13.12.2018 yildagi PF-5598-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda maʼmuriy tartibotlardan oʻtishni soddalashtirish, aholi turmushi sifatini oshirish, investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan elektron hukumatni, shu jumladan davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini modernizatsiya qilish va rivojlantirish borasida izchil choralar koʻrilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, raqamlashtirishni taʼminlashga va raqamli iqtisodiyotga oʻtishga toʻsqinlik qilayotgan qator hal qilinmagan muammo va kamchiliklar saqlanib qolinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, davlat axborot tizimlarini rivojlantirishning yagona prinsiplari ishlab chiqilmagan, ushbu sohadagi tadbirlar esa oʻzaro va boshqa axborot tizimlari bilan uzviy bogʻlanmagan holda amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimi infratuzilmasi lozim darajada rivojlanmayapti, bu davlat xizmatlarini koʻrsatishda va idoralararo elektron hamkorlik qilishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllashga oʻz taʼsirini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimini joriy etishda taʼsirchan muvofiqlashtiruv va yagona texnologik yondashuvning mavjud emasligi resurslarning nooqilona foydalanilishiga olib kelmoqda hamda tadbirlarning samaradorligini pasaytirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimining joriy etilishini taʼminlash, aholi, biznes va davlat oʻrtasida samarali oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun qoʻshimcha shart-sharoit yaratish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimini joriy etish raqamli iqtisodiyotning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) elektron hukumat sohasidagi hamda davlat boshqaruvida axborot tizimlarini joriy etishda vakolatli organ hisoblanadi, ushbu sohada yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish uchun masʼuldir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikning elektron hukumat sohasida, shuningdek, davlat boshqaruvida axborot tizimlarini joriy etish boʻyicha oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari ijrosini taʼminlash respublikaning barcha vazirliklari, idoralari va tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvida axborot tizimlari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarini yaratish va joriy etish boʻyicha loyihalar, shuningdek, bunday loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlikda ekspertizadan oʻtkazilishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik raqamli iqtisodiyotni joriy etish boʻyicha vazifalarni amalga oshirish doirasida xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlar bilan bevosita oʻzaro hamkorlik qilish huquqiga ega.
(2-bandning uchinchi — oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hozirgi kunda “Elektron hukumat” tizimi doirasida amalga oshirilayotgan idoralararo va idoraviy axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish loyihalarining hamda axborot-kommunikatsiya sohasidagi boshqa loyihalarning (keyingi oʻrinlarda loyihalar) amalga oshirilishi va moliyalashtirilishini toʻxtatib qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda loyihalarni toʻliq xatlovdan oʻtkazsin va yakuniy natijalari boʻyicha Agentlikka axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2019-yil 1-aprelga qadar amalga oshirilayotgan loyihalarning tanqidiy koʻrib chiqilishini hamda maqsadga muvofiq, dolzarb, respublikada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsad va vazifalariga mos keladigan loyihalarning davom ettirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2019-yil 1-mayga qadar quyidagilarni nazarda tutadigan “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasining ishlab chiqilishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilishini taʼminlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hukumatning davlat, aholi va biznesning samarali oʻzaro hamkorligini, shuningdek, jahonning raqamli makoniga integratsiyalashuvini taʼminlash boʻyicha yagona milliy tizim sifatidagi maqsadli ahamiyatini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimining tarkibi va tuzilmasini, uni yaratish shartlari va arxitekturasining konseptual asoslarini, jumladan tashkiliy, funksional, texnik tuzilmasini, shuningdek, asosiy raqamli aktivlar roʻyxatini aniq belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hukumatni yaratishning asosiy prinsiplari va funksional vazifalarini, elektron hukumat imkoniyatlaridan foydalangan holda raqamli transformatsiyaga erishishning aniq koʻrsatkich va indikatorlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hukumatni yaratishning huquqiy va tashkiliy-texnik choralarini, jumladan raqamli transformatsiya jarayonlarini tadqiq etish metodologiyasiga, ularning oʻzaro muvofiqligiga, axborot sohasida birgalikdagi hamkorlik, maʼlumotlar almashish protokollari va formatining oʻzaro mosligiga doir talablarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha talablarni hisobga olgan holda axborotni yigʻish, qayta ishlash, toʻplash, saqlash va uzatishda axborot xavfsizligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimini yaratish va joriy etish boʻyicha loyihani amalga oshirish mexanizmlari va bosqichlarini nazarda tutish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimini joriy etishda uning samaradorligi va shaffofligini oshirishni taʼminlaydigan, jumladan loyihalar boʻyicha yagona milliy distribyutorni tashkil etish orqali yaxlit jarayonni (ishlab chiqish, loyihalashtirish, kelishish, loyihalar boʻyicha tovarlar, ishlar, xizmatlar xarid qilish, shuningdek, ularni foydalanishga topshirishning yagona tizimini) barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik negizida boshlangʻich loyiha sifatida elektron raqamli imzo infratuzilmasining namunaviy elementini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 21-noyabrdagi PQ-4022-son qaroriga muvofiq Agentlik tomonidan “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi bilan birgalikda barcha davlat xizmatlari faqatgina operatorning maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari orqali koʻrsatilishini taʼminlashni nazarda tutadigan 2019 — 2021-yillarda “Universal Mobile Systems” MChJni rivojlantirish Konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019-yilning 1-mayiga qadar maʼlumotlarga ishlov berish markazlariga boʻlgan ehtiyoj va ularning joylashuvi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Innovatsion loyihalarni amalga oshirish va idoraviy axborot tizimlarini jadal integratsiyalashuvining tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 18-apreldagi PQ-3673-son qaroriga muvofiq Agentlik tomonidan aloqaning, shu jumladan, xorijda boʻlish vaqtida, maxfiyligi, tezkorligi, xavfsizligi va telekommunikatsiya xizmatlariga sarflanadigan budjet mablagʻlarining tejalishini taʼminlaydigan hukumat mobil aloqasi tizimini (keyingi oʻrinlarda — tizim) ishga tushirish, sinash va undan tajriba tariqasida foydalanish ishlari bajarildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, 2019-yil 1-apreldan boshlab ushbu tizim davlat organlari, tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari xodimlari uchun oʻz xizmat vazifalarini bajarishda foydalanilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agentlik Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat organlari, tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarining oʻz xizmat vazifalarini bajarishda tizimdan foydalanishi majburiy boʻlgan xodimlari roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-iyuldagi PF-5120-son Farmoniga muvofiq yaratiladigan Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimi Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha ushbu tizimning barcha ishtirokchilari tomonidan foydalanilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga kiritilgan vazirlik va idoralar huquq egalarining tegishli litsenziyalarisiz dasturiy mahsulotlardan foydalanishga yoʻlga qoʻymasdan, maʼlumotlarning belgilangan protokol boʻyicha platforma formatida taqdim etilishi va tizimga kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining aloqa bilan taʼminlashga 2018-yilgi va 2019-yilga moʻljallangan xarajatlari toʻgʻrisida vazirlik va idoralar kesimidagi axborotni Agentlikka taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Farmondan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining xalqaro aloqa uchun 2019-yilga moʻljallangan xarajatlarining qayta koʻrib chiqilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ushbu Farmonni amalga oshirish doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirishga mablagʻ ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlik bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda — “Elektron hukumat” tizimidan foydalanish maqsadida foydalanuvchilarning majburiy tartibda identifikatsiya qilinishini nazarda tutgan holda Internet tarmogʻidan simsiz foydalanish boʻyicha ommaviy nuqtalar toʻgʻrisidagi nizom loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda — ushbu Farmon talablarini hisobga olgan holda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining elektron hukumat sohasidagi vakolatlarini, shuningdek, uning tuzilmasini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi ikki oy muddatda “Elektron hukumat” tizimini joriy etish doirasida tovarlar kiritish uchun alohida bojxona ombori tashkil etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlik Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Agentlik direktorining birinchi oʻrinbosari D.R. Li zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 13-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5598-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5598/2313-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)