Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 24.07.2019 yildagi 624-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tungi vaqtda faoliyat yurituvchi umumiy ovqatlanish korxonalari va koʻngilochar obyektlarda jamoat xavfsizligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda tungi vaqtda faoliyat yurituvchi umumiy ovqatlanish korxonalari va koʻngilochar obyektlarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida jamoat tartibini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 19-iyundagi PQ-3786-son qaroriga muvofiq Toshkent shahrida eksperiment tariqasida joriy etilgan jamoat tartibini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha “Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasi doirasida kunu tun uch smenali patrul rejimi respublikaning boshqa hududlariga ham tatbiq etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3245-son qarori ijrosi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Jamoat joylarida videokuzatuv tizimini qoʻllash va foydalanish metodikasi tasdiqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 11-oktabrdagi PF-5552-son Farmoniga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlariga ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning jamoat tartibini saqlash kuchlarining uch smenali rejimdagi patrulini taʼminlash orqali sayyohlar uchun dam olishni tashkil etish dasturlarini tasdiqlagan holda Nukus shahri, viloyatlar markazlari va sayyohlar tashrif buyuradigan boshqa joylarda savdo-koʻngilochar va umumiy ovqatlanish obyektlari faoliyati tungi vaqtda cheklanishiga yoʻl qoʻyilmaydigan zonalarni aniqlash huquqi berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019-yil 15-oktabrdan boshlab jamoat xavfsizligi boʻyicha umumiy ovqatlanish korxonalari va koʻngilochar obyektlarda quyidagi talablarni belgilagan holda ularning 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritishini taʼminlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfsiz shahar” konsepsiyasi doirasida umumiy ovqatlanish korxonalari va koʻngilochar obyektlarning ichki qismiga, shu jumladan, xizmat koʻrsatish xonalari, kirish va chiqish joylariga tasvirni kamida oʻn besh kun davomida saqlash imkonini beruvchi videokuzatuv tizimini oʻrnatish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-iyundagi 366-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2024-y., 09/24/366/0459-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolarning yon-atrofi, avtoturargoh va ularga tegishli boshqa hududlarni yetarli darajada (kamida 10 metr masofada) yoritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binoda shovqinning ruxsat etiladigan shovqin meʼyorlariga qoʻyiladigan sanitariya qoidalari va normalaridan oshmasligini taʼminlash, shu jumladan, obyektlarni toʻliq tovush oʻtkazmaydigan etib jihozlash yoki tungi vaqtda musiqa va tovush kuchaytirgich asbob-uskunalaridan foydalanmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin oʻchirish vositalari hamda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar toʻplami solingan tibbiy yordam qutichalari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binoning barcha uchun koʻrinarli joylariga yongʻin va boshqa favqulodda (tezkor) vaziyatlar yuz bergan taqdirda harakatlanish va fuqarolarni evakuatsiya qilish chizmasi hamda tezkor va qutqaruv xizmatlarining telefon raqamlari koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻrnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu qarorning 2-bandida belgilangan talablar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qaroriga muvofiq yirik shaharlar, viloyatlar va tumanlar markazlarida tashkil etiladigan savdo va koʻngilochar koʻchalarda tunu kun faoliyat yurituvchi savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarining faoliyatiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-sentabrdagi 587-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 09/21/587/0894-son — 2021-yil 22-dekabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy ovqatlanish korxonalari va koʻngilochar obyektlar rahbari tomonidan ushbu qarorning 2-bandida belgilangan talablar bajarilganligi haqida hududiy ichki ishlar organlariga belgilangan tartibda xabarnoma yuboriladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning 2-bandida belgilangan talablarga rioya etmagan holda tungi vaqtda faoliyat yuritish taqiqlanadi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning 2-bandida belgilangan talablarga rioya etgan holda tungi vaqtda faoliyat yurituvchi umumiy ovqatlanish korxonalari va koʻngilochar obyektlarning qonuniy faoliyatiga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aralashish taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
videokuzatuv tizimini oʻrnatish va ushbu qarorning 2-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish tegishli umumiy ovqatlanish korxonalari va koʻngilochar obyektlarning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tungi vaqtda faoliyat yuritayotgan umumiy ovqatlanish korxonalari va koʻngilochar obyektlar tomonidan mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan talablar buzilsa, Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor etish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomda belgilangan tartibda ularning tungi vaqtda faoliyat yuritish huquqi ichki ishlar organlari tomonidan toʻxtatib turilishi va tugatilishi mumkin.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda tungi vaqtda faoliyat yurituvchi umumiy ovqatlanish korxonalari va koʻngilochar obyektlardagi videokuzatuv tizimlarini “Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksiga integratsiya qilishda ularga har tomonlama koʻmaklashsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya bilan birgalikda patrul guruhlari tomonidan tungi vaqtda faoliyat yurituvchi umumiy ovqatlanish korxonalari va koʻngilochar obyektlar joylashgan yoʻnalishlarda doimiy nazorat oʻrnatilishiga alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi bilan birgalikda:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-iyundagi 366-sonli qarori tahririda —Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2024-y., 09/24/366/0459-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda tungi vaqtda faoliyat yurituvchi umumiy ovqatlanish korxonalari va koʻngilochar obyektlar roʻyxatini shakllantirsin hamda savdo va koʻngilochar koʻchalar roʻyxati majburiy tartibda mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinishini.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-iyundagi 366-sonli qarori tahririda —Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2024-y., 09/24/366/0459-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning maqsadi, mohiyati va ahamiyati tadbirkorlik subyektlari orasida tushuntirilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni B.X. Tashmatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 24-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
624-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2019-y., 09/19/624/3478-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 09/21/587/0894-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 02.07.2024-y., 09/24/366/0459-son)