Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2021 31.01.2003 yildagi 54-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2003-yil 1-fevraldan boshlab amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda muvofiqligi tekshiriladigan standartlar ro‘yxatini bir oy muddatda belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda ular asosida transport vositalarining texnik holati tekshiriladigan ishlab chiqarish-texnika bazasiga qo‘yiladigan talablarni hamda transport vositalarini texnik diagnostika vositalaridan foydalangan holda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish ishlari texnologiyasiga qo‘yiladigan talablarni ikki oy muddatda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy bo‘linmalari transport vositalari ko‘rsatib o‘tilgan idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ommaviy axborot vositalarida transport vositalarining barcha egalariga, avtomobillarga texnika xizmati ko‘rsatuvchi tashkilotlarga majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini yetkazishga qaratilgan keng tushuntirish ishlari o‘tkazilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 31-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
31-yanvardagi 54-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Asosiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq avtomototransport vositalari va ularga tirkamalarni, shuningdek shahar elektr transportini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Transport vositalarining majburiy texnik ko‘rigi (keyingi o‘rinlarda matnda “texnik ko‘rik” deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari (keyingi o‘rinlarda matnda “DYHXX” deb yuritiladi) tomonidan mazkur Nizomga muvofiq o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarining texnik holati va uskunalarining muvofiqligini baholash uchun DYHXX organlari tomonidan tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar, vazirliklar va idoralarning, boshqa tashkilotlarning, shuningdek, xususiy texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari (keyingi o‘rinlarda TXS deb ataladi) shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari, normalariga muvofiqligi tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda Subyektlar deb ataladi) tomonidan ham baholanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda jismoniy shaxslar — M1 toifadagi transport vositalari egalari o‘z transport vositasining texnik holati va uskunalari muvofiqligini baholash uchun o‘z tanloviga ko‘ra, DYHXX organlari, TXS yoki Subyektlarga murojaat qilishlari mumkin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qaroriga asosan ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar texnik ko‘rikdan o‘tkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining texnik holati va uskunalari yo‘l harakati xavfsizligi texnik reglamentlari yoki standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalari sonini, ularning holatini, amalda mavjudligini, tegishliligini va boshqa ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlarni aniqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash yuzasidan profilaktika ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l harakati va transport vositalaridan foydalanish sohasida huquqni buzishlar va jinoyatlarning oldini olish, aniqlash va barham berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan va belgilangan tartibda DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan transport vositalari, shuningdek trolleybuslar va tramvaylar (keyingi o‘rinlarda matnda “transport vositalari” deb yuritiladi) majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga, xalqaro (davlatlararo, hukumatlararo) tashkilotlar va ularning vakolatxonalariga, shuningdek ushbu vakolatxonalar va tashkilotlarning xodimlariga va ularning oila a’zolariga qarashli bo‘lgan avtomototransport vositalari va ularga tirkamalar ushbu Nizomga muvofiq umumiy asoslarda texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tijorat asosida yo‘lovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va o‘tiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq bo‘lgan (haydovchining o‘rnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, og‘ir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan ko‘p bo‘lmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq bo‘lgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tirkamalar ko‘rikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) navbatdagi texnik ko‘rikdan o‘tkazishning ilgari o‘rnatilgan muddatlaridan qat’i nazar, ularni DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) vaqtida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ular ishlab chiqarilgan yildan qat’i nazar, DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan) kundan boshlab bir yil o‘tgach (mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno).
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qaroriga asosan “d” va “e” kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Nizomning 5-bandi “a” kichik bandida ko‘rsatilgan transport vositalarining texnik ko‘rigi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi marta — 1-sentabr — 31-oktabrda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarga qarashli bo‘lgan transport vositalarining texnik ko‘rigi 1-mart — 30-iyunda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarga qarashli bo‘lgan transport vositalarining texnik ko‘rigi 1-yanvar — 31-avgustda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositasi texnik ko‘rikka belgilangan muddatlardan oldin taqdim etilishi mumkin. Ushbu holda transport vositasini texnik ko‘rikka taqdim etish muddatini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror transport vositasi egasi — yuridik yoki jismoniy shaxsning yozma arizasi asosida DYHXXning tegishli hududiy bo‘linmasi rahbari tomonidan qabul qilinadi.
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Transport vositalari DYHXX organlari tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan miqdorlarda yig‘im undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi (oldingi) texnik ko‘rikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi uchun belgilangan miqdorlarda yig‘im undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik ko‘rik o‘tkazilganligi uchun yig‘im summasi tegishli mahalliy budjetga o‘tkaziladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalarining texnik holatini tekshirishni tashkil etish va o‘tkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalarining texnik holatini tekshirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXXning diagnostika stansiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TXS;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyektlar (yo‘lovchilar tashish uchun mo‘ljallangan va haydovchi o‘rnidan tashqari o‘tirish uchun sakkiztadan ko‘p bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega M1 toifadagi transport vositalari) tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda TXS va Subyektlar ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun qat’iy belgilangan narxlarni belgilashlari va DYHXX organlari bilan hamkorlik qilishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun DYHXXning diagnostika stansiyalari, TXS va Subyektlar O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi “Akkreditatsiya markazi” DUK tomonidan belgilangan tartibda texnik jihatdan malakaliligi ma’qullashdan o‘tkazilgan, transport vositalarining texnik holatini tekshirishni tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur texnologik jihozlar bilan ta’minlangan ishlab chiqarish-texnik bazasiga ega bo‘lishi zarur.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-iyuldagi 456-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2020-y., 09/20/456/1119-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun Subyektlarning ishlab chiqarish-texnik bazasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilarga muvofiq bo‘lishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligiga qo‘yiladigan talablarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalariga o‘rnatilgan gaz ballon uskunalari ulanmalarining germetikligi va ishonchliligini sinovdan o‘tkazish va ularning ballonlarini tekshirish uchun — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan siqilgan i tabiiy gazda (keyingi o‘rinlarda STG deb ataladi), suyultirilgan neft gazida (keyingi o‘rinlarda SNG deb ataladi) yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligiga qo‘yiladigan talablarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) zarur texnik diagnostika vositalariga ega bo‘lishi lozim, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘qiga tushadigan maksimal og‘irlik 3500 kg gacha bo‘lgan transport vositalarining tormoz tizimini tekshirish uchun tormoz tizimining texnik diagnostika vositalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pnevmatik va pnevmogidravlik tormoz uzatmalarida siqilgan havo bosimi va germetiklikni (bosim tushishini) nazorat qilish vositalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tirkamalarni ulash moslamasining bosib turish qurilmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rul boshqaruvdagi umumiy lyuftini o‘lchash priboriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rul boshqaruvi va podveskasi detallaridagi lyuftlarni tekshirish testeriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiroqlar yorug‘ligini boshqarishni va kuchini nazorat qilish priboriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shinalarni texnik diagnostika qilish vositalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gazanalizatori — uchqundan o‘t oldirish dvigatellariga ega transport vositalarining ishlab bo‘lingan gazlarida ifloslantiruvchi moddalarning mavjudligini aniqlash pribori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tutun o‘lchash pribori — siqilishdan o‘t oldirish dvigatellariga ega transport vositalarining ishlab bo‘lingan gazlarida tutunni aniqlash pribori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dvigatel aylanish chastotasi va moy haroratini o‘lchash priboriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shovqin o‘lchash priboriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oynalarning yorug‘lik o‘tkazishini tekshirish priboriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompressorga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qinchali manometrga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur kompyuter texnikasiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim texnik diagnostika vositalari xavfsiz foydalanish bo‘yicha talablarga muvofiq bo‘lish sharti asosida universial texnik vositalar bilan almashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘llaniladigan barcha o‘lchov vositalari tasdiqlangan tipda bo‘lishi, qonun hujjatlariga muvofiq tekshiruvdan o‘tgan bo‘lishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXXning diagnostika stansiyalari va TXSning ishlab chiqarish-texnik bazasi tekshirilayotgan transport vositasining toifasiga ko‘ra (M1, M2, M3, №1, №2, №3) mazkur band talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Transport vositalarining texnik holatini baholash uchun mo‘ljallangan ishlab chiqarish-texnik baza joylashtiriladigan xona va maydonlarga doir talablar ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik diagnostika vositalarining soni va tavsiflariga, mehnat va atrof-muhitni muhofaza qilishga doir talablar qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 09/19/136/2623-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Transport vositalarini tekshirishga tegishli mutaxassislikka ega bo‘lgan yoki diagnostika qilish texnologiyasi, diagnostika jihozlarining tuzilishi va ishlash prinsiplari, diagnostika vositalarini qo‘llagan holda texnik holatni tekshirish metodlari, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha talablarni o‘rgangan shaxslar qo‘yilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Subyektlar jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini tekshirishni o‘tkazish bo‘yicha faoliyatlarini boshlashdan oldin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalarini (keyingi o‘rinlarda YHXB deb ataladi) yaratilgan sharoitlar mazkur Nizom talablariga muvofiqligi va ko‘rsatilgan faoliyatni amalga oshirishga tayyor ekanligi haqida yozma ravishda xabardor qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyektning xatiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyekt ustavining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarining texnik holatini tekshirishni tashkil etish va o‘tkazish uchun tegishli texnologik jihozlar bilan ta’minlangan ishlab chiqarish-texnik baza O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi “Akkreditatsiya markazi” DUK tomonidan berilgan ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnoma;
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-iyuldagi 456-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2020-y., 09/20/456/1119-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining avtotransport vositalariga o‘rnatiladigan ballonlarni texnik tekshirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnomasining nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. Hududiy YHXB Subyektning mazkur Nizomning 13-bandiga muvofiq taqdim etilgan xati qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida uni o‘rganadi, Subyekt tomonidan taqdim etilgan hujjatlar to‘liqligini tekshiradi va ular mazkur Nizom talablariga muvofiq bo‘lgan taqdirda, Subyektni jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun zarur sharoitlarga ega tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar hisobini yuritish reyestriga kiritadi hamda bu haqida ikki ish kuni ichida Subyektni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Subyekt xabardor qilingan paytdan boshlab 2 ish kuni ichida uni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan reyestrga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestr aholini jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun zarur sharoitlarga ega Subyektlar haqida xabardor qilish uchun yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132. Subyekt tomonidan mazkur Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan yoki taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda hududiy YHXB 2 ish kuni ichida Subyektga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni ko‘rsatgan holda xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyekt mazkur Nizomning 13-bandiga muvofiq hududiy YHXBga takroran xabarnoma yuborish yoki DYHXX mansabdor shaxslarining harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133. Subyekt o‘zi yoki uning filiali ro‘yxatga olingan hududiy YHXB xizmat ko‘rsatadigan hududda ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy YHXB xizmat ko‘rsatadigan hududda ikki yoki undan ortiq Subyektlar mavjud bo‘lgan hollarda, Subyekt transport vositalari egalarining xohishiga ko‘ra tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134. Jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi ro‘yxatdan o‘tgan transport vositalarining soni Subyektlar tomonidan tekshiriladigan transport vositalarining sonidan ko‘p bo‘lsa va buning natijasida transport vositasining texnik holati o‘z vaqtida tekshirilishini ta’minlash imkoni bo‘lmaydigan hududlarda boshqa transport vositalarining texnik holatini tekshirish joylari DYHXX organi tomonidan mazkur Nizomning 28, 29 va 33-bandlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135. M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun texnik ko‘rikdan oldin uning egasi — jismoniy shaxs yoki u tomonidan vakil qilingan shaxs (keyingi o‘rinlarda arizachi ataladi) reyestrga kiritilgan Subyekt xodimiga (operatoriga) murojaat qiladi, transport vositasini va quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan transport vositaning turi uchun nazarda tutilgan, tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (texnik pasport, texnik talon);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz yoqilg‘isida ishlashga qayta jihozlangan transport vositasiga o‘rnatilgan gaz ballonining sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikati nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositasi taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiq bo‘lgan taqdirda va u identifikatsiya qilingandan keyin mazkur transport vositasining texnik holatini tekshirishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136. Subyektning transport vositasi texnik holatini tekshirish xizmatlari uchun mazkur xizmatni ko‘rsatadigan Subyekt tomonidan tasdiqlangan, biroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari bilan kelishgan holda belgilanadigan cheklangan miqdorlardan oshmaydigan tariflar bo‘yicha haq to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137. Transport vositasining texnik holati Subyekt xodimi (operatori) tomonidan mazkur Nizomning VI bo‘limida nazarda tutilgan tartibda tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalariga o‘rnatilgan STG va SNG tizimlarining germetikligi hamda agregatlari va uzellari (opressovka) ulangan joylarning ishonchliligi Subyekt tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentga muvofiq sinovdan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138. Tekshiruvdan o‘tgan va texnik soz deb topilgan har bir transport vositasiga Subyekt va TXS tomonidan mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda uning texnik holati haqida ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi va beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139. Transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun taqdim etgan avtotransport egasi tomonidan qonun hujjatlari buzilgan (ko‘rsatilgan hujjatlarni, agregatlarning identifikatsiya raqamlarini soxtalashtirish va boshq.) holatlar aniqlangan taqdirda, Subyekt vakili bu haqida darhol DYHXX organlariga xabar berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1310. Transport vositasining texnik holatini tekshirishda huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan Subyektlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1311. Subyekt qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan hollarda Subyekt yoki uning huquqiy vorisi (merosxo‘ri) qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng yetti ish kuni ichida hududiy YHXBni ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Subyekt yoki TXS tomonidan jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositasining texnik holati haqida berilgan ma’lumotnoma berilgan kundan boshlab o‘n kun ichida haqiqiy hisoblanadi va DYHXX organlarida transport vositalari texnik holatini tekshirmasdan, ularning texnik ko‘rikdan o‘tkazish natijalarini rasmiylashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
(II bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yuridik shaxslarning transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Texnik ko‘rik transport vositalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan (vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilgan) joyda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uskunalariga, ko‘tarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun chuqurchalarga, nazorat-o‘lchash asboblariga, asfalt yoki beton qoplangan bir tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega bo‘lgan tashkilotlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnika xizmati ko‘rsatish stansiyalarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXXning diagnostika stansiyalarida;
(15-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXX organlari tomonidan o‘rnatilgan texnik nazorat postlarida o‘tkaziladi.
(15-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish joylari DYHXXning hududiy bo‘linmalari tomonidan belgilanadi.
(15-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlarda texnik ko‘rik boshlangunga qadar barcha diagnostika apparatlari tekshirilishi va ish holatiga keltirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Texnik ko‘rikni tashkil etish jadval tuzish bilan rejalashtiriladi, jadvalda texnik ko‘rik o‘tkazish joyi, sanasi va vaqti, ko‘rikka qo‘yilayotgan transport vositalari soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jadval yuridik shaxslarning buyurtmanomalari va diagnostika stansiyalarining texnik imkoniyatlari, ob-havo-iqlim, ishlab chiqarish sharoitlari va boshqa sharoitlar hisobga olingan holda DYHXX hududiy organlari tomonidan tuziladi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bir kunda texnik ko‘rikka qo‘yiladigan transport vositalari soni mavjud diagnostika va nazorat-o‘lchash uskunalarining kunlik unumdorligidan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Texnik ko‘rikni o‘tkazish jadvali va uni o‘tkazish bo‘yicha komissiyaning tarkibi har yili 15-fevralgacha Toshkent shahar hokimi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning tegishli tumani (shahari) hokimlarining qarori bilan tasdiqlanadi. Bunda komissiya tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari, tramvay-trolleybus parklari, boshqa davlat organlari, shuningdek nodavlat, notijorat tashkilotlarning vakillari kiritiladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXX hududiy organining (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlarining yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi (bo‘linmasi, guruhi) vakili (keyingi o‘rinlarda matnda — DYHXX xodimi) komissiya raisi hisoblanadi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yuridik shaxsga texnik ko‘rik o‘tkaziladigan muddatlar to‘g‘risidagi bildirishnoma yuboriladi, unga transport vositalari guruhlari (3-ilova) yoki alohida transport vositasi (4-ilova) texnik ko‘rik dalolatnomasi blanklari ilova qilinadi. Texnik ko‘rik dalolatnomalari blanklari talab etiladigan ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda (texnik holat to‘g‘risidagi ma’lumotlardan tashqari) transport vositalari ro‘yxatiga muvofiq to‘ldiriladi. Transport vositalari guruhining texnik ko‘rigi dalolatnomasida ko‘rsatilgan transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar DYHXXning tegishli organlarida hisobga olish ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Texnik ko‘rik tashkilotlarda, diagnostika stansiyalarida va texnika xizmati ko‘rsatish stansiyalarida ish vaqtida, texnik nazorat postlarida ish kunlarining kunduzgi va tungi vaqtlarida yoki haftaning dam olish kunlaridan birida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslarga ijaraga berilgan transport vositalari ijaraga beruvchida yoxud ular vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joydagi DYHXX organlarida ijaraga beruvchi uchun belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Texnik ko‘rik boshlanishidan kamida o‘n kun oldin yuridik shaxs DYHXXning hududiy organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning rahbari, bosh buxgalter (bosh buxgalter funksiyasini bajaruvchi shaxs) tomonidan imzolangan, yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan (tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi) texnik ko‘rik dalolatnomasining bir nusxasi;
(22-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik ko‘rikdan o‘tkazganlik uchun yig‘imning belgilangan summasi to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat (to‘lov topshirig‘i, kvitansiya);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mukammal ta’mirlashda, xizmat safarida bo‘lgan, ijaraga berilgan yoki sotishga qo‘yilgan transport vositalari sonini tasdiqlovchi ma’lumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz yonilg‘isida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalariga o‘rnatilgan gaz ballonlarining amaldagi davlat standartlariga mosligi haqidagi sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikati nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining gaz ballonlarini sinovdan o‘tkazish huquqini beruvchi ruxsatnomasi mavjud bo‘lgan tashkilot tomonidan gaz yonilg‘isida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalarining gaz ballonlari sinovdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma nusxasi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qaroriga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchilar malaka oshirgani to‘g‘risida sertifikatining (sertifikatlari) nusxasi.
(22-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2018-y., 09/18/139/0818-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Trolleybuslar va tramvaylarni texnik ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Trolleybuslar va tramvaylar texnik holatining Tramvay va trolleybusdan texnik foydalanish qoidalari, normativlar va standartlarning yo‘l harakati xavfsizligi va texnika xavfsizligini ta’minlashga tegishli qismi talablariga muvofiqligi trolleybuslar va tramvaylarni davlat texnik ko‘rigidan o‘tkazishning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yo‘l harakati xavfsizligi talablaridan hech bo‘lmaganda bittasiga javob bermaydigan trolleybus va tramvaylar nosoz deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Texnik ko‘rikka qo‘yilgan, biroq texnik nosozlik tufayli ko‘rikdan o‘tmagan tramvaylar va trolleybuslar foydalanish uchun qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. O‘tkazilgan texnik ko‘rik natijalari bo‘yicha mazkur Nizomda belgilangan tartibda hujjatlar tuziladi va rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Jismoniy shaxslarga tegishli transport vositasini navbatdagi texnik ko‘rikka qo‘yish sanasi joriy ko‘zdan kechirish paytida DYHXX organlari xodimlari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik ko‘rikni bir tekis o‘tkazish maqsadida DYHXX organlari jadvallar tuzishi va 1-yanvardan 31-avgustgacha bo‘lgan davrda transport vositalari egalari tomonidan transport vositalarini navbatdagi texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun taqdim etishning aniq sanalari (oylari)ni belgilashi mumkin.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalari egalari transport vositalarini navbatdagi texnik ko‘rikka DYHXX organlari tomonidan belgilangan muddatdan kechiktirmay taqdim etishlari shart.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Texnik ko‘rik transport vositalari ro‘yxatdan o‘tkazadigan (vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazadigan) joydagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TXSda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXX diagnostika stansiyalarida (jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik holati mazkur Nizomning 134-bandi talablariga rioya etilgan holda baholanishi lozim);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXX organlari tomonidan belgilangan texnik nazorat postlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun zarur shart-sharoitlarga ega bo‘lgan jamoaviy garaj hududida, avtomobillar to‘xtash joylarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyektlar tomonidan (jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalari) o‘tkaziladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Transport vositalarining texnik ko‘rigi o‘tkaziladigan joy DYHXX organlari tomonidan belgilanadi. Transport vositalarining texnik ko‘rigi ish kunlarining kunduzgi va tungi vaqtlarida yoki haftaning dam olish kunlarining birida o‘tkaziladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun transport vositasi egasi yoki uning vakolatli shaxsi tomonidan quyidagi hujjatlar ko‘rsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat (harbiy xizmatchilar — shaxsiy guvohnoma va turar joyidan ma’lumotnoma; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida yoki Adliya vazirligida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan xalqaro va xorijiy tashkilotlar xodimlari – tegishli ravishda Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligi tomonidan akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan akkreditatsiya kartochkalari va milliy pasportlari; boshqa xorijiy fuqarolar – ichki ishlar organlarida vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan milliy pasportlari yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash ruxsatnomasi; fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasida yashash ruxsatnomasi);
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik ko‘rikdan o‘tkazishga berilgan transport vositasiga muvofiq toifadagi transport vositasini boshqarish huquqiga haydovchi guvohnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risida guvohnoma (texnik pasport, texnik talon);
Oldingi tahrirga qarang.
(30-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining gaz ballonlarini sinovdan o‘tkazish huquqini beruvchi ruxsatnomasi mavjud bo‘lgan tashkilot tomonidan gaz yonilg‘isida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalarining gaz ballonlari sinovdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan gaz yonilg‘isida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalariga o‘rnatilgan gaz ballonlarining muvofiqlik sertifikati nusxasi;
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qaroriga asosan oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik ko‘rikdan o‘tish uchun belgilangan yig‘im summasi to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat (to‘lov topshiriqnomasi, kvitansiya);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TXS va Subyektning transport vositasining texnik holati to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi — shunday ma’lumotnoma bo‘lganda.
(30-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish joyiga olib borish mumkin bo‘lmagan taqdirda uning egasi belgilangan muddatlarda DYHXXning hududiy organiga yozma ariza va ushbu Nizomning 30-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim etadi (haydovchi guvohnomasi, texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat va tibbiy ma’lumotnoma bundan mustasno). Bunda DYHXXning hududiy organi xodimi texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi talonga nosozlik to‘g‘risida “NOSOZ” yozuvini qayd qiladi va shaxsiy imzo va muhr (shtamp) bilan tasdiqlaydi.
(31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nosozlik bartaraf etilgandan keyin transport vositasi egasi uni, ushbu Nizomning 30-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni ko‘rsatgan holda texnik ko‘rikka qo‘yadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Egasining yo‘qligi yoki kasalligi oqibatida texnik ko‘rikdan belgilangan muddatlarda o‘tkazilmagan transport vositalari egasi qaytib kelgandan yoki sog‘aygandan keyin 10 kun mobaynida texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Texnik ko‘rikni o‘tkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Transport vositalari texnik ko‘rikdan o‘tkazishga DYHXX organlari tomonidan ko‘rsatilgan joyga qo‘yilishi lozim (Subyektlar tomonidan jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini baholash hollari bundan mustasno).
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Har qaysi transport vositasining texnik ko‘rigi ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomada (texnik pasportda, texnik talonda) ko‘rsatilgan ma’lumotlarga transport vositasi turi, markasi, modeli, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilari, shassi (rama), kuzov va dvigatelning identifikatsiyalash raqamlarining muvofiqligini tekshirishdan boshlanadi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Har qaysi transport vositasining texnik holati va jihozlari texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari va normalariga muvofiqligi jihatidan tekshiriladi.
(35-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gaz yonilg‘isida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalarini texnik ko‘zdan kechirishda gaz ballonlarining foydalanish muddati, ishlab chiqarilgan yili, zavod raqami, gaz ballonlarini sinovdan o‘tkazish muddatlari, gaz balloni anjomlarining belgilangan talablarga muvofiqligi ham tekshiriladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Tirkamalar va yarim tirkamalarning texnik holati ham avtopoyezd tarkibida, ham alohida turgan holatida tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Texnik ko‘rikdan o‘tgan transport vositalariga tegishli dalolatnoma tuziladi (3, 4 yoki 4a-ilovalar).
(37-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik ko‘rikdan o‘tgan transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi talonga DYHXX organining xodimi belgilangan namunada shtamp qo‘yadi, sozligi to‘g‘risida “SOZ” so‘zini qayd etadi, imzo bilan tasdiqlaydi va texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risida talon beradi (5-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi talonni (yoki dublikatni) berganlik uchun yig‘im undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(37-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik ko‘rikdan o‘tgani to‘g‘risidagi talon navbatdagi texnik ko‘rik o‘tkazilgungacha saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi talon yo‘qolganda (yoki yaroqsizlanganda) yuridik yoki jismoniy shaxs — transport vositasi egasining yozma arizasiga ko‘ra DYHXXning ro‘yxatdan (vaqtinchalik ro‘yxatdan) o‘tkazilgan joydagi organi ko‘rikdan o‘tkazilganlik faktini tekshiradi.
(38-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rikdan o‘tganligi fakti tasdiqlanganda va ushbu Nizomning 30-bandida nazarda tutilgan hujjatlar ko‘rsatilganda talon dublikati rasmiylashtiriladi va beriladi. Bunda transport vositasining texnik holati tekshirilmaydi va uni navbatdagi texnik ko‘rikdan o‘tkazishga qo‘yish muddati o‘zgarmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ruxsatnomasini olish talab qilinadigan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarga ega bo‘lgan transport vositalarida tegishli ruxsatnomaning mavjudligi tekshiriladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Maxsus va tezkor xizmatlar transport vositalarida maxsus rangli va ovozli signallar qurilmalarining mavjudligi, sozligi va qonuniyligi, shuningdek transport vositasining rang–grafik bo‘yash sxemalarining texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiqligi tekshiriladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Konservatsiyaga qo‘yilgan transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishda ularning butligi tekshiriladi. Transport vositasining soz holatdaligiga shubha tug‘diradigan sabablar mavjud bo‘lganda transport vositasini g‘ildiraklarini chiqarish uchun tagliklardan qo‘zg‘atmagan holda uning dvigateli va transmissiyasining ishlay olishi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Texnik ko‘rik natijalari transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasida, shuningdek Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi hududiy organlarining hisobga olish hujjatlarida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Jismoniy shaxs tomonidan transport vositasini (nosozligi yoki boshqa uzrli sabablar tufayli) texnik ko‘rikdan o‘tkazishga qo‘yish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobdan chiqarish uchun yoki (bitta transport vositasini ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasini albatta taqdim etish talab qilinadigan) boshqa holatlarda transport vositasi egasining yozma arizasiga ko‘ra DYHXXning hududiy organi xodimi tomonidan u joylashgan joyda, bitta transportni ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasi tuzilgan holda texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi mumkin. Dalolatnoma berilgan vaqtidan boshlab 30 kun mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Texnik holati va jihozlari yo‘l harakati xavfsizligi talablaridan hatto bittasiga javob bermaydigan transport vositasi ham nosoz hisoblanadi va undan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik ko‘rikdan o‘tkazishda DYHXX organlari tomonidan texnik jihatdan nosoz deb topilgan transport vositasining, shuningdek texnik holati belgilangan talablarga javob bermaydigan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilari kamchiliklar va nosozliklar bartaraf etilgunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda yechib olinadi;
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshisi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday transport vositasini takroriy ko‘rikdan o‘tkazish oldingi ko‘rikdan o‘tkazilgan vaqtidan boshlab yigirma kundan kechikmay, ushbu Nizomda belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Bu holda texnik holatni tekshirish faqat oldingi ko‘rikdan o‘tkazishda yo‘l harakati xavfsizligi talablariga muvofiq bo‘lmagan ko‘rsatkichlar bo‘yichagina o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositasi oldingi ko‘rikdan o‘tkazish vaqtidan boshlab 20 kundan ortiq bo‘lgan muddatda takroriy ko‘rikdan o‘tkazishga qo‘yilgan taqdirda texnik holatni tekshirish to‘liq hajmda o‘tkaziladi.
(44-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi shtamp namunasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Shtamplarni tayyorlash, shuningdek ular bilan DYHXXning hududiy organlarini ta’minlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi talon qat’iy hisobda turadigan blanka hisoblanadi, uni tayyorlash, saqlash, sarflash va hisobga olish belgilangan tartibda DYHXX organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(46-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talon blankalarini tayyorlash xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlash markazlashtirilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan respublika budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarining texnik holatini baholash uchun mo‘ljallangan ishlab chiqarish-texnik baza joylashtiriladigan xona va maydonlarga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Talablar DYHXX diagnostika stansiyalari, vazirliklar va idoralar, boshqa tashkilotlar hamda jismoniy shaxslarga tegishli texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari, tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan transport vositalarining texnik holatini baholash uchun mo‘ljallangan ishlab chiqarish-texnik baza (laboratoriyalar) (keyingi o‘rinlarda ishlab chiqarish-texnik baza deb ataladi) joylashtiriladigan xona va maydonlarning parametrlariga doir texnik normalarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishlab chiqarish-texnik baza belgilangan tartibda texnik jihatdan malakaliligini ma’qullashdan o‘tkazilgan, transport vositalarining texnik holatini texnika jihatidan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholashni tashkil etish va o‘tkazish uchun tegishli texnologik, sinov jihozlari va o‘lchash vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-iyuldagi 456-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2020-y., 09/20/456/1119-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ishlab chiqarish-texnik bazaning hududiga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishlab chiqarish-texnik baza hududining o‘lchamlari quyidagi majburiy elementlarning joylashtirilishi imkoniyatini nazarda tutgan bo‘lishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish xonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik holati baholanishi kutilayotgan va tugallangan transport vositalari uchun maydon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xona va maydonlarga kirish va o‘tish yo‘llari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ishlab chiqarish-texnik baza hududida transport vositalari harakatini tashkil etish uchun quyidagilar mavjud bo‘lishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sun’iy yoritish chiroqlari, shu jumladan kunning qorong‘i vaqtida hamda kirish yo‘li va hududi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qatnov qismi tekis va qattiq qoplamali (asfaltbetonli yoki sementbetonli) bo‘lgan kirish yo‘li, maydon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
perimetri bo‘yicha o‘rnatilgan to‘siq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ishlab chiqarish-texnik baza hududi yoki u joylashgan tashkilotga kirish joyi oldida ishlab chiqarish-texnik bazaning ish rejimi va texnik holati, baholashdan o‘tkaziladigan transport vositalarining harakatlanish sxemasi ko‘rsatilgan axborotli stend o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish-texnik baza binosida kengligi 2,0 metrdan va balandligi 0,7 metrdan kam bo‘lmagan o‘lchamdagi, davlat tilida “Texnik ko‘rik” yozuvi bo‘lgan peshlavha o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Yozuv boshqa tillarda takrorlanishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasiga kirish yo‘llari bo‘ylab transport vositalarining harakatini tashkil etish quyidagi talablar asosida bajariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining bir tomonlama harakatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi uchun imkoniyat yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish-texnik baza hududida transport vositalarining ruxsat etilgan harakat yo‘nalishlarini tegishli yo‘l chiziqlari bilan belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ishlab chiqarish-texnik baza hududi ichimlik va ishlab chiqarish suv quvurlari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ishlab chiqarish-texnik baza hududi maydonining yuzasi tekis, suv quvurlari va suv oqib ketadigan ariq mavjud bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ishlab chiqarish-texnik bazaga kirish hamda uning hududi bo‘ylab transport vositalarining harakatlanishi, barcha mavjud inshootlar, yo‘l belgilari va chiziqlari ko‘rsatilgan holdagi sxemasi hududida ishlab chiqarish-texnik baza joylashgan tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘lning kengligi yengil avtomobillar uchun — 3 metrdan, yuk avtomobilari va avtobuslar uchun — 4,5 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Texnik holati baholanishi kutilayotgan va tugallangan transport vositalarini joylashtirish uchun maydonlarning o‘lchamlarini aniqlashda baholanadigan transport vositalarining gabarit o‘lchamlari va texnik ko‘rik liniyasining bir soatdan kam bo‘lmagan vaqtdagi ishlab chiqarish quvvatiga teng bo‘lgan transport vositalarining aynan bir vaqtda maydonda bo‘lishi e’tiborga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasiga kirish oldidagi maydonning kengligi ishlab chiqarish xonasi kengligi bilan teng bo‘lishi, uzunligi esa — 20 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Siqilgan va suyultirilgan tabiiy gaz yoqilg‘isida ishlaydigan transport vositalarini baholashga mo‘ljallangan xonalarning yerto‘lada, aholi yashash uylariga va boshqa korxonalar binolariga tutashgan holda joylashtirilishiga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ishlab chiqarish-texnik bazaning xonalariga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ishlab chiqarish-texnik baza tarkibiga quyidagilar kiritilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish xonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalari egalarini qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun xona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasining texnik holatini baholash natijalarini rasmiylashtirish uchun xona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya-gigiyena xonalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonalari quyidagilarni inobatga olgan holda rejalashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasining texnik holatini baholashdan o‘tkazish dasturi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari va sinov jihozlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasining texnik holatini baholash va natijalarini rasmiylashtirishning texnologik jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yong‘inga qarshi xavfsizlik va mehnatni muhofaza qilish talablari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasi o‘lchamlari mazkur Talablarning ilovasiga muvofiq texnik ko‘rik liniyalarining texnologik postlari soni va baholanadigan transport vositalarining gabarit o‘lchamlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasi rejasi ishlab chiqarish bino va inshootlarini texnologik loyihalashtirish qoidalari va normalari talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish korpusi xonasining bo‘rtib chiqqan qurilish konstruksiyalarigacha balandligi yengil avtomobillar uchun — 4,0 metrdan, yuk avtomobillari va avtobuslar uchun — 7,0 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xonalarning poli tekis, neft mahsulotlari ta’siriga chidamli bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xonada barcha texnologik jarayonlarni mehnatning sanitariya-gigiyena sharoitlarga to‘liq muvofiq holda xavfsiz va ratsional bajarilishi ta’minlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ishlab chiqarish xonalaridagi shovqin va vibratsiya darajasi sanitariya-gigiyena normalarida belgilangan, ruxsat etilgan ko‘rsatkichlardan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xona va ish joylarining tabiiy va sun’iy yoritilishi ishlarning xavsiz bajarilishi, odamlar uchun xavfsiz bo‘lishi va ularning harakatlanishini ta’minlash uchun yetarli va quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joylarida xonaning poli sathida — kamida 200 lk;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi xonalarda (kabinetlarda) poldan 0,8 metr balandlikdagi sathda — kamida 200 lk;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘rikdan o‘tkazish xandag‘ida transport vositalarining tag qismi sathida — kamida 150 lk.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avariya (favqulodda) holatlar uchun yoritilishi ish yuzasining umumiy yoritilishi uchun belgilangan normalarning 5 foizdan kam bo‘lmasligi, lekin kamida 2 lk bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Transport vositalarining texnik holatini baholashdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan xonalardagi havo harorati o‘tkaziladigan sinov metodlariga doir normativ hujjatlar normalariga muvofiq bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish-texnik bazasi binolaridagi havo harorati yilning sovuq davrida — 15 °C dan 25 °C gacha, issiq davrida — 22 °C dan 30 °C gacha oraliqda bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Transport vositalarining korxona hududida harakatlanish tezligi ochiq yo‘llarda — 10 km/s dan, xona ichida — 5 km/s dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasiga kirish joyi peshlavha bilan belgilanadi va sutkaning qorong‘i paytida yoritiladi. Ishlab chiqarish xonasiga kirish (chiqish) yo‘li ishlab chiqarish xonasidan boshqariladigan yorug‘lik (masalan, svetofor) signalizatsiyasi bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirish darvozasi ustida 3.13 “Cheklangan balandlik”, 3.14 “Cheklangan kenglik” va 3.24 “Yuqori tezlik cheklangan (5 km/s)” yo‘l belgilari joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ishlab chiqarish-texnik baza xonasining mijozlar uchun qulay bo‘lgan joyida quyidagi ma’lumotlar aks ettirilgan axborot stendi yoki boshqa maxsus qurilma o‘rnatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish-texnik bazaning tegishliligi (kimning tasarrufidaligi), joylashgan joyi, ish tartibi va rejimi, aloqa telefonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi IIVning Call-markazi telefoni va hududiy YHXBning ishonch telefoni raqamlari, taklif va e’tirozlar kitobi saqlanadigan joy va uni yuritish (saqlash) uchun mas’ul bo‘lgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining texnik holatini baholash uchun tekshirishdan o‘tish tartibi, tekshiriladigan (baholanadigan) parametrlar va normativlar, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishning davriyligi va texnik holatni baholash natijalari to‘g‘risidagi hujjatni berish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasining texnik holatini baholashdan o‘tkazish uchun qonunchilikka muvofiq taqdim etilishi zarur bo‘lgan hujjatlar, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tish uchun to‘lov miqdori, zarur jarayonlarni amalga oshirish muddati va boshqa ma’lumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ishlab chiqarish xonasi elektr ta’minoti (yoritish) uchun elektr tarmoqlari, shuningdek, quvvat berish kabellari (diagnostika jihozlarining elektr energiyasi ta’minoti uchun) va taqsimlagich elektroshitlar bilan elektr xavfsizligi talablarini belgilovchi normativ hujjat talablariga muvofiq jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasining ikkitadan kam bo‘lmagan evakuatsion chiqish joylari mavjud bo‘lishi nazarda tutiladi. Evakuatsion chiqish joylarining eshiklari xonadan tashqari tomonga ochiladigan, o‘tish yo‘lagining kengligi 1 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ishlab chiqarish-texnik bazaning yong‘indan himoyasi, yong‘inning oldini olish tizimi va yong‘in xavfsizligi hamda portlash xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Transport vositalari egalarini (keyingi o‘rinlarda transport egalari deb ataladi) qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish xonasi (binosi) hamda transport vositasining texnik holatini baholash natijalari haqidagi hujjatni rasmiylashtirish uchun xona ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasida yoki unga bevosita yaqin joyda bo‘lishi kerak. Ushbu xonalarga kirish tegishli ko‘rsatgichlar bilan belgilab qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Transport egalarini qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun xonalarning o‘lchamlarini aniqlashda ularda ishlab chiqarish-texnik bazaning xodimi tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ish joylarining hamda transport egalarining kutib turishi uchun joylar nazarda tutilishi kerak. Transport egalarining kutib turishi uchun joylar soni har bir texnik ko‘rik liniyasiga beshtadan kam bo‘lmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ishlab chiqarish-texnik baza ishlab chiqarish xonasining sanitariya-gigiyena normalari va qoidalariga muvofiqligi vakolatli sanitariya-epidemiologiya nazorat organining tegishli xulosasi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasini texnologik rejalashtirishga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ishlab chiqarish-texnik bazaning diagnostika jihozlari texnologik loyihalashga doir talablar va normalarga amal qilgan holda o‘rnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Transport vositasining texnik holatini baholash dvigatel ishlab turgan paytda bajariladigan postlar (ishlab chiqarilgan gazlardagi tutun va zaharli gaz miqdorini, shovqin darajasini, tormozlanish samaradorligi ko‘rsatkichlarini tekshirish va boshqalar) transport vositasidan gazlarni chiqarish quvuri (quvurlari)dan chiqayotgan ishlab chiqarilgan gazlarni tashqariga olib chiqish tizimi bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Transport vositalarining ishlab chiqarish-texnik baza ishlab chiqarish xonasiga kirishi (chiqishi) uchun har bir texnik ko‘rik liniyasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
universal liniyalar uchun — kengligi 3,0 metrdan va balandligi 4,3 metrdan kam bo‘lmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
M1 va N1 toifasidagi transport vositalarini tekshirish bo‘yicha liniyalar uchun — kengligi 2,5 metrdan va balandligi 2,3 metrdan kam bo‘lmagan o‘lchamli kirish (chiqish) darvozalari quriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Texnik ko‘rik liniyalarida transport vositalarining texnik holatini baholash ko‘rikdan o‘tkazish xandag‘idan foydalangan holda bajariladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish xonasidagi ko‘rikdan o‘tkazish xandaklari soni texnik ko‘rikdan o‘tkazish liniyalari soniga muvofiq bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘rikdan o‘tkazish xandag‘ining uzunligi mazkur liniyada tekshirilishi rejalashtirilayotgan transport vositasining maksimal uzunligini va undan chiqib ketish uchun zaxira yo‘lning mavjudligini hisobga olgan holda aniqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘rikdan o‘tkazish xandag‘ining kengligi 0,9 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. Maksimal kengligi mazkur liniyada tekshirilishi rejalashtirilayotgan minimal koleyali transport vositasining xandaqdan o‘tishi imkoniyatini hisobga olgan holda aniqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘rikdan o‘tkazish xandaqlari tutunni tortib olish ventilatsiyasi bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi xulosalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Transport vositalarining texnik holatini baholashning texnologik jarayoni texnik ko‘rik liniyasining rejalashtiriladigan yechimlarini, tekshiriladigan transport vositalarining toifasini, bajariladigan ishlarning murakkabligini, qo‘llanadigan jihozlar, o‘lchov vositalari va anjomlarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Transport vositalarining texnik holatini baholash bo‘yicha ishlarni bajarishda texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi sohasidagi normativ hujjatlar talablariga amal qilishning majburiyligi nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Texnologik postlarda diagnostika parametrlari, texnika xavfsizligi qoidalari va ishlarning xavfsiz usullari bo‘yicha amalda bo‘lgan tavsiyalar ko‘rsatilgan texnologik kartalar joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ishlab chiqarish-texnik bazada texnik holati baholanadigan toifaga mansub transport vositalaridan foydalanish bo‘yicha amaldagi normativ hujjatlar, texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, qo‘llanmalar (yo‘riqnomalar), avtomobil ma’lumotnomalari va boshqa zarur ma’lumotnomalar mavjud bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ishlab chiqarish-texnik bazada birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan tibbiyot dori vositalari va anjomlari tegishli normativ hujjatlar talablariga muvofiq jamlangan tibbiyot qutichasi bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarining texnik holatini baholash uchun mo‘ljallangan ishlab chiqarish-texnik baza joylashtiriladigan xona va maydonlarga doir talablarga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarining texnik holatini baholash uchun texnik ko‘rik liniyalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘LChAMLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Texnik holati baholanadigan transport vositalarining toifalari

Texnologik postlar soni

1

2

3

Texnik ko‘rik liniyasining uzunligi, metrdan kam emas

1.

M1, M2, N1, O1

12

18

24

2.

M1, M2, M3, N1, N2, N3, O1

18

30

42

3.

M1, M2, M3, N1, N2, N3, O1, O2

21

36

51

4.

M1, M2, M3, N1, N2, N3, O1, O2, O3

24

42

60

5.

M1, M2, M3, N1, N2, N3, O1, O2, O3, O4

27

45

66

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 136-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 09/19/136/2623-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini majburiy
texnik ko‘rikdan o‘tkazish
tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Jismoniy shaxsga tegishli transport
vositasining texnik holati to‘g‘risida ‎
MA’LUMOTNOMA

‎‎TXS/Subyekttomonidan_____________________________________________________

‎(TXS/Subyekt nomi)‎‎

___________________________________________________________________ga tegishli

‎‎(egasining F.I.O.)‎

‎‎‎__________________________________________________________________rusumidagi, ‎‎‎‎(transport vositasining rusumi)‎

davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami ______________________________________ bo‘lgan

____________________________________________________________________ manzili

transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan manzil


‎bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan transport vositasining texnik holati tekshirildi va transport vositasining texnik jihatdan sozligi hamda texnik reglamentlar, standartlar talablariga, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari va normalariga javob berishi aniqlandi.


‎Rahbar ______________________________________________________________________

‎(mas’ul shaxsning imzosi, F.I.O.)‎


‎‎‎20 ____ y “_____” _________________‎

M.O‘‎.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: ushbu ma’lumotnoma berilgan kundan boshlab o‘n kun mobaynida haqiqiydir va transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish natijalarini DYHXX organlarida ularning texnik holatini tekshirmasdan rasmiylashtirish uchun asos bo‘ladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Transport vositalari guruhini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish

‎‎DALOLATNOMASI

‎‎Tuzilgan sanasi: 20____ yil “____”_______________
20____ yil “____”______________dan 20___ yil “___”____________gacha __________________

‎‎‎(yuridik shaxsning nomi)

_____________________‎‎____________________ga qarashli transport vositalari guruhi texnik ko‘rikdan o‘tkazildi

T/r

Transport vositasining turi

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami‎‏

Markasi‎‏

Ishlab chiqarilgan yili‎‏

Agregatlar raqami

Texnik holati, nosoz transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi olib qo‘yilganligi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilari yechib olinganligi to‘g‘risidagi belgi

Izoh. Benzin, dizel yonilg‘isi, siqilgan tabiiy gazda yoki suyultirilgan neft gazida ishlaydi

dvigatel









kuzov‎

shassi (rama)

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

1‎.

2‎.

......‎


‎‎‎‎‎Yuridik shaxs hisobidagi (balansidagi)
‎transport vositalari sonini
‎‎tasdiqlaymiz:


‎‎‎Ro‘yxatda ko‘rsatilgan transport
‎vositalari YHX REO (MREO, REP)
‎hisobga olish ma’lumotlari bilan
‎taqqoslangan

‎‎‎‎Korxona rahbari ___________________________ ‎‎‎‎REO (MREO, REP) xodimi __________________‎
__________________________________________‎‎ ‎‎‎‎_________________________________________‎

‎‎‎‎(imzo, F.I.O)‎

‎‎‎‎(lavozimi, DYHXX organi nomi, unvoni, F.I.O)‎

‎‎‎Bosh buxgalter (buxgalter yoki hisobni yurituvchi shaxs)______________________________________‎

‎‎m.o‘.‎‎

‎‎‎‎______________________________________

‎‎‎______________________________________

(imzo, FIO)‎

m.o‘. ‎‎‎‎

Tashkilot hisobida hammasi bo‘lib ___ avtomobil, ___ tirkama, yarim tirkama va ___ mototransport vositalari mavjud, ulardan ___ avtomobil, ___ tirkama, ___ yarim tirkama va ____ mototransport vositalari texnik ko‘rikka qo‘yilgan.

___ avtomobil, ___ mototransport vositasi, ___ tirkama, yarim tirkama mukammal ta’mirlashdaligi va ___ avtomobil, ___ mototransport vositasi, ___ tirkama va yarim tirkama xizmat safaridaligi tufayli ___ avtomobil, ___ mototransport vositalari, ___ tirkama, yarim tirkama texnik ko‘rikdan o‘tmadi.

‎‎Tekshirilgan avtomobillardan ___ avtomobil, ___ mototransport vositalari, ___ tirkama, yarim tirkama texnik jihatdan nosoz deb topildi.

Shu jumladan:
‎‎__ ta transport vositasining tormoz sistemasida;
‎‎__ ta transport vositasining rul boshqaruvida;
‎‎__ ta transport vositasining tashqi yoritish priborlarida nosozlik mavjudligi;
__ ta transport vositasida foydalanish uchun yaroqsiz avtoshinalar mavjudligi;‎
__ ta transport vositasining ishlangan gazida zararli moddalar mavjudligi va ularning tutunliligi belgilangan normalardan ortiqchaligi aniqlandi.

Hisobdagi avtomobillardan ___ tasi benzin yonilg‘isi bilan, __ tasi dizel yonilg‘isi, ___ta suyultirilgan gaz, __ tasi siqilgan gaz bilan ishlaydi.

Benzinda ishlaydigan tekshirilgan __ ta avtomobildan ___tasi, dizel yonilg‘isida ishlaydigan ___tasidan ___tasi, siqilgan tabiiy gazda ishlaydigan ___si va suyultirilgan neft gazida ishlaydigan __dan __ tasi nosoz deb topildi.

‎____________________________________________________________________________________

‎‎(lavozimi, DYHXX organining nomi, unvoni, F.I.O. imzo)

____________________________________________________________________________________

‎‎‎Dalolatnoma nusxasini oldim:‎
‎‎Yuridik shaxs rahbari
________________________________________________________

‎‎(F.I.O. imzo)

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini majburiy
texnik ko‘rikdan o‘tkazish
tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Alohida transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish
‎DALOLATNOMASI‎‎‎


‎‎‎Tuzilgan sanasi 20 ____ yil “____”‎ _______________

‎‎
Texnik ko‘rik ___________________________________________________________________________________________
(DYHXX organining nomi,
‎‎________________________________________________________________ tomonidan o‘tkazildi
‎mansabdor shaxsning lavozimi, unvoni, F.I.O.)‎

1. Transport vositasining markasi, modeli _____‎ 6. Shassi (rama) raqami _______________________‎
2. Turi ______________________________________‎ 7. Dvigatel raqami __________________________‎
3. Rangi _____________________________________‎ 8. Kuzov raqami ______________________________‎
4. Ishlab chiqarilgan yili ____________________‎ 9. Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomasi (texnik pasport) seriyasi, raqami ______________‎
5. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami __________‎ _____________________________________________‎

10. Transport vositasi‎‎ ______________________________________________________________________
‎(yuridik shaxsning to‘liq nomi‎,
___________________________________________________________________________ga qarashli
‎yakka tartibdagi transport vositasi egasining F.I.O.)

11. ‎‎Joylashgan joyi (turar joyi)___________________________________________________________‎
12. Quyidagi texnik nosozliklar aniqlandi: _________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________‎‎
‎‎13. Avtomashinaning holati _________________________________________________________________‎
14. Radioto‘siqlarni yo‘qotish moslamalarining mavjudligi‎‎ __________________________________‎
15. Spidometrning holati‎‎ __________________________________________________________________

‎‎16. Texnik holati to‘g‘risida xulosa __________________________________________________________
‎(texnik jihatdan soz, nosoz)

‎‎DYHXX xodimi_____________________________________________
‎(imzo, F.I.O.)

‎‎Dalolatnoma nusxasini oldim ______________________________________________________________
‎(imzo F.I.O.)

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Gaz yonilg‘isida ishlash uchun qayta jihozlangan alohida transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish

DALOLATNOMASI

‎Tuzilgan sanasi: 20__yil “____” ________
‎‎‎‎

__________________________________________________________________‎
‎‎__________________________________________________________________

(DYHXX, ‎‎mansabdor shaxsning lavozimi, unvoni, F.I.O.)

tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.‎‎
1. Transport vositasining markasi, modeli __________________________‎ 6. Shassi (rama) raqami ________________________________
2. Turi __________________________‎ 7. Dvigatel raqami _______________‎
3. Rangi _________________________‎ 8.Kuzovning raqami _______________‎
4. Ishlab chiqarilgan yili
‎_________________________________
9. Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ‎guvohnoma (texnik pasport)ning‎ seriyasi va r�qami)________________‎
5. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgisi _________________________‎

9a. Gaz yonilg‘isi turi ________________________________

________________________________‎

(suyultirilgan gaz, siqilgan gaz)‎

9b. Gaz balloni ishlab chiqarilgan yil _____________________________‎ 9v. Gaz balloni raqami ____________
9g. Gaz ballonidan foydalanish muddati _________________________ ‎ 9d. Gaz balloni sinovdan o‘tkazilgan sana ____________________________
9e. Gaz ballonini navbatdagi sinovdan o‘tkazish sanasi‎
________________________________‎‎__________________________________
‎‎10. Transport vositasining tegishliligi _____________________________‎
‎‎__________________________________________________________________

‎‎(yuridik shaxsning to‘liq nomi, yakka tartibda egalik qiluvchining F.I.O.)

‎‎11. Turgan joyi (yashash joyi)_________________________________________‎
‎12. Quyidagi texnik nosozliklar aniqlandi____________________________
‎‎__________________________________________________________________
‎‎__________________________________________________________________
‎‎13. Avtoshinaning holati____________________________________________‎
‎‎14. Radioto‘siqni bartaraf etish uchun moslama mavjudligi _______________‎
‎‎15. Spidometrning holati___________________________________________‎
‎‎16. Texnik holati to‘g‘risidagi xulosa _________________________________‎

(texnik soz, texnik nosoz) ‎

‎‎DYHXX xodimi ____________________________________________________‎
(imzo, F.I.O.)‎
‎‎Dalolatnoma nusxasini oldim _______________________________________‎
(imzo, F.I.O. sana)
(4a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 115-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini majburiy
texnik ko‘rikdan o‘tkazish
tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik ko‘rikdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi talon
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda; 2004-y., 17-son, 199-modda; 30-son, 345-modda; 2012-y., 11-son, 115-modda, 44-son, 507-modda, 52-son, 587-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda, 37-son, 473-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2017-y., 36-son, 958-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son, 26.02.2018-y., 09/18/139/0818-son, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son; 16.02.2019-y., 09/19/136/2623-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son, 29.07.2020-y., 09/20/456/1119-son, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)