Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-sonli Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 2-dekabrdagi PQ-2666-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 21-fevral,
PF-4965-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4965-sonli Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Malayziya fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-476-sonli qarori 1-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekistonga sayyoh sifatida, shuningdek, ziyorat uchun keladigan Malayziya fuqarolariga sayyohlik vaucherlarini yoki sayyohlik tashkilotlarining taklifnomalarini taqdim etish talabi bekor qilingan holda, 1 oy muddatgacha boʻlgan koʻp martalik vizalarni hujjatlar qabul qilingan kun hisobga olinmasdan 2 ish kuni mobaynida rasmiylashtirsin”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tailand Qirolligi fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 23-avgustdagi PQ-1808-sonli qarorining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekistonga sayyoh sifatida keladigan Tailand Qirolligi fuqarolariga sayyohlik tashkilotlarining sayyohlik vaucherlarini taqdim etish talabi bekor qilingan holda, 1 oy muddatgacha boʻlgan koʻp martalik vizalarni hujjatlar qabul qilingan kun hisobga olinmasdan 2 ish kuni mobaynida rasmiylashtirsin”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 30-oktabrdagi PQ-1843-sonli qarorining 2-ilovasida:
a) “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari” boʻlimi quyidagi mazmundagi 181-bandi bilan toʻldirilsin:
|
181. |
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
Litsenziyalar berish faktlari toʻgʻrisida maʼlumot, shuningdek, ularni bekor qilish, turistik faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi saʼy-harakatni toʻxtatib turish yoki tugatish haqida maʼlumot. |
”. |
b) “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi komissiyalarning ishchi organlari” boʻlimining 32-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chexiya Respublikasi fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 6-fevraldagi PQ-2122-sonli qarori 1-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekistonga sayyoh sifatida keladigan Chexiya Respublikasi fuqarolariga sayyohlik vaucherlarini yoki sayyohlik tashkilotlarining taklifnomalarini taqdim etish talabi bekor qilingan holda, bir oy muddatgacha”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijda Oʻzbekiston Respublikasining turistik va madaniy-tarixiy salohiyatini targʻib qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 9-iyundagi R-4287-sonli farmoyishi:
a) 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Turistik sohani qoʻllab-quvvatlash budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan turizm sohasi va uning infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlaridan xarid qilingan xizmatlar (ishlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etilsin”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 8-son, 108-modda)