Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 09.09.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2262
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarni to‘lanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi xarajatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 9-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2262]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 5-oktabrdagi 78, 2016-34 va 341-V-sonli “Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarning to‘lanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2836, 03.11.2016-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda) va “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 9-son, 480-modda) qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 12-songa 1-ilova), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 559-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 560-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarni to‘lanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi xarajatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 9-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 9-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 9-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23/2-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 9-avgustdagi 47, 2011-25 va 23/2-sonli qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarni to‘lanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi xarajatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda) va “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 9-son, 480-modda) qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 12-songa 1-ilova), O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 1-songa ilova), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 559-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 560-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Pensiya jamg‘armasi deb yuritiladi) xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarni to‘lanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi xarajatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soliq to‘lovchilar, soliq solish obyekti, soliq solinadigan baza, imtiyozlar, yagona ijtimoiy to‘lovni, shuningdek fuqarolarning sug‘urta badallarini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yagona ijtimoiy to‘lovni va fuqarolarning sug‘urta badallari stavkalari, shuningdek yagona ijtimoiy to‘lovning Pensiya jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi o‘rtasida taqsimlash miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 29-noyabrdagi 84, 2012-35, 32/1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2262-1, 03.01.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 11-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish to‘lovchi tomonidan hisobot oyi uchun hisoblangan ish haqi fondi va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy to‘lov yuridik shaxslar tomonidan bola tug‘ilishi munosabati bilan, dafnga nafaqalar to‘lanishi (keyingi o‘rinlarda — nafaqalar deb yuritiladi), uy-joy-kommunal xizmatlari bo‘yicha beriladigan imtiyozlar o‘rniga to‘lanadigan kompensatsiya pul to‘lovlari (keyingi o‘rinlarda — kompensatsiyalar deb yuritiladi), ishlovchi pensionyerlarga pensiyalar (keyingi o‘rinlarda — pensiyalar deb yuritiladi), 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarning ota-onalariga qo‘shimcha dam olish kunlariga haq to‘lash, bolalar sog‘lomlashtirish lagyerlari va sanatoriy-profilaktoriylarning tutib turilishiga biror-bir chegirishlarsiz hisoblab yozilgan summaning to‘liq hajmida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lash uchun mablag‘lar to‘lovchilar tomonidan tegishli tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga xizmat ko‘rsatuvchi banklarda ochilgan 20205 balans hisobvarag‘ining quyidagi shartli hisobvaraqlar raqamlariga (keyingi o‘rinlarda ShHR deb yuritiladi) o‘tkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
600 — fermer xo‘jaliklari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
700 — mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kun davomida tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari uchun ochilgan 20205 balans hisobvaraqlarining 600, 700 va 777 ShHRga kelib tushgan mablag‘lar ularga xizmat ko‘rsatuvchi banklar tomonidan har ish kuni yakunida qonunchilikda belgilangan miqdorlarda avtomatik tarzda quyidagi tartibda ajratma qilinadi:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Pensiya jamg‘armasiga — 20205 balans hisobvaraqlarining 601, 701 va 881 ShHRga, keyinchalik tegishli g‘aznachilik hisobvarag‘ini ko‘rsatgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining Yagona g‘aznachilik raqamiga (keyingi o‘rinlarda YaG‘R) to‘liq miqdorda o‘tkaziladi.
(6-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasiga — O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining 20205 balans hisobvaraqlarining 602, 702 va 779 ShHRga o‘tkaziladi.
(6-bandning “b” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha ajratmalarning bir qismi ko‘rinishidagi tegishli 20205 balans hisobvaraqlarining 602, 702 va 779 ShHRga kelib tushgan mablag‘lar, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan to‘lov topshiriqnomasi asosida tegishli g‘aznachilik hisobvarag‘ini ko‘rsatgan holda YaG‘Rga o‘tkaziladi hamda quyidagi tartibda foydalaniladi:
(6-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasining tegishli budjet hisobvarag‘ini ko‘rsatgan holda YaG‘Rga o‘tkazilgan jami mablag‘larning 70 foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmalari tasarrufida qoladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30 foizi hududiy mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmalarining to‘lov hujjatlari orqali pul o‘tkazish yo‘li bilan respublika darajasida markazlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi kelib tushgan mablag‘larni qonun hujjatlarga muvofiq belgilangan tartibda sarflaydi.
(6-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 29-noyabrdagi 84, 2012-35, 32/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2262-1, 03.01.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 11-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kasaba uyushmalari hududiy birlashmalariga — 20205 balans hisobvaraqlarining 603, 703 va 780 ShHRga o‘tkaziladi.
(6-bandning “v” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasaba uyushmalari hududiy birlashmalari tegishli 20205 balans hisobvaraqlarining 603, 703 va 780 ShHRga kelib tushgan yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha ajratmalarning bir qismi ko‘rinishidagi mablag‘lardan quyidagi tartibda foydalanadilar:
(6-bandning “v” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushgan mablag‘lar umumiy miqdoridan 30 foizi kasaba uyushmalari hududiy birlashmalarining to‘lov topshiriqnomalariga asosan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 20205 balans hisobvarag‘iga, mablag‘larning keyinchalik belgilangan tartibda sarflanishi uchun o‘tkaziladi;
(6-bandning “v” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2013-yil 20-noyabrdagi 106, 2013-45, 320-V-2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2262-2, 20.12.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 51-son, 681-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasaba uyushmalari hududiy birlashmalari kelib tushgan mablag‘lar umumiy miqdoridan 70 foizini kasaba uyushmalari hududiy birlashmalarining 20205 balans hisobvaraqlariga hududiy kasaba uyushmalari tomonidan tasdiqlangan budjetlariga muvofiq o‘tkaziladi.
(6-bandning “v” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2013-yil 20-noyabrdagi 106, 2013-45, 320-V-2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2262-2, 20.12.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 51-son, 681-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning xodimlaridan davolanish va dam olishga yo‘llanmalar uchun qisman undiriladigan qiymat xizmat ko‘rsatuvchi banklar tomonidan kasaba uyushmalari hududiy birlashmalarining ikkilamchi depozit hisobvaraqlariga kirim qilinadi, kelib tushgan mablag‘lar keyinchalik mazkur kichik bandda belgilangan tartibga muvofiq taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari xizmat ko‘rsatuvchi banklardan yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha 20205 balans hisobvaraqlarining 600, 700 va 777 ShHR ko‘chirmalarini barcha ilovalari bilan birga oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xizmat ko‘rsatuvchi banklar yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha 20205 balans hisobvaraqlarining 600, 700 va 777 ShHRdan ko‘chirmalarning elektron fayllarini kasaba uyushmalarining hududiy birlashmalariga xizmat ko‘rsatuvchi banklarga ham yuboradilar, kasaba uyushmalarining hududiy birlashmalari o‘z navbatida, banklar tomonidan taqdim etilgan ko‘chirmalar asosida kasaba uyushmalari hududiy birlashmalariga tarmoqlarga doir to‘lovchilar bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lovning bir qismi ko‘rinishida ajratilgan mablag‘larni ajratib ko‘rsatgan holda to‘lovchilar bilan hisob-kitoblarini mustaqil ravishda yuritadilar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Pensiya jamg‘armasi xarajatlarini qoplash bo‘yicha summalarni to‘lash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yuridik shaxslar tomonidan Pensiya jamg‘armasiga O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining (keyingi o‘rinlarda — Qonun deb yuritiladi) 12-moddasi “b” — “j” bandlari, 14 va 15-moddalariga muvofiq tayinlangan pensiya to‘lovlarini qoplash Qonunning 66-moddasining ikki va uchinchi qismlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yuridik shaxslar tomonidan Pensiya jamg‘armasiga Qonunning 12-moddasi “v” — “j” bandlariga muvofiq tayinlangan pensiyalar uchun xarajatlarni qoplash 2016-yilning 1-yanvarigacha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yuridik shaxslar mehnatga haq to‘lash uchun mo‘ljallangan mablag‘lardan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga Qonunning 12-moddasi “b” — “j” bandlariga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lashga bo‘lgan xarajatlarni qoplovchi to‘lovlarni kirim qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qonunning 12-moddasi “b” bandiga asosan tayinlangan pensiyalarni to‘lashga xarajatlarni qoplash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar Pensiya jamg‘armasining xarajatlarini qoplashga zarur bo‘lgan summalarning minimal miqdorini har yili hisobot yilining 15-yanvariga qadar o‘tkazadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar tomonidan xodim Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga yetguniga qadar Qonunning 12-moddasi “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lashga ketgan oldingi yil uchun Pensiya jamg‘armasining haqiqiy xarajatlarini to‘liq qoplash, Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan qoplashga zarur bo‘lgan summalarning minimal miqdorini chegirib qolgan holda, hisobot yilining 1-fevraliga qadar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar hisob-kitobni mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha hisobot yilining 1-fevralidan kechiktirmasdan tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar tomonidan Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan qoplashga zarur bo‘lgan summalarning minimal miqdorini chegirib qolgan holda aniqlangan Qonunning 12-moddasi “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lashga ketgan oldingi yil uchun Pensiya jamg‘armasining haqiqiy xarajatlarini qoplanishi lozim bo‘lgan summa hisob-kitobning 041 qatorida ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning 12-moddasi “v” — “j” bandlariga muvofiq tayinlangan pensiyalar bo‘yicha xarajatlarni qoplash mazkur bandda ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari har oyda, Qonunning 14-moddasiga muvofiq pensiyalar to‘lovi amalga oshirilgan oydan keyingi oyning 5-sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlariga ishsiz maqomiga ega shaxslarga muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni to‘lashga bo‘lgan xarajatlarning qoplanishiga doir hisoblangan summalar bo‘yicha ma’lumot taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan ma’lumotning ko‘chirma nusxasi ushbu muddatlarda tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qonunning 14-moddasiga muvofiq muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni to‘lashga bo‘lgan xarajatlarni qoplash bo‘yicha hisob-kitobi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha hisobot davridan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mablag‘lar to‘lovi har oyda, keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari Qonunning 15-moddasiga muvofiq mehnatda shikastlanish yoki kasb kasalligi oqibatida yuz bergan nogironlik bo‘yicha pensiyalarni tayinlay turib, pensiyalarni to‘lash amalga oshirilgan oydan keyingi har bir oyning 5-sanasiga qadar bu kabi pensiyalarni oluvchilar ro‘yxatini, pensionyerlarning familiyasi, ismi, otasining ismi, pensiyalar miqdori, ularning aybi bilan mehnatda shikastlanish yoki kasb kasalliklari yuz bergan korxonalar, tashkilotlarning nomlari, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamlari (STIR), yuridik manzillari va bank rekvizitlari ko‘rsatilgan holda tegishli tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga, ularning aybi bilan mehnatda shikastlanish yoki kasb kasalliklari yuz bergan ushbu tashkilotlardan to‘langan pensiya summalarini undirib olish uchun yetkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qonunning 15-moddasiga muvofiq mehnatda shikastlanish yoki kasb kasalliklari oqibatida tayinlangan pensiyalar to‘lovi bo‘yicha xarajatlarni qoplash hisob-kitoblari tuman (shahar) davlat soliq xizmati organiga o‘sib boruvchi yakun bo‘yicha, mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda yuridik shaxslar tomonidan har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mablag‘lar to‘lovi har oyda, keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yuridik shaxslar mehnatga haq to‘lash uchun mo‘ljallangan mablag‘lardan, har oyda ish beruvchining aybi bilan yuz bergan mehnatda shikastlanish yoki kasb kasalliklari oqibatida nogironlik bo‘yicha Qonunning 15-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lash uchun xarajatlarni qoplovchi mablag‘larni tegishli tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga xizmat ko‘rsatuvchi banklarda ochilgan 20205 balans hisobvarag‘ining 887 ShHRga o‘tkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kun davomida tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari uchun ochilgan 20205 balans hisobvaraqlarining 887 ShHRga kelib tushgan mablag‘lar ularga xizmat ko‘rsatuvchi banklar tomonidan har ish kuni yakunida quyidagi ulushlarda ajratma qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85 foizi 20205 balans hisobvaraqlarining 692 ShHRga, keyinchalik tegishli g‘aznachilik hisobvarag‘ini ko‘rsatgan holda YaG‘Rga to‘liq miqdorda o‘tkazilishi bilan ajratiladi;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 29-noyabrdagi 84, 2012-35, 32/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2262-1, 03.01.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 11-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 foizi tuman (shahar) Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari uchun ochilgan 20205 balans hisobvaraqlarining 839 ShHRga Qonunning 15-moddasiga muvofiq tayinlangan mehnatda shikastlanish yoki kasb kasalliklari oqibatida nogironlik bo‘yicha pensiya to‘lovlariga xarajatlarni to‘lash uchun taqdim etilgan regress talablari (da’volari) bo‘yicha ish beruvchilar tomonidan qoplanadigan mablag‘lardan Pensiya jamg‘armasi xodimlarini ijtimoiy rivojlantirish, moddiy rag‘batlantirish maqsadida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari xizmat ko‘rsatuvchi banklardan 20205 balans hisob raqamining 887 ShHR bo‘yicha bank ko‘chirmasini barcha ilovalari bilan oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yuridik shaxslar tomonidan davlat ijtimoiy sug‘urtasi xarajatlari bo‘yicha to‘lovlarni Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari yuridik shaxsning talabnoma bo‘yicha ishlaydigan pensionyerlarga pensiya, nafaqalar, kompensatsiyalar, 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolasi bor ota-onalarga qo‘shimcha dam olish kuni uchun to‘lovlarini moliyalashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yuridik shaxslar keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan yuridik shaxs soliq hisobiga qo‘yilgan joydagi Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlariga yuridik shaxslar xarajatlarini to‘lashga Pensiya jamg‘armasidan mablag‘larni olish uchun oylik talabnomalarni mazkur Nizomning 4-ilovasidagi shakl bo‘yicha (keyingi o‘rinlarda — talabnoma deb yuritiladi) taqdim etadilar. Tugallanmagan buxgalteriya balansiga ega tashkilotlar bo‘yicha talabnomalar bosh tashkilotlar tomonidan ular soliq hisobiga qo‘yilgan joydagi Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlariga taqdim etadi.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda talabnoma o‘rnatilgan tartibda rahbarlik vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs, buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs, shuningdek yuridik shaxsning ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha Komissiya raisi (vakili) tomonidan imzolangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar talabnomani qabul qilish muddatining so‘nggi kuni dam olish yoki bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan hollarda, keyingi ish kuni talabnomani qabul qilish muddatining so‘nggi kuni hisoblanadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2013-yil 20-noyabrdagi 106, 2013-45, 320-V-2-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2262-2, 20.12.2013-y.) asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 51-son, 681-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning taqdim etilgan talabnomalarda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha ma’lum davr uchun buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bo‘yicha hisoblab yozilgan summalardan ortiq bo‘lgan xarajatlar summalarini ko‘rsatishlari taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari talabnomalarning to‘g‘ri tuzilganligini tekshirishga majburdirlar va talabnomalar summasini ularga ilova qilingan reyestrlar bilan taqqoslaydi, zarur bo‘lganda yuridik shaxslardan davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun asos bo‘lib hisoblangan birlamchi hujjatlarni talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191. Birinchi marotaba talabnoma bilan murojaat qiladigan yuridik shaxslar Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limida mazkur Nizomning 4b-ilovasidagi shakl bo‘yicha Yuridik shaxslarni ro‘yxatga olish kitobiga qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi tomonidan yuridik shaxslarning har biri bo‘yicha talabnomalar va boshqa tegishli hujjatlar (hisobot, solishtirma dalolatnoma va boshqalar) uchun alohida yig‘majild ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
192. Talabnoma mazkur Nizomning 196-bandida belgilangan holatlardan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi tomonidan qabul qilinadi. Qabul qilingan talabnoma mablag‘larga ehtiyojni aniqlash, buxgalteriya hisobi va hisoboti sektori xodimi (keyingi o‘rinlarda mas’ul xodim deb yuritiladi) tomonidan mazkur Nizomning 4v-ilovasidagi shakl bo‘yicha Yuridik shaxslarning talabnomalarini ro‘yxatga olish kitobiga (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxatga olish kitobi deb yuritiladi) qayd etiladi va ro‘yxatga olish shtamp izi bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
193. Yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan talabnomalarning to‘g‘riligini, hisobotlar va solishtirma dalolatnomalarning asosliligini o‘rganish maqsadida Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limida Talabnomalar, hisobotlar va solishtirma dalolatnomalarning asosliligini tekshirish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya quyidagi tarkibda tashkil etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i — komissiya raisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari — mablag‘larga ehtiyojni aniqlash, buxgalteriya hisobi va hisoboti sektori rahbari — komissiya raisi o‘rinbosari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablag‘larga ehtiyojni aniqlash, buxgalteriya hisobi va hisoboti sektori bosh inspektori hamda pensiya va nafaqalar to‘lovi monitoringi guruhi rahbari — komissiya a’zolari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
194. Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i topshirig‘iga asosan Komissiya tomonidan quyidagi talablarga asosiy e’tibor qaratilgan holda, talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalarning normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan ko‘rib chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalarning tuzilishi va rasmiylashtirilishi belgilangan shaklga muvofiqligi, shuningdek mas’ul shaxslarning imzolari va yuridik shaxs muhrlarining mavjudligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma ma’lumotlarining Ro‘yxatga olish kitobiga qayd etilgan ma’lumotlarga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma va reyestrning muvofiqligi, to‘lovlar amalga oshirish uchun asos bo‘lgan birlamchi hujjatlarning (zarur hollarda) mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘lov amalga oshirilishi talab qilingan summa va sanalarning belgilangan me’yorlarga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobotda ko‘rsatilgan summalarning taqdim etilgan talabnomalarda ko‘rsatilgan summalar bilan, shuningdek solishtirma dalolatnomalarning moliyalashtirilgan mablag‘lar bilan muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalar, shuningdek boshqa parametrlar bo‘yicha boshqa hujjatlardagi ma’lumotlarning Pensiya jamg‘armasi kompyuter ma’lumotlar bazasiga to‘g‘ri kiritilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan talabnomalar Komissiya tomonidan har oyning 12-sanasidan kechiktirmay ko‘rib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha Komissiya har bir talabnoma bo‘yicha xulosa qabul qiladi va mazkur Nizomning 4g-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalari haqqoniyligini o‘rganish bo‘yicha komissiya dalolatnomasi rasmiylashtiradi (keyingi o‘rinlarda dalolatnoma deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
195. Komissiya tomonidan tuzilgan dalolatnoma Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘ida alohida yig‘majildda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
196. Yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalar quyidagi hollarda qaytariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalar belgilangan shaklda tuzilmagan va rasmiylashtirilmaganda, shuningdek ularda mas’ul shaxslarning imzolari yoki yuridik shaxsning muhri bo‘lmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnomaga reyestr ilova qilinmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma va ilova qilingan reyestr summalari o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkilamchi 888 ShHR hisobvarag‘i mavjud bo‘lmagan taqdirda (budjet tashkilotlari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng unga o‘zgartirishlar va tuzatishlar kiritilgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar va Pensiya jamg‘armasi kompyuter ma’lumotlar bazasida mavjud ma’lumotlar o‘rtasida tafovut mavjud bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs birlamchi hujjatlar topshirilishidan bosh tortgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot va solishtirma dalolatnomalar ma’lumotlari bilan talabnomalar ma’lumotlari o‘rtasida tafovut mavjud bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kerakli hujjatlar belgilangan muddatdan kech taqdim etilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
197. Komissiya tomonidan ijobiy xulosa qabul qilingan talabnoma Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining mablag‘larga ehtiyojni aniqlash, buxgalteriya hisobi va hisoboti sektoriga ijro va to‘lovni moliyalashtirish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
198. Har oyda talabnomani qabul qilishning so‘nggi kuniga qadar qabul qilingan va Komissiya tomonidan dalolatnoma bilan rasmiylashtirilgan talabnomalar bo‘yicha yuridik shaxslarning jamlanma talabnomasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
199. Jamlanma talabnomalar Komissiya tomonidan rasmiylashtirilgan hisobotlar, solishtirma dalolatnomalar va Ro‘yxatga olish kitobidagi yozuvlarni solishtirish orqali ko‘rib chiqiladi. Rasmiylashtirilgan hujjatlar to‘g‘riligi tasdiqlangandan so‘ng Komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1910. Jamlanma talabnoma Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi muhri bilan tasdiqlanadi va talabnomalardagi ma’lumotlarning asosliligi to‘g‘risida Komissiya a’zolari tomonidan imzolangan kafolat xatiga ilova qilinib, Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamlanma talabnoma bilan birga Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmasiga Ro‘yxatga olish kitobi ham taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1911. Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan taqdim etilgan jamlanma talabnomalar Pensiya jamg‘armasining tegishli hududiy boshqarmasida tuzilgan Jamlanma talabnomalarning asosliligini tekshirish bo‘yicha maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda Maxsus komissiya deb yuritiladi) tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya quyidagi tarkibda tashkil etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmasi boshlig‘i — Maxsus komissiya raisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — Maxsus komissiya raisi o‘rinbosari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi va mablag‘larni boshqarish, pensiya va nafaqalar to‘lovi monitoringi bo‘limi boshliqlari — Maxsus komissiya a’zolari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1912. Jamlanma talabnomalar Maxsus komissiya tomonidan Pensiya jamg‘armasi kompyuter ma’lumotlar bazasiga kiritilgan ma’lumotlarni rasmiylashtirilgan hisobotlar, dalolatnomalar va Ro‘yxatga olish kitobiga kiritilgan yozuvlar bilan solishtirilgan holda tekshirib chiqiladi, zarur hollarda esa yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan talabnoma yoki birlamchi hujjatlar talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1913. Jamlanma talabnoma Ro‘yxatga olish kitobi bilan solishtirilgandan so‘ng, Ro‘yxatga olish kitobining hisobot oyidagi so‘nggi yozuvi talabnomalar taqdim etgan yuridik shaxslarning soni, talabnomaning umumiy summasi, Maxsus komissiya a’zolarining imzolari haqidagi yozuvlar kiritilgan holda yopiladi va Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi. Yozuv yopilgandan so‘ng Ro‘yxatga olish kitobi yozuvlariga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1914. Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan taqdim etilgan va Maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilgan jamlanma talabnomalar umumlashtiriladi hamda Maxsus komissiya a’zolari tomonidan imzolanib, Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarma muhri bilan tasdiqlangan holda mazkur Nizomning 4g-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmasi talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalari haqqoniyligini tekshirish bo‘yicha maxsus komissiya dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari kesimidagi umumlashtirilgan talabnomalar har oyning 15-sanasiga qadar talabnomalardagi ma’lumotlarning asosliligi to‘g‘risida Maxsus komissiya a’zolari tomonidan imzolangan kafolat xatiga ilova qilinib, Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1915. Yuridik shaxslarga moliyalashtirilgan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mas’ul xodim tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tegishli bo‘linmasining belgisi qo‘yilgan to‘lov hujjatlariga asosan Pensiya jamg‘armasi kompyuter ma’lumotlar bazasiga kiritiladi, shuningdek mablag‘lar qoldig‘i, kirim va chiqimining hisobi yuritiladi.
(191 — 1915-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2013-yil 20-noyabrdagi 106, 2013-45, 320-V-2-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2262-2, 20.12.2013-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 51-son, 681-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlaridan yuridik shaxslar tomonidan (budjet tashkilotlaridan tashqari) davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha xarajatlarning to‘lanishi uchun kelib tushgan mablag‘larni kirim qilish uchun yuridik shaxslar, ularning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatuvchi banklarda 888 ShHR bilan ikkilamchi hisobvaraqlarni ochadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlaridan yuridik shaxslarning, jumladan, davlat budjetidan dotatsiya oluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan 888 ShHRga ega ikkilamchi hisobvaraqlariga kelib tushadigan mablag‘larga, Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 11-son, 127-modda) belgilangan yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlarida pul mablag‘lari yetarli bo‘lmagan hollarda, ularni hisobdan chiqarish tartibi tatbiq etilmaydi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 29-noyabrdagi 84, 2012-35, 32/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2262-1, 03.01.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 11-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. G‘azna ijrosi bilan qamrab olinmagan budjet tashkilotlariga Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha xarajatlarni to‘lash uchun mablag‘lar ularning budjet mablag‘lari bo‘yicha tegishli depozit hisobvaraqlariga o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
G‘azna ijrosi bilan qamrab olingan budjet tashkilotlari bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha xarajatlarni to‘lash uchun mablag‘larni tegishli g‘aznachilik hisobvarag‘ini ko‘rsatgan holda YaG‘Rga o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, budjet tashkilotlari tegishli budjet tasnifi kodlari bo‘yicha alohida talabnoma tuzadi va xarajatlar amalga oshiriladigan ushbu kodlarning (depozit va shaxsiy) hisobvaraqlarini belgilab ko‘rsatadi.
(21-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 29-noyabrdagi 84, 2012-35, 32/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2262-1, 03.01.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 11-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211. Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparati Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan umumlashtirilgan talabnomalarga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy to‘lov oyining 15-kunigacha — o‘tgan oyning ehtiyoji hisob-kitobidan kelib chiqib 50 % miqdoridagi summani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy to‘lov oyining 27-kunigacha — amaldagi ehtiyojning taqdim etilgan miqdoridan qolgan summani moliyalashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
212. Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmalari mablag‘larni ikki bank ish kuni davomida Pensiya jamg‘armasining tegishli tuman (shahar) bo‘limlariga moliyalashtirilishini amalga oshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
213. Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari mablag‘larni taqdim etilgan talabnomalarga asosan ikki bank ish kuni davomida tegishli yuridik shaxslarga moliyalashtirilishini amalga oshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
214. Yuridik shaxslarni moliyalashtirish uchun to‘lov hujjatlari faqat Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i (vazifasini bajaruvchi shaxs) tomonidan imzolanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarni moliyalashtirish uchun to‘lov hujjatlari mazkur Nizomning 4d-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi tomonidan to‘lov hujjatlarini ro‘yxatga olish kitobiga qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
215. Bank ish kuni yakuni bo‘yicha mas’ul xodim tomonidan to‘lov hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi tegishli bo‘linmasining shtamp izi bosilgan hisobvaraqlarning ko‘chirmasi alohida yig‘majildga tikiladi. To‘lov hujjatining nusxalari tegishli yuridik shaxsning yig‘majildiga tikiladi.
(211 — 215-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2013-yil 20-noyabrdagi 106, 2013-45, 320-V-2-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2262-2, 20.12.2013-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 51-son, 681-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari yuridik shaxslardan buyurtmanomalarni olishlari bilan mablag‘larni belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 888 ShHRga ega ikkilamchi hisobvaraqlariga va budjet tashkilotlarining talab qilib olingungacha asosiy depozit hisobvaraqlariga o‘tkazadilar. Bunda budjet tashkilotlari g‘azna ijrosi bilan qamrab olingan bo‘lsa, budjet tashkilotiga tegishli mablag‘lar tegishli g‘aznachilik hisobvarag‘ini ko‘rsatgan holda YaG‘Rga o‘tkaziladi.
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 29-noyabrdagi 84, 2012-35, 32/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2262-1, 03.01.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 11-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar (budjet tashkilotlari ham) Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha hisoblab yozilgan xarajatlar bo‘yicha mablag‘larni to‘laydilar, banklar esa belgilangan muddatlarda beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha xarajatlarni to‘lash uchun olingan mablag‘lar qat’iy nazoratda bo‘lishi va faqatgina buyurtmanomada nazarda tutilgan maqsadlar uchun foydalanilishi mumkin. Hisob-kitoblarda kerakli summalarni ataylab buzib ko‘rsatishga va ulardan maqsadga nomuvofiq foydalanishga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda to‘lov intizomiga rioya etilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yuridik shaxslar (budjet tashkilotlaridan tashqari) o‘z mablag‘lari mavjud bo‘lgan hollarda, keyinchalik to‘langan summalarni Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplash evaziga pensiyalar, kompensatsiyalar va nafaqalarni ish haqini to‘lash kunida o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lashni amalga oshirish huquqiga egalar. Yuridik shaxslar tomonidan to‘langan summalarning qoplanishi Pensiya jamg‘armasidan olingan mablag‘lar 888 ShHRga ega ikkilamchi hisobvarag‘idan xarajatlar ularning to‘lab berilgan asosiy hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha alohida toifadagi fuqarolarga beriladigan imtiyozlar o‘rniga oylik kompensatsiya pul to‘lovlarini va bir martalik bola tug‘ilishi munosabati bilan beriladigan nafaqalar Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda Pensiya jamg‘armasi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning sug‘urta badallarining to‘lanishi, shuningdek Pensiya jamg‘armasi mablag‘larining sarflanishi hisobi, hisobotlar va ustidan nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yuridik shaxslar yagona ijtimoiy to‘lov to‘lanishi bo‘yicha hisob-kitoblarni o‘zlari soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatga olingan tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari bilan yuritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Yuridik shaxslar (kredit tashkilotlardan tashqari) ish haqi tarzidagi daromadlardan yagona ijtimoiy to‘lov, fuqarolarning sug‘urta badallari summasini hisoblab yozish hamda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha xarajatlarni qoplashni belgilangan tartibda amalga oshiradilar va uni quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan aks ettiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ish haqi tarzidagi daromadlardan hisoblab yozilgan yagona ijtimoiy to‘lov summalari xarajatlarini hisobga olish hisobvaraqlarida (2000, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400) 6520 “Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar” hisobvarag‘i krediti bo‘yicha aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) fuqarolarning ish haqidan ushlangan sug‘urta badallari summalari 6710 “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar” hisobvarag‘ida 6520 “Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar” hisobvarag‘ining krediti bo‘yicha aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tegishli pensiyalar va nafaqalarning talab qilingan summalari 6710 “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar” hisobvarag‘i 4890 “Boshqa debitorlarning qarzlari” hisobvarag‘i debeti bo‘yicha aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tegishli mablag‘ summalarining budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan kelib tushishi 4890 “Boshqa debitorlarning qarzlari” hisobvarag‘ida pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debeti bo‘yicha aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) xodimlarga tegishli pensiyalar va nafaqalar bo‘yicha mablag‘lar summasi to‘lovi pul mablag‘larini hisobga olish hisobvaraqlarida 6710 “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar” hisobvarag‘ining debeti bo‘yicha aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kredit tashkilotlari (banklar va mikrokredit tashkilotlari) ish haqi tarzidagi daromadlardan yagona ijtimoiy to‘lov, fuqarolarning sug‘urta badallari summasini hisoblab yozish hamda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha xarajatlarni qoplash belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasiga asosan ushbu maqsad uchun ko‘zda tutilgan tegishli hisobvaraqlarda hisobini yuritadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2013-yil 20-noyabrdagi 106, 2013-45, 320-V-2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2262-2, 20.12.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 51-son, 681-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Budjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobida yagona ijtimoiy to‘lov hisoblab yozilishi va o‘tkazilishi, shuningdek Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nafaqalar, pensiyalar, kompensatsiyalar, xodimlar ish haqi tarzidagi daromadlaridan ushlab qolinadigan majburiy sug‘urta badallar to‘lovlarining aks ettirilishi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Yuridik shaxslar har chorakda moliyaviy buxgalteriya hisobotini taqdim etish muddatlarida Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlariga mablag‘larning Pensiya jamg‘armasi hisobidan sarflanishi to‘g‘risidagi hisobotlarni o‘sib boruvchi yakun asosida, mazkur Nizomning 5-ilovasidagi shakl bo‘yicha taqdim etishlari va bir vaqtning o‘zida mazkur Nizomning 6-ilovasidagi shakl bo‘yicha solishtirma dalolatnomasini tuzgan holda hisob-kitoblarni solishtirishni amalga oshirishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
281. Yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan hisobot va solishtirma dalolatnomalar hisobot davrida Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga taqdim etilgan talabnomalar va moliyalashtirilgan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek Pensiya jamg‘armasi kompyuter ma’lumotlar bazasiga kiritilgan axborotlar bilan solishtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Solishtirish o‘tkazilgandan so‘ng, hisobotlar va solishtirma dalolatnomalar Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi mas’ul xodimi tomonidan imzolangan va shtamp bosilgan holda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
282. Yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalar Komissiya tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng har bir yuridik shaxsning alohida yig‘majildiga tikiladi.
(281-282-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2013-yil 20-noyabrdagi 106, 2013-45, 320-V-2-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2262-2, 20.12.2013-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 51-son, 681-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari belgilangan tartibda o‘zlarining yuqori turuvchi organlariga choraklik hisobotlar taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamg‘armasi hududiy bo‘linmalari belgilangan tartibda Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatiga oylik yig‘ma hisob-kitoblar va hisobotlarni taqdim etadilar.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
291. Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan o‘tgan oyda yuridik shaxslarni moliyalashtirish amalga oshirilganligi va hisobot oyidan keyingi oyning 1-sanasiga mablag‘lar qoldig‘i to‘g‘risida hisobot tuziladi. Belgilangan shaklda rasmiylashtirilgan hisobot Pensiya jamg‘armasining tegishli hududiy boshqarmasiga hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
292. Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan taqdim etilgan oylik hisobotlar Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalari tomonidan Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari kesimida umumlashtiriladi. Jamlanma hisobot Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalari tomonidan hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparatiga taqdim etiladi.
(291-292-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2013-yil 20-noyabrdagi 106, 2013-45, 320-V-2-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2262-2, 20.12.2013-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 51-son, 681-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushgan majburiy to‘lovlar, badallar va boshqa to‘lovlar, shuningdek majburiy to‘lovlar, badallar va boshqa to‘lovlarning turlari bo‘yicha qarzdorlik to‘g‘risida tezkor hisobot — har oyda keyingi hisobot oyning 10-sanasiga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy to‘lovlar, badallar va boshqa to‘lovlar hisoblanishi va to‘lanishi bo‘yicha hisobot — yuridik shaxslarning choraklik va yillik hisobotlari topshirilgandan so‘ng 15 kun ichida taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari, Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari va tijorat banklarining filiallari har oy Pensiya jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘ turlari bo‘yicha hisobot oyidan keyingi oyning 8-sanasiga qadar solishtirishni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Solishtirish natijalari yagona ijtimoiy to‘lov va Pensiya jamg‘armasiga to‘lovlari bo‘yicha haqiqiy tushum miqdori to‘g‘risidagi solishtirma dalolatnomada uch nusxada rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasida, xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bank filialida va Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limida solishtirma dalolatnomasi bir nusxadan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Solishtirma dalolatnomasi nusxalari o‘z navbatida Markaziy bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh boshqarmalariga, hududlardagi davlat soliq boshqarmalariga va Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmalariga kelgusi kundan kech qolmagan holda yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Hududiy davlat soliq boshqarmalari, Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmalari va Markaziy bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh boshqarmalari har oy Pensiya jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘ turlari bo‘yicha hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar solishtirishni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Solishtirish natijalari yagona ijtimoiy to‘lov va Pensiya jamg‘armasiga to‘lovlari bo‘yicha haqiqiy tushum miqdori to‘g‘risidagi solishtirma dalolatnomada uch nusxada rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy davlat soliq boshqarmasida, Markaziy bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh boshqarmasida va Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmasida solishtirma dalolatnomasining bir nusxasi qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Solishtirma dalolatnomasi nusxalari o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga, Davlat soliq qo‘mitasiga hamda Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatiga kelgusi kundan kechiktirilmasdan yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparati yagona ijtimoiy to‘lov va Pensiya jamg‘armasiga to‘lovlar bo‘yicha har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar o‘sib boruvchi yakun bilan solishtirma dalolatnomalar tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Solishtirma dalolatnomalar bir nusxadan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatida qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lov, sug‘urta badallari va boshqa to‘lovlar bo‘yicha ma’lumotlarni Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparatiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari filiallari tushumlarni o‘z vaqtida Markaziy bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh boshqarmalarida ochilgan Pensiya jamg‘armasining tranzit hisobvaraqlariga o‘tkazilishi bo‘yicha javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Tijorat banklari tomonidan tushumlarni o‘z vaqtida Pensiya jamg‘armasi tranzit hisobvaraqlariga o‘tkazilishi bo‘yicha nazorat Markaziy bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari tomonidan tushumlarni o‘z vaqtida tegishli tranzit hisobvaraqlariga o‘tkazilmagan holatlar aniqlanganda qonunchilikda belgilangan tartibda aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan choralar ko‘riladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Yagona ijtimoiy to‘lovdan bir qismi ko‘rinishidagi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga ajratmalar bo‘yicha solishtirma dalolatnomalar tuzish tartibi va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Yagona ijtimoiy to‘lovdan bir qismi ko‘rinishidagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga ajratmalar bo‘yicha solishtirma dalolatnomalar tuzish tartibi va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tushgan mablag‘lar va davlat ijtimoiy sug‘urtasi xarajatlari to‘g‘risida yig‘ma hisobot taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lov va davlat ijtimoiy sug‘urtasiga sug‘urta badallari xarajatlariga taalluqli qo‘shimcha ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashidan talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Yuridik shaxslar tomonidan Pensiya jamg‘armasiga amalga oshirilgan yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallar hamda Pensiya jamg‘armasi xarajatlarini qoplash bo‘yicha summalar hisob-kitoblarining to‘g‘riligi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘langanligi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari qonun hujjatlariga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lovlar va sug‘urta badallari bo‘yicha xarajatlarni hisoblash tartibi va to‘lov muddatlarini buzganligi uchun javobgarlik choralarini qo‘llaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Pensiya, nafaqa va kompensatsiyalar to‘lovi xarajatlari, shuningdek yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha xarajatlarini o‘z vaqtida moliyalashtirilishi ustidan monitoring Pensiya jamg‘armasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 9-avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 9-avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarni to‘lanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi xarajatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
STIR
0
2
-varaq
O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi “b” — “j” bandlariga muvofiq tayinlangan pensiyalar to‘lovi xarajatlarini qoplash bo‘yicha HISOB-KITOB*
Ko‘rsatkichlar
Satr kodi
O‘lchov birligi
Yillik summa
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasi “b” — “j” bandlari bo‘yicha tayinlangan pensiyalarni oldingi yil uchun to‘lashga hisoblangan xarajatlarni qoplash summasi
010
so‘m
O‘tkazilishi lozim bo‘lgan minimal summa (hisob-kitobning 023-satri x 0,03 x 0,6)
020
so‘m
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasi “b” — “j” bandlarida nazarda tutilgan ishchi o‘rinlar soni
021
birlik
Oldingi yildagi ma’lumotlar bo‘yicha ko‘rsatilgan ishlarda band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni
022
birlik
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasi “b” — “j” bandlarida nazarda tutilgan ishchi o‘rinlarida band bo‘lgan barcha xodimlarga to‘langan yillik ish haqi summasi
023
so‘m
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Hisobot yilida bir marotaba, 20___ yilning 1-fevraliga qadar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Ijobiy farq mavjud bo‘lganda to‘ldiriladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarni to‘lanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi xarajatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiyalar to‘lovi xarajatlarini qoplash bo‘yicha HISOB-KITOB
Ko‘rsatkichlar
Satr kodi
O‘sib boruvchi yakun bilan
Pensiyalarni to‘lovi bo‘yicha xarajatlarning qoplanishi bo‘yicha hisoblab yozilgan summa
010
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan qoplanish summasi
020
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan
030
Lozim:
040
Qo‘shimcha to‘lanishi
041
Kamaytirilishi
042
O‘tgan hisobotga asosan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan qoplanish summasi
050
Rahbar
__________________
(imzo)
Bosh buxgalter
__________________
(imzo)
M.O‘.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarni to‘lanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi xarajatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
STIR
0
2
-varaq
O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasiga muvofiq mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalliklari bo‘yicha tayinlangan pensiyalar to‘lovi xarajatlarini qoplash uchun to‘langan mablag‘ bo‘yicha HISOB-KITOB
Ko‘rsatkichlar
Satr kodi
O‘sib boruvchi yakun bilan
Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalliklari bo‘yicha tayinlangan nogironlik pensiyalarini to‘lashga hisoblangan xarajatlarni qoplash summasi
010
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan
020
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan qoplanish summasi
030
Rahbar
_____________________
(imzo)
Bosh buxgalter
_____________________
(imzo)
M.O‘.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarni to‘lanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi xarajatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot shtampi
____________________________budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga
______________________________bo‘yicha
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limining shtampi yoki belgisi
Xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha soni, shu jumladan, ayollar:
__________________ __________________
20_____ yil ________________ uchun xarajatlarni to‘lashga budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga mablag‘larni olishga TALABNOMA*
Mehnatga layoqatsizlikning haqiqatdagi kunlari soni
Haqiqatdagi xarajatlar (so‘mda)
1
2
3
4
5
1.
Ishlovchi pensionyerlarga pensiya
shu jumladan:
a) 100% oluvchilarga
b) 50% oluvchilarga
2.
Bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalar
3.
Dafn etish marosimi uchun nafaqalar
4.
16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarning ota-onalariga qo‘shimcha dam olish kunlari haqining to‘lanishi
5.
Uy-joy-kommunal xizmatlar bo‘yicha beriladigan imtiyozlar o‘rniga (bundan budjet tashkilotlari mustasno) kompensatsiya pul to‘lovlarining to‘lanishi
Shu jumladan, quyidagilarni oluvchilarga:
a) eng kam ish haqi miqdorining 45%ini
b) eng kam ish haqi miqdorining 25%ini
JAMI:
Tashkilotning rahbari
________________
(imzo)
Bosh buxgalter
________________ M.O‘.
(imzo)
Ijtimoiy sug‘urtalash bo‘yicha komissiya raisi (vakolatli vakili)
________________
(imzo)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kuniga qadar muddatda Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarning to‘lanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi xarajatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4a-ilovasidagi shakl bo‘yicha reyestr majburiy ilova qilingan holda taqdim etiladi.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarni to‘lanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi xarajatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot shtampi
_________________________ budjetdan tashqari
Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga
__________________________________________dan
(tashkilotning to‘liq nomi)
STIR ___________________
20__ yil ___________da budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan mablag‘ olish uchun tashkilotning xodimlari REESTRI
T/r
F.I.Sh.
Jamg‘arib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvarag‘ining tartib raqami*
16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda bir qo‘shimcha dam olish kuni uchun to‘lov
1.
2.
JAMI:
Uy-joy va kommunal xizmatlar bo‘yicha beriladigan imtiyozlar o‘rniga kompensatsiya pul to‘lovlari to‘lovi (budjet tashkilotlaridan tashqari)
1.
2.
JAMI:
HAMMASI
x
x
x
x
x
x
Tashkilot rahbari
___________________
(imzo)
M.O‘
Bosh hisobchi
___________________
(imzo)
Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiya raisi (vakolatli vakil)
___________________
(imzo)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: * jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘ining tartib raqami ko‘rsatilishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** hujjat nomi (pensiya topshiriqnomasi (shakl-25), kasallik varaqasi, FHDY ma’lumotnomasi, 16-yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda bir qo‘shimcha dam olish kuni uchun tashkilotning buyrug‘i, oylik kompensatsiya oluvchilarga imtiyoz beruvchi guvohnoma).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarni to‘lanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi xarajatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4b-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarni ro‘yxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-varaq
№
Yuridik shaxsning STIR raqami
Yuridik shaxsning to‘liq nomi
Manzili
Xizmat ko‘rsatuvchi bank MFOsi
Bank nomi
Bankdagi hisob raqami
Shaxsiy g‘azna hisobvaraqasi
1
2
3
4
5
6
7
8
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-varaq
XXTUT
KTUT
Telefon raqami
Yuridik shaxs rahbarining F.I.O.
Yuridik shaxs bosh hisobchisi F.I.O
Ro‘yxatga olingan sana
Izoh
9
10
11
12
13
14
15
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarni to‘lanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi xarajatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4v-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning talabnomalarini ro‘yxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
№
Qabul qilingan sana
Yuridik shaxsning STIRi
Yuridik shaxsning to‘liq nomi
Yuridik shaxsning ro‘yxat raqami
Talabnoma miqdori (summasi)
Izoh
1
2
3
4
5
6
7
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarni to‘lanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi xarajatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4g-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining _____________ tuman (shahar) bo‘limi (hududiy boshqarmasi) talabnoma, hisobot va solishtirma dalolatnomalari haqqoniyligini tekshirish bo‘yicha komissiya (Maxsus komissiya)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DALOLATNOMASI

“____”_______________ 20___ yil
Quyida imzo chekuvchilar tomonidan tashkilotlar taqdim etgan talabnoma (hisobot, solishtirma dalolatnoma)larning haqqoniyligi o‘rganib chiqildi va tekshiruvlar natijasiga ko‘ra quyidagicha xulosa qilindi:
T/r
Talabnoma qabul qilingan sana
Yuridik shaxsning STIRi
Talabnoma taqdim etgan yuridik shaxs nomi
Yuridik shaxsning ro‘yxat raqami
Talabnoma miqdori (summasi)
Xulosa (Moliyalashtirish uchun ijroga berilsin, qayta rasmiylashtirilish va aniqlik kiritish uchun yuridik shaxsga qaytarilsin va boshqalar)
1
2
3
4
5
6
7
Shundan
100% pensiya to‘loviga
— _________ (soni) _______________ (summasi)
50% pensiya to‘loviga
— _________ (soni) _______________ (summasi)
EKIH 45% kompensatsiya to‘loviga
— _________ (soni) _______________ (summasi)
EKIH 25% kompensatsiya to‘loviga
— _________ (soni) _______________ (summasi)
bola tug‘ilishi munosabati bilan nafaqa to‘loviga
— _________ (soni) _______________ (summasi)
dafn marosimi uchun nafaqa to‘loviga 16 yoshgacha nogiron bolalarning ota-onalariga
— _________ (soni) _______________ (summasi)
qo‘shimcha dam olish kuni uchun to‘lovlarga
— _________ (soni) _______________ (summasi)
Komissiya (Maxsus komissiya) raisi
________________
M.O‘.
Komissiya (Maxsus komissiya) raisi o‘rinbosari
________________
Komissiya (Maxsus komissiya) a’zolari:
________________
________________
________________
(4g-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarni to‘lanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi xarajatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4d-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining _____________ tuman (shahar) bo‘limi tomonidan to‘lov hujjatlarini ro‘yxatga olish KITOBI
№
Sana (kun/oy/yil)
To‘lov hujjati raqami
Moliyalashtirilgan mablag‘ (summasi)
Yuridik shaxs STIRi
Moliyalashtirilgan yuridik shaxs nomi
Yuridik shaxsning ro‘yxat raqami
To‘lov maqsadi
Izoh
1
2
3
4
5
6
7
8
9
(4b — 4d-ilovalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2013-yil 20-noyabrdagi 106, 2013-45, 320-V-2-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2262-2, 20.12.2013-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 51-son, 681-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarni to‘lanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi xarajatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot shtampi
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limining shtampi yoki belgisi
______________________ budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga
_________________________________ bo‘yicha
Olindi _______________
(tashkilotning to‘liq nomi)
BXUT bo‘yicha KTUT bo‘yicha XXTUT bo‘yicha MHOBT bo‘yicha DBIBT bo‘yicha MShCh bo‘yicha STIR _________
20___ yilning ____________ oyida budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan mablag‘larning sarflanishi to‘g‘risida HISOBOT
T/r
Moddalar nomi
Oluvchilar soni (birligi)
Hisobot choragi uchun (ming so‘m)
Ortib boruvchi yakun bo‘yicha (ming so‘m)
1.
Ishlovchilarning ro‘yxatdagi o‘rt�cha soni (birligi)
1.1.
shu jumladan, ayollar
2.
Ishlaydigan pensionyerlarga pensiyalar, jami
Shu jumladan:
2.1.
a) 100% miqdorida oluvchilar
2.2.
b) 50% miqdorida oluvchilar
3.
Bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalar
4.
Dafn marosimi nafaqalari
5.
16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda bir qo‘shimcha dam olish kuni uchun to‘lov
6.
Uy-joy va kommunal xizmatlar bo‘yicha beriladigan imtiyozlar o‘rniga kompensatsiya pul to‘lovlari to‘lovi (budjet tashkilotlaridan tashqari)
Shu jumladan:
a) eng kam ish haqining 45% miqdorida oluvchilar
b) eng kam ish haqining 25% miqdorida oluvchilar
7.
Jami xarajatlar
8.
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan mablag‘lar olingan:
qo‘shimcha to‘lovga
kamaytirishga
Tashkilot rahbari
_______________________
(imzo)
M.O‘.
Bosh hisobchi
_______________________
(imzo)
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16, 320-V-3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2262-3, 26.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 280-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarni to‘lanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi xarajatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш