Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.12.2018 09.03.1992 yildagi 109-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.12.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QIZIL KITOBI” TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1034-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va o‘simliklarning Qizil kitobi — “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi”ni yuritish O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga yuklatilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil kitob O‘zbekistonning yovvoyi hayvonlari va o‘simliklarini saqlab qolish va ulardan oqilona foydalanish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bunday hayvonlar va o‘simliklarning noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlari (kenja turlari, populatsiyalari)ning ahvoli va ularni muhofaza qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmuidan iborat bo‘lishi kerak.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 14-apreldagi 149-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan birgalikda Qizil kitobni yuritish bilan bog‘liq ishlarni mablag‘ bilan ta’minlash tartibini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi” to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hayvonlar va o‘simliklar turlari holatini tahlil qilish va ularni Qizil kitobga kiritish yoki undan chiqarish haqidagi tavsiyalarni ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzurida “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi”ni yuritish bo‘yicha idoralararo komissiya tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi Idoralararo komissiyaning shaxsiy tarkibini va u haqdagi Nizomni tasdiqlasin. Idoralararo komissiyaning taqdimi bo‘yicha hayvonlar va o‘simliklarni Qizil kitobga kiritish yoki undan chiqarish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlatlararo va Xalqaro Qizil kitoblarga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklarning turlari, agar hayvonlar va o‘simliklarning bu turlari respublika hududida vaqtincha yoki doimiy yashasa yoki o‘ssa, “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi”ga kiritilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekistonning butun hududida Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni ovlash va o‘simliklarni yig‘ishtirib olish man etilsin, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasnodir.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 14-apreldagi 149-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatib o‘tilgan hayvonlar va o‘simliklarni, ularning inlari, tuxumlari, mevalari, urug‘larini, shu hayvonlar va o‘simliklarning bo‘laklari hamda hayot faoliyati mahsulotlarini ovlash (yig‘ishtirib olish), tashqariga olib ketish hamda Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklarga zarar yetkazadigan hayvonlar va o‘simliklarni olib kelish favqulodda hollarda va faqat O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining buyurtmasiga ko‘ra Qizil kitobning 10 yilda kamida bir marta qayta nashr etilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat, kooperativ, boshqa jamoat tashkilotlari hamda fuqarolar Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklarning nobud bo‘lishi haqidagi aniqlangan barcha hollar haqida davlat tabiatni muhofaza qilish organlariga xabar qilishlari shart, bundan tashqari hayvonlarning ommaviy nobud bo‘lishi yoki ommaviy kasallanishi hollari haqida esa zudlik bilan veterinariya va sanitariya nazorati organlariga xabar berishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi”ga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklarni g‘ayriqonuniy ovlash yoki yo‘q qilish natijasida yetkazilgan zarar miqdorini undirib olish uchun qat’iy baholar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSRning kamdan-kam uchraydigan va yo‘qolib ketishi xavfi bo‘lgan hayvon va o‘simliklari turlari daftari — “O‘zbekiston SSRning Qizil daftari”ni ta’sis etish to‘g‘risida” 1978-yil 27-sentabrdagi 564-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin (O‘zSSR QT, 1978-y., 9-son, 33-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 9-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109-son