ILOVA
|
Tadbirlar |
Ijro etish muddatlari |
Bajaruvchilar | ||
|
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan |
Turkmaniston tomonidan | |||
|
I. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari | ||||
|
1.1. |
Oliy darajadagi tashriflar doirasida savdo-iqtisodiy sohada erishilgan kelishuvlarni toʻla qonli amalga oshirish. |
2018 — 2020 yillar |
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
Turkmaniston savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
|
1.2. |
Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik boʻyicha oʻzbek-turkman Qoʻshma komissiyasi yigʻilishlarini oʻtkazish. |
2018 — 2020 yillar |
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
Turkmaniston savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
|
1.3. |
Ikki tomonlama savdo hajmini, shu jumladan oʻzaro mahsulot yetkazib berish toʻgʻrisida 2012-yil 2-oktabrdagi Bitimga muvofiq, oshirish va diversifikatsiya qilish. |
2018 — 2020 yillar |
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, tarmoq idoralari va kompaniyalari |
Turkmaniston savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
|
1.4. |
Oʻzbekiston Respublikasidan Turkmanistonga keng nomenklaturadagi mahsulotlar, shu jumladan yengil va yuk avtomobillar, maxsus texnikalar, yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlar, tekstil buyumlar kimyoviy va elektrotexnik mahsulotlar, maishiy texnika, qurilish materiallari, shisha idishlar va boshqa mahsulotlarni tizimli va uzoq muddatli yetkazib berishni tashkil etish masalasini koʻrib chiqish. |
2018 — 2020 yillar |
“Oʻzavtosanoat” AK, “Oʻzqurilishmateriallari” AK, “Oʻzbekyengilsanoat” AJ, “Oʻzeltexsanoat” AK, “Oʻzkimyosanoat” AJ, “Oʻzagroeksport” AJ, “Oʻzsanoateksiort” AJ, “Oʻztadbirkoreksport” AJ |
Sanoat vazirligi, Tekstil sanoati vazirligi, “Turkmankimyo” davlat konserni |
|
1.5. |
Qishloq xoʻjaligi uchun zamonaviy texnologiyalar, texnika va uskunalar joriy etish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida 2014-yil 24-oktabridagi Anglashuv Memorandumi doirasida Turkmanistonga keng turdagi zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalari va osma uskunalarni yetkazib berish sohasiga oʻzaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish. |
2018 — 2020 yillar |
“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ, “Oʻzsanoateksport” AJ |
Turkmaniston qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
|
1.6. |
Turkmaniston hududida “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatining Savdo-servis markazi faoliyatini yetkazib berilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikalari va uskunalarga kafolat muddatida va undan soʻng texnik xizmat koʻrsatish, ularga ehtiyot qismlarni yetkazib berish boʻyicha samarali tashkil etish. |
2018 — 2020 yillar |
“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ |
Turkmaniston qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
|
1.7. |
Turkmanistondan Oʻzbekiston Respublikasiga sanoat sohasidagi korxonalar uchun ishlab chiqarish-texnikaviy maqsadlarga moʻljallangan mahsulotlarni, shu jumladan nefti va neft mahsulotlari, gaz kondensati, kimyoviy mahsulotlar, propilen polimeriari, olefinlar, bishofit va boshqa mahsulotlarni yetkazib berishni tashkil etish. |
2018 — 2020 yillar |
Tarmoq idoralari va kompaniyalari |
“Turkmengaz” davlat konserni, Turkmanboshi neftni qayta ishlash zavodi |
|
1.8. |
Oʻzarolik asosida keng nomenklaturali zarur mahsulotni sotish boʻyicha savdo uylarini tashkil etish. |
2018 — 2020 yillar |
Savdo-sanoat palatasi, “Oʻzavtosanoat” AK, “Oʻzqurilishmateriallari” AK, “Oʻzbekyengilsanoat” AJ, “Oʻzeltexsanoat” AK, “Oʻzkimyosanoat” AJ, “Oʻzagroeksport” AJ |
Turkmaniston savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Turkmaniston ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar uyushmasi, tegishli vazirlik va idoralar |
|
1.9. |
Ikki mamlakat tadbirkorlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlari va ishbilarmon doiralari uchun oʻzaro viza olish protseduralarini soddalashtirish imkoniyatlarini muhokama qilish. |
2018 — 2020 yillar |
Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi |
Turkmaniston savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi, Turkmaniston davlat migratsiya xizmati, tegishli vazirlik va idoralar |
|
1.10. |
Ikki davlat xoʻjalik yurituvchi subyektlari va ishbilarmon doiralari oʻrtasida, shu jumladan ikki davlat hududida oʻtkaziladigan xalqaro koʻrgazma, yarmarka va biznes-forumlarda ishtirok etishi uchun oʻzaro tashriflarini tashkil etish orqali toʻgʻridan toʻgʻri aloqalarni oʻrnatish. |
2018 — 2020 yillar |
Savdo-sanoat palatasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
Turkmaniston savdo-sanoat palatasi, tegishli vazirlik va idoralar |
|
1.11. |
Qoʻshma korxonalar, tomonlarning kompaniya va korxonalari vakolatxonalari va filiallarini tashkil etishga, ishlab chiqarish kooperatsiyasini kengaytirish va chuqurlashtirishga koʻmaklashish. |
2018 — 2020 yillar |
Savdo-sanoat palatasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
Turkmaniston Savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Turkmaniston Savdo-sanoat palatasi, tegishli vazirlik va idoralar |
|
1.12. |
Ikki davlat hududlarida oʻzaro milliy sanoat mahsulotlari koʻrgazmalarini oʻtkazish. |
2018 — 2020 yillar |
Savdo-sanoat palatasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
Turkmaniston Savdo-sanoat palatasi, tegishli vazirlik va idoralar |
|
1.13. |
Milliy neft va gaz kompaniyalarining Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston hududlarida infratuzilmaviy obyektlarni qurish va xizmat koʻrsatishda ishtirok etish imkoniyatlarini koʻrib chiqish. |
2018 — 2020 yillar |
“Oʻzbekneftegaz” MXK |
“Turkmengaz” davlat konserni, “Turkmenneft” davlat konserni, “Turkmengeologiya” davlat konserni, “T urkmenneftegazqurilish” davlat konserni |
|
II. Transport va transport kommunikatsiyalari sohasida hamkorlik | ||||
|
2.1. |
Tomonlarning tranzit va transport salohiyatlaridan samarali foydalanish, Tomonlar hududlaridan yuklar tashishni taʼminlaydigan xalqaro transport yoʻlaklari va magistrallarini rivojlantirishiga koʻmaklashish. |
2018 — 2020 yillar |
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Tashqi ishlar vazirligi |
Turkmaniston temir yoʻl transporti vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
|
2.2. |
Oʻzbek tomoni tashqi savdo yuklarini “Turkmenboshi” porti va Kaspiy dengizi orqali paromda oʻtkazish orqali tashishda xizmatlar vaqti va narxini kamaytirish masalalarini koʻrib chiqish. |
2018 — 2020 yillar |
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Tashqi ishlar vazirligi |
Turkmaniston temir yoʻl transporti vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
|
2.3. |
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida temir yoʻl transportida tranzit tashishni tartibga solish sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida 2000-yil 21-sentabrda Ashxobod shahrida imzolangan Bitimga, ikki davlat hududi orqali eksport-import yuklarini tranzit tashishda qoʻshimcha hududlar kiritishni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish masalasini koʻrib chiqish. |
2018 — 2020 yillar |
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Tashqi ishlar vazirligi |
Turkmaniston temir yoʻl transporti vazirligi |
|
2.4. |
“Oʻzbekiston-Turkmaniston-Eron-Oʻmon” xalqaro transport hamda tranzit yoʻlagina tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitim qoidalarini hayotga tatbiq etishni taʼminlash boʻyicha muvofiqlashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish. |
2018 — 2020 yillar |
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, tegishli vazirlik va idoralar |
Turkmaniston temir yoʻl transporti vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
|
2.5. |
Mintaqa davlatlarining tranzit salohiyatini oshirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston, Turkmaniston va Eron delegatsiyalarining uch tomonlama uchrashuvini oʻtkazish. |
2018-yil |
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Tashqi ishlar vazirligi |
Turkmaniston temir yoʻl transporti vazirligi |
|
2.6. |
Ikki mamlakat tranzit salohiyatini yuksaltirish, Transkavkaz transport yoʻlagi orqali tranzit yuk tashish hajmlarini bir necha marotaba koʻpaytirishga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida yangi “Turkmanobod-Farob” avtomobil va temir yoʻl koʻpriklari imkoniyatlaridan foydalanish. |
2018 — 2020 yillar |
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi |
Turkmaniston temir yoʻl transporti vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
|
2.7. |
“Oʻzbekiston Eyrveyz Tekniks” aviakorxonasi bazasida Turkmaniston aviakompaniyasi “Boing” samolyotlariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash masalasini ishlab chiqish. |
2018 — 2020 yillar |
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, tegishli vazirlik va idoralar |
“Turkmenxovayollari” davlat milliy xizmat, tegishli vazirlik va idoralar |
|
2.8. |
Ikkala mamlakat Iqtisodiyotining yuklarni tashish, shu jumladan yuklarni avtomobilda xalqaro tushuvga ruxsat beruvchi blanklar bilan almashish masalasidagi ehtiyojini qondirish maqsadida yuklarni avtomobili xalqaro tashishni tashkil etish sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish. |
2018 — 2020 yillar |
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi |
Turkmaniston avtomobil transporti vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
|
III. Atrof-muhitni himoya qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida, shu jumladan suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanishda hamkorlik | ||||
|
3.1. |
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida Tomonlarning chegaraboʻyi hududlarida joylashgan xoʻjalik obyektlaridan foydalanish va ularda taʼmirlash-tiklash ishlarini oʻtkazish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida 2008-yil 10-martdagi Bitimni amalga oshirish. Mazkur Bitimni samarali amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi masalalarni koʻrib chiqish va hal etish. |
2018 — 2020 yillar |
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
Turkmaniston qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
|
3.2. |
Ikki davlat hududida joylashgan, shu jumladan suv xoʻjaligi va elektroenergetika obyektlaridan foydalanayotganda ekspluatatsiya xodimlari, avtotransport i va mexanizmlarining obyektlarga kirish, chiqish va obyektda tuzish shartlarini tartibga soluvchi oʻzaro kelishilgan yondashuviga amal qilish. Chegarani kesib oʻtishda ham ekspluatatsiya xodimlari, ham avtotransport va mexanizmlar uchun boj toʻlovlarini bekor qilish masalasini koʻrib chiqish. |
2018 — 2020 yillar 2018-yil |
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi |
Turkmaniston qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
|
3.3. |
Turkmaniston hududida toʻlov asosida foydalanilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi obyektlarining hududini aniqlashtirish boʻyicha qoʻshma ishlar olib borish va ulardan foydalanish masalalarini muhokama qilish. |
2018 — 2020 yillar |
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
Turkmaniston qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
|
IV. Taʼlim, fan va sogʻliqni saqlash sohasida hamkorlik | ||||
|
4.1 |
Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri aloqalarni oʻrnatish va rivojlantirish. Turkman talabalarini Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiali, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Toshkent shahridagi Vestminster universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Oʻzbekistonning boshqa oliy oʻquv yurtlariga neft va gaz sohasi, menejment, muhandislik mutaxassisliklari boʻyicha oʻqishga jalb qilish. |
2018 — 2020 yillar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
Turkmaniston taʼlim vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
|
4.2. |
Professor-oʻqituvchilar, amaliyotchilar, tadqiqotchilar, katta ilmiy xodim-tadqiqotchilar, magistrlar, talabalar va boshqalar ishtirokida akademik almashish. |
2018 — 2020 yillar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
Turkmaniston taʼlim vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
|
4.3. |
Sogʻliqni saqlashning turli yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash sohasida hamkorlik. |
2018 — 2020 yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Samarqand davlat tibbiyot instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti |
Turkmaniston sogʻliqni saqlash va tibbiyot sanoati vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
|
4.4. |
Fan va taʼlim sohalaridagi dolzarb mavzularga, ikki davlat tarixi, madaniyati va sanʼatining muhim ahamiyatga ega boʻlgan sanalariga bagʻishlangan qoʻshma ilmiy-amaliy konferensiya, simpozium, seminar va davra suhbatlarida qatnashish. |
2018 — 2020 yillar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
Turkmaniston fanlar akademiyasi |
|
4.5. |
Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmanistonda chop etiladigan ilmiy toʻplamlarga ilmiy maqolalar va qoʻshma tadqiqotlarning natijalarini chop etish. |
2018 — 2020 yillar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
Turkmaniston fanlar akademiyasi |
|
4.6. |
Quyidagilarni tashkil etish sohasida hamkorlik: aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatish; maxsus tibbiy yordam. |
2018 — 2020 yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
Turkmaniston sogʻliqni saqlash va tibbiyot sanoati vazirligi |
|
4.7. |
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik sohasida hamkorlik va tajriba almashish. |
2018 — 2020 yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
Turkmaniston sogʻliqni saqlash va tibbiyot sanoati vazirligi |
|
4.8. |
Tibbiyotning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha amaliyotlarni tashkil qilish, qoʻshma konferensiya va seminarlar oʻtkazish. |
2018 — 2020 yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
Turkmaniston sogʻliqni saqlash va tibbiyot sanoati vazirligi |
|
V. Turizm sohasida hamkorlik | ||||
|
5.1. |
Hamkorlikni davom ettirish, oʻzaro, shuningdek uchinchi mamlakatlardan turistlar oqimini keskin koʻpaytirish, ikki mamlakat ilgʻor turoperatorlari oʻrtasida sheriklik aloqalarini oʻrnatish, qoʻshma sayyohlik marshrutlarini tashkil qilish va boshqalar. |
2018 — 2020 yillar |
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
Turkmaniston davlat turizm qoʻmitasi, tegishli vazirlik va idoralar |
|
5.2. |
Ikki mamlakat hududlarida turizm sohasida oʻtkaziladigan yirik xalqaro koʻrgazma ta yarmarkalarda turistik kompaniyalarning oʻzaro ishtirok etishi. |
2018 — 2020 yillar |
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi |
Turkmaniston davlat turizm qoʻmitasi, tegishli vazirlik va idoralar |
|
VI. Mintaqaviy hamkorlik | ||||
|
6.1. |
Ikki mamlakat mintaqalari oʻrtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, shuningdek turizm, taʼlim, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalarda hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga koʻmaklishish; |
2018 — 2020 yillar |
Tashqi ishlar vazirligi, viloyatlar hokimliklari |
Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |