan INMni identifikatsiyalash bo‘yicha issiq kamerada ishlar amalga oshirilishini va aniqlangan sanksiyalanmagan INMga ekspert xulosasi berilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Respublika radioaktiv chiqindilarni ko‘mish punkti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INM vaqtincha saqlanayotgan joyga maxsus avtotransport yetib kelishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INM yuklash va vaqtincha saqlash joyiga belgilangan tartibda yetkazishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan (topilgan) sanksiyalanmagan INMni uzoq muddatli saqlashni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ionlashtiruvchi nurlanishning sanksiyalanmagan (egasiz) manbalari aniqlanganda nazorat qiluvchi organlar va harbiylashgan tuzilmalarning o‘zaro hamkorlik qilish tartibiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanksiyalanmagan INMlar aniqlanganda vakolatli tashkilotlar va harbiylashgan tuzilmalarning hamkorlik qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-oktabrdagi 869-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 20-dekabrdagi 358-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 51-son, 579-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2017-yil 18-avgustdagi 644-son qaroriga 1-ilovaning 10-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 180-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga ilovaning 64-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 126-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 6-martdagi 195-son qaroriga ilovaning 21-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/869/3935-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)