27.12.2016 yildagi 26-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.07.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaldagi qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi, sud amaliyotida jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash yuzasidan masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash fuqarolar, korxona, muassasa, tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, davlatning mulkiy huquq va manfaatlari himoyasini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlarning eʼtibori jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash asoslari va tartibiga oid qonunchilikka aniq va ogʻishmay rioya etishlari zarurligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shuni nazarda tutish lozimki, shaxsning unga yetkazilgan zararni (yaʼni mulkiy ziyonni) qoplashga boʻlgan huquqi, shuningdek, ziyon uchun moddiy javobgarlikning umumiy asoslari Fuqarolik kodeksida (14-moddasi, 57-bobi) belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunonchi, FK 14-moddasiga koʻra, zarar deganda, quyidagilar tushuniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqi buzilgan shaxs oʻzining buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim boʻlgan xarajatlari, uning mol-mulki yoʻqolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxs oʻz huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin boʻlgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan jinoyat natijasida, ayniqsa, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga, xususan, tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlarga oid ishlar boʻyicha (JK 1921 — 1928-moddalari) yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash masalalarini hal etish chogʻida sudlar nafaqat jinoyat protsessual qonunchiligi (JPK beshinchi boʻlimi), balki fuqarolik, mehnat va boshqa qonunchilik normalariga ham (JPK 281-moddasi) amal qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jinoyat-protsessual kodeksining 82-moddasiga muvofiq surishtiruv, dastlabki tergov olib borish chogʻida aniqlanishi lozim boʻlgan holatlardan biri jinoyat natijasida yetkazilgan zarar xususiyati va miqdori hisoblanadi, chunki yetkazilgan zarar turi va miqdorini aniqlash nafaqat uni qoplash masalasini hal etish, balki jinoyatni kvalifikatsiya qilish uchun ham ahamiyatlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida shaxsga (shu jumladan, jabrlanuvchi deb topilgan shaxsga), korxona, muassasa, tashkilotga mulkiy ziyon yetkazilganligiga oid dalillar mavjud boʻlganda, ular surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudning qarori (ajrimi) bilan fuqaroviy daʼvogar deb (JPK 56-moddasi birinchi qismi) eʼtirof etilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganning, shuningdek, muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsning manfaatlarini himoya qilish uchun ularning qonuniy vakili, mulkiy ziyon yetkazilgan shaxs vafot etganda esa, uning merosxoʻri fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni (shu jumladan, jabrlanuvchini) fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi qaror (ajrim)da surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud unga fuqaroviy daʼvoni taqdim etish huquqi, tartibi va shaklini hamda JPK 57-moddasida nazarda tutilgan boshqa huquqlarini tushuntirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qonunga koʻra, mulkiy ziyon uchun javobgarlik ayblanuvchi, sudlanuvchiga emas, balki boshqa shaxsga yuklatilgan hollarda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud tegishli jismoniy yoki yuridik shaxsni fuqaroviy javobgar sifatida ishda ishtirok etishga jalb etish toʻgʻrisida qaror (ajrim) chiqaradi va unga JPK 59-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkiy ziyon oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan voyaga yetmagan shaxsning jinoiy harakatlari natijasida yetkazilgan hollarda fuqaroviy javobgar sifatida ishga uning ota yoki onasi (farzandlikka oluvchisi), vasiysi yoxud uning vasiysi hisoblanadigan tarbiyalash, davolash yoki boshqa muassasa jalb etilishi lozim (FK 993-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Surishtiruv, dastlabki tergov organlarining eʼtibori shunga qaratilsinki, jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyon qoplanishini taʼminlashning muhim huquqiy