15.05.2019 yildagi 402-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son Farmonini va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari, shu jumladan, qoʻmita xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy taʼminlashga ham sarflanishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan qoʻmita xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy taʼminlashni nazarda tutuvchi normalar qoʻmita tashkil etilgan sanadan boshlab tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy apparat va hududiy boshqarmalarni qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni yuqori professional darajada bajara oladigan, zarur nazariy va amaliy bilimlarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi N.Sh. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 15-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
402-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 402-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari, huquqlari va javobgarliklarini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini nazorat qilish va tovar-xom ashyo birjalarini litsenziyalash hamda tovar-xom ashyo birjalarida tovar derivativlari savdolari, shu jumladan, fyuchers savdolarini tartibga solish sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi oʻz vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan alohida masalalar boʻyicha — bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi va hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar) va uning tarkibiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining rasmiy nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, qisqarilgan nomi — Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ingliz tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — Antimonopoly Committee of the Republic of Uzbekistan, qisqarilgan nomi — Antimonopoly Committee;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) rus tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — Antimonopolniy komitet Respubliki Uzbekistan, qisqarilgan nomi — Antimonopolniy komitet.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining joylashgan manzili (pochta manzili): 100128, Toshkent shahri, Labzak koʻchasi, 3.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tizimiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) kiradi.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini taʼminlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeni suiisteʼmol qilishi, “kartel” kelishuvlari va til biriktirish, insofsiz raqobatni aniqlash va ularga chek qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar, iqtisodiy konsentratsiya va davlat koʻmagini monopoliyaga qarshi tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor ishtirokchilariga yuqori likvidli, shu jumladan, tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlardan (ishlar, xizmatlardan) foydalanishda teng shart-sharoitlarni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarining raqobatga taʼsirini baholash, davlat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yoʻl qoʻymaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-xom ashyo birjalarida tovar derivativlari savdolari, shu jumladan, fyuchers savdolarini tartibga solish;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirishning yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining raqobatni rivojlantirish va monopolistik faoliyatni cheklash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobatni himoya qilishni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish, raqobatni rivojlantirishni cheklovchi yakka tartibdagi imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni bekor qilish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi ilgʻor xalqaro tajribani tizimli oʻrganish va joriy etishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralarni jalb etgan holda tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini yanada takomillashtirishga qaratilgan strategik dasturlar, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida xorijiy mamlakatlarning monopoliyaga qarshi kurashish organlari va xalqaro tashkilotlar bilan har taraflama hamkorlikni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar va davlat organlarining reyestrini yuritadi va eʼlon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarni insofsiz raqobatchilardan va raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzayotgan davlat organlarining noqonuniy qarorlaridan, ularning mansabdor shaxslarining harakatlaridan (harakatsizligidan) oʻz vakolatlari doirasida himoya qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar yoki moliya bozorlarida xoʻjalik yurituvchi subyektlarga teng shart-sharoitlarni taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning davlat organlari va ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishini oʻz vakolatlari doirasida nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeni suiisteʼmol qilishi, “kartel” kelishuvlari va til biriktirish, insofsiz raqobatni aniqlash va ularga chek qoʻyish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitining holatini oʻrganadi va xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini aniqlaydi, shaxslar guruhi ishtirokchilarining tarkibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustun mavqeni suiisteʼmol qilish, “kartel” kelishuvlari va til biriktirishlarni aniqlash va ularga chek qoʻyish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“kartel” kelishuvlar va til biriktirishlar kabi raqobatga qarshi harakatlarning murakkab turlarini aniqlash va ularga chek qoʻyish masalalarida huquq-tartibot organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustun mavqeyini egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar va tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlariga (ishlariga, xizmatlariga) xarajatlarni kamaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning individuallashtirilgan vositalariga va tovarni individuallashtirish vositalariga mutlaq huquqni sotib olish bilan bogʻliq insofsiz raqobat holatlarini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik subyektlari yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (koʻrsatiladigan) tovarlar (xizmatlar) narxlari ustidan monitoring olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestrlarini shakllantiradi va yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) savdolar, iqtisodiy konsentratsiya va davlat koʻmagini monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov (tender) va birja savdolarini oʻtkazishda raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qoʻshib olinishi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oldindan rozilik berish orqali bozor konsentratsiyasi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilish borasida davlat koʻmagi koʻrsatilishi masalalarini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-xomashyo birjalarini litsenziyalaydi hamda ular tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-xomashyo birjalarining litsenziyalari reyestrini yuritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band “v” kichik bandining yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bozor ishtirokchilariga yuqori likvidli, shu jumladan tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlardan (ishlar, xizmatlardan) foydalanishda teng shart-sharoitlarni taʼminlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori likvidli monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja savdolariga qoʻyilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy monopoliya subyektlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinishi tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi va majburiy tarzda xizmat koʻrsatiladigan isteʼmolchilar roʻyxatini belgilash boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatga qarshi harakatlarni va tartibga solinadigan narxlarning (tariflarning), shuningdek, Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (koʻrsatiladigan) tovarlarga (xizmatlarga) monopol yuqori va monopol past narxlarning asossiz oʻsishini aniqlaydi va ularga chek qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) tartibga solinadigan narxlari (tariflari) va ustama narxlariga rioya etilishini tahlil va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qonun hujjatlarining raqobatga taʼsirini baholash, davlat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yoʻl qoʻymaslik sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan kiritiladigan va qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, boshqa hujjatlarni ularning raqobat muhitiga taʼsiri yuzasidan ekspertizadan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish hamda ularni qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan qonun hujjatlari va davlat organlari qarorlarini bekor qilish boʻyicha takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, hududiy boshqarmalar hamda unga idoraviy mansub tuzilmalar orqali amalga oshiradi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus vakolatli davlat organi bilan birga tovar-xom ashyo birjalari uchun ichki nazorat qoidalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-xom ashyo birjalari faoliyatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni baholaydi, tahlil qiladi va oʻrganadi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir choralar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevrosiyo guruhi toʻgʻrisidagi Bitimdan kelib chiquvchi majburiyatlarning bajarilishini taʼminlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar qoʻllaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan “e” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) tovar-xom ashyo birjalarida tovar derivativlari savdolari, shu jumladan, fyuchers savdolarini tartibga solish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-xom ashyo birjalari tomonidan ishlab chiqiladigan va birjaning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan fyuchers savdolarini oʻtkazish qoidalarini hamda fyuchers savdolari boʻyicha kliringni amalga oshirish tartibini kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar derivativlari savdolari, shu jumladan, fyuchers savdolari oʻtkazilishini nazorat qiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-sonli qaroriga asosan “j” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini taʼminlash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeni suiisteʼmol qilish, “kartel” kelishuvlari va til biriktirish, insofsiz raqobatni aniqlash va ularga chek qoʻyish choralari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar, iqtisodiy konsentratsiya va davlat koʻmagini monopoliyaga qarshi tartibga solishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor ishtirokchilariga yuqori likvidli, shu jumladan, tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlardan (ishlar, xizmatlardan) foydalanishda teng shart-sharoitlarni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarining raqobatga taʼsirini baholash, davlat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yoʻl qoʻymaslik ishlarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaxslarning monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbirlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-xom ashyo birjalarida tovar derivativlari savdolarini, shu jumladan, fyuchers savdolarini tartibga solish.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-sonli qaroriga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparati oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini hamda ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi oʻtkazilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boshqarmalari va unga idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini huquqiy taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining vakolatiga kiruvchi tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-xoʻjalik hamda boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatni rivojlantirish va monopol faoliyatni cheklash boʻyicha davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobatni himoya qilishni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish, raqobatni rivojlantirishni cheklovchi yakka tartibdagi imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni bekor qilish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirsh sohasidagi ilgʻor xalqaro tajribani tizimli oʻrganadi va joriy etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralarni jalb etgan holda tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini yanada takomillashtirishga qaratilgan strategik dasturlar, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida xorijiy mamlakatlarning monopoliyaga qarshi kurashish organlari va xalqaro tashkilotlar bilan har taraflama hamkorlikni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar va davlat organlarining reyestrini yuritadi va eʼlon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarni insofsiz raqobatchilardan va raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzayotgan davlat organlarining noqonuniy qarorlaridan, ularning mansabdor shaxslarining harakatlaridan (harakatsizligidan) oʻz vakolatlari doirasida himoya qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar yoki moliya bozorlarida xoʻjalik yurituvchi subyektlarga teng shart-sharoitlarni taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning davlat organlari va ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishini oʻz vakolatlari doirasida nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitining holatini oʻrganadi va xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini aniqlaydi, shaxslar guruhi ishtirokchilarining tarkibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustun mavqeni suiisteʼmol qilish, “kartel” kelishuvlari va til biriktirishlarni aniqlash va ularga chek qoʻyish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“kartel” kelishuvlar va til biriktirishlar kabi raqobatga qarshi harakatlarning murakkab turlarini aniqlash va ularga chek qoʻyish masalalarida huquq-tartibot organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarida monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustun mavqeyini egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar va tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlariga (ishlariga, xizmatlariga) xarajatlarni kamaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning individuallashtirilgan vositalariga va tovarni individuallashtirish vositalariga mutlaq huquqni sotib olish bilan bogʻliq insofsiz raqobat holatlarini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik subyektlari yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (koʻrsatiladigan) tovarlar (xizmatlar) narxlari ustidan monitoring olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestrlarini shakllantiradi va yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov (tender) va birja savdolarini oʻtkazishda raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qoʻshib olinishi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oldindan rozilik berish orqali bozor konsentratsiyasi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilish borasida davlat koʻmagi koʻrsatilishi masalalarini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-xomashyo birjalarini litsenziyalaydi hamda ular tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-xomashyo birjalarining litsenziyalari reyestrini yuritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning oʻttizinchi — oʻttiz ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori likvidli monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja savdolariga qoʻyilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy monopoliya subyektlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinishi tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi va majburiy tarzda xizmat koʻrsatiladigan isteʼmolchilar roʻyxatini belgilash boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatga qarshi harakatlarni va tartibga solinadigan narxlarning (tariflarning), shuningdek, Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (koʻrsatiladigan) tovarlarga (xizmatlarga) monopol yuqori va monopol past narxlarining asossiz oʻsishini aniqlaydi va ularga chek qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) tartibga solinadigan narxlari (tariflari) va ustama narxlariga rioya etilishini tahlil va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan kiritiladigan va qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, boshqa hujjatlarni ularning raqobat muhitiga taʼsiri yuzasidan ekspertizadan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish hamda ularni qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan qonun hujjatlari va davlat organlari qarorlarini bekor qilish boʻyicha takliflar kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-xom ashyo birjalari tomonidan ishlab chiqiladigan va birjaning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan fyuchers savdolarini oʻtkazish qoidalari hamda fyuchers savdolari boʻyicha kliringni amalga oshirish tartibini kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar derivativlari savdolari, shu jumladan, fyuchers savdolarining oʻtkazilishini nazorat qiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-sonli qaroriga asosan oʻttiz toʻqqizinchi va qirqinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Markaziy apparati qonunchilikka va qoʻmita rahbariyatining topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalarining vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Quyidagilar Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boshqarmalariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeni suiisteʼmol qilishi, “kartel” kelishuvlari va til biriktirish, insofsiz raqobatini aniqlash va ularga chek qoʻyish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ular amalga oshirilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar, iqtisodiy konsentratsiya va davlat koʻmagini monopoliyaga qarshi tartibga solishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor ishtirokchilariga yuqori likvidli, shu jumladan, tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlardan (ishlar, xizmatlardan) foydalanishda teng shart-sharoitlarni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishlariga yoʻl qoʻymaslik ishlarini tashkil qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish;
(14-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbirlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarga ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam koʻrsatish, isteʼmolchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda isteʼmolchilar huquqi buzilishi holatlarini oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining isteʼmolchilik bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama sohasida nohalol raqobatga va notoʻgʻri reklamaning yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida reklama bozorini tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol bozorini, davlat tomonidan narx-navosi tartibga solinadigan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) narxlarning dinamikasi va narx shakllanishi mexanizmlarini oʻrganish.
(14-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qaroriga asosan sakkizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boshqarmalari oʻzlariga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy boshqarma va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy boshqarma faoliyatini huquqiy taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy boshqarmaning vakolatiga kiruvchi tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-xoʻjalik hamda boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish, raqobatni rivojlantirishni cheklovchi yakka tartibdagi imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni bekor qilish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi ilgʻor xalqaro tajribani tizimli oʻrganish va joriy etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini yanada takomillashtirishga qaratilgan strategik dasturlar, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida xoʻjalik yurituvchi subyektlarni insofsiz raqobatchilardan himoya qilishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar yoki moliya bozorlarida xoʻjalik yurituvchi subyektlarga teng shart-sharoitlarni taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning mahalliy davlat hokimiyati organlari va ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishini oʻz vakolatlari doirasida nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitining holatini oʻrganish va xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini aniqlash, shaxslar guruhi ishtirokchilarining tarkibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustun mavqeni suiisteʼmol qilish, “kartel” kelishuvlari va til biriktirishlarni aniqlash va ularga chek qoʻyish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“kartel” kelishuvlar va til biriktirishlar kabi raqobatga qarshi harakatlarning murakkab turlarini aniqlash va ularga chek qoʻyish masalalarida huquq-tartibot organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustun mavqeyini egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar va tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlariga (ishlariga, xizmatlariga) xarajatlarni kamaytirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning individuallashtirilgan vositalariga va tovarni individuallashtirish vositalariga mutlaq huquqni sotib olish bilan bogʻliq insofsiz raqobat holatlarini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik subyektlari yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (koʻrsatiladigan) tovarlar (xizmatlar) narxlari ustidan monitoring olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov (tender) va birja savdolarini oʻtkazishda raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan belgilangan tartibda nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qoʻshib olinishi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oldindan rozilik berish orqali bozor konsentratsiyasi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etish borasida davlat koʻmagi koʻrsatilishi masalalarni koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja savdolariga qoʻyilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy monopoliya subyektlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilishini tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va majburiy tarzda xizmat koʻrsatiladigan isteʼmolchilar roʻyxatini belgilash boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatga qarshi harakatlarni va tartibga solinadigan narxlarning (tariflarning), shuningdek, Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (koʻrsatiladigan) tovarlarga (xizmatlarga) monopol yuqori va monopol past narxlarning asossiz oʻsishini aniqlash va ularga chek qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) tartibga solinadigan narxlari (tariflari) va ustama narxlariga rioya etilishini tahlil va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan qonun hujjatlari va davlat organlari qarorlarini bekor qilish boʻyicha takliflar kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralar ishtirokida ishtirokida ishlab chiqilgan isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama ishlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan strategik dasturlar, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni joylarda ijrosini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining isteʼmol bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarning huquqlari va manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilinishini, shuningdek aholining isteʼmol madaniyatini oshirish boʻyicha maʼrifiy ishlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qiladi va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda isteʼmolchilar huquqi buzilishi holatlari boʻyicha ogoxlantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish reklama masalalari boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarga ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda, shu jumladan isteʼmolchilarning nomuayyan doiralarining qonuniy huquq va manfaatlarini sudlarda himoya qilishni koʻzlab daʼvo arizalari kiritish orqali amaliy yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda va ichki bozorda sotiladigan isteʼmol tovarlarining zarur sifatda boʻlishini va xavfsizligini taʼminlash yuzasidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz boʻlishini va ularning sifatini nazorat qiluvchi davlat boshqaruvi organlari bilan hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chakana savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalarida tovarlar va xizmatlarning nazorat xaridini amalga oshiradi, ularni isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga mosligi jihatidan ekspertizadan (testdan) oʻtkazilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyektlarda (moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmasdan) tekshirishlar oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan davlat organlariga, mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar tashkilot, muassasa va korxonalarga, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
retsept bilan beriladigan dori vositalari uchun belgilangan ulgurji va chakana savdo ustamalariga rioya qilinishi ustidan nazorat qiladi;
(15-bandning oʻttiz yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish darajasining holati qoniqarliligi yuzasidan fuqarolar oʻrtasida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunda belgilangan tartibda reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi reklamani joylashtirishni tartibga solish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish masalalarida jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qiladi hamda koʻngillilar harakatini rivojlantirishga koʻmaklashadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qaroriga asosan yigirma oltinchi — qirq birinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari qonun hujjatlariga va qoʻmita hamda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida Agentlik rahbariyatining topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
(15-bandning qirq ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining vakolatiga kiruvchi masalalarda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi vakolatiga tegishli masalalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha zarur statistika maʼlumotlarini davlat statistika organlaridan bepul asosda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalarining davlat mulkini, oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida, belgilangan tartibda bir hududiy boshqarmadan boshqasiga bepul foydalanish huquqi asosida oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi xodimlarini ularning tegishli sohadagi faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha parametrlarni bajarganliklarini hisobga olgan holda moddiy ragʻbatlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda xalqaro darajada ifodalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish muammolari boʻyicha jamoatchilik, konsultativ, ilmiy-texnik va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalari tashkil etish, maxsus kengashlar chaqirish, shuningdek, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish bilan bogʻliq uzoq muddatli dasturlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, monopoliyaga qarshi davlat siyosatini yuritish va boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash, konstruktorlik tashkilotlari, oliy taʼlim muassasalari va yuridik shaxslarning vakillarini hamda jismoniy shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlarga daʼvo arizalari va arizalar kiritish, oʻzining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar buzilishi bilan bogʻliq ishlar koʻrib chiqilishida sud jarayonlarida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning buzilishi bilan bogʻliq jinoyatlar alomatlari boʻyicha maʼmuriy va jinoyat ishlarini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish uchun tegishli organlarga materiallarni yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda raqobat toʻgʻrisidagi, tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini tekshirish, qonun hujjatlarining buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda, ular boʻyicha ishlarni qoʻzgʻatish va (yoki) koʻrib chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining keskin tebranishi davrida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustun mavqeni suiisteʼmol qilish, kelishib qilingan harakatlar va til biriktirishlar, shuningdek, birja savdolariga majburiy qoʻyilishi kerak boʻlgan monopol va yuqori likvidli mahsulotlarni toʻliq hajmda chiqarmaslik va taklifni qisqartirganlik, manipulyatsiyalar, tovar yoki moliya bozorining barqaror faoliyat koʻrsatishiga toʻsqinlik qilish alomatlari aniqlanganda, oxirgi kalendar yildagi tovarlar (xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushumdan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va yuridik shaxslar birlashmalariga ijro etilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarning asossiz oʻsishi, kelishib qilinadigan harakatlar va til biriktirish holatlarini aniqlash uchun Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor etgan holda, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning binolariga bevosita kirish hamda ombordagi mavjud zaxiralarni xatlovdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur bandning oʻn sakkizinchi xatboshisida nazarda tutilgan tartibda oʻtkazilgan xatlovda aniqlangan oziq-ovqat mahsulotlarining ortiqcha hajmini savdoga chiqarish, asossiz oshirilgan narxlarni pasaytirish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma va koʻrsatmalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol tovarlari savdosiga ixtisoslashgan savdo komplekslari, tarmoqlari va bozorlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini manipulyatsiya qilish, asossiz va sunʼiy oshirish, ularga boʻlgan tanqislik va ajiotaj talabni yuzaga keltirishga qaratilgan harakatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga narx-navoni shakllantirishning belgilangan mexanizmlariga rioya etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlar va savdo tarmoqlariga kirish boʻyicha sunʼiy toʻsiqlar va cheklovlarni aniqlash (oʻrganish) va ularni bartaraf etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritish;
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-dekabrdagi 716-sonli qaroriga asosan oʻn oltinchi — yigirma uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2022-y., 09/22/716/1106)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida davlat organlari va tashkilotlarga monopoliyaga qarshi siyosat va raqobatni himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlarini buzish hollarini, shuningdek, ularga koʻmaklashadigan sabablar va shartlarni bartaraf etish toʻgʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida mansabdor shaxslar va fuqarolarni maʼmuriy javobgarlikka tortish haqidagi materiallarni maʼmuriy sudlarga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat toʻgʻrisidagi va tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha, shu jumladan, xoʻjalik yurituvchi subyektlardan raqobat toʻgʻrisidagi va tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi natijasida asossiz olingan daromadni (foydani) undirish va (yoki) isteʼmolchilarga qaytarish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hayʼati qarori asosida xoʻjalik yurituvchi subyektning arizasi boʻyicha, agar mablagʻlarni olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ijro etish xoʻjalik yurituvchi subyektning toʻlovga qobiliyatsizligiga olib kelishi mumkin boʻlsa, raqobat toʻgʻrisidagi va tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun undirilishi kerak boʻlgan summani boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish;
(16-bandning yigirma yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat organlariga litsenziyalashni joriy etish yoki bekor qilish, bojxona tariflarini oʻzgartirish, kvotalarni joriy etish yoki bekor qilish, shuningdek, soliqlar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha imtiyozlar berish yoxud imtiyozlarni bekor qilish, imtiyozli kreditlar berish va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlarini qoʻllash toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga takliflar kiritish;
(16-bandning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasining mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boshqarmalari va unga idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan qabul qilingan qarorlar va buyruqlarni bekor qilish, toʻxtatib turish (toʻliq yoki qisman) haqida, yoxud ularni qonunchilikka muvofiqlashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni xodimlar va maslahatchilar sifatida jalb qilib, ularga, istisno tariqasida, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ish haqi va boshqa toʻlovlar miqdorlarini belgilash.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar derivativlari savdolariga, shu jumladan, fyuchers savdolari jarayonida narx manipulyatsiyalarining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha tovar-xom ashyo birjalariga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar derivativlari savdolari, shu jumladan fyuchers savdolariga oid qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etmagan hamda savdolar jarayonida narx manipulyatsiyalariga yoʻl qoʻygan ishtirokchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrish.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-sonli qaroriga asosan yigirma oltinchi va yigirma yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi tomonidan mustaqil ravishda ikki nafargacha malakali mahalliy mutaxassislar maslahatchilar sifatida bir yil muddatgacha jalb qilinishi mumkin, qolgan hollarda mutaxassislarni jalb qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi PF-145-sonli Farmoniga asosan yigirma toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 06/22/145/0459-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyat sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda u bilan kelishilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar tashkilotlarda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tekshiruvlar tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi hamda Tekshiruvlarni elektron shaklda roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatga olinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga raqobat hamda tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha vakolatlar faqat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining markaziy apparati va hududiy boshqarmalarida tuziladigan maxsus komissiyalarning qarorlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Maxsus komissiya raqobat hamda tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun, shuningdek, asossiz ravishda olingan daromadni (foydani) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xoʻjalik yurituvchi subyektlardan olib qoʻyish va (yoki) isteʼmolchilarga qaytarish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi. Isteʼmolchilarni aniqlash imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda maxsus komissiya asossiz ravishda olingan daromadni (foydani) xoʻjalik yurituvchi subyektlardan undirish va ixtiyoriy toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xoʻjalik yurituvchi subyektlardan olib qoʻyish va (yoki) isteʼmolchilarga qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng bir oy muddatda ixtiyoriy toʻlov amalga oshirilmagan taqdirda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi sudga isteʼmolchilarga qaytarish va/yoki asossiz ravishda olingan daromadni (foydani) majburiy undirish yuzasidan sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatini samarali amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishilishini soʻzsiz taʼminlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi dasturlar, chora-tadbirlar, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlardan masalalarni tahlil qilish va oʻrganib chiqish uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda belgilangan tartibda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasida koʻrib chiqiladigan masalalarni oʻrganib chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari va vakillarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert komissiyalari va ishchi guruhlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hududiy boshqarmalaridan va idoraviy mansub tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishi oxiriga yetkazilishini talab qilish, zarurat boʻlganda ularni kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari ishtirokida majlislar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlariga belgilangan tartibda tezkor hal qilishni talab qiladigan va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha topshiriqlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning rahbariyati hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi boʻyicha faoliyatini oʻrganish va tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparatida monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish muammolari boʻyicha jamoatchilik, maslahat, ilmiy-texnik va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalarini tashkil etish, yigʻilishlar chaqirish, shuningdek, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish bilan bogʻliq uzoq muddatli dasturlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, monopoliyaga qarshi davlat siyosatini yuritish va boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash, konstruktorlik tashkilotlari, oliy taʼlim muassasalari va yuridik shaxslar vakillari hamda jismoniy shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlarga daʼvo arizalari va arizalar topshirish, sud jarayonlarida oʻzining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning buzilishi bilan bogʻliq ishlar koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning buzilishi bilan bogʻliq jinoyatlar alomatlari boʻyicha maʼmuriy va jinoyat ishlarini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish uchun tegishli organlarga materiallarni yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda raqobat toʻgʻrisidagi, tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini tekshirish, qonun hujjatlarining buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda, ular boʻyicha ishlarni qoʻzgʻatish va (yoki) koʻrib chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining keskin tebranishi davrida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustun mavqeni suiisteʼmol qilish, kelishib qilingan harakatlar va til biriktirishlar, shuningdek, birja savdolariga majburiy qoʻyilishi kerak boʻlgan monopol va yuqori likvidli mahsulotlarni toʻliq hajmda chiqarmaslik va taklifni qisqartirganlik, manipulyatsiyalar, tovar yoki moliya bozorining barqaror faoliyat koʻrsatishiga toʻsqinlik qilish alomatlari aniqlanganda, oxirgi kalendar yildagi tovarlar (xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushumidan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlar va yuridik shaxslar birlashmalariga ijro etilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarning asossiz oʻsishi, kelishib qilinadigan harakatlar va til biriktirish holatlarini aniqlash uchun Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor etgan holda tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning binolariga bevosita kirish hamda ombordagi mavjud zaxiralarni xatlovdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur kichik bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan tartibda oʻtkazilgan xatlovda aniqlangan oziq-ovqat mahsulotlarining ortiqcha hajmini savdoga chiqarish, asossiz oshirilgan narxlarni pasaytirish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma va koʻrsatmalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol tovarlari savdosiga ixtisoslashgan savdo komplekslari, tarmoqlari va bozorlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini manipulyatsiya qilish, asossiz va sunʼiy oshirish, ularga boʻlgan tanqislik va ajiotaj talabni yuzaga keltirishga qaratilgan harakatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga narx-navoni shakllantirishning belgilangan mexanizmlariga rioya etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlar va savdo tarmoqlariga kirish boʻyicha sunʼiy toʻsiqlar va cheklovlarni aniqlash (oʻrganish) va ularni bartaraf etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritish;
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-dekabrdagi 716-sonli qaroriga asosan oʻn ikkinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2022-y., 09/22/716/1106)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida davlat organlari va tashkilotlarga monopoliyaga qarshi siyosat va raqobatni himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlarini buzish hollarini, shuningdek, ularni yuzaga keltiradigan sabablar va shartlarni bartaraf etish toʻgʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida mansabdor shaxslar va fuqarolarni maʼmuriy javobgarlikka tortish haqidagi materiallarni maʼmuriy sudlarga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat toʻgʻrisidagi va tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha, shu jumladan, xoʻjalik yurituvchi subyektlardan raqobat toʻgʻrisidagi va tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi natijasida asossiz olingan daromadni (foydani) undirish va (yoki) isteʼmolchilarga qaytarish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat qarori asosida xoʻjalik yurituvchi subyektning arizasi boʻyicha, agar mablagʻlarni olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ijro etish xoʻjalik yurituvchi subyektning toʻlovga qobiliyatsizligiga olib kelishi mumkin boʻlsa, undirilishi kerak boʻlgan summani boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish;
(23-bandning yigirma uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalashni joriy etish yoki bekor qilish, bojxona tariflarini oʻzgartirish, kvotalarni joriy etish yoki bekor qilish, shuningdek soliqlar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha imtiyozlar berish yoxud imtiyozlarni bekor qilish, imtiyozli kreditlar berish va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlarini qoʻllash toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga takliflar kiritish;
(23-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan qabul qilingan qarorlar va buyruqlarni bekor qilish, toʻxtatib turish (toʻliq yoki qisman) haqida, yoxud ularni qonunchilikka muvofiqlashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida tegishli xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar derivativlari savdolari, shu jumladan, fyuchers savdolari jarayonida narx manipulyatsiyalarining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha tovar-xom ashyo birjalariga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar derivativlari savdolari, shu jumladan, fyuchers savdolariga oid qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etmagan hamda savdolar jarayonida narx manipulyatsiyalariga yoʻl qoʻygan ishtirokchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrish.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-sonli qaroriga asosan yigirma birinchi va yigirma ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi, shuningdek, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishilishini soʻzsiz taʼminlash boʻyicha Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparatining boʻlinmalari ishi tashkil qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi dasturlar, chora-tadbirlar, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi tashkil qilinishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalarining huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boshqarmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan oʻzlarining vakolatlariga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Agentlik vakolati sohasiga taalluqli boʻlgan muhim muammolarni hal qilish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish va koʻrib chiqish boʻyicha hududiy miqyosdagi idoralararo komissiyalar va kengashlarni tashkil qilish;
(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlarga daʼvo arizalari va arizalar topshirish, sud jarayonlarida oʻzining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning buzilishi bilan bogʻliq ishlar koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning buzilishi bilan bogʻliq jinoyatlar alomatlari boʻyicha maʼmuriy va jinoyat ishlarini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish uchun tegishli organlarga materiallarni yuborish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda raqobat toʻgʻrisidagi, tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini tekshirish, qonun hujjatlarining buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda ular boʻyicha ishlarni qoʻzgʻatish va (yoki) koʻrib chiqish;
(25-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining keskin tebranishi davrida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustun mavqeni suiisteʼmol qilish, kelishib qilingan harakatlar va til biriktirishlar, shuningdek, birja savdolariga majburiy qoʻyilishi kerak boʻlgan monopol va yuqori likvidli mahsulotlarni toʻliq hajmda chiqarmaslik va taklifni qisqartirganlik, manipulyatsiyalar, tovar yoki moliya bozorining barqaror faoliyat koʻrsatishiga toʻsqinlik qilish alomatlari aniqlanganda, oxirgi kalendar yildagi tovarlar (xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushumidan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va yuridik shaxslar birlashmalariga ijro etilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarning asossiz oʻsishi, kelishib qilinadigan harakatlar va til biriktirish holatlarini aniqlash uchun Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor etgan holda tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning binolariga bevosita kirish hamda ombordagi mavjud zaxiralarni xatlovdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur kichik bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan tartibda oʻtkazilgan xatlovda aniqlangan oziq-ovqat mahsulotlarining ortiqcha hajmini savdoga chiqarish, asossiz oshirilgan narxlarni pasaytirish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma va koʻrsatmalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol tovarlari savdosiga ixtisoslashgan savdo komplekslari, tarmoqlari va bozorlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini manipulyatsiya qilish, asossiz va sunʼiy oshirish, ularga boʻlgan tanqislik va ajiotaj talabni yuzaga keltirishga qaratilgan harakatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga narx-navoni shakllantirishning belgilangan mexanizmlariga rioya etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlar va savdo tarmoqlariga kirish boʻyicha sunʼiy toʻsiqlar va cheklovlarni aniqlash (oʻrganish) va ularni bartaraf etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritish;
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-dekabrdagi 716-sonli qaroriga asosan sakkizinchi — oʻn oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2022-y., 09/22/716/1106)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlarga monopoliyaga qarshi siyosat va raqobatni himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlarini buzish hollarini, shuningdek ularga koʻmaklashadigan sabablar va shartlarni bartaraf etish toʻgʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida mansabdor shaxslar va fuqarolarni maʼmuriy javobgarlikka tortish haqidagi materiallarni maʼmuriy sudlarga yuborish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki uchun xavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlarni ishlab chiqarish, respublika hududiga import qilish, realizatsiya qilishni toʻxtatish, muomaladan chiqarish va isteʼmolchilardan majburiy ravishda qaytarib olish toʻgʻrisida ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarga koʻrsatmalar kiritish;
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-dekabrdagi 716-sonli qaroriga asosan oʻn toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2022-y., 09/22/716/1106)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat toʻgʻrisidagi, tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha, shu jumladan, xoʻjalik yurituvchi subyektlardan raqobat toʻgʻrisidagi, tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi natijasida asossiz olingan daromadni (foydani) undirish va (yoki) isteʼmolchilarga qaytarish, jarima qoʻllash toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish.
(25-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hududiy boshqarmalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hududiy boshqarmalari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishish taʼminlanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarning, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Agentlikka hududiy boshqarmalari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
(26-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida tumanlarda (shaharlarda) aniqlangan muammolar har taraflama va chuqur tahlil qilinishi hamda umumlashtirish asosida takliflar tayyorlanishi;
(26-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasidagi dasturlar, chora-tadbirlar, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.
(26-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi rahbarlarining funksional majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Quyidagilar Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, shuningdek, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga soʻzsiz erishishni taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kotibiyatlari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilishi uchun shaxsiy masʼuliyati darajalarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, shuningdek, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish hamda monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi xodimlarini tizimli ravishda qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat sohasidagi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ularning “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti (keyingi oʻrinlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti deb ataladi) va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasining Reglamenti deb ataladi) talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, shuningdek, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqilishi, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni puxta iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda ularni kelishish (viza qoʻyish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz oʻrinbosarlari va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boshqarmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortishga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlar ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, “yagona darcha” prinsipini joriy etish orqali davlat xizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi nomidan ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi qoʻmitasining hayʼati majlislarida raislik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruriyat boʻlganda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining, shuningdek, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning tashkiliy tuzilmalariga oʻzgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparatining, shuningdek, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tuzilmasini, shtatlar jadvalini va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boshqarmalari nizomlari va idoraviy mansub tashkilotlar ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparati xodimlari, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning mansabdor shaxslari uchun bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish, shuningdek, ularning bajarilishini belgilangan tartibda nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida kadrlarni tayyorlash, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi xodimlarni va mutaxassislarni ularning koʻp yillik va samarali faoliyati, alohida xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlash uchun belgilangan tartibda takliflar kiritishni taʼminlash va mukofotlashga tavsiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tizimining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda rivojlantirish chora-tadbirlarini koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Quyidagilar Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ular xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatining oʻzi mutasaddilik qiladigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlarning bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarining soʻzsiz bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, shuningdek, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish hamda monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hayʼati qarorlari, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisiga takliflar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik Qoʻmita raisi tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Qoʻmita raisining topshirigʻiga binoan ishtirok etish;
(28-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puxta iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisiga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari koʻrsatish samaradorligi, sifati va qulayligini oshirish boʻyicha Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisiga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi rahbarlarining javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining javobgarlik sohalari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining funksional majburiyatlarini sifatli bajarish uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi yuklangan vazifalar va funksiyalarning oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining javobgarlik sohalari boʻyicha oʻzi nazorat qiladigan masalalar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining funksional majburiyatlarini sifatli bajarish uchun shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining rahbariyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Rais boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari raisning birinchi oʻrinbosari tomonidan, u boʻlmagan vaqtda esa raisning buyrugʻiga muvofiq boshqa oʻrinbosar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparati boshqarmalarining boshliqlari, boshliq oʻrinbosarlari va xodimlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalar boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlarning rahbarlari va rahbarlarning oʻrinbosarlari Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalarining xodimlari Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi bilan isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmalari xodimlari esa, Agentlik direktori bilan kelishgan holda tegishli hududiy boshqarmaning boshligʻi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
(34-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻz faoliyatlari yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro hamkorlikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topshiriqlarni hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarga tarkibiy boʻlinmalarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati amaliyotini tekshiradi va oʻrganadi, natijalarni umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot va axborot materiallari, statistika maʼlumotlari va boshqa maʼlumotlar oʻrganilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar ishtirokini tashkil etadi, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatning belgilangan sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻgʻrisida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparatiga axborot taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻgʻrisida axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining markaziy apparatiga oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari hamda uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisining topshirigʻiga binoan uning tegishli oʻrinbosarlari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar koʻrsatib oʻtilgan koʻrib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, ular boʻyicha qaror bevosita Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boshqarmalari oʻz vakolatlari doirasida boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hayʼati, boshqa kengashish, maslahat va ekspert organlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasida rais (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining faoliyatning asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi boshliqlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomda belgilangan Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini qabul qilish, tarkibiy boʻlinmalar va hududiy boshqarmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini tizimli asosda eshitishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda va tizimli tarzda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyati natijadorligini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼatning kengaytirilgan majlislarini oʻtkazish, shu jumladan sayyor yigʻilishlarni tashkil etish orqali, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatining dolzarb masalalari muhokama qilinishini taʼminlash, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining qarorlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish va ijro intizomini mustahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi vakolatlariga kiruvchi boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Hayʼat majlisiga Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Hayʼat majlisida uning tarkibining yarmidan ortigʻi ishtirok etsa, Hayʼat majlisi qonuniy oʻtkazilgan deb hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Hayʼat qarorlari Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisining buyrugʻi (Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining qarorlari) bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi mustaqil ravishda qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Hayʼatning faoliyat yuritish tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasida raisning birinchi oʻrinbosari (Kengash raisi), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi ayrim tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari va biznes-uyushmalar vakillaridan iborat tarkibdagi Jamoatchilik maslahat kengashi tashkil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Jamoatchilik maslahat kengashining shaxsiy tarkibi, aʼzolari soni, shuningdek, uning Nizomi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik maslahat kengashining majlisida qabul qilingan qarorga asosan Kengash raisiga uning shaxsiy tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Quyidagilar Jamoatchilik maslahat kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada raqobatni yanada rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarni muhokama qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat muhitini rivojlantirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni insofsiz raqobatdan himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni amalda roʻyobga chiqarishning mexanizmlarini tanqidiy koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik bazasini takomillashtirishda ishtirok etish, shu jumladan, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining koʻrib chiqishi uchun ishlab chiqilayotgan va kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarni muhokama qilish orqali ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyati samaradorligini baholash mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi, raisning birinchi oʻrinbosari, rais oʻrinbosarlari, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hududiy boshqarmalari boshliqlari faoliyati samaradorligini baholash Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadigan faoliyat samaradorligini baholash mezonlariga asosan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparati boshqarmalari va boʻlimlarining boshliqlari, boshliq oʻrinbosarlari, shuningdek, markaziy apparat va hududiy boshqarmalar xodimlarining, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari va xodimlarining faoliyatini baholash Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan faoliyat samaradorligini baholash mezonlariga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlariga koʻra Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy jazoga tortish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari faoliyatini moliyalashtirish va ularning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish
(9-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari faoliyatini moliyalashtirish va uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish;
(53-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ragʻbatlantiruvchi toʻlovlardan iborat boʻladi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan uzoq muddat xizmati uchun quyidagi miqdorda har oyda ustama toʻlanadi (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga nisbatan foiz hisobida):
(55-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ish staji boʻyicha guruh

Ish staj uchun ustama miqdori

2 yildan 5 yilgacha

10 foiz

5 yildan 10 yilgacha

20 foiz

10 yildan 15 yilgacha

30 foiz

15 yildan 20 yilgacha

40 foiz

20 yildan 25 yilgacha

50 foiz

25 yildan yuqori

60 foiz

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoq muddat xizmati uchun toʻlanadigan ustama olish huquqini beruvchi ish staji Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq hisoblab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
551. Lavozim maoshlariga ustamalar (ragʻbatlantirish koyeffitsiyentini hisobga olgan holda) va boshqa ragʻbatlantirish toʻlovlari, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining markaziy apparati va hududiy boshqarmalari xodimlarini moddiy mukofotlash Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq toʻlanadi.
(551-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasining mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari xodimlariga ish haqi toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish manbalari hisoblanadi.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hisobot berishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi rahbarlarining ularga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi boʻyicha faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari ragʻbatlantiriladi yoxud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 402-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi deb ataladi) shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat va tabiiy monopoliyalar haqidagi qonunchiliklarni buzganlik uchun undirilgan asossiz olingan daromadlar summalari — 100 foiz miqdorida;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat, tabiiy monopoliyalar haqidagi qonunchilikni buzganlik va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi koʻrsatmalarini bajarmaganlik uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan maʼmuriy jarima summalari — 100 foiz miqdorida;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi PF-145-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 06/22/145/0459-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qoʻshib olinishi boʻyicha bitimlar, shuningdek, shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyekt ustav kapitali (jamgʻarmasi)dagi aksiyalar (ulushlar)ni sotib olish boʻyicha bitimlarga oldindan rozilik berish uchun yigʻimlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik, narxlari tartibga solinishi belgilangan tovarlarning narxlarini (ustama va tariflar) oshirganlik uchun undirilgan asossiz olingan daromadlar summasining 100 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik, shuningdek, Agentlik taqdim etgan koʻrsatmalarni bajarmaganlik uchun Agentlik yoki Agentlik kiritgan daʼvolar boʻyicha sud tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan va ularning mansabdor shaxslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan jarima mablagʻlarining 100 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun tushadigan oylik yigʻim mablagʻlarining 45 foizi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-auksion” elektron savdo platformasida yer uchastkalari va davlat mulki boʻlgan obyektlarda tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish natijasida tushadigan yigʻim summasining 40 foizi;
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun Davlat budjetiga yoʻnaltirilgan moliyaviy jarimalar summasining Jamgʻarmaga qaytariladigan 50 foizi;
(3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi PF-145-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 06/22/145/0459-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro institutlar va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslarning grantlari va homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ xizmatlariga 0,02 foiz miqdordagi vositachilik yigʻimi;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 687-sonli qaroriga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/687/1073-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan mablagʻlar Jamgʻarmaning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi va uning hududiy boʻlinmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el valyutasidagi mablagʻlar Jamgʻarmaning maxsus valyuta hisob raqamiga tushadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Barcha turdagi manbalardan (Toʻlov manbaida yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻidan tashqari) Jamgʻarmaga tushgan mablagʻlar soliqqa tortilmaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 829-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/829/3832-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamgʻarma mablagʻlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining markaziy apparati va hududiy boshqarmalari hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) joriy xarajatlarini moliyalashtirishga;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining markaziy apparati va hududiy boshqarmalari hamda Agentlik xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy taʼminlash, shuningdek, ularning xodimlari tomonidan turar joy sotib olinishini imtiyozli moliyalashtirishga;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining markaziy apparati va hududiy boshqarmalari hamda Agentlik rahbarlari va mutaxassislarini oʻqitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi PF-145-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 06/22/145/0459-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha kiritilgan shtat birliklari boʻyicha xarajatlarni toʻlashga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatni va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida ilmiy va boshqa tadqiqot va izlanishlarni moliyalashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida nazorat xaridlarini amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy boshqarmalardan qoʻmita Markaziy apparatiga doimiy ishlash uchun jalb etiladigan Toshkent shahrida turar joyi mavjud boʻlmagan boshqaruv xodimlariga Toshkent shahrida ijara asosida yashashi uchun ijara toʻlovlarini ijara shartnomasi asosida toʻlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatni va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida oʻquv tadbirlari, anjumanlar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkillashtiriladigan xalqaro tadbirlar, shu jumladan davlat tadbirlari doirasida xorijiy delegatsiyalar va ekspertlar tashriflari bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-texnik va ilmiy-metodik adabiyotlar (shu jumladan, davriy nashrlar, risolalar, bukletlar, kitoblar, toʻplamlar va boshqa axborot-maʼrifiy materiallar)ni tayyorlash va nashr qilish, shuningdek, raqobatni va isteʼmolchilarni himoya qilish sohasida videoroliklar va taqdimot materiallarini yaratishga sarflangan xarajatlarni va ularni ommaviy axborot vositalarida doimiy yoritib borish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitaning kasaba uyushmasi qarori asosida Qoʻmita markaziy apparati xodimlarini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini, shuningdek, bayram sanalarida va kasb bayramida madaniy-maʼrifiy tadbirlarni moliyalashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Axborot texnologiyalarini joriy etish markazi” davlat unitar korxonasi faoliyatini saqlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida (topshiriqlarida) belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun “Axborot texnologiyalarini joriy etish markazi” davlat unitar korxonasiga ajratmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot muassasalariga raqobat va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish siyosati sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishni moliyalashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq boshqa yoʻnalishlarga;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi PF-145-sonli Farmoniga asosan oltinchi — oʻn beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 06/22/145/0459-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jalb etilgan xorijiy mutaxassislar mehnatiga, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning mutaxassislari mehnatiga haq toʻlashga yoʻnaltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Agentlik xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik ustamalar va boshqa ragʻbatlantirish toʻlovlari, shuningdek, moddiy ragʻbatlar Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq toʻlanadi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Agentlik xodimlarining uy-joy sotib olinishini imtiyozli moliyalashtirish Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Agentlik xodimlariga ipoteka kreditlarini berish uchun tijorat banklariga resurslarni ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (ushbu Nizomga ilova) muvofiq amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Moliya va buxgalteriya hisobi boshqarmasi Jamgʻarma mablagʻlari hisobi va hisobotini yuritadi, boshqarma, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning kelgusi yil uchun daromadlari va xarajatlari prognoz koʻrsatkichlarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetasini tayyorlaydi, zarur hollarda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga tuzatishlar kiritish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tushumlarini koʻpaytirish va uning mablagʻlaridan samarali foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomda va qonunchilikda nazarda tutilgan xarajatlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlarining tushumi va ulardan foydalanish hisobini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma smetasining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamgʻarma smetasining ijrosi toʻgʻrisida hisobot taqdim etilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yuzasidan hisobni yuritish, hisobot va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetasi budjet tashkilotlari uchun budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi (choraklar, tushumlar manbalari va ulardan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha) va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablagʻlari qoldigʻi olib qoʻyilmaydi va keyingi yilga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamgʻarma smetasining ijrosi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash qoʻmitaning budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga tushgan tushum doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatga olingan Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasiga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasida nazarda tutilganidan ortiqcha tushgan tushumlardan foydalanish, smetaga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda Agentlik Jamgʻarma mablagʻlaridan toʻgʻri foydalanilishi, shuningdek, Jamgʻarma smetasining ijrosi toʻgʻrisida qonun hujjatlarga muvofiq hisobotlar tuzish va taqdim etish uchun javob beradi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi xodimlariga ipoteka kreditlarini taqdim etish (berish) uchun tijorat banklariga resurslarni ajratish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi deb ataladi) va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) xodimlariga turar joy sotib olish uchun ipoteka kreditlari berish uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan muddatlilik, toʻlovlilik va qaytarish asosida tijorat banklariga resurslar ajratish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joy — yangi qurilgan koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar, shuningdek, namunaviy yakka tartibdagi uylar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka krediti — Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Agentlik xodimlariga qonun hujjatlariga muvofiq qaytarish, toʻlov, taʼminlanganlik va muddatlilik shartlarida turar joy sotib olish uchun beriladigan uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim — Oʻzbekiston Respublikasi monopoliyaga qarshi kurashish va davlat mulkini boshqarish organlarida besh yil ish staji mavjud boʻlgan, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparati yoki hududiy boshqarmalarida yoxud Agentlikda ipoteka kreditini olgandan soʻng kamida besh yil ishlashi lozim boʻlgan xodim (Vazirlar Mahkamasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, shuningdek, vazirliklar va idoralarning rahbarlik lavozimlariga ishga oʻtish bundan mustasno);
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
resurslar — Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan tijorat banklariga yillik 3 foiz stavkada, muddatlilik, toʻlovlilik va qaytarish asosida xodimlarning turar joy sotib olishi uchun ipoteka kreditlari berishga ajratiladigan mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Banklarga resurslar ajratish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Turar joy sotib olish uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Agentlik xodimlariga ipoteka kreditlari berish uchun tijorat banklariga resurslar ajratish shartlari xodimda monopoliyaga qarshi kurashish va davlat mulkini boshqarish organlarida zarur ish staji mavjudligi hisobga olinib, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparati yoki hududiy boshqarmalarida yoxud Agentlikda ipoteka kreditini olgandan soʻng kamida besh yil ishlash sharti bilan (Vazirlar Mahkamasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, shuningdek, vazirliklar va idoralarning rahbarlik lavozimlariga ishga oʻtish bundan mustasno) Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan shartlar mavjud boʻlganda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasidan (keyingi oʻrinlarda-Jamgʻarma deb ataladi) ajratiladigan resurslar hisobiga tijorat banklari tomonidan ipoteka kreditlari beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan tijorat banklariga resurslar ajratish Jamgʻarmada mablagʻlar mavjudligidan kelib chiqib, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Agentlikning boshqa xarajatlarini moliyalashtirishga salbiy taʼsir etishga yoʻl qoʻymaslik hisobga olingan holda ajratiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Resurslar ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan kam boʻlmagan tijorat banklariga Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va bosh bank oʻrtasida tuziladigan kredit liniyalarini ochish toʻgʻrisidagi shartnoma asosida ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Olingan resurslar asosiy summasi mablagʻlarini qaytarish qarz oluvchilar-xodimlar tomonidan kreditning qaytarilishidan qatʼi nazar tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq har oyda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tijorat banklari tomonidan xodimlarga ipoteka kreditlarini berishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tijorat banklari tomonidan xodimlarga ipoteka kreditini berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va tijorat banklarining ichki kredit siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tijorat banklari tomonidan xodimlarga ipoteka kreditlari uy quruvchilardan turar joylarni sotib olishi uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ipoteka krediti ipoteka krediti hisobiga sotib olinadigan va belgilangan tartibda xodimlarning mulkiga oʻtadigan turar joyni ipotekaga qoʻyish orqali beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tijorat banki tomonidan beriladigan ipoteka krediti miqdori ipoteka krediti olish uchun ariza berilgan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 3000 baravaridan ortiq boʻlishi mumkin emas.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ipoteka krediti xodimlarga kamida 15 yil muddatga besh yillik imtiyozli davr bilan beriladi, ushbu davrda kreditlar boʻyicha faqat foizlar toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xodimlar tomonidan ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun foiz stavkasi 7 foiz miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tijorat banki tomonidan beriladigan ipoteka krediti summasi sotib olinadigan turar joy qiymatining 85 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xodim tijorat bankidan ipoteka kreditini olish uchun sotib olinadigan turar joy qiymatining kamida 15 foizi miqdoridagi oʻz mablagʻiga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar tijorat bankida xodimning nomiga milliy valyutada ochilgan jamgʻarma hisob raqamida boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ipoteka kreditini olish uchun arizani koʻrib chiqish va ariza boʻyicha qaror qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Turar joy sotib olish uchun xodimlar tijorat bankiga Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining ijobiy qarori bilan birgalikda ipoteka krediti boʻyicha tijorat bankining ichki tartibiga nazarda tutilgan boshqa zarur hujjatlarini taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xodimlar ipoteka kreditini olish uchun tijorat bankiga murojaat qilgandan keyin tijorat banki ularni ipoteka kreditini olish jarayonidagi taxminiy xarajatlar turlari bilan tanishtiradi. Xodimlar ipoteka krediti olishda quyidagi xarajatlarni amalga oshirishlari kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani notarial tasdiqlash uchun davlat boji;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga qoʻyilgan koʻchmas mulkni sugʻurtalash bilan bogʻliq xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk qiymatini aniqlash boʻyicha baholovchi tashkilotning xizmatiga haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish uchun toʻlov.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tijorat banki ipoteka kreditini olish yuzasidan arizani, unga ilova qilingan barcha hujjatlarni koʻrib chiqib arizani qanoatlantirish yoki ipoteka olish yuzasidan arizani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Ipoteka krediti olish yuzasidan arizani koʻrib chiqish muddati va ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 15 ish kunidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ipoteka kreditini berish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilingandan keyin tijorat banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartnomasi tuzish uchun boshlangʻich toʻlovni toʻlash haqida xodimni uch kun muddatda yozma ravishda xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar bilan “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq notarial tasdiqlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan ipoteka toʻgʻrisida shartnoma, shuningdek, kredit shartnomasini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tijorat banki tomonidan ipoteka krediti berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda tijorat banki qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun muddatda xodimga asoslangan xulosani yozma ravishda, ipoteka krediti berishning rad etilishi sabablarini koʻrsatgan holda joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tijorat banklari kredit shartnomasi shartlariga muvofiq xodimlar tomonidan ipoteka kreditlari boʻyicha oʻz majburiyatlari bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ushbu Nizom talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2019-y., 09/19/402/3147-son, 30.09.2019-y., 09/19/829/3832-son; 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son; 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son; 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son, 01.06.2022-y., 06/22/145/0459-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son; 07.12.2022-y., 09/22/687/1073-son; 21.12.2022-y., 09/22/716/1106; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)