O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
AYRIM KOMISSIYALARNING TARKIBLARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1. Ayrim respublika komissiyalarining yangilangan tarkiblari 1—9 ilovalarga* muvofiq tasdiqlangan.
* 1—9 ilovalar berilmaydi.
2. Belgilab qo‘yilsinki, komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tishganida ularning lavozimiga yangi tayinlangan shaxslar shu komissiyalarning tarkibiga kiritiladilar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10-ilovasiga muvofiq farmon va farmoyishlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 29-sentabr,
PF-2720-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 29-sentabrdagi PF-2720-son Farmoniga
10-ILOVA
10-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan farmon va farmoyishlari
ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 27-maydagi PF-2000-son Farmonining ilovasi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 10-iyundagi PF-2326-son Farmonining ilovasi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 23-iyuldagi PF-2342-son Farmonining ilovasi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 3-apreldagi PF-2570-son Farmonining ilovasi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 3-apreldagi PF-2571-son Farmonining ilovasi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 26-apreldagi PF-2595-son Farmonining 1-ilovasi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 2-iyundagi PF-2612-son Farmonining 7-ilovasi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 29-oktabrdagi F-776-son Farmoyishining ilovasi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 27-maydagi F-855-son Farmoyishining ilovasi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 17-apreldagi F-1150-son Farmoyishining 1-bandi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 13-iyuldagi F-1204-son Farmoyishining ilovasi.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 9-10-son, 275-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son)