Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash xamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasi tarkibida tashkil etilayotgan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarining RO‘YXATI

2-ILOVA
Prinsipial yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarini tashkil qilish va ularning o‘quv-tarbiyaviy jarayonini takomillashtirish bo‘yicha ChORA-TADBIRLAR DASTURI (“YO‘L XARITASI”)

3-ILOVA
“Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Asosiy qoidalar

2-bob. “Temurbeklar maktabi”ning maqsad va vazifalari

3-bob. O‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish

4-bob. “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarini saralash tartibi

5-bob. “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarini qabul qilish tartibi

6-bob. “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarni o‘qishdan chetlatish tartibi

7-bob. Rahbar va pedagog kadrlar, “Temurbeklar maktabi”ni boshqarish

8-bob. Davlat organlarining” Temurbeklar maktabi”ni boshqarish bo‘yicha asosiy vazifalari

9-bob. “Temurbeklar maktabi”ning moliyaviy va moddiy-texnik ta’minoti

10-bob. Yakunlovchi qoidalar

4-ILOVA
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi

5-ILOVA
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarga biriktirilgan oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining RO‘YXATI

6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari tarkibiga berilayotgan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarining RO‘YXATI

7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-avgustdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari RO‘YXATI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini yanada isloh qilish va rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2738-son qarori bilan tashkil etilgan maxsus guruhlarga o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish va o‘qitish 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab to‘xtatiladi. Bunda, maxsus guruhlarda o‘qiyotgan o‘quvchilar belgilangan tartibda o‘z o‘qishlarini amaldagi o‘quv dasturlari bo‘yicha yakunlaydilar.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-5706-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4276-son qaroriga muvofiq tashkil etilishi ko‘zda tutilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi qoshidagi ixtisoslashtirilgan akademik litsey o‘rniga “Temurbeklar maktabi”ni tashkil etishga ruxsat berilsin.

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. TAShKILIY TADBIRLAR

1.

O‘tkaziladigan tadbirlarning maqsad va vazifalarini yetkazish, yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarini tashkil qilish va ularning faoliyatini takomillashtirish, vazirlik va idoralarning ishchi guruhlarini shakllantirish bo‘yicha ish majlisini o‘tkazish. Ishchi guruhlarning ish tartibini aniqlash.

Idoralararo va idoraviy ichki yig‘ilishlar, yig‘ilishlar bayonnomalari

2019-yil

10-iyulga qadar

XK (V. Maxmudov),

MV (B. Kurbanov),

DXX (A. Azizov),

IIV (P. Bobojonov),

MG (B. Tashmatov),

FVV (T. Xudaybergenov),

OO‘MTV (I. Majidov)

2.

“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarining namunaviy ustavini va boshqa asosiy hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhini tuzish.

Idoralararo yig‘ilishlar, yig‘ilishlar bayonnomalari

2019-yil

15-iyulga qadar

MV (A. Ikramov),

MG (Sh. Shakirov),

OO‘MTV (U. Begimkulov)

3.

Ishchi guruh, shuningdek, idoralararo ish faoliyati samaradorligini tashkillashtirish, axborot-tahliliy materiallar hisobotini tuzish va nazoratni amalga oshirish.

Ishchi guruh faoliyatining batafsil rejasi

doimo

MV (A. Ikramov),

DXX (F. Muxtarov),

IIV (R. Xatamov),

MG (Sh. Shakirov),

FVV (A. Kuldashev),

OO‘MTV (U. Begimkulov)

4.

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya markaziy apparatlarida ko‘rsatilgan vazirlik va idoralarning umumiy son miqdoridan kelib chiqib “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari samarali ish faoliyatini tashkillashtirish uchun zaruriy hollarda bo‘linmalarni (bo‘lim va bo‘linmalar) shakllantirish.

Vazirlik va idoralarning tegishli qarorlari

2019-yil

1-oktabrga qadar

MV(A. Ikramov),

DXX (F. Muxtarov),

IIV (R. Xatamov),

MG (Sh. Shakirov),

FVV (A. Kuldashev),

ishchi guruhlari

II. “TEMURBEKLAR MAKTABI” HARBIY-AKADEMIK LITSEYLARI ISh FAOLIYATINING

NORMATIV-HUQUQIY BAZASINI TAKOMILLAShTIRISh

1.

