02.10.2012 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN TURKMANISTON HUKUMATI OʻRTASIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Oʻzaro mahsulot yetkazib berish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻrtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish, shuningdek ular oʻrtasidagi savdoni kengaytirish istagini bildirib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga hamda oʻz davlatlarining qonunchiligiga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki davlat oʻrtasida uzoq muddatga moʻljallangan turli darajalardagi, shu jumladan ularning xoʻjalik yurituvchi subyektlari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari muhimligini eʼtirof etib, quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini amalga oshirish maqsadida hamda ikki davlat qonunchiligi va normativ-huquqiy aktlari doirasida, Tomonlar ikki tomonlama mahsulot yetkazib berish borasida quyidagilar bilan cheklanib qolmagan holda hamkorlik qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan Turkmanistonga — yengil avtomobillar, yuk mashinalari, avtobuslar, maxsus texnika, qishloq xoʻjaligi texnikasi, ehtiyot qismlar, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni kimyoviy himoyalash vositalari, qurilish materiallari, elektr jihozlari va elektrotexnik uskunalar, qishloq xoʻjalik va boshqa mahsulotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turkmanistondan Oʻzbekiston Respublikasiga — neft, gaz kondensati, polipropilen, polistirol, beshofit, tekstil va qishloq xoʻjaligi hamda qayta ishlash sanoati mahsulotlari, gilam mahsulotlari va boshqa mahsulotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim doirasida koʻzda tutilgan hamkorlik Tomonlar davlatlarining amaldagi qonunlari va qoidalari, xalqaro savdo tajribasi va Tomonlarning kompaniyalari va xoʻjalik yurituvchi subyektlari oʻrtasida tuzilgan shartnomalari asosida amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar oʻzlarining xoʻjalik yurituvchi subyektlari majburiyatlari boʻyicha javobgar emaslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning monitoringi va muvofiqlashtirilishi Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik boʻyicha oʻzbek-turkman Qoʻshma komissiyasi tomonidan uning yigʻilishlarida ikki davlatning manfaatdor kompaniyalari va xoʻjalik yurituvchi subyektlari ishtirokida Tomonlar oʻrtasida maslahatlashuvlar oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Tomonlar muntazam ravishda mahsulotlar savdosiga oid maʼlumotlarni umumlashtiradilar va savdoda yuzaga keladigan masalalarni kelishib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimni amalga oshirish maqsadida, Tomonlar ikki davlatning vazirliklari, idoralari, tashkilotlari va korxonalarining quyidagi faoliyatini koʻllab-quvvatlashlari va ragʻbatlantirishlari lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ishbilarmon doiralar va savdo missiyalar uchrashuvlarini va muzokaralarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— tashqi savdoga oid maʼlumot va tajriba bilan almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ikki tomonlama savdo hamkorligiga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash va oʻzaro qanoatlantiruvchi qarorga kelishga xizmat qiladigan tavsiyalar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalardan, shuningdek ularning xalqaro tashkilotlarga aʼzoligidan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalariga hamda oʻz davlatlari qonunchiligiga muvofiq uzoq muddatli hamkorlikni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini talqin etish yoki qoʻllashda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Tomonlar oʻrtasidagi muzokaralar va maslahatlashuvlar orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning oʻzaro roziligi bilan ushbu Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin, ular ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda bayonnomalarda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ushbu moddaning birinchi xatboshida qayd etilgan bayonnomalarning kuchga kirishi va ularning amal qilish muddati mazkur Bitimning 7-moddasiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi va 2017-yilning 31-dekabrigacha amal qiladi. Agar ushbu Bitimning amal qilish muddati tugashidan olti oy oldin Tomonlardan biri yozma ravishda boshqa Tomonga ushbu Bitimning amal qilishini tugatish niyati toʻgʻrisida xabar bermasa, mazkur Bitim keyingi besh yillik muddatlarga oʻz-oʻzidan uzayaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimni amal qilish muddatining tugatilishi ushbu Bitim amalda boʻlgan vaqtida va Bitimni amalga oshirish doirasida imzolangan shartnomalarga taʼsir etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashxobod shahrida 2012-yil 2-oktabrda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, turkman va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimni talqin etishda kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, Tomonlar rus tilidagi matndan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2012-y., 3-4-son,)