Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARI FAOLIYATINI HUQUQIY TARTIBGA SOLIShNI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 677-sonli “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 13-martdagi 87-son qarorini bajarish yuzasidan va davlat soliq xizmati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 291-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 13-son, 88-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Rejim va Kadrlar bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 12-yanvardagi 14-son qaroriga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Ekspert Kengashi toʻgʻrisida Nizomning 8-bandidagi “birinchi” soʻzi chiqarib tashlansin.
3. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston SSJ davlat soliq organlari haqida” 1991-yil 12-avgustdagi 217-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 12-yanvardagi 14-son qarori 4-bandining ikkinchi xat boshi;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1999-yil 14-sentabrdagi 427-son qaroriga ilovaning 9-bandi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 5-may,
180-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 291-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 13-son, 88-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil
5-maydagi 180-son qaroriga
3 ILOVA
5-maydagi 180-son qaroriga
3 ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Rejim va kadrlar bosh boshqarmasi toʻgʻrisida
Rejim va kadrlar bosh boshqarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1.1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Rejim va kadrlar bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Bosh boshqarma deb ataladi)ning vazifalari, funksiyalari, huquqi va javobgarligini belgilaydi.
1.2. Bosh boshqarma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 13-martdagi 87-son qarori bilan tashkil etilgan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
1.3. Bosh boshqarma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining rejim va kadrlar boʻyicha oʻrinbosari boʻysunuvida boʻladi. Bosh boshqarma tuzilmasi va shtatdagi xodimlari soni Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bosh boshqarmaning mintaqaviy boʻlinmalari Davlat soliq boshqarmalari boshliqlarining rejim va kadrlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosarlariga va Davlat soliq qoʻmitasi raisining rejim va kadrlar boʻyicha oʻrinbosariga boʻysunadilar.
(1.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1.4. Bosh boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi
(1.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
II. Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari
2.1. Quyidagilar Bosh boshqarma va uning mintaqaviy boʻlinmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) kadrlar boʻyicha:
kadrlarni tanlash va joyi-joyiga qoʻyish tadbirlarini ularning axloqiy hamda ishchanlik fazilatlariga, amaliy ish tajribalariga muvofiq amalga oshirish;
kadrlarni tanlash bilan bogʻliq ishlarning samarali shakllari va ustunlarini joriy etish;
soliq organlari tizimidagi rahbarlik lavozimlari uchun malakali zaxirani shakllantirish;
kasbiy tayyorgarlik va huquqiy ongning yuqori darajasiga erishish maqsadida soliq organlari xodimlarining huquqiy madaniyati va malakasini oshirish;
soliq organlarining barcha boʻlinmalarida axloqiy muhitni yaxshilash;
davlat soliq xizmati organlari xodimlari bilan ish olib borishni nazarda tutuvchi oldini olish-profilaktika tadbirlari tizimi tashkil etish;
davlat soliq xizmati organlarining asosiy funksiyalari va vazifalariga muvofiq soliq organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻqitish tizimini doimo takomillashtirib borish, soliq organlari tizimi taʼlim komplekslarini tashkil etish;
Davlat soliq qoʻmitasining oʻquv tuzilmalarini soliq organlarining va boshqa vazirliklar hamda idoralarning yetakchi mutaxassislaridan iborat yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash;
soliq organlari tizimiga qiruvchi oʻquv muassasalari uchun ilmiy asoslangan oʻquv dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish;
kadrlar tarkibi bilan ishlash uchun maʼlumotlarning normativ, axborot kompyuter bazasini yaratish va kadrlarni shakllantirish, oʻqitish (tayyorlash, qayta tayyorlash) ishlari boʻyicha barqaror, izchil, uzluksiz jarayonni taʼminlash;
b) rejim, xavfsizlik, shuningdek, soliq organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha:
soliq organlari faoliyati xavfsizligi shuningdek, ularning xodimlarini xizmat majburiyatlarini bajarayotganlarida gʻayriqonuniy tajovuzlardan himoya qilishni taʼminlash;
soliq organlari ayrim mansabdor shaxslarining soliq toʻlovchilarga konunga xilof ravishda taʼsir qilishlari mexanizmlarini oʻrganish va ularni aniqlash;
soliq organlarida korrupsiya faktlarini aniqlash, bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ularni tashkil etish va amalga oshirishda ishtirok etish;
davlat soliq xizmati organlarining korrupsiyalashuviga olib keluvchi gʻayriqonuniy harakatlarga barham berish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
v) davlat soliq xizmati organlarining soliq qonunchiligiga rioya qilishlari va ularning moliya-xoʻjalik faoliyatlari ustidan nazorat oʻrnatish boʻyicha:
davlat soliq xizmati organlarining soliq qonunchiligiga rioya qilishlari ustidan nazoratni amalga oshirish;
davlat soliq xizmati organlari tomonidan moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilayotganda huquq buzilishlarining oldini olish maqsadida profilaktika ishlarini olib borish;
davlat soliq xizmati organlarining moliya-xoʻjalik faoliyati va ularning oʻz funksional vazifalarini bajarishlari ustidan nazoratni amalga oshirish.
III. Bosh boshqarmaning funksiyalari
3.1. Bosh boshqarma zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
a) kadrlar boʻyicha:
davlat soliq xizmatining hududiy organlarida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish ishlarini tashkil etadi, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi;
davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim malaka tavsifnomalarini ishlab chiqadi, rahbarlar, mutaxassislarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga maxsus unvonlar berish uchun materiallar tayyorlaydi;
davlat soliq xizmati organlarining rahbar kadrlari bilan ish olib boradi, ularni toʻgʻri tanlashni va joy-joyiga qoʻyishni, axloqiy hamda ishchanlik fazilatlarini oʻrganishni taʼminlaydi;
shahar va tuman soliq inspeksiyalari rahbarlarini almashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, belgilangan tartibda rahbarlik ishlariga koʻtarish uchun kadrlarning joriy va istiqbol zaxirasini shakllantiradi;
davlat soliq xizmati organlarini kadrlar bilan toʻldirish va xodimlarning sifat tarkibini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshiradi, kadrlarga boʻlgan ehtiyojni rejalashtiradi, boʻlinmalarni mutaxassislar bilan toʻldirish manbalarini belgilaydi;
davlat soliq xizmati organlari uchun mutaxassislar tayyorlashda soliq kollejlari, oliy va oʻrta maxsus oʻquv muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, oʻquv jarayonida soliq xizmati rahbarlar tarkibi va yetakchi mutaxassislarining qatnashishlarini taʼminlaydi;
davlat soliq xizmati organlarining oʻquv boʻlinmalariga tashkiliy va uslubiy rahbarlik qiladi, xodimlarni oʻqitishning maʼno-mohiyatini, shakllari va usullarini belgilaydi;
davlat soliq xizmatida axloqiy darajani oshirish va mehnat intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi, xodimlarni vatanparvarlik ruhida, huquqiy, maʼnaviy va maʼrifiy ruhda tarbiyalash ishlarini olib boradi;
kadrlar qoʻnimsizligi va ularning almashinuvini kamaytirish, mutaxassislarning ishda joylashib kelishini taʼminlash chora-tadbirlarini olib boradi;
b) rejim va xavfsizlik, shuningdek, soliq organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha:
soliq organlari ayrim mansabdor shaxslarining soliq toʻlovchilarga qonunga xilof ravishda taʼsir qilishlari mexanizmlarini oʻrganadi va ularni aniqlaydi;
soliq organlarida korrupsiya faktlarini aniqlash, bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, tashkil qiladi va ularni amalga oshirishda qatnashadi;
soliq organlarida korrupsiya faktlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi, profilaktika tadbirlarini olib boradi;
tezkor axborotning asosliligini tekshirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazilayotganda davlat soliq xizmati organlari binolariga yoki davlat soliq xizmati organlari tomonidan tekshiruv olib borilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar egallab turgan binolarga hech qanday toʻsiqlarsiz kirib boradi;
davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari tomonidan oʻz vazifalarining sovuqqonlik bilan bajarilishi hollarini aniqlash maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq nazorat tartibdagi tekshirishlarni tashkil etadi;
axborotlar olishni taʼminlaydi, mazkur tizimda korrupsiyaga olib keluvchi voqealar yoki soliq organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari toʻgʻrisidagi axborotlar ustida ishlaydi va ularni tahlil qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, berilgan huquqlar doirasida davlat soliq xizmati organlari xavfsizligini, soliq organlari xodimlarini himoya qilishni taʼminlaydi;
soliq organlarining chet ellarga joʻnab ketayotgan, shuningdek, xorijiy davlatlarning vakillari bilan ishlayotgan xodimlari bilan rejim tadbirlarini amalga oshiradi;
davlat sirlari saqlanishini taʼminlash, maxfiylik rejimiga rioya qilish, xizmat axborotini va kompyuter tarmoqlarini himoya qilish tadbirlarini olib boradi;
davlat soliq xizmati organlari tizimida obyektning ichki rejimini mustahkamlash tadbirlarini olib boradi;
ishga tavsiya qilinayotgan shaxslarni qonunda belgilangan tartibda oʻrganib chiqadi, korrupsiyalashgan va jinoyatchi elementlarning, oʻzlarining axloqiy va ishchanlik sifatlari bilan Davlat soliq qoʻmitasi tizimida ishlashga noloyiq shaxslarning soliq organlariga kirib qolishlariga barham berish chora-tadbirlarini koʻradi;
v) quyi soliq organlari mansabdor shaxslarining soliq qonunchiligiga rioya qilishlari va ularning moliya-xoʻjalik faoliyatlari ustidan nazorat oʻrnatish boʻyicha:
quyi soliq organlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini, smeta maqsadlaridagi hisob-kitoblarning asoslanganligi, smetalarning bajarilishi, mablagʻlardan oʻz oʻrnida foydalanilishi, mablagʻlarning tejab-tergab sarflanishi va ularning saqlanishi, moliya intizomiga rioya qilinishi va buxgalteriya hisobini yuritishning hamda budjet boʻyicha hisobot tuzishning toʻgʻriligi masalalarini taftish qiladi;
quyi soliq organlarida oʻtgan taftish natijalari boʻyicha aniqlangan kamchiliklar va buzilishlarni bartaraf etishga doir ishlarni tashkil etadi, shuningdek, davlatga yetkazilgan moddiy zararni qaytarish chora-tadbirlarni koʻradi;
quyi soliq organlari tomonidan moddiy resurslar va pul resurslaridan oqilona foydalanish, xoʻjasizlik, davlat mablagʻlarini talon-toroj qilish, oʻrinsiz va maqsadsiz sarflash, smeta intizomi buzilishlari hollariga barham berish va ularning oldini olishga doir chora-tadbirlarning bajarilishini taʼminlaydi;
quyi soliq organlarida dastlabki va buxgalteriya hisobi hamda hisobotini tashkil etish, hisobga olishni mexanizatsiyalash, buxgalteriya hisobotini yuritishning toʻgʻriligini hamda ishonchliligini takomillashtirishga doir tadbirlarni amalga oshiradi;
davlat soliq xizmati organlarida soliq qonunchiligi hujjatlarini qoʻllashda qonuniylikni taʼminlash va ularga rioya qilinishi boʻyicha tadbirlarning oʻtkazilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
IV. Bosh boshqarmaning huquqlari
4.1. Bosh boshqarma oʻziga yuklangan vazifalar va bajaradigan funksiyalariga muvofiq quyidagi huquqlarga egadir:
davlat soliq xizmati organlari tomonidan oʻtkaziladigan barcha tadbirlarda belgilangan tartibda ishtirok etish;
soliq organlarining ham barcha tizimiga ham ayrim tarkibiy boʻlinmalariga, hududiy organlariga daxldor masalalarni Davlat soliq qoʻmitasi raisiga va Hayʼatga koʻrib chiqish uchun taqdim etish va ular koʻrib chiqilayotganda ishtirok etish;
ijro intizomini mustahkamlash maqsadida boshqaruv ish uslubi va usullarini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish va rahbariyatning koʻrib chiqishi uchun taqdim etish;
davlat soliq xizmati telekommunikatsiya vositalariga va kompyuter texnologiyalariga ularni muhofaza qilish tadbirlarini taʼminlash uchun kirish huquqiga ega boʻlish;
suiisteʼmolliklar va boshqa huquqbuzarlik hollari toʻgʻrisidagi shikoyatlarni, xatlarni, ommaviy axborot vositalarida berilgan xabarlarni tekshirishni amalga oshiradi;
soliq organlarining mansabdor shaxslaridan maʼlumotnomalar, tushuntirish xatlari va xizmatga oid boshqa hujjatlarni talab qilib olish;
boshqa idoralar, muassasalar va tashkilotlardan davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining, xizmat faoliyatlari masalalari boʻyicha axborotlarni belgilangan tartibda olish;
mahalliy axborot tarmoqlaridan foydalanish va oʻz maʼlumotlar bazasini yaratish;
Oldingi tahrirga qarang.
maʼlumotlarni buzib koʻrsatishga soliqlar va budjetga boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashga, shuningdek, budjet mablagʻlarini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy muhofaza, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi mablagʻlarini sarflashga aloqasi boʻlgan har qanday hujjatlardan foydalanish huquqiga ega boʻlish;
(4.1-bandning oʻninchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
tekshirishlar hamda taftishlar materiallarini huquqni muhofaza qilish organlariga berish uchun davlat soliq xizmati organlari va soliq toʻlovchilardagi hujjatlarni qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyish;
taftishlar va tekshirishlar oʻtkazishda aniqlangan huquqbuzarliklar va kamchiliklar boʻyicha davlat soliq xizmati organlari rahbarlaridan va mutaxassislaridan tushuntirish xatlari olish.
4.2. Bosh boshqarma va uning hududiy boʻlinmalari xodimlariga “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan boshqa huquqlar ham beriladi.
V. Javobgarlik
5.1. Bosh boshqarma xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
5.2. Bosh boshqarma va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari:
oʻzining funksional vazifalarini bajarmaganligi yoxud zarur darajada bajarmaganligi;
mazkur Nizom va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi;
rahbariyat topshiriqlarining oʻz vaqtida amalga oshirilishi ustidan zarur nazoratni taʼminlamaganligi;
oʻzining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) tufayli fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga moddiy va maʼnaviy zarar yetkazganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari normalariga muvofiq boʻlmagan qarorlar qabul qilganligi;
huquqni boshqacha tarzda buzganligi uchun javob beradi.
VI. Bosh boshqarma faoliyatini tashkil etish
6.1. Bosh boshqarma tuzilmasi va xodimlari soni Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Bosh boshqarma.
Oldingi tahrirga qarang.
Kadrlar bilan ishlash boshqarmasi;
(6.1-bandining uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-avgustdagi 168-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 323-modda)
Xavfsizlik va davlat soliq xizmati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish maxsus boshqarmasi.
Soliq organlarining maxsus nazorat-taftish boshqarmasidan tarkib topadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarida xavfsizlik va soliq organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimlari, Kadrlar boʻlimlari va nazorat-taftish ishlari maxsus boʻlimlari tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6.2. Bosh boshqarma Davlat soliq boshqarmalari tegishli mintaqaviy boʻlinmalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. Bosh boshqarma, mintaqaviy boʻlinmalar faoliyati Davlat soliq qoʻmitasi rejalariga va markaziy apparatda Davlat soliq qoʻmitasi raisining rejim va kadrlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari hamda joylarda Davlat soliq boshqarmasi boshliqlarining rejim va kadrlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosarlari tomonidan tasdiqlanadigan ish rejalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(6.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6.3. Bosh boshqarma boshligʻi va boshqarmalar boshliqlari Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar. Bosh boshqarmaning mintaqaviy boʻlinmalari boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomalariga binoan Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
(6.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
6.4. Bosh boshqarma xodimlariga tadbirkorlik faoliyatining har qanday turi bilan shugʻullanish, korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda oʻrindoshlik boʻyicha ishlash taqiqlanadi, ilmiy va ijodiy faoliyat, oʻqituvchilik faoliyati bundan mustasno.
6.5. Bosh boshqarma oʻzining funksional vazifalarini Davlat soliq qoʻmitasining boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining tegishli vazirliklari va idoralari bilan hamkorlikda bajaradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Bosh
nazorat-taftish boshqarmasi toʻgʻrisida
nazorat-taftish boshqarmasi toʻgʻrisida
nizom
I. Umumiy qoidalar
1.1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Bosh Nazorat-taftish boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Bosh boshqarma deb ataladi) faoliyatiga tegishli boʻlgan vazifalarni, funksiyalarni, huquq va masʼuliyatni belgilaydi.
1.2. Bosh boshqarma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 13-martdagi 87-son qarori bilan tashkil etilgan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
1.3. Bosh boshqarma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosariga boʻysunadi. Bosh boshqarma tuzilmasi va uning shtatdagi xodimlari soni Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(1.3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-avgustdagi 168-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 323-modda)
Bosh boshqarma Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmalarida oʻz faoliyatida bevosita unga boʻysunadigan nazorat-taftish boʻlinmalariga ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
1.4. Bosh boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
(1.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
1.5. Bosh boshqarma xodimlarini tayinlash, lavozimga koʻtarish va boshqa lavozimga oʻtkazish Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan amalga oshiriladi.
II. Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari
2.1. Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini soliqqa oid qonun hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan hujjatlar asosida tekshirish (taftish)larni hamda Hukumat qarorlari bilan nazorat soliq organlariga yuklangan masalalar boʻyicha nazorat tartibidagi tekshirishlarni belgilangan tartibda tashkil etish va oʻtkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
xoʻjalik yurituvchi subyektlardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni (keyingi oʻrinlarda soliqlar deb ataladi) hisoblab chiqarishda, undirishda qonuniylikka rioya qilinishi, toʻlovlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va budjetga oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
(2.1-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
soliqqa doir huquqbuzishlarni aniqlash, ularning oldini olish, ularga barham berish;
soliq majburiyatlarini bajarishda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yordam koʻrsatish;
Davlat soliq qoʻmitasining boshqa boʻlinmalari bilan birgalikda xoʻjalik yurituvchi subyektlarni kompleks tekshirishlarning istiqbolli rejalarini tayyorlash, tekshirishlar oʻtkaziladigan obyektlarni aniqlash va ularni amalga oshirish;
hujjatlar asosida va nazorat tartibidagi tekshirishlarni oʻtkazish jarayoni hamda tartibi ustidan nazorat oʻrnatish, shuningdek, ularni oʻtkazishda (barcha darajadagi soliq organlariga) amaliy va metodik yordam koʻrsatish;
davlat soliq xizmati organlari tomonidan tekshirishlar materiallari boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qarorlar qabul qilinishi va moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishi ustidan nazorat oʻrnatish;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan hujjatlar asosida va nazorat tartibidagi tekshirishlar yakunlari boʻyicha budjet oldidagi majburiyatlarning bajarilishi (qoʻshimcha hisoblangan summalar, moliyaviy sanksiyalar, maʼmuriy jarimalar va shu kabilarning undirilishi) ustidan nazorat oʻrnatish;
hujjatlar asosida, va nazorat tartibidagi tekshirishlar natijasida aniqlangan soliq qonunchiligi buzilishlari va boshqa faktlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;
fuqarolarning soliq qonunchiligi buzilishlari faktlari toʻgʻrisidagi xatlari, shikoyatlari va arizalarini koʻrib chiqish.
III. Bosh boshqarmaning funksiyalari
3.1. Bosh boshqarma oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
soliq qonunchiligiga rioya qilinishi, soliqlarning toʻgʻri hisoblab chiqilishi, toʻliqligi va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va soliq qonunchiligi sohasidagi boshqa huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilgan holda amalga oshiradi;
Bosh boshqarmaning hududiy nazorat-taftish boʻlinmalarining, soliq boshqarmalari va soliq inspeksiyalarining hujjatlari asosida hamda nazorat tartibidagi tekshirishlarni tashkil etish va oʻtkazishga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi, ishlarni ular bilan hamkorlikda olib boradi;
belgilangan tartibda, Davlat soliq qoʻmitasi ish rejasiga muvofiq, Davlat soliq qoʻmitasining boshqa boʻlinmalari bilan birgalikda vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar, uyushmalar, banklar boʻlinmalarining, shuningdek, mulkchilik shakli va faoliyat turidan qatʼi nazar, boshqa xoʻjalik yurituvchi moliya-xoʻjalik faoliyatini hujjatlar asosida kompleks va nazorat tartibidagi tekshirishlarni tashkil etadi hamda oʻtkazadi, ularning natijalari boʻyicha tegishli axborotlar va maʼlumotnomalar tayyorlaydi;
mulkchilik shakli va faoliyat turidan qatʼi nazar, soliq qonunchiligini qoʻpol ravishda buzayotgan va soliq organlarida hisobda turishdan va soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini belgilangan tartibda hujjatlar asosida tekshiradi;
hujjatlar asosida tekshirishlar davomida sodir etilgan operatsiyalarning qonuniyligini va toʻgʻriligini, hujjatlarning aslligini, ulardagi hisob-kitoblarning arifmetik jihatdan toʻgʻriligini, hujjatlarning hisobot va buxgalteriya hujjatlarining belgilangan shakllariga mosligini aniqlash uchun nazoratni amalga oshiradi;
hujjatlar asosida tekshirishlar davomida amalga oshirilgan operatsiyalarning amalda sodir etilganligini, hujjatlarda koʻrsatib oʻtilgan pul mablagʻlari va moddiy boyliklarning amalda olinganligini yoki berilganligini, ishlar, xizmatlarning amalda bajarilganligini yoki koʻrsatilganligini tekshiradi;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarda pul mablagʻlari va moddiy boyliklarni buxgalteriyada hisobga olishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini, korxonalarda moddiy boyliklarni korxonalar hududiga keltirish va uning hududidan olib ketishda ruxsatnoma tizimi ishini tashkil etishning ahvolini tekshiradi;
hujjatlar asosida tekshirishlar davomida hisobot maʼlumotlarining ishonchliligini, soliq organlariga taqdim etilgan hisob-kitoblarni buzib koʻrsatuvchi qoʻshib yozishlar va har turli xatolarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun buxgalteriya hisobotlari va balanslarini schyotlar boʻyicha tekshiradi;
taftish qilinayotgan tashkilotda mavjud boʻlgan yozuvlarni, hujjatlar va maʼlumotlarni pul mablagʻlari, moddiy boyliklar va hujjatlar olingan yoki berilgan tashkilotlardagi tegishli yozuvlar, hujjatlar va maʼlumotlar bilan solishtirib chiqqan holda belgilangan tartibda muqobil tekshirishlar oʻtkazadi;
hujjatlar asosida tekshirishlar davomida taftish qilinayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektda mavjud boʻlgan toʻlov hujjatlari nusxalarini mazkur topshiriqni bajargan bank muassasasida saqlanayotgan asl toʻlov hujjatlari bilan solishtirib chiqadi;
hujjatlar asosida tekshirishlar davomida xomashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va tayyor buyumlarni tortib koʻradi va oʻlchaydi, ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxini va taqdim etilgan soliq hisob-kitoblarining toʻgʻriligini aniqlash uchun xomashyo va materiallar sarfi normalari, ularning mahsulot ishlab chiqarish uchun toʻgʻri hisobdan chiqarilishini, tayyor mahsulot toʻliq kirim qilinishini mahsulot chiqishi normalari hamda moddiy boyliklarni saqlash va tashishdan tabiiy yoʻqotishlar normalari toʻgʻri belgilanishini aniqlash uchun xomashyo va materiallarni ishlab chiqarishda nazorat tariqasida ishlatib koʻradi, xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlarni nazorat tariqasida tekshiradi;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va davlatga soliq toʻlashdan, savdo va xizmatlar koʻrsatish, aksiz soligʻi solinadigan alkogolli hamda tamaki mahsulotlarini sotish va markalash qoidalariga rioya qilishdan boʻyin tovlayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni aniqlash yuzasidan nazorat tariqasida tekshirishlarni amalga oshiradi;
aholi bilan pul hisob-kitoblarni amalga oshirishda nazorat-kassa apparatlarini qoʻllashga doir qonun hujjatlariga rioya qilinishi, nazorat-kassa apparatlaridan foydalangan holda olingan naqd pul mablagʻlarining toʻliq kirim qilinishi ustidan doimiy va amaliy nazoratni amalga oshiradi;
ishlab chiqarish va tegishlicha daromad hajmlarini yashirish, sotilgan mahsulot, koʻrsatilgan xizmatlar hajmlarini kamaytirib koʻrsatish, moddiy xarajatlarni asossiz ravishda hisobdan chiqarish yoki sunʼiy ravishda koʻpaytirish yoxud moddiy, yoqilgʻi-energetika resurslari sarfi normativlari (limitlari) va amortizatsiya hisobini notoʻgʻri qoʻllash mexanizmlarini oʻrganadi va aniqlaydi;
yuridik shaxslar tomonidan hisobga olinmagan (yaʼni, tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan) mahsulotlar (tovarlar)ni sotish mexanizmlarini oʻrganadi va aniqlaydi;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarning soliq inspeksiyalarida hisobga turishdan boʻyin tovlayotgan mexanizmlarini aniqlaydi;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar (soliq toʻlovchilar)ga hujjatlar asosida va nazorat tartibidagi tekshirishlar olib borilayotganda ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar (soliq toʻlovchilar)ni hujjatlar asosida va nazorat tartibidagi tekshirishlar natijalari bilan tanishtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3.1-bandning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 291-sonli qaroriga asosan chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2001-y., 13-son, 88-modda)
qonun hujjatlariga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlar (soliq toʻlovchilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligiga rioya qiladi;
soliq qonunchiligi buzilishlari toʻgʻrisidagi arizalar, xabarlar va boshqa axborotlarni tekshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasining soliq masalalari boʻyicha qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;
Bosh boshqarmaning nazorat-taftish boʻlinmalari kadrlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyish ishlarida qatnashadi;
tahliliy ishlarni olib boradi, hujjatlar asosida va nazorat tartibidagi tekshirishlar materiallarini umumlashtiradi va aniqlangan oʻziga xos soliq buzishlar boʻyicha ularni bartaraf etish va bundan keyin ularga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan belgilangan tartibda takliflar tayyorlaydi;
Davlat soliq qoʻmitasining tegishli xizmatlari bilan birgalikda Bosh boshqarma va uning tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha kasbiy oʻqishlarini tashkil etadi;
nazorat-taftish ishlari boʻyicha statistika maʼlumotlarini yigʻish va mukammallashtirishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etadi;
hujjatlar asosida va nazorat tartibidagi tekshirishlarda ishtirok etish uchun Davlat soliq qoʻmitasi boʻlinmalarining boshqa xodimlarini Davlat soliq qoʻmitasi rahbariyati bilan kelishgan holda jalb etadi;
Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlangan ishlar nomenklaturasiga muvofiq ish yuritilishini taʼminlaydi;
Bosh boshqarma va uning joylardagi tarkibiy boʻlinmalari tomonidan qilingan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni muntazam umumlashtirib boradi va ularni har chorakda tayyorlaydi.
IV. Bosh boshqarmaning huquqlari
4.1. Bosh boshqarma oʻziga yuklangan vazifalar va bajaradigan funksiyalariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
soliq toʻlovchilardagi moliya hujjatlarini, shartnomalar (kontraktlar), biznes-rejalar, smetalar, daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarni, soliqlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlash bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda tekshirish (shu jumladan, soliq toʻlovchi bilan bogʻliq subyektlardagi hujjatlarni muqobil tekshirish), tekshirishlar chogʻida paydo boʻladigan masalalar boʻyicha zarur tushuntirish xatlari, maʼlumotnomalar va maʼlumotlar olish;
Oldingi tahrirga qarang.
tekshirishlarni oʻtkazish vaqtida yuridik va jismoniy shaxslardan xoʻjalik yurituvchi subyektlar (soliq toʻlovchilar) faoliyatiga taalluqli maʼlumotlar, maʼlumotnomalar, hujjatlar olish va ulardan nusxalar olish;
(4.1.-bandining uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
bank va boshqa kredit-moliya muassasalaridan xoʻjalik yurituvchi subyektlar (soliq toʻlovchilar)ning hisob-kitob va boshqa xil schyotlarida amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan tartibda olish;
bojxona organlaridan va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligidan import-eksport operatsiyalarning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va xoʻjalik yurituvchi subyektlar (soliq toʻlovchilar) haqidagi boshqa axborotlarni belgilangan tartibda olish;
soliq qonunchiligi buzilishiga yoʻl qoʻyayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar (soliq toʻlovchilar)dan daromad (foyda) va soliq olishining boshqa obyektlari, shuningdek, huquq buzishlar yashirilganligidan dalolat boruvchi hujjatlarni, shuningdek, huquqni buzish ashyolarini belgilangan tartibda olib qoʻyish;
zarur hollarda kassalarni va kassa xonalarini, omborlarni, arxivlarni muhrlab qoʻyish, qalbakiliklar va boshqa suiisteʼmolliklar aniqlanganda hujjatlarni olib qoʻyish, tekshirilayotgan xoʻjalik subyektlari rahbarlaridan asosiy vositalarni, tovar-moddiy boyliklarni, pul mablagʻlari va hisob-kitoblarni xatlovdan oʻtkazishni talab qilish;
tovarlar, buyumlar, xomashyo, materiallar va yarim fabrikatlar namunalarini, shuningdek, hujjatlarni tekshirishlar, tadqiqotlar va ekspertizalar oʻtkazish uchun olib qoʻyish;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar (soliq toʻlovchilar) (shu jumladan, alohida rejimda ishlaydigan (korxonalar)ning daromad (foyda) koʻrish uchun foydalaniladigan yoxud soliq solish obyektlarini saqlash bilan bogʻliq ishlab chiqarish, omborxona, savdo va boshqa joylarini va oʻrinlarini, ular joylashgan joydan qatʼi nazar, tekshirish, bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlarni nazorat tartibida oʻlchash va tovar-moddiy boyliklarni xatlash;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar (soliq toʻlovchilar)dan aniqlangan qonun buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
xoʻjalik yurituvchi subyektlar (soliq toʻlovchilar)ning ular hujjatlar asosida va nazorat tartibidagi tekshirishlarni oʻtkazishga yoki tekshirish uchun davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarini daromad (foyda) koʻrish uchun foydalaniladigan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bogʻliq xonalar va joylarga kirishiga toʻsqinlik qilgan, davlat soliq organlariga hamda ularning mansabdor shaxslariga tekshirishlarni oʻtkazish vaqtida moliyaviy hisobotlar, hisob-kitoblar, deklaratsiyalar va soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlash bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni taqdim etmagan (yoki taqdim etishni rad etgan) hollarda ularning banklardagi va boshqa moliya-kredit tashkilotlaridagi hisob-kitob va boshqa schyotlar boʻyicha operatsiyalarini toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida sudga murojaat qilish (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning aniqlangan hollari bundan mustasno);
(4.1.-bandining oʻn birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
qurilish, montaj, tuzatish va boshqa ishlarni nazorat tariqasida oʻlchash uchun mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb qilish;
iqtisodiy sohalardagi jinoyatchilikka qarshi kurashda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ilmiy-texnika vositalari va usullaridan foydalanish;
aniqlangan huquq buzilishlar faktlari boʻyicha tushuntirishlar olish uchun soliq xizmati organlariga mansabdor shaxslar, fuqarolarni qonunda belgilangan tartibda taklif qilish;
Davlat soliq xizmati soliq organlari tizimidagi istalgan hujjatdan foydalanish;
davlat soliq xizmati organlarining telekommunikatsiya vositalari va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish;
Mahalliy axborot tarmoqlaridan foydalanish va oʻz maʼlumotlar bazasini tashkil etish;
soliq organlarining barcha tizimi kabi ayrim tarkibiy boʻlimlariga, hududiy organlariga ham taalluqli boʻlgan masalalarni Davlat soliq qoʻmitasi raisi va hayʼat koʻrib chiqishi uchun taqdim etish va ular koʻrib chiqilayotganda ishtirok etish;
Bosh boshqarma vakolatiga tegishli materiallarni umumlashtirish, tegishli soliq organlarining rahbariyatiga ularning tashkiliy amaliy faoliyatini yanada yaxshilash yuzasidan takliflar kiritish.
4.2. Bosh boshqarma va uning hududiy boʻlinmalari xodimlariga “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan boshqa huquqlar ham beriladi;
V. Javobgarlik
5.1. Bosh boshqarma xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javob beradilar.
5.2. Bosh boshqarma va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari:
oʻz funksional vazifalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi;
mazkur Nizom va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi;
rahbariyat topshiriqlarining oʻz vaqtida amalga oshirilishi boʻyicha zarur nazoratni taʼminlamaganligi;
oʻzining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) tufayli fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga moddiy va maʼnaviy zarar yetkazganligi;
ishlab chiqarish hajmlarini pasaytirganligi va xoʻjalik yurituvchi subyektlardagi soliq solish bazasini kamaytirganligi;
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari normalariga muvofiq boʻlmagan qarorlar qabul qilganligi;
huquqni boshqacha tarzda buzganligi uchun javob beradilar.
5.3. Bosh boshqarma xodimlari tomonidan oʻz xizmat vakolatlarining oshirib yuborilishi, shuningdek, ularga yuklangan funksional vazifalarning bajarilmasligi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy yoki jinoiy javobgarlikka olib keladi.
VI. Bosh boshqarma faoliyatini tashkil etish
6.1. Bosh boshqarma tuzilmasi va uning shtatdagi xodimlari soni Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. Bosh boshqarma quyidagilardan tashkil topadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatlar boʻyicha tekshirishlarni tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi;
(6.1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Nazorat tartibidagi va qisqa muddatli tekshirishlarni tashkil etish boshqarmasi;
Soliq tekshiruvlari natijalarini tahlil qilish boʻlimi.
(6.1-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
6.2. Nazorat-taftish bosh boshqarmasining boshligʻi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
(6.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
6.3. Bosh boshqarma oʻz ishini Davlat soliq qoʻmitasi rahbariyati tomonidan tasdiqlanadigan yillik va joriy ish rejalari asosida olib boradi.
6.4. Bosh boshqarma mansabdor shaxslarining ish haqi lavozim maoshidan, maxsus unvonlar, koʻp yillik xizmati uchun ustamalar, boshqa qoʻshimcha haqlardan iboratdir va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlanadi.
6.5. Nazorat-taftish bosh boshqarmasi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobiga ular lavozim maoshining 20 foizi miqdorida maxsus ustamalar belgilanadi.
(6.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
6.6. Bosh boshqarma xodimlariga tadbirkorlik faoliyatining har qanday turi bilan shugʻullanish, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda oʻrindoshlik boʻyicha ishlash taqiqlanadi, ilmiy va ijodiy faoliyat, oʻqituvchilik faoliyati bundan mustasno.
6.7. Bosh boshqarma va uning hududiy boʻlinmalari oʻz oldilariga qoʻyilgan vazifalarni Davlat soliq qoʻmitasining boshqa boshqarmalari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlikda hal etadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq organlarida
xizmatni oʻtash toʻgʻrisida
xizmatni oʻtash toʻgʻrisida
nizom
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi soliq organlarida xizmatga qabul qilish tartibini va mansabdor shaxslar tomonidan davlat xizmatini oʻtash shart-sharoitlarini, ularning masʼuliyatini, shuningdek, ularga maxsus unvonlar berish va ulardan mahrum qilish tartibini belgilaydi.
I.Umumiy qoidalar
1. Mansabdor shaxslarning ularning soliq organlaridagi xizmati bilan bogʻliq huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi taʼriflardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
rahbarlik lavozimlari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi, raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari, bosh boshqarmalar boshliqlari, boshqarmalar, boʻlimlar boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshqarma va boʻlimlarining, davlat soliq inspeksiyalarining, davlat soliq inspeksiyalari boʻlimlarining boshliqlari, boshliq oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshqarma va boʻlimlarining” soʻzlaridan keyin “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish boʻlimlarining boshliqlari va oʻrinbosarlari.
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
inspektorlar tarkibi lavozimlari — davlat soliq xizmati barcha darajalardagi organlarining soliq xizmati inspektorlari.
3. Soliq organlarining mansabdor shaxslariga soliq organlarida shtatdagi lavozimlarni egallab turgan shaxslar kiradi va ularga egallab turgan lavozimlariga hamda uzoq muddat ishlaganligiga muvofiq ravishda quyidagi maxsus unvonlar beriladi:
soliq xizmatining bosh davlat maslahatchisi;
soliq xizmatining I darajali davlat maslahatchisi;
soliq xizmatining II darajali davlat maslahatchisi;
soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi;
soliq xizmatining I darajali maslahatchisi;
soliq xizmatining II darajali maslahatchisi;
soliq xizmatining III darajali maslahatchisi;
soliq xizmatining I darajali inspektori;
soliq xizmatining II darajali inspektori;
soliq xizmatining III darajali inspektori;
soliq xizmatining inspektori.
II. Xizmatga qabul qilish va lavozimga tayinlash
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va lavozimidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, rais oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshida sanab oʻtilmagan mansabdor shaxslari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boʻlimlari boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish boʻlimlari mansabdor shaxslari, tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan tayinlanadilar.
Davlat soliq xizmati organlarining ushbu bandning birinchi — uchinchi xatboshida sanab oʻtilmagan mansabdor shaxslari davlat soliq xizmati tegishli organi rahbari tomonidan tayinlanadilar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
5. Soliq organlarida xizmatga yoshi, millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy va mansab mavqeyidan qatʼi nazar, oʻzlarining kasb, ishchanlik, shaxsiy va axloqiy sifatlariga, maʼlumoti darajasiga va salomatligiga koʻra davlat soliq organlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini taʼminlashga qodir boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadilar.
6. Davlat soliq organlarining inspektorlar tarkibi lavozimlari oʻrta maxsus darajadan kam boʻlmagan iqtisodiyot, moliya yoki yuridik ixtisos boʻyicha maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar tomonidan tanlov asosida egallanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan shaxslardan tashqari, rahbarlik lavozimlari oliy iqtisodiyot, moliya yoki yuridik maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar tomonidan tanlov asosida egallanadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
Tanlov sinovlari oʻtkazish va xizmatga qabul qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning tarkibiy boʻlinmalari xodimlar tarkibi oliy iqtisodiyot maʼlumotiga hamda soliq organlari nazorat xizmatlarida, Markaziy apparat xodimlari uchun— kamida 5 yil va mintaqaviy boʻlinmalar xodimlari uchun— kamida 3 yil, umumiy ish stajiga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislardan butlanadi.
7. Quyidagi shaxslar:
sudlangan, uni oʻtamagan yoxud Qonunda belgilangan tartibda olib tashlanmagan;
belgilangan tartibda mehnatga layoqatsiz yoki mehnatga layoqati cheklangan deb eʼtirof etilgan;
8. Tegishli soliq organi xizmat qilayotgan shaxs bilan mehnat shartnomasi tuzadi.
Davlat soliq organlarida xizmat qilish toʻgʻrisidagi namunaviy mehnat shartnomasi shakli Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Soliq organlariga xizmatga qabul qilinayotgan shaxslar shtatdagi lavozimga mehnat shartnomasiga muvofiq uch oy sinov muddati bilan tayinlanadilar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan shaxslar bundan mustasno.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
10. Soliq organiga xizmatga qabul qilingan shaxsga butun xizmat davri uchun shaxsiy tabel tartib raqami beriladi.
III. Xizmatni oʻtash
11. Davlat soliq organlarida shtatdagi lavozimga tayinlashda quyidagi talablarga rioya qilinadi:
soliq organlarining mansabdor shaxsi vazifani asosiy yoki turdosh ixtisos boʻyicha olingan maʼlumotga muvofiq yoxud mavjud ish tajribasiga muvofiq bajarishi kerak. Boshqa ixtisos boʻyicha vazifalarni bajarish zarurati boʻlganda ular qayta tayyorlash va tajriba orttirishdan oʻtadilar;
mansabdor shaxslar yanada yuqori rahbarlik lavozimiga tasdiqlangungacha ushbu lavozimni bajarib turuvchi etib tayinlanishlari mumkin, bunda ularning vazifalarni bajarib turish uzluksiz muddati uch oydan oshmasligi kerak;
yaqin qarindosh boʻlgan yoki yaqin qarindoshligi boʻlgan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) soliq organlari mansabdor shaxslarining, agar ularning xizmati bir-biriga bevosita boʻysunish yoki nazoratda boʻlish bilan bogʻliq boʻlsa, aynan bir soliq organida xizmatni oʻtashiga ruxsat etilmaydi.
12. Mansabdor shaxslarni xizmat boʻyicha koʻtarish ularning amaliy ishda namoyon qilgan kasbiy, axloqiy va ishchanlik sifatlariga qarab amalga oshiriladi.
13. Ishchanlik va axloqiy sifatlarini, kasb boʻyicha xizmatga layoqatini baholash hamda shaxsiy qobiliyati va ish tajribasiga muvofiq oqilona joylashtirish uchun soliq organlarining mansabdor shaxslari har uch yilda kamida bir marta attestatsiyadan oʻtkaziladi. Navbatdan tashqari attestatsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qaroriga binoan oʻtkaziladi.
Soliq organlarining mansabdor shaxslarini attestatsiyadan oʻtkazish asoslari va tartibi Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan Soliq organlarining mansabdor shaxslarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq belgilanadi.
14. Soliq organlarining mansabdor shaxslari Davlat soliq qoʻmitasi oʻquv yurtlarida yoki boshqa oʻquv yurtlarida, kurslarda, seminarlarda Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan tartibda va shart-sharoitlarda tayyorgarlik, qayta tayyorgarlik hamda malaka oshirishdan oʻtadilar.
Soliq organlarining mansabdor shaxslarini jismoniy tarbiya-sport boʻyicha tayyorlash ularning xizmat joylarida yoki Davlat soliq qoʻmitasi oʻquv yurtlarida, Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
15. Soliq organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari qoʻllanishi mumkin. Ragʻbatlantirish va intizomiy jazolash choralari turlari, ularni qoʻllash tartibi, shuningdek, soliq organlari boshliqlarining xizmat intizomini saqlash boʻyicha huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan Davlat soliq xizmati organlarining ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi.
16. Soliq organlarining mansabdor shaxslarini boshqa lavozimlarga oʻtkazish mehnat qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
IV. Soliq organlari mansabdor shaxslarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
17. Soliq organlarining mansabdor shaxslari:
Davlat soliq xizmati organlari ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishga;
formali kiyim-bosh kiyib yurishga majburdirlar. Kiyim-bosh bilan taʼminlash normalari va ularni kiyib yurish, farqlovchi belgilarni taqib yurish muddatlari Respublika soliq organlarida formali kiyim-boshni kiyib yurish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom bilan, Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan oʻrnatilgan tartibda belgilanadi.
18. Soliq organlarining mansabdor shaxslari uchun:
biron-bir tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish;
korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda oʻrindoshlik boʻyicha ishlash (ilmiy, oʻqituvchilik va ijodiy faoliyat bilan shugʻullanish bundan mustasno);
oʻz xizmat vazifalarini bajarganlik yoki bajarmaganlik uchun mukofotlar yoki xizmatlarni qabul qilish;
qarindoshlar, tanishlar va boshqa chet shaxslar iltimosiga koʻra amaldagi qonun hujjatlariga rioya etmaslik;
ish tashlashlar, siyosiy manifestatsiyalar va yurishlarni tashkil etish va ularda qatnashish;
xizmat vazifalarini bajarish chogʻida spirtli ichimliklar isteʼmol qilish;
respublika soliq organlari shaʼniga dogʻ tushiruvchi shaxslar bilan munosabat oʻrnatish;
soliq organlarida uchinchi shaxslar ishi boʻyicha ishonchli vakillar yoki vakillar boʻlish;
moddiy-texnika va axborot bilan taʼminlash, moliya vositalaridan, davlatning boshqa mol-mulkidan, shuningdek, xizmat axborotlaridan lavozim vazifalari bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
19. Soliq organlarining mansabdor shaxslari tomonidan xalqaro va davlatlararo simpoziumlarda, konferensiyalarda hamda ish (xizmat) tusidagi boshqa uchrashuvlarda olingan 200 AQSh dollariga teng miqdordan ortiq qimmatbaho sovgʻalar belgilangan tartibda budjet daromadiga oʻtkaziladi, ularning musobaqalarda, ijodiy va kasb boʻyicha tanlovlarda olgan shaxsiy sovrinlari bundan mustasno.
20. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslari Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobiga davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilinadilar.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
21. Soliq xizmati mansabdor shaxslariga mehnat taʼtillari berish tartibi mehnat qonunchiligi bilan belgilanadi.
Mukofotlar, kompensatsiyalar, moddiy yordamlar berish tartibi va ularning manbalari Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslari xizmat faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan tan jarohatlari olganda yoki halok boʻlganda bir yoʻla beriladigan nafaqalar toʻlash tartibi va miqdorlari qonunchilik bilan belgilanadi.
22. Tarkib mansabdor shaxslarining va ular oila aʼzolarining hayoti, salomatligi, shaʼni va qadr-qimmatini ushbu shaxslar tomonidan xizmat burchini bajarishi, munosabati bilan jinoiy tajovuzlardan muhofaza qilish Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan kafolatlanadi.
23. Soliq organlarining mansabdor shaxslari xizmat vazifalarini bajarish chogʻida koʻrsatgan mardligi va jasorati, xizmat vazifalarini namunali ado etganligi uchun qonunchilikka muvofiq davlat mukofotlariga taqdim etilishi va ragʻbatlantirilishi mumkin.
24. Soliq organlarining mansabdor shaxslari boshliqlarining qasddan berilgan noqonuniy tusdagi buyruqlarini bajarmaslik huquqiga egadirlar. Bu holda ular yuqori turuvchi boshliqlar buyrugʻini bajarmaganlik sabablaridan yuqori organlarni xabardor qilishga majburdirlar.
25. Soliq organlarining mansabdor shaxslari mansabdor shaxslarning ularga nisbatan intizomiy tanbehlar, lavozimdan chetlatish yoki boʻshatish toʻgʻrisida qabul qilgan qarorlari yuzasidan yuqori tashkilotlarga va sudlarga shikoyat berishga haqlidirlar.
26. Xizmat vazifalarini yoki xizmat burchini bajarish munosabati bilan soliq organlarining mansabdor shaxsi mol-mulkiga yetkazilgan zarar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlaridan toʻlanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
27. Soliq organlarining mansabdor shaxslari ushbu Nizom hamda xizmatni oʻtash va Kadrlar bilan ishlash masalalari boʻyicha boshqa meʼyoriy hujjatlar talablariga aniq rioya etilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
28. Soliq organlarining rahbarlari oʻzlariga boʻysunuvchi xodimlarni xizmat uchun xavfsiz, maqbul shart-sharoitlar bilan taʼminlashga, ularning soliq xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilikda, boshqa hujjatlarda va ushbu Nizomda nazarda tutilgan huquqlarini muhofaza qilishga, ularga xizmat boʻyicha koʻtarilish va madaniy hordiq uchun imkoniyatlar yaratishga majburdirlar.
V. Davlat soliq organlarining mansabdor shaxslariga maxsus unvonlar berish va ularni maxsus unvonlardan mahrum qilish tartibi
29. Davlat soliq xizmati organlarining malaka tavsifnomalari talablariga javob beradigan mansabdor shaxslariga, attestatsiyadan ijobiy oʻtishgan taqdirda, shtatlar roʻyxati boʻyicha egallab turgan lavozimini hisobga olgan holda hamda oldingi unvonida xizmat qilish muddati tugagach, tadrijiy tartibda quyidagi navbatdagi maxsus unvonlar beriladi:
Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati va unga qarashli taʼlim muassasalari:
| Shtatdagi lavozim* | Maxsus unvon |
| Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi | Soliq xizmatining bosh davlat maslahatchisi |
| Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari | Soliq xizmatining I darajali davlat maslahatchisi |
| Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari | Soliq xizmatining II darajali davlat maslahatchisi |
| Bosh boshqarma boshligʻi, boshqarma boshligʻi, ishlar boshqaruvchisi, Soliq akademiyasi prorektorlari, soliq kollejlari direktorlari | Soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi |
| Soliq akademiyasi fakultetlari dekanlari, soliq kollejlari direktorlarining oʻrinbosarlari, bosh boshqarmadagi boshqarma boshligʻi, mustaqil boʻlim boshligʻi, yuridik boʻlim boshligʻi, rais kotibiyati mudiri, raisning iqtisodiyot masalalari boʻyicha maslahatchisi, soliq qonunchiligi boʻyicha bosh ekspert, rais huzuridagi kotibiyat referenti, navbatchi qism boshligʻi | Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi |
| Bosh boshqarma yoki boshqarma boʻlimi boshligʻi, mustaqil yoki boshqarmadagi boʻlim boshligʻining oʻrinbosari, rais yordamchisi, raisning birinchi oʻrinbosari yordamchisi, Soliq akademiyasi fakulteti dekanining oʻrinbosari, bosh davlat soliq inspektori, bosh surishtiruvchi, tezkor xodim, shuʼba mudirlari, bosh iqtisodchi, bosh mutaxassis | Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi |
| Mustaqil boʻlim boshligʻining oʻrinbosari, yetakchi mutaxassis, fuqaro muhofazasi boʻyicha bosh mutaxassis, katta davlat soliq inspektori, navbatchi qism navbatchisi, katta surishtiruvchi, yetakchi buxgalter, bosh yurist-konsultant, Soliq akademiyasining kafedra mudirlari, professor va dotsentlari, soliq kollejlarining katta oʻqituvchilari | Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi |
| Davlat soliq inspektori, I toifali mutaxassis, I toifali buxgalter, navbatchi qism navbatchisining yordamchisi, Soliq akademiyasi va soliq kollejlarining oʻqituvchilari | Soliq xizmatining I darajali inspektori |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish boʻlimlari, shuningdek tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari apparati:
| Shtatdagi lavozim* | Maxsus unvon |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari | Soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlari, oʻrinbosarlari, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasining boshqarma boshliqlari, viloyatlar markazlari shaharlari davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari, 200 ming kishidan ortiq aholisi boʻlgan shaharlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari, Toshkent shahridagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari | Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi |
| Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshqarma boshliqlarining oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari mustaqil boʻlimlari va shuʼbalari boshliqlari, Toshkent shahridagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlarining oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari, shaharlar, viloyatlar markazlari davlat soliq inspeksiyalari boshliqlarining oʻrinbosarlari, 200 ming kishidan ortiq aholisi boʻlgan shaharlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlarining oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining tezkor xodimlari, bosh buxgalterlari, navbatchi qismlari boshliqlari | Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi |
| Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshqarmalarining boʻlim va shuʼba boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining davlat soliq bosh inspektorlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlarining oʻrinbosarlari, davlat soliq inspeksiyalari boʻlimlari boshliqlari, Soliq akademiyasining axborot-resurs markazi direktori, bosh surishtiruvchilar | Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari davlat soliq katta inspektorlari, yetakchi mutaxassislari, davlat soliq inspeksiyalarining davlat soliq bosh inspektorlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari mutaxassislari, Soliq akademiyasi ilmiy kengashi kotibi, katta surishtiruvchilar | Soliq xizmatining I darajali inspektori |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining davlat soliq inspektorlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari davlat soliq inspeksiyalarining davlat soliq katta inspektorlari, surishtiruvchilar | Soliq xizmatining II darajali inspektori |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari davlat soliq inspeksiyalarining davlat soliq uchastka inspektorlari, yetakchi mutaxassislari | Soliq xizmatining III darajali inspektori |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari davlat soliq inspeksiyalarining davlat soliq inspektorlari, I toifali mutaxassislari | Soliq xizmatining inspektori |
*Davlat soliq xizmati organlarida ishlaydigan, lavozimi ushbu jadvalda koʻrsatilmagan shaxslarga maxsus unvonlar egallab turgan lavozimi boʻyicha tenglashtirilgan maqomiga muvofiq beriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
30. Davlat soliq xizmatining mansabdor shaxslariga:
bosh davlat maslahatchisi, soliq xizmatining I, II, III darajali davlat maslahatchisi unvonlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan;
soliq xizmatining I, II, III darajali maslahatchisi, soliq xizmatining 1 darajali inspektori unvonlari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan;
soliq xizmatining II va III darajali inspektori, soliq xizmatining inspektori unvonlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq bosh boshqarmalari boshliqlari tomonidan beriladi.
Maxsus unvonlar davlat soliq organlaridan ishga oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni boshqaruv xodimlariga ham beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida boshqaruv xodimi sifatidagi ishlash davrida maxsus unvonlar tegishli maxsus unvonlar berish uchun zarur boʻlgan muddatlar oʻtgandan keyin ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tegishli tarkibiy boʻlinmasi rahbarining tavsiyasiga asosan beriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-iyundagi 412-son qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 551-modda)
31. Mansabdor shaxslar maxsus unvonda xizmat qilishining quyidagi muddatlari belgilanadi:
soliq xizmatining I darajali maslahatchisi — 4 yil;
soliq xizmatining II darajali maslahatchisi — 4 yil;
soliq xizmatining III darajali maslahatchisi — 3 yil;
soliq xizmatining I darajali inspektori — 3 yil;
soliq xizmatining II darajali inspektori — 2 yil;
soliq xizmatining III darajali inspektori — 2 yil;
soliq xizmatining inspektori — 1 yil.
Soliq xizmatining bosh davlat maslahatchisi, soliq xizmatining I, II, III darajali davlat maslahatchisi uchun maxsus unvonlarda xizmat qilish muddatlari belgilanmaydi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida boshqaruv xodimi sifatidagi ishlash davri maxsus unvonlar olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-iyundagi 412-son qaroriga asosan xatboshi bilan tshldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 551-modda)
32. Maxsus unvonda xizmat qilish muddati unvon berish toʻgʻrisidagi buyruq chiqqan kundan boshlab hisoblanadi. Mansabdor shaxslarning pasaytirilgan maxsus unvonda boʻlgan vaqti tiklangan unvondagi xizmat muddatiga qoʻshilmaydi.
33. Rahbarlik lavozimiga yangi qabul qilingan mansabdor shaxslarga maxsus unvon egallab turilgan shtatdagi lavozimi boʻyicha sinov muddati tugagandan keyin beriladi, inspektor maxsus unvoni bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
(33-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
34. Soliq organlarining mansabdor shaxslariga, yanada yuqoriroq unvon beriladigan lavozimga oʻtkazilganda va tayinlanganda, unga navbatdagi maxsus unvonni, yangi lavozimda boʻlish muddatidan qatʼi nazar, va navbatda va muddatlarga rioya qilmasdan olish huquqi beriladi, lekin mazkur unvon uning maxsus unvonidan ikki darajadan yuqori boʻlmasligi kerak.
35. Soliq organlarining intizomini jazo olgan yoxud unga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan yoki qonunchilikni yoki xizmat intizomini buzganlik fakti boʻyicha xizmat tekshiruvi oʻtkazilayotgan mansabdor shaxslarini navbatdagi maxsus unvonlarni berishga yoki ragʻbatlantirishga tavsiya etish intizomiy jazo olib tashlangungacha yoxud jinoiy ish ozod qiluvchi asoslar boʻyicha toʻxtatilgungacha yoki xizmat tekshiruvi tugagungacha amalga oshirilmaydi,
36. Istisno tartibida, soliq organlarining vakolatli mansabdor shaxslari navbatdagi maxsus unvonlarni muddatidan oldin yoki egallab turilgan shtatdagi lavozim boʻyicha belgilangandan bir daraja yuqori unvonni quyidagi mezonlar boʻyicha berishlari mumkin:
xizmat burchini bajarish vaqtida koʻrsatgan qahramonligi, jasorati va mardligi uchun — egallab turilgan maxsus unvondagi xizmat muddatidan qatʼi nazar;
xizmat vazifalarini vijdonan bajargani va ishdagi yuksak yutuqlari uchun — maxsus unvon boʻyicha belgilangan xizmat muddatining kamida yarmi oʻtgandan keyin.
Soliq organlarining mansabdor shaxslariga maxsus unvon egallab turilgan shtatdagi lavozim boʻyicha belgilangandan bir daraja yuqori unvon soliq organlaridagi xizmatning butun davri mobaynida faqat bir marta berilishi mumkin.
37. Soliq organi rahbari oʻz xodimlarining maxsus unvondagi xizmat muddati tugagach navbatdagi unvon berish boʻyicha tegishli hujjatlarni taqdim etishga majburdir.
Mansabdor shaxslarni navbatdagi maxsus unvon berishga taqdim etish asossiz ravishda kechiktirilgan taqdirda, soliq organi rahbari mehnat qonunchiligiga muvofiq intizomiy javobgarlikka tortiladi,
38. Soliq organlarining mansabdor shaxslariga berilgan maxsus unvonlar ularda umrbod saqlanib qoladi.
39. Davlat soliq xizmati organlariga xizmatga qaytadan qabul qilingan shaxslarda ilgari berilgan maxsus unvonlar saqlanadi.
Bunda, agar egallab turilgan lavozim yanada yuqoriroq unvonni taqozo etsa, u holda ushbu unvon sinov muddati tugagach beriladi va u ilgarigi maxsus unvondan koʻpi bilan ikki daraja yuqori boʻlishi kerak.
Agar egallab turilgan lavozim pastroq maxsus unvonni taqozo etsa, u holda xizmatga qaytadan qabul qilingan shaxslarda ularning ilgari berilgan maxsus unvoni saqlanib qoladi.
40. Mansabdor shaxslarga navbatdagi maxsus unvon berishga tavsiya etishni kechiktirish, maxsus unvonni bir darajaga pasaytirish Davlat soliq qoʻmitasining raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida, tegishli darajadagi boshqarma rahbarlari taqdimnomasiga binoan, xizmat burchini buzganlik, xizmat vazifalarini zarur darajada bajarmaganlik uchun amalga oshiriladi.
Soliq organlarining maxsus unvoni pasaytirilgan mansabdor shaxslari ilgarigi maxsus unvoniga Davlat soliq qoʻmitasining raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari tomonidan tegishli darajadagi boshqarmalar rahbarlarining taqdimnomasiga binoan tiklanadilar.
Mansabdor shaxslarning ilgarigi maxsus unvonga tiklangunlarigacha ularga navbatdagi unvon berilishiga yoki ularning maxsus unvoni takroran pasaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
41. Soliq organlarining mansabdor shaxslari maxsus unvondan:
xodim oʻz nomiga isnod keltiruvchi qilmishlari uchun davlat soliq organlaridan boʻshatilganda;
jinoyat sodir etganlik uchun — sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan mahrum etilishi mumkin.
42. Soliq organlarining maxsus unvonlarga ega boʻlgan mansabdor shaxslariga har oyda maxsus unvoni va uzoq yillar xizmat qilganligi uchun ustama haq toʻlanadi. Maxsus unvon uchun (maxsus unvon berilgan vaqtdan boshlab toʻlanadigan) va uzoq yillar xizmat qilganligi uchun (ish stajiga koʻra) ustama haq miqdorlari lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlar bilan (mazkur Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq) belgilanadi.
Uzoq yillar xizmat qilganlik uchun ustama haq olish huquqini beruvchi ish staji Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan kasaba uyushmasi organi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq hisoblab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
43. Soliq organlarining Soliq akademiyasiga va soliq kollejlariga ishga oʻtkazilgan mansabdor shaxslarida ularning ilgarigi maxsus unvoni, shuningdek, maxsus unvon va uzoq yillar xizmat qilganlik uchun ustamalar toʻlash tartibi saqlanib qoladi. Soliq akademiyasida va soliq kollejlarida ishlagan vaqt, soliq organlariga xizmatga qaytib kelinganda, maxsus unvondagi xizmat muddatiga qoʻshiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
VI. Xizmatdan boʻshatish
44. Soliq organlarining mansabdor shaxslarini xizmatdan boʻshatish Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
45. Jinoyat sodir etganlik uchun sud tomonidan jazolangan mansabdor shaxslar, hukm qonuniy kuchga kirgandan keyin soliq organlaridan boʻshatiladilar.
46. Vafot etgan, halok boʻlgan yoki belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb eʼtirof etilgan mansabdor shaxslar soliq organlarining xodimlar tarkibidan chiqariladilar.
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining
lavozim maoshlariga maxsus unvon uchun har oylik ustama haq
lavozim maoshlariga maxsus unvon uchun har oylik ustama haq
MIQDORLARI
|
Maxsus unvon nomi |
Lavozim maoshiga qoʻshimcha haq miqdori (koeffitsiyent hisobida) |
| Soliq xizmatining bosh davlat maslahatchisi |
0,65 |
| Soliq xizmatining I darajali davlat maslahatchisi |
0,60 |
| Soliq xizmatining II darajali davlat maslahatchisi |
0,55 |
|
Soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi |
0,5 |
|
Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi |
0,45 |
| Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi |
0,40 |
| Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi |
0,35 |
| Soliq xizmatining I darajali inspektori |
0,30 |
| Soliq xizmatining II darajali inspektori |
0,25 |
| Soliq xizmatining III darajali inspektori |
0,20 |
| Soliq xizmatining inspektori |
0,15 |
Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq organlari mansabdor
shaxslarining lavozim maoshlariga uzoq yillar xizmat
qilganlik uchun har oylik ustama haq
shaxslarining lavozim maoshlariga uzoq yillar xizmat
qilganlik uchun har oylik ustama haq
MIQDORLARI
|
Ish staji |
Lavozim maoshiga ustama haq miqdori (koeffitsiyent hisobida) |
|
3 yildan 5 yilgacha |
0,05 |
|
5 yildan 7 yilgacha |
0,15 |
|
7 yildan 10 yilgacha |
0,20 |
|
10 yildan 12 yilgacha |
0,25 |
|
12 yildan 15 yilgacha |
0,30 |
|
15 yildan 20 yilgacha |
0,35 |
|
20 yildan ortiq |
0,40 |
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida boshqaruv xodimi sifatidagi ishlash davri lavozim maoshiga har oylik ustamalar toʻlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-iyundagi 412-son qaroriga asosan izoh bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 551-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2000-y., 5-son, 23-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 5-son, 20-modda;13-son, 88-modda; 2004-y., 7-son, 80-modda; 2005-y., 3-4-son, 26-modda; 2006-y., 46-47-son, 458-modda; 2007-y., 31-32-son, 323-modda; 2009-y., 10-11-son, 115-modda; 2010-y., 21-son, 162-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 25-son, 551-modda)