Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Maktabgacha taʼlim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-sonli “Maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qarorini bajarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Maktabgacha taʼlim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining ustavi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 21-noyabr,
929-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquqlari va javobgarligini, faoliyatini tashkil etish hamda hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini tartibga soladi.
2. Vazirlik maktabgacha taʼlim sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javob beradigan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
3. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) boʻysunadi.
4. Vazirlik oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi.
5. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
6. Vazirlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi, maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda hududiy boʻlinmalar deb ataladi), Vazirlik tarkibiga kiradigan tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisob raqamlariga ega boʻladi.
8. Vazirlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, qisqartmasi — MTV;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Ministerstvo doshkolnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan, qisqartmasi — MDO;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — The Ministry of Preschool Education of the Republic of Uzbekistan, qisqartmasi — MoPrE.
2-bob. Vazirlikning tizimi
9. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Vazirlikning markaziy apparati;
hududiy boʻlinmalar;
Maktabgacha taʼlim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti;
“Maktabgacha taʼlim metodikasi” jurnali tahririyati;
davlat maktabgacha taʼlim muassasalari.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
1-§. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
1) maktabgacha taʼlim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
2) maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
3) bolalarni maktabgacha taʼlim bilan bosqichma-bosqich toʻliq qamrab olishni taʼminlash;
4) zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, taʼlim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini oʻquv-tarbiya jarayoniga joriy etish;
5) maktabgacha taʼlim muassasalarini milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob oʻqishga qiziqish uygʻotuvchi oʻquv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi oʻyin va oʻyinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
6) zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllagan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama kamol toptirish masalalarini yuqori professional darajada hal etishga qodir boʻlgan maktabgacha taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
7) maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yaratish hamda taʼlim-tarbiya jarayoniga tajribali, yuqori malakali va kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni jalb qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
8) maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun munosib shart-sharoitlar, shu jumladan, toʻlaqonli va ratsional, muvozanatli, sogʻlom va toʻgʻri ovqatlanishni taʼminlashga, asoslangan tibbiy koʻrsatmalar bilan belgilanadigan hajmlarda va intensivlikda koʻngilochar va bilim beruvchi mashgʻulotlar elementlari boʻlgan serharakat oʻyinlar va mashqlar uyushtirishga yoʻnaltirilgan shart-sharoitlar yaratish;
Keyingi tahrirga qarang.
9) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatish hamda ularning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish boʻyicha profilaktika chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Keyingi tahrirga qarang.
1) maktabgacha taʼlim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
maktabgacha taʼlim tizimi faoliyatini tashkil etish va yaxshilash masalalarida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;
yagona davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlariga, shu jumladan, maktabgacha taʼlim tizimini yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni, shuningdek, ularni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqishga doir takliflarni koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Vazirlik tizimiga kiradigan maktabgacha taʼlim muassasalarini rivojlantirish istiqbollarini prognozlashtiradi, davlat dasturlarini va hududiy dasturlarni ishlab chiqadi;
maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablari sifatli bajarilishini taʼminlash borasida maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablari, maktabgacha taʼlim tizimi mutaxassislariga qoʻyiladigan malaka talablari bajarilishi ustidan idoraviy nazoratni tashkil etadi;
maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatiga metodik rahbarlik qiladi;
tarbiyalanuvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlarini hamda ularning oʻzlashtirish imkoniyatlarini hisobga olgan holda ilmiy-texnik taraqqiyotdan, jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablari, oʻquv dasturlari, darsliklar uzluksiz takomillashtirilishini tashkil etadi;
shu jumladan, axborot texnologiyalarini va moliyaviy nazoratning eʼtirof etilgan xalqaro standartlarini joriy etish yoʻli bilan idoraviy mansub taʼlim muassasalarida budjet qonunchiligi buzilishi profilaktikasi va uning oldini olishga qaratilgan moliyaviy nazoratni amalga oshiradi;
rivojlanish tenedensiyalari va istiqbollarini belgilaydi, maktabgacha taʼlimning holatini qiyosiy tahlil qiladi;
maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻi faoliyat koʻrsatishining taʼlim bilan bogʻliq va ijtimoiy samaradorligini tahlil qiladi, uni maqbullashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
jurnallar, blankalar, oʻquv-metodik komplekslar, byulletenlar nashr etilishini va Vazirlik tizimi faoliyatiga taalluqli boʻlgan oʻquv qoʻllanmalari eʼlon qilinishini, shuningdek, Vazirlikning veb-sayti ishini tashkil etadi;
2) maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish sohasida:
maktabgacha taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish masalalariga umumiy rahbarlik qiladi;
idoraviy mansub taʼlim muassasalarida binolar va inshootlardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtiradi;
taʼmirlash-tiklash, qurilish ishlarini, shuningdek, maktabgacha taʼlim muassasalarini kuz-qish fasliga tayyorlash boʻyicha ishlarni, maktabgacha taʼlim muassasalari binolari va inshootlarining joriy ish holatini saqlashni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
maktabgacha taʼlim muassasalarining ehtiyojlarini aniqlaydi va har yili ularni jihozlash (qayta jihozlash) dasturlarini ishlab chiqadi;
manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda zamonaviy maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturlariga kiritilgan maktabgacha taʼlim obyektlarida har yili olib boriladigan qurilish-taʼmirlash ishlarining tizimli monitoringini olib boradi;
maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarining maʼnaviy-axloqiy va intellektual saviyasini oshirish maqsadida bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishni oshirish va maktabgacha taʼlim sohasidagi muammolarni aniqlash boʻyicha jamoatchilik fikri oʻrganilishini tashkil etadi;
maktabgacha taʼlim tizimida xalqaro aloqalarni kengaytirish va uning samaradorligini oshirishga koʻmaklashadi, maktabgacha taʼlim masalalari boʻyicha xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar va hamkorlik oʻrnatadi;
3) bolalarni maktabgacha taʼlim bilan bosqichma-bosqich toʻliq qamrab olishni taʼminlash sohasida:
fuqarolarning maktabgacha taʼlimdan foydalanishga boʻlgan huquqlari amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlarni taʼminlaydi;
maktabgacha taʼlim muassasalari bazasida bolalarni maktabga tayyorlash boʻyicha har xil muqobil modellarni ishlab chiqadi;
maktabgacha taʼlim tizimi faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishining dolzarb va istiqbolli ehtiyojlari tahlil qilinishini tashkil etadi;
maktabgacha taʼlimning amalga oshirilayotgan taʼlim dasturlari va umumtaʼlim maktablarining 1-sinfi dasturi uzviyligini amalga oshirish masalalarida idoraviy mansub muassasalarga rahbarlik qiladi;
raqobatlashuvchi davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
maktabgacha taʼlim tizimiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi amaldagi loyihalarni qoʻllab-quvvatlash masalalarida koʻmaklashadi,
konferensiyalar, koʻrgazmalar va boshqa tadbirlarni, shu jumladan, xalqaro tadbirlarni tashkil etish orqali maktabgacha taʼlim sohasida mamlakatimiz yutuqlarini keng targʻib qiladi;
bolalarni maktabgacha taʼlim tizimiga jalb etish koʻlamlarini kengaytirish maqsadida aholi orasida axborot targʻibotini amalga oshiradi, shu jumladan, ruhiy-pedagogik maʼrifat boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
bolalarni maktabga tayyorlash boʻyicha moslashuvchan, muqobil modellarni rivojlantirish maqsadida hududiy boshqaruv organlarida, nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarida prognozlashtirish boʻyicha axborot-tahlil ishlari oʻtkazilishini taʼminlaydi;
davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini rivojlantirish masalalarida manfaatdor tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha fuqarolarga va tadbirkorlik subyektlariga metodik yordam beradi;
4) zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, taʼlim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini oʻquv-tarbiya jarayoniga joriy etish sohasida:
maktabgacha taʼlim muassasalarida innovatsion jarayonlarni rivojlantirish va joriy etishni ragʻbatlantiradi va muvofiqlashtiradi;
maktabgacha taʼlim sifatini baholash natijalarini tahlil qiladi;
milliy mustaqillik gʻoyasiga, boy milliy madaniy-tarixiy merosga, milliy urf-odatlarga va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan maʼnaviy barkamol yosh avlod tarbiyasining samarali tashkiliy va pedagogik shakllari hamda usullarini ishlab chiqadi;
oʻqitishning zamonaviy ilgʻor shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini oʻquv-tarbiya jarayoniga joriy etish orqali tarbiyalanuvchilarning har tomonlama kamol topishini taʼminlaydi;
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, samarali shakllar hamda usullardan foydalanib, shu jumladan, tarbiyalanuvchilarning boʻsh vaqtini tashkil etishda ular bilan yakka tartibdagi ishlarni taʼminlashga koʻmaklashadi;
ilgʻor pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan, maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarni kamol toptirish borasidagi zamonaviy xalqaro tajribani oʻrganadi, umumlashtiradi va maktabgacha taʼlim muassasalarining taʼlim-tarbiya jarayoniga joriy etadi;
maktabgacha taʼlim sohasida mutaxassislarning xalqaro tajribasini oʻrganish maqsadida oʻquv safarlarini tashkil etadi;
5) maktabgacha taʼlim muassasalarini milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob oʻqishga qiziqish uygʻotuvchi oʻquv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi oʻyin va oʻyinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash sohasida:
oʻquv dasturlari, oʻquv-metodik adabiyotlarni pedagogika amaliyotiga joriy etish ustidan nazorat qiladi;
ilgʻor pedagogika texnologiyalarini, zamonaviy oʻquv-metodik komplekslarni yaratish va oʻquv-tarbiya jarayonini didaktik taʼminlash boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;
maktabgacha taʼlim muassasalarini rivojlantiruvchi oʻyinlar va oʻyinchoqlar bilan taʼminlaydi;
maktabgacha taʼlim muassasalarini milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob oʻqishga qiziqish uygʻotuvchi badiiy adabiyotlar bilan taʼminlashni tashkil etadi;
bolalarni yot gʻoyalardan himoya qilish, ularning maʼnaviy dunyosini oshirish, milliy va jahon adabiyotini targʻib qilish maqsadida bolalarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga koʻmaklashadi, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga yoʻnaltirilgan faoliyatni tashkil etadi;
maktabgacha taʼlim tizimining jurnallarida Vazirlikning metodik tavsiyalari va buyruqlarini nashr etish orqali ilmiy-metodik axborotni yoyishga koʻmaklashadi;
qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlar namunalarini ishlab chiqadi va ularning koʻpaytirilishini tashkil etadi;
bolalar badiiy adabiyotlarini, oʻquv-metodik qoʻllanmalarni, didaktik oʻyinlar va oʻyinchoqlarni yaratish boʻyicha nashriyotlar, tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
6) zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllagan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama kamol toptirish masalalarini yuqori professional darajada hal etishga qodir boʻlgan maktabgacha taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida:
maktabgacha taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;
maktabgacha taʼlim muassasalarining pedagog kadrlar bilan taʼminlanganligi monitoringini olib boradi;
maktabgacha taʼlim sohasida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik faoliyatni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi;
pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga maktabgacha taʼlim sohasida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, ilgʻor xorijiy tajribani joriy etishga koʻmaklashadi;
maktabgacha taʼlim muassasalari uchun pedagog kadrlarni professional tayyorlash amalga oshiriladigan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxatini belgilaydi;
davlat maktabgacha taʼlim muassasalari rahbarlari va pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazadi;
7) maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yaratish va tajribali, yuqori malakali va kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni taʼlim-tarbiya jarayoniga jalb qilish sohasida:
maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
davlat maktabgacha taʼlim muassasalarini malakali kadrlar bilan taʼminlaydi;
har yili oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish borasida maktabgacha taʼlim sohasida takliflarni shakllantiradi;
oʻquv-metodik materiallarni ishlab chiqishga, pedagogik texnologiyalarni maktabgacha taʼlim muassasalarining oʻquv-tarbiyaviy jarayoniga istiqbolli joriy etishga taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarini, pedagogik jamoatchilikni jalb etish boʻyicha faoliyatni amalga oshiradi;
maktabgacha taʼlim sohasida mutaxassislarni maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha kasb mahorati tanlovlari oʻtkazadi, tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi;
taʼlim, ilmiy-tadqiqot, xorijiy va xalqaro tashkilotlar ishtirokida uzoq muddatli dasturlar, loyihalar, rejalarni ishlab chiqadi, ularni bajarish boʻyicha asosiy talablarni belgilaydi;
8) maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish sohasida:
jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish sohasida maktabgacha yoshdagi bolalarni kamol toptirishda ruhiy-pedagogik va tashkiliy sharoitlarni taʼminlaydi;
maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiy-kommunikativ, bilishni rivojlantirish, nutq, oʻqish va yozishga, chet tilining dastlabki asoslariga tayyorlash, badiiy-estetik va musiqiy tarbiya sohasida toʻlaqonli kamol toptirishni taʼminlaydi;
bolalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish dasturlari va tadbirlarini ishlab chiqadi, bolalarning psixofizik xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni turli toʻgaraklar bilan qamrab olish boʻyicha tizimli faoliyatni tashkil etadi;
davlat maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarining toʻlaqonli, oqilona, muvozanatlashgan, sogʻlom ovqatlanishini taʼminlaydi;
maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarini har xil yoʻnalishlardagi toʻgaraklarda shugʻullanishga jalb etish strategiyasini ishlab chiqadi;
9) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatish hamda ularning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish boʻyicha profilaktika chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish sohasida:
maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatish faoliyatini muvofiqlashtiradi;
bolalarning hayoti va salomatligini himoya qilish boʻyicha profilaktik chora-tadbirlarga rahbarlik qiladi va ularni muvofiqlashtiradi;
maktabgacha taʼlim muassasalari tibbiyot xodimlarining malakasi muntazam oshirilishiga koʻmaklashadi.
Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
2-§. Vazirlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari
12. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
1) hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlash;
2) davlat taʼlim talablari takomillashtirilishini va rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish asosida taʼlim sifati monitoringi olib borilishini tashkil etish;
3) oʻquv-metodik komplekslarni ishlab chiqish va nashr etish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
4) bolalarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashni, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va reabilitatsiya qilishni tashkil etish;
5) maktabgacha taʼlim muassasalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Keyingi tahrirga qarang.
6) Vazirlik tizimida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etish va amalga oshirish;
7) hududiy boʻlinmalarda va idoraviy mansub tashkilotlarda kadrlar bilan taʼminlashni muvofiqlashtirish;
8) idoraviy mansub tashkilotlarni rivojlantirishga koʻmaklashish, ularni rivojlantirish konsepsiyalari va istiqbollarini belgilash.
13. Vazirlikning markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan taʼminlaydi;
2) hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari bajarilishi ustidan muntazam nazoratni taʼminlaydi;
3) Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri (keyingi oʻrinlarda Vazir deb ataladi) va uning oʻrinbosarlarining buyruqlari va farmoyishlari amalga oshirilishini oʻz vakolatlari doirasida tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
4) Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini va ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi;
(13-bandning 4-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
5) hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati monitoringi olib borilishini tashkil etadi;
6) maktabgacha taʼlimni rivojlantirish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishiga koʻmaklashadi;
7) Vazirlikning faoliyati, shu jumladan, qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyati huquqiy taʼminlanishini tashkil etadi;
8) boshqaruv qarorlari qabul qilish maqsadida maktabgacha taʼlim tendensiyalari toʻgʻrisida Vazirlik rahbariyati uchun axborotni toʻplaydi, umumlashtiradi va tahlil qiladi;
9) maktabgacha taʼlim masalalari boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga axborot, metodik, tashkiliy va maslahat yordami beradi;
10) Vazirlik vakolatiga tegishli operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xoʻjalik masalalari va boshqa masalalar bilan shugʻullanadi;
11) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini nazorat qiladi va tahlil etadi;
12) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda oʻziga yuklangan vazifalar samarali bajarilishini taʼminlaydi;
13) davlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
14) nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
15) oʻquv-metodik komplekslarni ishlab chiqish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtiradi va metodik ishlarni tashkil etadi;
16) maktabgacha taʼlim va tarbiya sifati monitoringini olib boradi;
17) maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
18) maxsus maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
19) maktabgacha taʼlim muassasalarida sogʻlom ovqatlanish tashkil etilishini muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
20) Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlarda moliya, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi;
21) Vazirlik tizimi davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida va hududiy boʻlinmalarida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
22) maktabgacha taʼlim muassasalarini moddiy-texnik taʼminlashni tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
23) maktabgacha taʼlim muassasalarining binolari va inshootlaridan joriy foydalanish boʻyicha ishlar monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
24) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;
25) xorijiy investitsiyalar jalb etilishini va xalqaro hamkorlikni tashkil etadi.
3-§. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasining vazifalari va funksiyalari
14. Quyidagilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
1) Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini taʼminlashda ishtirok etish;
2) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura hududiy organlari, ichki ishlar va davlat soliq xizmati rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar (keyingi oʻrinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar deb ataladi) bilan hamkorlik qilish;
3) maktabgacha taʼlim sohasida qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish;
4) maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlarida oʻquv-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
5) maxsus maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarni reabilitatsiya qilish va maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash boʻyicha maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
6) nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish va maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantirishda maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlarini qoʻllab-quvvatlash;
Keyingi tahrirga qarang.
7) maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlarida, davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etish hamda amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi va ularning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlaydi;
2) maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari, Vazirlikning buyruqlari bajarilishi ustidan muntazam nazorat qilinishini taʼminlaydi;
3) maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi;
4) maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
5) maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlinmalarining metodik faoliyatini muvofiqlashtiradi;
6) nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
7) nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlash va maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantirish boʻyicha maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
8) viloyat darajasidagi budjetdan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlar xarajatlarini moliyalashtirishni, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi;
9) davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni taʼminlash boʻyicha maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
10) maktabgacha taʼlim muassasalarida davlat talablarini bajarish monitoringi boʻyicha maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlari harakatlarini muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
11) maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlarini va maktabgacha taʼlim muassasalarini moddiy-texnik taʼminlashni tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
12) maktabgacha taʼlim muassasalarining binolari va inshootlarini joriy taʼmirlash ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
13) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;
14) vakolatiga tegishli tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xoʻjalik masalalari va boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
4-§. Maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlarining vazifalari va funksiyalari
16. Quyidagilar maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
1) Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini taʼminlashda ishtirok etish;
2) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan davlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish sohasida oʻzaro hamkorlik qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
3) maktabgacha taʼlim muassasalarida maktabgacha taʼlim sohasidagi qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga rioya qilinishi monitoringini olib borish va nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
4) maktabgacha taʼlim muassasalarida oʻquv-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Keyingi tahrirga qarang.
5) maxsus maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarni reabilitatsiya qilish va maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash;
Keyingi tahrirga qarang.
6) nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlash va maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantirish;
Keyingi tahrirga qarang.
7) tuman (shahar) darajasidagi budjetdan moliyalashtiriladigan davlat maktabgacha taʼlim muassasalari xarajatlarini moliyalashtirishni, ularda buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlari va ularning rahbariyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan taʼminlaydi;
2) idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va Vazirlikning buyruqlari bajarilishini muntazam nazorat qiladi;
3) maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklariga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi;
4) maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
5) nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
6) nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlaydi va bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
7) tuman (shahar) darajasidagi budjetdan moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim muassasalari xarajatlarini moliyalashtirishni, ularda buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
8) maktabgacha taʼlim muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
9) maktabgacha taʼlim muassasalarida davlat talablari bajarilishi monitoringini olib boradi;
Keyingi tahrirga qarang.
10) davlat maktabgacha taʼlim muassasalarini moddiy-texnik taʼminlashni tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
11) davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining binolari va inshootlaridan foydalanish ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
12) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;
13) maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlari vakolatiga tegishli boʻlgan tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xoʻjalik masalalari va boshqa masalalar boʻyicha qaror qabul qiladi.
4-bob. Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalarining huquqlari hamda javobgarligi
1-§. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi
18. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
Oldingi tahrirga qarang.
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan zarur axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur statistik axborotni davlat statistika organlaridan bepul asosda olish;
Vazirlikning va unga idoraviy mansub tuzilmalarning davlat mulkini bir boʻlinmadan boshqasiga belgilangan tartibda berish;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish, Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
Vazirlik vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha xalqaro darajada Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifodalash;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
oʻz vakolati doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish, zarur hollarda davlat boshqaruvi boshqa organlari bilan birgalikda qarorlar va boshqa hujjatlarni birgalikda qabul qilish;
Vazirlik va unga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini ular tomonidan tegishli sohada ular faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari parametrlari bajarilishini hisobga olgan holda moddiy ragʻbatlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;
oʻz vakolati doirasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
Vazirlik faoliyatini keng yoritish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy veb-saytlar, shuningdek, sahifalar yaratish;
oʻz vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan shunga oʻxshash tadbirlarda ishtirok etish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha metodik materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha hayʼat majlislarida davlat maktabgacha taʼlim tizimi rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
maktabgacha taʼlim toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari tomonidan ijro etilishi yuzasidan ularning faoliyatini oʻrganish;
Keyingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish bilan bogʻliq dolzarb va istiqbolli muammolarni ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhlar tashkil etish;
maktabgacha taʼlim muassasalarining davlat talablarini, oʻquv dasturlari, oʻquv-metodik qoʻllanmalar va materiallarni takomillashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
19. Vazirlik:
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, maktabgacha taʼlim sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi;
Vazirlik faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishilishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan buyruqlar amalga oshirilishining sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
maktabgacha taʼlim sohasini rivojlantirish, shuningdek, maktabgacha taʼlim sohasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ulardagi muammoli masalalarni hal qilish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.
2-§. Vazirlik markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi
20. Vazirlikning markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
tahlil qilish va qayta ishlash uchun zarur boʻlgan maktabgacha taʼlim masalalari boʻyicha materiallar va maʼlumotlarni Vazirlikning hududiy boʻlinmalaridan va idoraviy mansub tashkilotlaridan soʻrash va olish;
Vazirlikda koʻrib chiqiladigan maktabgacha taʼlim masalalarini ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur boʻlganda Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillarini belgilangan tartibda jalb qilish, shu maqsadda ekspert va ishchi guruhlar tashkil etish;
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan oʻzlari tomonidan kiritilgan maktabgacha taʼlim boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlashni talab qilish, zarurat boʻlganda ularni qayta ishlash uchun qaytarish;
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlariga tezlikda hal qilinishi talab etiladigan va Vazirlikka yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan topshiriqlar berish;
maktabgacha taʼlim sohasida davlat dasturlari va investitsiya dasturlari bajarilishi boʻyicha hududiy boʻlinmalar, idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini oʻrganish;
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Vazirlikning buyruqlari Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan bajarilishi yuzasidan ularning faoliyatini belgilangan tartibda oʻrganish va tekshirish huquqiga ega.
Vazirlikning markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
21. Vazirlikning markaziy apparati:
hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Vazirlik faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash boʻyicha Vazirlik markaziy apparati boʻlinmalarining ishini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik tomonidan koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan maktabgacha taʼlim sohasidagi buyruqlarning tayyorlanishi sifati va ekspertizadan oʻtkazilishi;
(21-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
maktabgacha taʼlimni rivojlantirish, shuningdek, maktabgacha taʼlim sohasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ulardagi muammoli masalalarni hal qilish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishini tashkil etish uchun javob beradi.
3-§. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasining huquqlari va javobgarligi
22. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hududiy boʻlinmalaridan oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
maktabgacha taʼlim sohasining eng muhim muammolarini ishlab chiqish va koʻrib chiqish boʻyicha hududiy darajada idoralararo komissiyalar va kengashlar tuzish;
davlat dasturlari va investitsiya dasturlari bajarilishi boʻyicha maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlari faoliyatini oʻrganish;
maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlari faoliyatini nazorat qilish, muvofiqlashtirish va ularga rahbarlik qilish;
bolalarni maktabga sifatli tayyorlash masalalari boʻyicha nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritish huquqiga ega.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
23. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi:
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Vazirlikning hududiy organlari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlariga erishishni taʼminlash;
Vazirlikka kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Vazirlikning hududiy organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning amalga oshirilishi sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;
tumanlarda (shaharlarda) aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida maktabgacha taʼlim sohasini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida rivojlantirishga doir takliflarni tayyorlash;
maktabgacha taʼlim sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi uchun javob beradi.
4-§. Maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlarining huquqlari va javobgarligi
24. Maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlari ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tuman (shahar) boʻlinmalaridan, maktabgacha taʼlim muassasalaridan oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat dasturlarini va investitsiya dasturlarini amalga oshirish boʻyicha davlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini oʻrganish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga rahbarlik qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
bolalarni maktabga sifatli tayyorlash masalalari boʻyicha nodavlat taʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflarni koʻrib chiqish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasiga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish huquqiga ega.
Maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
25. Maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlari:
maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasiga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;
maktabgacha taʼlim sohasida dolzarb muammolarni, shuningdek, tumanni (shaharni) rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash;
maktabgacha taʼlim masalalariga doir takliflarni tayyorlash va maktabgacha taʼlim masalalari yuzasidan tumanni (shaharni) rivojlantirish dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
tumanlarda (shaharlarda) maktabgacha taʼlim sohasini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal qilish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.
5-bob. Vazirlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
26. Quyidagilar Vazirlikning asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
2) Vazirlikning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
4) Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati bilan bogʻliq maktabgacha taʼlim sohasida prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
5) maktabgacha taʼlim masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;
(26-bandning 5-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarini bajarish;
7) oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Vazirlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Vazirlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyati darajasini belgilash;
8) maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish strategiyasidan kelib chiqib Vazirlik faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Vazirlik va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
9) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq hududiy boʻlinmalar, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
10) maktabgacha taʼlim tizimi mutaxassislarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
11) maktabgacha taʼlim tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Vazirlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
12) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Vazirlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
(26-bandning 12-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13) faoliyat sohasi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
(26-bandning 13-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
14) “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasi faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq Vazirlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
15) Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda ularni kelishish (viza qoʻyish);
(26-bandning 15-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
16) Vazirlik rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
17) oʻz oʻrinbosarlari va hududiy boʻlinmalar, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
18) Vazirlik xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
19) Vazirlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari (keyingi oʻrinlarda Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari deb ataladi) talablariga rioya etilishini taʼminlash;
20) “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
21) Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari, shuningdek idoraviy mansub tashkilotlar va davlat maktabgacha taʼlim muassasalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
22) aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, “yagona darcha” prinsipini joriy etish orqali maktabgacha taʼlim sohasida davlat xizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
23) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
24) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Vazirlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
25) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
26) markaziy apparat va hududiy boʻlinmalar toʻgʻrisidagi nizomni, Vazirlik tizimiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
27) Vazirlik markaziy apparati xodimlarini, hududiy boʻlinmalar, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
28) Vazirlik markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, idoraviy mansub tashkilotlar mansabdor shaxslari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish;
29) Vazirlik markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, idoraviy mansub tashkilotlar tuzilmasi va shtat jadvalini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan xodimlarning soni doirasida tasdiqlash.
27. Quyidagilar Vazir oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
2) Vazir vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
3) Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
4) Vazirlik faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
5) maktabgacha taʼlim sohasida mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
6) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarida ijro intizomi boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
8) Vazirlik hayʼati, Vazirning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
9) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Vazirga takliflar taqdim etish, ularning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
10) maktabgacha taʼlim sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik Vazir tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirning topshirigʻiga binoan ishtirok etish;
(27-bandning 10-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
11) Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;
12) xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3137-son qarorlari talablariga toʻliq muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
13) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
14) maktabgacha taʼlim sohasiga tegishli masalalar boʻyicha Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish, maktabgacha taʼlim sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni Vazirga kiritish;
15) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni Vazirga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish;
16) Vazirlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini taʼminlash;
17) huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq maktabgacha taʼlim tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
18) maktabgacha taʼlim sohasida davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Vazirga kiritish;
19) “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
20) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlash;
21) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
28. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
2) tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
3) tegishli tarkibiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
4) prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda tarkibiy boʻlinmalar ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Vazirning mutasaddilik qiladigan oʻrinbosarlariga kiritish;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, Vazirlik tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3137-son qarorlari talablariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
6) Vazirlik hayʼati qarorlari, Vazir va uning oʻrinbosarlari buyruqlari hamda topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
7) tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
8) tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga amaliy va metodik yordam koʻrsatish;
9) tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
10) tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda Vazir oʻrinbosarlariga takliflar taqdim etish, professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
11) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Vazirlik rahbariyati tomonidan koʻrib chiqish, imzolash (viza qoʻyish), uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, Vazirlik rahbariyatining topshirigʻi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqishda ishtirok etish;
(28-bandning 11-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
12) Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;
13) xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
14) tarkibiy boʻlinmalar xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
15) Vazirlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tarkibiy boʻlinmalar xodimlari ushbu qoidalarga rioya etishini taʼminlash;
16) “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
17) davlat xizmatlarining samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
20) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
29. Quyidagilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
2) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va boshqa qonun hujjatlari va Vazirlik buyruqlari bilan ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
3) hududiy boʻlinmalar faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun hududiy boʻlinmalar xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
5) Vazirlik hayʼati qarorlari, Vazir va uning oʻrinbosarlarining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
6) maktabgacha taʼlim sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
7) oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, hududiy boʻlinmalarning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Vazirlik hududiy boʻlinmalari faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
8) Vazirlikning hududiy boʻlinmalari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
9) Vazirlik hududiy boʻlinmalarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boʻlinmalar kadrlar zaxirasini shakllantirish;
10) Vazir nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy boʻlinmalarga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
11) hududiy boʻlinmalar xodimlarini, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha muntazam chora-tadbirlar koʻrish;
12) hududiy boʻlinmalar xodimlari tomonidan Vazirlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini taʼminlash;
13) huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali hududiy boʻlinmalar tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
14) prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda hududiy boʻlinmalar tomonidan ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Vazirning mutasaddilik qiladigan oʻrinbosarlariga kiritish;
15) hududiy boʻlinmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
16) hududiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, maktabgacha taʼlim sohasida davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni koʻrib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
17) Vazirlikning tuman (shahar) boʻlinmalari va hududiy boʻlinmalar tarkibiga kiradigan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
20) hududiy boʻlinmalar xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, ragʻbatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlikka kiritish;
21) davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash.
30. Quyidagilar maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
2) tuman (shahar) boʻlinmasiga rahbarlik qilish;
3) faoliyatning ayrim yoʻnalishlari boʻyicha xodimlar oʻrtasida funksional vazifalarni taqsimlash va ularning javobgarligi darajasini belgilash;
4) davlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Keyingi tahrirga qarang.
6) Vazirlik hayʼati qarorlari, Vazir va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi rahbarlarining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
7) maktabgacha taʼlim sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
8) tuman (shahar) boʻlinmasida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi rahbarlariga, ularning oʻrinbosarlariga takliflar kiritish, ularning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, tuman (shahar) boʻlinmasida kadrlar zaxirasini shakllantirish;
9) Vazirlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tumanlarda (shaharlarda) maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlari xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini taʼminlash;
10) huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlarida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
11) maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlari xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, ragʻbatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻgʻrisida takliflar kiritish;
12) davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash.
6-bob. Vazirlik rahbarlarining javobgarligi
31. Vazir:
1) Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
2) ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari boʻyicha;
3) ushbu Nizomning 26-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
32. Vazir oʻrinbosarlari:
1) Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarida Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
2) ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari boʻyicha;
3) ushbu Nizomning 27-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
33. Markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari;
1) tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;
2) ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan Vazirlik markaziy apparatining javobgarlik sohalari boʻyicha;
3) ushbu Nizomning 28-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
34. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi rahbarlari:
1) hududiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
2) ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasining javobgarlik sohalari boʻyicha;
3) ushbu Nizomning 29-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
35. Maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlari:
1) maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
2) ushbu Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlarining javobgarlik sohalari boʻyicha;
3) ushbu Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
7-bob. Vazirlik faoliyatini tashkil etish.
1-§. Vazirlik rahbariyati
Oldingi tahrirga qarang.
36. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Vazir boshchilik qiladi.
(36-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-apreldagi 234-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2020-y., 09/20/234/0453-son)
Vazir oʻz maqomiga koʻra Vazirlar Mahkamasi aʼzosi hisoblanadi.
37. Vazirning uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
38. Vazirning birinchi oʻrinbosari va boshqa oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
39. Vazir boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning oʻrinbosarlari tomonidan bajariladi.
40. Quyidagilarni:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish — Vazir bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan;
hududiy boʻlinmalar rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish — viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, tumanlar (shaharlar) hokimlari bilan kelishgan holda Vazir tomonidan amalga oshiriladi.
41. Vazir Vazirlik tizimiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi.
42. Vazir Vazirlik markaziy apparati boshqarmalari va boʻlimlari, hududiy boʻlinmalar toʻgʻrisidagi nizomni, idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
2-§. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi tartibi
43. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan taʼminlanadi.
Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qilib:
1) topshiriqlarni hududiy organlarga va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
2) Vazirlikning hududiy organlariga va idoraviy mansub tashkilotlariga tarkibiy boʻlinmalarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
3) Vazirlikning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati amaliyotini tekshiradi va oʻrganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
4) Vazirlikning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot va axborot materiallari, statistika maʼlumotlari va boshqa maʼlumotlar oʻrganilishini tashkil etadi;
5) Vazirlikning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar koʻradi;
6) Vazirlikning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;
7) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Vazirlikning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari ishtirokini tashkil etadi, maktabgacha taʼlim sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.
44. Vazirlikning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:
1) Vazirlik rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida maʼlumot beradi;
2) maktabgacha taʼlim sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻgʻrisida markaziy apparatga axborot taqdim etadi;
3) ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻgʻrisida maʼlumot beradi;
4) oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda Vazirlikning markaziy apparatiga taqdim etadi;
5) maktabgacha taʼlim muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni Vazirlikning markaziy apparatiga yuboradi;
6) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik natijalari toʻgʻrisida axborot beradi;
7) vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻgʻrisida xabar beradi.
45. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, hududiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Vazirning topshirigʻiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Agar koʻrsatib oʻtilgan koʻrib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, u boʻyicha qaror bevosita Vazir tomonidan qabul qilinadi.
3-§. Vazirlikning boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi
46. Vazirlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari oʻz vakolati doirasida boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hududiy boʻlinmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
47. Vazirlikning hududiy boʻlinmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro yaqin hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
48. Vazirlik Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyatiga biriktirilgan tashkilotlar roʻyxatiga kiradi hamda uning faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari tomonidan mutasaddilik qilinadi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Keyingi tahrirga qarang.
4-§. Vazirlik hayʼati
49. Vazirlikda Vazir (hayʼat raisi), Vazir oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), shuningdek, Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi Vazirlik tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Hayʼat tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Vazirning taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
50. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrgan holda hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;
maktabgacha taʼlim sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam koʻrib chiqish;
joylarda maktabgacha taʼlimning dolzarb masalalari muhokama qilinishini taʼminlagan holda hayʼatning kengaytirilgan sayyor majlislari oʻtkazilishini tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Vazirlik markaziy apparatiga va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Vazirlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Vazirlik rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hayʼat Vazirlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqlidir.
51. Hayʼat majlisiga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
52. Hayʼat, agar uning majlisida hayʼat tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
53. Hayʼat qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
54. Vazir va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Shuningdek, hayʼat aʼzolari ham Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrini xabar qilishi mumkin.
55. Hayʼat faoliyati tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.
8-bob. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
56. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
57. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
58. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Vazirlik rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.
Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va usuli qonun hujjatlarida belgilanadi.
9-bob. Vazirlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish
59. Vazirlik quyidagi manbalardan:
Vazirlik markaziy apparati hamda Maktabgacha taʼlim rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutini moddiy-texnik taʼminlash va xodimlar mehnatiga haq toʻlash — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga;
Keyingi tahrirga qarang.
hududiy boʻlinmalar, ularga tegishli boʻlgan maktabgacha taʼlim muassasalari — mahalliy budjetlar mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
60. Vazirlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalardan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat.
Vazirlik xodimlari lavozim maoshlariga har oyda qoʻshiladigan ragʻbatlantirish xususiyatiga ega boʻlgan qoʻshimcha haqlar va ustamalar Vazir tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq toʻlanadi.
61. Vazirlik xodimlariga oylik ish haqi toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish manbalari mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi, Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
10-bob. Vazirlikning Vazirlar Mahkamasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot berishi
(10-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Oldingi tahrirga qarang.
62. Vazir Vazirlikning faoliyati toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda hisobot beradi.
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Oldingi tahrirga qarang.
63. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Vazirlik rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun ular faoliyati ustidan muntazam monitoring olib boradi, Vazirlik faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
(63-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
64. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Vazirlikning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari ragʻbatlantiriladi yoxud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi.
11-bob. Yakunlovchi qoida
65. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Maktabgacha taʼlim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining
Keyingi tahrirga qarang.
USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Ustav Maktabgacha taʼlim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti (keyingi oʻrinlarda Institut deb ataladi) maqomini, asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquqlarini tartibga soladi, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Institut Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi hamda maktabgacha taʼlim muassasalari rahbarlarini va mutaxassislarini qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi, yangi ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy etadi, maktabgacha taʼlimda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalarida uzluksiz metodik xizmat koʻrsatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Institutning rasmiy nomi:
a) davlat tilida: toʻliq nomi — Maktabgacha taʼlim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, qisqartmasi — MTMRMQTMOI;
Keyingi tahrirga qarang.
b) rus tilida: toʻliq nomi — Institut perepodgotovki i povisheniya kvalifikatsii rukovoditeley i spetsialistov doshkolnix obrazovatelnix uchrejdeniy, qisqartmasi — IPPKRSDOU;
v) ingliz tilida: toʻliq nomi — Institute for Retraining and Advanced Training of Preschool Education Personnel and manager, qisqartmasi — IRATPEPM.
4. Institut tinglovchilari kunduzgi oʻqish, masofaviy oʻqitish shakllarida va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda oʻqitiladi.
5. Institut oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, ushbu Ustavga amal qiladi.
6. Institut davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.
7. Institut taʼlim muassasasi sifatida maktabgacha taʼlim tizimi rahbarlari va pedagog xodimlarini qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi, ushbu yoʻnalishda oʻquv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy va tashkiliy-metodik ishlarni amalga oshiradi.
2-bob. Institutning vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari hisoblanadi:
maktabgacha taʼlim tizimi rahbarlari va pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy-pedagog kadrlarning maʼnaviy-axloqiy saviyasini oshirish, ularni tayyorlash, maktabgacha taʼlim tizimini metodik taʼminlash, ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy etish;
oʻquv-tarbiya jarayoniga, xususan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari amaliyotiga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, oʻqitish va tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
Keyingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlimning milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi oʻquv-metodik, didaktik materiallari, badiiy adabiyotlari sifati va mazmunini yanada boyitish, oʻyin va oʻyinchoqlar sonini koʻpaytirish;
maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha metodik ishlarni tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻquv-tarbiyaviy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish va nazorat qilish boʻyicha rahbarlar va mutaxassislar koʻnikmalarini mustahkamlash va maktabgacha taʼlim sifatini baholash;
xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, konferensiyalar, koʻrgazmalar va boshqa tadbirlar oʻtkazish orqali maktabgacha taʼlim sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritish, Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan shunga oʻxshash xalqaro maktabgacha taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
xorijiy maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oʻqituvchilarini jalb qilgan holda malaka oshirish va ilgʻor tajribani almashish uchun qisqa muddatli seminarlar tashkil etish.
9. Institut unga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) maktabgacha taʼlim tizimi rahbarlari va pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy-pedagog kadrlarning maʼnaviy-axloqiy saviyasini oshirish, ularni tayyorlash, maktabgacha taʼlim tizimini metodik taʼminlash, ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy etish sohasida:
oʻquv-tarbiya jarayoniga zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarni joriy etish hamda maktabda oʻqishga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash orqali bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishni tubdan oshirish, har tomonlama intellektual, maʼnaviy-estetik, jismoniy kamol toptirish maqsadida maktabgacha taʼlim muassasalari rahbarlari va mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
ilgʻor xorijiy tajribani joriy etish maqsadida maktabgacha taʼlim muassasalari rahbarlari va pedagog kadrlari malakasini muntazam oshirish uchun qisqa muddatli va maqsadga yoʻnaltirilgan kurslarni tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
mutaxassislik boʻyicha va maktabgacha taʼlimni boshqarish sohasida rahbarlar va mutaxassislarning bilimlarini oshirish;
maktabgacha taʼlim tizimi rahbarlari va pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni rivojlantirish istiqbollarini prognozlashtirish, davlat dasturlari va variativ dasturlarni ishlab chiqish;
maktabgacha taʼlim tizimi rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot va oʻquv-metodik ishlar olib borish, taʼlim menejmenti boʻyicha yuqori malakali pedagog-mutaxassislarni tayyorlash;
ilmiy-texnik rivojlanish, jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib tarbiyalanuvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlarini, shuningdek, ularning oʻzlashtirish imkoniyatlarini hisobga olib, maktabgacha taʼlimga qoʻyilgan davlat talablari, oʻquv dasturlari va darsliklar uzluksiz takomillashtirilishini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash;
Keyingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlim tizimi rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini va uni amalga oshirish mexanizmlarini yanada rivojlantirishni nazarda tutadigan takliflarni Vazirlikka kiritish;
davlat taʼlim standartlari hamda kasbga doir bilim va koʻnikmalarga qoʻyilgan talablar asosida mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan holda kasbi boʻyicha maʼlumotga ega boʻlmagan maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlari uchun qoʻshimcha ixtisoslik boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish;
ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash mazmuni va sifatini takomillashtirishga, xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda Vazirlikka kiritish;
b) oʻquv-tarbiya jarayoniga, xususan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari amaliyotiga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, oʻqitish va tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
taʼlim dasturlarining uzluksizligi va izchilligini hisobga olgan holda ijodiy tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan oʻqitishning interaktiv usullaridan foydalanish orqali maktabgacha taʼlim tizimi rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarni, oʻquv-metodik va normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
rahbarlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha xalqaro tajribani, shuningdek, jahonning eng yaxshi taʼlim muassasalari yutuqlarini umumlashtirish asosida ilmiy asoslangan innovatsiyalarni joriy etish;
Keyingi tahrirga qarang.
rahbarlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda taʼlim jarayonining yuqori darajasini taʼminlash, ilmiy tadqiqotlarga intilishni, mustaqil fikrlash koʻnikmalarini va ijodiy mahoratni rivojlantirish;
v) milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi oʻquv-metodik, didaktik materiallar, badiiy adabiyotlar sifati va mazmunini yanada boyitish, oʻyin va oʻyinchoqlar sonini koʻpaytirish sohasida:
oʻquv dasturlari, oʻquv, oʻquv-metodik adabiyotlar tayyorlash va nashr etish hamda ularni pedagogika amaliyotiga joriy etish jarayonini qoʻllab-quvvatlash;
ilgʻor pedagogik texnologiyalarni, zamonaviy oʻquv-metodik komplekslarni yaratish va oʻquv-tarbiya jarayonini didaktik taʼminlash;
milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va yoshlikdan kitob oʻqishga qiziqish uygʻotuvchi badiiy adabiyotlardan foydalanish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
darsliklar, oʻquv-metodik materiallarni ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish jarayonini tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda ularni oʻquv-tarbiya jarayoniga joriy etishda metodik yordam koʻrsatish;
bolalarni buzgʻunchi gʻoyalardan himoya qilish, ularning maʼnaviy dunyosini boyitish, milliy va jahon adabiyotini targʻib qilish maqsadida ularning kitobxonlik madaniyatini shakllantirish;
maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun oʻyinlar va oʻyinchoqlar sonini koʻpaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
g) maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha metodik ishlarni tashkil etish sohasida:
Keyingi tahrirga qarang.
oʻqitishning zamonaviy shakllarini, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishda maktabgacha taʼlim muassasalariga metodik yordam koʻrsatish;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻquv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishga, bolalar va pedagoglar isteʼdodlarini, qobiliyatlarini rivojlantirish va ragʻbatlantirishga qaratilgan tadbirlar (konferensiyalar, forumlar, musobaqalar, koʻrgazmali olimpiadalar, seminar-treninglar, tanlovlar) tashkil etish;
pedagoglarning oʻz sohasini bilishini rivojlantirish va oshirishda oʻqitishning interaktiv va zamonaviy usullarini, metodik materiallarni, metodik yordam koʻrsatishning samarali shakllarini ishlab chiqish, sinab koʻrish va oʻquv-tarbiya jarayoniga joriy etish;
maktabgacha taʼlim muassasalarida xonalar, sport zallari va maydonlari, asbob-uskunalar va kompyuter texnikasini ekspluatatsiya qilish va ulardan foydalanish boʻyicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
qayta tayyorlash va malaka oshirishning samarali shakllarini (aralash, masofaviy, yakka tartibda oʻqitish, “ustoz-shogird” va boshqa shakllarini) joriy etishning ilmiy-metodik va tashkiliy-metodik asoslarini ishlab chiqish;
har xil metodik materiallar tayyorlash, pedagogik va ilmiy-metodik axborotni umumlashtirish va tarqatish, ilmiy-metodik jurnallar, gazetalar, metodik toʻplamlar va qoʻllanmalar nashr etish;
davlat taʼlim talablarini, oʻquv rejalari va dasturlarni, darsliklar va oʻquv-metodik materiallarni oʻrganish hamda muhokama qilish, takliflar kiritish va Institutning ilmiy-metodik kengashida xulosalar qabul qilish;
d) oʻquv-tarbiyaviy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etishni nazorat qilish boʻyicha rahbarlar va mutaxassislar koʻnikmalarini takomillashtirish va taʼlim sifatini baholash sohasida:
oʻquv-tarbiyaviy jarayonni va metodik faoliyat holatini oʻrganish, nuqsonlarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha rahbarlar va mutaxassislar uchun oʻquv-tarbiyaviy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish hamda nazorat qilishga doir metodik koʻrsatmalar va tavsiyalar ishlab chiqish;
maktabgacha taʼlim muassasalari sifatini baholash materiallarini, natijalarni tahlil qilish usullarini ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
metodik materiallarni tayyorlash va davlat taʼlim standartlari talablarini oʻzlashtirish ustidan monitoring olib borishda ishtirok etish;
aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha metodik materiallarni ishlab chiqish, bolalar va pedagoglarning taʼlim ehtiyojlarini aniqlashda metodik yordam koʻrsatish;
e) xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, konferensiyalar, koʻrgazmalar va boshqa tadbirlar oʻtkazish orqali maktabgacha taʼlim sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritish, Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan shunga oʻxshash xalqaro maktabgacha taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish sohasida:
xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, maktabgacha taʼlim sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritish;
konferensiyalar, koʻrgazmalar va boshqa tadbirlar oʻtkazish, shunga oʻxshash xalqaro maktabgacha taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
maktabgacha taʼlim sohasida milliy va xorijiy tashkilotlar bilan belgilangan tartibda sheriklik faoliyatini yuritish.
3-bob. Institutning huquqlari
10. Institut unga yuklangan funksiyalar va vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
taʼlim mazmunini takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha takliflarni Vazirlikka kiritish;
maktabgacha taʼlim mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha dasturlar, oʻquv qoʻllanmalari, ilmiy asarlar toʻplamlari, ilmiy-amaliy konferensiyalar materiallari, metodik koʻrsatmalar hamda qoʻllanmalar tayyorlash va nashr etish;
aholiga, turli tashkilotlarga pulli taʼlim xizmatlari va boshqa xizmatlarni koʻrsatish, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va asosiy faoliyatga zid boʻlmagan faoliyatning barcha turlarini amalga oshirish;
kafedralar va boʻlimlarni oʻzgartirish, yangilarini tashkil etish va mavjud kafedra va boʻlimlarni tugatish, tasdiqlangan shtat jadvali doirasida shtat birliklarini bir boʻlinmadan boshqa boʻlinmaga oʻtkazish boʻyicha Vazirlikka takliflar kiritish;
professor-oʻqituvchilar tarkibiga, boshqa xodimlarga belgilangan tartibda ragʻbatlantiruvchi ustamalar tayinlash;
Institut xodimlarini yuksak mehnat koʻrsatkichlari uchun davlat va idoraviy mukofotlar bilan mukofotlash toʻgʻrisida Vazirlikka takliflar kiritish;
qayta tayyorlash va malaka oshirish boʻyicha faoliyat sifatini va samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish;
hamkorlik doirasida mualliflik ishlarini ishlab chiqishga tajribali mutaxassislar, pedagoglar va xodimlarni jalb qilish (zarur boʻlsa shartnomalar asosida);
qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartishlarga muvofiq oʻquv dasturlariga tuzatishlar kiritish;
oʻz vakolatlari doirasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
xorijlik tajribali pedagog-mutaxassislarni jalb qilgan holda ilgʻor xorijiy tajribani joriy etish maqsadida maktabgacha taʼlim muassasalari rahbarlari va pedagog kadrlari malakasini muntazam oshirish uchun qisqa muddatli va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan kurslar tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
xodimlarni oʻqitish, seminarlar va konferensiyalarda qatnashish uchun xorijga tajriba almashish va innovatsion pedagogika texnologiyalarini va ilgʻor metodikalarni oʻrganish boʻyicha tajriba orttirishga yuborish;
maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishga doir dolzarb va istiqbolli vazifalarni hal qilish uchun tashkil etilgan ishchi guruhlarda ishtirok etish;
oʻz faoliyatini keng yoritish maqsadida rasmiy veb-saytlar yaratish, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar ochish.
Institut qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
4-bob. Institut faoliyatini tashkil etish
11. Institut oʻz faoliyatida bevosita Vazirlikka boʻysunadi va unga hisobot beradi.
12. Institut ishlariga Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rektor rahbarlik qiladi.
13. Quyidagilar Institut rektorning asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Institut faoliyatiga, oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samarali tashkil etilishiga umumiy rahbarlik qilish;
tashkilotlar bilan Institut nomidan xoʻjalik shartnomalari tuzish, Vazirlikda Institut manfaatlarini ifodalash, shuningdek oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etish;
Institut Ilmiy-metodik kengashi tavsiyalari asosida oʻquv-mavzu rejalari, dasturlar va ilmiy-metodik ishlar rejalarini tasdiqlash;
oʻz vakolatlari doirasida buyruqlar chiqarish va ishonchnomalar berish;
xodimlarni ragʻbatlantirish, intizomiy jazo qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
qayta tayyorlash va malaka oshirishga qoʻyilgan davlat talablari, oʻquv rejalari va dasturlar, boshqa oʻquv-metodik hujjatlarning oʻquv jarayoniga joriy etilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlarni muvofiqlashtirish;
tinglovchilarga maishiy xizmat koʻrsatish, Institutning oʻquv-metodik va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha ishlarni tashkil etish;
Institut ichki tartib qoidalarini tasdiqlash hamda ushbu qoidalar xodimlar va tinglovchlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish;
jamoada sogʻlom maʼnaviy va ijodiy muhitni shakllantirish chora-tadbirlarini koʻrish.
Institut rektori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarga ham ega boʻlishi mumkin.
14. Institutda oʻquv-metodik ishlarga oʻquv va metodik ishlar boʻyicha prorektor, maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy ishlarga — maʼnaviy va ilmiy ishlar boʻyicha prorektor, moliya-iqtisodiy ishlar boʻyicha — moliya-iqtisodiy ishlar boʻyicha prorektor rahbarlik qiladi.
Prorektorlar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
15. Faoliyatning asosiy masalalarini koʻrib chiqish uchun Institutda rektor raisligida Ilmiy-metodik kengash tashkil etiladi.
Ilmiy-metodik kengash tarkibi Institut rektorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Ilmiy-metodik kengash tarkibiga prorektorlar, kafedralar va boʻlimlar rahbarlari, shuningdek, yetakchi professorlar va oʻqituvchilar, jamoat tashkilotlari vakillari kiritilishi mumkin.
Ilmiy-metodik kengash qarorlari rektorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Ilmiy-metodik kengash raisi va kotibi kengash qarorlari bajarilishining muntazam ravishda monitoringini olib boradi va qabul qilingan qarorlar ijrosi toʻgʻrisida kengash aʼzolariga hisobot beradi.
Ilmiy-metodik kengash aʼzolari kengash majlisida koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan qabul qilingan qarorlar toʻgʻri va aniq bajarilishi uchun javob beradi.
Ilmiy-metodik kengashning ish tartibi Institutning yillik ish rejasiga muvofiq tashkil etiladi.
16. Quyidagilar Ilmiy-metodik kengashning vazifalari hisoblanadi:
Institut, uning kafedralari va boʻlimlari rejalari va hisobotlarini koʻrib chiqish, Institut faoliyatini takomillashtirish boʻyicha oʻquv ish rejalari va kurslar dasturlarini, tavsiyalarni muhokama qilish;
Institut ilmiy-metodik va tashkiliy ishlarining asosiy yoʻnalishlarini taʼminlash va belgilash, samarali qayta tayyorlash va malaka oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini tahlil qilish va muvofiqlashtirish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni takomillashtirish;
qayta tayyorlash va malaka oshirishning davlat talablari, oʻquv rejalari va dasturlar bajarilishini koʻrib chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
Institut kafedralari va boʻlimlarini ochish, ularning faoliyatini oʻzgartirish va tugatish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish;
Institut doktorantlari va izlanuvchilari bilan menejment (taʼlimni boshqarish) boʻyicha ilmiy faoliyat olib borish;
darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, ilmiy, oʻquv-metodik adabiyotlarni eʼlon qilish masalalarini koʻrib chiqish;
Institutni rivojlantirishning joriy (yillik) va istiqbolli rejalarini tasdiqlash.
5-bob. Institutni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish
17. Institut Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
18. Institut xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalardan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat boʻladi.
19. Institut xodimlari lavozim maoshlariga har oyda qoʻshiladigan ragʻbatlantirish xususiyatiga ega boʻlgan ustamalar va qoʻshimcha haqlar Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq toʻlanadi.
20. Mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi, Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Institut xodimlariga ish haqi toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish manbalari hisoblanadi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
21. Institutni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2017-y., 09/17/929/0314-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 17.04.2020-y., 09/20/234/0453-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)