26.07.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2817
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIATNI MUHOFAZA QILISH DAVLAT QO‘MITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

“O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi” to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 26-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2817]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 109-son “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi” to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi” to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais B. ABDUSAMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 14-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-son

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2016-yil 14-iyuldagi 20-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi” to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 109-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi” to‘g‘risidagi qaroriga asosan “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi”ning (bundan buyon matnda Qizil kitob deb yuritiladi) tuzilishi hamda uni yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qizil kitob O‘zbekiston Respublikasi hududida doimo yoki vaqtincha, quruqlikda, suvda, atmosferada yoki tuproqda tabiiy erkinlik holatida yashaydigan hayvonlar (umurtqali va umurtqasiz hayvonlar) hamda tabiiy muhitda o‘sadigan o‘simliklar (yuqori va tuban o‘simliklar), shuningdek qo‘ziqorinlarning (bundan buyon matnda hayvonlar va o‘simliklar deb yuritiladi) kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlari (kenja turlari) ro‘yxati, ularning holati va ularni muhofaza qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklar turlarining (kenja turlari) nobud bo‘lishi, miqdori kamayib ketishi yoki ularning yashash muhiti buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qizil kitob unga kiritilgan hayvon va o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlarini (kenja turlarini) muhofaza qilish, saqlash, tiklash va takror yetishtirishga qaratilgan dasturlar (harakat rejalar)ni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qizil kitobni yuritish bo‘yicha ishlar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi “Bio meros” umummilliy loyihasini amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘limining budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Qizil kitobning tuzilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qizil kitob ikki tomdan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Birinchi tom “O‘simliklar va qo‘ziqorinlar” deb nomlanib, ikki bo‘limdan — tomirli o‘simliklarga oid hamda qo‘ziqorinlarga oid bo‘limlardan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ikkinchi tom “Hayvonlar” deb nomlanib, oltita bo‘limdan — umurtqasizlar, baliqlar, quruqlik, hamda suvda yashaydiganlar va sudralib yuruvchilar, qushlar hamda sut emizuvchilar bo‘limlaridan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bo‘limlar Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklar turlari (kenja turlari) soniga qarab, ularning sinflari, turkumlari, oilalari va zotlari bo‘yicha kichik bo‘limlarga bo‘linishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Har bir bo‘limda (kichik bo‘limda) Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklar turining (kenja turining) ta’rifi hamda tavsifi ko‘rsatilib, turlar bo‘yicha alohida-alohida tizimli tartibda joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bo‘limda (kichik bo‘limda) hayvonlar va o‘simliklar turining (kenja turining):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomi (lotin, o‘zbek, ingliz va rus tillarida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqomi (yo‘qolib ketish xavfi toifasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasviri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida va dunyoda tarqalganligi haqida ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashash (o‘sish) joyi va tarzi, asosiy limitlashtiruvchi omillari hamda arealining (yashash hududi) o‘zgarishi sabablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soni va uning o‘zgarishga moyilligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza qilinishiga doir qabul qilingan va zaruriy chora-tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sun’iy ko‘paytirilishi imkoniyatlari haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qizil kitobga uning mazmun-mohiyatini yorituvchi qo‘shimcha materiallar uning ilovasi sifatida rasmiylashtirilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Qizil kitobni yuritish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qizil kitobni yuritish O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston milliy universiteti ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qizil kitob vaqti-vaqti bilan yangilab boriladigan ma’lumotlar bazasi sifatida elektron shaklda yuritiladi va keyinchalik ilmiy-ommabop nashr sifatida chop etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil kitobning elektron shakli O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qizil kitobni yuritish quyidagi asosiy chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonot dunyosini hamda o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri va davlat hisobi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonlar va o‘simliklar holatining davlat monitoringi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonlar va o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlari (kenja turlari) bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonlar va o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlarining (kenja turlarining) holatini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonlar va o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlarining (kenja turlarining) maqomini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonlar va o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlarini (kenja turlarini) Qizil kitobga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonlar va o‘simliklarning kamyob yoki yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lmagan turlarni (kenja turlarini) Qizil kitobdan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil kitobning nashr etilishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Hayvonot dunyosi hamda o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri va ularning hisobi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-sentabrdagi 343-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi hayvonot dunyosining davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Hayvonlar va o‘simliklar holatining davlat monitoringi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 3-apreldagi 111-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Hayvonlar va o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlari (kenja turlari) bo‘yicha ma’lumotlar bazasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ma’lumotlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan yuritiladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Hayvonlar va o‘simliklar turlarining (kenja turlarining) holatini tahlil qilish va ularni Qizil kitobga kiritish yoki undan chiqarish haqidagi tavsiyalarni ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi 109-son “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi” to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tuzilgan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va o‘simliklarni saqlab qolish bo‘yicha idoralararo komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va o‘simliklarni saqlab qolish bo‘yicha idoralararo komissiyasi taqdimi bo‘yicha hayvonlar va o‘simliklarni Qizil kitobga kiritish yoki undan chiqarish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qizil kitobga hayvonlar va o‘simliklarning (akklimatizantlar (iqlimlashtirilganlar) bundan mustasno) kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlari (kenja turlari) kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Hayvonlar va o‘simliklarning turlari (kenja turlari):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarqalishi cheklanganda yoki soni kamligida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 yil yoki davomiyligi bo‘yicha 10 yildan ko‘proq bo‘lganda uch avlod davomida har yili ularning soni va (yoki) areali (o‘simlik yoki hayvonlarning biror bir turi tarqalgan joylar) qisqarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining (International Union for Conservation of Nature) Qizil ro‘yxatiga kiritilganda ular kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va o‘simliklar turlari (kenja turlari) deb e’tirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Hayvonlar va o‘simliklar turlari (kenja turlari va populyatsiyalari) ularning soni qayta tiklanganda va genofondi saqlanishiga xavf tug‘dirmaydigan darajagacha ko‘payganda, yashash hamda o‘sish sharoiti tiklanganda, ular Qizil kitobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Zarurat bo‘lganda, Qizil kitobga kiritiladigan hayvonlar va o‘simliklarning har bir turi (kenja turi) “tur” taksonomik (turlar tizimi) darajasidan quyi darajasi ham belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qizil kitobga kiritilayotgan hayvonlar va o‘simliklar turlarining (kenja turlarining) maqomi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining (International Union for Conservation of Nature) Qizil ro‘yxatida nazarda tutilgan toifalar va mezonlariga asosan ularning yo‘qolib ketish xavfi darajasiga qarab quyidagicha toifalanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘q bo‘lib ketgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatda yo‘q bo‘lib ketgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘q bo‘lib ketayotgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaif, qisqarib borayotgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaifga yaqin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavotir tug‘dirmaydigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’lumotlar (yetarli bo‘lmaganlar) yetishmaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Hayvonlar va o‘simliklar turlarining (kenja turlarining) populyatsiyasi soni, kamayish dinamikasi, tarqalishi va o‘sish (yashash) muhiti sharoitlarining o‘zgarishi haqidagi hamda ularni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar ularni Qizil kitobga kiritish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qizil kitobga hayvonlar va o‘simliklarning turlarini (kenja turlarini) kiritish va undan chiqarish Qizil kitobga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qizil kitobga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Qizil kitobga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi lozim.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qizil kitobga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning barcha hayvonot va o‘simlik dunyosidan foydalanuvchilar hamda hayvonot va o‘simlik dunyosidan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi tashkilotlar e’tiboriga yetkazilishi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan ta’minlanadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Qizil kitob 10 yilda kamida bir marta ilmiy-ommabop nashr sifatida chop etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qizil kitobni nashr etishga tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Qizil kitobning ilmiy-ommabop nashri maketi hamda matni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ilmiy-ommabop nashrning tiraji hamda uni tarqatish shartlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ilmiy-ommabop nashr sifatida chop etilgan Qizil kitobning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 13-iyul

Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Sh. TESHAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 13-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A. VAHOBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 13-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIXOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 13-iyul
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 30-son, 367-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)