19.06.2018 yildagi PQ-3786-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida jamoat tartibini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davr mobaynida poytaxtda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining yaqin hamkorligi asosida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish, huquq-tartibotni va fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlash boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, xizmatni oʻtashni tashkil etish amaliyotini oʻrganish sutkaning kechki va tungi vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mavjud kuch va vositalarini taqsimlashning yetarli darajada samarali emasligini koʻrsatdi hamda bu poytaxtda kriminogen vaziyatga tezkor taʼsir koʻrsatish, uni nazorat qilish va baho berish imkonini bermayapti. Ushbu vaqtda huquqbuzarliklar umumiy sonining yarmidan koʻpi, ayniqsa, ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarning sodir etilayotganligi ham bundan dalolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatining samaradorligini oshirish, sutkaning kechki va tungi vaqtida jamoat tartibini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida ularning yaqin hamkorligini tashkil etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Oliy sudi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamda Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashining 2018-yil 1-iyuldan Toshkent shahrida jamoat tartibini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimiga quyidagilarni nazarda tutadigan “Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasini (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb yuritiladi) eksperiment tariqasida joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soat 16:00 dan 8:00 ga qadar vaqt oraligʻida ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya saf boʻlinmalari jamoat tartibini taʼminlash kuchlarining kamida 70 foizini, shuningdek, jamoatchilik vakillarini (keyingi oʻrinlarda — jamoat tartibini taʼminlash kuchlari) jalb qilish orqali kunu tun uch smenali patrul rejimini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar va prokuratura organlarining profilaktika, tezkor va tergov boʻlinmalari, maʼmuriy sudlar, advokatura, shuningdek, sud-tibbiy ekspertiza xizmatlari xodimlari tomonidan sutkaning kechki va tungi vaqtida xizmat faoliyatini toʻliq amalga oshirish, keyinchalik sutkaning kunduzgi vaqtida oʻn olti soat davomida ularni bevosita xizmat vazifalarini bajarishdan ozod etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklarning oʻz vaqtida oldini olish va ularga chek qoʻyish maqsadida ichki ishlar organlari boʻlinmalari, birinchi navbatda, jamoat tartibini taʼminlash kuchlarining patrul guruhlari hodisa sodir boʻlgan yoki signal berilgan joyga maksimal tezkorlik bilan yetib borishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patrullik qilish uchun biriktirilgan hududda jamoat tartibini buzish holatlari mavjud emasligi, ularning oʻz vaqtida oldi olinishi va ularga chek qoʻyilishi sutkaning kechki va tungi vaqtida xizmat olib borayotgan jamoat tartibini taʼminlash kuchlari faoliyatini baholashning eng muhim mezonlari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sutkaning kechki va tungi vaqtidagi faoliyat jamoat tartibini taʼminlash kuchlarining va jalb etilgan davlat organlari boʻlinmalari shaxsiy tarkibining yaqin hamkorligida tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat tartibini taʼminlash kuchlari tomonidan sutkaning kechki va tungi vaqtida avtomobillarda patrullik qilish aralash tartibda, yaʼni ham avtomobillarda, ham piyoda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sutkaning kechki va tungi vaqtida xizmat olib borishga jalb etilgan jamoat tartibini taʼminlash kuchlari va davlat organlari shaxsiy tarkibining faoliyati davriy ravishda sutkaning kunduzgi vaqtidagi ish bilan almashtirib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Konsepsiyani amalga oshirish doirasida jamoat tartibini taʼminlash kuchlarini muvofiqlashtirish va aloqa mobil markazlarining (keyingi oʻrinlarda — mobil markazlar) faoliyat yuritishi amaliyoti joriy etilsin va ular ichki ishlar boʻlimlari xizmat koʻrsatish hududlariga biriktirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar mobil markazlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sutkaning kechki va tungi vaqtida xizmat olib borish davomida jamoat tartibini taʼminlash kuchlari va jalb etilgan davlat organlari boʻlinmalarini nazorat qilish, boshqarish hamda ularning samarali hamkorligini tashkil etishda ichki ishlar boʻlimlariga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hodisa sodir boʻlgan yoki signal berilgan joyga jamoat tartibini taʼminlash kuchlarining eng yaqin patrul guruhi darhol yetib kelishini taʼminlash orqali huquqbuzarliklar haqida kelib tushgan ariza, xabar va boshqa maʼlumotlar boʻyicha tezkor chora koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat tartibini taʼminlash kuchlarini muvofiqlashtirish va harakatlantirish maqsadida, jumladan hodisa sodir boʻlgan joyga bevosita chiqqan holda mobil shtab funksiyalarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda va odamlar gavjum joylarda tezkor va kriminogen vaziyatni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda bevosita kuzatish hamda vizual baholashni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat tartibini taʼminlash kuchlari tomonidan huquqbuzarlik holatlari aniqlangan va qidiruvdagi jinoyatchilar qoʻlga olingan hollarda ichki ishlar va prokuratura organlarining profilaktika, tezkor va tergov boʻlinmalari jalb etilishini tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent shahrida jamoat tartibini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha uzluksiz kunu tun xizmat rejimini tashkil etish sxemasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari lavozimi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga oʻzgartirilsin hamda uning zimmasiga quyidagilar yuklansin:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat tartibini saqlashning, ayniqsa, sutkaning kechki va tungi vaqtida natijadorligini taʼminlash boʻyicha faoliyatni tashkil etish uchun shaxsiy javobgarlik;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash, shuningdek, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻlinmalarining samarali va oʻzaro bogʻliq faoliyat yuritishini tashkil etish boʻyicha vazifalar.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashining Toshkent shahrining har bir mahallasida “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlarini (keyingi oʻrinlarda — jamoatchilik guruhlari) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin hamda ushbu guruhlar tarkibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatni oʻtash niyatida mudofaa ishlari boʻyicha tuman boʻlimiga murojaat qilgan harbiy xizmatga chaqiriluvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika oliy harbiy taʼlim muassasalariga, shuningdek, ichki ishlar organlarining taʼlim muassasalariga kirish istagini bildirgan nomzodlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarida xizmat qilish istagini bildirgan nomzodlar orasidan shakllantirilishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik guruhlari tarkibiga kirish mudofaa ishlari boʻyicha tuman boʻlimlari yoki ichki ishlar organlari tomonidan beriladigan yoʻllanmalar asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik guruhlari ular faoliyat olib boradigan mahalla hududida yashovchi yoshlardan shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik guruhlari faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha javobgarlik tuman ichki ishlar organlari boshliqlarining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari va profilaktika inspektorlari zimmasiga yuklanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik guruhlarining har bir aʼzosi sutkaning kechki va tungi vaqtida belgilangan yoʻnalish boʻyicha umumiy 100 soatdan kam boʻlmagan vaqt miqdorida patrullik qilishga jalb etiladi va bu xizmatga (oʻqishga) hujjatlarni yakuniy qabul qilishga asos hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining mahallasida huquq tartibotni taʼminlashda faol qatnashgan jamoatchilik guruhi aʼzolariga profilaktika inspektorlari tomonidan fuqarolar yigʻinlari raislari bilan birgalikda xizmatga (oʻqishga) tanlov oʻtkazishda inobatga olinadigan tavsiyanomalar berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 2018-yil 1-avgustdan Toshkent shahrida jamoat tartibini taʼminlash kuchlari tarkibida xizmat olib borayotgan xodimlar va harbiy xizmatchilarga har oylik ish yakuni boʻyicha patrullik hududida ogʻir va oʻta oʻgʻir jinoyatlarga bevosita chek qoʻyganligi, ularni aniqlaganligi yoki fosh etganligi, shuningdek, tergov va suddan yashiringan shaxslarni ushlaganligi uchun lavozim maoshining 50 foizigacha boʻlgan miqdorda bir martalik pul mukofoti berish tartibi oʻrnatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bir oy muddatda Toshkent shahar tumanlari maʼmuriy sudlarining shtat birliklarini qayta taqsimlash va koʻpaytirish boʻyicha asoslantirilgan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida tumanlararo sud-tibbiy ekspertiza punktlarini eng muqobil joylashtirish zaruratini inobatga olgan holda ularni ochish va faoliyatini tashkil etish boʻyicha takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini, jumladan olib yuriladigan texnik vositalar orqali aniqlashning soddalashtirilgan tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasiga sutkaning kechki va tungi vaqtida protsessual harakatlarni oʻtkazishda fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va ularga malakali yuridik yordam koʻrsatish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Milliy gvardiya bilan birgalikda Konsepsiya talablarini inobatga olgan holda ikki hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat tartibini taʼminlash kuchlari tarkibida birgalikda patrullik xizmatini oʻtash tartibini, jumladan avtomobillarda va piyoda patrullik qilishning aralash uslublari mexanizmini nazarda tutgan holda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi patrul yoʻnalishlarining joylashuvini oʻzgaruvchan operativ va kriminogen vaziyatga muvofiq tarzda jamoat tartibini saqlash kuchlarini tezkor harakatlantirish mexanizmini joriy etgan holda qayta koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sutkaning oraliq vaqtiga muvofiq jamoat tartibini taʼminlash kuchlari shaxsiy tarkibining qayta taqsimlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sutkaning kechki va tungi vaqtida xizmat olib borilishi ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash boʻyicha oʻz xavfsizligi boʻlinmalari faoliyatining samaradorligini oshirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda Konsepsiyaga muvofiq sutkaning kechki va tungi vaqtida xizmat olib borayotgan hamda faoliyat yuritayotgan xodimlar va harbiy xizmatchilarning ovqatlanishini tashkil etish va buning uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy sud va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilarni nazarda tutgan holda muqaddam sudlangan shaxslar bilan ishlash tizimini takomillashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsni muqaddam sudlangan deb topishda qonun hujjatlari normalariga qatʼiy rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqishga, ishga kirishda yoki boshqa hollarda sudlanganlik holati tugallangan yoki sudlanganligi olib tashlangan shaxslarning sudlanganligi haqidagi maʼlumotlarni yozib qoʻyish amaliyotiga barham berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqaddam sudlangan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sutkaning kechki va tungi vaqtida maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ish yuritish tartibini soddalashtirish yuzasidan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi bir oy muddatda “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlarining faoliyat yuritishini tashkil etish tartibi, faoliyatni baholash mexanizmi va mezonlarini belgilaydigan “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksini amalga oshirish jarayonida Toshkent shahrining barcha ichki ishlar boʻlimlarini shaxsning yuzini va transport vositalarining davlat raqami belgisini intellektual tanib olish tizimi bilan jihozlashni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Hududlarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish respublika komissiyasi (N. Yoʻldoshev) Toshkent shahrida Konsepsiya samarali amalga oshirilishining tizimli monitoringini taʼminlasin hamda 2018-yil yakuni boʻyicha bunday amaliyotni respublikaning boshqa hududlarida joriy etish yuzasidan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ichki ishlar organlari patrul-post va yoʻl-patrul xizmatlarining jamoat tartibini saqlashda namuna koʻrsatgan xodimlariga mahalliy ishlab chiqarilgan arzon yengil avtotransport vositalarini sotib olish uchun imtiyozli kredit berish boʻyicha taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda mobil markazlar ishini tashkil etish tartibini tasdiqlasin, bunda ular tomonidan jamoat tartibini taʼminlash kuchlarining oʻzaro muvofiqlashgan hamkorligini tashkil etishning uygʻun mexanizmlari va ularning huquqbuzarliklarga tezkor munosabat bildirish nazarda tutilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda ushbu qaror talablarini inobatga olib, pul mukofoti tizimining aniq mezonlarini nazarda tutgan holda jamoat tartibini taʼminlash kuchlarining faoliyatini baholash tartibini belgilaydigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda respublika ichki ishlar organlarining amaldagi shtat birliklarini tanqidiy qayta koʻrib chiqsin hamda Toshkent shahar ichki ishlar organlari patrul-post va yoʻl-patrul xizmatlarining tuzilmasini takomillashtirish va shtat birliklarini ularning real ish hajmini hisobga olgan holda koʻpaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ichki ishlar organlari patrul-post xizmatlari boʻlinmalarini individual himoya va faol mudofaaning zamonaviy maxsus vositalari bilan jihozlash dasturini kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda kompleks tahlil asosida Toshkent shahar ichki ishlar organlari patrul-post va yoʻl-patrul xizmatlarining avtomobil parkini bosqichma-bosqich qayta jihozlash va mustahkamlash boʻyicha taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Belgilansinki, ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar budjet mablagʻlari, manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 19-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3786-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyundagi PQ-3786-son qaroriga
ilova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha xizmatining uzluksiz kunu-tun rejimini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2018-y., 09/18/3786/1368-son; 30.05.2019-y., 07/19/4343/3206-son; 26.07.2019-y., 06/20/5773/0248-son; 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)