LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli “Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-sonli Farmonini bajarish yuzasidan va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatining samarali tashkil etilishini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
mamlakatning turizm salohiyatini tubdan oshirishga, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berishga, turizm sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishiga yo‘naltirilgan turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasi shakllantirilishi va amalga oshirilishini ta’minlash;
turizm xizmatlarining tashqi va ichki bozorlarida marketing tadqiqotlari olib borishga, tarixiy-madaniy merosni keng targ‘ib qilishga, O‘zbekiston Respublikasining turizm qiyofasini saqlab qolish va rivojlantirishga, milliy turizm mahsulotlari va brendlari xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga yo‘naltirilgan faol reklama-axborot siyosatini amalga oshirish;
ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish va ularning amalga oshirilishi monitoringi, turizm turlarining keng doirasini jadal rivojlantirish, xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan turizm infratuzilmasini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni, shuningdek xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini jalb etish;
turizm faoliyati rivojlanishini muvofiqlashtirish, mintaqalarda yangi turizm yo‘nalishlari tashkil etilishini ta’minlash, ularni pasportlashtirish, turizm yo‘nalishlari, gidlar (ekskursovodlar) va turizm obyektlari bo‘yicha yagona milliy reyestrlarni shakllantirish;
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
turizm xizmatlarini tashkil etishda, eng avvalo, turistlar joylashtiriladigan joylarda, ovqatlanish punktlarida, respublika hududi bo‘ylab harakatlanishda va turizm obyektlariga tashriflarni uyushtirishda turistlarning xavfsizligi va sog‘lig‘ini ta’minlashga yo‘naltirilgan turizm xizmatlari ko‘rsatish sifati va xavfsizligi standartlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, turizm sohasida xizmatlarni litsenziyalash va sertifikatlashtirish hamda litsenziyalanadigan va sertifikatlashtiriladigan turizm xizmatlarining belgilangan talablar va standartlarga muvofiqligi bo‘yicha inspeksiya nazoratini amalga oshirish;
turizm sohasini davlat tomonidan va bozor munosabatlari asosida tartibga solishni maqbullashtirish va turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish, turizmni rivojlantirishga qarshilik qilayotgan barcha g‘ov va to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish, turizm sohasida tadbirkorlik faolligi oshishiga har tomonlama ko‘maklashish, ushbu sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish;
turizm faoliyati sohasida birinchi navbatda BMTning Butunjahon turizm tashkiloti, turizm bo‘yicha nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlar hamda turizm sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xorijiy kompaniyalar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro va davlatlararo standartlar va normalarni turizm faoliyati va amaliyotiga joriy etish;
turizm faoliyati subyektlari xodimlarini muntazam ravishda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni yuqori sifat darajasida tashkil etish, tarmoq turizm fanlarini rivojlantirishga ko‘maklashish.
2. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi barcha majburiyatlar va shartnomalar, shu jumladan xalqaro majburiyatlar va shartnomalar bo‘yicha “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasining huquqiy vorisi hisoblanadi, mehnat shartnomalari bundan mustasno.
3. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tuzilmasida mustaqil bo‘linmalar sifatida:
tugatilayotgan “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi huzuridagi “Buyuk ipak yo‘li” reklama agentligi” davlat unitar korxonasi negizida “Milliy turizm mahsulotlarini targ‘ibot qilish markazi” davlat unitar korxonasi;
“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” unitar korxonasi negizida “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” davlat unitar korxonasi;
“Dispetcherlashtirish va sayyohlarga xizmat ko‘rsatish markaziy boshqarmasi” davlat korxonasi negizida “Dispetcherlashtirish va sayyohlarga xizmat ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi;
“Respublika ilmiy-o‘quv konsalting markazi” davlat korxonasi negizida “Turizm sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash Respublika markazi” davlat unitar korxonasi tashkil etilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3510-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2018-y., 07/18/3510/0668-son)
5. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmalarining rahbarlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, tegishli viloyatlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan Qo‘mita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Qo‘mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
“O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga aylantirilsin.
a) O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qo‘mitaning vakolatlariga muvofiq sudlarga beriladigan da’volar va arizalar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan;
b) mehnat va boshqa shartnomalar asosida Qo‘mita raisining xorijiy maslahatchisi sifatida jalb qilingan xorijiy mutaxassislar:
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
8. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Istiqlol ko‘chasi, 47 uyda, “Milliy PR markazi” Toshkent shahri, Mirobod tumani, Oybek ko‘chasi, 18-uyda joylashtirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi markaziy apparatiga 5 ta shaxsan biriktirilgan (xorijiy maslahatchilarga biriktirilganlarni hisobga olmagan holda), 1 ta maxsus (yo‘lsiz joylarda yura oladigan), 2 ta navbatchi avtomobil va 1 ta mikroavtobus limiti ajratilishi nazarda tutiladi;
Qo‘mitaga tegishli xizmat avtomobil transportiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan yillik kilometr masofa limiti tatbiq etilmaydi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3510-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2018-y., 07/18/3510/0668-son)
9. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasini zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan ta’minlashga belgilangan tartibda ko‘maklashsin.
91. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga o‘z idoraviy vazifalarini amalga oshirish uchun uchuvchisiz uchish apparatlarni sotib olish, olib kirish, saqlash va O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish vakolati berilsin.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PQ-4755-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2020-y., 07/20/4755/0783-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) turizm sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlovchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
2. Qo‘mita o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Qo‘mita o‘z vazifa va funksiyalarini amalga oshirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
4. Qo‘mitaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari mulkchilik shaklidan va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyativa boshqaruvi organlari, xo‘jalik subyektlari tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi.
5. Qo‘mita, uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega.
mamlakatning turizm salohiyatini tubdan oshirish, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, turizm sohasida yagona davlat siyosatini olib borish maqsadida turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini shakllantirish va amalga oshirishni ta’minlash;
turistik xizmatlarning tashqi va ichki bozorlarida marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, turizm sohasida O‘zbekiston Respublikasining tarixiy-madaniy merosini keng targ‘ib qilishga qaratilgan faol reklama-axborot siyosatini amalga oshirish,mamlakatning turistik imijini saqlash va rivojlantirish, xalqaro turistik bozorlarda milliy mahsulotlar va brendlarni ilgari surish;
ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish va amalga oshirishni monitoring qilish, keng qamrovliturizm turlarini jadal rivojlantirish, turizm infratuzilmasini xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlantirishga xorijiy investitsiyalar, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini jalb qilish;
turistik faoliyatni rivojlantirishni muvofiqlashtirish, hududlarda yangi turistik yo‘nalishlar ochilishini ta’minlash, ularni pasportlashtirish, turistik yo‘nalishlar, gidlar (ekskursovodlar) va turistik obyektlar bo‘yicha yagona milliy reyestrlarni shakllantirish;
turistik xizmatlarni tashkil qilishda, avvalambor ular joylashtirilgan manzillarda, ovqatlanish joylarida, respublika hududi bo‘ylab harakatlanish vaqtida, turistik obyektlarga tashriflarni tashkillashtirishda turistlar xavfsizligi va sog‘lig‘ini ta’minlashga yo‘naltirilgan turistik xizmatlarni ko‘rsatish sifati va xavfsizligining standartlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish, turizm sohasidagi xizmatlarni litsenziyalash va sertifikatlashtirishni, shuningdek, litsenziyalanayotgan va sertifikatlashtirilayotgan turistik xizmatlarning belgilangan talablar va standartlarga muvofiqligi ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshirish;
turizm sohasini davlat tomonidan va bozor orqali tartibga solishni maqbullashtirish, turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish, turizmni rivojlantirishga xalaqit berayotgan barcha to‘siqlar va g‘ovlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, turizm sohasida tadbirkorlar faolligini oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, mazkur sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish;
turistik faoliyat sohasida birinchi navbatda, BMTning Jahon turizm tashkiloti, turizm bo‘yicha nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlar, shuningdek, turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kompaniyalar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, turistik faoliyat amaliyotiga xalqaro va davlatlararo standartlar va normalarni joriy etish;
turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha takliflar kiritish, turistik faoliyat subyektlari xodimlarini muntazam qayta tayyorlash va malakasini oshirishni yuqori sifatli darajada tashkil etish, turizm tarmoq ilm-fanini rivojlantirishga ko‘maklashish;
turistik zonalar hududida turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish va ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur investitsiyaviy shart-sharoitlarni yaratish;
turistlarning maqsadli toifalari orasida turistik zonalarning salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha marketing ishlarini olib borish;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan tashqari turizm infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish uchun ajratilgan salohiyatli o‘rmon fondi hududlarini rejalashtirish va loyihalashtirish;
respublika kinolokatsiyalarini, shu jumladan jamoat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda xorijda targ‘ib qilish.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-sonli Farmoniga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2021-y., 06/21/6165/0104-son)
a) mamlakatning turistik salohiyatini tubdan oshirish,turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, turizm sohasida yagona davlat siyosatini olib borish maqsadida turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini shakllantirish va amalga oshirishni ta’minlash sohasida:
turizmni rivojlantirishning asosiy tendensiyalari va prognozlarini tahlil qilishni inobatga olgan holda turizm sohasini rivojlantirishning qisqa, o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari va vazifalarini belgilashda ishtirok etadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, turistik faoliyat subyektlari tomonidan turizm sohasida yagona davlat siyosatining amaliy ijrosini ta’minlaydi;
turizm sohasida davlat tomonidan tartibga solish va boshqaruv mexanizmlari hamda tuzilmasini tashkiliy-huquqiy takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
turizmni rivojlantirish masalalarida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
b) turistik xizmatlarning tashqi va ichki bozorida marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasining tarixiy-madaniy merosini keng targ‘ib qilishga qaratilgan faol reklama-axborot siyosatini amalga oshirish, mamlakatningturistik imijini saqlash va rivojlantirish, xalqaro turistik bozorlarda milliy turistik mahsulotlar va brendlarni ilgari surish sohasida:
turistlar oqimining salohiyatli va istiqbolli bozorlarini o‘rganadi, turizm sohasida reklama-axborot siyosatini olib borishning samarali uslub va mexanizmlarini belgilaydi, uning natijalariga ko‘ra tegishli kompleks choralar ko‘radi;
mamlakatning turistik salohiyatini targ‘ib qilish samaradorligini oshirish maqsadida xorijiy turistlar nimani afzal ko‘rishini o‘rganish va talab yuqori bo‘lgan turistik mahsulotlarni aniqlashga qaratilgan marketing tadqiqotlarini tashkil etadi;
turistik faoliyat subyektlari va boshqa manfaatdor shaxslarni xalqaro turistik bozorlarda mamlakat turistik salohiyatini targ‘ib qilishda ishtirok etishga rag‘batlantirishni ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasida xorijiy turoperatorlar, ommaviy axborot vositalari va boshqa tashkilotlar ishtirokida axborot turlari (infoturlar)ni tashkillashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalaridagi turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchilar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
turistik yo‘nalishlar bo‘ylab hamda turistik ko‘rgazma va infratuzilma obyektlari yaqinida istiqomat qiluvchi aholining turistik madaniyatini oshirish (mehmondo‘stlik madaniyati) bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkillashtiradi va o‘tkazadi;
mehmonxonalar va turistik faoliyatning boshqa subyektlari uchun sayyohlarning xavfsiziligini ta’minlash, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha qisqa muddatli kurslarni tashkillashtiradi;v) ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish va amalga oshirishni monitoring qilish, keng qamrovliturizm turlarini jadal rivojlantirish, turizm infratuzilmasini xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlantirishga xorijiy investitsiyalar, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini jalb qilish sohasida:
mavjud turistik salohiyat, turistik xizmatlar bozorining hamda turizm va logistika sohasidagi infratuzilmalar holatini tizimli asosda tahlil qiladi, shuningdek, mazkur sohadagi xalqaro standartlarni o‘rganadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar ishtirokida ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishni va ularni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasiga kiritishni tashkillashtiradi;
turistik industriyani rivojlantirish, turistik xizmatlar infratuzilmasini, eng avvalo, asosiy turistik yo‘nalishlar bo‘ylab mehmonxonalar va kempinglar, transport-logistika va yo‘l infratuzilmasi, umumiy ovqatlanish obyektlari va turizmning boshqa infratuzilmalarini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
turizmni rivojlantirish bo‘yicha milliy va hududiy dasturlar bajarilishini muvofiqlashtiradi, turizmni rivojlantirish dasturlarining amaldagi ijrosini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqadi, ularning bajarilishi ustidan samarali monitoring olib boradi;
turistik sohani rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilish ishlarida, xorijiy investorlar, eng avvalo, yetakchi dunyo brendlarini jalb qilish uchun turizm sohasida eng qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
turistik infratuzilmani rivojlantirish uchun taqdim etilgan mablag‘lar, grantlar, boshqa moliyaviy va moddiy resurslardan oqilona va maqsadli foydalanishni ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘radi;
g) turistik faoliyatni rivojlantirishni muvofiqlashtirish, hududlarda yangi turistik yo‘nalishlar ochilishini ta’minlash, ularni pasportlashtirish, turistik yo‘nalishlar, gidlar (ekskursovodlar) va turistik obyektlar bo‘yicha yagona milliy reyestrlarini shakllantirish sohasida:
turistik tashkilotlar, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning ichki, kirish va chiqish turizm sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda yangi turistik yo‘nalishlarining ishlab chiqilishini hamda ularning ichki va tashqi turistik bozorlarda ilgari surishni tashkillashtiradi;
turistik faoliyatning belgilangan standartlariga muvofiq turistik yo‘nalishlarni pasportlashtirishni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasining turistik resurslari va turistik yo‘nalishlari, shuningdek, ekskursovodlari va gid-tarjimonlari reyestrini yuritadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning turizmni rivojlantirish sohasidagi faoliyatini umumlashtiradi va tahlil qiladi, shuningdek, ularning turizm sohasidagi ishlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarga turizm sohasini iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bilan hamohang yanada kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
d) turistik xizmatlarni tashkil qilishda, avvalambor, ular joylashtirilgan manzillarda, ovqatlanish joylarida, respublika hududi bo‘ylab harakatlanish vaqtida, turistik obyektlarga tashriflarni tashkillashtirishda turistlarning hayoti va sog‘lig‘ining xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan turistik xizmatlarni ko‘rsatish sifati va xavfsizligining standartlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish, turizm sohasidagixizmatlarni litsenziyalash va sertifikatlashtirishni, shuningdek, litsenziyalanayotgan va sertifikatlashtirilayotgan turistik xizmatlarning belgilangan talablar va standartlarga muvofiqligi ustidan inspeksiya nazorati sohasida:
turistik xizmatlar sifati va xavfsizligiga qo‘yiladigan talablarni shakllantirish uchun turistik xizmatlar ko‘rsatish jarayonini va ulardan turistlarning qoniqish hosil qilishi ustidan monitoring olib boradi;
milliy o‘ziga xosliklar, iqlim sharoitlari va ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda turistik xizmatlarning sifati va xavfsizligi bo‘yicha milliy standartlar ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi, shuningdek, ularning doimiy takomillashtirib borilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy organi — “O‘zstandart” agentligi bilan yaqin hamkorlikda turistik xizmatlarni majburiy sertifikatlash, shu jumladan mehmonxonalar (motellar) klassifikatsiyasini belgilashni amalga oshiradi;
litsenziyalanayotgan va sertifikatlanayotgan turistik xizmatlarning o‘rnatilgan talablar va standartlarga muvofiqligi ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshiradi;
ommaviy axborot vositalarida tegishli ma’lumotlarni joylashtirish orqali turistik faoliyat subyektlari va ishtirokchilarini muayyan vaqtda tashrif buyurish turistlar xavfsizligi uchun xatarli bo‘lgan mamlakatlar (joylar) to‘g‘risida xabardor qiladi;
e) turizm sohasini davlat tomonidan va bozor orqali tartibga solishni maqbullashtirish, turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish, turizmni rivojlantirishga xalaqit berayotgan barcha to‘siqlar va g‘ovlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, turizm sohasida tadbirkorlar faolligini oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, mazkur sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish sohasida:
turizm sohasida tadbirkorlik faolligi mexanizmlari va rag‘batlantirish choralari samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
turistik faoliyatni davlat va bozor orqali tartibga solishni maqbullashtirish, chet el turistlari uchun viza va ro‘yxatga olish tartib-tamoyillari, pasport hamda bojxona nazoratini yanada soddalashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
turistik sohada faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan samarali monitoringni ta’minlaydi, qonun hujjatlarining buzilish sabablarini tahlil qiladi va ularni bartaraf qilish bo‘yicha takliflar kiritadi;
turistik faoliyat subyektlari tomonidan turizm sohasiga oid qonun hujjatlariga rioya qilinishita’minlash va ularning faoliyatini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan g‘ovlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi, turizm sohasiga oid qonun hujjatlariga rioya qilish yuzasidan tekshiruv materiallarini tahlil qiladi va umumlashtiradi;
respublika turistik bozorining rivojlanish tendensiyalari va ularda bo‘layotgan o‘zgarishlarni monitoring qiladi, raqobat muhiti shakllanganturistik xizmatlar bozorini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish orqali turistik xizmatlar ko‘rsatishning zamonaviy metod va mexanizmlaridan foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi;
j) turistik faoliyat sohasida, birinchi navbatda, BMTning Jahon turizm tashkiloti, turizm bo‘yicha nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlar, shuningdek, turizm sohasida faoliyatko‘rsatayotgan xorijiy kompaniyalar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish sohasida:
xalqaro turistik tashkilotlar, chet davlatlarning vakolatli organlari, shuningdek, turizm sohasidagi xorijiy kompaniyalari bilan xalqaro hamkorlik, o‘zaro samarali harakat qilish mexanizmlarini rivojlantirish va takomillashtirish sohasida takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
belgilangan tartibda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon turizm tashkiloti (YNVTO) va boshqa xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini ifoda etadi va turizm masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qiladi, turizm sohasini tartibga soluvchi universal xalqaro konvensiyalar va shartnomalarda O‘zbekiston ishtirokini ta’minlaydi;
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Jahon turizm tashkiloti (YNVTO) hujjatlari qoidalarining ijrosi monitoringini tashkillashtiradi, belgilangan tartibda tegishli axborotlarni tayyorlaydi ularga yuboradi;
turizmni rivojlantirishga yo‘naltirilgan chet el donorlari va kredit tashkilotlari mablag‘larining belgilangan tartibda jalb qilinishi va undan foydalanilishini tashkillashtiradi;
har yili Toshkent shahrida Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi va Xalqaro O‘zbek turistik ko‘rgazmasi o‘tkazilishini tashkil etishni ta’minlaydi;
xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan xalqaro turistik yarmarkalar, ko‘rgazmalar va biznes-uchrashuvlarda mamlakatning turistik faoliyat subyektlari ishtirokini tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik chora-tadbirlarini muvofiqlashtiradi;
shu jumladan xalqaro turizm tashkilotlari, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari, shuningdek, xorijiy kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorlikdaxalqaro turizm tadbirlarini o‘tkazadi va ularda ishtirok etadi;
z) turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha takliflar kiritish, turizm sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, turizmtarmoq ilm-fani rivojiga ko‘maklashish sohasida:
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda turizm sohasidagi o‘rta-maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligi bo‘yicha tadqiqotlar olib boradi, ta’lim muassasalarida kadrlar va mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
turizm, ayniqsa menejment va marketing sohasida kasbiy tayyorlash, gidlar (ekskursovodlar)ni tayyorlashda ko‘maklashadi;
kadrlarning muntazam malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etishni ta’minlaydi, Qo‘mita, uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining rahbarlari va mutaxassislarini attestatsiyadan o‘tkazadi, shu jumladan ularning tegishli xorijiy o‘quv markazlari va ta’lim muassasalarida stajirovkadan o‘tishini ta’minlaydi;
turistik ilm-fanni rivojlantirish choralarini ko‘radi, turizm sohasida ilmiy-tadqiqot, ekspertlik ishlarini tashkillashtiradi.
8. Qo‘mita o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlar orqali bajaradi.
9. Qo‘mita o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Qo‘mita vakolatiga taalluqli masalalarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlardan hujjatlar, statistik ma’lumotlar, hisobotlar, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa ma’lumotlarni so‘rash, talab qilish va qabul qilish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga turistik obyektlar va turistik infratuzilmalarda turistlar uchun shart-sharoitlar yaratish doirasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy taqdimnomalar yuborish;
turizmni rivojlantirish, mamlakat, shu jumladan hududlarning milliy turistik mahsulotlarini ilgari surish bo‘yicha ishlar hamda loyihalarini moliyalashtirish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining xarajatlar smetasini ko‘rib chiqish va kelishishda ishtirok etish;
xorijiy davlatlarning turizm masalalari bo‘yicha vakolatli organlari bilan belgilangan tartibda ma’lumotlar almashish;
o‘z vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan shunga o‘xshash tadbirlarda ishtirok etish;
turizmni rivojlantirishga qaratilgan choralarni birgalikda ishlab chiqish maqsadida xalqaro, xorijiy va respublika tashkilotlari bilan aloqalar o‘rnatish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Qo‘mitaning markaziy apparati va uning idoraviy bo‘linmalarida shartnoma asosida ishlash uchun turizm sohasidagi yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
mehmonxonalar, motellarni klassifikatsiyalash, shuningdek, turistlarni joylashtirishning boshqa vositalarini standartlashtirish bo‘yicha tartib-taomillarni amalga oshirish;
turizm sohasidagi muammolar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi, ilmiy-texnik, idoralararo ekspertlik komissiyalarini tuzish, maxsus yig‘ilishlar chaqirish, shuningdek, mazkur muammolarni o‘rganish va hal qilish,maslahatlashuvlar uchun mahalliy va xorijiy mutaxassislar, ekspertlar va olimlarni jalb qilish;
turistik zonalar va tabiiy kurort hududlarini tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi va samaradorligi to‘g‘risida xulosa tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ularni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflarni kiritish;
mamlakatning yuksak turistik imijini saqlash maqsadida reklama va turizm sohasini targ‘ib qiluvchi boshqa mahsulotlarni (mamlakatning turizm salohiyatini aks ettiruvchi reklama audio-videomateriallari, risolalar, fotoalbomlar, kitoblar, xaritalar va boshqa reklama-axborot materiallari, maqolalar, kompyuter dasturlari, veb-saytlar, portallar) yaratish, chop etish, ko‘paytirishni amalga oshirish, suvenirlar va boshqa mahsulotlar sotib olish, shuningdek, mamlakat hududida va xorijda tadbirlar tashkil etish uchun mehmonxona, transport, umumiy ovqatlanish va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish maqsadida mustaqil yoki idoraviy mansub tashkilotlar orqali belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
turistik faoliyat subyektlaridan turizm sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini talab qilish;
turistik faoliyatni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziyalar berish, ularning amal qilishini to‘xtatish va tugatish, ushbu litsenziyalarni bekor qilish;
turistik xizmatlarni majburiy sertifikatlashtirishdan o‘tkazish va ko‘rsatilayotgan turistik xizmatlarning belgilangan standartlar, normalar va talablarga muvofiqligi ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshirish;
turistik xizmatlarning muvofiqlik sertifikatini belgilangan tartibda to‘xtatish va tugatish, ushbu sertifikatlarni bekor qilish;
turistik faoliyat va turistlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkillashtirish bilan band bo‘lgan boshqa subyektlarni ixtiyoriy ravishda sertifikatlashtirish (klassifikatsiyadan o‘tkazish);
o‘z vakolati doirasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish;
turizm masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, belgilangan tartibda xalqaro shartnomalar imzolash;
turizmni rivojlantirish masalalarida xorijiy davlatlar, xalqaro va chet el tashkilotlari vakillari bilan muzokaralar olib borish;
Qo‘mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jurnalistlar, blogerlar va suratga olish guruhlarini xorijga va O‘zbekiston hududlariga O‘zbekistonning turizm salohiyati haqida reportajlar, videoroliklar tayyorlash, Qo‘mita delegatsiyalari va turizm kompaniyalari ishtirokidagi ko‘rgazma, muzokara va boshqa shu kabi tadbirlarni yoritish uchun yuborish;
Qo‘mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mahalliy va xorijiy ishtirokchilar o‘rtasida turizmning istiqbolli turlari va yo‘nalishlarini, mamlakatning turizm salohiyatini ilgari surish va reklama qilishga qaratilgan sovrinli tanlov va viktorinalar o‘tkazish;
marketing strategiyasidan kelib chiqqan holda, xorijiy teleradiokompaniyalar va boshqa, shu jumladan bosma va raqamli ommaviy axborot vositalari bilan xorijiy bozorlarga mo‘ljallangan reklama, reportaj va boshqa roliklarni translatsiya qilish, maqolalar, reklamalar, bosma mahsulotlar, shu jumladan turizm xaritalari, risolalar va kitoblar, internet videoroliklari tayyorlash va chop etish, shuningdek, reklama va fotoreportajlarni hamda shu kabi boshqa mahsulotlarni suratga olish va tayyorlash uchun shartnomalar tuzish;
gazetalar, jurnallar va boshqa ommaviy axborot vositalariga, shu jumladan idoraviy mansub tashkilotlari orqali ta’sischi bo‘lish;
Qo‘mita balansida turgan ko‘chmas mulkdan foydalanish uchun o‘zining idoraviy mansub tashkilotlariga ijara to‘lovlari uchun nol stavka belgilash.
Qo‘mita va uning idoraviy mansub tashkilotlari sohaga oid xalqaro (chet el) tashkilotlariga a’zo bo‘lish huquqiga ega.
Qo‘mita o‘z zimmasiga kredit majburiyatlarini olish, shuningdek, uchinchi shaxslar tomonidan jalb qilingan kreditlar bo‘yicha kafil bo‘lish yoki kafolatlar berish huquqiga ega emas.
Qo‘mita, zarur hollarda, belgilangan tartibda boshqa davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarish huquqiga ega.
10. Qo‘mita o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi uchun javobgar hisoblanadi.
11. Qo‘mitaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais rahbarlik qiladi;
Qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan to‘rt nafar o‘rinbosar, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega.
Qo‘mita raisi maqomiga ko‘ra vazirga, raisning birinchi o‘rinbosari — vazirning birinchi o‘rinbosariga, rais o‘rinbosarlari — vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.
Qo‘mita faoliyati ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va Qo‘mita zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi;
belgilangan umumiy shtatlar soni doirasida Qo‘mitaning markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari shtatlar jadvalini, shuningdek, Qo‘mitaning markaziy apparati, uning hududiy bo‘linmalari, idoraviy mansub tashkilotlari xarajatlar smetasini tasdiqlaydi.
markaziy apparat va hududiy boshqarmalarning bo‘linmalari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar to‘g‘risidagi nizomlarni va ularning tuzilmasini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Qo‘mita markaziy apparatining xodimlarini, hududiy bo‘linmalar, idoraviy mansub tashkilotlarning rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimiga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda turizm masalalarini rivojlantirish bo‘yicha maslahatchilarni lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdimnoma kiritadi;
Qo‘mita vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi, raisning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari, Qo‘mita, uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari boshqa mansabdor shaxslarining vakolati, majburiyatlari va javobgarlik darajasini belgilaydi;
Qo‘mita, hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari tomonidan ijro etilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
Qo‘mitaning markaziy apparati xodimlari, hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini moddiy rag‘batlantirishning qo‘shimcha mexanizmlarini belgilaydi;
13. Qo‘mitada uning faoliyatidagi asosiy yo‘nalishlarni muvofiqlashtiruvchi, rais (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), shuningdek, Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Hay’at a’zolari soni va shaxsiy tarkibi raisning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
mazkur Nizom qoidalarida belgilab qo‘yilgan Qo‘mitaning asosiy faoliyat yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Qo‘mita nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joylashtirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va hukumat qarorlarida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan Qo‘mita rahbarlari va mutaxassislarining ijro intizomi va shaxsiy javobgarligini kuchaytirish.
Hay’at yig‘ilishlariga Qo‘mita vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hay’at uning majlisida hay’at tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Rais va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda rais paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Qo‘mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Qo‘mita faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahriningmahalliy budjetlari mablag‘lari hududiy bo‘linmalarni moliyalashtirish manbai hisoblanadi. Xodimlarni qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish Qo‘mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.
15. Xodimlarni Qo‘mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
a) ko‘p yillik xizmat qilganlik uchun har oylik ustamalar. Turizm tizimida ko‘p yillik xizmat qilganlik uchun ustamalar quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
Ish staji | Ustama miqdori — lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyent |
2 yilgacha | 0,3 |
2 yildan 3 yilgacha | 0,4 |
3 yildan 5 yilgacha | 0,5 |
5 yil va undan yuqori | 0,6 |
b) chorak yakuni bo‘yicha eng tashabbuskor va natijador xodimlarni ustamani (rag‘batlantirish koeffitsiyentini) hisobga olgan holda lavozim maoshining 100 foizigacha bo‘lgan miqdorda bir yo‘la mukofotlash;
v) eng tashabbuskor va samarali ishlagan xodimlarni ustamani (rag‘batlantirish koeffitsiyentini) hisobga olgan holda lavozim maoshining 100 foizigacha bo‘lgan miqdorda moddiy rag‘batlantirish;
g) jamoa shartnomasiga muvofiq mehnat natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan kompensatsiya to‘lovlari va biryo‘la beriladigan mukofotlar.
Ushbu bandning “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan to‘lovlar summasi bir chorakda, ustamani (rag‘batlantirish koeffitsiyentini) hisobga olgan holda, lavozim maoshining ikki baravari miqdoridan oshmasligi kerak.
Xodimlarni qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizom, shuningdek, ko‘p yillik xizmat qilganlik uchun ustamalarni belgilash huquqini beradigan ish stajini hisoblash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Qo‘mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan tushadigan mablag‘lar hisobiga xodimlarga qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa to‘lovlar ham to‘lanishi mumkin.
16. Idoraviy mansub tashkilotlarining moddiy-texnik ta’minoti hamda ularning xodimlari mehnatiga haq to‘lash Qo‘mitaning o‘z mablag‘lari, Qo‘mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
17. Hududiy bo‘linmalar o‘z faoliyatini Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Qo‘mitaning hududiy bo‘linmalari rahbarlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, tegishli viloyatlar hokimlarining taqdimnomasiga ko‘ra rais tomonidan lavozimga tayinlanadilar.
18. Qo‘mitani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi