16.02.2018 yildagi 84-Қ-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchquduq tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda transport vositalarining majburiy texnik koʻrigini tashkil etish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6, 25-moddalari, “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son, 197-modda) 17-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 54-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) va 2017-yil 22-dekabrdagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 1010-sonli (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2017y.,09/17/1010/0461-son) qarorlariga muvofiq transport vositalarining 2018-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish va uni oʻtkazish maqsadida, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman hududida joylashgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalari majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasining tarkibi 1-ilovaga*, Navoiy viloyati IIB YHXB huzuridagi 1-son tumanlararo roʻyxatlash va imtihonlash boʻlimida Uchquduq tumani boʻyicha roʻyxatda turgan transport vositalariga ega boʻlgan yuridik shaxslarning 2018-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtkazishning ilgari oʻrnatilgan muddatlaridan qatʼiy nazar, ularni DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) vaqtida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ular ishlab chiqarilgan yildan qatiy nazar, DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan (qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan) kundan boshlab bir yil oʻtgach (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 54-sonli qarorining 3-bandida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining ichki va soqchilik qoʻshinlari, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy boʻlinmalari transport vositalari koʻrsatib oʻtilgan idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi belgilanganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning 3-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi marta — 1-sentabr — 31-oktabrda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi mazkur qaror bilan tasdiqlangan majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish jadvali boʻyicha 1-martdan 30-iyungacha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarga tegishli transport vositasini navbatdagi texnik koʻrikka qoʻyish sanasi joriy koʻzdan kechirish paytida DYHXX organlari xodimlari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik koʻrikni bir tekis oʻtkazish maqsadida DYHXX organlari jadvallar tuzishi va 1-yanvardan 31-avgustgacha boʻlgan davrda transport vositalari egalari tomonidan transport vositalarini navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun taqdim etishning aniq sanalari (oylari)ni belgilashi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalari egalari transport vositalarini navbatdagi texnik koʻrikka DYHXX organlari tomonidan belgilangan muddatdan kechiktirmay taqdim etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq 2018-yil 1-yanvardan boshlab transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalarining texnik holati tadbirkorlik subyektlari-yuridik shaxslar tomonidan ham tekshirilishi mumkinligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalari tadbirkorlik subyektlari-yuridik shaxslar tomonidan majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yuridik shaxslarga tegishli transport vositalari texnik koʻrigi transport vositalari roʻyxatdan oʻtkazilgan (vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilgan) joyda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uskunalariga, koʻtarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun chuqurchalarga, nazorat-oʻlchash asboblariga, asfalt yoki beton qoplangan bir tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega boʻlgan tashkilotlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik xizmat koʻrsatish stansiyalari (keyingi oʻrinda TXS deb yuritiladi)da;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati IIB YHXBning diagnostika stansiyalarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati IIB YHXB tomonidan oʻrnatilgan texnik nazorat postlarida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish joylari Navoiy viloyati IIB YHXBning hududiy boʻlinmalari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalarining texnik koʻrigi transport vositalari roʻyxatdan oʻtkazadigan (vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazadigan) joydagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TXSda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati IIB YHXB diagnostika stansiyalarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati IIB YHXB boʻlinmalari tomonidan belgilangan texnik nazorat postlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan jamoaviy garaj hududida, avtomobillar toʻxtash joylarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga, yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari, normalariga muvofiqligi tadbirkorlik subyektlari-yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda Subyektlar deb ataladi) tomonidan (jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalari) oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda TXS va Subyektlar koʻrsatiladigan xizmatlar uchun qatʼiy belgilangan narxlarni belgilashlari va DYHXX organlari bilan hamkorlik qilishlari zarurligi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun yigʻim undirilishida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan tartiblarga qatʼiy rioya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman komissiyasi rahbariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har qaysi transport vositasining texnik holati va jihozlari texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga, yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari va normalariga muvofiqligi jihatidan tekshirish,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalarini texnik koʻzdan kechirishda gaz ballonlarining foydalanish muddati, ishlab chiqarilgan yili, zavod raqami, gaz ballonlarini sinovdan oʻtkazish muddatlari, gaz balloni anjomlarining belgilangan talablarga muvofiqligi ham tekshirilishini taʼminlash vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tuman Ichki ishlar boʻlimi (A.Savurov)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalarining texnik holatini tekshirish amaliyoti va samaradorligining doimiy monitoringini va har tomonlama tahlil qilib borilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring va tahlil natijalari boʻyicha, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalarining jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha funksiyalari tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga oʻtkazilishini hisobga olgan holda, 2018-yil 1-oktabrga qadar muddatda transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorning maqsadi va mazmuni, shu jumladan jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalarining texnik holatini tekshirish tartibini ommaviy axborot vositalarida keng yoritishni tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman IIB yoʻl harakati havfsizligi guruhiga mazkur qarorning ijrosi natijalari boʻyicha 2018-yil 10-noyabrga qadar tuman hokimligiga axborot taqdim etish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qaror “UCHQUDUQ” gazetasida eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosari A. Negmatovga, ijrosini tashkil etish tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi A.Savurov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim S. HAMROYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchquduq t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 16-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84-Q-son