HAL rahbar va pedagog kadrlar tarkibi, o‘quvchilarning umumiy huquq va majburiyatlari, shuningdek, HAL bo‘linmalari va boshqa mansabdor shaxslarning faoliyatini tashkillashtirish tartibini belgilovchi “Temurbeklar maktabi” HAL Ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Vazirlik va idoralarning qo‘shma qarorlari

2019-yil

20-avgustga qadar

MV (B. Kurbanov),

DXX (A. Azizov),

IIV (P. Bobojonov),

MG (B. Tashmatov),

FVV (T. Xudaybergenov),

OO‘MTV (I. Majidov)

2.

“Temurbeklar maktabi” HAL Ustavini tasdiqlash va amalga joriy qilish.

Tegishli vazirlik
va idoralarning buyruqlari

2019-yil

10-oktabrga qadar

MV (B. Kurbanov),

DXX (A. Azizov),

IIV (P. Bobojonov),

MG (B. Tashmatov),

FVV (T. Xudaybergenov),

OO‘MTV (I. Majidov)

3.

“Temurbeklar maktabi” HAL o‘quvchilarini oziq-ovqat va harbiy kiyim ta’minoti, kiyim rusumining yagona namunalari, taqdirlash nishonlari va ularni taqish tartibi, shuningdek, “Temurbeklar maktabi” HALni tugatganligi to‘g‘risidagi ko‘krak nishoni va diplomi me’yorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Vazirlik va idoralarning qo‘shma qarorlari

2019-yil

10-oktabrga qadar

MV (B. Kurbanov),

DXX (A. Azizov),

IIV (P. Bobojonov),

MG (B. Tashmatov),

FVV (T. Xudaybergenov),

OO‘MTV (I. Majidov)

4.

Zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish.

Tegishli normativ-huquqiy hujjatning loyihasi

2019-yil

1-sentabrga qadar

MV (A. Ikramov),

MG (Sh. Shakirov),

idoralararo ishchi

guruhi

III. INFRATUZILMA VA MODDIY-TEXNIK BAZANI TAKOMILLAShTIRISh

1.

Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga o‘tkazishni amalga oshirish.

“Temurbeklar maktabi” HAL infratuzilmalarini takomillashtirish, tadbirlarni moliyalashtirish manbalari va tegishli hisobotlarni tayyorlash yuzasidan zaruriy choralarni belgilash.

Qabul qilish va topshirish to‘g‘risida bayonnomalar, texnik-iqtisodiy hisobotlar

2019-yil

1-sentabrga qadar

Ishchi guruhlar

2.

“Temurbeklar maktabi” HAL obyektlarining infratuzilmasi, o‘quv va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish bo‘yicha hamda “Temurbeklar maktabi” HALda:

kompyuter, mashq qilish (trenajyor) sinflari hamda masofadan o‘qitish uchun sinflar va elektron axborot-resurs markazlarini yaratishni;

zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar, shu bilan bir qatorda interaktiv virtual stendlar va laboratoriyalar ko‘rinishida dasturiy-pedagogik ta’lim olish vositalarini joriy qilishni;

o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligi va sport yutuqlari darajasini oshirish uchun tegishli sharoitlarni yaratishni;

o‘quv jarayoni�ing yagona avtomatlashtirilgan ichki monitoringi tizimini joriy qilish va nazoratni tashkillashtirish;

pedagogik tarkibni va o‘quvchilarni ta’lim fanlari bo‘yicha o‘quv materiallar bilan ta’minlash va mustaqil ishlarni tashkillashtirish uchun yagona elektron axborot-resurs bazasini yaratishni ko‘zda tutuvchi chora tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Hukumat Qarori

2019-yil

1-sentabrga qadar

Vazirlar Mahkamasi,
MV, DXX, IIV, FVV,
MG, OO‘MTV,
Toshkent shahar va viloyat hokimiyatlari

IV. O‘QUV-USLUBIY BAZALAR VA O‘QUV JARAYoNINI TAKOMILLAShTIRISh

1.

Prinsipial yangi samarali o‘quv rejalari va dasturlari, tematik rejalar, o‘quv-uslubiy resurslar ishlab chiqish, shuningdek, zamonaviy ta’lim berish shakli va uslublarini qo‘llash.

Respublikamizning oliy harbiy ta’lim muassasalari, maxsus va boshqa oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun zarur bo‘lgan alohida fanlarni (matematika, fizika, kimyo, ona tili va adabiyot, tarix va xorijiy tillar) chuqurlashtirilgan tarzda ta’lim berilishi uchun sharoit yaratish.

Vazirlik va idoralarning tegishli, shu bilan bir qatorda qo‘shma qarorlari

2019-yil

1-dekabrga qadar

MV (A. Ikramov),

DXX (F. Muxtarov),

IIV (R. Xatamov),

MG (Sh. Shakirov),

FVV (A. Kuldashev),

OO‘MTV (U. Begimkulov),

ishchi guruhlari

2.

“Temurbeklar maktabi” HAL o‘quvchilariga Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish (yengil va yuk avtomobillarini boshqarish), haydovchilik guvohnomasini olish uchun asos bo‘ladigan tegishli hujjatlarni berish tartibi va mexanizmini ishlab chiqish
va tatbiq etish.

Vazirlik va idoralarning tegishli, shu bilan bir qatorda qo‘shma qarorlari

2019-yil

1-dekabrga qadar

MV (A. Ikramov),

DXX(F. Muxtarov),

IIV (R. Xatamov),

MG (Sh. Shakirov),

FVV (A. Kuldashev),

ishchi guruhlar

3.

“Temurbeklar maktabi” HAL o‘quvchilari tomonidan muntazam ravishda badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni o‘qish tizimini ishlab chiqish va joriy qilish, shuningdek, o‘quvchilarda musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va boshqa san’at turlariga qiziqishni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Vazirlik va idoralarning tegishli, shu bilan bir qatorda qo‘shma qarorlari

2019-yil

1-dekabrga qadar

MV (A. Ikramov),

DXX(F. Muxtarov),

IIV (R. Xatamov),

MG (Sh. Shakirov),

FVV (A. Kuldashev),

OO‘MTV (U. Begimkulov),

HTV (A. Umarov),
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

4.

“Temurbek�ar maktabi” HALni o‘quv maqsadlari uchun mo‘ljallangan zaruriy o‘quv, ilmiy va maxsus adabiyotlar, qurol-aslaha va harbiy-texnik mulk namunalari bilan ta’minlash.

Vazirlik va idoralarning rejalari

2020-yil

1-may qadar
va
HAL shakllanishiga muvofiq

5.

Respublikamizning oliy harbiy, maxsus va boshqa ta’lim muassasalariga kirish uchun zaruriy fanlar bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash uchun fakultativ mashg‘ulotlar va to‘garak ishlarini tashkillashtirish.

Vazirlik va idoralarning tegishli, shu bilan bir qatorda qo‘shma qarorlari

doimo

MV (A. Ikramov),

DXX (F. Muxtarov),

IIV (R. Xatamov),

MG (Sh. Shakirov),

FVV (A. Kuldashev),

OO‘MTV (U. Begimkulov)

V. HARBIY-VATANPARVARLIK VA MA’NAVIY-MA’RIFIY

TARBIYA JARAYoNINI TAKOMILLAShTIRISh

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, xalqiga sodiq bo‘lgan Vatanga xizmat qilishga tayyor turgan aql-zakovatli nomzodlarni respublikamizning oliy harbiy, maxsus va boshqa ta’lim muassasalariga kirishini ta’minlash maqsadida “Ma’naviyat asoslari” darsi bo‘yicha o‘quv dasturi, rejalari va o‘quv-uslubiy komplekslarini takomillashtirish.

Yangi o‘quv dasturi, Harbiy-vatanparvarlik va ma’naviy-ma’rifiy tarbiya bo‘yicha rejalari va o‘quv-uslubiy komplekslari

2019-yil

1-sentabrga qadar

Respublika Ma’naviyat
va ma’rifat markazi ishchi guruhlar bilan hamkorlikda

2.

O‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy o‘sishini ta’minlash uchun kitoblarni o‘qish, kinoteatr, teatr va muzeylarga borish, madaniyat va sport vakillari bilan uchrashuvlarni tashkillashtirish, shuningdek, o‘zbek xalqining tarixi, an’analari va boyliklarini faol o‘rganish yo‘li bilan zaruriy sharoitlarni yaratish.

Alohida reja asosida

doimo

Mas’ul shaxslar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda

3.

Bellashuv ruhi va fikr-mulohazalar bilan almashish uchun sharoitlar, o‘quvchilarda muomala qilish madaniyati, xarizma, notiqlik va liderlik sifatlarni shakllantirish maqsadida “Temurbeklar maktabi” HALda fan olimpiadalari, sport musobaqalari va doimo amalda bo‘lgan munozarali klublarni tashkillashtirish.

Vazirlik va idoralarning qo‘shma qarorlari

2020-yil

1-mayga qadar

MV (A. Ikramov),

DXX (F. Muxtarov),

IIV (R. Xatamov),

MG (Sh. Shakirov),

FVV (A. Kuldashev)

4.

O‘quvchilarda axloqiy-psixologik barqarorlik va kasbiy vazifalarni bajarishga shay turishni shakllantirish maqsadida ularni psixologik qo‘llab-quvvatlashni tashkillashtirish.

Joylarda o‘quvchilarga psixologik yordamni tashkillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi

doimo

MV (A. Ikramov),

DXX (F. Muxtarov),

IIV (R. Xatamov),

MG (Sh. Shakirov),

FVV (A. Kuldashev)

VI. RAHBAR VA PEDAGOGIK TARKIBLAR TAYYORGARLIGI VA MALAKASINI OShIRIShI

1.

“Temurbeklar maktabi” HAL rahbar va pedagog tarkibining shaxsiy va kasbiy sifatlarini kompleks baholash mezonlarini aniqlash va ishlab chiqish.

Rahbar va pedagog tarkibning shaxsiy va kasbiy sifatlarini kompleks baholash mezonlari

2019-yil

20-avgustga qadar

Idoralararo ishchi guruhi

2.

Egallab turgan lavozimiga muvofiqligini obyektiv baholash maqsadida rahbar va pedagog tarkiblarning shaxsiy va kasbiy sifatlarini o‘rganish. Zamon talablariga javob beruvchi malakali kadrlar bilan “Temurbeklar maktabi” HALni butlash va ularni almashinuvini o‘tkazish.

Vazirlik va idoralarning shaxsiy tarkib bo‘yicha tegishli qarorlari

2019-yil

1-sentabrga qadar va
HAL shakllanishiga muvofiq

Vazirlik va idoralarning ishchi guruhlari

3.

Oliy ta’lim muassasalari va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bazalarining tegishli hududiy (soha) markazlarida rahbar va pedagog tarkiblarning ta’lim olishini tashkillashtirish.

“Temurbeklar maktabi” HAL rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish rejasi

Har yili, alohida rejalar bo‘yicha

MV (A. Ikramov),

DXX (F. Muxtarov),

IIV (R. Xatamov),

MG (Sh. Shakirov),

FVV (A. Kuldashev),

OO‘MTV (U. Begimkulov)

4.

Respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tashkillashtiriladigan konferensiyalarda rahbar va pedagog tarkibning ishtirokini ta’minlash, shuningdek ular uchun AKT o‘rganish bo‘yicha intensiv kurslar va xorijiy tillarni o‘rganishini tashkillashtirish.

Vazirlik va idoralarning alohida rejalari bo‘yicha

Har yili, alohida reja bo‘yicha

Vazirlik va idoralarning mas’ul mansabdor shaxslari

5.

Ilg‘or pedagogik tajribani ommalashtirish maqsadida o‘quv-metodik seminarlar, treninglar, mahorat darslari, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkillashtirish.

6.

Mashg‘ulotlarni, shu bilan bir qatorda, ta’lim berishning innovatsion usullari bo‘yicha o‘quv jarayoniga yuqori malakali milliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish samarali mexanizmini tatbiq etish.

7.

Mamlakatning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida rahbar va pedagog tarkiblarning stajirovkasini tashkillashtirish.

2. “Temurbeklar maktabi” davlat ta’lim muassasasi hisoblanadi va faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, mazkur nizom, boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar va o‘z Ustaviga muvofiq amalga oshiradi.
Mazkur Nizomning 52-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlarga ega bo‘lgan nomzodlar dastlabki va harbiy-kasbiy tanlash natijalariga asosan o‘qishga qabul qilinadi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi