Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.03.2020 04.06.2001 yildagi PF-2871-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.03.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AVTOMOBIL TRANSPORTI SOHASIDA MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA BOShQARUVNI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transporti sohasida monopoliyadan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish, bozor munosabatlarini shakllantirish va transport xizmatlari bozorida raqobat muhitini yaratish, avtomobil va daryo transporti boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Avtomobil va daryo transporti sohasida boshqaruvni takomillashtirish va monopoliyadan chiqarishni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransportda yo‘lovchilar va yuk tashish sohasida bozor munosabatlari va raqobat muhitini yanada rivojlantirish, avtomobil transporti tashkilotlari va korxonalarini keng xususiylashtirish, xususiy avtomobil tashuvchilar faoliyati sohasini kengaytirish, transport xizmatlari bozorida mulkchilikning barcha shakllaridagi avtomobilda tashuvchilar uchun teng shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil va daryo transportida yuk va yo‘lovchilar tashishni boshqarishning ortiqcha bo‘g‘inlarini tugatish, boshqaruvning bir va ikki bo‘g‘inli tizimiga o‘tish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil transportida boshqarishni markazlashtirishdan chiqarish va avtomobilda yo‘lovchilar tashuvchi, yuklarni viloyat ichida tashuvchi, transport-foydalanish va axborot xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatini muvofiqlashtirish, avtomobilda yo‘lovchilar va yuk tashish sohasida kadrlarni qayta tayyorlash funksiyalarini bevosita Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtiyoriga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchilar tashish xavfsizligi chora-tadbirlarini mustahkamlash, avtomobilda yo‘lovchilar va yuk tashish sohasida iste’molchilarning huquqlari himoya qilinishining kuchli tizimini yaratish, transport xizmatlari tizimida sug‘urtaning mustaqil bozorini rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zavtotrans” korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi umumiy foydalanishdagi avtomobil transporti tizimi korxonalari va tashkilotlarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining quyidagi takliflari qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston avtomobil transporti davlat-aksionerlik korporatsiyasini (“O‘zavtotrans”ni) tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilayotgan “O‘zavtotrans” tarkibiga kirgan hududiy davlat-aksionerlik konsernlari va birlashmalarini avtomobilda tashuvchilarning hududiy uyushmalariga aylantirgan holda ularni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtiyoriga berish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Avtotransport xizmatlariga tarif siyosatini shakllantirish masalalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Avtomobilda yo‘lovchilar va yuk tashish sohasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil va daryo transportini rivojlantirishning kompleks mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, iqtisodiyotga va mintaqa aholisiga barqaror avtotransport xizmati ko‘rsatish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport xizmatlari bozorida raqobat muhitini shakllantirish, mulkchilikning barcha shakllaridagi avtomobilda tashuvchilar uchun faoliyat ko‘rsatishning teng shart-sharoitlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharda, shahar atrofida, shaharlararo (viloyat ichida) qatnovchi yo‘lovchilar tashuvchi avtomobil transportini yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini va harakat jadvallarini o‘rnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda avtotransportda yo‘lovchilar tashish xizmatlarga va ijtimoiy ahamiyatli yuklarni tashish ustidan tarif siyosati amalga oshirilishini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Avtomobil tashuvchilarning hududiy uyushmalariga quyidagi asosiy vazifalar va funksiyalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil transporti sohasida bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, avtotransport korxonalarini xususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyati va sifatini oshirish, avtotransport xizmatlari servisini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etish, ta’mirlash bazasini rivojlantirish va zamonaviylashtirish, harakat vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha investitsiya dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchilar va yuklarni shaharlarda, shaharlararo, viloyatlararo tashishni ta’minlash yuzasidan avtotransport korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zavtotrans” davlat-aksionerlik korporatsiyasi tugatilishi munosabati bilan O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga quyidagilar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil va daryo transportida yo‘lovchilar va yuk tashish xavfsizligini tashkil etish va ta’minlashga doir normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash, boshqaruv organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ularga rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchilar va yuk tashish yo‘nalishlarini tender asosida realizatsiya qilish mexanizmini joriy etish, mulkchilikning barcha shakllaridagi tashuvchilar uchun faoliyat ko‘rsatishning teng shart-sharoitlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflari asosida avtomobilda yo‘lovchilarni tashishning xalqaro va viloyatlararo yo‘nalishlarini tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobilda tashuvchilar faoliyati litsenziyalanishini amalga oshirish hamda avtomobil va daryo transporti sohasida litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 7-dekabrdagi PF-3696-son Farmoni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 49-50-son, 367-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil va daryo transporti sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish hamda avtomobil va daryo transportining xalqaro tashkilotlariga O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifoda etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston avtomobil transporti (“O‘zavtotrans”) davlat aksionerlik korporatsiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 1993-yil 8-yanvardagi PF-538-sonli Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur Farmonni amalga oshirish yuzasidan 10 kun muddatda qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 4-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-2871-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 6-son, 118-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 49-50-son, 367-modda)