O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarni to‘lanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi xarajatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 3-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2262-1]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 5-oktabrdagi 78, 2016-34 va 341-V-sonli “Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarning to‘lanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2836, 03.11.2016-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda), O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 52 (I)-son)ga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 9-avgustdagi 47, 2011-25 va 23/2-son qarori (ro‘yxat raqami 2262, 2011-yil 9-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil 37-son, 383-modda) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarni to‘lanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi xarajatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 29-noyabr,
84-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 29-noyabr,
2012-35-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 29-noyabr,
32/1-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 29-noyabrdagi 84, 2012-35, 32/1-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarni to‘lanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi xarajatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 3-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. 6-bandning “a” va “b” kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) Pensiya jamg‘armasiga — 20205 balans hisobvaraqlarining 881 ShHRga, keyinchalik tegishli g‘aznachilik hisobvarag‘ini ko‘rsatgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining Yagona g‘aznachilik raqamiga (keyingi o‘rinlarda YaG‘R) to‘liq miqdorda o‘tkaziladi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasiga — O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining 20205 balans hisobvaraqlarining 779 ShHRga o‘tkaziladi.
Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha ajratmalarning bir qismi ko‘rinishidagi tegishli 20205 balans hisobvaraqlarining 779 ShHRga kelib tushgan mablag‘lar, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan to‘lov topshiriqnomasi asosida tegishli g‘aznachilik hisobvarag‘ini ko‘rsatgan holda YaG‘Rga o‘tkaziladi hamda quyidagi tartibda foydalaniladi:
O‘zbekiston Respublikasi Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasining tegishli budjet hisobvarag‘ini ko‘rsatgan holda YaG‘Rga o‘tkazilgan jami mablag‘larning 70 foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmalari tasarrufida qoladi;
30 foizi hududiy mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmalarining to‘lov hujjatlari orqali pul o‘tkazish yo‘li bilan respublika darajasida markazlashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi kelib tushgan mablag‘larni qonun hujjatlarga muvofiq belgilangan tartibda sarflaydi;”.
3. 16-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“85 foizi 20205 balans hisobvaraqlarining 692 ShHRga, keyinchalik tegishli g‘aznachilik hisobvarag‘ini ko‘rsatgan holda YaG‘Rga to‘liq miqdorda o‘tkazilishi bilan ajratiladi;”.
4. 20-bandning ikkinchi xatboshisidagi “(ro‘yxat raqami 615, 1999-yil 30-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-yil, 1-son)” degan so‘zlar “(ro‘yxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 11-son, 127-modda)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 21-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“G‘azna ijrosi bilan qamrab olingan budjet tashkilotlari bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha xarajatlarni to‘lash uchun mablag‘larni tegishli g‘aznachilik hisobvarag‘ini ko‘rsatgan holda YaG‘Rga o‘tkazadi.
Bunda, budjet tashkilotlari tegishli budjet tasnifi kodlari bo‘yicha alohida talabnoma tuzadi va xarajatlar amalga oshiriladigan ushbu kodlarning (depozit va shaxsiy) hisobvaraqlarini belgilab ko‘rsatadi.”.
6. 22-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari yuridik shaxslardan buyurtmanomalarni olishlari bilan mablag‘larni belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 888 ShHRga ega ikkilamchi hisobvaraqlariga va budjet tashkilotlarining talab qilib olingungacha asosiy depozit hisobvaraqlariga o‘tkazadilar. Bunda budjet tashkilotlari g‘azna ijrosi bilan qamrab olingan bo‘lsa, budjet tashkilotiga tegishli mablag‘lar tegishli g‘aznachilik hisobvarag‘ini ko‘rsatgan holda YaG‘Rga o‘tkaziladi.”.
7. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2012-yil 29-noyabr
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2012-yil 29-noyabr
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 1-son, 11-modda)