Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining funksional boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 488-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining funksional boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmonini va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Umumiy boʻlimi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻlimi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining funksional boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 20-dekabrdagi 1000-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 25-mart,
248-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 248-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi (keyingi oʻrinlarda Boʻlim deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda uning Administratsiyasi topshiriqlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati qarorlari va topshiriqlarining Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan oʻz vaqtida ijro etilishi va Vazirlar Mahkamasi apparatida, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ijro ijro intizomiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni tashkil etishni taʼminlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining funksional tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Boʻlim oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Boʻlim oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi rahbarligida amalga oshiradi.
4. Boʻlim oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
2-bob. Boʻlimning vazifalari va funksiyalari
5. Quyidagilar Boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda uning Administratsiyasi topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati qarorlari va topshiriqlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan oʻz vaqtida ijro etilishi yuzasidan nazoratni tashkil etishni taʼminlash;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ijro intizomini mustahkamlash;
Vazirlar Mahkamasi apparatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro intizomi yagona idoralararo elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-avgustdagi F-5017-son farmoyishi va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarori talablariga rioya etilishini taʼminlash;
elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimi asosida hujjatlar va topshiriqlarning oʻz vaqtida ijro etilishini hisobga olish, ularning aylanishi, tahlil va nazorat qilinishi ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshirilishini taʼminlash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Hukumat qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi monitoringini tashkil etish;
hujjatlar va topshiriqlarning oʻz vaqtida ijro etilishini hisobga olish, ularning aylanishi, tahlil va nazorat qilinishi tizimi ishlashi sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan axborot-kommunikatsiya tizimlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida hujjatlar va topshiriqlarning ijro nazoratini tashkil etishga metodik rahbarlik qilish;
Vazirlar Mahkamasi apparatining barcha tarkibiy boʻlinmalarida ijro intizomining holatini oʻrganish, ushbu sohada ishlarni muvofiqlashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda zarur yordam koʻrsatish, ular toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirini, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarini, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisini va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarini xabardor qilish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimini joriy etish asosida hujjatlar va topshiriqlarning bajarilishini roʻyxatga olish, hisobga olish, ularning aylanishi, tahlil va nazorat qilinishi yagona tizimini takomillashtirish masalalarida metodik yordam koʻrsatish, nazoratdagi hujjatlar va topshiriqlar boʻyicha eslatmalarni shakllantirishning yagona tizimini joriy etish, shuningdek, ularni rahbariyat oldida muhokama qilish uchun bajarilishi toʻgʻrisida axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash;
nazoratdagi bajarilmagan hujjatlar va topshiriqlar boʻyicha eslatmalarni har hafta Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalariga yuborish.
6. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirishni taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputatlik soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvi boshqa organlari tomonidan ijro etilishi monitoringini olib boradi;
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi Harakatlar strategiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasi, 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi va oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi ustidan nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga davlat dasturi amalga oshirilishi toʻgʻrisida keyinchalik Oliy Majlis palatalariga taqdim etish uchun hisobotlar tayyorlash jarayoni monitoringini olib boradi;
kadrlar tanlash tizimini takomillashtiradi, kadrlar malakasini oshirish va kadrlarning amaldagi zaxirasini tayyorlashning samarali usullari va shakllarini joriy etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda uning Administratsiyasi topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati qarorlari va topshiriqlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ijro intizomini kuchaytirish choralarini koʻradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro intizomi yagona idoralararo elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-avgustdagi F-5017-son farmoyishiga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi apparatida hujjatlar va topshiriqlar oʻz vaqtida ijro etilishi va ijro intizomini mustahkamlash ishlarini muvofiqlashtiradi;
hujjatlar va topshiriqlar avtomatlashtirilgan nazoratga qoʻyilishini, ularning bajarilishi kuzatib borilishini, ogohlantiruvchi nazoratni, ijro intizomini yakunlarini chiqarishni taʼminlovchi elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi yagona tizimining maʼlumotlar bazasini yuritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining kotibiyatiga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga ijro intizomining joriy (har kunlik), har haftalik va har oylik tahlilini taqdim etadi;
ijro intizomi masalalari boʻyicha, shu jumladan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Hukumat qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi monitoringi natijalari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida koʻrib chiqish uchun tahliliy, maʼlumotnoma va boshqa materiallarni kiritadi, ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
nazorat samaradorligini oshirish, shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish asosida hujjatlar va topshiriqlar bajarilishini hisobga olish, ularning aylanishi, tahlil va nazorat qilinishi yagona tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga kiritadi;
ogohlantiruvchi nazoratni tashkil qiladi. Ushbu maqsadlarda har haftada navbatdagi haftada ishlari tugallanishi lozim boʻlgan hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma-eslatmalarni shakllantiradi va Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga yuboradi. Har oyda navbatdagi oy mobaynida ishlari tugatilishi lozim boʻlgan hujjatlar toʻgʻrisidagi eslatmalarni shakllantiradi, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlariga yuboradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ijro intizomining holatini oʻrganish natijalari toʻgʻrisida axborot beradi, uning topshirigʻiga muvofiq aniqlangan kamchiliklar va qoida buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
har chorakdagi majlislarda koʻrib chiqish va muhokama qilish uchun oʻtgan chorakdagi ijro intizomining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ijrochilar boʻyicha ularning masʼuliyatini oshirish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilish uchun tayyorlaydi va Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga beradi;
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari mutaxassislari tomonidan taqdim etiladigan topshiriqlar ijrosi toʻgʻrisidagi hujjatlar asosida ularni nazoratdan chiqarish ishlarini amalga oshiradi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan Boʻlimning tasdiqlangan yarim yillik ish rejasi boʻyicha muntazam ravishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ijro intizomi nazorati tashkil etilishi va uning holatini oʻrganadi, ularning natijalari boʻyicha elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimini joriy etish asosida ijroni roʻyxatga olish, hisobga olish, ularning aylanishi, tahlil va nazorat qilinishi yagona tizimini takomillashtirish masalalarida metodik va amaliy yordam koʻrsatadi;
qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda uning Administratsiyasi topshiriqlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati qarorlari va topshiriqlari yuzasidan nazorat rejalarni (chora-tadbirlar rejalari) oʻz vaqtida ishlab chiqilishini nazorat qiladi va tizimli hisobini yuritadi;
Boʻlim oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
3-bob. Boʻlimning huquqlari va javobgarligi
7. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan va boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshirigʻiga binoan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda uning Administratsiyasi topshiriqlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati qarorlari va topshiriqlari ijrosi nazoratini tashkil etish masalalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda ishlarning holati hamda ijro intizomini mustahkamlash masalalarini oʻrganish;
hujjatlar va topshiriqlar bajarilishini hisobga olish, ularning aylanishi, tahlil va nazorat qilinishi yagona tizimini takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish uchun, shuningdek, elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimining dasturiy-texnik kompleksini rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlashda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini zarurat boʻlganda belgilangan tartibda jalb etish, ushbu maqsadlar uchun ishchi guruhlar tashkil etish.
Boʻlimning zarur materiallar, maʼlumotlar va boshqa hujjatlar taqdim etish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida boshqa bajarish muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining barcha tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Boʻlim belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
8. Boʻlim:
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga, va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomini taʼminlash boʻyicha talablar bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda uning Administratsiyasi topshiriqlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati qarorlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan oʻz vaqtida ijro etilishi yuzasidan nazoratni tashkil etishning kompleksliligi va sifati;
Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun materiallar va hujjatlarni belgilangan muddatlarda tayyorlashni taʼminlash uchun javob beradi.
4-bob. Boʻlimning tuzilmasi
9. Boʻlimning tuzilmasiga:
Boʻlim mudiri;
boʻlim mudirining oʻrinbosari — vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalarida va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ijro intizomini oʻrganish masalalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Prezident Administratsiyasi topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining ijrosini nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis (1-kartoteka);
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishlar yakunlari boʻyicha tasdiqlangan bayonnomalar topshiriqlarining ijrosini nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis (3-kartoteka);
mamlakat Rahbariyatining yozma axborotlar boʻyicha topshiriqlari ijrosini va amaliy chora-tadbirlar rejalari (yoʻl xaritalari”) ishlab chiqilishini nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis (1-kartoteka);
Hukumat qarorlari, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati bayonnomalari topshiriqlarining ijrosini nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis (2-kartoteka) ;
Hukumat qarorlari, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati bayonnomalari topshiriqlarining ijrosini nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis (2-kartoteka) kiradi.
Boʻlimning tuzilmasiga inspektor kiradi.
Boʻlimning tuzilmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Boʻlim ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
11. Boʻlim mudiri, boʻlim mudirining oʻrinbosari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
5-bob. Boʻlim faoliyatini tashkil etish
12. Boʻlim ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati toʻgʻrisidagi nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Boʻlimning ish rejalari, mudir va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Boʻlimning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Boʻlimning ish rejasi, Boʻlim mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanadi.
Boʻlim mudirining oʻrinbosari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Boʻlim mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
13. Boʻlim mudiri:
Boʻlim ishiga bevosita rahbarlik qiladi, mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Boʻlimga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, ijro intizomining holati uchun toʻliq javob beradi;
Boʻlim mutaxassislari oʻrtasida vazifalar taqsimotini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga kiritadi va ularning ishlarini muvofiqlashtiradi, zarur ijro intizomini taʼminlaydi, Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq Boʻlimda ish yuritishni tashkil qiladi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Boʻlim vakolati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Boʻlimning kadrlar zaxirasi shakllantirilishi va yangilanilishini, kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar bilan tizimli ish tashkil etilishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini taʼminlaydi;
Boʻlim ishlarini takomillashtirish, mutaxassislarning ish malakasini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Boʻlim xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularni intizomiy jazolash toʻgʻrisidagi takliflarni puxta ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga taqdim etadi;
Boʻlimning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va kelishish uchun kiritadi, Boʻlim mutaxassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan xat-xabarlar va hujjatlar loyihalarini Boʻlim vakolati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha har tomonlama koʻrib chiqishni taʼminlaydi, tayyorlangan loyihalarga viza qoʻyadi va ular toʻgʻrisida belgilangan tartibda axborot beradi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
14. Boʻlim mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini boʻlim mudirining oʻrinbosari bajaradi.
15. Boʻlim mudirining oʻrinbosari:
Boʻlim mudiri bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda uning Administratsiyasi topshiriqlari, shuningdek, Hukumat qarorlari va Vazirlar Mahkamasi majlislari topshiriqlari ijrosi holatini kompleks oʻrganishda qatnashadi, ushbu ishlarni yaxshilashga qaratilgan takliflarni kiritadi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatadi.
Boʻlimga yuklangan funksional vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlaridan soʻraydi va oladi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Hukumat qarorlari va rahbariyatning boshqa topshiriqlari ijrosi yuzasidan materiallarni tayyorlaydi va koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisiga kiritadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Hukumat qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijro etilishi nazoratini tashkil qilish masalalari yuklangan rahbarlar va mutaxassislar tarkibi hisob-nazorat nomenklaturasini yuritadi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining ijrosini nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis (1-kartoteka):
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari hamda Prezident Administratsiyasi topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari ijrosini nazorat qilish ishlarini olib boradi;
elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimida nazoratdagi hujjatlar va topshiriqlarning maʼlumotlar bazasini yuritadi, nazoratdagi hujjatlar va topshiriqlarni nazoratdan chiqarish toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlaydi va Boʻlim mudiriga kiritadi;
kelgusi oyda bajarilishi lozim boʻlgan nazoratdagi hujjatlar va topshiriqlar — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni har oyning 25-kunida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot berish uchun tayyorlaydi va uning rezolyutsiyasi bilan Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalariga yetkazadi;
nazoratda turgan bajarilmagan hujjatlar va topshiriqlar boʻyicha eslatmalarni har hafta Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalariga yuboradi;
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari boʻyicha ijro muddati oʻtgan hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har kuni Boʻlim mudiriga taqdim etadi;
Boʻlimga yuklangan funksional vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlaridan soʻraydi va oladi;
Vazirlar Mahkamasi apparati mutaxassislariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish orqali topshiriqlar nazoratini tashkil etishda amaliy yordam koʻrsatadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishlar yakunlari boʻyicha tasdiqlangan bayonnomalar topshiriqlarining ijrosini nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis (3-kartoteka):
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishlar yakunlari boʻyicha tasdiqlangan bayonnomalar topshiriqlari ijrosini nazorat qilish ishlarini olib boradi;
elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimida nazoratdagi hujjatlar va topshiriqlarning maʼlumotlar bazasini yuritadi, nazoratdagi hujjatlar va topshiriqlarni nazoratdan chiqarish toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlaydi va Boʻlim mudiriga kiritadi;
kelgusi oyda bajarilishi lozim boʻlgan nazoratdagi hujjatlar va topshiriqlar — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishlar yakunlari boʻyicha tasdiqlangan bayonnomalar topshiriqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni har oyning 25-kunida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot berish uchun tayyorlaydi va uning rezolyutsiyasi bilan Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalariga yetkazadi;
nazoratda turgan bajarilmagan hujjatlar va topshiriqlar boʻyicha eslatmalarni har hafta Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalariga yuboradi;
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari boʻyicha ijro muddati oʻtgan hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har kuni Boʻlim mudiriga taqdim etadi;
Boʻlimga yuklangan funksional vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlaridan soʻraydi va oladi;
Vazirlar Mahkamasi apparati mutaxassislariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish orqali topshiriqlar nazoratini tashkil etishda amaliy yordam koʻrsatadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
18. Mamlakat Rahbariyatining yozma axborotlar boʻyicha topshiriqlari ijrosini va amaliy chora-tadbirlar rejalari (yoʻl xaritalari”) ishlab chiqilishini nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis (1-kartoteka):
mamlakat Rahbariyatining yozma axborotlar boʻyicha topshiriqlari ijrosini va amaliy chora-tadbirlar rejalari (yoʻl xaritalari”) ishlab chiqilishini nazorat qilish ishlarini olib boradi;
elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimida nazoratdagi hujjatlar va topshiriqlarning maʼlumotlar bazasini yuritadi, nazoratdagi hujjatlar va topshiriqlarni nazoratdan chiqarish toʻgʻrisida takliflarni tayyorlaydi va Boʻlim mudiriga kiritadi;
kelgusi oyda bajarilishi lozim boʻlgan nazoratdagi hujjatlar va topshiriqlar — mamlakat Rahbariyatining yozma axborotlar boʻyicha topshiriqlari ijrosini va amaliy chora-tadbirlar rejalari (yoʻl xaritalari”) ishlab chiqilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotni har oyning 25-kunida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot berish uchun tayyorlaydi va uning rezolyutsiyasi bilan Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalariga yetkazadi;
nazoratda turgan bajarilmagan hujjatlar va topshiriqlar boʻyicha eslatmalarni har hafta Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalariga yuboradi;
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari boʻyicha ijro muddati oʻtgan hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har kuni Boʻlim mudiriga taqdim etadi;
Boʻlimga yuklangan funksional vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlaridan soʻraydi va oladi;
Vazirlar Mahkamasi apparati mutaxassislariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish orqali topshiriqlar nazoratini tashkil etishda amaliy yordam koʻrsatadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
19. Hukumat qarorlari, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati bayonnomalari topshiriqlarining ijrosini nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis (2-kartoteka):
Hukumat qarorlari, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati bayonnomalari topshiriqlarining ijrosini nazorat qiladi;
elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimida nazoratdagi hujjatlar va topshiriqlarning maʼlumotlar bazasini yuritadi, nazoratdagi hujjatlar va topshiriqlarni nazoratdan chiqarish toʻgʻrisida takliflarni tayyorlaydi va Boʻlim mudiriga kiritadi;
kelgusi oyda bajarilishi lozim boʻlgan nazoratdagi hujjatlar va topshiriqlar — Hukumat qarorlari, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati bayonnomalari topshiriqlarining ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotni har oyning 25-kunigacha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot berish uchun tayyorlaydi va uning rezolyutsiyasi bilan Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalariga yetkazadi;
nazoratda turgan bajarilmagan hujjatlar va topshiriqlar boʻyicha eslatmalarni har hafta Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalariga yuboradi;
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari boʻyicha ijro muddati oʻtgan hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har kuni Boʻlim mudiriga taqdim etadi;
monitoring olib borish va amalga oshirish jadvalini oʻz vaqtida ishlab chiqish uchun qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Hukumat qarorlari roʻyxatini shakllantiradi;
qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Hukumat qarorlari boʻyicha nazorat rejalari ishlab chiqilishini har oyda tahlil qiladi va keyinchalik Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga tahlil natijalari toʻgʻrisida maʼlumot kiritadi;
Boʻlimga yuklangan funksional vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlaridan soʻrab oladi;
Vazirlar Mahkamasi apparati mutaxassislariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish orqali topshiriqlar nazoratini tashkil etishda amaliy yordam koʻrsatadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
20. Inspektor ish yuritishni olib boradi, Boʻlimda hujjatlar aylanishi nazoratini amalga oshiradi, hujjatlarni tayyorlash va arxivda saqlash uchun oʻz vaqtida berishni taʼminlaydi, unga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
6-bob. Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizom holatini oʻrganish tartibi
1-§. Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini oʻrganish tartibi
21. Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarda hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holati yuzasidan oʻrganish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
22. Boʻlim mudiri Boʻlimning boʻlajak yarim yillik boʻyicha hujjatlar bilan ishlashni va ijro intizomining holatini maqsadli oʻrganish boʻyicha tadbirlari ish rejasiga kiritish uchun qoidaga koʻra dekabr va iyun oylarida Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini maqsadli oʻrganish boʻyicha ilgari oʻtkazilgan oʻrganishlarni tahlil qiladi.
23. Ish rejasiga asosan Boʻlim xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmalarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini oʻrganish boʻyicha materiallar (ishchi guruh tartibi, savolnoma, jadvallar va boshqalar) tayyorlanadi va tayyorlangan materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishiladi.
24. Boʻlim xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmalarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holati, ushbu yoʻnalishda ishlarni muvofiqlashtirish oʻrganiladi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur yordam koʻrsatiladi.
25. Oʻrganish yakunlangandan keyin Boʻlim mudiri tomonidan 3 kun muddatda hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini oʻrganish natijalari boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlanadi va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi hamda tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari keyinchalik xabardor qilinadi.
26. Boʻlim xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari bir kun muddatda Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmalariga yetkaziladi.
27. Boʻlim xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosi holati boʻyicha kundalik monitoring olib boriladi.
2-§. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini oʻrganish tartibi
28. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holati yuzasidan oʻrganish ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
29. Boʻlim mudirining oʻrinbosari Boʻlimning kelgusi yarim yillik boʻyicha hujjatlar bilan ishlashni va ijro intizomining holatini maqsadli oʻrganish boʻyicha tadbirlari ish rejasiga kiritish uchun dekabr va iyun oylarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini maqsadli oʻrganish boʻyicha ilgari oʻtkazilgan oʻrganishlarni tahlil qiladi.
30. Ish rejasiga asosan Boʻlim xodimlari tomonidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini oʻrganish boʻyicha materiallar (ishchi guruh tarkibi, savolnoma, jadvallar va boshqalar) tayyorlanadi va tayyorlangan materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va maslahatchilari bilan kelishiladi.
31. Boʻlim mudirining oʻrinbosari tomonidan boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holati, ushbu yoʻnalishdagi ishlarni muvofiqlashtirish oʻrganiladi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur yordam koʻrsatiladi.
32. Boʻlim mudirining oʻrinbosari tomonidan har chorakda kelgusi oyning 10-kunigacha hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini oʻrganish natijalari boʻyicha tahliliy materiallar Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisida koʻrib chiqish uchun tayyorlanadi.
33. Boʻlim mudirining oʻrinbosari tomonidan har chorakda kelgusi oyning 15-kunigacha Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisi bayoni loyihasi ishlab chiqiladi va tasdiqlash uchun kiritiladi.
34. Boʻlim xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining tasdiqlangan bayoni ijrosi holati boʻyicha kundalik monitoring olib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda uning Administratsiyasi topshiriqlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil qilish va amalga oshirilishini nazorat qilish
SXEMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini oʻrganish
SXEMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini oʻrganish
SXEMASI
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 248-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Umumiy boʻlimi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Umumiy boʻlimi (keyingi oʻrinlarda Boʻlim deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasining apparati deb ataladi) ish yuritishni, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlovchi tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi
2. Boʻlim oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Boʻlim oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga boʻysunadi.
4. Boʻlim oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
2-bob. Boʻlimning vazifalari va funksiyalari
5. Quyidagilar Boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritishni va arxiv ishini tashkil etish;
ish yuritish va arxiv ishini tashkil etish va elektron hujjat aylanishining zamonaviy usullarini keng joriy etishni hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasi apparatida hujjatlar bilan ishlashni takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish;
ish yuritish va arxiv ishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari ishlarini muvofiqlashtirish;
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini tayyorlash va ularni oʻtkazishni tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilgan qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatning hujjatlari loyihalarini koʻrib chiqish, kelishish va imzolash monitoringini olib borish, imzolangan hujjatlarning materiallarini arxivga topshirishga tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning apparati faoliyatida toʻplangan va ish yuritish tugallangan hujjatlarning saqlanishini taʼminlash.
6. Yuklangan vazifalarni bajarish uchun Boʻlim quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnoma talablariga rioya etilishini ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha oʻrganadi va nazorat qiladi, ish yuritilishiga metodik rahbarlik qiladi;
ish yuritish jarayonlarini takomillashtirish va avtomatlashtirish, elektron hujjat aylanishini joriy etish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarini, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati bayonlarini roʻyxatdan oʻtkazadi, hisobga oladi, koʻpaytiradi va shu jumladan, elektron pochta orqali tarqatadi, ulardan va boshqa hujjatlardan koʻchirmalar tayyorlaydi va tarqatadi, zarur holatlarda ularni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi;
har oylik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari toʻplami, shuningdek, Yuridik taʼminlash boshqarmasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining Qarorlari toʻplami (Oʻzbekiston Respublikasi QT) chiqarilishini taʼminlaydi;
tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini texnik jihatdan taʼminlaydi, shu jumladan: Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislariga taklif etilganlarning umumlashtirilgan roʻyxatini shakllantiradi, tarkibiy boʻlinmalar mutaxassislari bilan birgalikda materiallarni tanlab oladi, koʻpaytiradi va ularni majlis ishtirokchilariga yetkazadi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislariga hujjatlar yozilishini, taklif etilganlar roʻyxatga olinishini, stenogramma yuritilishini va sinxron tarjimani taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari mutaxassislari bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislari bayonlari tayyorlanishini, shuningdek, ularning ijrochilarga tarqatilishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilgan qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatning hujjatlari loyihalarini koʻrib chiqish, kelishish va imzolash monitoringini olib boradi;
tushayotgan xat-xabarlarni qabul qiladi, roʻyxatga va hisobga oladi, taqsimlaydi va tegishliligi boʻyicha yuboradi, chiquvchi xat-xabarlarni qabul qiladi va joʻnatadi;
tarkibiy boʻlinmalarda hujjatlar yigʻmajildi nomenklaturasini aniqlaydi, Vazirlar Mahkamasi apparati Yigʻma nomenklaturasini tuzadi, unga rioya etilishini nazorat qiladi;
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalaridan ish yuritish tugallangan yigʻmajildlarni qabul qiladi, ularning hisobini oladi va saqlanishini, joriy arxiv shakllantirilishini taʼminlaydi, yigʻmajildlarni va hujjatlari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxiviga topshiradi;
Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining imzolagan farmonlari, qarorlari va farmoyishlari materiallarini arxivga topshirishga tayyorlash uchun Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalaridan qabul qiladi;
Vazirlar Mahkamasi apparatiga yangi qabul qilingan xodimlarni stajirovkadan oʻtkazadi, ularga yoʻl-yoʻriqlar beradi, normativ hujjatlar bilan tanishtiradi va ular bilan ishlashni tashkil etish masalalari boʻyicha oʻquv tashkil qiladi;
Hukumat qarorlari, farmoyishlari va Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa hujjatlari loyihalarini tahrir va tarjima qiladi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritishni tashkil etish uchun zarur boʻlgan tegishli muhrlar, shtamplar va blankalarning tayyorlanishini tashkil etadi, ularning hisobini va saqlanishini taʼminlaydi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari apparatlarida ish yuritishning holatini oʻrganadi.
Boʻlim belgilangan tartibda oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
3-bob. Boʻlimning huquqlari va javobgarligi
7. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlardan materiallar hamda maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
tegishli materiallar va hujjatlarni ishlab chiqish hamda tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaxassislari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida ish yuritishning yoʻlga qoʻyilganligini tekshirish, oʻrganilayotgan masalalarga oid barcha hujjatlar va materiallar bilan tanishish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari apparatlarida, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ish yuritishning holatini oʻrganish.
Boʻlimning zarur materiallar va maʼlumotlar taqdim etish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Boʻlim belgilagan muddatlarda bajarilishi shart.
8. Boʻlim:
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur tarzda va samarali bajarilishi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritishning sifati;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy taʼminlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi taʼminlanishi uchun javob beradi.
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun materiallar va hujjatlar belgilangan muddatlarda tayyorlanishini taʼminlash uchun javob beradi.
4-bob. Boʻlimning tuzilmasi
9. Boʻlimning tuzilmasiga Boʻlim mudiri, Boʻlim mudirining oʻrinbosari, bosh mutaxassislar, inspektorlar kiradi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
Boʻlim tuzilmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Boʻlim ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
11. Boʻlim mudiri va uning oʻrinbosari, mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
5-bob. Boʻlim faoliyatini tashkil etish
12. Boʻlim ishlari Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati toʻgʻrisidagi nizomga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida Ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Boʻlimning ish rejalari, Boʻlim mudiri, uning oʻrinbosari va mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
Boʻlimning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlar Mahkamasi ish rejasi asosida tashkil etiladi.
Boʻlimning ish rejasi, Boʻlim mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanadi.
Boʻlim mudirining oʻrinbosari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalarini Boʻlim mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
13. Boʻlim mudiri:
Boʻlim ishiga bevosita rahbarlik qiladi, Boʻlim mudirining oʻrinbosari va mutaxassislar ishini tashkil etadi va Boʻlimga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning bajarilishi, ijro intizomining holati uchun toʻliq javob beradi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Boʻlim yuritadigan sohaga taalluqli masalalar yuzasidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarda ishtirok etadi;
Boʻlim mudirining oʻrinbosari, mutaxassislar va Boʻlimning boshqa xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Boʻlim xodimlarining professional saviyasi oshirilishini, ularning malakasi oshishini, Boʻlimda ijro intizomi mustahkamlanishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida Ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini taʼminlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Boʻlim ishlarini takomillashtirish, mutaxassislarning ish malakasini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga Boʻlim mudirining oʻrinbosarini, Boʻlim mutaxassislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda intizomiy jazolash toʻgʻrisida takliflar taqdim etadi.
14. Boʻlim mudirining oʻrinbosari:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlardan tushgan xat-xabarlar qabul qilinishi, puxta ishlanishi va roʻyxatdan oʻtkazilishini, chiquvchi xat-xabarlarning ijrochilarga joʻnatilishini tashkil etadi;
Hukumatning qarorlari, shuningdek, topshiriqlari, boshqa chiquvchi xat-xabarlar — tushgan xat-xabarlar hisobga olinishini va Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalariga, ijro etuvchi tashkilotlarga yetkazilishini taʼminlaydi;
ish yuritishga elektron hujjatlar aylanishi tizimini joriy etish tadbirlarini amalga oshiradi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlimlarida ish yuritilishi va hujjatlar bilan ishlashning holati tizimli oʻrganilishini tashkil etadi, oʻrganish yakunlari toʻgʻrisida tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga Vazirlar Mahkamasi apparati rahbariyatiga axborot beradi, hujjatlar bilan ishlashni takomillashtirish yuzasidan takliflar beradi;
xat-xabarlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yetkazib berish boʻyicha Davlat feldyegerlik xizmati boʻlinmasi, Hukumat hujjatlarini koʻpaytirish boʻyicha — elektr-nusxa koʻchirish byurosi ishini muvofiqlashtiradi;
Boʻlim mudirining topshirigʻi boʻyicha chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
15. Hukumat qarorlari va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish va chiqarish masalalari boʻyicha bosh mutaxassislar:
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatining imzolangan qarorlari, farmoyishlari, majlislari bayonlarini qabul qiladilar, rasmiylashtiradilar va oʻz vaqtida chiqaradilar;
Hukumat hujjatlari materiallari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari materiallari arxivga topshirilishi uchun tayyorlanishini taʼminlaydilar;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshiradilar;
Hukumatning qabul qilingan hujjatlarini chiqarishga rasmiylashtirish masalalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparatining yangi qabul qilingan xodimlari bilan stajirovka oʻtkazadilar, ularni Vazirlar Mahkamasi apparatida hujjatlar bilan ishlashni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar bilan taʼminlaydilar.
16. Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Hukumat qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini tarjima va tahrir qilishni tashkil etish masalalari boʻyicha bosh mutaxassislar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari, farmoyishlari va Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa hujjatlari loyihalarini tahrir qiladilar, tarjima qiladilar, qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Hukumat qarorlari loyihalarini davlat tilida tayyorlashda Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalar mutaxassislarga amaliy yordam beradilar.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
17. Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Hukumat qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini tahrir qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassislar normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari oʻz vaqtida va sifatli tahrir qilinishini, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari oʻqib tuzatilishi va taqqoslanishini, Vazirlar Mahkamasi majlislarining va oliy darajada oʻtkaziladigan boshqa tadbirlarning sinxron tarjima qilinishini taʼminlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Qarorlari toʻplami (QT) va Vazirlar Mahkamasi Qarorlari toʻplami nashr etilishi yuzasidan Xoʻjalik faoliyati boshqarmasining Bosmaxonasi ishini muvofiqlashtiradi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
18. Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarda ish yuritilishini tashkil etish va nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis:
tarkibiy boʻlinmalarda ishlarning holati tizimli oʻrganilishini, Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnoma talablariga rioya etilishi ustidan nazorat qilinishini taʼminlaydi, ish yuritishda mutaxassislarga va texnik xodimlarga amaliy yordam beradi. Oʻrganish yakunlari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga va Boʻlim mudiriga axborot beradi;
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining mutaxassislari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli xodimlari uchun hujjatlar bilan ishlashni takomillashtirish, ish yuritishni tashkil etish, elektron hujjatlar aylanishini yuritish boʻyicha muntazam seminarlar oʻtkazilishini tashkil etadi.
19. Arxivni yuritish masalalari boʻyicha inspektor arxiv ishi, Vazirlar Mahkamasi va uning apparati faoliyatida toʻplanib qoladigan hujjatlarning va ish yuritish tugatilgan yigʻmajildlar saqlanishini, Yigʻma nomenklatura tuzilishini, hujjatlarni doimiy saqlashga topshirish, arxiv ishini takomillashtirish masalalarida Davlat arxivi boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qilishni taʼminlaydi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
20. Boʻlim mudiri vaqtincha boʻlmaganda uning vazifasini Boʻlim mudirining oʻrinbosari bajaradi.
21. Boʻlimning boshqa xodimlari oʻz faoliyatini belgilangan tartibda tasdiqlanadigan funksional vazifalar taqsimlanishiga muvofiq amalga oshiradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Umumiy boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarida Ish yuritish boʻyicha yoʻriqnoma talablariga rioya etilishini oʻrganish va nazorat qilish
SXEMASI
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 248-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻlimi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻlimi (keyingi oʻrinlarda Boʻlim deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi apparati deb ataladi) axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirishni, axborot tizimlari va resurslarini yaratish va ulardan foydalanishni, axborot xavfsizligini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha oʻqitish va ularning malakasini oshirishni taʼminlovchi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Boʻlim oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Boʻlim oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Boʻlim Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga boʻysunadi.
4. Boʻlim oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
2-bob. Boʻlimning vazifalari va funksiyalari
5. Quyidagilar Boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Vazirlar Mahkamasi apparatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborot tizimlari va resurslarini joriy qilish, ularni rivojlantirishning uzoq muddatli davrga moʻljallangan yagona strategiyasini, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 30-iyundagi PQ-5099-son qarori talablarini hisobga olgan holda, ishlab chiqish hamda amalga oshirish ishlarini tashkil etish;
Vazirlar Mahkamasi apparatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ulardan maqsadli va samarali foydalanish, axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha kompleks tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni ushbu Nizomga ilova qilingan Sxema asosida ishlab chiqish va amalga oshirish;
integratsion jarayonlarga amaliy koʻmak berish va Vazirlar Mahkamasi apparati axborot tizimlarining boshqa axborot tizimlari bilan, jumladan “Elektron Hukumat” tizimini amalga oshirish doirasida — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi va Senati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyat organlarining axborot tizimlari bilan oʻzaro aloqasini taʼminlash yuzasidan ishlarni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 13-dekabrdagi PF-5598-son farmoni talablarini hisobga olgan holda, muvofiqlashtirish va tashkil etish;
Vazirlar Mahkamasi apparatida ish oʻrinlarini kompyuter texnikalari va telekommunikatsiya uskunalari bilan texnik taʼminlashni kuchaytirish yuzasidan takliflarni hamda kompyuter texnikalari, kommutatsiya vositalari va tarmoq uskunalarini modernizatsiya qilish, almashtirish, foydalanishdan chiqarish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Vazirlar Mahkamasi apparatida qoʻllanilayotgan mavjud axborot tizimlari, modellar, jarayonlar va axborot texnologiyalarini tahlil etish va espertizadan oʻtkazish;
Vazirlar Mahkamasi apparatida qaror qabul qilish jarayonlarini tahlil qilish, boshqaruv jarayonlarining funksional modelini, tashkiliy-texnik va boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonlariga tatbiq etishga moʻljallangan yangi axborot tizimlari, ularning quyi tizimlari va amaliy dasturlar uchun talablarni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 21-noyabrdagi № PQ-4022-son qarorida belgilangan vazifalarni hisobga olgan holda, ishlab chiqish;
Vazirlar Mahkamasi apparatida axborot tizimlari va resurslaridan samarali foydalanish maqsadida xodimlarning malakasi va professionallik darajasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, uslubiy va texnik hujjatlar, yoʻriqnomalar, oʻrgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va amaliyotga kiritish;
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining tarmoq axborot resurslaridan, jumladan Internet tarmogʻi resurslaridan maqsadli va samarali foydalanishga doir faoliyatini muvofiqlashtirish;
litsenzion dasturiy taʼminot, ochiq kodli dasturiy vositalarni joriy etish va qoʻllash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Vazirlar Mahkamasi apparatida kompyuter texnikalariga, tarmoq uskunalariga, tarmoqlashgan kabel tizimiga, axborot tizimlariga oʻz vaqtida va sifatli xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish;
Vazirlar Mahkamasi apparati axborot tizimlari va resurslarining xavfsizligiga qarshi qaratilgan, ularning normal ishlashi va rivojlanishini buzishga olib keluvchi tahdidlarni bashorat qilish, ularni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish;
Vazirlar Mahkamasi apparatida maʼlumotlar va axborot resurslarini ruxsat etilmagan kirishlardan himoyalash, shuningdek konfidensial maʼlumotlar chiqib ketishining oldini olish boʻyicha choralarni amalga oshirish.
6. Yuklangan vazifalarni bajarish uchun boʻlim quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Vazirlar Mahkamasi apparatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, rivojlantirish va takomillashtirish ishlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning davlat ustuvor yoʻnalishlaridan, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 21-sentabrdagi PF-5544-son Farmoni talablaridan kelib chiqqan holda muvofiqlashtiradi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining axborot tizimlari va resurslarini yaratish boʻyicha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish jarayonida ishtirok etadi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida zamonaviy axborot va telekommunikatsion infratuzilmani shakllantirish, mavjud maʼlumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlar, kommunikatsion tarmoqlar va uskunalar, axborot tizimlari va resurslarining uzluksiz ishlashini taʼminlash hamda yangilarini loyihalashtirish, yaratish, oʻrnatish, sinovdan oʻtkazish va joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati rahbariyatiga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan tahliliy, maʼlumot tariqasidagi va boshqa materiallarni tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida axborot tizimlari va ularning quyi tizimlarini takomillashtirish va joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida maʼlumotlar bazalarini yaratish va yuritish, elektron ish yuritish, hujjat aylanishi va hukumat qarorlarini qabul qilish jarayonlarini maʼlumotlar bilan taʼminlashning yagona tizimini shakllantirish masalalarida uslubiy rahbarlikni taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari tomonidan olib boriladigan majlis va yigʻilishlarni oʻtkazishda axborotlashtirish masalalarida va texnik tomondan koʻmakni taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida kompyuter texnikalari, tarmoq uskunalari va dasturiy mahsulotlarning tizimli ravishda hisobini olib boradi va inventarizatsiya qiladi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining kompyuter tizimlari, axborot va tarmoq resurslari foydalanuvchilari uchun axborot xavfsizligi sohasida oʻquv dasturlari ishlab chiqadi va qisqa muddatli kurslar, seminarlar, instruktajlar tashkil etadi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tomonidan kompyuter va axborot tizimlari, tarmoq axborot resurslaridan, jumladan Internet tarmogʻi resurslaridan maqsadli va samarali foydalanish holati yuzasidan nazorat hamda muntazam monitoring olib borishni taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparati axborot resurslarining tasniflanishini va axborot xavfsizligi boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, standartlar va tartiblarga asosan ularning yaxlitligi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
korporativ axborot muhitida axborotlarni himoyalash tizimini, jumladan elektron raqamli imzo va axborotlarni shifrlash vositalarini joriy etish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida foydalanilayotgan tizimli va amaliy dasturiy taʼminotni, axborot resurslarini va apparat vositalarini himoya qilish boʻyicha ishlarni tashkil etadi.
Boʻlim belgilangan tartibda oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
3-bob. Boʻlimning huquqlari va javobgarligi
7. Oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun Boʻlim quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlardan materiallar hamda maʼlumotlarni belgilangan tartibda olish va soʻrash;
Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshirigʻiga asosan Boʻlim yuritadigan sohaga taalluqli masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyat organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning majlis va yigʻilishlarida ishtirok etish;
Vazirlar Mahkamasi apparatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va takomillashtirish masalalarini oʻrganib chiqish hamda axborot tizimlarini rivojlantirish va integratsiyalash yuzasidan takliflar tayyorlash maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini zarurat boʻlganda oʻrnatilgan tartibda jalb qilish, bu maqsadlarda ishchi guruhlarini tashkil etish;
Boʻlimning zarur materiallar va maʼlumotlar taqdim etish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Boʻlim belgilagan muddatlarda bajarilishi shart.
8. Boʻlim:
oʻziga yuklangan vazifalarning tegishli darajada va samarali bajarilishi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlatilayotgan kompyuter va axborot tizimlari, tarmoq uskunalari va dasturiy mahsulotlarga xizmat koʻrsatish va ularning ishlashi sifati;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son farmonlariga, “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi № PQ-4136-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3161-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi mustahkamlanishi;
Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun materiallar va hujjatlar belgilangan muddatlarda tayyorlanishini taʼminlashga javob beradi.
4-bob. Boʻlimning tuzilmasi
9. Boʻlimning tuzilmasiga Boʻlim mudiri hamda:
Vazirlar Mahkamasi apparatida axborot tizimlari va resurslarini joriy etish va rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Vazirlar Mahkamasi apparatida kompyuter tizimlarini, tarmoq uskunalarini va maʼlumotlar bazasini tizimli boshqarish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha bosh mutaxassis kiradi.
Boʻlim tuzilmasiga bitta Inspektor kiradi.
Boʻlim tuzilmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Boʻlim ishlariga Boʻlim mudiri rahbarlik qiladi.
11. Boʻlim mudiri, mutaxassislari va inspektor belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
5-bob. Boʻlim faoliyatini tashkil etish
12. Boʻlim ishlari Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati toʻgʻrisidagi Nizom, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi apparatida Ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining va Boʻlimning ish rejalari, Boʻlim mudiri va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Boʻlimning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlar Mahkamasi ish rejasi asosida yarim yillik uchun shakllantiriladi.
Boʻlimning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanadi.
Boʻlim mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanadi.
Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalarini Boʻlim mudiri tasdiqlaydi.
13. Boʻlim mudiri:
Boʻlim ishiga bevosita rahbarlik qiladi, mutaxassislar ishini tashkil etadi va Boʻlimga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarning bajarilishi, ijro intizomining holati uchun toʻliq javob beradi;
Vazirlar Mahkamasi apparati axborot tizimlari va resurslari, kompyuter tizimlari, serverlari, tarmoq uskunalari, tizimli va amaliy dasturiy mahsulotlari, maʼlumotlar bazalarining barqaror va uzluksiz ishlashini taʼminlash yuzasidan choralar koʻradi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining axborot xavfsizligi siyosatini amalga oshirish hamda kompyuter va axborot tizimlari, resurslari, maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini kompleks himoya qilishni taʼminlash yuzasidan choralar koʻradi;
Boʻlim mutaxassislari oʻrtasida xizmat vazifalari taqsimotini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasi apparati Boshqaruvchisiga tasdiqlash uchun kiritadi, ularning ishini muvofiqlashtiradi, Boʻlimda yetarli darajada ijro intizomini taʼminlaydi hamda ish yuritishni Vazirlar Mahkamasi apparatida Ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga muvofiq tashkil etadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Boʻlim yuritadigan sohaga taalluqli masalalar yuzasidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarda ishtirok etadi;
Boʻlimning kadrlar zaxirasini yaratish va yangilab borish, kadrlar zaxirasiga olingan shaxslar bilan tizimli ishlashni tashkil etishni taʼminlaydi;
Boʻlim ishlarini takomillashtirish, mutaxassislarning ish malakasini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga Boʻlim xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda jazolash toʻgʻrisidagi takliflarni puxtalik bilan ishlab chiqadi va taqdim etadi.
Boʻlim mutaxassislari va xodimlari oʻrtasida vazifalar taqsimotini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga tasdiqlashga, shuningdek Boʻlimning yarim yillik ish rejasi loyihasini — kelishishga kiritadi, Boʻlim mutaxassislari ish rejalarini tasdiqlaydi;
Boʻlim yuritadigan sohaga taalluqli masalalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan xat-xabarlar va hujjat loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlaydi, tayyorlangan loyihalarni imzolaydi va oʻrnatilgan tartibda taqdim etadi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
14. Boʻlim mudiri vaqtincha boʻlmaganda uning vazifasini Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi roziligi bilan belgilangan bosh mutaxassis bajaradi.
15. Vazirlar Mahkamasi apparatida axborot tizimlari va resurslarini joriy etish va rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis:
Vazirlar Mahkamasi apparatining axborot tizimlari va resurslari, kompyuter tizimlari, serverlari, tarmoq uskunalari, tizim va dasturiy taʼminot mahsulotlari, maʼlumotlar bazalarining betoʻxtov va uzluksiz ishlashini hamda axborot xavfsizligini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan axborot tizimlari va resurslaridan foydalanish holati monitoringini olib boradi, muntazam ravishda (har hafta, har oy) Boʻlim boshligʻiga ulardan maqsadli va samarali foydalanish holati yuzasidan axborot beradi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlatiladigan axborot tizimlari va ularning quyi tizimlariga talablarni hamda ularning oʻzaro bogʻlanish sxemalarini ishlab chiqadi;
tashqi axborot tizimlari bilan texnologik oʻzaro aloqa tartibi va protokollarini ishlab chiqadi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining yaratilayotgan integratsiyalashtirilgan axborot tizimlari boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqadi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining ichki axborot portaliga maʼlumotlarni joylashtirishni taʼminlaydi, ularni mazmundorlik jihatdan kuzatib boradi;
axborot tizimlari maʼlumotnomalarini loyihalashtirish va dolzarb holatda saqlanishini taʼminlaydi;
maʼlumotlar bazalarini oʻz vaqtida arxivlashni nazorat qiladi va axborot tizimlarining bazalari arxiv nusxalari va konfiguratsion maʼlumotlarining saqlanishini taʼminlaydi, shuningdek tizim maʼmuriga axborot tizimi obyektlari uchun resurslar (xotira, foydalanish huquqi)ni taqsimlash, resurslardan foydalanishga ruxsat berilishi boʻyicha takliflarni taqdim etadi;
axborot tizimlari, kompyuter tarmogʻining dasturiy-texnik vositalarining ishlashini qayd etib boradi va ekspluatatsion hamda texnologik hujjatlarni yuritadi;
axborot tizimlari ishlashida uzilishlar sabablarini tahlil etadi, ularning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
qarorlarni qabul qilish jarayonlarini axborot-tahliliy jihatdan qoʻllab quvvatlash, konsepsiyalar va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ishlab chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi axborot tizimlari va ularning quyi tizimlari, axborot resurslari modellarini yaratadi;
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlari va loyihalarini amalga oshirish uchun monitoring tizimini yaratish va takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, shuningdek Vazirlar Mahkamasi rahbariyati uchun elektron holat kabinetlarini yaratish boʻyicha takliflar kiritadi;
maxsus (amaliy) dasturiy va axborot taʼminotini loyihalashtirish, ishlab chiqish, joriy qilish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek shu sohada maslahat berish boʻyicha faoliyat olib boradi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida umumlashtirilgan statistik axborotlarni qayta ishlash boʻyicha yangi axborot texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlar hamda dasturiy majmualar ishlab chiqishda uslubiy rahbarlikni taʼminlaydi;
lokal va integratsiyalashgan maʼlumotlar bazalari, axborot tizimlari va resurslarini yaratish va ishlatish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati masʼul xodimlariga maslahat, maʼlumot, uslubiy va axborot yordamini koʻrsatadi;
kompyuter texnika vositalari, joriy etilayotgan yangi dasturlar, axborot tizimlarida, shuningdek Internet tarmogʻida ishlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining koʻnikmalarini oshiradi.
16. Vazirlar Mahkamasi apparatida kompyuter tizimlarini, tarmoq uskunalarini va maʼlumotlar bazasini tizimli boshqarish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha bosh mutaxassis:
tizimli dasturiy taʼminot, operatsion tizimlar va pochta infratuzilmasini oʻrnatadi va boshqaradi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida kompyuter va axborot tizimlari va resurslari, maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarini kompleks himoyalashni va axborot xavfsizligi siyosatining amalga oshirilishini taʼminlaydi;
apparat, texnik, dasturiy-texnik vositalar, kriptografik tizimlar va boshqa axborotlarni himoyalovchi vositalarning ishlash holatini tashxislash va monitoringini, shuningdek axborotlarni himoyalash texnik uskunalari va vositalarining ishchanligini taʼminlash boʻyicha profilaktika ishlarini olib boradi;
nazorat vositalaridan samarali foydalanish, himoyalanayotgan axborot tizimlari va resurslari maʼlumotlarining konfidensialligiga tahdidlarni aniqlash, ularning yaxlitligi va foydalanuvchanligi boʻyicha choralar ishlab chiqadi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida axborotlashtirish obyektlarini oʻrganishda, ularni attestatsiyadan oʻtkazish va toifasini belgilashda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi apparati axborot tizimlari va resurslaridagi tahdidlarni va zaif nuqtalarini aniqlash boʻyicha tahliliy ishlarni tashkillashtiradi va olib boradi;
axborot tizimlari hamda resurslariga xizmat koʻrsatuvchi texnologik personal va ulardan foydalanuvchilarning ish oʻrinlarini tashkillashtirishda ergonometrik talablar, ishlab chiqarish sanitariya meʼyorlariga rioya qilinishini taʼminlaydi;
kompyuter tarmogʻi dasturiy-texnik vositalarining foydalanish va ishlash koʻrsatkichlarini jamlaydi va tahlilini olib boradi;
tarmoq infratuzilmasini takomillashtirish, uskunalar va dasturiy vositalarni yangilash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va kiritadi;
axborotni himoyalash boʻyicha ishlarni tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi;
axborotlarni himoyalovchi apparat-texnik va dasturiy-matematik vositalariga boʻlgan ehtiyoj toʻgʻrisida rahbariyatga materiallar tayyorlaydi;
axborot tizimlarini integratsiyalash jarayonida axborot xavfsizligi talablarini ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
axborot tizimlari va resurslaridan foydalanishda Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarini maʼlumotlarni himoyalashning zamonaviy usullari, axborot xavfsizligini taʼminlash vositalari bilan tanishtiradi, ular bilan instruktaj va yakka suhbatlar olib boradi.
17. Inspektor Boʻlimda ish yuritishni olib boradi, hujjatlarning koʻrib chiqilishi ustidan nazorat yuritadi, jildlarni arxivda saqlash uchun tayyorlash va oʻz vaqtida kiritishni taʼminlaydi, oʻziga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajaradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻlimi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, maqsadli va samarali foydalanish, axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha kompleks tashkiliy-texnik choralarni amalga oshirish
SXEMASI
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 248-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi (keyingi oʻrinlarda boʻlim deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi apparati deb ataladi) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.
2. Boʻlim oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Boʻlim oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi. Boʻlim Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga boʻysunadi.
4. “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Boʻlim oʻz faoliyatiga bogʻliq masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
2-bob. Boʻlimning asosiy vazifalari va funksiyalari
5. Quyidagilar Boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
xalq bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqot oʻrnatish va inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini haqqoniy himoya qilishni taʼminlash orqali “inson manfaati — hamma narsadan yuqoridir” degan tamoyilning hayotga amaliy tatbiq qilinishini taʼminlash;
“xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan asosiy tamoyilni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning Vazirlar Mahkamasiga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan hamda Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq koʻrib chiqiladigan ogʻzaki, yozma va elektron murojaatlari bilan ishlashni tashkillashtirish;
joylarda “xalq bilan muloqot qilish” va shaxsiy uchrashuvlar oʻtkazish amaliyotini takomillashtirish asosida Vazirlar Mahkamasi rahbariyati va Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolarning huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisining boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqilishining samaradorligi va natijadorligini oshirish;
Vazirlar Mahkamasi apparatida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqilishi masalalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish;
jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy, sayyor va ommaviy qabullarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi rahbariyati, shuningdek Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinma rahbarlari hamda mutaxassislari tomonidan, zarur boʻlgan hollarda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari vakillarini jalb etish orqali oʻz vaqtida tashkillashtirish;
Vazirlar Mahkamasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kelib tushgan ogʻzaki, yozma va elektron murojaatlar bilan ishlash yuzasidan mazkur Nizomning 1 va 2-ilovasidagi sxemalar asosida monitoring va tahlilni olib borish;
Vazirlar Mahkamasiga kelib tushgan hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun yuborilgan, shuningdek Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalariga koʻrib chiqish uchun berilgan ogʻzaki, yozma va elektron murojaatlarning koʻrib chiqilishi yuzasidan nazoratni yuritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning ogʻzaki, yozma va elektron murojaatlarini koʻrib chiqish masalalari boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan mazkur Nizomning 3-ilovasidagi sxemaga asosan ishlashni takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasining rahbariyatiga taqdim qilish.
6. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasiga kelib tushgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning ogʻzaki, yozma va elektron murojaatlarini qabul qiladi, roʻyxatdan oʻtkazadi hamda hisobini yuritadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda koʻtarilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa davlat organlari va tashkilotlariga murojaatlarni koʻrib chiqish va choralar koʻrish uchun yuboradi, ularni oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining vakolatiga koʻrib chiqish kirmaydigan masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan murojaatlarni tegishli davlat organlariga, boshqa tashkilotlarga va mansabdor shaxslarga belgilangan tartibda yuboradi;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsiy qabulini amalga oshiradi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan shaxsiy, sayyor va ommaviy qabul qilinishini tashkil etadi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish boʻyicha tahliliy, maʼlumotnoma materiallari va boshqa materiallarni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining koʻrib chiqishi uchun tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning holati toʻgʻrisida har chorak yakunlari boʻyicha hisobotlar tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etilishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallarni tayyorlashda va ularda qabul qilingan qarorlarni rasmiylashtirishda Boʻlimning vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha ishtirok etadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish uchun ommaviy axborot vositalari hamda boshqa manbalardagi, shu jumladan joyiga chiqqan holda jamoatchilik fikrini oʻrganadi;
Vazirlar Mahkamasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish masalalari boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasini yaratishni va yuritishni taʼminlaydi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarning yozma, ogʻzaki va elektron murojaatlari bilan ishlashi yuzasidan monitoring olib boradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish boʻyicha metodik tavsiyanomalar va takliflar ishlab chiqadi;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda amaldagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Boʻlim vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari ijrosi nazoratini taʼminlaydi hamda qarorlar va topshiriqlar bajarilishining borishi toʻgʻrisida rahbariyatga muntazam ravishda axborot berib boradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida statistik maʼlumotlarni olib boradi, har chorak yakunlari boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini umumlashtiradi va tahlil qiladi, umumlashtirish va tahlil natijalari boʻyicha maʼlumotnoma tayyorlaydi, Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga muhokama qilish uchun kiritadi, maʼlumotnomada murojaatlar bilan ishlash boʻyicha umumiy koʻrsatkichlar, murojaatlarda eng koʻp koʻtarilgan masalalar, murojaatlarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha aniqlangan xato va kamchiliklar, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga, shuningdek davlat va jamiyat manfaatlariga zarar yetkazilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish maqsadida koʻriladigan choralar aks etadi;
Boʻlim belgilangan tartibda oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
3-bob. Boʻlimning huquqlari va javobgarligi
7. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan soʻrash va olish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish va uning natijadorligini oshirish maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro hokimiyati organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarning ahvolini oʻrganish;
Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshirigʻiga binoan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Boʻlim vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha majlis va yigʻilishlarida ishtirok etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida bayon qilingan holatlarning haqqoniyligini aniqlash uchun, zarur boʻlgan hollarda, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslarini jalb etish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini joyga chiqqan holda koʻrib chiqish;
zarurat boʻlganda, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti, Vazirlar Mahkamasi apparatida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish;
Boʻlimning zarur materiallarni va maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Boʻlim tomonidan belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
8. Boʻlim:
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasi apparatida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Vazirlar Mahkamasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning natijadorligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy taʼminlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida”gi 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi;
Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun hujjatlar va materiallarni oʻz vaqtida va sifatli tayyorlanishi uchun javob beradi.
4-bob. Boʻlimning tuzilmasi
9. Boʻlimning tuzilmasiga Boʻlim mudiri, shuningdek:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatiga tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish va nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalarida va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida murojaatlarni koʻrib chiqish va nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish va nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, ogʻzaki murojaatlarni koʻrib chiqish va nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis kiradi;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
Boʻlim tuzilmasiga ikki nafar inspektor kiradi.
(9-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
Boʻlim tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Boʻlim ishlariga Boʻlim mudiri rahbarlik qiladi.
11. Boʻlim mudiri va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
5-bob. Boʻlim faoliyatini tashkil etish
12. Boʻlim ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasi va Boʻlimning ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Boʻlimning yarim yillik ish rejasi Vazirlar Mahkamasining, uning Rayosati tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Boʻlimning ish rejasi, Boʻlim mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanadi.
Boʻlim mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari boʻlim mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
13. Boʻlim mudiri:
Boʻlimga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassislar ishini tashkil qiladi hamda Boʻlimga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi va ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy, sayyor va ommaviy qabullarini tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqilishining holati va natijadorligini toʻgʻrisida tizimli monitoringini hamda maʼlumotlar bazasini shakllantirishni taʼminlaydi;
zarur boʻlgan hollarda, jismoniy va yuridik shaxslarning yozma, ogʻzaki va elektron murojaatlarini koʻrib chiqishda qatnashish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslarini jalb etadi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga mutaxassislar oʻrtasida funksional vazifalarning taqsimotini, shuningdek Boʻlimning yarim yillik ish rejasi loyihasini tasdiqlash uchun kiritadi, Boʻlim mutaxassislarining shaxsiy ish rejalarini tasdiqlaydi;
Boʻlim mutaxassislarining kasbiy darajasini oshirish va ijro intizomini mustahkamlash choralarini taʼminlaydi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish natijalarini tushuntirish uchun zarur boʻlgan materiallar va asoslarni soʻrab oladi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisida Boʻlim vakolati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Boʻlimning tasdiqlangan tuzilmasiga va lavozimlar jadvaliga muvofiq lavozimlarga nomzodlar boʻyicha takliflarni jiddiy ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga koʻrib chiqish uchun kiritadi, mutaxassislarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirish boʻyicha choralarni amalga oshiradi, shuningdek, ularni ragʻbatlantirish va ularga tanbeh berish boʻyicha takliflarni kiritadi;
Vazirlar Mahkamasiga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish uchun tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini taʼminlaydi;
Boʻlimdan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
14. Boʻlim mudiri vaqtincha boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishilgan holda Boʻlimning bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.
15. Vazirlar Mahkamasi apparatiga tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish va nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis:
Vazirlar Mahkamasi apparatiga jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan yozma murojaatlarni rasmiylashtirish, hisobga olishni taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatiga jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan yozma murojaatlarni tarkibiy boʻlinmalarga oʻz vakolatlari doirasida koʻrib chiqish uchun taqsimlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish holatini har tomonlama tahlil va nazorat qiladi;
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida murojaatlar bilan ishlash holati hamda natijadorligini shaxsiy ish rejasiga muvofiq oʻrganadi, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash boʻyicha ularning ish samaradorligini oshirishga doir takliflar kiritadi;
materiallar boʻyicha Boʻlim mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Vazirlar Mahkamasi apparatiga tushgan yozma murojaatlar boʻyicha funksional masalalar va hujjatlarga muvofiq tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasini shakllantiradi hamda uning muntazam toʻldirilib, yangilab borilishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha umumlashtirilgan materiallarni Vazirlar Mahkamasi Rayosatida muhokama etish uchun har chorakda tayyorlaydi;
materiallarning oʻz vaqtida sifatli va haqqoniy tayyorlanishi hamda topshiriqlar bajarilishining nazoratini taʼminlash uchun shaxsan javob beradi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
16. Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida murojaatlarni koʻrib chiqish va nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis:
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaxassislari tomonidan shaxsiy, sayyor va ommaviy qabullarni tashkil etadi;
shaxsiy ish rejasiga yoki Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshirigʻiga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida murojaatlar bilan ishlash holati va natijadorligini oʻrganadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va natijadorlikni oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash yakunlari boʻyicha har choraklik axborotlarning Vazirlar Mahkamasi apparatiga taqdim etilishini taʼminlaydi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha umumlashtirilgan materiallarni Vazirlar Mahkamasi Rayosatida muhokama etish uchun har chorakda tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash boʻyicha elektron hujjat aylanish tizimini yaratish, yuritish va doimiy takomillashtirib borishni taʼminlaydi;
materiallarning oʻz vaqtida sifatli va haqqoniy tayyorlanishi hamda topshiriqlar bajarilishining nazoratini taʼminlash uchun shaxsan javob beradi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish va nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan Vazirlar Mahkamasi apparatiga tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning elektron murojaatlarini rasmiylashtirish va hisobga olishni taʼminlaydi va Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalariga oʻz vakolatlari doirasida koʻrib chiqish uchun taqsimlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida jismoniy va yuridik shaxslarning elektron murojaatlarini koʻrib chiqish holatini har tomonlama tahlil va nazorat qiladi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida murojaatlar bilan ishlash holati hamda natijadorligini shaxsiy ish rejasiga muvofiq oʻrganadi, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash boʻyicha ularning ish samaradorligini oshirishga doir takliflar kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarni tarkibiy boʻlinmalarda koʻrib chiqish natijalari boʻyicha umumlashtirilgan materiallarni Vazirlar Mahkamasi Rayosatida muhokama etish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etish uchun har chorakda tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan elektron murojaatlar boʻyicha funksional masalalar va hujjatlarga muvofiq tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasini shakllantiradi hamda uning muntazam toʻldirilib, yangilab borilishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida jismoniy va yuridik shaxslarning elektron murojaatlarini koʻrib chiqish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasi bilan doimiy hamkorlik qiladi;
materiallar boʻyicha Boʻlim mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
materiallarning oʻz vaqtida sifatli va haqqoniy tayyorlanishi hamda topshiriqlarni bajarilishining nazoratini taʼminlash uchun shaxsan javob beradi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
171. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, ogʻzaki murojaatlarni koʻrib chiqish va nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis:
Vazirlar Mahkamasi apparatiga qabulga kelgan jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlarini rasmiylashtirish va hisobga olishni taʼminlaydi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaxassislarining shaxsiy, sayyor va ommaviy qabullarini tashkil qiladi;
Vazirlar Mahkamasi apparatiga jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan ogʻzaki murojaatlarni tarkibiy boʻlinmalarga oʻz vakolatlari doirasida koʻrib chiqish uchun taqsimlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida jismoniy va yuridik shaxslarning ogʻzaki murojaatlarini koʻrib chiqish holatini har tomonlama tahlil va nazorat qiladi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish hamda ularning murojaatlarini koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida Boʻlim mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tizimini takomillashtirish va natijadorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
shaxsiy ish rejasiga yoki Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshirigʻiga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida murojaatlar bilan ishlash holati va natijadorligini oʻrganadi;
materiallarning oʻz vaqtida sifatli va haqqoniy tayyorlanishi hamda topshiriqlar bajarilishining nazoratini taʼminlash uchun shaxsan javob beradi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
(171-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
18. Inspektorlar boʻlimda ish yuritilishini taʼminlaydi, murojaatlarni roʻyxatga oladi, hujjatlarning boʻlimdan oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivga saqlash uchun oʻz vaqtida topshirilishini taʼminlaydi, oʻzlariga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 250-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/250/0491-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning holatini oʻrganish
SXEMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning holatini oʻrganish
SXEMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning holatini har chorakda koʻrib chiqish
SXEMASI