Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.06.2022 09.01.2018 yildagi PF-5296-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.06.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon moliya tizimida yuz berayotgan jiddiy oʻzgarishlar, shuningdek mamlakatda milliy iqtisodiyotni keng koʻlamli isloh qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar pul-kredit siyosatini shakllantirish, amalga oshirishda hamda bank tizimini yanada rivojlantirishda yangicha yondashuv va prinsiplar qoʻllanilishini taqozo qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xolis tan olish kerakki, bugungi kunda pul-kredit siyosati va banklarni tartibga solishdagi imkoniyatlardan amalda toʻlaqonli foydalanilmayapti, pul-kredit instrumentlarining lozim darajada ishlashi va samaradorligini taʼminlovchi transmission mexanizmlarning rivojlanmaganligi qoʻyilgan maqsadlarga erishishni qiyinlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (keyingi oʻrinlarda — Markaziy bank) tomonidan tijorat banklarining boshqaruv va risk-menejmenti sifatiga taʼsir qilish mexanizmlarining takomillashmaganligi, banklar faoliyatiga maʼmuriy aralashuv amaliyotining davom etayotganligi, ayniqsa, banklar tomonidan oʻz faoliyatiga xos boʻlmagan korxonalar tashkil etilishi, shuningdek ularning faoliyat yoʻnalishiga muvofiq boʻlmagan vazifalarning yuklatilishi bank nazoratini taʼsirchan amalga oshirishni qiyinlashtirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, shuningdek pul-kredit siyosati, umuman bank tizimining barqaror faoliyat koʻrsatishi ustidan samarali nazoratni va Markaziy bank faoliyatini yanada takomillashtirishni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni taʼminlash Markaziy bank faoliyatining strategik maqsadli yoʻnalishlari deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlar barqarorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank tizimi barqarorligi va rivojlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov tizimi barqarorligi va rivojlanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida Markaziy bank faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari etib kuyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, asossiz inflatsion kutilmalarni oldini olish maqsadida inflatsion targetlashning prinsip va mexanizmlarini bosqichma-bosqich tatbiq qilish bilan pul-kredit siyosati va uning instrumentlarini tubdan takomillashtirish, ushbu usulga oʻrta muddatli istiqbolda toʻliq oʻtish va pul-kredit sohasida amalga oshirilayotgan siyosat va choralarning shaffofligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, inflatsiya omillarini chuqur oʻrganish va toʻlov balansini hisobini yuritish va tahlil qilish tizimini toʻliq shakllantirish asosida pul-kredit siyosatini shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish uslublarini takomillashtirish maqsadida statistik, tahliliy va tadqiqot bazasini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, bank tizimini tartibga solish va nazorat qilish mexanizmlarini, shu jumladan tijorat banklar faoliyatida yuzaga keladigan muammolarni dastlabki bosqichlarida aniqlash va ularni bartaraf etuvchi choralar koʻrish imkonini beruvchi tijorat banklar tavakkalchiligini boshqarish va baholash tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, oʻrta va uzoq muddat istiqbollarda iqtisodiyotni barqaror oʻsishini taʼminlovchi muhim tarkibiy qism sifatida bank tizimini rivojlantirish, tijorat banklar va tadbirkorlik subyektlarining oʻzaro toʻliq sheriklik munosabatlarini shakllantirish, aholining bank tizimiga ishonchli institutsional sherik sifatida ishonchini mustahkamlash uchun raqobat sharoitlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, toʻlov tizimini yanada rivojlantirish, shu jumladan real vaqt rejimida tezkorlik bilan hisob raqamlarni boshqarish va bank operatsiyalarini oʻtkazish imkonini beruvchi masofadan bank xizmatlari koʻrsatgan holda tijorat banklarining samarali axborot almashinuvi tizimini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini kuchaytirish, shuningdek ularning faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchidan, bank xizmatlari isteʼmolchilari huquqi va qonuniy manfaatlari himoyasini taʼminlash, aholi va tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy ochiqlikni va ularning savodxonlik darajasini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy vazifalari tegishlicha bank tizimining barqarorligini taʼminlash, omonatchilar va kreditorlar manfaatlarini himoya qilish va Markaziy bankning pul-kredit operatsiyalarini oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻlib hisoblangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Bank nazorati qoʻmitasi va Kredit qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash departamenti negizida asosiy vazifasi bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoyalash, aholi va tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy ochiqlikni va ularning savodxonlik darajasini oshirish boʻlib hisoblangan Markaziy bankning Bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika bank kengashini tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika pul-kredit siyosati komissiyasini tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasini tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Oʻzbekiston Respublikasi moliya sektorini rivojlantirish boʻyicha agentligi” davlat unitar korxonasini tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi oʻrinbosariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Respublika inkassatsiya xizmati faoliyatiga bevosita rahbarlik qilishni yuklash amaliyotini bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6066-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2020-y., 06/20/6066/1317-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markaziy bank faoliyatining tasdiqlangan ustuvor yoʻnalishlarini va boshqaruv tizimi optimallashganini hisobga olgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tashkiliy tuzilmasi hamda uning markaziy apparatining tuzilmasi 1- va 2-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha bosh boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank boshqaruvi zarur hollarda Markaziy bankning shtatlar jadvaliga, tashkiliy tuzilmasiga, uning markaziy apparati hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha bosh boshqarmalari tuzilmalariga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega ekanligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hisobdorligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan mutasaddilik qiladigan davlat organlari roʻyxatidan chiqarilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markaziy bank 2018-2019-yillarda xodimlarning oqilona tanlovini, joy-joyiga kuyish va rotatsiyasini, kadrlar zaxirasini sifatli shakllantirishni, shuningdek xodimlarning mehnati samaradorligi va motivatsiyasini oshirishni taʼminlovchi zamonaviy kadrlar xizmatini bosqichma-bosqich joriy qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-son “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3272-son “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kuyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda ilgʻor bank amaliyoti asosida bank-moliya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari kompleksi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish hamda inflatsiyaviy targetlash rejimiga bosqichma-bosqich oʻtish chora-tadbirlari kompleksi tasdiqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Markaziy bank, tijorat banklari, masalaga aloqador vazirlik va idoralar zimmasiga mazkur chora-tadbirlar komplekslarida koʻzda tutilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsan javobgarlik yuklatilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markaziy bank:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlar barqarorligini taʼminlash maqsadida likvidlik berish va qaytarishning zamonaviy turlari, mexanizmlari va usullarini joriy qilgan holda pul-kredit siyosati instrumentlarining taʼsirchanligini oshirish choralari koʻrilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik va biznes muhitining pul-kredit siyosatidan xabardorligi va tushunish darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan aniq axborot-kommunikatsion siyosat olib borilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi toʻlov balansining Xalqaro valyuta fondi metodologiyasiga muvofiq hisobi va tahlili tizimli asosda yuritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank tizimidagi maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilish tizimining samaradorligini oshirish maqsadida innovatsion texnologiyalardan keng foydalanilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar tomonidan iqtisodiy normativlar bajarilishi ustidan, shu jumladan kapital yetarliligi, bank nazoratining xalqaro tamoyillari talablari doirasida belgilangan likvidlilik boʻyicha taʼsirchan nazorat amalga oshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank tavakkalchiliklarini baholashning zamonaviy tizimlari joriy qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlarni zamonaviy bank xizmatlarini koʻrsatish uchun toʻsiqlarni bartaraf etish va sharoit yaratish, shu jumladan chakana xizmatlarga ixtisoslashgan “raqamli” banklar va bank boʻlinmalarini tashkil etish, innovatsion bank texnologiyalaridan faol foydalangan holda masofaviy bank xizmatlari koʻrsatishni takomillashtirish maqsadida tanqidiy qayta koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankrot deb eʼlon qilingan yoki kredit boʻyicha uzilmagan qarzdorligi mavjud korxonalarni tijorat banklari mulkiga oʻtkazish tartibi bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv kompaniyalari, investitsion kompaniya va fondlar, shuningdek bank faoliyatiga xos boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar ustav fondlarida banklarning ishtiroki taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Markaziy bank 2018-yilning 1-sentabriga qadar ilgʻor xorijiy tajriba va umumeʼtirof etilgan normalar va standartlarni chuqur oʻrganish, ixtisoslashgan xalqaro moliya institutlarining tegishli ekspert xulosalari asosida Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi xamda “Bank va banklar faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari loyihalarini yangi tahrirda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki va “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki ustav kapitalidagi Markaziy bank ulushini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank xodimlarini tijorat banklari, xoʻjalik boshqaruv organlari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kuzatuv kengashlari tarkibiga kiritilishini taqiqlashni nazarda tutuvchi tartibni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bankning faoliyat yuritishini taʼminlovchi oʻz idoraviy boʻysunuvidagi korxona va tashkilotlarning tegishli tuzilmaviy boʻlinmalarini Markaziy bank, shuningdek uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha bosh boshqarmalari hududi va binolarida bepul joylashtirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Markaziy banki bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Bank nazorati qoʻmitasi va Kredit qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomlar hamda ularning tarkibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish boʻyicha xizmati toʻgʻrisidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bankning faoliyat yuritishini taʼminlovchi oʻz idoraviy boʻysunuvidagi korxona va tashkilotlar faoliyati va boshqaruv tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 5-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 9-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5296-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy tuzilmasi

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6066-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2020-y., 06/20/6066/1317-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining markaziy apparati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6066-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2020-y., 06/20/6066/1317-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha bosh boshqarmalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy tuzilmasi

* Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha bosh boshqarmalarida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZGARTIRIShLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 28-oktabrdagi PF-1875-son “Kapital qurilishni tashkil etishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmonining 2-bandidan “(Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6066-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2020-y., 06/20/6066/1317-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6066-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2020-y., 06/20/6066/1317-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-noyabrdagi PQ-3388-son “2018 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori 5-ilovasining toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sabirov B.B. — Qimmatbaho metallar agentligi bosh direktori”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son Farmoniga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 11-iyuldagi PF-1492-son “Respublika pul-kredit siyosati komissiyasi tarkibi toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 18-fevraldagi PF-1710-son “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmonining 4-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 1-avgustdagi PF-1827-son “Respublika pul-kredit siyosati komissiyasi tarkibini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 29-sentabrdagi PF-2720-son “Ayrim komissiyalarning tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga 9-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 5-dekabrdagi PF-2772-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoniga ilovaning 2-bandini “b” kichik bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 2-oktabrdagi PF-3143-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 15-noyabrdagi PF-3162-son “Respublika bank kengashini tuzish toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 1-oktabrdagi PF-3323-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartishlar kiritish va oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmonining 1-bandi toʻrtinchi xatboshi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-fevraldagi PF-4087-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoniga ilovaning 1 va 2-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoniga 2-ilovaning 31 va 33-bandlari.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 13-iyundagi PQ-97-son “2005-yilda Toshkent shahrida qurilish va rekonstruksiya qilish obyektlarini qoʻshimcha moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 5-avgustdagi PQ-147-son “Banklardagi depozit hisobvaraqlardan naqd pul toʻlovlarini uzluksiz taʼminlash kafolatlari toʻgʻrisida”gi qaroriga ilovaning 7-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-martdagi PQ-2137-son “Qurilish tashkilotlarini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 8-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-oktabrdagi PQ-3309-son “Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish hamda foydalanishni tashkil etish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorining 12-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son; 23.09.2020-y., 06/20/6066/1317-son, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)