1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Favqulodda vaziyatlar. Ommaviy tartibsizliklar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaning tumanlari, shaharlari va boshqa aholi punktlarida, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 1-maydagi 219-sonli “Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini tashkil etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 10-apreldagi PF-5706-son Farmoni hamda “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 10-apreldagi PQ-4276-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, respublikaning tumanlari, shaharlari va boshqa aholi punktlarida, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda yongʻin xavfsizligini taʼminlash, yongʻinlarning oldini olish va ularni oʻz vaqtida bartaraf etish, yongʻin-qutqaruv ishlari samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Respublikaning tumanlari, shaharlari va boshqa aholi punktlarida, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, ushbu qarorni bajarish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari, shuningdek, tegishli tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha olinadigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining soʻrovnomasiga asosan kelgusi yil uchun budjet parametrlarini shakllantirishda mazkur qaror ijrosi bilan bogʻliq harajatlarni nazarda tutsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 21-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
700-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 700-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaning tumanlari, shaharlari va boshqa aholi punktlarida, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Respublikaning tumanlari, shaharlari va boshqa aholi punktlarida, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining (keyingi oʻrinlarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi deb ataladi) yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari respublikaning tumanlari, shaharlari va boshqa aholi punktlarida hamda oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda yongʻinlar va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, ularning oldini olish tadbirlari samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan harbiy xizmatchi yoki qutqaruvchi maqomiga ega boʻlgan xodimlar va ishchi-xizmatchilar bilan jamlangan yongʻin-qutqaruv otryadlari, qismlari va postlarini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin-qutqaruv otryadi — koʻp tarmoqli qutqaruv ishlarini (radiatsion-kimyoviy, tibbiy-biologik, togʻda va suvda qutqaruv, yongʻin oʻchirish va boshqa turdagi) bajarishga moʻljallangan hamda ushbu ishlarni bajarish uchun maxsus va boshqa turdagi avtomobillar hamda asbob-anjomlar bilan jamlangan boʻlinma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin-qutqaruv qismi — ikki va undan ortiq yongʻin-qutqaruv va boshqa turdagi avtomobillar bilan jamlangan hamda yongʻinni oʻchirish va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan qutqaruv ishlarini bajarishga moʻljallangan boʻlinma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin-qutqaruv posti — bitta yongʻin-qutqaruv avtomobili bilan jamlangan hamda yongʻin oʻchirish va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan qutqaruv ishlarini bajarishga moʻljallangan boʻlinma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchi maqomiga ega boʻlgan xodimlar bilan jamlangan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari — oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibidan iborat boʻlgan, kontrakt asosida haqiqiy harbiy xizmatchilar bilan jamlangan Favqulodda vaziyatlar vazirligi boʻlinmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qutqaruvchi maqomiga ega boʻlgan ishchi-xizmatchilar bilan jamlangan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari — mehnat shartnomasi asosida mehnat munosabatlarini olib boradigan va qutqaruvchi maqomiga ega boʻlgan xizmatchilar bilan jamlangan Favqulodda vaziyatlar vazirligi boʻlinmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin-qutqaruv deposi (yongʻin oʻchirish deposi) — yongʻin-qutqaruv boʻlinmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun yongʻin-qutqaruv texnikalarini saqlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish, shaxsiy tarkibni joylashuvi uchun xizmat xonalari, favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisida kelib tushgan habarlarni qabul qilish xonasi, texnik va yordamchi xonalardan tashkil topgan Favqulodda vaziyatlar vazirligining obyekti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublikaning tumanlari, shaharlari va boshqa aholi punktlarida, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini tashkil etish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Favqulodda vaziyatlar vazirligining harbiy xizmatchi maqomiga ega boʻlgan xodimlar va qutqaruvchi maqomiga ega boʻlgan xizmatchilar bilan jamlangan