1-ILOVA
2-ILOVA
3-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Bajarish muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
Moddiy-texnik bazani mustahkamlash | |||
|
1. |
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi Davlat taʼlim standarti talablariga muvofiq akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari maxsus guruhlarini jihozlash normativlarini ishlab chiqish, maxsus guruhlar uchun zarur moddiy-texnika shart-sharoitlarini yaratish, nomzodlarni oliy harbiy taʼlim muassasalariga kirish uchun tayyorlash jarayonini sifatli tashkil etishni taʼminlash. |
2017-yil aprel — iyun |
Mudofaa vazirligi, “Oʻzstandart”agentligi, OʻMKHTM, Sogʻliqni saqlash vazirligi, vazirliklar va idoralar |
|
2. |
Oʻquv binolari, sport majmualari,auditoriya va laboratoriya xonalarining oʻquv-moddiy, texnika bazasi mulkiy taʼminlanishini, sport jihozlari va anjomlarini ishlab chiqilgan taʼminlash normativlariga muvofiqligini hatlovdan oʻtkazish. |
2017-yil iyul —avgust |
OʻMKHTM, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar va idoralar |
|
3. |
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritish uchun maxsus guruhlar tashkil etilishini inobatga olgan holda rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash talab etiladigan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining manzilli dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, tasdiqlangan taʼminlash normativlariga muvofiq zarur oʻquv jihozlari va inventarlar, oʻqitishning texnik vositalari bilan qoʻshimcha taʼminlash. |
har yili 1-avgustgacha |
OʻMKHTM,Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
Oʻquv reja va dasturlarini takomillashtirish, darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash | |||
|
4. |
Maxsus guruhlarning faoliyatini samarali tashkil etish uchun oʻquv reja va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish, jumladan: oʻquv-normativ hujjatlarni qayta koʻrib chiqish; “Chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik” fani boʻyicha oʻquv dasturini qayta koʻrib chiqish va mazmunini takomillashtirish; boshlangʻich harbiy va jismoniy tayyorgarlik boʻyicha qoʻshimcha mashgʻulotlar tashkil etish va oʻtkazish; umumtaʼlim fanlari boʻyicha toʻgarak va qoʻshimcha mashgʻulotlar tashkil etish; oʻquvchilarning vatanparvarlik tarbiyasi boʻyicha tadbirlar tashkil etishni nazarda tutish. |
2017/2018 oʻquv yili boshlangunga qadar Oʻquv jarayoni jadvaliga muvofiq |
OʻMKXTM, Mudofaa vazirligi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, harbiy okruglar va qismlar, oliy harbiy taʼlim muassasalari |
|
5. |
Harbiy mavzular boʻyicha maxsus oʻquv-metodik qoʻllanmalar va koʻrsatmalar ishlab chiqish, nashr etish, nomzodlarni oliy harbiy taʼlim muassasalariga kirishga tayyorlash uchun akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining kutubxona fondini lugʻatlar, ensiklopediyalar, maʼlumotnomalar, badiiy adabiyotlar bilan toʻldirish. |
2017/2018 oʻquv yili |
Mudofaa vazirligi, Harbiy okruglar, OʻMKHTM |
|
6. |
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarni ZiyoNET tarmogʻiga ulash, oʻqituvchi va oʻquvchilarni taʼlim va oʻqitish tizimiga doir statistik, metodik maʼlumotlarni olishga, axborotlar bazasi va zamonaviy axborot-qidiruv tizimlaridan foydalanishga imkoniyatlar yaratish. |
2017/2018 oʻquv yili |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, OʻMKHTM, Mudofaa vazirligi |
|
7. |
Maxsus guruhlarning har bir oʻquvchisini umumtaʼlim fanlari boʻyicha darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari bilan taʼminlash. |
Har yili 1-sentabrgacha |
OʻMKHTM, Mudofaa vazirligi, harbiy okruglar |
|
8. |
Maxsus guruhlarda oʻqitiladigan fanlar boʻyicha maqsadli oʻqu�-metodik majmualarni va ularning elektron shakllarini yaratish. |
Xar yili 1-sentabrgacha |
OʻMKHTM, Mudofaa vazirligi |
|
9. |
Oliy harbiy taʼlim muassasalariga kirishni xohlovchi eng iqtidorli 9-sinf bitiruvchilarini tanlab olish, umumtaʼlim maktablarida kasbga yoʻnaltirish va oʻquvchilarni keng xabardor qilish boʻyicha ishlarni izchil va maqsadli amalga oshirish. |
Har yili, oʻquv yili davomida |
XTV, OʻMKHTM, Mudofaa vazirligi, harbiy okruglar |
|
Oʻquvchilarni tayyorlash, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tizimini takomillashtirish, harbiy vatanparvarlik va jismoniy tarbiya boʻyicha tadbirlar tashkil qilish | |||
|
10. |
Maxsus guruhlarda dars berishga va tarbiyalash faoliyatiga pedagogik ish staji 5 yildan kam boʻlmagan eng tajribali va malakali oʻqituvchilarni, jumladan harbiy xizmatchilar va safarbarlik zaxirasidan belgilangan tartibda jalb etish. |
2017-yil avgust |
OʻMKHTM, Mudofaa vazirligi |
|
11. |
Kadrlar tomonidan eng yuqori samarali murabbiylikni taʼminlash maqsadida chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani boʻyicha rahbar va oʻqituvchi lavozimiga harbiy xizmatchilar rezervi va safarbarlik zaxirasi tarkibidan tajribali va bilimdon, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida oʻqituvchilik lavozimida kamida 10 yil xizmat qilgan shaxslarni belgilangan tartibda tayinlash choralarini koʻrish. |
2017/2018 oʻquv yilidan |
OʻMKHTM, Mudofaa vazirligi |
|
12. |
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy okruglarida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik boʻyicha rahbar va oʻqituvchilari uchun oʻquv-metodik yigʻinlar tashkil etish va oʻtkazish. |
2018-yildan boshlab har yili |
Harbiy okruglar qoʻmondonligi |
|
13. |
Maxsus guruhlar oʻquvchilarining vaqtlarini oqilona tashkil etish maqsadida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari maxsus guruhlari uchun oʻzaro muvozanatli jismoniy, psixologik, maʼnaviy-axloqiy rivojlanishni taʼminlovchi ilmiy asoslangan, yagona mazmunli kun tartibini ishlab chiqish va joriy etish. |
2017/2018 oʻquv yilidan boshlab |
OʻMKHTM, Mudofaa vazirligi |
|
14. |
Yosh avlod muhitida oliy harbiy taʼlim muassasalarining faoliyati va umumiy harbiy xizmat toʻgʻrisida obyektiv va ijobiy taassurotni shakllantirish, maxsus guruhlar oʻquvchilarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning maqsadi, mazmuni va mohiyatini tushuntirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar majmuasini tashkil etish va oʻtkazish. |
Har yili, oʻquv yili davomida |
Mudofaa vazirligi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, harbiy okrug va qismlar, oliy harbiy taʼlim muassasalari, OʻMKHTM |
|
15. |
Belgilangan normativlarga muvofiq, doimiy ravishda maxsus guruhlar oʻquvchilarining jismoniy tayyorgarligini amalga oshirish. |
2017/2018 oʻquv yilidan boshlab |
OʻMKHTM, Mudofaa vazirligi |
|
16. |
Harbiy akademik litseylarda kecha-kunduz tibbiy xizmat koʻrsatilishini tashkil etish. |
2017/18 oʻquv yilidan boshlab |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi |
|
17. |
Harbiy akademik litseylar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari maxsus guruhlarining oʻquvchilarining fan olimpiadalarida, kasblar boʻyicha musobaqalarda, harbiy-sport musobaqalarida qatnashishga keng jalb etilishini taʼminlash. |
Har yili, jadval asosida |
OʻMKHTM |