Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.03.2019 02.06.2018 yildagi 384к-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.03.2019
Hujjat 06.06.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hududidagi chiqindilarni toʻplash va olib ketish xizmatlari uchun yangi tariflarni belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xorazm viloyati hokimining 2019-yil 16-martdagi 146q-sonli “Viloyat hududidagi chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun yangi tariflarni belgilash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi va “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 14-avgustdagi “Aholiga sotiladigan yoqilgʻi, energiya va koʻrsatiladigan xizmat chakana narxlari hamda tariflarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi 381-son, 2010-yil 28-oktabrdagi “Tovarlar (ishlar xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (Tariflar) ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 239-son, 2013-yil 3-dekabrdagi “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 315-son, 2014-yil 15-iyuldagi “Kommunal xizmatlar koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 194-son va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi “2017 — 2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2916-sonli qarorlariga asosan viloyat hududidagi chiqindilarni fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga, atrof-muhitga zararli taʼsirini oldini olish, chiqindilar hosil boʻlishini kamaytirish, tumanlar hududini ekologik hamda sanitariya holatini, tozalikni amalga oshirish, shuningdek, chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun yangi tariflarni belgilash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Viloyat “Toza hudud” davlat unitar korxonasining tumanlar filiallari hududlaridagi qattiq va suyuq holdagi maishiy chiqindilarni olib ketish va qabul qilish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlov miqdorlari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyat “Toza hudud” davlat unitar korxonasining tumanlar filiallari tomonidan aholidan chiqindilarni toʻplab olib ketganligi uchun toʻlovlarni vaqtida toʻlanishida mahalla fuqarolar yigʻinlari hamda koʻp xonadonli uylarda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yaqindan amaliy yordam koʻrsatishi tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror viloyat hokimligining rasmiy nashri hisoblangan “Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalarida eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Viloyat hokimligining “Kompyuterlashtirish markazi” unitar korxonasi (S. Sadiqov)ga mazkur qarorni viloyat hokimligining veb-saytida joylashtirilishini taʼminlash topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xorazm viloyati hokimining 2016-yil 13-fevraldagi “Viloyat hududidagi chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun yangi tariflarni belgilash toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Sh. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim vazifasini bajaruvchi F. ERMANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 2-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
384k-son