yongʻin-qutqaruv otryadlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfi yuqori boʻlgan ayrim shaharlar va tumanlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Favqulodda vaziyatlar vazirligining harbiy xizmatchi maqomiga ega boʻlgan xodimlar bilan jamlangan yongʻin-qutqaruv qismlari aholi soni 50 ming va undan ortiq boʻlgan shaharlarda hamda tumanlar markazlarida, shuningdek, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkil etilayotgan harbiy xizmatchi maqomiga ega boʻlgan xodimlar bilan jamlangan yongʻin-qutqaruv qismlarining tashkiliy tuzilmasi va shtat birliklari, ularni saqlash uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchi maqomiga ega boʻlgan xizmatchilar bilan jamlangan yongʻin-qutqaruv qismlari va postlari aholi soni 50 mingdan kam boʻlgan tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlarida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari va ularning shtatlari soni muhofaza qilinayotgan xududning (obyektning) hususiyatidan kelib chiqib, yongʻin-qutqaruv va boshqa turdagi avtomobillarning sonini va turini hisobga olgan holda Favqulodda vaziyatlar vazirligining idoraviy hujjatlari asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qutqaruvchi maqomiga ega boʻlgan xizmatchilar bilan jamlangan yongʻin-qutqaruv qismlari va postlari tashkil etilishi lozim boʻlgan tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlarining roʻyxati va xodimlari (xizmatchilari) soni Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan har yili bir marta 1-iyulgacha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yongʻin-qutqaruv qismlari va postlari tashkil etilishi lozim boʻlgan tumanlar va shaharlar roʻyxati, Favqulodda vaziyatlar vazirligining harbiy xizmatchi yoki qutqaruvchi maqomiga ega boʻlgan xodimlar va xizmatchilar bilan jamlangan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari soni va ularning shtatdagi xodimlari soni amaldagi normalar va qoidalarga muvofiq Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan aniqlanadi va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda yongʻin-qutqaruv qismlari va ularning boshqaruv organlari Favqulodda vaziyatlar vazirligining idoraviy hujjatlariga muvofiq manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli boshqarmalari (markazlari) vakillaridan iborat tarkibdagi idoralararo komissiyalarining dalolatnomalari, shuningdek, ushbu obyektlar yoki ularning yuqori turuvchi tashkilotlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli boshqarmalari (markazlari) oʻrtasida tuziladigan shartnomalar asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitta yongʻin-qutqaruv qismi va/yoki yongʻin nazorati va profilaktika guruhi uchun — yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkita va undan ortiq yongʻin-qutqaruv qismlari va/yoki yongʻin nazorati va profilaktika boʻlinmalari uchun — yongʻin xavfsizligi boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkita va undan ortiq yongʻin xavfsizligi boʻlimlari uchun — yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan yongʻin xavfsizligi boshqarmasi (markazi) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi yongʻin xavfsizligi boshqarmasi (markazi), boʻlimi va boʻlinmasining namunaviy tashkiliy tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yongʻin-qutqaruv depolarini joylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yongʻin-qutqaruv depolarining joylashuvi tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda quriladigan yongʻin-qutqaruv depolarining joylashuvi amaldagi standart, norma va qoidalarga muvofiq Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda loyihachi tashkilotlar yoki manfaatdor tashkilotlar (buyurtmachilar) tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yongʻin-qutqaruv avtomobillari sonini belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlaridagi yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari uchun yongʻin-qutqaruv va boshqa turdagi avtomobillarning soni hamda yillik motoresurs limitlari standart, meʼyor, qoida hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining idoraviy hujjatlari asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari uchun yongʻin-qutqaruv va boshqa turdagi avtomobillarning soni Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda loyihachi tashkilotlar tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini saqlash xarajatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning tumanlari, shaharlari va boshqa aholi punktlarida tashkil etilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari uchun — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda shartnomalar asosida tashkil etilgan yongʻin-qutqaruv qismlari va ularning boshqaruv organlari uchun — ushbu tashkilotlarning mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etilgan yongʻin-qutqaruv qismlari va ularning boshqaruv organlarining moliyaviy va moddiy-texnik taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan saqlanadigan boʻlinmalar uchun belgilangan meʼyorlar asosida amalga oshiriladi (ikki tomonlama tuzilgan shartnomaga muvofiq beriladigan qoʻshimcha imtiyozlar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Respublikaning tumanlari, shaharlari va boshqa aholi punktlarida tashkil etilgan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari (tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalar asosida tashkil etiladigan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari bundan mustasno) uchun binolar va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish harajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini tegishli yillar uchun shakllantirishda nazarda tutilgan markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda tashkil etilgan yongʻin-qutqaruv qismlari va ularning boshqaruv organlari uchun binolar va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ushbu obyektlarning mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yongʻin-qutqaruv depolarning binolari va inshootlaridan foydalanish va ularni jihozlash, yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari uchun yongʻin-qutqaruv texnikasi, avtotransport va yoqilgʻi-moylash materiallari, maxsus kiyim-bosh, aloqa vositalari, diagnostika apparatlari, inventar va yongʻin-texnik mol-mulk, tashkiliy texnika, ehtiyot qismlar va sarflash materiallarini sotib olish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning tumanlari, shaharlari va boshqa aholi punktlarida tashkil etilgan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari uchun — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda tashkil etilgan yongʻin-qutqaruv qismlari va ularning boshqaruv organlari uchun — tuzilgan shartnomalarga muvofiq obyektlarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari boshqaruv organlarining tasdiqlangan shtatlariga davlat yongʻin nazoratini amalga oshirish hamda ularga rahbarlik qilish uchun qoʻshimcha lavozimlarni kiritish tegishli ravishda, yongʻin-qutqaruv qismlarining belgilangan shtatlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida, biroq ushbu boʻlinmalar shtatlarining tasdiqlangan umumiy sonining toʻrt foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Respublikaning tumanlari, shaharlari va boshqa aholi punktlarida hamda oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari qonunchilikka muvofiq qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaning tumanlari, shaharlari va boshqa aholi punktlarida, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaning tumanlari, shaharlari va boshqa aholi punktlarida, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari
Tashkil etiladigan joy
Tashkil etish uchun asos
Moliyalashtirish manbai
Harbiy xizmatchi maqomiga ega boʻlgan xodimlar va qutqaruvchi maqomiga ega boʻlgan xizmatchilar bilan jamlangan yongʻin-qutqaruv otryadlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfi yuqori boʻlgan ayrim shaharlar va tumanlarda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari
Harbiy xizmatchi maqomiga ega boʻlgan xodimlar bilan jamlangan yongʻin-qutqaruv qismlari
Aholi soni 50 ming va undan ortiq boʻlgan shaharlarda hamda tumanlar markazlarida
Qoʻshimcha shtat ajratilishi talab etilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining belgilangan shtatlari doirasida — Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari
Oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda
Obyektlar yoki ularning yuqori turuvchi tashkilotlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli boshqarmalari (markazlari) oʻrtasida tuziladigan idoralararo komissiyalar dalolatnomalari hamda shartnomalarga muvofiq qabul qilinadigan Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining buyrugʻi
Obyektlar mablagʻlari
Qutqaruvchi maqomiga ega boʻlgan xizmatchilar bilan jamlangan yongʻin-qutqaruv qismlari va postlari
Aholi soni 50 mingdan kam boʻlgan tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlarida
Qoʻshimcha shtat ajratilishi talab etilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining belgilangan shtatlari doirasida — Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 700-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RUYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati faoliyatini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 1-avgustdagi 566-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 159-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 1-dekabrdagi 960-son qaroriga ilovaning 14-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 279-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblashtoʻgʻrisida” 2018-yil 3-maydagi 321-son qaroriga 1-ilovaning 20-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 101-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2019-y., 09/19/700/3602-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)