2-ILOVA
|
Tadbirlar ro‘yxati |
Ijro shakli |
Ijro muddati |
Mas’ul ijrochilar | |
|
I. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | ||||
|
1. |
Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish davrida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — FVV)ning tuzilmalari ishtiroki tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2019-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev), IIV (M.U. Jo‘rayev) |
|
2. |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazib, ishlab chiqilishi va qayta ishlanishi talab qilinadigan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxatini tuzish hamda ularni tayyorlash bo‘yicha tarmoq jadvalini tasdiqlash. |
Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrug‘i |
2019-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev), Adliya vazirligi (M.U. Istamov) |
|
3. |
O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimining faoliyatini takomillashtirish. |
Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev), Adliya vazirligi (M.U. Istamov) |
|
II. Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tizimini takomillashtirish | ||||
|
4. |
Tez harakat qilish ko‘p tarmoqli respublika markazi va Murakkab yong‘inlarni o‘chirish bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan otryadi bazasida Favqulodda vaziyatlar vazirligining Maxsus vazifalar bo‘yicha respublika qutqaruv markazini tashkil etish hamda uning Nizomi va tashkiliy-shtat tuzilmasini tasdiqlash. |
Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrug‘i |
2019-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev) |
|
5. |
“Qamchiq” maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi va “Qamchiq” tonnelini qo‘riqlash bo‘yicha harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismi bazasida “Qamchiq” maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasini tashkil etish hamda uning Nizomi va tashkiliy-shtat tuzilmasini tasdiqlash. |
Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrug‘i |
2019-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev) |
|
6. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida maxsus vazifalarni bajaruvchi hududiy qutqaruv otryadlarining faoliyatini tashkil etish. |
Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrug‘i |
2019-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev), |
|
7. |
Respublikaning shaharlarida, aholi punktlarida va obyektlarida FVV yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarini tashkil etish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash, unda quyidagilarni nazarda tutish: aholi sonidan kelib chiqqan holda, aholi punktlarida yong‘in-qutqaruv depolari joylashuvini, yong‘in o‘chirish va qutqaruv avtomobillari sonini belgilash; yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari (otryadlar, qismlar, postlar)ni tashkil etish. |
Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2019-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev), Qurilish vazirligi (B.E. Zokirov) daxldor vazirlik va idoralar bilan birgalikda |
|
8. |
Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarishning Milliy markazi (FVHQ va BMM) hamda uning hududiy tezkor boshqaruv markazlarini tashkil qilish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish, unda quyidagilarni nazarda tutish: Yagona navbatchi-dispetcherlik xizmati (YANDX)ni tashkil etish; FVHQvaBMM va YANDX tashkiliy-shtat tuzilmasini, nizomlarini hamda FVDT kuchlari va vositalarini boshqarish tartibini tasdiqlash; FVHQvaBMM va uning hududiy bo‘linmalari binolarini qurish (qayta qurish) va jihozlash; yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining yagona chaqiruv raqamini tatbiq etish. |
Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2019-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O.M. Umarov), |
|
9. |
Quyidagilarni: Zarafshon, Uchquduq, Shirin shaharlari, Ohangaron va O‘rta-Chirchiq tumanlarida professional yong‘in-qutqaruv qismlarini; Xiva shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limini umumiy miqdor doirasida tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish. |
Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrug‘i |
2019-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev), |
|
10. |
Favqulodda vaziyatlar vazirligida idoraviy aviatsiya bo‘linmasini tashkil etish bo‘yicha takliflarni tayyorlash. |
Axborot xati |
2019-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev)manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda |
|
11. |
Maxsus vazifalar bo‘yicha respublika qutqaruv markazi tarkibida radiatsiyaviy avariyalar tarqalishini chegaralash va bartaraf etishga mo‘ljallangan, maxsus texnika, uskunalar va asbob-anjomlar bilan jihozlangan ixtisoslashtirilgan bo‘linmani tashkil etish. |
Axborot xati |
2020-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev) |
|
III. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish | ||||
|
12. |
FVV yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2019-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev), Moliya vazirligi (A.Ya. Haydarov), |
|
13. |
FVV bo‘linmalari va organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar ro‘yxatini tayyorlash va tasdiqlash. |
Qo‘shma qaror |
2019-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev), |
|
14. |
Belarus Respublikasi FVV Fuqaro muhofazasi universitetida ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot vositalari (favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, surishtirish, Favqulodda vaziyatlar komissiyasi a’zolarini tayyorlash)ni sohaga yetkazib berish va moslashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash. |
Axborot xati |
2019-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O.M. Umarov), |
|
15. |
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining o‘qotar qurollarini O‘zbekiston Respublikasi IIV balansidan FVV balansiga o‘tkazilishini hamda keyinchalik ularni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi omborxonalarida saqlanishini tashkil qilish. |
Qo‘shma qaror loyihasi |
2019-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev), IIV (M.U. Jo‘rayev), |
|
16. |
“Pojsnab” MCHJ va “Uniform” RUICHK (Belarus Respublikasi) bilan asosiy va maxsus turdagi yong‘in-qutqaruv texnikalarini, uskunalarni, shuningdek, qutqaruvchi va yong‘in o‘chiruvchilarning shaxsiy himoya vositalari va maxsus himoya kiyimlarini xarid qilish masalalarini ko‘rib chiqish. |
Axborot xati |
2019-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev), |
|
17. |
FVVning harbiy xizmatchilari va xizmatchilari uchun harbiy va xizmat kiyim-bosh namunalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi loyihasi |
2020-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda |
|
IV. Kadrlarni, aholini, qutqaruv xizmatlarini, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini tayyorlash tizimini takomillashtirish | ||||
|
18. |
Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida zamonaviy ko‘rgazma materiallar, interaktiv o‘qitish vositalari hamda axborot texnologiyalari bilan jihozlangan, hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha ko‘rgazma-namunali o‘qitish Markazini tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash. |
Axborot xati |
2019-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev), |
|
19. |
FVV Akademiyasi va uning qoshidagi Ixtisoslashtirilgan akademik litsey faoliyatini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2019-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev), |
|
20. |
Yong‘in-qutqaruv otryadlari va qutqaruv qismlari shaxsiy tarkibini qutqaruv ishiga tayyorlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda keyinchalik ularga qutqaruvchi maqomini berish maqsadida attestatsiyadan o‘tkazish. |
Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrug‘i |
2019-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev) |
|
21. |
Qutqaruvchi kasbi nufuzini oshirish va aholi o‘rtasida hayot faoliyati xavfsizligi asoslarining targ‘ibotini maqsadli tashkil qilish yuzasidan aholining turli toifalari uchun mo‘ljallangan videoroliklar va multfilmlar, shuningdek, targ‘ibot yo‘nalishidagi materiallar hamda badiiy va hujjatli filmlar tayyorlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish. |
Kompleks chora-tadbirlar dasturi |
2019-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev), |
|
22. |
FVV harbiy xizmatchilari va xizmatchilarini kasbiy, jismoniy va mafkuraviy tarbiyalash tizimini takomillashtirish. |
Kompleks reja |
2019-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev), |
|
23. |
Belarus Respublikasi va boshqa xorijiy davlatlarning FVV ayrim bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tajribasini o‘rganish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2019-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev), |
|
24. |
Turli favqulodda vaziyatlarda yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari tomonidan qutqaruv ishlarini olib borish ko‘nikmalarini takomillashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan zamonaviy o‘quv-mashg‘ulot poligonini tashkil etish. |
Kompleks reja |
2019-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda |
|
25. |
Belarus Respublikasi FVVning Fuqaro muhofazasi universiteti mutaxassislarini jalb qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi faoliyatini tashkil etishda metodik yordam ko‘rsatish hamda ilmiy-texnik ishlanmalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish va kadrlarni tayyorlash masalalarini ko‘rib chiqish. |
Axborot xati |
2019-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev) |
|
26. |
Jamoatchilik fikri asosida FVV tuzilmalari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrug‘i |
2019-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev) |
|
V. Favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarni monitoring va prognoz qilish tizimini rivojlantirish, shuningdek, FVV faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish | ||||
|
27. |
Aholini tabiiy, texnogen xavfli zonalar va noqulay meteorologiya sharoitlari to‘g‘risida xabardor qilish hamda monitoring qilish maqsadida interaktiv xaritalarni ishlab chiqish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2019-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev), |
|
28. |
Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tuzilmalar tezkorligi va mobilligini oshirish uchun zarur bo‘ladigan axborot tizimlarini va ma’lumotlar bazalarini, shuningdek, quyi tuzilmalargacha bo‘lgan optik aloqa liniyalarini tashkil etish zaruriyatini hisobga olgan holda yagona axborot-kommunikatsiya tarmog‘i loyihasini ishlab chiqish. |
Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2019-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev), |
|
29. |
Turli xususiyatli favqulodda vaziyatlarda harakat qilish qoidalari to‘g‘risida aholiga ma’lumot berish hamda qutqaruv xizmatlarining shoshilinch chaqiruvi, hayot faoliyati xavfsizligi to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bepul mobil ilovani ishlab chiqish va tatbiq etish. |
Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2019-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev), |
|
30. |
Geoaxborotlar tizimidan foydalangan holda FVV qutqaruv tuzilmalarining kuch va vositalarini boshqarish uchun zaruriy ma’lumotlar bazasini shakllantirish bilan birga axborot tizimini yaratish, shuningdek, real vaziyatda ma’lumotlarni vizual kuzatish tizimini (joylardagi kameralar) ishga tushirish va jamoaviy foydalanish ekranlarida aks ettirish. |
Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2019-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev), |
|
31. |
Tabiiy va texnogen xavfi yuqori zonalar (obyektlar) bo‘yicha geoaxborot tizimini tashkil etish maqsadida “ARC GIS” (ARS GIS EDITOR 10,5) GPS litsenzion dasturi bilan ta’minlash masalasini ishlab chiqish. |
Bosqichma-bosqich jihozlash dasturi |
2019-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev), |
|
VI. FVV xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va madaniy-maishiy ta’minotini takomillashtirish | ||||
|
32. |
FVV shaxsiy tarkibi, ularning oila a’zolari va pensionerlarning tibbiy ta’minotini tashkil etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish. |
Axborot xati |
2019-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev), |
|
33. |
FVV tarkibiga o‘tkazilgan Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi va Yong‘in xavfsizligi instituti xodimlarini ichki ishlar organlari xodimlari maqomidan harbiy xizmatchi maqomiga o‘tkazish. |
Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrug‘i |
2020-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev) |
|
34. |
FVV tarkibiga o‘tkazilgan Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi va Yong‘in xavfsizligi instituti xodimlariga ularning maxsus unvoni va toifa malakalariga muvofiq harbiy unvon va toifa malakalarini berish. |
Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrug‘i |
2021-yil |
FVV (A.H. Qo‘ldoshev) |