O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA” 1998 YIL 11 IYuLDAGI 296-SON QARORIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-iyundagi 245-sonli “Avtomobil transporti sohasida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tizimi xodimlarining cheklangan soni 70 kishi, shu jumladan agentlik markaziy apparati xodimlari soni (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) 12 kishi, hududiy bo‘limlar xodimlari soni har bir mintaqada 4-5 kishidan iborat etib belgilansin.
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga Agentlik boshlig‘ining bir nafar o‘rinbosariga hamda 5 kishidan iborat hay’atga ega bo‘lishiga ruxsat etilsin.
3. “O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi to‘g‘risidagi nizom”ning V bo‘limi 10-bandi va 11-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Agentlik boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan bir nafar o‘rinbosarga ega bo‘ladi.
11. Agentlikda tarkibiga Agentlik boshlig‘i (hay’at raisi), lavozimi bo‘yicha boshliq o‘rinbosari, shuningdek Agentlik tizimining boshqa xodimlari kiruvchi 5 kishidan iborat hay’at tuziladi. Hay’atning shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari L. Axmetov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 2-oktabr,
422-son
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tashkiliy
tuzilmasi
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi markaziy apparatining tashkiliy
tuzilmasi