Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 03.11.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2836
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.02.00 (Кучини йукотган) Yagona ijtimoiy to‘lov / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy to‘lovlar, ajratmalar va yig‘imlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki BOSHQARUVIning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarning to‘lanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 3-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2836]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 22-fevraldagi 109-son, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 13-fevraldagi 2024-03-son va Markaziy bank Boshqaruvining 2024-yil 8-fevraldagi 4/2-sonli ““Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarning to‘lanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2836-5, 12.03.2024-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 189-son “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarning to‘lanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 5-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 5-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-34-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 5-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
341-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 5-oktabrdagi 78, 2016-34 va 341-V-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarning to‘lanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son “O‘zbekiston Respublikasining 2004-yilgi davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi va 2014-yil 23-dekabrdagi 357-son “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq pensiyalarni to‘lashga xarajatlarni qoplash tartibi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining (bundan buyon matnda Pensiya jamg‘armasi deb yuritiladi) xarajatlarini qoplash bo‘yicha summalarning to‘lanishini va tashkilotlarning pensiya, nafaqa, 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) qo‘shimcha dam olish kuni uchun to‘lov va uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar o‘rniga kompensatsiya pul to‘lovlarini (bundan buyon matnda pensiya va nafaqalar deb yuritiladi) amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yagona ijtimoiy to‘lov, shuningdek fuqarolar sug‘urta badallarining soliq to‘lovchilari, soliq solish obyekti, soliq solinadigan bazasi, imtiyozlar, ularni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning sug‘urta badallari stavkalari, shuningdek yagona ijtimoiy to‘lovning Pensiya jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi o‘rtasida taqsimlash miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish to‘lovchi tomonidan hisobot oyi uchun hisoblangan ish haqi fondi va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy to‘lov tashkilotlar tomonidan pensiya va nafaqalar, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari va sanatoriy-profilaktoriylarning ta’minoti uchun biror-bir chegirmalarsiz hisoblab yozilgan summaning to‘liq hajmida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lash uchun mablag‘lar to‘lovchilar tomonidan fermer xo‘jaliklari, mikrofirmalar va kichik korxonalar, shuningdek to‘lovchilarning boshqa toifalari bo‘yicha alohida Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 2771, 2016-yil 30-mart) belgilangan tartibda Yagona g‘azna hisobvarag‘iga (bundan buyon matnda YAG‘H deb yuritiladi) o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ish kuni davomida YAG‘Hga kelib tushgan va daromadlar bo‘yicha tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida aks ettirilgan yagona ijtimoiy to‘lov summalari shu ish kuni davomida qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda avtomatik tarzda quyidagi tartibda ajratma qilinadi:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamg‘armasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasaba uyushmalari hududiy birlashmalariga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha ajratmalarning bir qismi ko‘rinishida kelib tushgan mablag‘lar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-oktabrdagi 103, 2019-56 va 341-V-4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2836-4, 18.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2019-y., 10/19/2836-4/3938-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kasaba uyushmalari hududiy birlashmalariga yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha ajratmalarning bir qismi ko‘rinishida kelib tushgan mablag‘lar quyidagi tartibda foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushgan mablag‘lar umumiy miqdorining 70 foizi kasaba uyushmalari hududiy birlashmalari tasarrufida qoladi va kasaba uyushmalari hududiy birlashmalari tomonidan tasdiqlangan budjetlarga muvofiq sarflanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushgan mablag‘lar umumiy miqdorining 30 foizi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga, mablag‘larni keyinchalik belgilangan tartibda sarflanishi uchun o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tashkilotlarning xodimlaridan davolanish va dam olishga yo‘llanmalar uchun qisman undiriladigan mablag‘lar xizmat ko‘rsatuvchi banklar tomonidan kasaba uyushmalari hududiy birlashmalarining ikkilamchi depozit hisobvaraqlariga kirim qilinadi, kelib tushgan mablag‘lar keyinchalik mazkur Nizomning 7-bandida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan har kuni yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha kelib tushgan mablag‘larga oid ma’lumotlar elektron shaklda axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Qonunga muvofiq Pensiya jamg‘armasi xarajatlarini qoplash bo‘yicha summalarni to‘lash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Pensiya jamg‘armasiga Qonunning 12-moddasi “b” bandi va 14-moddasiga muvofiq, shuningdek xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yo‘qotganlik va nogironlik pensiyalarini to‘lashga ketgan xarajatlarni qoplash Qonunning 66-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari Qonunning 12-moddasi “b” bandi va 14-moddasiga muvofiq, shuningdek xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yo‘qotganlik va nogironlik pensiyalarini to‘lashga ketgan xarajatlar to‘g‘risidagi Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tashkilotlarning shaxsiy kartochkalariga hisoblash kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tashkilotlar har yili 1-fevralga qadar xodim Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga yetguniga qadar Qonunning 12-moddasi “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lashga ketgan oldingi yil uchun Pensiya jamg‘armasining haqiqiy xarajatlarini to‘liq qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ko‘rsatib o‘tilgan pensiyalarni to‘lashga oldingi yil uchun Pensiya jamg‘armasining haqiqiy xarajatlari Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-dekabrdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq pensiyalarni to‘lashga xarajatlarni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 11-bandiga muvofiq aniqlanadigan qoplash uchun zarur summalarning minimal miqdoridan kam bo‘lsa, qoplash uchun zarur summalarning minimal miqdori to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlar hisobot oyining 1-fevralidan kechikmagan holda, ular soliq hisobiga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi hisob-kitobni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari har oyda Qonunning 12-moddasi “b” bandiga muvofiq pensiya to‘langan oydan keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar tashkilot soliq hisobiga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘tgan oyda pensiyalarni to‘lashga ketgan xarajatlar haqida ma’lumotni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, taqdim etilgan pensiyalarni to‘lashga ketgan xarajatlar haqida ma’lumot tashkilotlarning shaxsiy hisob raqamlar kartochkasida mazkur Nizomning 11-bandida ko‘zda tutilgan muddatda to‘lanishi lozim bo‘lgan summa sifatida aks ettiriladi. Bunda hisob-kitob bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan summa to‘langan pensiya summasidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tashkilot soliq hisobiga qo‘yilgan joydagi Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan taqdim etilgan mehnat shart-sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohat yetkazish xavfi bo‘yicha ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish natijalarining davlat ekspertizasidan o‘tgan tashkilotlar hisobi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida davlat soliq xizmati organlarini mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi hisob-kitobni topshirishi lozim bo‘lgan tashkilotlar haqida xabardor qiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 1-martdagi 52, 2018-19 va 341-V-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2836-1, 27.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2018-y., 10/18/2836-1/0940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari har oyda Qonunning 14-moddasiga muvofiq pensiya to‘langan oydan keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlariga ishsiz maqomiga ega bo‘lgan shaxslarga muddatidan oldin pensiyalar to‘lashga ketgan xarajatlarni qoplashga bo‘lgan summalar to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etadi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 1-martdagi 52, 2018-19 va 341-V-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2836-1, 27.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2018-y., 10/18/2836-1/0940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir vaqtning o‘zida ma’lumot axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlari har oyda Qonunning 14-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiyalar to‘lovi amalga oshirilgan oydan keyingi oyning o‘n beshinchi sanasidan kechiktirmasdan ushbu xarajatlarni qoplaydilar.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 1-martdagi 52, 2018-19 va 341-V-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2836-1, 27.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2018-y., 10/18/2836-1/0940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Pensioner hisobda turgan joy bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yo‘qotganlik va nogironlik pensiyalari to‘langan oydan keyingi oyning 15-sanasiga qadar axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limi hisobda turgan joy bo‘yicha davlat soliq xizmati organlariga amalga oshirilgan xarajatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni yetkazadilar.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 10-yanvardagi 3, 2019-03 va 341-V-2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2836-2, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/2836-2/2531-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yo‘qotganlik va nogironlik pensiyalari summalari tashkilotlar tomonidan mazkur pensiyalar to‘langan butun davri uchun qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarajatlar to‘lovi har oyda pensiya to‘langan oydan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 10-yanvardagi 3, 2019-03 va 341-V-2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2836-2, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/2836-2/2531-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatib o‘tilgan xarajatlarni qoplash bo‘yicha qarzdorliklar belgilangan muddatda to‘lanmagan taqdirda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-dekabrdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq pensiyalarni to‘lashga xarajatlarni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Pensiyalarni to‘lashga Pensiya jamg‘armasi xarajatlarini tashkilotlar tomonidan qoplanishi 200110 mablag‘lar manbasi va daromadlar kodlari bilan daromadlarning quyidagi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3999059 — xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yo‘qotganlik va nogironlik pensiyalari bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3214102 — Qonunning 14-moddasiga asosan tayinlangan pensiyalar bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3214101 — Qonunning 12-moddasi “b” bandiga asosan tayinlangan pensiyalar bo‘yicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ish kuni davomida YAG‘Hga kelib tushgan hamda 200110 mablag‘lar manbasi va 3999059 daromad kodi bilan daromadlarning tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida aks ettirilgan qoplanadigan summalar shu ish kuni davomida quyidagi ulushlarda ajratma qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablag‘larning 85 foizi Pensiya jamg‘armasining daromadiga ajratma qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablag‘larning 15 foizi Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari uchun ochilgan 200110 mablag‘lar manbasi va 3214104 daromad kodi bilan daromadlarning tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga Pensiya jamg‘armasi va Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi xodimlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish maqsadida ajratma qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan har kuni Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini qoplanishi bo‘yicha kelib tushgan mablag‘larga oid ma’lumotlar elektron shaklda axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yo‘qotganlik va nogironlik pensiyalarini to‘lashga ketgan xarajatlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud yoki Qonunning 12-moddasi “b” bandiga asosan tayinlangan pensiyalarni to‘lashga ketgan xarajatlarni qoplash uchun hisob-kitob taqdim etuvchi tashkilot tugatilayotganda tugatuvchi Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlaridan olingan ma’lumotlarga muvofiq tugatilayotgan tashkilot soliq hisobiga qo‘yilgan joy bo‘yicha davlat soliq xizmati organlariga ko‘rsatib o‘tilgan pensiyalarni to‘lashga ketadigan keyingi xarajatlarni ajratmalar amalga oshirilayotgan sanadagi pensiya miqdorini hisobga olgan holda kapitalizatsiya qilish uchun tegishli hisob-kitoblarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tashkilotlar tomonidan pensiya va nafaqalar to‘lovi bo‘yicha xarajatlarni amalga oshirilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tashkilotning talabnomasiga muvofiq pensiya va nafaqalar to‘lovlari uchun mablag‘larni moliyalashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlar tomonidan Xarajatlarni to‘lashga Pensiya jamg‘armasidan mablag‘larni olishga talabnomalar (bundan buyon matnda talabnoma deb yuritiladi) mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda qog‘ozda yoki elektron shaklda elektron hujjatga doir talablarga rioya etilgan holda mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgarlik tashkilot zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tashkilotlar keyingi oyning o‘ninchi sanasidan kechiktirmasdan tashkilot soliq hisobiga qo‘yilgan joydagi Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlariga talabnomalarni taqdim etadilar. Tugallanmagan buxgalteriya balansiga ega tashkilotlar bo‘yicha talabnomalar bosh tashkilotlar tomonidan ular soliq hisobiga qo‘yilgan joydagi Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqalar olishga talabnomalar bola tug‘ilgan kundan boshlab 6 oydan, dafn etishga esa shaxs vafot etgan kundan 60 kundan kechiktirmasdan taqdim etilishi lozim.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 1-martdagi 52, 2018-19 va 341-V-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2836-1, 27.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2018-y., 10/18/2836-1/0940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma o‘rnatilgan tartibda rahbarlik vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs, buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs, shuningdek tashkilotning Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiya raisi tomonidan imzolangan bo‘lishi lozim. Elektron hujjat tarzida taqdim etilgan tashkilotlar talabnomalari tashkilot rahbarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar talabnomani qabul qilish muddatining so‘nggi kuni dam olish yoki bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan hollarda, keyingi ish kuni talabnomani qabul qilish muddatining so‘nggi kuni hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan talabnomalar Pensiya jamg‘armasining axborot tizimi ma’lumotlari bilan taqqoslanadi, zarur bo‘lganda tashkilotlardan pensiya va nafaqalar to‘lovlarini amalga oshirish uchun asos bo‘lib hisoblangan birlamchi hujjatlar talab qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Birinchi marotaba talabnoma bilan murojaat qiladigan tashkilotlar Pensiya jamg‘armasining axborot tizimida qayd etiladi va har bir tashkilot bo‘yicha talabnomalar va boshqa tegishli ma’lumotlar uchun alohida elektron kartochka ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Talabnoma mazkur Nizomning 28-bandida belgilangan holatlardan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi tomonidan qabul qilinadi. Qabul qilingan talabnoma Pensiya jamg‘armasining axborot tizimida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Talabnomalarning to‘g‘riligini o‘rganish maqsadida Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limida Talabnomalar asosliligini tekshirish bo‘yicha komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya quyidagi tarkibda tashkil etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i — komissiya raisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari — mablag‘larga ehtiyojni aniqlash, buxgalteriya hisobi va hisoboti sektori rahbari — komissiya raisi o‘rinbosari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablag‘larga ehtiyojni aniqlash, buxgalteriya hisobi sektori bosh inspektori (bosh buxgalter) va inspektori — komissiya a’zolari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i topshirig‘iga asosan qog‘ozda taqdim etilgan talabnoma Komissiya tomonidan quyidagi talablarga asosiy e’tibor qaratilgan holda ko‘rib chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma tuzilishi va rasmiylashtirilishi belgilangan shaklga muvofiqligi, shuningdek mas’ul shaxslarning imzolari mavjudligi;
(27-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 25-martdagi 42, 2019-27, 341-V-3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2836-3 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/2836-3/2897-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma va mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda Pensiya jamg‘armasidan pensiya va nafaqalar to‘lovi uchun mablag‘ olishga tashkilotning xodimlari reyestrining (bundan buyon matnda reyestr deb yuritiladi) muvofiqligi, to‘lovlar amalga oshirish uchun asos bo‘lgan birlamchi hujjatlarning (zarur hollarda) mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘lov amalga oshirilishi talab qilingan summa va sanalarning muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnomadagi ma’lumotlarning Pensiya jamg‘armasi axborot tizimiga to‘g‘ri kiritilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan talabnomalar Komissiya tomonidan har oyning o‘n ikkinchi sanasidan kechiktirmay ko‘rib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron shaklda taqdim etilgan talabnomalar zarur hollarda komissiya tomonidan faqat Pensiya jamg‘armasining axborot tizimi bilan taqqoslash imkoniyati mavjud bo‘lmagan to‘lovlar qismi bo‘yicha ko‘rib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tashkilot tomonidan taqdim etilgan talabnoma quyidagi hollarda qaytariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qog‘ozda taqdim etilgan talabnoma belgilangan shaklda rasmiylashtirilmaganda, shuningdek unda mas’ul shaxslarning imzolari bo‘lmaganda yoki rasmiylashtirilgandan so‘ng unga o‘zgartirish va tuzatishlar kiritilgan bo‘lsa;
(28-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 25-martdagi 42, 2019-27, 341-V-3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2836-3 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/2836-3/2897-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma va ilova qilingan reyestr summalari o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
888 shartli hisobvaraqlar raqamida (bundan keyin matnda SHHR deb yuritiladi) ikkilamchi hisobvarag‘i mavjud bo‘lmagan taqdirda (budjet tashkilotlari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron talabnoma tashkilot rahbarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi hujjatlar talab qilinganda tashkilot tomonidan ularni taqdim etish rad etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma belgilangan muddat o‘tgandan so‘ng taqdim etilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Komissiya tomonidan Pensiya jamg‘armasi axborot tizimida tasdiqlangan talabnoma Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining mablag‘larga ehtiyojni aniqlash, buxgalteriya hisobi sektoriga ijro va to‘lovni moliyalashtirish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qabul qilingan talabnomalar bo‘yicha tashkilotlarning jamlanma talabnomasi tuzilib, u Komissiya a’zolari tomonidan Pensiya jamg‘armasining axborot tizimida tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Jamlanma talabnomalar Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari kesimida jamlanadi va har oyning o‘n beshinchi sanasiga qadar Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmasi boshlig‘i hamda Pensiya va nafaqalar to‘lovi monitoringi bo‘limi boshlig‘i tomonidan Pensiya jamg‘armasining axborot tizimida tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Pensiya jamg‘armasining axborot tizimida tasdiqlangan talabnomalar Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparati, hududiy boshqarmasi va tuman (shahar) bo‘limi tomonidan moliyalashtirish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Talabnomalarni moliyalashtirish uchun to‘lov hujjatlari tashkilotlar tomonidan qog‘ozda yoki elektron hujjat shaklida taqdim etilgan ma’lumotlar asosida shakllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlaridan tashkilotlar tomonidan (budjet tashkilotlaridan tashqari) pensiya va nafaqalar bo‘yicha xarajatlarning to‘lanishi uchun kelib tushgan mablag‘larni kirim qilish uchun tashkilotlar, ularning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatuvchi banklarda 888 SHHR bilan ikkilamchi hisobvaraqlarni ochadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlaridan tashkilotlarning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan 888 SHHRga ega ikkilamchi hisobvaraqlariga kelib tushadigan mablag‘larga, Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) belgilangan tartibda tashkilotlarning bank hisobvaraqlarida pul mablag‘lari yetarli bo‘lmagan hollarda, ularni hisobdan chiqarish tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. G‘azna ijrosi bilan qamrab olinmagan budjet tashkilotlariga Pensiya jamg‘armasining tegishli tuman (shahar) bo‘limlari pensiya va nafaqalar bo‘yicha xarajatlarni to‘lash uchun mablag‘larni ularning budjet mablag‘lari bo‘yicha tegishli depozit hisobvaraqlariga o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
G‘azna ijrosi bilan qamrab olingan budjet tashkilotlari bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari pensiya va nafaqalar bo‘yicha xarajatlarni to‘lash uchun mablag‘larni tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, budjet tashkilotlari tegishli budjet tasnifi moddalari bo‘yicha alohida talabnoma tuzadi va xarajatlar amalga oshiriladigan ushbu moddalarning (depozit va shaxsiy) hisobvaraqlarini belgilab ko‘rsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparati Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan umumlashtirilgan talabnomalarga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy to‘lov oyining o‘n beshinchi sanasigacha — o‘tgan oyning ehtiyoji hisob-kitobidan kelib chiqib 50% miqdoridagi summani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy to‘lov oyining yigirma yettinchi sanasigacha — amaldagi ehtiyojning taqdim etilgan miqdoridan qolgan summani moliyalashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmalari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatidan kelib tushgan mablag‘larni ikki ish kuni davomida Pensiya jamg‘armasining tegishli tuman (shahar) bo‘limlariga moliyalashtirilishini amalga oshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmasidan kelib tushgan mablag‘larni taqdim etilgan talabnomalarga asosan ikki ish kuni davomida tegishli tashkilotlarga moliyalashtirilishini amalga oshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tashkilotlarni moliyalashtirish uchun to‘lov hujjatlari faqat Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i (vazifasini bajaruvchi shaxs) tomonidan imzolanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlarni moliyalashtirish uchun to‘lov hujjatlari Pensiya jamg‘armasining axborot tizimida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari tashkilotlardan talabnomalarni olishlari bilan mablag‘larni belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 888 SHHRga ega ikkilamchi hisobvaraqlariga va budjet tashkilotlarining talab qilib olingungacha asosiy depozit hisobvaraqlariga o‘tkazadilar. Bunda, budjet tashkilotlari g‘azna ijrosi bilan qamrab olingan bo‘lsa, budjet tashkilotiga tegishli mablag‘lar tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya va nafaqa to‘lovi uchun olingan mablag‘lar qat’iy nazoratda bo‘lishi va faqatgina talabnomada nazarda tutilgan maqsadlar uchun foydalanilishi shart. Hisob-kitoblarda kerakli summalarni qasddan buzib ko‘rsatishga va ulardan maqsadga nomuvofiq foydalanishga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda to‘lov intizomiga rioya etilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
(40-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Tashkilotlar (budjet tashkilotlaridan tashqari) o‘z mablag‘lari mavjud bo‘lgan hollarda, keyinchalik to‘langan summalarni Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplash evaziga pensiyalar va nafaqalarni ish haqini to‘lash kunida o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lashni amalga oshirish huquqiga egalar. Tashkilotlar tomonidan to‘langan summalarning qoplanishi Pensiya jamg‘armasidan olingan mablag‘lar 888 SHHRga ega ikkilamchi hisobvarag‘idan xarajatlar to‘lab berilgan asosiy hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar o‘rniga alohida toifadagi fuqarolarga beriladigan oylik kompensatsiya pul to‘lovlarini va bir martalik bola tug‘ilishi munosabati bilan beriladigan nafaqalarni to‘lash O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda Pensiya jamg‘armasi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning sug‘urta badallarining to‘lanishi, shuningdek mablag‘larining sarflanishi hisobi, hisoboti va nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Tashkilotlar yagona ijtimoiy to‘lov to‘lanishi bo‘yicha hisob-kitoblarni o‘zlari soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatga olingan davlat soliq xizmati organlari bilan yuritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Tashkilotlar (kredit tashkilotlaridan tashqari) ish haqi tarzidagi daromadlardan yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning sug‘urta badallari summasini hisoblab yozish, shuningdek pensiya va nafaqa to‘lovi xarajatlarini qoplanishini belgilangan tartibda amalga oshiradilar va uni quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan aks ettiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ish haqi tarzidagi daromadlardan yagona ijtimoiy to‘lov summalari xarajatlarni hisobga olish hisobvaraqlarida (2000, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400) 6520 “Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar” hisobvarag‘i krediti bo‘yicha aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) fuqarolarning ish haqi tarzidagi daromadlardan ushlangan sug‘urta badallari summalari 6710 “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar” hisobvarag‘ida 6520 “Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar” hisobvarag‘ining krediti bo‘yicha aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tegishli pensiyalar va nafaqalarning talab qilingan summalari 6710 “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar” hisobvarag‘i 4890 “Boshqa debitorlarning qarzlari” hisobvarag‘i debeti bo‘yicha aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tegishli mablag‘ summalarining budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan kelib tushishi 4890 “Boshqa debitorlarning qarzlari” hisobvarag‘ida pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debeti bo‘yicha aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) xodimlarga tegishli pensiyalar va nafaqalar bo‘yicha mablag‘lar summasi to‘lovi pul mablag‘larini hisobga olish hisobvaraqlarida 6710 “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar” hisobvarag‘ining debeti bo‘yicha aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Kredit tashkilotlari (banklar va mikrokredit tashkilotlari) tomonidan ish haqi tarzidagi daromadlardan yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning sug‘urta badallari summasini hisoblab yozish, shuningdek pensiya va nafaqa to‘lovi xarajatlarini qoplash O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasiga (ro‘yxat raqami 773-17, 2004-yil 13-avgust) asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Budjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobida ish haqi tarzidagi daromadlardan yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning sug‘urta badallari summasini hisoblab yozilishi va o‘tkazilishi, shuningdek pensiyalar va nafaqalar to‘lovlarining aks ettirilishi Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Davlat soliq xizmati organlari belgilangan tartibda o‘zlarining yuqori turuvchi organlariga choraklik hisobotlar taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmalari belgilangan tartibda Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatiga oylik yig‘ma hisob-kitoblar va hisobotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushgan majburiy to‘lovlar, badallar va boshqa to‘lovlar, shuningdek majburiy to‘lovlar, badallar va boshqa to‘lovlarning turlari bo‘yicha qarzdorlik to‘g‘risida tezkor hisobotni — har oyda keyingi hisobot oyining o‘ninchi sanasiga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy to‘lovlar, badallar va boshqa to‘lovlar hisoblanishi va to‘lanishi bo‘yicha hisobotni — tashkilotlarning choraklik va yillik hisobotlari topshirilgandan so‘ng 25 kun ichida taqdim etadi.
(47-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 10-yanvardagi 3, 2019-03 va 341-V-2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2836-2, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/2836-2/2531-son)
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 1-martdagi 52, 2018-19 va 341-V-1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2836-1, 27.03.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2018-y., 10/18/2836-1/0940-son)
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 1-martdagi 52, 2018-19 va 341-V-1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2836-1, 27.03.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2018-y., 10/18/2836-1/0940-son)
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 1-martdagi 52, 2018-19 va 341-V-1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2836-1, 27.03.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2018-y., 10/18/2836-1/0940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tushgan mablag‘lar va ularning sarflanishi to‘g‘risida yig‘ma hisobot taqdim etadi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 1-martdagi 52, 2018-19 va 341-V-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2836-1, 27.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2018-y., 10/18/2836-1/0940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha kelib tushgan mablag‘lar va ularning sarflanishiga taalluqli qo‘shimcha ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashidan talab qilish huquqiga ega.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 1-martdagi 52, 2018-19 va 341-V-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2836-1, 27.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2018-y., 10/18/2836-1/0940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Pensiya jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar va fuqarolarning sug‘urta badallari hisob-kitoblarining to‘g‘riligi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘langanligi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(53-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlar tomonidan Qonunga muvofiq Pensiya jamg‘armasi xarajatlarini to‘liq va o‘z vaqtida qoplanishi yuzasidan nazorat Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari va davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(53-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari, qonunchilik hujjatlariga muvofiq, tashkilotlarga nisbatan yagona ijtimoiy to‘lov va Pensiya jamg‘armasiga fuqarolarning sug‘urta badallarini hisoblash tartibi va to‘lov muddatlarini buzganligi uchun javobgarlik choralarini qo‘llaydilar.
(53-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Pensiya va nafaqalar to‘lovi xarajatlarini o‘z vaqtida moliyalashtirilishi ustidan monitoring Pensiya jamg‘armasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat vaziri A. ABDUXAKIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 5-oktabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 5-oktabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarning to‘lanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
STIR
0
1
- varaq
Hujjat turi
/
Hisobot yili:
Hujjat turi: 1 — hisob-kitob, 2 — qayta hisob-kitob (kasr orqali qayta hisob-kitobning raqami)
O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalar to‘lovi xarajatlarini qoplash bo‘yicha mablag‘ to‘lagan to‘lovchi to‘g‘risida MA’LUMOT
Tashkilotning to‘liq nomi ______________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________
______________________________________________________________________________ga taqdim etiladi
(soliq hisobga olingan joydagi davlat soliq xizmati organi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
STIR
0
2
-varaq
O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalar to‘lovi xarajatlarini qoplash bo‘yicha HISOB-KITOB*
Ko‘rsatkichlar
Satr kodi
O‘lchov birligi
Yillik summa
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi ma’lumotlari asosida “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasi “b” bandi bo‘yicha tayinlangan pensiyalarni oldingi yil uchun to‘lashga hisoblangan xarajatlarni qoplash summasi
010
so‘m
O‘tkazilishi lozim bo‘lgan minimal summa (hisob-kitobning 023-satri x 0,03 x 0,6)
020
so‘m
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasi “b” bandida nazarda tutilgan ishchi o‘rinlar soni
021
birlik
Oldingi yildagi ma’lumotlar bo‘yicha ko‘rsatilgan ishlarda band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni
022
birlik
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasi “b” bandida nazarda tutilgan ishchi o‘rinlarida band bo‘lgan barcha xodimlarga to‘langan yillik ish haqi summasi
023
so‘m
Pensiya jamg‘armasiga to‘lanishi lozim bo‘lgan summa (agar 010 > 020 bo‘lsa, 010 qator bo‘yicha summa qo‘yiladi, agar 010 < 020 bo‘lsa, 020 qator bo‘yicha summa qo‘yiladi)
030
so‘m
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Hisobot yilida bir marotaba 1-fevralga qadar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rahbar _________________________
(imzo)
Bosh buxgalter _________________________
(imzo)
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 25-martdagi 42, 2019-27, 341-V-3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2836-3 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/2836-3/2897-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarning to‘lanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha soni: ________________
20___ yil ___________________ uchun xarajatlarni to‘lashga Pensiya jamg‘armasidan mablag‘larni olishga TALABNOMA*
T/r
Ko‘rsatkichlar
Pensiya va nafaqalar oluvchilar soni
Haqiqatdagi xarajatlar, so‘mda
Shu jumladan o‘tgan davr uchun, so‘mda
1.
Ishlovchi pensionerlarga pensiya
2.
Bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalar
3.
Dafn etish marosimi uchun nafaqalar
4.
16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarning ota-onalaridan biriga qo‘shimcha dam olish kunlari haqining to‘lovi
5.
Uy-joy-kommunal xizmatlar bo‘yicha beriladigan imtiyozlar o‘rniga kompensatsiya pul to‘lovlari
Shu jumladan, quyidagilarni oluvchilarga:
a) eng kam ish haqi miqdorining 45%ini
b) eng kam ish haqi miqdorining 25%ini
6.
Un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun har oylik pul kompensatsiya to‘lovlari
JAMI:
* Har oyda hisobot oyidan keyingi oyning o‘ninchi sanasiga qadar reyestr majburiy ilova qilingan holda taqdim etiladi.
Tashkilotning rahbari
__________________________________
(imzo)
Bosh buxgalter
__________________________________
(imzo)
Ijtimoiy sug‘urtalash bo‘yicha komissiya raisi
__________________________________
(imzo)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-oktabrdagi 103, 2019-56 va 341-V-4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2836-4, 18.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2019-y., 10/19/2836-4/3938-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarning to‘lanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ELEKTRON TALABNOMA
Tashkilot nomi:
Tashkilot STIRi:
Tashkilot KTUTi:
Hisob raqam turi (g‘azna yoki bank):
Bank kodi:
Tashkilotning hisob-kitob (g‘azna) hisobvarag‘i:
Davri (talabnoma taqdim etilayotgan):
T/r
F.I.Sh.
Jismoniy shaxs STIRi
Pensiya ishi raqami
Voqea
sanasi (tug‘ilish
/o‘lim)
FHDY hujjati seriyasi
FHDY hujjati raqami
FHDY hujjati berilgan sana
FHDY dalolat-nomasi yozuvi raqami
Joriy davr pensiyasi summasi
Oldingi davr pensiyasi summasi
Bola tug‘il-ganda nafaqa
Dafn marosimi uchun nafaqa
Joriy davr kompen-satsiyasi (45%)
O‘tgan davr kompen-satsiyasi (45%)
Joriy davr kompen-satsiyasi (25%)
O‘tgan davr kompen-satsiyasi (25%)
Joriy davr un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha kompen-satsiyasi
O‘tgan davr un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha kompen-satsiyasi
16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarning ota-onalaridan biriga dam olish kunlari haqi
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-oktabrdagi 103, 2019-56 va 341-V-4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2836-4, 18.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2019-y., 10/19/2836-4/3938-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarning to‘lanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20__ yil ___________da Pensiya jamg‘armasidan pensiya va nafaqalar to‘lovi uchun mablag‘ olishga tashkilotning xodimlari
REYESTRI
T/r
F.I.Sh
Jismoniy shaxs STIRi*
Pensiya ishi raqami
Voqea sanasi (tug‘ilish/ o‘lim)
Hujjat seriyasi
Hujjat raqami
Hujjatda berilgan sana
FHDY dalolat-nomasi yozuvi raqami
Kim tomondan berilgan
To‘lov foizi
To‘lov summasi (so‘mda)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
Ishlovchi pensionerlarga pensiyalar
JAMI:
Bola tug‘ilganda nafaqalar
JAMI:
Dafn marosimi uchun nafaqa
JAMI:
16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarning ota-onalaridan biriga qo‘shimcha dam olish kunlari haqining to‘lovi
JAMI:
Uy-joy-kommunal xizmatlar bo‘yicha beriladigan imtiyozlar o‘rniga kompensatsiya pul to‘lovlari
JAMI:
Un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun har oylik pul kompensatsiya to‘lovlari
JAMI:
HAMMASI:
x
x
x
x
x
x
x
x
x
Izoh: * Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami ko‘rsatilishi shart.
Tashkilotning rahbari
_______________________________
(imzo)
___________________________
Bosh buxgalter
_______________________________
(imzo)
___________________________
Ijtimoiy sug‘urtalash
bo‘yicha komissiya raisi
_______________________________
(imzo)
___________________________
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-oktabrdagi 103, 2019-56 va 341-V-4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2836-4, 18.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2019-y., 10/19/2836-4/3938-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 5-oktabrdagi 78, 2016-34 va 341-V-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 9-avgustdagi 47, 2011-25 va 23/2-son “Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarni to‘lanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi xarajatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2262, 2011-yil 9-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 37-son, 383-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 29-noyabrdagi 84, 2012-35 va 32/1-son “Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarni to‘lanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi xarajatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2262-1, 2013-yil 3-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 1-son, 11-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 20-noyabrdagi 106, 2013-45 va 320-V-2-son “Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarni to‘lanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi xarajatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2262-2, 2013-yil 20-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 51-son, 681-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16 va 320-V-3-son “Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarni to‘lanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi xarajatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2262-3, 2015-yil 26-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 21-son, 280-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 44-son, 516-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2018-y., 10/18/2836-1/0940-son; 24.01.2019-y., 10/19/2836-2/2531-son; 08.04.2019-y., 10/19/2836-3/2897-son, 18.10.2019-y., 10/19/2836-4/3938-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)