ILOVA
|
Chora-tadbirlar nomlanishi |
Amalga oshirish shakli |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. PUL-KREDIT SIYOSATI VA UNING VOSITALARIDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORALARI | ||||
|
1. |
Oʻzbekiston Respublikasi moliya bozori, shu jumladan keyinchalik ularni uzoq muddatli loyihalarga yoʻnaltirish bilan iqtisodiyotda boʻshpul mablagʻlarini safarbar qilish, shuningdek, pul-kredit siyosatini samarali olib borish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida davlat qimmatli qogʻozlar bozorini oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish Konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Hukumat qarori loyihasi |
2017-yil 1-oktabr |
Moliya vazirligi, Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
2. |
Inflyatsiyaviy targetlash rejimiga bosqichma-bosqich oʻtish uchun zarur asoslar va shart-sharoitlar shakllanishiga alohida eʼtibor qaratgan holda pul-kredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirish boʻyicha oʻrta muddatli Konsepsiya va 2018 — 2021-yillarda Konsepsiyani amalga oshirish “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish. |
Markaziy bank Boshqaruvi qarori |
2018-yil 1-martgacha |
Markaziy bank |
|
3. |
Valyuta bozori liberallashtirilganidan keyin valyuta kursi rejimi va pul-kredit siyosatini belgilash va ishlab chiqish uchun Xalqaro valyuta fondi texnik koʻmagini jalb qilish. |
Xalqaro valyuta fondi bilan muzokaralar olib borish |
2017-yil IV chorak |
Markaziy bank |
|
4. |
Umumiqtisodiy, soliq-budjet va pul-kredit siyosati amaliyotini muvofiqlashtirishni takomillashtirish, amalga oshirilayotgan iqtisodiy oʻsish, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining balansliligini va inflyatsiyaning past darajasini uygʻunligi va mutanosibligini taʼminlash. |
Respublika bank kengashi va Pul-kredit komissiyasi faoliyati, funksiyalari va tarkibini qayta koʻrib chiqish asosida yagona idoralararo kollegial organni tuzish |
2017-yil IV chorak |
Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, vazirliklar va idoralar |
|
5. |
Bank tizimida likvidlikni tartibga solishda ularning samaradorligini oshirish maqsadida majburiy zaxiralar normalarini qoʻllash metodlarini takomillashtirish. |
Markaziy bank Boshqaruvi qarori |
2018-yil I chorak |
Markaziy bank, tijorat banklari |
|
6. |
Pul bozori holatiga oʻz vaqtida taʼsir koʻrsatish, tartibga solish samaradorligini oshirish uchun qisqa muddatli pul resurslarini taqdim etish va jalb etish banklararo bozori yagona platformasini ishga tushirish boʻyicha zarur choralarni amalga oshirish. |
Markaziy bank Boshqaruvi qarori |
2018-yil I chorak |
Markaziy bank, Oʻzbekiston Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari |
|
7. |
Qarz vositalari bozorini rivojlantirgan va davlat qimmatli qogʻozlarini muomalaga chiqara borgan sari davlat qimmatli qogʻozlari bilan ochiq bozorda xususan REPO operatsiyalari, likvidlikni taqdim etish operatsiyalari, shu jumladan lombard kreditlari operatsiyalarini amalga oshirishni amaliyotga joriy qilish. |
Markaziy bank Boshqaruvi qarori |
Davlat qimmatli qogʻozlari muomalaga chiqarilgandan keyin uch oy davomida |
Markaziy bank, Moliya vazirligi, tijorat banklari |
|
8. |
Makroiqtisodiy model, shuningdek, keyinchalik tegishli asoslangan qarorlarni qabul qilish uchun tahlil va prognozlar sifatini oshirish maqsadida oʻrta muddatli va uzoq muddatli makroiqtisodiy prognozni baholash va shakllantirish metodikalarini ishlab chiqish va takomillashtirish. |
Metodik koʻrsatma (idoralararo) |
2018-yil IV chorak |
Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar |
|
9. |
Foizli vositalarni optimallashtirish va pul-kredit instrumentlarining uzatish mexanizmining ishlash samaradorligini taʼminlash maqsadida Markaziy bank pul-kredit siyosati asosiy indikatori sifatida eng muhim stavka va foiz yoʻlagini joriy qilish. |
Markaziy bank Boshqaruvi qarori |
2019-yil IV chorak |
Markaziy bank |
|
10. |
Pul-kredit siyosati vositalaridan faol va samarali foydalanish, shuningdek, ularni doimiy takomillashtirish. |
Markaziy bank Boshqaruvi qarori |
Doimiy asosda |
Markaziy bank, tijorat banklari |
|
11. |
Bank tizimidagi likvidlikning oʻzgarishini qisqa muddatli oraliq prognozlashtirilish amaliyotiga joriy qilish. |
Tahliliy material |
Doimiy asosda |
Markaziy bank |
|
12. |
Monetar faktorlar tomonidan inflyatsion bosim kuchayishining mumkin boʻlgan xavflarini boshlangʻich davrida aniqlash va inflyatsiya jarayonlarini jilovlash boʻyicha pul-kredit sohasida olib borilayotgan choralarning samaradorligini baholash maqsadida asosiy pul-kredit agregatlari oʻzgarishini kundalik monitoring qilish tizimini joriy etish. |
Tahliliy material |
Doimiy asosda |
Markaziy bank |
|
13. |
Xorijiy ekspertlar va xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmagini jalb qilish orqali, shu jumladan makroiqtisodiy koʻrsatkichlar boʻyicha statistik maʼlumotlarni yigʻish va tuzish sifatini oshirish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
Doimiy asosda |
Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi |
|
II. ICHKI BOZORDA NARXLAR OʻZGARISHI USTIDAN SAMARALI NAZORATNI TAʼMINLASH CHORALARI | ||||
|
14. |
Mahsulot bozorlarida ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning Davlat reyestriga kiritilgan mahsulotlar va xizmatlar narxlarini (tariflar) deklaratsiya qilish (tasdiqlash) amaliyotini 2017 — 2021-yillarda bosqichma-bosqich bekor qilishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Hukumat qarori loyihasi |
2017-yil IV chorak |
Moliya vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi |
|
15. |
Haqiqatda yuzaga kelgan shart-sharoitlar va omillarni tanqidiy tahlil qilish asosida va mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning energiya sigʻimini kamaytirish, zarur infratuzilma va muhandislik-kommunikatsiya tizimini yaratish, shuningdek, ichki isteʼmol bozorida narxlarning oshishiga olib keluvchi boshqa asossiz xarajatlar va tizimli muammolarni bartaraf qilish orqali respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxini pasaytirish boʻyicha aniq takliflar tayyorlash. |
Hukumat qarori loyihasi |
2018-yil I chorak |
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat statistika qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar |
|
16. |
Inflyatsiya holatlari va kutilmalarni har tomonlama va faktlar asosida tahlil qilish imkonini beruvchi xalqaro tan olingan amaliyotga muvofiq takomillashgan hisob-kitob metodikasini joriy qilish va isteʼmol narxlari indeksini tuzish. |
Metodologik hujjat |
2017-yil IV chorak |
Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank |
|
17. |
Xorij tajribasini oʻrganish asosida inflyatsion kutilmalarni baholashning takomillashtirilgan metodologiyasini ishlab chiqish va tatbiq etish. |
Metodologik hujjat |
2017-yil IV chorak |
Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi |
|
18. |
Xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmagini jalb qilish orqali inflyatsiyaning darajasini prognozlashtirish va uni faktlar asosida tahlil qilishning takomillashtirilgan modeli va metodologiyasini ishlab chiqish. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
2017 — 2019 yillar |
Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi |
|
19. |
Amaldagi mavsumiy, iqlim omillari va jahon narxlarining oshishi, shuningdek, monetar boʻlmagan omillar bilan bogʻliq boʻlgan boshqa sabablar hisobiga narxlarning keskin oʻzgarishiga tezkor munosabat mexanizmini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli taʼminlashga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi” PQ-3082-son qarorida belgilab berilgan vazifalarni bajarish doirasidagi choralarni kuchaytirish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
Doimiy asosda |
Ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turi narxlarini monitoring va nazorat qilish boʻyicha Respublika va doimiy amal qiluvchi hududiy komissiyalar rahbarlari |
|
III. IJTIMOIY-IQTISODIY KOʻRSATKICHLAR SHAFFOFLIGINI YANADA OSHIRISH VA JAMOATCHILIK BILAN ALOQALARNI RIVOJLANTIRISH CHORALARI | ||||
|
20. |
Iqtisodiy siyosatning transparentligini oshirish va Xalqaro valyuta fondining “Maʼlumotlarni tarqatish umumiy tizimi” (MTUT) loyihasida ishtirok etish jarayonini qayta tiklash boʻyicha takliflar tayyorlash. |
Hukumat qarori loyihasi |
2017-yil IV chorak |
Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, vazirliklar va idoralar |
|
21. |
Davlat moliyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning shaffofligini yanada oshirish maqsadida ularni davlat sektorida hisobga olish Xalqaro standartlariga muvofiq, rasmiy saytlar va rasmiy bosma nashrlarda har chorakda eʼlon qilish. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
2017-yil IV chorak |
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank |
|
22. |
Pul-kredit siyosati va bank tizimi sohasida olib borilayotgan islohotlarni keng yoritish maqsadida jamoatchilik bilan aloqalarni takomillashtirish va rivojlantirish. |
OAV vakillari bilan uchrashuvlar va intervyular tashkil etish, press-relizlar tayyorlash |
Muntazam asosda |
Markaziy bank, Oʻzbekiston Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari |
|
23. |
Pul-kredit siyosatining har chorakda umumlashtirilgan maʼlumotini byulleten koʻrinishida chop etish bilan birga Markaziy bank axborot-tahliliy nashrlari roʻyxatini kengaytirish. |
Markaziy bank axborot-tahliliy nashrlari |
2018-yildan boshlab har chorakda |
Markaziy bank, Oʻzbekiston Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari |
|
IV. XALQARO MOLIYA TASHKILOTLARI VA CHET EL MARKAZIY BANKLARI BILAN HAMKORLIK QILISH | ||||
|
24. |
Mutaxassislar malakasini oshirishni tashkil etish va inflyatsiyaviytargetlash rejimiga oʻtish choralari doirasida seminar-treninglarda ishtirok etish orqali maslahatlashuv uchun xalqaro ekspertlarni jalb etish, yetakchi xalqaro moliyaviy institutlar texnik koʻmagini jalb qilish. |
Seminar-treninglarda ishtirok etishva XVF, Butunjahon banki, OTB va boshqalar texnik koʻmagini jalb qilish |
2017 — 2021 yillar |
Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi |
|
25. |
Pul-kredit siyosatini olib borish sohasidagi tajribasini oʻrganish maqsadida xorij markaziy banklari bilan hamkorlik oʻrnatish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan xorij markaziy banklari oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum |
2017 — 2019 yillar davomida |
Markaziy bank |