mexanizmi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, fuqaroviy javobgarning mol-mulkini JPK 290-moddasiga muvofiq tezkorlik bilan xatlash hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda har bir muayyan holda xatlanayotgan mol-mulk JPK 293-moddasi talablariga rioya etilgan tarzda mutaxassis yoki baholovchi tashkilot jalb etilgan holda baholanishi va bayonnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmning mulkiy ziyonni qoplashga oid qismi ijrosi samaradorligini oshirish maqsadida surishtiruv, dastlabki tergov organlari, shuningdek, JPK 280-moddasiga rioya etgan holda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, fuqaroviy javobgarning muayyan harakatlarni amalga oshirishini taqiqlash kabi FPK 249-moddasida nazarda tutilgan choralarni qoʻllashni amaliyotga kiritishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash chogʻida sud fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatilgan-qoʻzgʻatilmaganligini, jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyon qoplanishini taʼminlash choralari koʻrilgan-koʻrilmaganligini aniqlashi zarur. Agar surishtiruv, dastlabki tergov organlari, prokuror tomonidan bunday choralar koʻrilmagan boʻlsa, sud JPK 290-moddasiga asosan oʻz tashabbusi bilan zarur choralar koʻradi yoki buni tergovchi zimmasiga (JPK 398-moddasi) yuklaydi va bu haqda ajrim chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda surishtiruv, tergov organlari, prokuror tomonidan fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralari koʻrilmagan yoki oʻz vaqtida koʻrilmagan har bir holatga sudlar xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan munosabat bildirishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mulkiy ziyon sudlanuvchi va jinoyat ishi qismi alohida yurituvga ajratilgan boshqa shaxsning birgalikdagi harakatlari natijasida yetkazilgan hollarda sud mulkiy ziyonni toʻla hajmda qoplash majburiyatini sudlanuvchi zimmasiga yuklaydi. Ishi alohida yurituvga ajratilgan shaxsga nisbatan keyinchalik ayblov hukmi chiqarilayotganda sud unga mulkiy ziyonni muqaddam sudlangan mahkum bilan solidar qoplash majburiyatini yuklashga haqli (FK 1000-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mulkiy ziyon sudlanuvchi va jinoyat ishi JPK 84-moddasiga muvofiq tugatilgan boshqa shaxs bilan birgalikda yetkazilgan boʻlsa, sud mulkiy ziyonni toʻla hajmda qoplash majburiyatini sudlanuvchiga yuklaydi va fuqaroviy daʼvogarga ishi tugatilgan shaxsga nisbatan mulkiy ziyonni mahkum bilan solidar qoplash toʻgʻrisida fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida daʼvo qoʻzgʻatish huquqini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hukmida birgalikdagi harakatlar natijasida yetkazilgan zararning sudlanuvchidan jinoyat ishi tugatilgan yoki alohida yurituvga ajratilgan shaxslar bilan solidar tartibda undirilishi toʻgʻrisida koʻrsatma berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jinoiy hodisa yuz bermaganligi yoki shaxsning jinoyatga daxli boʻlmaganligi, shuningdek, shaxs tomonidan harakat zaruriy mudofaa chegarasidan chiqmagan holda sodir etilganligi munosabati bilan oqlov hukmi chiqarilayotganda, sud JPK 283-moddasi ikkinchi qismi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi 2014-yil 23-maydagi 7-sonli qarori 10-bandi toʻrtinchi xatboshisiga binoan oqlangan shaxsga nisbatan fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirishni rad etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga nisbatan jinoyat ishi JPK 84-moddasi birinchi qismining 1 — 8-bandlari, beshinchi qismining 1,3-bandlariga muvofiq tugatilgan holda unga nisbatan fuqaroviy daʼvo koʻrmay qoldiriladi va manfaatdor shaxslarga ularning fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida daʼvo qoʻzgʻatish huquqi tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida yuqorida koʻrsatilgan asoslarga binoan tugatilganda ham fuqaroviy daʼvoga nisbatan shunday oqibatlar yuzaga keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mulkiy ziyon yetkazilgan har bir jinoyat ishi boʻyicha hukm chiqarilayotganda, sud fuqaroviy daʼvoni hal etishi, daʼvo qoʻzgʻatilmagan boʻlsa, mulkiy ziyonni qoplash masalasini oʻz tashabbusi bilan muhokama qilishi lozim. Bunda ish materiallarida xatlangan mol-mulkning yoʻqligi mulkiy ziyonni qoplash toʻgʻrisidagi masalani koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻla olmaydi, chunki bunday mol-mulk hukm ijrosi jarayonida ham aniqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy daʼvoga oid masalasini hal etishda sud JPK 467-moddasiga muvofiq ayblov hukmining tavsif qismida daʼvoni toʻla yoki qisman qanoatlantirish yoxud rad etish asoslarini, jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyon xususiyati va miqdorini koʻrsatishi, shuningdek, mulkiy ziyon miqdoriga tegishli hisoblash yakunlarini keltirishi hamda fuqaroviy daʼvoni hal qilish uchun asos qilib olingan qonun normasini qayd etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat protsessida qoʻzgʻatilgan fuqaroviy daʼvoning rad etilishi daʼvogarni oʻsha shaxsga nisbatan va aynan oʻsha asoslar boʻyicha fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida daʼvo qoʻzgʻatish huquqidan mahrum etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar fuqaroviy daʼvogarning daʼvodan voz kechishi qonunga xilof boʻlsa yoki davlat yoxud boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzsa, sud daʼvodan voz kechishni qabul qilmaydi (FPK 40-moddasi beshinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat protsessida fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatmagan shaxs, shuningdek daʼvosi koʻrmasdan qoldirilgan shaxs uni fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida qoʻzgʻatish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jinoyat obyekti boʻlgan mol-mulk qiymatini aniqlashda uning mulkdor tomonidan orttirilishi (sotib olinishi) holatlariga qarab, jinoyat sodir etilgan paytdagi shartnomaviy, ulgurji, chakana, birja yoki bozor narxidan kelib chiqish lozim. Mol-mulkning narxi mavjud boʻlmaganda uning qiymati ekspert xulosasiga koʻra belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zararni undirish masalasini hal etishda mol-mulkning hukm chiqarilgan kundagi qiymatidan kelib chiqish lozim. Bunda valyuta qimmatliklari qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan hukm chiqarilgan kunda belgilangan kurs boʻyicha aniqlanadi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkiy ziyon yuridik shaxsga uning xodimi tomonidan yetkazilgan hollarda, ziyon miqdori buxgalteriya hisoboti maʼlumotlariga asosan haqiqiy yoʻqotilish boʻyicha, ziyon asosiy fondlarga (vositalarga) yetkazilganda esa, moddiy qiymatliklarning eskirganligi belgilangan norma boʻyicha chegirib tashlangan holda, balans qiymatidan (tannarxidan) kelib chiqib aniqlanadi (Mehnat kodeksining 205-moddasi birinchi va ikkinchi qismlari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchining asosiy vositalarga taalluqli mol-mulki talon-toroj qilingan, kamomadi aniqlangan, qasddan yoʻq qilingan yoki qasddan buzilgan taqdirda, shuningdek, asosiy vositalarga mulkiy ziyon yetkazilgan boshqa hollarda, ziyon miqdori bozor narxlari boʻyicha hisoblanadi. Qonun hujjatlarida mulkiy ziyonning haqiqiy miqdori uning nominal miqdoridan oshib ketgan hollarda ziyon miqdorini, shu jumladan, karralash yoʻli bilan aniqlashning alohida tartibi belgilanishi mumkin (Mehnat kodeksining 205-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlari).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jinoyat-protsessual kodeksining 187-moddasiga muvofiq ekspert xulosasi surishtiruvchi, tergovchi, sud tomonidan ish boʻyicha toʻplangan boshqa dalillar bilan birgalikda uning ilmiy asoslanganligi va ekspertiza oʻtkazish uchun qonunchilikda belgilangan barcha protsessual qoidalar, uslub va tartiblarga rioya etilganligi nuqtai-nazaridan baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, jinoyat obyekti boʻlgan mol-mulkning bozor bahosini aniqlashda ekspert “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, shuningdek, unga muvofiq ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulk qoʻmitasining 2006-yil 14-iyundagi 01/19-19, 01/19-20, 01/19-21-sonli qarori bilan tasdiqlangan mol-mulkni baholash milliy standartlariga rioya etishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar har bir holda ekspert tomonidan qanday sababga koʻra, bozor bahosini aniqlashning u yoki bu uslubi qoʻllanilmaganligini aniqlashlari va zarur hollarda ekspertni soʻroq qilish yoʻli bilan yuzaga kelgan shubhalarni bartaraf etishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sud mulkiy ziyonni qoplash majburiyati yuklatilgan shaxsning talabiga binoan mulkiy ziyonni qoplash miqdorini faqat FK 1012-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda kamaytirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Birgalikdagi jinoiy harakatlar natijasida yetkazilgan mulkiy ziyon qoplanishi yuzasidan zararni yetkazgan barcha shaxslar solidar javobgar boʻladilar. Bunda sudlar quyidagilarni nazarda tutishlari lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlar bir necha shaxslar tomonidan sodir etilganda, ular birgalikdagi ishtiroki aniqlangan epizodlar boʻyicha yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashda solidar javobgar boʻladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir jinoyat ishi boʻyicha sudlansalarda, lekin umumiy maqsad bilan bogʻliq boʻlmagan mustaqil jinoyatlar uchun sudlangan, shuningdek, ayrimlari qasddan (masalan, talon-toroj uchun), boshqalari esa, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyatlar uchun sudlangan shaxslarga nisbatan solidar javobgarlik yuklatilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona, muassasa, tashkilotga uning bir necha yoki bir xodimi hamda mazkur korxona, muassasa, tashkilot bilan mehnat munosabatlarida boʻlmagan boshqa shaxslar aybi bilan mulkiy ziyon yetkazilganda, agar ziyon ularning qasddan birgalikdagi harakatlari natijasida yetkazilganligi aniqlangan boʻlsa, sud barcha sudlanuvchilarga solidar javobgarlik yuklashga haqli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunga koʻra, mahkumning harakatlari uchun moddiy javobgar boʻladigan fuqaro yoki korxona, muassasa, tashkilotlar jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashda solidar emas, balki hissali javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik kodeksining 1000-moddasiga muvofiq jabrlanuvchining (fuqarolik daʼvogarining) arizasiga koʻra, sud birgalikda mulkiy ziyon yetkazgan shaxslarga solidar emas, balki hissali javobgarlik yuklashga haqli, basharti bunday tartib daʼvogarning manfaatlariga mos boʻlib, mulkiy ziyon qoplanishini taʼminlasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir necha shaxslar tomonidan yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash haqida qaror chiqarish chogʻida sud hukmning qaror qismida sudlanuvchilardan qaysi biriga solidar va qaysi biriga hissali javobgarlik yuklanishini, shuningdek, mulkiy ziyonni qoplash uchun qancha miqdorda va kimning foydasiga summa undirilishini koʻrsatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tushuntirilsinki, jinoyat natijasida yetkazilgan maʼnaviy zararni qoplash masalalari boʻyicha sudlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Maʼnaviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 2000-yil 28-apreldagi 7-sonli qarorida berilgan tushuntirishlarga amal qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Boshqa mahkumlar bilan solidar javobgar boʻlgan shaxsga nisbatan hukm bekor qilinib, ish yangitdan sudda koʻrish uchun yuborilganda, umumiy mulkiy ziyonni qoplash hukmi oʻzgarishsiz qoldirilgan mahkumlar zimmasiga yuklatiladi. Agar ishning shu qismini yangitdan koʻrishda ayblov hukmi chiqarilsa, mulkiy ziyonni mazkur ish boʻyicha muqaddam sudlanganlar bilan solidar qoplash majburiyati sudlanuvchi zimmasiga, faqat u oʻsha mahkumlar bilan ishtirokchilikda sodir etgan jinoyat epizodlari boʻyicha yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash haqidagi daʼvolarni hal etishda, sudlar jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi talablariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli qarorida berilgan tushuntirishlarga amal qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Fuqarolik kodeksining 999-moddasiga muvofiq faoliyati tevarak — atrofdagilarga oshiqcha xavf tugʻdiradigan yuridik shaxs va fuqarolar (transport tashkilotlari, sanoat korxonalari, qurilishlar, transport vositalari egalari va boshqalar) jabrlanuvchiga (fuqaroviy daʼvogarga) oshiqcha xavf manbai yetkazgan mulkiy ziyonni, agar ziyon bartaraf qilib boʻlmaydigan kuch yoki jabrlanuvchining qasddan qilgan harakati oqibatida yuzaga kelganligini isbotlay olmasalar, toʻlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oshiqcha xavf manbai egasi deganda, uni oʻziga tegishli mulk huquqi yoki operativ boshqaruv huquqi yoxud boshqa fuqarolik huquqiy asoslarga (masalan, ijara, prokat shartnomasi yoki ishonchnomaga, shuningdek vakolatli davlat organi yoki uning mansabdor shaxsining oshiqcha xavf manbaini tashkilot yoki shaxsga vaqtincha foydalanish uchun berish toʻgʻrisidagi farmoyishiga) koʻra ekspluatatsiya qiluvchi korxona, tashkilot, muassasa yoki fuqaro tushunilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oshiqcha xavf manbaini uning egasi bilan mehnat munosabatlari tufayli boshqargan shaxs (haydovchi, mashinist, dastgoh (stanok) ishchisi va h.k.) ushbu manba egasi deb topilmaydi va mulkiy ziyon uchun jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar) oldida javobgar boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oshiqcha xavf manbai egasi, agar manba egasining ixtiyoridan uning aybi bilan emas, balki boshqa shaxslarning huquqqa xilof harakatlari natijasida chiqib ketganligini isbotlasa, mazkur oshiqcha xavf manbai yetkazgan mulkiy ziyon uchun javob bermaydi. Bunday hollarda oshiqcha xavf manbai yetkazgan mulkiy ziyon uchun javobgarlik manbadan foydalangan shaxsga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ishni apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat bosqichida koʻrayotgan sud hukmga mulkiy ziyonni qoplashga oid oʻzgartirishlar kiritishga haqli. Agar ish boʻyicha dalillar toʻplash va qoʻshimcha tekshirish talab qilinmasa, ishning mulkiy ziyon yetkazishga doir holatlari birinchi instansiya sudi tomonidan toʻliq va toʻgʻri aniqlangan, biroq moddiy huquq normalarini qoʻllashda xatolikka yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, yuqori turuvchi sud undiriladigan ziyon miqdorini kamaytirishi yoki koʻpaytirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkiy ziyon miqdorining oʻzgartirilishi jinoyat kvalifikatsiyasiga yoki ayblov hajmi mahkumning ahvolini ogʻirlashtiradigan darajada oʻzgarishiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan hollarda, basharti shu asoslarga koʻra prokuror protesti yoki jabrlanuvchi (uning vakili) tomonidan shikoyat keltirilgan boʻlsa, hukm oʻzgartirilib, tegishlicha jinoyat kvalifikatsiyasi yoki ayb hajmi oʻzgartiriladi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jinoyat ishidan kelib chiquvchi fuqaroviy daʼvoni fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida koʻrayotganda, sud mulkiy ziyonni qoplash uchun undirilayotgan summani jinoyat ishida mavjud dalillar, shuningdek, taraflar tomonidan qoʻshimcha taqdim qilingan va sudning tashabbusi bilan toʻplangan dalillar asosida belgilaydi (FPK 60-moddasi uchinchi qismi).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida aniqlangan mulkiy ziyon miqdorining oʻzgarishi natijasida hukm qayta koʻrib chiqilishi (mahkumning harakatlari yengillashtiruvchi yoki ogʻirlashtiruvchi tomonga qayta kvalifikatsiya qilinishi) lozim degan xulosaga kelsa, u daʼvo talabi boʻyicha oʻzi tekshirgan dalillarga asoslanib hal qiluv qarori chiqarishi va jinoyat ishi nazorat tartibida tekshirilishi zarurligi toʻgʻrisidagi masalani qoʻyishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Hukmning mulkiy ziyonni qoplashga oid qismi FPK 377-moddasida belgilangan muddatlar mobaynida ijroga topshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazib yuborilgan muddat FPK 379-moddasida belgilangan hollarda hukm chiqargan yoki ijro qilinayotgan joydagi sud tomonidan tiklanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hayʼatlari, jinoyat va fuqarolik ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari, jinoyat va fuqarolik ishlari boʻyicha viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikning sudlar tomonidan aniq qoʻllanishi ustidan nazoratni kuchaytirishlari, ushbu masala yuzasidan sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borishlari va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish chorasini koʻrishlari lozim.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining “Jinoiy harakatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash masalasiga doir sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 1998-yil 11-sentabrdagi 21-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Sh. GAZIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi D. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 27-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-son