Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Soliq va boshqa majburiy toʻlovlar tushumini hisobga olish hamda nazorat qilish darajasini oshirishga, soliq tushumlarining qoʻshimcha manbalarini aniqlash va soliq toʻlashdan boʻyin tovlashning oldini olishga, shuningdek soliq toʻlovchilar uchun koʻrsatilayotgan interaktiv xizmatlar turini kengaytirish hamda sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish va faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyalarni joriy qilish boshqarmasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari deb hisoblansin:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
soliq toʻlovchilar, soliqqa tortish obyektlari, hisoblangan va toʻlangan soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar, shuningdek ular boʻyicha imtiyozlar toʻgʻrisidagi axborotlarni yigʻish, qayta ishlash va saqlash;
soliq maʼmuriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tahlilning avtomatlashtirilgan ilgʻor usullarini keng joriy etish;
soliq toʻlovchilarning soliq va moliya hisobotlari hamda soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi boshqa axborotlarni avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olish;
soliq maʼmuriyatchiligi jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻrtasida soliqqa tortish masalalarida, jumladan, aloqa kanallari orqali elektron axborot almashuvini tashkil etish;
soliq toʻlovchilarga real vaqt rejimida keng koʻlamli interfaol xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish va soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali soliq toʻlovchilarga butunlay kontaktsiz elektron xizmat koʻrsatishni, jumladan, davlat interfaol xizmatlari koʻrsatuvchi Yagona portal orqali taʼminlash;
axborot xavfsizligini taʼminlash hamda mavjud maʼlumotlarni himoya qilish choralarini koʻrish.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3376-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2017-y., 07/17/3376/0211-son)
2. Belgilansinki, soliq idoralarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasini shakllantirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
birinchi bosqich (2013-yil 1-yanvargacha) — barcha hududiy davlat soliq inspeksiyalarining axborot bazasini markaziy maʼlumotlar bazasiga integratsiyalashtirish;
ikkinchi bosqich (2015-yil 1-yanvargacha) — soliq toʻlovchilar majburiyatlarining paydo boʻlishi (toʻxtatilishi) boʻyicha vazirliklar va idoralarning maʼlumotlar bazasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining maʼlumotlar yagona axborot bazasiga integratsiyalashtirish.
3. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
* 1-ilova berilmaydi.
davlat soliq xizmati idoralariga soliq toʻlovchilarning majburiyatlari paydo boʻlishi (tugatilishi) toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etadigan idora va tashkilotlarning roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova berilmaydi.
Mazkur qarorning 2-ilovasida koʻrsatilgan idora va tashkilot rahbarlari zimmasiga soliq majburiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumot va boshqa axborotlar toʻlaqonli hisobga olinishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
bir oy muddatda mazkur qaror bilan yuklangan vazifalarni hisobga olgan holda Axborot-tahlil bosh boshqarmasining yangi Nizomini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Axborot-tahlil bosh boshqarmasini zarur moddiy-texnika bazasi bilan taʼminlasin va yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirsin;
shtat jadvaliga oʻrnatilgan tartibda tegishli oʻzgartishlar kiritsin.
5. 3-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 30-oktabr,
PQ-1843-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-oktabrdagi PQ-1843-sonli qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
roʻyxati
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining tuzilmasini yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 25-fevraldagi PP-1290-sonli qarorining 2-bandi va uning ilovasi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 45-son, 511-modda; 2013-y., 4-son, 44-modda, 20-son, 250-modda; 36-son, 477-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda, 30-son, 366-modda; 2016-y., 46-son, 529-modda; 2017-y., 2-son, 25-modda, 8-son, 108-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2017-y., 07/17/3376/0211-son, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son; 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)