Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2021 22.12.2017 yildagi 1010-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish samaradorligini oshirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3127-son qarorida 2018-yil 1-yanvardan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalarining jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalarini (keyingi o‘rinlarda jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalari deb ataladi), yuk, yo‘lovchi va maxsus transport vositalari bundan mustasno, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha funksiyalarini yuridik shaxslar — tadbirkorlik subyektlariga ular ko‘rsatadigan xizmatlar uchun qat’iy narxlar hamda ichki ishlar organlari bilan o‘zaro hamkorlikka oid talablarni belgilagan holda bosqichma-bosqich o‘tkazish nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-yanvardan boshlab transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalarining texnik holati tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan ham tekshirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalari tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 09/19/136/2623-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 12-modda) 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 15-yanvargacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda transport vositasining toifasini hisobga olib hamda yuridik va jismoniy shaxslar uchun alohida tabaqalashtirilgan to‘lov stavkalari miqdorlarini joriy etishni nazarda tutgan holda, transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun undiriladigan to‘lov stavkalari miqdorlarini qayta ko‘rib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalarining texnik holatini tekshirish amaliyoti va samaradorligining doimiy monitoringini va har tomonlama tahlil qilib borilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring va tahlil natijalari bo‘yicha, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalarining jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha funksiyalari tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga o‘tkazilishini hisobga olgan holda, 2018-yil 1-oktabrga qadar muddatda transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorning maqsadi va mazmuni, shu jumladan jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalarining texnik holatini tekshirish tartibini ommaviy axborot vositalarida keng yoritishni tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hududiy moliya organlari bilan kelishgan holda tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarning jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalarining texnik holatini tekshirish bo‘yicha xizmatlari uchun to‘lovlarning cheklangan miqdorlarini bir oy muddatda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 22-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1010-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Muqaddimadagi “Qonunining 13-moddasini” so‘zlari “Qonunini” so‘zi bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-banddagi “Qonunining 13-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan va” so‘zlari “Qonuniga muvofiq” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Transport vositalarining texnik holati va uskunalarining muvofiqligini baholash uchun DYHXX organlari tomonidan tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar, vazirliklar va idoralarning, boshqa tashkilotlarning, shuningdek, xususiy texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari (keyingi o‘rinlarda TXS deb ataladi) shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari, normalariga muvofiqligi tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda Subyektlar deb ataladi) tomonidan ham baholanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda jismoniy shaxslar — M1 toifadagi transport vositalari egalari o‘z transport vositasining texnik holati va uskunalari muvofiqligini baholash uchun o‘z tanloviga ko‘ra, DYHXX organlari, TXS yoki Subyektlarga murojaat qilishlari mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi “d” va “e” kichik bandlar qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“d) navbatdagi texnik ko‘rikdan o‘tkazishning ilgari o‘rnatilgan muddatlaridan qat’i nazar, ularni DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) vaqtida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ular ishlab chiqarilgan yildan qat’i nazar, DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan) kundan boshlab bir yil o‘tgach (mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7. Transport vositalari DYHXX organlari tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan miqdorlarda yig‘im undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi (oldingi) texnik ko‘rikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi uchun belgilangan miqdorlarda yig‘im undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik ko‘rik o‘tkazilganligi uchun yig‘im summasi tegishli mahalliy budjetga o‘tkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) II bo‘lim quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“II. Jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalarining texnik holatini tekshirishni tashkil etish va o‘tkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalarining texnik holatini tekshirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXXning diagnostika stansiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TXS;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyektlar (yo‘lovchilar tashish uchun mo‘ljallangan va haydovchi o‘rnidan tashqari o‘tirish uchun sakkiztadan ko‘p bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega M1 toifadagi transport vositalari) tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda TXS va Subyektlar ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun qat’iy belgilangan narxlarni belgilashlari va DYHXX organlari bilan hamkorlik qilishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun DYHXXning diagnostika stansiyalari, TXS va Subyektlar O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan, transport vositalarining texnik holatini tekshirishni tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur texnologik jihozlar bilan ta’minlangan ishlab chiqarish-texnik bazasiga ega bo‘lishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun Subyektlarning ishlab chiqarish-texnik bazasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilarga muvofiq bo‘lishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligiga qo‘yiladigan talablarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalariga o‘rnatilgan gaz ballon uskunalari ulanmalarining germetikligi va ishonchliligini sinovdan o‘tkazish va ularning ballonlarini tekshirish uchun — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan siqilgan i tabiiy gazda (keyingi o‘rinlarda STG deb ataladi), suyultirilgan neft gazida (keyingi o‘rinlarda SNG deb ataladi) yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligiga qo‘yiladigan talablarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) zarur texnik diagnostika vositalariga ega bo‘lishi lozim, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘qiga tushadigan maksimal og‘irlik 3500 kg gacha bo‘lgan transport vositalarining tormoz tizimini tekshirish uchun tormoz tizimining texnik diagnostika vositalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pnevmatik va pnevmogidravlik tormoz uzatmalarida siqilgan havo bosimi va germetiklikni (bosim tushishini) nazorat qilish vositalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tirkamalarni ulash moslamasining bosib turish qurilmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rul boshqaruvdagi umumiy lyuftini o‘lchash priboriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rul boshqaruvi va podveskasi detallaridagi lyuftlarni tekshirish testeriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiroqlar yorug‘ligini boshqarishni va kuchini nazorat qilish priboriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shinalarni texnik diagnostika qilish vositalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gazanalizatori — uchqundan o‘t oldirish dvigatellariga ega transport vositalarining ishlab bo‘lingan gazlarida ifloslantiruvchi moddalarning mavjudligini aniqlash pribori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tutun o‘lchash pribori — siqilishdan o‘t oldirish dvigatellariga ega transport vositalarining ishlab bo‘lingan gazlarida tutunni aniqlash pribori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dvigatel aylanish chastotasi va moy haroratini o‘lchash priboriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shovqin o‘lchash priboriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oynalarning yorug‘lik o‘tkazishini tekshirish priboriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompressorga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qinchali manometrga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur kompyuter texnikasiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim texnik diagnostika vositalari xavfsiz foydalanish bo‘yicha talablarga muvofiq bo‘lish sharti asosida universial texnik vositalar bilan almashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘llaniladigan barcha o‘lchov vositalari tasdiqlangan tipda bo‘lishi, qonun hujjatlariga muvofiq tekshiruvdan o‘tgan bo‘lishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXXning diagnostika stansiyalari va TXSning ishlab chiqarish-texnik bazasi tekshirilayotgan transport vositasining toifasiga ko‘ra (M1, M2, M3, №1, №2, №3) mazkur band talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ishlab chiqarish-texnik bazaning maydoni, texnik diagnostika vositalarining soni va xususiyatlari, mehnat va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid talablar qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Transport vositalarini tekshirishga tegishli mutaxassislikka ega bo‘lgan yoki diagnostika qilish texnologiyasi, diagnostika jihozlarining tuzilishi va ishlash prinsiplari, diagnostika vositalarini qo‘llagan holda texnik holatni tekshirish metodlari, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha talablarni o‘rgangan shaxslar qo‘yilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Subyektlar jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini tekshirishni o‘tkazish bo‘yicha faoliyatlarini boshlashdan oldin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalarini (keyingi o‘rinlarda YHXB deb ataladi) yaratilgan sharoitlar mazkur Nizom talablariga muvofiqligi va ko‘rsatilgan faoliyatni amalga oshirishga tayyor ekanligi haqida yozma ravishda xabardor qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyektning xatiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyekt ustavining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarining texnik holatini tekshirishni tashkil etish va o‘tkazish uchun tegishli texnologik jihozlar bilan ta’minlangan ishlab chiqarish-texnik baza O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan berilgan akkreditatsiyadan o‘tkazilganligi haqidagi xulosa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining avtotransport vositalariga o‘rnatiladigan ballonlarni texnik tekshirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnomasining nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. Hududiy YHXB Subyektning mazkur Nizomning 13-bandiga muvofiq taqdim etilgan xati qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida uni o‘rganadi, Subyekt tomonidan taqdim etilgan hujjatlar to‘liqligini tekshiradi va ular mazkur Nizom talablariga muvofiq bo‘lgan taqdirda, Subyektni jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun zarur sharoitlarga ega tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar hisobini yuritish reyestriga kiritadi hamda bu haqida ikki ish kuni ichida Subyektni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Subyekt xabardor qilingan paytdan boshlab 2 ish kuni ichida uni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan reyestrga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestr aholini jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun zarur sharoitlarga ega Subyektlar haqida xabardor qilish uchun yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132. Subyekt tomonidan mazkur Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan yoki taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda hududiy YHXB 2 ish kuni ichida Subyektga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni ko‘rsatgan holda xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyekt mazkur Nizomning 13-bandiga muvofiq hududiy YHXBga takroran xabarnoma yuborish yoki DYHXX mansabdor shaxslarining harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133. Subyekt o‘zi yoki uning filiali ro‘yxatga olingan hududiy YHXB xizmat ko‘rsatadigan hududda ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy YHXB xizmat ko‘rsatadigan hududda ikki yoki undan ortiq Subyektlar mavjud bo‘lgan hollarda, Subyekt transport vositalari egalarining xohishiga ko‘ra tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134. Jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi ro‘yxatdan o‘tgan transport vositalarining soni Subyektlar tomonidan tekshiriladigan transport vositalarining sonidan ko‘p bo‘lsa va buning natijasida transport vositasining texnik holati o‘z vaqtida tekshirilishini ta’minlash imkoni bo‘lmaydigan hududlarda boshqa transport vositalarining texnik holatini tekshirish joylari DYHXX organi tomonidan mazkur Nizomning 28, 29 va 33-bandlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135. M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun texnik ko‘rikdan oldin uning egasi — jismoniy shaxs yoki u tomonidan vakil qilingan shaxs (keyingi o‘rinlarda arizachi ataladi) reyestrga kiritilgan Subyekt xodimiga (operatoriga) murojaat qiladi, transport vositasini va quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan transport vositaning turi uchun nazarda tutilgan, tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (texnik pasport, texnik talon);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz yoqilg‘isida ishlashga qayta jihozlangan transport vositasiga o‘rnatilgan gaz ballonining sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikati nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositasi taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiq bo‘lgan taqdirda va u identifikatsiya qilingandan keyin mazkur transport vositasining texnik holatini tekshirishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136. Subyektning transport vositasi texnik holatini tekshirish xizmatlari uchun mazkur xizmatni ko‘rsatadigan Subyekt tomonidan tasdiqlangan, biroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari bilan kelishgan holda belgilanadigan cheklangan miqdorlardan oshmaydigan tariflar bo‘yicha haq to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137. Transport vositasining texnik holati Subyekt xodimi (operatori) tomonidan mazkur Nizomning VI bo‘limida nazarda tutilgan tartibda tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalariga o‘rnatilgan STG va SNG tizimlarining germetikligi hamda agregatlari va uzellari (opressovka) ulangan joylarning ishonchliligi Subyekt tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentga muvofiq sinovdan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138. Tekshiruvdan o‘tgan va texnik soz deb topilgan har bir transport vositasiga Subyekt va TXS tomonidan mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda uning texnik holati haqida ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi va beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139. Transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun taqdim etgan avtotransport egasi tomonidan qonun hujjatlari buzilgan (ko‘rsatilgan hujjatlarni, agregatlarning identifikatsiya raqamlarini soxtalashtirish va boshq.) holatlar aniqlangan taqdirda, Subyekt vakili bu haqida darhol DYHXX organlariga xabar berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1310. Transport vositasining texnik holatini tekshirishda huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan Subyektlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1311. Subyekt qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan hollarda Subyekt yoki uning huquqiy vorisi (merosxo‘ri) qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng yetti ish kuni ichida hududiy YHXBni ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Subyekt yoki TXS tomonidan jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositasining texnik holati haqida berilgan ma’lumotnoma berilgan kundan boshlab o‘n kun ichida haqiqiy hisoblanadi va DYHXX organlarida transport vositalari texnik holatini tekshirmasdan, ularning texnik ko‘rikdan o‘tkazish natijalarini rasmiylashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 18-bandning ikkinchi xatboshidagi “avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish” so‘zlari “yo‘l harakati xavfsizligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Texnik ko‘rikni bir tekis o‘tkazish maqsadida DYHXX organlari jadvallar tuzishi va 1-yanvardan 31-avgustgacha bo‘lgan davrda transport vositalari egalari tomonidan transport vositalarini navbatdagi texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun taqdim etishning aniq sanalari (oylari)ni belgilashi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Transport vositalari egalari transport vositalarini navbatdagi texnik ko‘rikka DYHXX organlari tomonidan belgilangan muddatdan kechiktirmay taqdim etishlari shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“28. Texnik ko‘rik transport vositalari ro‘yxatdan o‘tkazadigan (vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazadigan) joydagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TXSda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXX diagnostika stansiyalarida (jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik holati mazkur Nizomning 134-bandi talablariga rioya etilgan holda baholanishi lozim);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXX organlari tomonidan belgilangan texnik nazorat postlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun zarur shart-sharoitlarga ega bo‘lgan jamoaviy garaj hududida, avtomobillar to‘xtash joylarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyektlar tomonidan (jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalari) o‘tkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) 30-bandning to‘qqizinchi xatboshidagi “texnik ko‘rikdan o‘tkazish shoxobchasining” so‘zlari “TXS va Subyektning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) 31-banddagi “ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasiga (texnik pasportga, talonga)” so‘zlari “texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi talonga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) 33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“33. Transport vositalari texnik ko‘rikdan o‘tkazishga DYHXX organlari tomonidan ko‘rsatilgan joyga qo‘yilishi lozim (Subyektlar tomonidan jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini baholash hollari bundan mustasno)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasiga (texnik pasportga, talonga)” so‘zlari “texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi talonga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) 46-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi talon qat’iy hisobda turadigan blanka hisoblanadi, uni tayyorlash, saqlash, sarflash va hisobga olish belgilangan tartibda DYHXX organlari tomonidan amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
p) 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Jismoniy shaxsga tegishli transport vositasining texnik holati to‘g‘risida ‎ MA’LUMOTNOMA

‎‎TXS/Subyekt tomonidan ________________________________________________________
‎(TXS/Subyekt nomi)‎‎

____________________________________________________________________ga tegishli

‎‎(egasining F.I.O.)‎

‎‎‎__________________________________________________________________rusumidagi, ‎
‎‎‎(transport vositasining rusumi)‎
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami __________________________________________bo‘lgan
‎‎_____________________________________________________________________ manzili
‎‎transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan manzil‎‎

‎bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan transport vositasining texnik holati tekshirildi va transport vositasining texnik jihatdan sozligi hamda texnik reglamentlar, standartlar talablariga, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari va normalariga javob berishi aniqlandi.

‎Rahbar _______________________________________________________________________

‎(mas’ul shaxsning imzosi, F.I.O.)‎


‎‎‎20 ____ y “_____” _________________‎
‎‎M.O‘‎.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: ushbu ma’lumotnoma berilgan kundan boshlab o‘n kun mobaynida haqiqiydir va transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish natijalarini DYHXX organlarida ularning texnik holatini tekshirmasdan rasmiylashtirish uchun asos bo‘ladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
r) 5-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Texnik ko‘rikdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi talon namunasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son; 16.02.2019-y., 09/19/136/2623-son)