05.06.2001 yildagi 245-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AVTOMOBIL TRANSPORTI SOHASIDA BOSHQARUVNING TASHKILIY TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transporti sohasida monopoliyadan chiqarish va boshqaruvni takomillashtirish to‘g‘risida” 2001-yil 4-iyundagi PF-2871-son Farmoniga muvofiq, shuningdek respublika va hududiy darajalarda avtomobil transportini boshqarishning samarali tashkiliy tuzilmasini barpo etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston avtomobil transporti (“O‘zavtotrans”) davlat-aksionerlik korporatsiyasini tugatish bo‘yicha 1-ilovaga* muvofiq tarkibda komissiya tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatish komissiyasi belgilangan tartibda ikki oy muddatda “O‘zavtotrans” korporatsiyasini tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirsin, korporatsiya, shuningdek uning tarkibiga kiruvchi bo‘linmalar balansidagi davlat mulkini xatlovdan o‘tkazsin va undan bundan buyon samarali foydalanish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tugatilayotgan “O‘zavtotrans” korporatsiyasiga kirgan birlashmalar va kompaniyalar muassislarining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘ztransxizmati” davlat-aksiyadorlik birlashmasi, “O‘ztranstaraqqiyot” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zavtoxodim” davlat-aksiyadorlik birlashmasini tugatish, ular tarkibiga kirgan korxonalar va tashkilotlarni avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashish hududiy uyushmalariga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshviloyatyo‘lovchitrans” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Toshviloyatyuktrans” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini “Toshviltrans” avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashish hududiy uyushmasiga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zviloyatlararoavtotrans” respublika davlat-aksiyadorlik birlashmasi, “O‘ztranssanoat” respublika uyushmasi, “Yo‘lovchi” sug‘urta kompaniyasi, “BK INTRANS” ochiq aksiyadorlik jamiyatining O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan o‘zaro hamkorlik qiluvchi mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektlar sifatida faoliyat ko‘rsatishi to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Xorazmdaryoflot” boshqarmasi tugatilsin, unga qarashli tashkilotlar Xorazm viloyati avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashish hududiy uyushmasi tarkibiga berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “Xorazmdaryoflot” boshqarmasini tugatish chora-tadbirlarini belgilangan tartibda ikki oy muddatda amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi daryo yo‘llarining Xo‘jayli va Chalish texnik uchastkalarini mablag‘ bilan ta’minlashni respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati mahalliy budjetlaridan mablag‘ bilan ta’minlashga o‘tkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil va daryo transportini boshqarishning tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika birlashmalari va uyushmalari, avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashish hududiy uyushmalari tarkibiga berilayotgan korxonalar va tashkilotlar ro‘yxati 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashish hududiy uyushmasi boshqaruvi ijro etuvchi apparatining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tugatish komissiyasi belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Avtotransport Uzbekistana” jurnali, “O‘zbekiston avtomobilchisi” gazetasi tahririyatlarini va avtomobil transportida xizmatlarni sertifikatlash respublika markazini O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi ixtiyoriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilayotgan “O‘zavtotrans” korporatsiyasining 5-ilovaga muvofiq o‘quv muassasalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ixtiyoriga bersin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi 118-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 10-son, 120-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi 2001-yil 1-avgustgacha bo‘lgan muddatda ilgari “O‘zavtotrans” korporatsiyasi tizimiga kirgan avtomobil transporti aksiyadorlik jamiyatlaridagi aksiyalar paketlarining davlat ulushini boshqarish bo‘yicha ishonchli boshqaruvchilarni tanlov asosida tayinlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi 2001-yil 1-avgustgacha bo‘lgan muddatda hududiy davlat-aksiyadorlik konsernlari va birlashmalarini avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashish hududiy uyushmalariga aylantirish chora-tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “O‘zavtotrans” davlat-aksionerlik korporatsiyasini tugatish bo‘yicha maxsus komissiya bozor normalari va maqsadga muvofiqlikdan kelib chiqib, litsenziyalanadigan faoliyat turlari ro‘yxati va litsenziyalash tartibini, avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashishga qo‘yiladigan litsenziya shartlari va talablarini, ularni yanada erkinlashtirishni nazarda tutgan holda, qayta ko‘rib chiqishga doir takliflarni bir oy muddatda ko‘rib chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashuvchilar tomonidan belgilangan litsenziya shartlari va talablariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish mexanizmini nazarda tutuvchi Avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashishni nazorat qilish tartibini ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda bojxona postlarida nazorat qilishning samarali tizimini tashkil etish va respublikaga kirib kelayotgan avtotransport vositalarining texnik holatini, yo‘l qo‘yiladigan og‘irlik va gabarit parametrlari, xalqaro yuk va yo‘lovchilar tashishni amalga oshirishda Yevropa bitimi (YESTR) talablariga muvofiq ularda nazorat priborlari (taxograflar) mavjudligini inspeksiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi takliflarni ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ilgari “O‘zavtotrans” korporatsiyasiga kirgan hamda “O‘zavtotrans” korporatsiyasi kafilligi ostida “Asaka” bankidan olingan kreditlar bo‘yicha qarzdor bo‘lgan avtotransport korxonalari va tashkilotlari kafillik shartnomalarini kreditlarni ta’minlashning boshqa turlariga — garov, kafolat va uchinchi shaxslarning kafilligiga bir oy muddatda belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan birgalikda Xalqaro tiklash va taraqqiyot bankining № UZ 4547 qarz bitimi bo‘yicha “O‘ztranssanoat” respublika uyushmasini tugatilayotgan “O‘zavtotrans” korporatsiyasi o‘rniga subqarz oluvchi etib belgilash masalasini Xalqaro tiklash va taraqqiyot banki bilan ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tugatish komissiyasi Toshkent shahar, akademik Ya.G‘ulomov ko‘chasidagi 39a uydagi binoni va boshqa mol-mulkni belgilangan tartibda “O‘zavtotrans” balansidan O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi balansiga bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston avtomobil transporti (“O‘zavtotrans”) davlat-aksionerlik korporatsiyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari” to‘g‘risidagi 1993-yil 12-yanvardagi 21-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 9-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 5-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
245-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 5-iyundagi 245-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil va daryo transportini boshqarishning tashkiliy tuzilmasi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Respublika darajasida

Hududiy darajada

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi

“O‘zviloyatlararoavtotrans” DAB

“Qoraqalpoqtrans” avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashish uyushmasi

“Andijontrans” avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashish uyushmasi

Agentlikning hududiy bo‘linmalari

“VK INTRANS” OAJ

“Buxorotrans” avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashish uyushmasi

“Jizzaxtrans” avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashish uyushmasi

Avtomobil transportida xizmatlarni sertifikatlash respublika markazi

“Qashqadaryotrans” avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashish uyushmasi

“Samarqandtrans” avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashish uyushmasi

“Avtotransport Uzbekistana” jurnali tahririyati

“Namangantrans” avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashish uyushmasi

“Surxondaryotrans” avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashish uyushmasi

“Sirdaryotrans” avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashish uyushmasi

“Farg‘onatrans” avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashish uyushmasi

“O‘zbekiston avtomobilchisi” gazetasi tahririyati

“Toshviltrans” avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashish uyushmasi

“Toshshaharyuktrans” uyushmasi

“Xorazmtrans” avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashish uyushmasi

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-fevraldagi 64-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 7-son, 57-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 5-iyundagi 245-sonli qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashish hududiy uyushma boshqaruvi ijro etuvchi apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 5-iyundagi 245-sonli qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zavtotrans” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasining Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufiga o‘tkaziladigan o‘quv muassasalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

O‘quv muassasalarni nomi‎

1.‎ Toshkent avtomobil yo‘llari texnikumi‎
2.‎ Buxoro avtomobil yo‘llari texnikumi‎

3.‎

Nukus avtomobil yo‘llari texnikumi‎

4.‎

Urganch avtomobil yo‘llari texnikumi‎

5.‎

Qo‘qon avtomobil yo‘llari texnikumi‎
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi 118-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2004-y., 10-son, 120-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi 118-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2004-y., 10-son, 120-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi 118-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2004-y., 10-son, 120-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 5-iyundagi 245-sonli qaroriga
9-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, bo‘lishlari, yuk olib o‘tishlari va undan chiqib ketishlari tartibi to‘g‘risida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarorining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitaga hamda Davlat bojxona qo‘mitasiga nazorat-o‘tkazish punktlarida xorijiy avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashuvchilarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga — xorijiy avtotransportning respublika hududi bo‘ylab harakat qilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga respublikaga kirib kelayotgan avtotransport vositalarining texnik holatini, yo‘l qo‘yiladigan og‘irlik va gabarit parametrlarini, xalqaro yuk va yo‘lovchilar tashishni amalga oshirishda Yevropa bitimi (YESTR) talablariga muvofiq ularda nazorat priborlari (taxograflar) mavjudligini hisobga olish va nazorat qilish yuklansin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(II-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 11-iyuldagi 296-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 1998-yil 2-oktabrdagi 422-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin
Oldingi tahrirga qarang.
(IV-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son)
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 11-son, 65-modda; 2004-y., 10-son, 120-modda; 2005-y., 7-son, 57-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son)