Mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog‘i sifatida turizmni jadal rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, hududlarning ulkan turizm salohiyatidan yanada to‘liq va samarali foydalanish, turizm tarmog‘ini boshqarishni tubdan takomillashtirish, milliy turizm mahsulotlarini yaratish va ularni jahon bozorlarida targ‘ibot qilish, turizm sohasida O‘zbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirish maqsadida:
1. Quyidagilar o‘rta muddatli istiqbolda turizm sohasidagi davlat siyosatining maqsadli vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini shakllantirish va izchil amalga oshirish, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, ushbu sohani barcha hududlarni va o‘zaro bog‘liq tarmoqlarni kompleks ravishda jadal rivojlantirishning yetakchi kuchiga aylanishi lozim bo‘lgan iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, tarkibiy o‘zgartirish va barqaror rivojlanishning qudratli vositasiga aylantirish, yaratiladigan yalpi ichki mahsulotda, mahalliy budjet daromadlarida turizmning ulushini ko‘paytirish, ish bilan bandlikni ta’minlash, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
turizm industriyasi subyektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan turizm faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, turizmning rivojlanishidagi barcha to‘siq va g‘ovlarga barham berish, viza va ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomillarini, pasport va bojxona nazoratini soddalashtirish, turizm sohasini davlat tomonidan boshqarish va bozorga xos tarzda tartibga solish mexanizmini maqbullashtirish, turizm sohasida tadbirkorlik faolligini rag‘batlantirish va turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, turizm sohasida statistik hisobga olish tizimini takomillashtirish;
turizm xizmatlarini tashkil etishda, eng avvalo, turistlar joylashtiriladigan joylarda, ovqatlanish punktlarida, respublika hududi bo‘ylab harakatlanishda, turizm obyektlariga tashriflarni uyushtirishda turistlar va ekskursantlarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
mamlakatda turizmni jadal rivojlantirish, mavjud ulkan turizm salohiyatidan yanada to‘liq va samarali foydalanish, an’anaviy madaniy-tarixiy turizm bilan birgalikda turizmning boshqa salohiyatli turlarini — ziyorat qilish, ekologik, ma’rifiy, etnografik, gastronomik, sport, davolash-sog‘lomlashtirish, qishloq, sanoat, ishbilarmonlik turizmi va boshqa turlarini jadal rivojlantirish, bolalar, o‘smirlar va yoshlar turizmini, oilaviy turizmni, keksalar uchun ijtimoiy turizmni rivojlantirish hisobiga turizmning ijtimoiy ahamiyatini kuchaytirish, hududlarda yangi turizm yo‘nalishlarini tashkil etish, ularni pasportlashtirish, turizm yo‘nalishlari va turizm obyektlari bo‘yicha yagona milliy reyestrlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
turizm faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni, birinchi navbatda, BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (YNVTO), xorijiy mamlakatlarning turizm bo‘yicha nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlari — turizm xizmatlari mintaqaviy va jahon bozorlarining faol ishtirokchilari bilan hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekistonning turizm sohasida tartibga soluvchi universal xalqaro konvensiyalar va bitimlardagi ishtiroki, turizm faoliyati amaliyotiga xalqaro va davlatlararo standartlar va normalarni joriy etish;
respublikaning barcha mintaqalarida zamonaviy jahon standartlariga, turistlarning ehtiyojlari va talablariga javob beradigan turizm industriyasi obyektlarini — mehmonxonalarni va joylashtirishning shu kabi vositalarini, umumiy ovqatlanish obyektlarini, transport-logistika tuzilmalarini, axborot markazlarini, madaniyat va sport muassasalarini jadal rivojlantirish, asosiy turizm yo‘nalishlari bo‘yicha yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini, yo‘lbo‘yi infratuzilmasini jadal qurish va rekonstruksiya qilish, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investorlarni keng jalb etish;
xalqaro turizm rivojlanishi tendensiyalarini va zamonaviy marketing vositalari qo‘llanilishini hisobga olgan holda, raqobatbardosh turizm mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish, ularni ichki va xalqaro turizm bozorlarida targ‘ibot qilish bo‘yicha strategiyani ishlab chiqish, qulay turizm axborot muhitini tashkil etish va rivojlantirish, keng reklama-axborot faoliyatini amalga oshirish, mamlakat hududlarida turizm axborot markazlari va chet elda turizm vakolatxonalari ochish, Internet tarmog‘idan faol foydalanish, har yili Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini o‘tkazish yo‘li bilan turizm sohasida mamlakatimizning ijobiy qiyofasini shakllantirish;
turizm tarmog‘i uchun, ayniqsa menejment va marketing sohasida malakali kadrlarni sifatli tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, gidlar (ekskursiya yetakchilari) tayyorlash, turizm faoliyati subyektlari xodimlarini muntazam ravishda qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
2. Tugatilayotgan “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashkil etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi turizm sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy organi — “O‘zstandart” agentligi bilan mustahkam o‘zaro hamkorlikda turizm faoliyati subyektlari tomonidan ko‘rsatiladigan turoperatorlik (turizm mahsulotlari) xizmatlari va mehmonxona xizmatlarini majburiy sertifikatlash, shu jumladan turli tashkiliy-huquqiy shakllardagi mehmonxonalarning (motellarning) tasnifini belgilash;
sertifikatlanadigan turizm xizmatlarining normativ hujjatlarda belgilangan majburiy talablar va standartlarga muvofiqligi bo‘yicha inspeksiya nazoratini amalga oshirish yuklansin.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlash tizimida akkreditatsiya qilingan turizm xizmatlarini sertifikatlash bo‘yicha organlar ham turizm xizmatlarining ayrim turlarini sertifikatlash subyektlari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat hokimiyati va mahalliy boshqaruv organlari, mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar bilan birgalikda uch oy muddatda ushbu Farmonda belgilangan turizm sohasidagi davlat siyosatining maqsadlari va ustuvor vazifalaridan kelib chiqib, o‘rta muddatli istiqbolda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasini, shuningdek 2017 — 2021-yillarda Konsepsiyani amalga oshirishga doir aniq chora-tadbirlar Dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
faqat turizm faoliyatini tashkillashtirishni ta’minlaydigan turizm korxonalari — turizm operatorlari, turizm agentliklari, ekskursiya tashkilotlari, turizm firmalari turizm faoliyatini amalga oshirish huquqi yuzasidan litsenziyalanadilar;
turizm faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya olishda turizm xizmatlari sertifikati bilan tasdiqlangan turistlar va ekskursantlarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavfsizlikni ta’minlash tizimining mavjudligi majburiy litsenziya talabi va sharti hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
mehmonxonalarda va joylashtirishning shu kabi vositalarida turizm xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirishga litsenziya mavjud bo‘lishi bo‘yicha talabni bekor qilgan holda, turizm faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan subyektlar — mehmonxonalar, motellar, kempinglar va joylashtirishning shu kabi vositalari tomonidan ko‘rsatiladigan turizm xizmatlari majburiy sertifikatlanadi. Bunda 2018-yil 1-apreldan boshlab xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari va avtotransport korxonalarini ixtiyoriy sertifikatlash joriy etiladi;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2018-y., 06/18/5326/0657-son)
Oldingi tahrirga qarang.
gidlar (ekskursiya yetakchilari), kuzatib boruvchi-yo‘riqchilarning xizmatlari jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning xodimlari tomonidan faqat ular oliy yoki o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim to‘g‘risidagi diplom yoxud gidlar (ekskursiya yetakchilari) yo‘nalishi bo‘yicha davlat namunasidagi qayta tayyorlash to‘g‘risidagi guvohnoma yoki O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladigan malaka sertifikati olgandan keyin amalga oshirilishi mumkin;
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-maydagi PF-5731-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2019-y., 06/19/5731/3200-son)
turizm korxonalari turizm faoliyati subyektlari bilan faqat ularda muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lgan taqdirda ular tomonidan xorijiy turistlarga turizm xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan shartnomalar (bitimlar) tuzish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va viza tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PF-4895-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 3-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2019-y., 06/18/5611/2430-son)
Oldingi tahrirga qarang.
55 yoshga to‘lgan va turizm maqsadida 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga O‘zbekiston Respublikasiga keluvchi XXR (turistlar guruhlari tarkibida), AQSh va Vyetnamning fuqarolari uchun viza rejimi bekor qilinsin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2019-y., 06/18/5611/2430-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyinchalik ro‘yxati qayta ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lgan muayyan davlatlar bilan viza tartibini soddalashtirish to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston Respublikasining ular bilan ikki tomonlama munosabatlarining rivojlanish darajasidan, jahon turizm bozorining konyunkturasi hamda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik sohasida sodir bo‘layotgan vaziyatdan kelib chiqqan holda ko‘rib chiqiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PF-4895-sonli Farmoniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 3-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning to‘rtinchi — yettinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6311-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mehnat vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
xorijiy mutaxassislarning O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar olish tartib-taomilini soddalashtirish hamda ularga jismoniy shaxslarning daromadlaridan soliq to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berish;
xalqaro aeroportlarda va O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida vizalar olish, shu jumladan tranzit vizalari olish tartibini sezilarli ravishda soddalashtirish;
vizalarni rasmiylashtirish va berish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni, shu jumladan, Tashqi ishlar vazirligining konsullik boshqarmasiga va O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga tashrif buyurmasdan viza olishga hujjatlarni topshirish va so‘rovnomalarni to‘ldirishda “on-layn” tizimdan foydalanish, shuningdek 2021-yildan boshlab joriy etiladigan elektron vizalar tizimidan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha takliflarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PF-4895-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 3-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi O‘zbekistonning chet ellardagi elchixonalari huzuridagi savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilar zimmasiga milliy turizm mahsulotlarini targ‘ibot qilish va O‘zbekiston Respublikasiga turistlar oqimi ko‘payishida ko‘maklashish majburiyatini yuklasinlar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PF-5158-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari va Davlat bojxona qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2021-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan muddatda Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlarining xalqaro aeroportlarida respublikaga keluvchi (ketuvchi) xorijiy turistlar uchun “yashil yo‘lak” bojxona nazorati tizimini, pasport va bojxona nazoratidan o‘tishning, bagajni olishning, transport xizmati ko‘rsatishning soddalashtirilgan tartib-taomilini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsinlar;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PF-4895-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 3-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2021-yilning 1-yanvaridan respublika aeroportlari va vokzallarida xorijiy fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda pasport nazoratidan o‘tish jarayonini tezlashtirish maqsadida rezidentlar va norezidentlar tomonidan ushbu tartib-taomildan alohida-alohida o‘tishni tashkil etsinlar;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PF-4895-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 3-modda)
xorijiy turistlarni kutib oluvchi yoki kuzatuvchi turizm faoliyati subyektlari xodimlariga rejim va qo‘riqlash choralari talablariga rioya etgan holda belgilangan tartibda berilgan maxsus ruxsatnomalar bo‘yicha aeroportlar va vokzallar binolariga kirish huquqini bersinlar;
aeroportlarda va temir yo‘l vokzallarida qulay turizm axborot makonini, shu jumladan turizm-axborot punktlari faoliyatini, turizm navigatsiya tizimini, yo‘nalish olish belgilarini o‘rnatish va boshqa shu kabi tadbirlarni tashkil etish va rivojlantirish hisobiga yo‘lovchilarga, shu jumladan bepul asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar darajasi va sifatini oshirish chora-tadbirlarini tizimli ravishda amalga oshirsinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mehmonxonalarda va boshqa joylashtirish joylarida yashovchilarni elektron shaklda Internet tarmog‘i orqali hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturini yaratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Belgilab quyilsinki, turistlarni qabul qiladigan turizm operatorlari, shuningdek ularning xodimlari turistlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi buzilganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lishiga doir tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalar bundan mustasno.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi PF-5197-sonli Farmoni tahririda)
11. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tijorat banklari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tavsiya qiladigan turizm infratuzilmasi obyektlarining valyuta to‘lovlarini qabul qilish terminallari bilan jihozlanishini ta’minlash tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda sertifikatlangan kamida 4 yulduzli darajadagi mehmonxona va motellarni foydalanishga topshirilgan sanasidan boshlab ular yuridik shaxslarning foyda solig‘i, yer solig‘i va mol-mulk solig‘i, shuningdek yuridik shaxslarning yagona soliq to‘lovi;
Oldingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlarga ko‘ra mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun asbob-uskunalar, texnika, xomashyo, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, qurilish va boshqa materiallarni (shujumladan mebel va inventar) olib kirish uchun bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) to‘lashdan 5 yil muddatga ozod qilinsin.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5781-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2019-y., 06/19/5781/3567-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan, turizm faoliyati subyektlari tomonidan turistlarni tashish uchun mo‘ljallangan, sig‘imi 9 kishidan ortiq bo‘lgan yangi sotib olingan transport vositalarini 2022-yil 1-yanvarga qadar Ichki ishlar vazirligi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishda avtotransport yig‘imi undirilmaydi.
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 27-iyuldagi PF-447-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.