Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Iqtisodiyot va soliq sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-sonli “Budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Prokuratura, ichki ishlar, Davlat soliq qoʻmitasi organlari, boshqa huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan iqtisodiyot va soliq sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish, soliqlar va toʻlovlarning davlat budjetiga toʻliq tushishini taʼminlash, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar va soliqqa oid qonunlar buzilishining oldini olish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Soliq sohasidagi qonun buzilishlariga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan koʻrilayotgan tezkor chora-tadbirlar natijasida soliqlar va majburiy toʻlovlarni toʻlashdan bosh tortish, aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarni noqonuniy ishlab chiqarish va sotish hamda boshqa iqtisodiy jinoyatlar bilan bogʻliq holatlar muntazam ravishda aniqlanmoqda.
Shu bilan birga, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi tezkor bosh boshqarma faoliyati ushbu xizmat oldiga qoʻyilgan talablarga toʻliq javob bermaydi:
ishda batartiblik va izchillik yoʻq, saʼy-harakatlarning mayda buzilishlar va jinoyatlarga qarshi kurashga tarqoq holda yoʻnaltirilishiga yoʻl qoʻyilmoqda, korrupsiya, iqtisodiy va soliqqa oid jinoyatlarni keltirib chiqaruvchi muhim sabablarni topish va cheklash mahorati yetishmayapti;
bevosita soliq xizmatlari, tergov organlari, tezkor-qidiruv boʻlinmalari xatti-harakatlarida lozim darajali va zarur aloqa, uygʻunlik yoʻq, natijada qonun normalarining yoʻl qoʻyilgan buzilishlari uchun jazo muqarrarligi prinsipining bajarilishiga erishilmayapti;
kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va almashtirib turishning amaldagi tizimi jiddiy yaxshilashni talab qiladi.
Iqtisodiyot va soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Soliq sohasidagi qonun buzilishlariga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasi bazasida va uning mavjud shtatdagi xodimlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) va uning joylardagi boʻlinmalari tashkil etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tuzilmasidagi Soliq sohasidagi qonun buzilishlariga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tugatilsin, boʻshaydigan 1172 nafar shtat yangi tashkil etilayotgan Departament tarkibiga berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Departament Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi ixtisoslashtirilgan mustaqil organ hisoblanadi, soliq intizomini mustahkamlash sohasida tezkor-tahliliy, qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, soliqqa oid jinoyatlarni va qonun buzilishlariga qarshi kurashish, davlatga yetkazilgan iqtisodiy zararni undirib olish uning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari etib belgilansin:
soliqqa oid jinoyatlar va qonun buzilishlarini aniqlash, oldini olish va bartaraf etish;
soliq siyosati amalga oshirilishini taʼminlash, soliqqa tortish bazalarini kengaytirish, soliq toʻlovchilarning qamrab olinishi va hisobining toʻliqligini taʼminlash, naqd pul mablagʻlari muomalada boʻlishi belgilangan tartibi buzilishlarining oldini olish;
soliqlarni toʻlashdan bosh tortish, qochishning mumkin boʻlgan kanallari va mexanizmlarini, yashirin iqtisodiyotning shakllanish yoʻllarini, korrupsiya hollarini aniqlashga yoʻnaltirilgan samarali tezkor-tahliliy, qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;
normativ-huquqiy bazani, eng avvalo soliqqa oid qonun buzilishlarining oldini olish va bartaraf etish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
odamlarning huquqiy ongini mustahkamlash, fuqarolarda iqtisodiy faoliyat va soliq siyosatini amalga oshirish sohasidagi konstitutsiyaviy normalarni hamda amaldagi qonun hujjatlarini bajarishning zarurligi tushunchasini shakllantirish;
aholida soliqlarni toʻlashdan bosh tortganlik, iqtisodiyot, soliq sohasida sodir etilgan jinoyatlar uchun jazoning muqarrarligi tushunchasini tarbiyalash.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Belgilab qoʻyilsinki, Departament oldidagi vazifalarning bajarilishi soliq sohasidagi qonun buzilishlarini oldini olish, aniqlash va bartaraf etish tadbirlarini amalga oshirish, jinoiy ishlar qoʻzgʻatish, ularni sudda koʻrib chiqish, maʼmuriy tartibda jarimalar solish, yetkazilgan zararni undirish yoʻli bilan roʻyobga chiqariladi.
Departament va uning joylardagi boʻlinmalari ishi koʻrib chiqilgan va qoʻzgʻatilgan jinoiy ishlar soniga emas, balki eng avvalo profilaktika ishlarining samaradorligi va undirilgan zarar miqdoriga qarab baholansin.
Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarishda:
soliq sohasidagi qonun buzilishlarini aniqlash, oldini olish va bartaraf etish, tegishli taftishlar oʻtkazish boʻyicha Davlat soliq qoʻmitasi va, eng avvalo, uning viloyat va tuman boʻlinmalari bilan har oylik va har choraklik tadbirlar rejalari asosida;
tezkor axborot ayirboshlash, soliqlarni toʻlashdan bosh tortgan va soliqqa oid jinoyatlar sodir etgan shaxslarni qidirish va ushlash boʻyicha ichki ishlar organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Belgilansinki, jinoiy ishni qoʻzgʻashdan tortib uni sudda koʻrib chiqishgacha boʻlgan jarayonda soliqqa oid jinoyatlarni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha protsessual harakatlarning ketma-ketligi va izchilligi Departament va uning hududiy boʻlinmalarining iqtisodiy va soliq sohasidagi jinoyatlar boʻyicha jinoiy ishlarni koʻrib chiqayotgan, sudda ular boʻyicha davlat aybnomasini qoʻllab-quvvatlovchi barcha darajalardagi prokuratura organlari bilan uzviy oʻzaro hamkorligi va harakatlarni muvofiqlashtirishi natijasida taʼminlanadi.
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasiga va uning joylardagi organlariga:
birinchi navbatda, iqtisodiyot va soliqqa oid jinoyatlar faktlari boʻyicha jinoiy ishlarni oʻz vaqtida tekshirish, bunda uni qoʻzgʻash vaqtidan boshlab sud tomonidan qaror chiqarilgungacha boʻlgan davrda jinoiy ishni koʻrib chiqish muddatlarini mumkin qadar qisqartirishni nazarda tutgan holda ularni tezda sudga oshirish masalalari;
iqtisodiyot va soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish davomida qonunchilikka, jinoiy, jinoiy-protsessual, fuqarolik va fuqarolik-protsessual kodekslar normalariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan umumiy nazoratni amalga oshirish yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Departamentga lavozimi boʻyicha Bosh prokuror oʻrinbosariga tenglashtiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan Departament boshligʻi boshchilik qiladi;
Departament boshligʻining oʻrinbosari lavozimga Departament boshligʻi taqdimnomasiga binoan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Bosh prokuror tomonidan tayinlanadi;
Departamentning hududiy boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, tuman va shahar boʻlimlari boshliqlari tegishli lavozimlarga Departament boshligʻining taqdimnomasiga binoan Bosh prokuror tomonidan tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tashkiliy-shtat tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari huzuridagi soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmalarining, shuningdek tuman (shahar) prokuraturasi huzuridagi soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish tuman (shahar) boʻlimlarining namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmalari 2, 2a, 3, 3a- ilovalarga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Departament xodimlarining darajali maxsus unvonlari, shuningdek egallab turilgan lavozimlar boʻyicha darajali maxsus unvonlari 4 va 4a-ilovalarga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti toʻgʻrisidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi Nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Iqtisodiyot va soliq sohasidagi jinoyatlar boʻyicha jinoiy ishlarning oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqilishini taʼminlash maqsadida:
Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasining Iqtisodiy jinoyat va korrupsiyaga qarshi kurashish bosh boshqarmasi, shuningdek Tashqi iqtisodiy faoliyatdagi korrupsiya, oʻgʻirliklar va boshqa suiisteʼmollarga qarshi kurashish boshqarmasi bazasida Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasining Iqtisodiy jinoyat va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi;
Keyingi tahrirga qarang.
hududiy va ularga tenglashtirilgan prokuratura organlarining iqtisodiy jinoyat va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimlari, shuningdek tashqi iqtisodiy faoliyatdagi korrupsiya, oʻgʻirliklar va boshqa suiisteʼmollarga qarshi kurashish boʻlimlari bazasida hududiy va ularga tenglashtirilgan prokuratura organlarining iqtisodiy jinoyat va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimlari tashkil etilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasining Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi hamda prokuratura hududiy organlarining tegishli boʻlimlariga ham Departament, ham boshqa idoralar, huquqni muhofaza qilish organlari va Prokuraturaning oʻzi tomonidan qoʻzgʻatilgan iqtisodiy hamda soliqqa oid jinoyatlar boʻyicha jinoiy ishlarni koʻrib chiqish vazifasi yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasining shtatdagi xodimlarining cheklangan soni 11 kishi, hududiy hamda ularga tenglashtirilgan prokuratura organlari iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimlari boʻyicha 4—6 kishi (Toshkent shahar prokuraturasida 7 kishigacha) etib belgilansin.
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasining Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish bosh boshqarmasini, shuningdek Tashqi iqtisodiy faoliyatda korrupsiya, oʻgʻirliklar va boshqa suiisteʼmollarga qarshi kurashish boshqarmasini qayta tashkil etish natijasida boʻshab qoladigan 18 kishidan iborat shtatdagi xodimlar soni prokuratura hududiy organlarining tergov boʻlinmalarini mustahkamlashga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi (R. Qodirov), Moliya vazirligi (M. Nurmurodov) soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlinmalari taʼminoti xarajatlari smetasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi (R. Qodirov) Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi (R. Azimov), Moliya vazirligi (M. Nurmurodov) va Davlat soliq qoʻmitasi (B. Xoʻjayev) bilan birgalikda Departamentni va uning hududiy boʻlinmalarini transport, maxsus texnika va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Departamentni hamda uning joylardagi boʻlinmalarini zarur binolar va xonalar bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
12. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi (R. Azimov) va Moliya vazirligi (M. Nurmurodov) Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasining asoslangan hisob-kitoblariga binoan ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlar ajratsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Davlat soliq qoʻmitasi soliq sohasidagi qonun buzilishlariga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasiga va uning hududiy boʻlinmalariga tegishli boʻlgan bino, avtotransport, tashkiliy texnika, mebel va boshqa moddiy-texnika vositalarini Departament balansiga bersin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi (R. Qodirov) ikki oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari boʻlinmalarining tashkiliy-shtat tuzilmasini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Departament rahbariyati bilan birgalikda uning apparatini va joylardagi boʻlinmalarini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlasin;
Adliya vazirligi (A. Polvon-zoda) bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar tayyorlasin;
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (S. Gʻulomov) va Davlat soliq qoʻmitasi (B. Xoʻjayev) bilan birgalikda 2002/2003 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi soliq va bojxona organlari akademiyasining “Soliqlar va soliqqa tortish” fakultetiga Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti uchun tinglovchilar qabul qilish boʻyicha takliflar kiritsin;
Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov) bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bazasida Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boʻlinmalari xodimlarini qayta tayyorlashni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Hukumatning 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. Xudoybergenov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 6-iyul,
291-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tashkiliy-shtat tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar prokuraturalari
huzuridagi soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish
boshqarmalarining namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi
huzuridagi soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish
boshqarmalarining namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Toshkent shahar prokuraturasi huzuridagi soliqqa
oid jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasining
tashkiliy-shtat tuzilmasi
oid jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasining
tashkiliy-shtat tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Tuman (shahar) prokuraturasi huzuridagi soliqqa oid
jinoyatlarga qarshi kurashish tuman (shahar) boʻlinmalarining
namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi
jinoyatlarga qarshi kurashish tuman (shahar) boʻlinmalarining
namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Toshkent shahridagi tuman prokuraturasi huzuridagi soliqqa
oid jinoyatlarga qarshi kurashish tuman boʻlimlarining
namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi
oid jinoyatlarga qarshi kurashish tuman boʻlimlarining
namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi
Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
hamda uning hududiy boʻlinmalari xodimlarining
darajali maxsus unvonlari
Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
hamda uning hududiy boʻlinmalari xodimlarining
darajali maxsus unvonlari
Keyingi tahrirga qarang.
I. Oliy darajali maxsus unvonlar
2-darajali Davlat adliya maslahatchisi
3-darajali Davlat adliya maslahatchisi
II. Yuqori darajali maxsus unvonlar
Adliya katta maslahatchisi
Adliya maslahatchisi
Adliya kichik maslahatchisi
III. Quyi darajali maxsus unvonlar
1-darajali yurist
2-darajali yurist
3-darajali yurist
Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi
Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
hamda uning hududiy boʻlinmalari xodimlarining
darajali maxsus unvonlari
Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
hamda uning hududiy boʻlinmalari xodimlarining
darajali maxsus unvonlari
Keyingi tahrirga qarang.
|
Asosiy lavozimlar nomi |
Darajali maxsus unvonlar |
| Departament boshligʻi | 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi — 2-darajali Davlat adliya maslahatchisi |
| Departament boshligʻining oʻrinbosari | Adliya katta maslahatchisi — 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi |
| Departament markaziy apparati boshqarmalari boshliqlari, boshqarmalar boshliqlarining oʻrinbosarlari, boʻlim (boʻlinma)lar boshliqlari, Departamentning hududiy boshqarmalari boshliqlari | Adliya katta maslahatchisi |
| Hududiy boshqarmalar boshliqlarining oʻrinbosarlari, boʻlim (boʻlinma)lar boshliqlari, boʻlimlar boshliqlarining oʻrinbosarlari | Adliya maslahatchisi |
| Departament hamda hududiy boshqarmalarning katta inspektorlari, inspektorlari, bosh surishtiruvchilari, katta surishtiruvchilari, bosh taftishchilari, katta taftishchilari, tuman boʻlinmalari boʻlim boshliqlari | Adliya kichik maslahatchisi |
| Tuman boʻlinmalaridagi katta surishtiruvchilar, surishtiruvchilar, katta inspektorlar, inspektorlar, katta taftishchilar, taftishchilar, kichik inspektorlar (darajali maxsus unvonni egallab turish muddatiga qarab) | 3-darajali yurist 2-darajali yurist 1-darajali yurist |
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi Soliqqa
oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti toʻgʻrisida
oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti toʻgʻrisida
nizom
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyatining huquqiy asoslarini, vazifalari va funksiyalarini, tizimi va tuzilmasini, vakolatlari va javobgarligini belgilab beradi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (keyingi oʻrinlarda “Departament” deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi mustaqil ixtisoslashtirilgan huquqni muhofaza qilish organi hisoblanadi, soliqqa oid jinoyatlarga va huquq buzilishlariga qarshi kurashish sohasida tezkor-tahliliy, qidiruv ishlarini tashkil etish va oʻtkazish, soliq intizomini mustahkamlash uning asosiy maqsadi hisoblanadi.
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, “Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida xizmatni oʻtash toʻgʻrisida”gi Nizomga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
II. Departamentning asosiy vazifalari
4. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
soliqqa oid jinoyatlar va huquqni buzishlarni aniqlash, ularning oldini olish va ularga barham berish;
soliq siyosati amalga oshirilishini taʼminlash, soliq solish bazasini kengaytirish, soliq toʻlovchilar toʻliq qamrab olinishi va hisobga olinishi, naqd pul mablagʻlari muomalasining belgilangan tartibi buzilishiga barham berish;
soliq toʻlashdan boʻyin tovlash, qochishning ehtimol tutilgan yoʻllari va mexanizmlarini, yashirin iqtisodiyot, korrupsiya hollari shakllanishi yoʻllarini aniqlashga qaratilgan samarali tezkor-tahlil, qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish;
normativ-huquqiy bazani, eng avvalo soliqqa oid huquqni buzishlarning oldini olish va profilaktikasi sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
odamlarning huquqiy ongini mustahkamlashga doir muntazam ish olib borish, fuqarolarda iqtisodiy faoliyat va soliq siyosatini amalga oshirish sohasida konstitutsiyaviy normalar va amaldagi qonun hujjatlari bajarilishi zarurligini tushunishni shakllantirish;
aholida soliq toʻlashdan boʻyin tovlash, iqtisodiy, soliq sohasida jinoyatlar sodir etganlik uchun jazoning muqarrarligini tushunishni tarbiyalash.
III. Departamentning asosiy funksiyalari
Departament oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
5. Tezkor-qidiruv faoliyati sohasida:
a) quyidagilar mexanizmini oʻrganadi va aniqlaydi:
ishlab chiqarish, foyda (daromad) hajmlarini yashirish, sotilgan mahsulot, tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmlarini pasaytirish;
xoʻjalik subyektlari tomonidan hisobga olinmagan (tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlmagan) mahsulotlar (tovarlar) sotilishi;
“xufyona iqtisodiyot” tugʻilishi, qaror topishi va faoliyat koʻrsatishi, uning rivojlanishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlar;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarning davlat soliq inspeksiyalarida hisobga turishdan boʻyin tovlashi;
b) quyidagilarni amalga oshiradi:
naqd pul muomalasiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan naqd pul mablagʻlari aylanishining qonun hujjatlarida belgilangan tartibi buzilishini, shuningdek aksiz soligʻi solinadigan tovarlarning gʻayriqonuniy ishlab chiqarilishi va aylanishini aniqlash, oldini olish va barham berishga doir maxsus tadbirlarni;
soliqlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlashdan, soliq organlariga hisobotlar, soliq deklaratsiyalari va hisob-kitoblar taqdim etishdan qasddan boʻyin tovlovchi soliq toʻlovchilarning turar joyini aniqlashga doir tezkor-qidiruv tadbirlarini.
6. Soliq haqidagi qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish sohasida:
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan budjetga soliqlar va toʻlovlar toʻgʻri hisoblab chiqilishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishini tekshirish yoʻli bilan soliq haqidagi qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarni muqobil tekshiradi: tekshirilayotgan (taftish qilinayotgan) tashkilotdagi hujjatlar va maʼlumotlarni pul mablagʻlari, moddiy boyliklar va hujjatlar olingan yoki ular berilgan tashkilotlardagi yozuvlar, hujjatlar va maʼlumotlar bilan solishtirish;
qonun hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining oʻz majburiyatlarini nohalol bajarishi hollarini aniqlash maqsadida davlat soliq xizmati organlarini nazorat tartibida tekshirishni tashkil etadi.
7. Surishtiruv olib borish sohasida:
jinoiy ishlar qoʻzgʻaydi, soliqqa oid jinoyatlar sodir etilishi hollari yuzasidan surishtiruvgacha tekshirishlarni tashkil etadi va olib boradi;
Departamentning hududiy boʻlinmalarida soliqqa oid jinoyatlar boʻyicha surishtiruv olib borilishini nazorat qiladi.
8. Tashkiliy-nazoratni taʼminlash sohasida:
soliq va iqtisodiy sohada huquqni buzishlarni aniqlash, oldini olish va barham berishga qaratilgan rejali, rejadan tashqari tadbirlar va boshqa tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishiga doir tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
oʻz hududiy boʻlinmalarining faoliyatini ijro va xizmat intizomiga, amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan ular tomonidan oʻz funksional majburiyatlari bajarilishi boʻyicha idoraviy tekshirishlar oʻtkazadi.
9. Kadrlar bilan taʼminlash sohasida:
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, Departament va uning joylardagi boʻlinmalari kadrlari zaxirasini shakllantirishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Departament va uning hududiy boʻlinmalari jamoasida sogʻlom maʼnaviy-psixologik muhit yaratishga doir tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi, Departament xodimlarining kasb tayyorgarligi va ijtimoiy muhofazasi tashkil etilishini taʼminlaydi.
10. Axborot-tahliliy ishlar, muvofiqlashtirish va huquqiy taʼminlash sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini taʼminlashga doir qonun hujjatlari qoʻllanilishi amaliyotini umumlashtiradi, qonunlarni va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi va Bosh prokurorga kiritadi;
soliq haqidagi qonunlar buzilishi hollarini yigʻadi, tahlil qiladi va baholaydi, tegishli organlarga iqtisodiy jinoyatlar va boshqa soliqqa oid jinoyatlar sodir etilishiga olib keluvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
tezkor-xizmat faoliyatini axborot-tahliliy taʼminlaydi;
iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar natijalari va ularga qarshi kurashish muammolari toʻgʻrisida prokuratura rahbariyatiga axborot beradi;
Departament va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini takomillashtirishga doir uslubiy ishlarni olib boradi;
xodimlarni oʻqitishni, shu jumladan ishda zamonaviy fan yutuqlari va yangi texnologiyalardan foydalanishni tashkil etadi va amalga oshiradi.
IV. Departamentning tuzilmasi va uning ishini tashkil etish
11. Departament quyidagi boʻlinmalardan iboratdir:
Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish va axborot-tahliliy taʼminlash boshqarmasi;
Soliqqa oid jinoyatlarni aniqlash, bartaraf qilish va oldini olish boʻlimi;
Soliqqa oid jinoyatlarni surishtirish boʻlimi;
Hujjatli tekshirishlar boʻlimi;
Normativ-huquqiy baza boʻlinmasi;
Shaxsiy tarkib boʻyicha inspeksiya;
Kadrlar boʻlimi;
Moliya-xoʻjalik boʻlinmasi;
Departamentning hududiy boʻlinmalari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari huzuridagi soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmalari, shuningdek tuman (shahar) prokuraturalari huzuridagi soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish tuman (shahar) boʻlimlari).
12. Departamentga lavozimiga koʻra Bosh prokurorning oʻrinbosariga tenglashtirilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan Departament boshligʻi boshchilik qiladi.
Departament boshligʻining oʻrinbosari lavozimga Departament boshligʻi taqdimnomasiga binoan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Bosh prokuror tomonidan tayinlanadi.
Hududiy boshqarmalar boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, Departamentning tuman va shahar boʻlimlari boshliqlari tegishli lavozimlarga Departament boshligʻining taqdimnomasiga binoan Bosh prokuror tomonidan tayinlanadi.
13. Departament mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi, bank muassasalarida hisob-kitob, joriy hisob raqamlariga va boshqa hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasining gerbi tasvirlangan va Departamentning nomi toʻliq yozilgan muhrga egadir.
V. Departament va uning hududiy boʻlinmalarining huquq va majburiyatlari
14. Departament va uning hududiy boʻlinmalari oʻzlariga yuklangan vazifalarga va bajaradigan funksiyalariga muvofiq quyidagi huquqlarga egadir:
soliqlar, yigʻimlar va budjetga boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha hisob va hisobot buzilishi hollari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organlari boʻlinmalarining telekommunikatsiya vositalari va maʼlumotlar kompyuter bazalari, shuningdek soliq toʻlovchilarning hujjatlari bilan qonunda belgilangan tartibda tanishish;
soliq organlari va boshqa organlar xodimlari tomonidan huquqni buzishlar yashirilishi toʻgʻrisida ishonchli maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda qonunda belgilangan tartibda takroriy tekshirishlarni amalga oshirish;
soliqqa oid jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha surishtiruvgacha tekshirishlarni amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet ellik fuqarolarni va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Departament boʻlinmalari vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tushuntirishlar, maʼlumotnomalar, maʼlumotlar olish uchun taklif qilish;
agar fuqarolar va mansabdor shaxslar soliq sohasida jinoyat sodir etganlikda shubhalanish uchun yetarli asoslar mavjud boʻlsa belgilangan tartibda ularning zarur hujjatlarini tekshirish;
vazirliklar, idoralar, banklardan, shuningdek mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan, jismoniy shaxslardan Departamentga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun zarur boʻlgan axborotni talab qilish, bunday axborot olishning qonun tomonidan maxsus tartibi belgilangan hollar bundan mustasno. Departament tomonidan olingan axborotdan faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi va u oshkor qilinishi mumkin emas;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar (soliq toʻlovchilar)ning daromad (foyda) olish uchun foydalaniladigan yoxud soliq solish obyektlarini saqlash bilan bogʻliq boʻlgan ishlab chiqarish, ombor, savdo binolarini va boshqa binolari va joylarini ularning joylashgan joyidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar tekshirish, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlarni nazorat tartibida oʻlchash, tovar-moddiy boyliklarni xatlash;
qurilish, montaj, tuzatish ishlari va boshqa ishlarni nazorat tartibida oʻlchash uchun belgilangan tartibda mutaxassislarni jalb etish;
tekshirish, tadqiq etish va ekspertiza oʻtkazish uchun tovarlar, buyumlar, xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlar namunalarini, shuningdek hujjatlarni olib qoʻyish.
Bundan tashqari, qonun hujjatlariga muvofiq Departament va uning hududiy boʻlinmalari:
yuridik va jismoniy shaxslardan ular faoliyatiga tegishli maʼlumotlar, maʼlumotnomalar, hujjatlarni va ularning nusxalarini;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar (soliq toʻlovchilar)ning hisob-kitob raqamlari va boshqa raqamlari bilan sodir etilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi bank va boshqa kredit-moliya muassasalari maʼlumotlarini;
bojxona organlari va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligidan import-eksport operatsiyalarining bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va xoʻjalik yurituvchi subyektlar (soliq toʻlovchilar) toʻgʻrisidagi boshqa axborotni olish huquqiga egadir.
16. Departament xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlar ham beriladi.
17. Departament xodimlari davlat, xizmat, tijorat sirini, jismoniy shaxslarning omonatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sirini va ular oʻz xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida olgan boshqa axborotni sir saqlashlari kerak. Sir oshkor qilingan taqdirda xodim qonunda belgilangan tartibda javob beradi.
18. Departament berilgan vakolatlarga muvofiq oʻz hududiy boʻlinmalari faoliyati ustidan ular faoliyatining butun doirasi boʻyicha tezkor nazoratni amalga oshiradi.
19. Bosh prokuror va unga boʻysunuvchi prokurorlar Departament boʻlinmalari va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan tushadigan xabarlar va arizalar hisobga olinishi, roʻyxatdan oʻtkazilishi va koʻrib chiqilishining belgilangan tartibiga rioya qilinishiga, tekshirishlar, surishtiruvlar va ular bilan bogʻliq protsessual harakatlar amalga oshirilishi, soliq haqidagi qonunlar bajarilishi tekshirilishi hamda prokurorning vakolatiga tegishli boʻlgan boshqa masalalar materiallari boʻyicha qabul qilinadigan qarorlarning qonuniyligiga rioya qilish boʻyicha faoliyati ustidan nazorat qilinishini taʼminlaydilar.
VI. Prokuratura organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish
20. Soliqqa oid jinoyatlarni aniqlash va ularga barham berish boʻyicha protsessual harakatlarning jinoiy ish qoʻzgʻashdan boshlab uni sudda koʻrib chiqishga qadar uzviyligi va izchilligi Departament va uning hududiy boʻlinmalarining iqtisodiy va soliq sohasidagi jinoyatlar boʻyicha jinoiy ishlarni tergov qiladigan, sudda ular boʻyicha davlat ayblovini qoʻllab-quvvatlaydigan barcha darajalardagi prokuratura organlari bilan mustahkam oʻzaro hamkorligi va xatti-harakatlarni muvofiqlashtirishi natijasida taʼminlanadi.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasiga va uning joylardagi organlariga:
birinchi navbatda, iqtisodiy va soliq jinoyatlari hollari boʻyicha jinoiy ishlarni oʻz vaqtida tergov qilish masalalari, ularning tezroq sudga berilishi yuklanadi, bunda jinoiy ish qoʻzgʻatilgan paytdan boshlab sud qarori qabul qilingunga qadar jinoiy ishni koʻrib chiqish muddatlarini eng koʻp darajada qisqartirish nazarda tutiladi;
iqtisodiy va soliq jinoyatlariga qarshi kurash olib borish davomida qonuniylikka va jinoyat, jinoyat-protsessual, fuqarolik va fuqarolik-protsessual kodekslar normalariga rioya etishni umumiy nazorat qilish yuklanadi.
22. Departament Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan belgilangan muddatlarda Departament va uning hududiy boʻlinmalarining ishi toʻgʻrisidagi hamda soliq sohasida qonuniylikning holati haqida hisobot, axborot va hisobga olish-tahliliy maʼlumotlar taqdim etilishini taʼminlaydi.
23. Soliq solish va budjetga toʻlovlar sohasida qonuniylikning holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladigan Departament tadbirlarini joriy va istiqbolli rejalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
24. Bosh prokurorning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan buyruqlari va koʻrsatmalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi hayʼatining Departament va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini tashkil etish masalalari boʻyicha qarorlari Departament va uning hududiy boʻlinmalarining barcha xodimlari tomonidan soʻzsiz bajarilishi kerak.
25. Soliq va budjet sohalarida qonuniylikni mustahkamlash, daromadlar va soliq solish obyektlari hisobga olishdan yashirilganligi, soliqlar va budjetga boshqa majburiy toʻlovlar toʻlashdan boʻyin tovlanganligi uchun jazoning muqarrarligi tamoyilini taʼminlash boʻyicha qoʻshma tadbirlar amalga oshirilishida Departament va uning hududiy boʻlinmalarining prokuratura organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilishi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tasdiqlanadi.
VII. Davlat soliq xizmati organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish
26. Departament davlat soliq xizmati organlari bilan quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qiladi:
soliqqa oid huquqni buzishlarni aniqlash, oldini olish va ularga barham berish, profilaktika boʻyicha oylik, choraklik va yillik tadbirlarga muvofiq tegishli taftishlar oʻtkazilishini tashkil etish;
prognoz koʻrsatkichlar bajarilishida, soliqlar va budjetga boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha muddatida toʻlanmagan toʻlovlarni undirishda davlat soliq inspeksiyalariga koʻmaklashish;
soliqqa oid huquqni buzishlarni aniqlash, oldini olish va ularga barham berish boʻyicha qoʻshma reydlar oʻtkazish;
tezkor ahamiyatli axborotni ayirboshlash.
27. Oʻzaro hamkorlik Departamentning vazifalari, funksiyalari va majburiyatlari hisobga olingan holda belgilangan tartibda boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ham amalga oshiriladi.
VIII. Boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish
28. Departament boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishgan holda, prokuratura tomonidan amalga oshiriladigan qonuniylikni mustahkamlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha huquqni muhofaza qilish organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish doirasida:
boshqa huquqni muhofaza qilish organlarining tegishli xizmatlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashishning uzoq muddatli va joriy dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
soliqqa oid jinoyatlar boʻyicha qoʻzgʻatilgan jinoiy ishlarni tergov qilishga protsessual koʻmaklashish uchun masalalarning butun doirasi yuzasidan prokuraturaning boshqa boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qilishni taʼminlaydi;
prokuratura organlari bilan oʻzaro hamkorlikda Departament va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan qoʻzgʻatilgan jinoiy ishlar boʻyicha ular qoʻzgʻatilgan va tergov harakatlari oʻtkazilgan paytdan boshlab ishlar koʻrib chiqilishiga va sud instansiyalarida qaror qabul qilinishiga qadar nazoratni amalga oshiradi;
ichki ishlar organlari bilan birgalikda tezkor axborotni ayirboshlash, soliq toʻlashdan boʻyin tovlagan va soliqqa oid jinoyatlar sodir etgan shaxslarni qidirish va ushlash tadbirlarini amalga oshiradi;
huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda ushbu sohada huquqni buzishlarning holati toʻgʻrisidagi axborotni oʻzaro ayirboshlaydi.
IX. Departament xodimlarining javobgarligi
29. Departament xodimlari oʻz funksional vazifalari bajarilmaganligi yoxud zarur darajada bajarilmaganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javob beradilar.
30. Xodimlarni jinoiy javobgarlikka tortish masalasi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va “Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida xizmatni oʻtash toʻgʻrisida”gi Nizom bilan tartibga solinadi.
X. Departamentni tashkil etish va tugatish tartibi
31. Departament Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi va tugatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida xizmatni oʻtash toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga (keyingi oʻrinlarda “Departament” deb yuritiladi) xizmatga qabul qilish va Departamentda xizmatni oʻtash tartibini belgilab beradi.
Departamentda xizmat qilish qonuniylik, inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini hurmat qilish va ularga rioya etish, oshkoralik, nazorat qilinish va hisobot berish tamoyillariga muvofiq quriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Departament xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan formali kiyim-bosh kiyadilar. Ularga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilangan shakldagi xizmat guvohnomalari beriladi.
Xizmat guvohnomasi Departament xodimining shaxsini, uning lavozimi va darajali maxsus unvonini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
II. Departamentga xizmatga qabul qilish va uni oʻtash
3. Departamentda xizmat qilish uchun oliy yuridik, iqtisodiy, moliyaviy maʼlumotga ega boʻlgan hamda sogʻligʻiga koʻra xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlgan zarur kasb-kor va maʼnaviy fazilatlarga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Departamentda xizmatni oʻtashning ichki tartibi Departament boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi. Ishdan tashqari, dam olish va bayram kunlaridagi ish uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq haq toʻlanadi.
4. Departamentga birinchi marta xizmatga kiruvchi shaxslar uchun 3 oygacha boʻlgan sinov muddati belgilanadi.
Sinov muddati vaqti koʻp yillik xizmati uchun foiz ustamasi toʻlash va pensiya tayinlash huquqini beruvchi Departamentdagi ish stajiga qoʻshiladi.
Sinov muddatini oʻtayotgan shaxslar:
agar ularning qoʻyilayotgan talablarga nomuvofiqligi aniqlansa Departament boʻlinmalari rahbariyatining tashabbusi bilan;
xizmatga kirgan shaxsning tashabbusi bilan (oʻz xohishiga koʻra, oilaviy sharoitlar boʻyicha va boshqa uzrli sabablarga koʻra) Departamentdan xizmatdan boʻshatilishi mumkin.
5. Departament xodimini xizmatga qabul qilish va lavozimga tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki Departament boshligʻining vakolatlari doirasida ularning buyruqlari bilan rasmiylashtiriladi. Departamentning hududiy boshqarmalarida yordamchi shaxslar va texnik xodimlarni xizmatga qabul qilishni ushbu boshqarmalar boshliqlari amalga oshiradilar.
Xizmatga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruq xodimga imzo qoʻydirib eʼlon qilinadi.
6. Agar shaxs:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa;
sudning qarori bilan huquqiy layoqatsiz yoki huquqiy layoqati cheklangan deb eʼtirof etilgan boʻlsa;
sudlangan boʻlsa;
siyosiy partiyalar va harakatlar aʼzosi boʻlsa Departamentga xizmatga qabul qilinishi mumkin emas.
7. Departamentning attestatsiyadan oʻtkazilgan xodimlariga darajali maxsus unvonlar beriladi. Darajali maxsus unvonlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilanadi.
8. Departament xodimiga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda oʻrindoshlik boʻyicha ishlash taqiqlanadi, ijodiy, ilmiy va oʻqituvchilik faoliyati bundan mustasno.
9. Departament xodimlari lavozimlari roʻyxati Departament boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan shtat jadvali bilan belgilanadi.
10. Departament xodimi mazkur Nizomga ilovaga muvofiq qasamyod qabul qiladi. Qasamyod Departamentning rahbarlari va mansabdor shaxslari hozirligida tantanali vaziyatda qabul qilinadi.
Qasamyod yakka tartibda qabul qilinadi. Qasamyod qabul qiluvchi shaxs qasamyod matnini ovoz chiqarib oʻqiydi va unga imzo chekadi.
Qasamyod matni yozilgan imzolangan varaq xodimning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildida saqlanadi.
11. Departament xodimlarini xizmatda lavozimga koʻtarish ularning ishchanlik va shaxsiy fazilatlariga, ishning topshirilgan uchastkalarida erishilgan natijalarga va yuqori lavozim vazifalarini bajarish uchun namoyon qilingan qobiliyatlarga muvofiq, shuningdek attestatsiya xulosalarini amalga oshirish tartibida amalga oshiriladi.
12. Xodimning qoʻyiladigan talablarga xizmat boʻyicha muvofiqligini aniqlash maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda attestatsiya oʻtkaziladi.
Attestatsiya oʻtkazishda attestatsiyadan oʻtkazilayotgan mansabdor shaxsning kasb-kor boʻyicha yaroqliligi va egallab turgan lavozimiga muvofiqligi, shuningdek uning bundan buyon xizmat qilishiga va darajali maxsus unvon berishga doir takliflar koʻrib chiqiladi.
Lavozimiga Bosh prokurorning buyruqlari bilan tayinlanadigan xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori huzuridagi maxsus inspeksiya tomonidan, Departament boshligʻining buyruqlari bilan lavozimga tayinlanadigan xodimlar — Departamentning attestatsiya komissiyasi tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladi.
III. Darajali maxsus unvonlar
13. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq mazkur Nizom Departament xodimlariga darajali maxsus unvonlar belgilash va berish tartibini belgilab beradi.
14. Darajali maxsus unvon berish xodimning ishchanlik va shaxsiy fazilatlarini hisobga olgan holda va egallab turgan lavozimi va ish stajiga muvofiq izchil tartibda amalga oshiriladi.
15. Darajali maxsus unvonlar roʻyxati va ularning lavozimlarga muvofiqligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
16. Har bir darajali maxsus unvonda boʻlishning quyidagi muddatlari belgilanadi:
3 — darajali yurist — 2 yil
2 — darajali yurist — 2,5 yil
1 — darajali yurist — 3 yil
adliya kichik maslahatchisi — 3 yil
adliya maslahatchisi — 3,5 yil
Departament xodimlarining 2 va 3 - darajalardagi Davlat adliya maslahatchisi va adliya katta maslahatchisi unvonlarini egallab turish muddati belgilanmaydi.
17. 2 va 3-darajali davlat adliya maslahatchisi darajali maxsus unvonlar Bosh prokurorning taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
Boshqa darajadagi maxsus unvonlar Departament boshligʻining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan beriladi.
18. Boshqa huquqni muhofaza qilish organlarida va oʻzga tashkilotlardan Departamentga ishga oʻtgan xodimlarga darajali maxsus unvonlar ularning Departamentda tayinlangan lavozimi, oldingi unvoni va ish tajribasi hisobga olingan holda beriladi.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori quyidagi huquqlarga ega:
ayrim hollarda Departament xodimlariga xizmat majburiyatlarini namunali bajarganligi uchun Departament boshligʻining taqdimnomasiga koʻra navbatdagi darajali maxsus unvonlarni mazkur Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan muddat tugamasdan avval berish;
yuqoriroq lavozimga tayinlaganda Departament boshligʻining taqdimnomasiga koʻra unvonni navbatdan tashqari, lekin xodim egallab turgan unvondan koʻpi bilan ikki pogʻona yuqori unvon berish;
2 va 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi maxsus unvonini berish toʻgʻrisidagi taqdimnoma bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat etish.
20. Departamentning darajali maxsus unvonlar berilgan xodimlari mazkur unvonga umrbod ega boʻlib qoladilar. Xodim oʻzini badnom qiladigan qilmishi uchun Departamentdan boʻshatilganda darajali maxsus unvondan mahrum etilishi mumkin. Departament xodimi oʻz xizmat burchini qoʻpol ravishda buzgan taqdirda yoki noloyiq xulq-atvori uchun uning unvoni pasaytirilishi mumkin.
21. Departament xodimlarini oliy darajali maxsus unvonlardan mahrum etish yoki ularning oliy darajali maxsus unvonlarini pasaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, boshqa darajali maxsus unvonlardan mahrum etish yoki unvonni pasaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan amalga oshiriladi.
Departament xodimlarini darajali maxsus unvonlardan mahrum etish sudning hukmi boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
22. Departamentning darajali maxsus unvonlarga ega boʻlgan xodimlariga lavozim maoshlariga tegishli pul ustamalari toʻlanadi.
23. Departamentning darajali maxsus unvonga ega boʻlgan xodimlari xizmat vazifalarini bajarish davrida alohida koʻrinishdagi belgilar taqilgan maxsus libos kiyadilar. Oliy darajali maxsus unvonga va adliya katta maslahatchisi darajali maxsus unvonga ega boʻlib, pensiyaga chiqishi munosabati bilan xizmatdan boʻshagan Departament xodimlari alohida koʻrinishdagi belgilar taqilgan maxsus libosni kiyib yurish huquqini saqlab qoladi.
IV. Ragʻbatlantirish
24. Departament xodimlari xizmat vazifalarini vijdonan va namunali bajarganliklari, tashabbuskorligi va ishdagi tezkorligi uchun ragʻbatlantiriladilar.
25. Ragʻbatlantirishlarning quyidagi turlari mavjud:
tashakkurnoma;
pul mukofoti;
ilgari berilgan jazoni olib tashlash;
faxriy yorliq;
sovgʻa;
qimmatbaho sovgʻa;
belgilangan muddat toʻlishidan avval navbatdagi darajali maxsus unvon berish.
Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hamda Davlat organlari xodimlari kasaba uyushmalari uyushmasi Markaziy Qoʻmitasi va jamoat tashkilotlarining Faxriy yorligʻi bilan mukofotlash mumkin.
Departamentning xodimlari alohida xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
Ish haqi, boshqa mukofotlar, mehnatga haq toʻlash tizimida nazarda tutilgan qoʻshimcha haq va ustamalar ragʻbatlantirish turlariga kirmaydi.
Departament boshligʻiga oʻzining shaxsiy farmoyishi bilan oddiy xodimdan boshlab Departament boshligʻi oʻrinbosarigacha xodimlarning lavozim maoshlariga bir yillik lavozim maoshi miqdorida ragʻbatlantirish shaklida mukofotlash ustamalari belgilash huquqi beriladi. Ushbu masala boʻyicha alohida Nizom Moliya vazirligi bilan kelishiladi.
Departament va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini ragʻbatlantirish Departament faoliyati natijasi va u tufayli davlat budjeti olgan mablagʻlar miqdoridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Agar Departament tomonidan undirilgan va davlat budjetiga tushgan mablagʻlar Departamentning ish haqi fondi miqdoridan ortiq boʻlmasa va uning xodimlarining ish haqini qoplamasa xodimlariga mukofotlash ustamalari toʻlanmaydi.
26. Berilgan intizomiy jazo oʻz kuchini yoʻqotmagan xodimlarga nisbatan ragʻbatlantirish qoʻllanilmaydi.
27. Ragʻbatlantirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
tashakkurnoma eʼlon qilish, pul mukofoti, sovgʻa berish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Departament boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi;
qimmatbaho sovgʻa bilan mukofotlash, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Faxriy yorligʻini berish, belgilangan muddat toʻlishidan avval navbatdagi darajali maxsus unvon berish, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va kasaba uyushmalari uyushmasi Markaziy Qoʻmitasining Faxriy yorligʻini berish, Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan amalga oshiriladi.
28. Ragʻbatlantirish toʻgʻrisida buyruq chiqariladi va u Departamentning ragʻbatlantirilayotgan xodimiga eʼlon qilinadi. Zarur hollarda esa Departamentning barcha xodimlari eʼtiboriga yetkaziladi. Ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi xodimning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildiga tikib qoʻyiladi.
V. Intizomiy jazolar
29. Departament xodimlariga nisbatan intizomiy jazo oʻz xizmat vazifasini bajarmaganligi, yoxud lozim darajada bajarmaganligi yoki Departament xodimi degan nomga dogʻ tushiradigan nojoʻya xatti-harakat sodir etganligi uchun qoʻllaniladi.
30. Quyidagilar intizomiy jazolar hisoblanadi:
hayfsan;
oʻrtacha oylik ish haqining ellik foizidan ortiq boʻlmagan miqdordagi jarima;
lavozimini pasaytirish;
darajali maxsus unvonini bir pogʻona pasaytirish;
xizmat majburiyatlari bir marta qoʻpol ravishda buzilganligi uchun xizmatdan boʻshatish.
Quyidagilar xizmat vazifasini bir marta qoʻpol ravishda buzish hisoblanadi:
uzrli sabablarsiz progul (shu jumladan ish kuni mobaynida uch soatdan ortiq xizmatda boʻlmaslik);
xizmatga mast holda kelish, teng ravishda ish joyida spirtli ichimliklar ichish;
jinoiy jazolanadigan qilmish yoki xatti-harakat sodir etish;
Departament xodimining Qasamyodini buzish.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Departamentning xizmatga qabul qilish huquqi uning vakolatiga kiruvchi xodimlariga nisbatan intizomiy jazoning barcha turlarini qoʻllashga haqlidir. Departament boshligʻi va hududiy boshqarmalar boshliqlari Departament yoki hududiy boʻlinmalar xodimlariga nisbatan intizomiy jazolarni mazkur Nizomning 30-bandida nazarda tutilgan hayfsan va jarima shaklida qoʻllashlari mumkin. Bundan tashqari, ular xizmatga qabul qilish huquqi oʻz vakolatlariga kiruvchi xodimlarning mansabini pasaytirishi yoxud ishdan boʻshatishi mumkin.
32. Intizomiy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi masalani hal etayotgan mansabdor shaxs sodir etilgan xatti-harakatni shaxsan oʻzi aniqlashi shart. Zarur hollarda xizmat tekshiruvi tayinlanishi mumkin.
Intizomiy jazo qoʻllangungacha Departament xodimidan tushuntirish xati talab qilinishi kerak. Xodimning tushuntirish xati berishdan bosh tortishi u ilgari sodir etgan qilmishi uchun jazo chorasi qoʻllashga toʻsqinlik qila olmaydi.
Har bir qilmish uchun faqat bitta intizomiy jazo qoʻllanadi.
Intizomiy jazo bevosita aniqlangan qilmish uchun, biroq qilmish aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechikmay qoʻllaniladi, bu muddatga xodimning kasal boʻlgan yoki mehnat taʼtilida boʻlgan vaqti kirmaydi.
Intizomiy jazo qilmish sodir etilgan kundan boshlab olti oy oʻtgach, xizmat tekshiruvi natijalari boʻyicha esa u sodir etilgan kundan boshlab ikki yildan keyin qoʻllanishi mumkin emas. Koʻrsatib oʻtilgan muddatlarga jinoiy ishni koʻrib chiqish vaqti kirmaydi.
Jazo chorasi buyruq bilan beriladi, u xodimga imzo qoʻydirgan holda eʼlon qilinadi va uning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi.
33. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Departament boshligʻi, buyruqda oʻz qarorini asoslagan holda, jazoni bekor qilish, uni kuchaytirish yoki yengillashtirish huquqiga egadirlar. Agar intizomiy jazo chorasi sifatida ishdan boʻshatish qoʻllangan boʻlsa, u holda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki Departament boshligʻi ishdan boʻshatishni asossiz deb hisoblab, xodimni ilgarigi lavozimiga tiklash va unga majburiy ishlanmagan vaqti uchun, biroq koʻpi bilan bir yil uchun oʻrtacha ish haqini toʻlash toʻgʻrisida buyruq chiqaradilar.
34. Agar xodim jazo qoʻllanilgan kundan boshlab bir yil mobaynida yangi intizomiy jazo olmagan boʻlsa u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi.
35. Intizomiy jazo amal qilishi muddati mobaynida xodimga nisbatan ragʻbatlantirishlar qoʻllanilmaydi. Intizomiy jazo mavjudligi xodim lavozimini oshirishga toʻsqinlik qiluvchi holat deb ham hisoblanadi.
36. Intizomiy jazolar qoʻllanilishi boʻyicha oʻzlariga berilgan vakolatlarni oshirib yuborgan yoki ularni Departament yoki hududiy boshqarmalar xodimlariga nisbatan zarur darajada qoʻllashmagan Departament boshligʻi, hududiy boshqarmalar boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Prokurori oldida javob beradilar.
37. Xodimga nisbatan qoʻllangan intizomiy jazo yuzasidan intizomiy jazo qoʻllanganligi toʻgʻrisidagi buyruq xodimga eʼlon qilingandan keyin ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga yoki Departament boshligʻiga shikoyat qilinishi mumkin.
Shikoyat u tushgan kundan boshlab oʻn kun muddatda, qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazish zarur boʻlgan hollarda esa u tushgan kundan boshlab bir oydan kechikmay koʻrib chiqiladi.
Shikoyat bilan murojaat qilish intizomiy jazoni ijro etishni toʻxtatmaydi.
VI. Departament xodimlarini moddiy va ijtimoiy taʼminlash
38. Departament xodimlarining pul taʼminoti lavozim maoshidan, darajali maxsus unvon va koʻp yillik xizmati uchun ustamalardan iborat boʻladi.
Darajali maxsus unvon uchun ustamalar miqdorlari lavozim maoshiga nisbatan foiz hisobida, koʻp yillik xizmati uchun har yilgi ustamalar miqdorlari esa darajali maxsus unvon uchun ustamani qoʻshgan holda lavozim maoshlarida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Koʻp yillik xizmati uchun ustamani hisoblash huquqini beruvchi maxsus staj Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 1995-yil 19-maydagi 247-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan kelishilgan Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining darajali maxsus unvonga ega boʻlgan xodimlarga koʻp yillik xizmati uchun ustamalar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda belgilangan qoidalar boʻyicha hisoblab chiqariladi.
39. Darajali maxsus unvonlar berilgan shaxslar belgilangan normalar boʻyicha bepul formali kiyim bilan taʼminlanadi.
40. Departament xodimlariga 30 kunlik har yilgi mehnat taʼtili beriladi. Attestatsiyadan oʻtgan, 15 kalendar yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan xodimlarga ish staji:
15 kalendar yildan ortiq boʻlganda — 5 kun;
25 kalendar yildan ortiq boʻlganda — 10 kun haq toʻlanadigan qoʻshimcha mehnat taʼtili beriladi.
Xodimlarni har yilgi navbatdagi taʼtildan chaqirib olishga xizmat boʻyicha oʻta zarur hollarda, xodimning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Taʼtilning foydalanilmagan qismi kech muddatlarga oʻtkaziladi.
41. Departament xodimlariga oilaviy sharoitiga koʻra, shuningdek boshqa uzrli sabablar boʻyicha haq toʻlanmaydigan, navbatdagi taʼtil hisobiga oʻtkazilmaydigan qisqa muddatli taʼtil berilishi mumkin.
42. Departament xodimlarining va ular oila aʼzolarining pensiya taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtagan shaxslar va ularning oila aʼzolari uchun belgilangan shartlar, normalar va tartibga tatbiqan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
43. Xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiy muassasalarida tibbiy xizmatlardan bepul foydalanish huquqiga ega.
Departamentning pensiya oluvchi xodimlari va ularning oila aʼzolariga tibbiy xizmatlar koʻrsatish ular roʻyxatda turgan davolash muassasalarida amalga oshiriladi.
44. Departament xodimlari xizmat safarlariga yuborilganda barcha turdagi transport vositalariga yoʻl chiptalari va mehmonxonalarda joylarni band qilish va navbatsiz olish huquqidan foydalanadilar.
45. Departament xodimlarini ijtimoiy sugʻurtalash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
VII. Departamentda xizmat qilishni toʻxtatish
46. Departamentda xizmat qilish xodim ishdan boʻshatilganda toʻxtatiladi.
Quyidagilar xizmat qilishni toʻxtatish uchun asos hisoblanadi:
xodimning oʻz tashabbusi;
tomonlarning kelishuvi;
ishda xodimlar soni (shtatlar)ning qisqarishi yoki xizmat xususiyatining oʻzgarishini keltirib chiqaruvchi tashkiliy oʻzgarishlar natijasida xodimlar sonining qisqartirilishi;
xodimning malakasi yetarli darajada emasligi yoki salomatligiga koʻra bajarayotgan vazifasiga nomuvofiqligi;
salomatligiga yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra uzoq muddat mobaynida oʻz vazifasini bajarishga noqobilligi;
ogohlantirilganidan keyin ham mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan faoliyatni davom ettirayotgan boʻlsa;
unga nisbatan sud ayblov qarorining qonuniy kuchga kirishi;
xodim tomonidan oʻz xizmat burchining bir marta qoʻpol ravishda buzilishi, bunday qoidabuzarlik holatlarining roʻyxati mazkur Nizomning 29-bandida keltirilgan;
xodim tomonidan oʻz xizmat burchining muntazam ravishda buzilishi. Xizmat burchini muntazam ravishda buzish deb xodim ilgari sodir etgan xizmat burchining buzilishi uchun intizomiy jazoga tortilgan kundan eʼtiboran bir yil mobaynida intizomiy qoidabuzarlikni takroran sodir etishi hisoblanadi, agar jazo muddatidan oldin olib tashlangan boʻlmasa;
Departament xodimining Qasamyodini buzish, shuningdek Departament xodimining shaʼni va obroʻsini toʻkuvchi qilmish sodir etishi;
xodimning Departamentda xizmat qiluvchilar uchun cheklangan yoshga toʻlishi;
xodimning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan mahrum boʻlishi;
sud qarori bilan uning vafot etgan deb eʼlon qilinishi.
47. Departament xodimlarining xizmatda boʻlishlari uchun cheklangan yosh chegarasi erkaklar uchun 60 va ayollar uchun 55 yosh. Xizmat manfaatlari nazarda tutilgan holda xodim mazkur yoshga toʻlganidan keyin muddatli shartnoma asosida mehnatga haq toʻlash shartlari saqlangan holda Departamentda xizmat qilishni davom ettirishi mumkin.
Cheklangan xizmat muddatining tegishli rahbarning qaroriga muvofiq 5 yilgacha uzaytirilishiga yoʻl qoʻyiladi. Cheklangan xizmat muddatining bundan keyin ham uzaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
48. Egallab turgan lavozimidan ozod qilingan xodim kadrlar boʻlimi ixtiyoriga, oxirgi xizmat joyidagi oʻrtacha oylik maoshi saqlangan holda oʻtkaziladi. Uni kelgusidagi xizmat vazifasiga tayinlash masalasi bir oydan kech boʻlmagan muddat ichida hal etilishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi
huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga
qarshi kurashish departamentida xizmatni
oʻtash toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga
qarshi kurashish departamentida xizmatni
oʻtash toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimining
Keyingi tahrirga qarang.
Men (qasamyod qabul qiluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi) Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga xizmatga kirar ekanman, Oʻzbekiston Respublikasi xalqiga sodiq boʻlishga qasamyod qilaman.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, inson va fuqaro huquqlariga rioya etishga, boshliqlarning buyruqlarini vijdonan bajarishga, vijdonli, jasur xodim boʻlishga, Vatanning iqtisodiy manfaatlarini sergaklik bilan qoʻriqlashga, davlat va xizmat sirlarini qattiq saqlashga qasamyod qilaman.
Agar men qabul qilgan Qasamyodni buzsam Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan javobgarlikka tortilishga tayyorman.
(Imzo)
(Sana)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 13-martdagi 87-son qarorida:
5-bandning ikkinchi xatboshidan “Soliq sohasida huquq buzilishlarga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
7-banddan “Soliq sohasida huquq buzilishlarga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 5-maydagi 180-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 5-son, 20-modda):
1-bandning uchinchi xatboshi va qarorga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
5-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
8.4-bandning ikkinchi xatboshidan “tezkor-qidiruv faoliyatini tashkil etadi hamda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
9.1-bandning “o” kichik bandidan ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
9.1-banddan “p” kichik band chiqarib tashlansin;
9.2-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“i” — “o” kichik bandlarida nazarda tutilgan huquqlar davlat soliq xizmati organlari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlariga beriladi”;
9.2-bandning toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
16-banddan “Soliq sohasida huquq buzilishlarga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
qarorga 4-ilova 3.1-bandining yigirmanchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 13-son, 88-modda; 2002-y., 22-son, 182-modda; 2010-y., 21-son, 162-modda; 2013-y., 50-son, 647-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 24-son, 497-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2018-y., 06/18/5438/1189-son; 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)