Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.02.2020 01.03.2019 yildagi 1721-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.02.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati Sayxunobod tuman hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sayxunobod tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tirkamalarni 2019-yil uchun majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hokimining 2020-yil 27-fevraldagi 238-sonli “Sayxunobod tumani hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularning tirkamalarini 2020-yil uchuy majburiy texnik koʻrnkdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 25-moddalari (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 9-son, 320-modda), “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil, 15-son 197-moddasi) 7-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y, 1-2-son, 17-modda) hamda 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-son “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining tegishli bandlariga muvofiq 2019-yilda Sayxunobod tumanidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tirkamalarning majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tirkamalar tegishli tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga, yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari, normalariga muvofiqligi tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan ham baholanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda jismoniy shaxslar — M1 toifadagi transport vositalari egalari oʻz transport vositasining texnik holati va uskunalari muvofiqligini baholash uchun oʻz tanloviga koʻra, tuman davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organi, xususiy texnik xizmat koʻrsatish stansiyalari yoki tadbirkorlik subyektlariga murojaat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar, va oʻtiriladigan joylari soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari, (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtkazishning ilgari oʻrnatilgan muddatlaridan qatʼi nazar, ularni tuman davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organida roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) vaqtida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ular ishlab chiqarilgan yildan qatʼi nazar tuman davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organi organida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab bir yil oʻtgach (loyihaning “a” kichik bandida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning 3-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi marta — 1-sentabr — 31-oktabrda oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-mart — 30-iyunda oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-yanvar — 31-avgustda oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositasi texnik koʻrikka belgilangan muddatlardan oldin taqdim etilishi mumkin. Ushbu holda transport vositasini texnik koʻrikka taqdim etish muddatini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror transport vositasi egasi — yuridik yoki jismoniy shaxsning yozma arizasi asosida tuman davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organi rahbari tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazilganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yuridik va jismoniy shaxslarning transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 1-ilovaga* muvofiq, yuridik va jismoniy shaxslarning transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasining tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1- va 2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarorining 3-bandi talabidan kelib chiqib, tuman mudofaa boʻlimi, ichki ishlar boʻlimi, davlat xavfsizlik xizmatining harbiy boʻlinmalari va milliy gvardiyaga tegishli transport vositalari ushbu idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Majburiy texnik koʻrik davomida komissiya tarkibida ish olib borgan xodimlarning doimiy ish joylaridagi oylik ish haqlari saqlanib qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2018 iil 14-fevraldagi 312-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qaror “Yangi Xayot” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Sh. Xudoybergenov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim B. MIRZAQULOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sayhun sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1721-son